Òîï ðåéòèíã www.uz
ZOL HARFINING ZAVIL HAYOTLARINING ZUFUNUNLIG`I «FAVOYID»DIN

129
Ishq amrig`a erur kavnu makon ichra nafoz,
Shohning hukmig`a andoqki jahon ichra nafoz.

Ishq ahkomi ko`zu ko`nglum arodur joriy
Ki, qazo amrig`adur bahr ila kon ichra nafoz.

Er har ne desa, ma`mur erur ushshoqi
Ki, aning so`zigadur jonu jahon ichra nafoz.

Ahli savdo eshitur har ne ko`ngul desaki, bor
Shahna buyrug`ig`a bozoru do`kon ichra nafoz.

Qonima, amrini istarki, ravon qilsa raqib
Ki, ajal hukmig`adur jonu ravon ichra nafoz.

Dayr pirig`a haqorat bila ko`z solmaki, bor
Amrig`a kufr elida yaxshi-yamon ichra nafoz.

Ishq dargohida qul bo`ldi Navoiykim, bor
Amru farmonig`a paydovu nihon ichra nafoz.

130
Tikibtur boshig`a jonona ta`viz,
Kerakkim, tiksa bu devona ta`viz.

Boshingg`a evrulub sadqang bo`layin
Ki, bastur sham`g`a parvona ta`viz.

Qo`p, ey roqiyki, tumoring kerakmas,
Netay bo`lsa pariy begona, ta`viz.

Sening ruq`angni chun bo`ynumg`a ostim,
Bu majnung`a kerakmas yona ta`viz.

Manga ta`viz ul oy qissasi, bas,
Erur oshiqqa ul afsona ta`viz.

Jununum daf`ig`a baskim yozilmish,
To`ladur go`shai vayrona ta`viz.

Navoiy ayshi hifzig`a ne yetmas,
Xati sog`ar bila paymona ta`viz.

131
Bo`la olsa labing ollida Masiho tilmiz,
Yangi boshtin yana topqay edi ihyo tilmiz.

Bo`lsa Farhod ila Majnun, ne ajab, shogirdim,
Istasam ishqu jununda meni shaydo tilmiz.

Sho`xlug` maktabida sendin etib kasb atfol,
Aylamaslar biri ustodg`a aslo tilmiz.

Ishq ta`limgahidin ko`ngul istar maxlas,
Qilg`ay ozodlig` andoqki tamanno tilmiz.

Ko`zung ofat aro ustod, vale xolu xating
Davr urub ollida o`rgangali yag`mo tilmiz.

Maktabi ishq aro men telbaradim, demangkim,
Misli Majnun yana bir bo`lmadi paydo tilmiz.

Ishq zindonida g`am shomi, Navoiy, u nedur,
Qilsa kech uylaki maktab aro g`avg`o tilmiz.