www.uz
G`AROYIB US-SIG`AR
DEBOCHA

             Shukru sipos ul qodirg`akim, chun adam osoyishgohidin vujud oroyishi ogohlarig`a jilva berdi,    insonni    soyir    mahluqotdin nutq sharafi bila mumtoz qildi.

R u b o i ya:

Ulkim, chu jahon xilqatin og`oz etti,
Sun`i kilkini naqshpardoz etti.
Inson xaylin nutq ila mumtoz etti,
Nutq ahlini nazm ila sarafroz etti.

             Va hamdi behaddu qiyos ul soni`g`akim, chun iborat javohirin nazm silkiga tortdi, ul gulshani Eramoyinni nazm ahli xomayi gavharafshoni   bila   rashki   nigorxonayi   Chin   va   g`ayrati xuldi barin yasadi.

R u b o i ya:

Chun xayli basharg`a nutq komin berdi,
Ul  nutq ila  nazm  ihtiromin  berdi.
Nazm  ichra  balog`at  intizomin  berdi,
Tarkibida e`joz maqomin berdi.

Jallat olouhu va ammat nuamouhu va lo iloha g`ayruhu.

            Va durudi noma`dud ul anbiyo halqasining xotamig`akim, inn ash-she`ra   lahikmatun   va   inn al-bayona   lasihrkun   nuktasi   bila shuaro  poyasin  hukamo  martabasig`a    chektiyu  bayon    rutbasin sehr manzilasig`a tortti.

R u b o i ya:

Ulkim chu balog`at etti da`vo, i`rob
Ko`rguzdilar ul da`vo aro ko`p itnob.
Chun nuktasida qildi a`yon gavhari nob,
Da`vogari gavharlari bo`ldi siymob.

Va sallollohu alayhi va alo olihi va ashobihi va sallam.

            Ammo ba`d so`z bayt ul-haramining bodiyapaymoyi va nazm shohbaytining zevaroroyi alfaqir-ul-haqir Alisher ul-mutaxallis bi-n-Navoiy sutira`uyubuhu va g`ufira zunubuh, andoq arz qilurkim, bu xoksori parishonro`zgor kichik yoshdin o`zumni she`rning parishon savdosig`a giriftor bo`lg`animniyu tufuliyyat zamonidin ko`nglumni[ng] nazmning parokanda vasvosig`a mash`ufu sheftavor bo`lg`anin va motaqaddam shuarosi malik ul-kalomlari dasturi bila jam`u tartibida sa`y qilg`animniyu necha martaba aning tadvinida  murattablar  irtikob  qilib har  sinf she`rg`a zebu tazyin va oroyishu oyin berganimning kayfiyatin burung`i devonim fihrastidakim, Badoyi` ul-bidoyag`a mavsumdur, sharh bila arz qilib erdim. Andin so`ngra dag`i ul jam`u tartibdin boshqa yana har taqrib bila har nav` abyotkim, aytilib erdiyu har nav` g`azaliyotkim, yig`ilib erdi, ul xayol shabistonining duraxshon axtarlarinu ul ko`ngul maxzanining duraxshon gavharlarin dag`i ikkinchi devonimdakim, Navodur un-nihoyag`a mashhurdur, rabtu tartib berib, debochasinda sharh bila aizzayi ashobu ajillayi ahbob xidmatlarida arz qilib erdim. Andin so`ngra xayolimg`a kelur erdiyu ko`nglumga evrulur erdikim,

R u b o i ya:

Shoirlig` ila shuhra qilib otimni,
Zoyi` qildim she`r ila avqotimni.
Emdi tuzayin tengriga tootimni,
Ko`p  elga  mushavvash  etmay  abyotimni.

R u b o i ya:

Chunkim  qaridim,  umrni  barbod etmay,
Ko`nglumni yigitlar  g`amidin  shod etmay,
Har lahza  birov ishqida faryod etmay,
Holim sharhin nazm ila bunyod etmay!

R u b o i ya:

Ellik bila oltmishqa yetti qadamim,
Ne ma`nokim,  bo`lmadi erkin raqamim,
Ne turfaki, sabt etmadi erkin qalamim
Kim, yo`q biridin xotir aro juz alamim.

agarchi bu nigorish topqan ikki devon tartibida va guzorishqa kirgan ikki daftar tadvinida ham bu faqiri nomurodu haqiri noshodg`a hech ixtiyor yo`q erdi, nevchunki barchasi sultoniy hukmlaru ehsonu tahsinlar va xoqoniy amrlaru ta`limu talqinlar bila erdi, andin so`ngra xud xotirg`a kelmas erdikim, bir g`azal husn bahori g`azolalari ta`rifida yo ishq otashkasida sharoralari tavsifida tugatgaymen, balki bir bayt bir sho`xning jamoli dilfuruzi bobida yo o`z ko`nglumning dardu so`zi sharhida nazm silkiga kiyura olg`aymen yo xayolimg`a kechura olg`aymen.

