Òîï ðåéòèíã www.uz
ZOD HARFINING ZAMIRON BO`YLARINING, ZIYOSI «FAVOYID»DIN

276
Vah, nelar bo`ldi menga ishq g`amidin oriz,
Yuz ming oncha dog`i hijron sitamidin oriz.

Ishqu hijron o`tidin oriz ekancha yuz ming,
Bo`ldi ag`yorg`a ashkim alamidin oriz.

Sabru oromim uyiga bu yiqilmoq bo`ldi,
Sar-basar ko`zlar aro ashk namidin oriz.

Xirmani hushuma kuymak ham erur ko`nglumning
Hajr aro soiqakirdor damidin oriz.

Kishvari xotirima muncha buzug`lug`lar erur
Barchasi xayli muhabbat qadamidin oriz.

Ko`ngluma mug`bachalar ishvasidin jon xatari,
Dayr pirining o`lubtur karamidin oriz.

Tori jismingg`a, Navoiy bu qadar tob o`lmish,
Ul sanam turrasining pechu xamidin oriz.

277
Holim kim ekin aylaguchi yorg`a ma`ruz,       
Men bedil ishin qilg`uchi dildorg`a ma`ruz.

Erlar o`pubon ashk to`kub, nolalar aylab,
Bir xasta g`amin etkuchi g`amxorg`a ma`ruz.

Ey bodi sabo, jon sadqang, gar qila olsang
Zori so`zin ul boisi ozorg`a ma`ruz.

Qo`pqanda sabuhi uchun etsang bu hazinning
Baxt uyqusin ul davlati bedorg`a ma`ruz.

Hijroni xumori aro ranjur o`larimni,
Kim aylagay ul dilbari xammorg`a ma`ruz.

Hajrim tunida charxki qoldi harakatdin,
Ey ashk, qil ul kavkabi sayyorg`a ma`ruz.

Bu dardu firoq ichra Navoiyki, topilmas
Bir-bir kim ekin aylaguchi yorg`a ma`ruz.

278
Ey, yetib la`ling mayidin ruhuma osori fayz,
Lam`asidin kasb etib ko`nglum uyi anvori fayz.

Olloh-olloh, ne labu ne nutqi ruhoso ekin
Kim, Masiho birla Xizr andin qilur izhori fayz.

Fayzlarkim, yetti ishqingdin manga, ofoqni
G`arqa aylar fayz bahri, aytsam asrori fayz.

Bu jazo munkirga bas ermasmu kim foiz dedi,
Qobili fayz ermas ulkim, aylagay inkor fayz.

Kir xarobot ichrakim, bir jur`asidin yetkurur,
Fayzni yuz shayxcha bazm ahlig`a xammor fayz.

Dayr piridin yetar yuz fayzu bir yo`q shayxdin
Kim, munga yetmish yaqin fayzu anga pindor fayz.

Ey Navoiy, mug`tanamdur piri dayru mug`bacha
Kim, biridin yetmasa, yetar biridin bor fayz.

279
Ey, latofatda sanga lolayu nasrin oraz,
Bizga aning g`amidin qon bila rangin oraz.

Meni ul ko`yida bexud ko`rub el der: o`lmish
Qo`yubon ollida tufroqqa miskin oraz.

Naylayin ul qaddu oraz g`amidin bog`nikim,
Anda yo`q sarv sifat qaddu gul oyin oraz.

Har pariy tavrida ul orazu lab o`lturadur
Kim, base tuzluq erur ul labu shirin oraz.

Yangi gulbarglari hoshiyasidin bo`lmish,
Orazing ollida zoli anga purchin oraz.

Demakim, bog`da yeldin to`kulubtur gulkim,
Xo`blar qo`ydi ul oy yo`lida chandin oraz.

Chu Navoiy ko`rubon yor yuzin, jon berdi,
G`amza ta`riz etibon ayladi tahsin oraz.