R u b o i ya:

Komin qilur ermish odamiyzod xayol,
Naqsh  aylar emish ko`ngliga yuz fikri mahol,
Mundin g`ofil qolibki, hayyi mutaol
Kelturgusi tongla aning ollig`a ne hol.

R u b o i ya:

Ham demagida yo`q e`tibore kishiga,
Ham qilmog`ida yo`q ixtiyore kishiga.
Taqdir aro chun yo`q iqtidore kishiga,
Ne qilg`anig`a ne erk bore kishiga.

            Yana  ro`zgor  havodisidin ul  fikrlar  barcha  ko`nglumdin  bordi va ishqi ojizkush zulmu bedodi ul xayollarni xotirimdin chiqardi, ollimg`a oncha dushvorlig`lar yuzlandiyu tegramga oncha sa`b giriftorlig`lar aylandi va sipehr boshimg`a oncha balo toshi ottiyu ishq sipohining lagadko`bi zaif paykarim bila so`ngaklarimni oncha oyoq ostida ushattikim, ne so`zumdin xabarimu ne o`zlugimdin asarim qoldi. Ishqim oshubi tug`yonida har suubatkim yuzlanur  erdi, chun bir hamdard rafiqim yo`q erdikim, dardimdin shammae izhor qilg`aymen, biror bayt birla ul hol mazmunin nazm qilib ko`nglumni xoliy qilur erdim va jununum shiddati g`alayonida har oshubkim, ollimg`a kelur erdi, chun hamzabon mushfiqim yo`q erdiki, maxfiy o`tumni oshkoro etgaymen, biror matla` bila ul ma`noni ado qilib, qattig` holimni sharh etar erdim. Bu vosita bila ko`nglum o`tig`a orome va ishqim bedodi nohamvorlig`ig`a andome hosil bo`lur erdi.
            Bu nav` bila oz vaqtda ko`p she`r aytildiyu har nav` nazm tegramga yig`ildi. Ishqim sho`ru g`avg`osi vaqtida va jununum toroju yag`mosi fursatida xud qayda oncha taskinu somonim bor erdikim, aytilg`an parishon abyotqa jam`u tartib bera olg`aymen va yig`ilg`an parokanda sharhi holotqa rabtu qoida qo`ya olg`aymen. Chun ul ta`rixdin muddate o`ttiyu ul vaqtdin fursate arog`a kirdi, falak havodisining ul qattig` esadurg`on sarsari taskin tutti va ul ranju tashvirdin yillar ranjurluq tortqan tandek, balki jonidin mahjur qolg`an badandek chiqtim, nabzimg`a harakat ma`dumu nafasimning kirar-chiqari noma`lum, tanim o`n qatla andin zaifroqkim nol va ko`nglum bir zamon o`z holida bo`lsa, yana o`n soat behol.
            Va ikki murattab bo`lg`an devonlardin  yangi    aytilg`an  abyot adadi aksar va har bayti lafzu ma`no bila darjlig` gavhar demaykim shu`lalig` ozar; xotirg`a kelur erdikim, agar bu avroqqa rabtu tartib berilmasa, bir havodis tundbodi eskach, har sahfasin bir yon sovurg`ay va agar bu gulbarglarni zebu oyin bila bir guldasta bog`lanmasa, bir navoyib nasimi yetkach, har varaqin bir yon uchurg`ay. Va agar rabtu tartibini havas qilsam, havasimg`a qayda ul quvvatki, ikki baytni bir-biriga marbut bog`lashtura olg`ay va xayolimda qayda ul jamiyatu holatki ikki lafzin bir-biriga yarashtura olg`ay. Bu ajzdin xomam tili lolu bu zabunluqdin o`z tilim shikasta maqol erdikim, nogah inoyat nasimi hidoyat gulshani royihasin yetkura kirishti va saodat munhiysi davlat ravzasi mujdasin keltura boshladi, ya`ni hukmi qazojarayonu farmoni vojib ul-iz`on bu banda otig`a ul Sultoni sohibqirondin yetishtikim, qullari hukmidin azim ush-sha`n salotin bosh torta olmaslar va bandalari farmonidin nofizi farmon xavoqin bo`yun to`lg`ay olmaslar.

R u b o i ya:

Shohiki, falakka yetsa farmoni aning,
Topmoqqa sukun sur`ati davroni  aning.
Gar hashrg`a tegru bo`lsa poyoni aning,
Qilmoq harakat bo`lmag`ay imkoni aning.

R u b o i ya:

Ming bandasi xoqon bila qaysar yanglig`,
Yuz chokari Dorovu Sikandar yanglig`.
Ham taxtig`a poya charxi ahzar yanglig`,
Ham tojig`a qubba mehri anvar yanglig`.

R u b o i ya:

Mavrusiy qul jinsi baniy Odam anga,
Meros ila mulk jumlayi olam anga,
Hayron karamu jud ishida Hotam anga,
No`shirvon adl ichinda  tobi` ham  anga.

R u b o i ya:

Fa``oli qazo hukmig`a anboz kelib,
G`addori qadar  amrig`a damsoz kelib,
Bazmi aro Zuhra nag`mapardoz kelib,
Anjomi zamon davrig`a og`oz kelib.

R u b o i ya:

Haq ko`nglin aning bilikka maxzan aylab,
Har fanda arig` zotini yakfan aylab,
Johi taxtin[i] charxi musamman aylab,
Tufroqdek ul o`zin furutan aylab.

R u b o i ya:

Iqbol anga davlat mayi payvast tutub,
Bu boda bila jonin aning mast tutub,
Haq ani sipehrdin zabardast tutub,
Tufrog`din ul vale o`zin past tutub.

R u b o i ya:

Ham qiblayi iqbol harimi johi,
Ham Ka`bayi omol biyik dargohi,
Shahlarning dardmandiyu ogohi,
Bu turfaki, dardmandlarning shohi.

            As-sulton-ubnu-s-sulton   va-l-xoqonu-bnu-l-xoqon,   muizz-us-saltana va-d-dunyo va-d-din    Abulg`ozi    Sulton   Husayn    Bahodurxon xallada-l-lohu  ta`olo   mulkahu  va   sultonah  va   afoza`al-al-olamin birrahu va ihsonah.

R u b o i ya:

Bo`lg`ancha sipehr davri komi bo`lsun,
Aflok uza bazm ihtishomi bo`lsun.
Ham  dargahi shohlar  maqomi  bo`lsun,
Yilda bir alarg`a bori omi bo`lsun.

R u b o i ya:

Har lahza qil anga yuz inoyat, yo rab,
Ollig`a yorut sham`i hidoyat, yo rab,
Ham umrini ayla benihoyat, yo rab,
Ham davlatig`a yeturma  g`oyat, yo rab.

            Bu yanglig` falaktazyin dargohdinu bu nav` arshoyin bargohdin xitobi sadmatomizu hukmi hayratangiz yetishti. Mazmuni bukim, ey qadimiy bandayi xosu ey boyiriy xodimi zaviy-ul-ixtisos, burung`i ikki devonkim, bizning hukmu xitobimiz bila murattab qilding va kulliyotu juzviyotin bizning mashvaratu ta`limu istisvobimiz bila tuzattingkim, birining ishqomiz abyotidin bu eski dayrning rafi` toqida ushshoqning sho`ru g`avg`osidur va yana birining shavqangiz g`azaliyotidin bu qadimiy mani` gunbad ravoqida muhabbat ahlining xo`yu alolosi. Andin so`ngra yig`ilg`an ash`orningu nazm rishtasig`a tortilg`an durri shahvorning adadi burung`i devonlardin ortqan chog`lig`durur va bu latofati sifoti xo`blar va malohati simoti mahbublar bila yana ikki devon tartib bersa bo`lurdek ma`lum bo`ladur. Netgungdurkim, bu ishdin dilbandroq bo`lg`ayu ne qilg`ungdurkim, bu shug`ldin sudmandroq bo`lg`ay. Emdi avlo budurkim, bu g`arib ishga ko`ngul kelturgaysen, balki hukm bu erurkim, bu ajib amrg`a xoma surgaysenu tafakkur xilvatgohida xayol sho`xu ra`nolari bila bazm tuzgaysen va to falak gardish qilur bashar jinsining xayolig`a kelmagan a`jubani elga ko`rguzgaysen. O`zung bilursenkim, nazm harimining xoslariyu she`r bahrining g`avvoslarikim, ruhparvar navolig` anfoslaridin zamona bazmi to`lubtur va xayol daryosidin chiqarg`on qiymatiy guharlaridin davron libosi javohir bila murassa` bo`lubtur, hech qaysi olamning rub`i maskunin ola olmaydur va to`rt gavhardin murakkab bo`lg`an bashar xayli hech qaysidin to`rt devon yodgor qolmaydur. Bir o`z asrida ganji ma`naviy Amir Xusrav Dehlaviyni derlarkim, sulton Malikshoh Alp Arslon otig`a to`rt devon murattab qilmish bo`lg`ayu xotimasini aning oti bila muzayyal etmish bo`lg`ay va bu ishi ul zamonning yaxshi-yomoni qulog`iga yetmish bo`lg`ay, agarchi bu so`z mazkurdur, ammo ul devonlar ma`dumdur va ul ma`dumlarning agarchi asomiysi mavjuddur, ammo vujudi noma`lumdur. Xayolig`a o`tkarib, varaqqa nigorish qilmag`anmu erkin, yo tiliga kechurub, tartib yuzidin nasaqqa guzorish bermaganmu erkinkim, Xamsasiyu soyir manzum kutubu rasoili o`z holi bila mavjuddur. Bu to`rt devoni zamon ahlidin mehru vafo va insofu muruvvatdek nobud. Chun senga tavfiq madad qilipturu bu maqsudning hech kimga yig`ilmag`an moddasi yig`iliptur, tilarbizkim, fursatni g`animat bilgaysenu bu muddao husulig`a rag`bat qilg`aysen.
            Bu hukm chun qulog`img`a yetishti, ajzu zabunluq o`tining dudi ko`nglumdin dimog`img`a yetishtikim, hukm qaviy erdiyu mahkum zaif va amr bag`oyat kulliy erdiyu ma`mur asru nahif va ra`sha paykarimg`a tazalzul soldiyu xavosu xayolim xayli bir-biridin qo`zg`aldi. Ne uzr ayturg`a zahravu jur`atim va ne qabul qilurg`a havsalavu quvvatim, agarchi uzr dilpazir emas erdi, ammo o`z ajzi holimni arzg`a yetkurmakdin ham guzir emas erdi.

R u b o i ya:

Dedimki, bu ishdakim, bo`lurmen ma`mur,
Har  nechakim  tutmasam  o`zumni  ma`zur,
Lek ishtaki,  ajdahog`a kelturgay zo`r,
Zo`r etkay o`ziga, istasa qilmoq mo`r.

            Ul humoyun zamirning oyinayi getiynamoyida ravshanu paydodur va ul pokiza ko`ngulning jomi jahonoroyida mubarhanu huvaydokim, bu bandayi faqirg`a ne notavonlig`lar shikast berdiyu bu zarrayi haqirg`a ne sargardonlig`lar dast berdi. Agarchi marazimg`a sihhat umidi paydo bo`luptur, ammo hanuz g`izo bila sharbatkim, ichilur, yeyilur, misqol tarozusi bila tortilur va tongdin aqshomg`acha soat shishasig`a ko`z tikilur va agarchi za`-fimg`a quvvat imkoni zohir bo`luptur, ammo hanuz buzug` koshonamdin chiqarg`a qo`pmoq tilasam, osilg`an idbori ankabut torlari dastgirim bo`lub madad yetkurmaguncha, tebranmakka tobu tavon va harakatqa maqdur, balki imkon yo`qtur; pashsha yuz pili damon torta olmag`an yukni nechuk tortqay, bataxsiskim, majruhu ranjur dag`i bo`lg`ay, mo`rcha ming sheri jiyon qila olmag`an ishni nechuk qila olg`ay, xususankim, bemoru sihhat tariqidin mahjur dag`i bo`lg`ay.

R u b o i ya:

Avval ikki devong`a chu qildim rag`bat,
Ham erdi yigitlik madadim, ham  sihhat,
Bo`ldum chu qariyu xasta, yo`q ul quvvat
Ko`rguzgali andoq nimalarga jur`at.

            Kulliyragi bukim, ul davovin tartibida Sultoni sohibqironning oliy tab`ining islohu ihtimomi behad va har juzviy nuktada tag`yiru ta`limi mo lo kalomi beadad erkan jihatdin ul ish saranjom suvratin paydo qildi va iftohidin ixtitomig`a deguncha tartib raqami chekildi. Bu za`fu notavonlig`im zamonida bu ajzu zabunluqu besomonlig`im tug`yonida Sultoni sohibqironning ra`yi olamoroyiyu zamiri xurshidta`siri go`yokim ba`zi avqotda olam kishvari fathig`a azmsozu ba`zi holotda kishvar ahli obodonlig`ig`a sehrpardoz va ba`zi zamonda ayshu nishot bila iligi zarposhu ba`zi avonda toatu ibodat bila ko`zi guharposhliqka mutaammilu mushtag`il uchun bu xoshok daryodek ko`ngliga kirmasu bu zarra quyoshdek zamirig`a paydo ermas. Va Sultoni sohibqironning himmat yuzidin ihtimomiyu sa`y g`oyatidin ta`limi bardavomi bo`lmasa, mundoq dushvor ish ilgari bormog`i mutaassir, balki xayolimg`a kechurmag`i mutaazzirdur.
            Mundoq hukm bo`lg`andin so`ngra gah-gohi holimdin ogoh bo`lmasa netkaymenu lahza-lahza ahvolimdin xabar tutmasa neta olg`aymen. Qumursqa Sulaymonning xotirig`a kelmasa, ne mahalli taajjubu tahayyur, Suho charxi gardon sathida ko`runmasa, ne mahalli hayratu taazzur. Bu xoksor chun bu dardi dillarimni izhoru nomurodlig`larimni oshkor qildim va mazallat tufrog`ig`a tazallum bila yiqildim, inoyat borgohidin sado keldiyu hidoyat korgohidin nido yetishtikim, ko`nglungni solma va bu nav` savdovu vasvos xayolig`a qolmakim, biz hech holda sening holingdin g`ofil emas erkandurbiz, ammo bu holdin sen g`ofilu ko`nglumizdin hargiz yoding zoyil ermas erkandur va bu ma`no sening ko`nglungdin zoyil. Andoqki burung`i ikki devoning takmilida rioyatdin hech nav` tag`oful voqi` bo`lmadi va rahnamolig`u inoyatdin hech turlug takosul suvrat bog`lamadi, emdi dag`i hamul dastur bila, balki andin ham ortug`roq, munda ham hamul qonun bila, balki andin ham afzunroq, ahvolingdin xabar tutulg`usidur va haroz vaqtda sarvaqtingg`a yetilgusidur. Chun za`fi holing bizga zohiru paydodur, shafqatu bandanavozlig`lar bila ne yerda qolsang o`tkarilgusidur va chun shikast ahvoling bizga ravshanu xuvaydodur, marhamatu navosozlig`lar bila har mushkiling bo`lsa hal qiling`usidurur.

R u b o i ya:

Shahdin chu bu nav` lutfu ehson toptim,
Ummid dag`i behadu poyon toptim,
Zulmat  aro erdim, obi hayvon toptim,
Io`q-yo`qki, o`lub erdim, yangi jon toptim.

            Ko`nglumga o`zga quvvat kirdi va tab`img`a o`zga javdatu jalodat hosil bo`ldi, kilkim jardayi tezkomig`a o`zga ravonlig`u xayolim sahobi barqxiromig`a o`zga gavharafshonlig` yuzlandi. Qabuli barmog`in ko`zumgavu minnat iligin ko`ksumgavu jonparvar so`zumga qo`ydum va zamir xilvatgohini xavotir g`avg`osidin muarrovu ko`ngul zistgohini vasovis hujumidin mubarro qildim. Xoma uchin tez ettimu tab` obi hayotin otashangiz. Va o`tgan ayyomda aytilg`an matla`lar subhi bidoyatin maqta`lar shomi nihoyatig`a payvastavu kechkan hangomda bitilgan parishon abyot gavharlarin takmil rishtasig`a tortmoq bila payvasta qila boshladim.

R u b o i ya:

Kun bor erdikim bir g`azalu ikki g`azal,
Bal uch g`azalu to`rt g`azal ba`zi mahal.
Mahvashlardek bori latofatda masal,
Bog`lab kiyibon yuzga hila to`ng`a hulal.

            Bu nazohat shabistonining pardanishinlari yuz ming zebu ziynat bila tab` xilvatxonasidin jilvai noz qilib chiqib, soyir abnoyi jins silkiga kirarlar erdi va bu malohat nigoristonining nozaninlari ming tuman oroyishu namoyish bila xayol xilvatxonasidin xiromi dilnavoz bila harakat ko`rguzub, yana abkori fitnaosorg`a qo`shulurlar erdi. Chun bu mavzun harakatlik dilkashlaru bu matbu` sifatlik sho`xvashlar ellik, oltmish yo yuzga yaqin bo`lsalar erdi, bu faqir savdoyiy bir tojirdekkim, malik-ut-tujjor desa bo`lg`ay,

R u b o i ya:

Yuz hur sifat barchasining nozu fani,
Kashmiriyyu rumiyyu xitou xo`taniy,
Kim bir shah uchun keturgay ul toyifani,
Tojir o`zin aylarga baho birla g`ani.

kashmiriysi sehrsozlig`da dilrabovu dilkash va rumiysi turktozliqda kofiroyinu farangiyvash va xitoyisi xunrezlig`da novakzanu shershikor va xo`taniysn fitnaangizlig`da sherafkanu g`izolakirdor, bu shamoyilu oyin bila va bu zebolig`u tazyin bila Sultoni sohibqironning harami saroyig`a kiyurur erdim va birin-birin ul hazratning kimyoasar nazarig`a yetkurur erdim.
            Va ul hazrat inoyat ko`zi bila ul ra`nolarni ko`rub va iltifot nazarin har biriga yetkurub, qaysi birining hariru xullasida qusure ko`runsa yo ul hullavu harirni murassa` qilg`an javohirda adami munosabat sababidin future zohir bo`lsa, ul liboslarni chiqarib, xizonayi xosdin munosib ranglig xazu debo liboslar barcha qiymatiy gavharlar bila tarsi` qilg`on kelturub ul sho`xlarg`a kiydurur erdi va har qaysini o`z munosabatig`a ko`ra tartib bila o`z oliy majlisida o`lturtur erdi, ya`ni aytilg`an abyot barcha latoyifosor va sabt bo`lg`an ash`or barcha zaroyifshiorkim, ellik, oltmish yo yuz g`azalg`a yaqin yig`ilsa erdi, hazrati Sultoni sohibqironning firdavsoso suhbatidavu sipehrfarso hazratida hozir qilib arzg`a yetkurur erdim va ul hazrat alarg`a shafqat yuzidin boqib, qaysi ma`no sho`xiningkim tarkibi xil`atida va alfozi kisvatida betakallufluq ko`rsa, o`z ganjinayi zamiri xizonasidin munosib alfoz bila ul liboslarg`a tag`yir berib va ul alfoz kisvatida sanoyi` javohiridin nomunosiblig` ma`lum qilsa, o`z xizonayi xotiri ganjxonasidin yoqutu la`li rangin va gavharu durri samin bila ul zebu ziynatqa tabdil yetkurub, har g`azalni tartib yuzidin o`z o`rnig`a raqam qilur erdi.
            Va bu faqiri bebizoatu bu faqiri beistitoat ul ta`limlarni o`zumga dastur qilib hamul dastur bila ul zabtu tartibg`a shuru` qilur erdim. Mundin boshqa dag`i ul hazratning ko`p xossa ma`nolari xayolotinu g`arib mazmunlari maqolotin va dilpazir tashbihlari nazokatinu benazir tanbihlari jazolatin burung`i ikki devonim debochasida sharh bila mazkur qilib erdimu tafsil bila mastur etib erdim. Bu devonlarda dag`i hamul dastur bila maoniy javohiri shohvoridin va alfoz naqshu nigoridin va tarkib salosatu latofatidin va choshniy holatu haroratidin hech juzve juz`iyyotdin yo`qturkim, ul hazratning muborak tab`ining anda kulliy daxli bo`lmamish bo`lg`ay. Balki asli xayol ul hazratning bo`lub, bu banda ham ul hazratning buyrug`i ta`limi bila anda juzviy daxle qilmish bo`lg`aymen. Bu jihatdin bo`laolg`ayki, bu devonlar ul hazratning adilsiz tab`idek benaziru har shoh bayti o`z humoyun zotidek olamgir bo`lg`ay. Chun bu ma`no gavharlari barcha ul hazratning tab`i bahridinu zehni konidin hosil bo`ldi va alfozu iborat xazoyini hamul ma`nolar gavharidin to`ldi, bu ma`nodin aning otin X a z o y i n   u l-m a o n i y qo`yuldi.

R u b o i ya:

Yo, rab, bu xazoyinki, men ettim ma`mur
Kim, xozini jannat anga xushtur ganjur.
 Chun keldi futurluq ko`ngullarga surur,
Berma   andin  ko`ngul  sururig`a  futur.

R u b o i ya:

Bu bahrki, ganji lomakoniy dedilar,
Har  qatrasin  obi  zindagoniy dedilar.
Shah maxzani tab`idin nishoni dedilar
Kim, ani Xazoyin ul-maoniy dedilar.

            Agarchi xurshidi olamtobning falakni bir davra qilg`an zamonig`a yil ot qo`yupturlar va yilkim, iborat to`rt fasldindur, har faslg`a dag`i bir ot ta`yin qilibdurlar. Bu nayyiri a`zam falakni bir davra qilg`anining monandikim, bahriy[u] koniyu nabotiyu hayvoniyning natoyiji anda zohir bo`lur, munda dag`i jami` ul natoyijdin dalilu asar topsa bo`lur. To`rt faslining muqobalasidakim, to`rt devon voqi` bo`luptur, har qaysig`a bir munosib ot darboyist edi, ul sababdin avvalg`i devonnikim, tufuliyyat bahori g`unchasining ajib gullari va sig`ar gulzorining bog`chasining g`arib chechaklari bila orosta bo`lub erdi, G` a r o y i b  u s-sig`ar deyildi. Va ikkinchi devonnikim, yig`itliku oshuftalig` va shabobu oliftalig` yoziyu dashtida yuzlangan nodir vaqoyi` bila piyrosta bo`lub erdi, N a v o d i r  u sh-sh a b o b ataldi. Va uchunchi devonnikim, vasat-ul hayot mayxonasida ishq bila shavq paymonasidin yuzlangan badii` nishotlar kayfiyatin yozilib erdi. B a d o y i `  u l-v a s at ot qo`yuldi. Va to`rtunchi devonnikim, umrning oxirlarida yuzlangan ishq dardu ranji foyidalarikim, jonso`z oh urmoqu jon topshurmoqdurkim, anda sabt   bo`lubtur,   F a v o y i d  u l-k i b a r  laqab  berildi.
            Umid ulkim, bu to`rt devonkim, Sultoni sohibqiron oti bila muzayyaldururu alqobi bila mutarraz, ham aning otidek rub`i maskunda to`lg`ayu ham aning alqobidek to`rtunchi ko`kka degincha muntashir bo`lg`ay. Shukrkim, bu banda nazm vasilasiyu she`r vositasi bila tamom umrumni ul hazratning madhi bila kechurdum va  barcha hayotimni aning duosi bila o`tkardim.
            Tufuliyyat avonikim, yetti sekkiz yoshdin yigirma yoshqacha chinasa bo`lg`aykim, umr fusulining navbahori va hayot gulshanining shukufavu gulzoridur, aning madhida G`aroyib us-sig`ar bila sarf qildim.
Shabob zamonikim, yigirmadin o`ttuz beshgacha desa bo`lg`aykim, ham bu fusulning yozidururkim, yigitlik chashmasorining hayotbaxshlig`ining og`ozidur, aning vasfida Navodir ush-shabob bila kechurdim.
            Va kuhulat ayyomikim, o`ttuz beshdin qirq beshga degincha qiyos qilsa bo`lg`aykim, bu fusulning xazonidurkim, tiriklik bog`ining bargrezining nishonidur, aning ta`rifida Badoyi` ul-vasat bila o`tkardim.
            Va qirq beshdin oltmish yaqinig`achakim ta`yin  qilsa  bo`lg`aykim,   bu  fusulning  qishidurkim,  kishining    xam   qad  bila   adam yo`lig`a  kirib,  zamon  ahli  bila  xayrbod  qilishidur,  aning  duosida Favoyid ul-kibar bila nihoyatqa yetkurdum.

R u b o i ya:

Sarf ettim anga umr bahorin dag`i,
Bo`stoni hayotu lolazorin dag`i,
Ollida xazoni zarnisorin dag`i,
Kofurfishon qish bila qorin dag`i.

            Va bu avqot mobaynida har miqdorkim, fursat toptim, xoh Xamsa nazmidinu xoh Nazm ul-javohir va Majolis un-nafoyisu Zubdat ut-tavorix va soyir tasniflar ishtig`olidin ham ul hazrat duoyi davlatig`a avqotimni sarf qildim. Va bihamdilloh andoq murodlar kasb ettimkim, mening abnoyi jinsimning yuzidin biriga muyassar bo`lmaydur va andoq maqsudlarg`a yettimkim, alarkim, mendek yuz, balki ming qullari bor erdi, birining sog`ari orzusi menga nishot yetkurgan may bila to`lmaydur. Bihamdillohi taoloki, bu avqotdakim umr vodiysining ko`pragin aning davlatidin murodlar bila qat` etibmen va hayotning nihoyatig`a komlar, balki komronlig`lar bila yetibmen, hech turlug armon xotirimda qolmayduru hech nav` orzu ko`nglumda sing`anin xayolim topa olmaydur. Har ne dunyo murodiyu zohir komronlig`idur surubmen va so`zumning siytu sadosin aning madhida yetti falakka yetkurubmen. Ulcha orzu haysiyyatidinu armon jinsidin qoliptur, oxirat yo`lining suhulatu osonlig`i va botin mulkining iyolatu komronlig`idur. Va ul vobastadur haq subhonahu va taoloning tavfiqi bila amri itoatig`a va rasul sallallohu alayhi va sallam shafoatiyu shariatinnng mutobaatig`a. Umidim uldurkim, ul hazrat davlatidin bu iqbolg`a dag`i sarbalandu bu saodatqa dag`i bahramand bo`lg`aymen.
            Bu bobda bir necha so`z o`z arzi holimni tilarmenkim, zohir qilg`aymenu ul nishotim guli ochilg`andin men ham nishotdin g`unchadek ochilg`aymen va ul arzadoshtim savodin bu debocha zaylida sabt etkaymenu bitkuchilarga ham bu fihrastdin bu arzadoshtni ayirmasqa vasiyyat etkaymen, to kun so`ngi bu debochani o`qug`an elga bu arzadoshtim bila bu muddaomg`a yetkanim nishonae bo`lg`ay vozihu dalile bo`lg`ay loyih. Bu jihatdan to olam inqirozi bo`lg`usidur Sultoni sohibqiron davlatig`a duo qilg`aylar va shafqatu bandaparvarlig`ig`a  sano degaylar.
            Qulluq arzadosht ulkim, bu bandag`a yosh ulg`ayg`an chog`da za`fe yuzlandi, va ul za`f rishtasi rishtadek za`flig` paykarimg`a andoq chirmandikim, ul quyoshdek zamirg`a ravshandur. Holo mizojim istiqomatdin munharifu badanimda necha marazi muxtalifdur va atibbo ilojimdin ojizu ma`zul va ahibbo mizojimdin mutaajjibu malul. Dimog`im parishonlig`idin so`zum nomarbutu xayolim oshuftalig`idin holim nomazbut. Bag`rim qizig`anidin jismimda hummoyi lozim va ko`nglum ozg`anidin boshim aylanmog`iyu ko`zum qorarmog`i doyim. Ne tongdin aqshomg`acha o`zumga bir dam g`izodin kom, ne aqshomdin tongg`acha tarfat-ul-ayne ko`zumga uyqudin orom. Xotirim savdoomiz xayollardin mushavvash, besarudilliqdin har necha dilkash so`z bo`lsa ko`nglumga noxush. Me`damning hazm qilur g`izosi zamona ahlining izosi, ko`nglumning nishot bazmida mayi nobi falak tiyg`i oqizg`an bag`ir xunobi. Notavonekim, yuqori mazkur bo`lg`andek g`izo qilur, oshi misqol toshi bila bo`lg`ay, agar gohi zaif xotiri sharbat mayli qilg`ay, ul dag`i bu tosh tarozusi bila tortilg`ay, kishi qo`ldamayin yerdin qo`parida ko`p ozor bo`lg`ayu aso madadi bo`lmag`uncha yerdin qadam ko`tarmagi dushvor, sayr havosin qilsa iki insong`a otlandurur tushururida hammolvashliqu otlang`andin so`ngra paykari yukidin bir hayvonga murdakashlik, tushkandin so`ngra bu sayr ko`ftidin a`zosi nokor, bu ozurdalig`din yana bir kecha-kunduz tebrana olmay, andoqki bir yilliq bemor, issig` nafaslaridin hayotining guli pajmurdavu nafasining og`ir kirar-chiqaridin zaif tani ozurda.

R u b o i ya:

Har shomu saharg`a tegru ingranmoq ishi,
Bu yonidin ul yonig`a aylanmoq ishi.
Gah-goh isitma o`tidin  yonmoq ishi,
Gah to`ngdururidin yana chirmanmoq ishi.

R u b o i ya:

Ne jismida tobu ne tanida quvvat,
Ne ko`nglida xushluq, ne o`zida sihhat.
Mundoq kishining munosibidur uzlat,
Vayronasidin chiqmoq anga ne nisbat.
          
            Sultoni sohibqironning in`omi bag`oyatidinu ehsoni benahoyatidin umrin bu davlatlig` dargohdavu hayotin bu saodatlig` borgohda yuqori o`tkan sharh bila sarf etkan bandaning iltimosi budurkim, mazkur bo`lg`an taraddudu mashaqqatlardin ozod bo`lg`ay va g`amgin ko`ngli bu nav` za`f ayyomida nisbatsiz qayg`ulardin shod, mundoq umrdakim, bukun tonglalig` ma`lum ermas,

M i s r a `:

Ish tengriga tavbayu inobat bo`lg`ay,

va o`tkan umr ma`siyat bila uzr taqsirida toatu nadomat. Bu holatda dag`i avqotning pokizasida ul hazratning duosig`a mash`uf bo`lg`usidur va duovu niyozi naqdining xulosasi aning farxunda ro`zgorig`a masruf.
            Umid ulkim, ul hazrat davlatidin andoqkim dunyo iqbolu komidin mustafid bo`ldum, oxirat komu iqbolidin ham noumid bo`lmag`ay[men]. Ul ostonning qullarining bu qul bila yorlig` nishoni uldurkim, Sultoni sohibqiron inoyatidin bir yorlig` nishoni bitilgay va bu bandani sultoniy imoratning bayt-ul-mag`firasida soyir  jorubkashlaridin  birining o`rnig`a  mansubu sarafroz etilgaykim, bu uftodalig` ayyomida bore ul ostonada yiqilg`aymen. Quvvatim bo`lg`anda supurgu olib, ilgim bila va quvvatim bo`lmag`anda supurgu o`rnig`a kirpigim bila ul ostonani supurur bahonasi bila ko`zumni ul munavvar ravza tufrog`idin yorutg`aymen va ul ostonani bu supurgu birla arig`u bu uyin ul surma bila yorug` tutqaymen va bu xidmatni dunyovu oxiratim sharafi bilgaymen.
            So`zum uzaldiyu ado qiladurg`an maqsudum yiroq qoldi. Agarchi  xomamning gavharafshonlig`ig`a  nihoyat yiroqdur  va lekin duo gavharfishonlig`i  bila ixtisor  qilmoq yaxshiroq.

R u b o i ya:

To dahr uza bu gunbadi davvor o`lg`ay,
Ul gunbad uza sobitu sayyor o`lg`ay,
To sobitu sayyorg`a osor o`lg`ay,
Tengri bori holingda nigahdor o`lg`ay.

R u b o i ya:

Taxting bo`lsun sipehri  axzar chog`lig`,
Chatring  rif`atda  mehri  anvar  chog`lig`.
Mulkung baru bahr aro Sikandar chog`lig`,
Lekin umrung Nuh payambar chog`lig`.

R u b o i ya:

Ham  dargahing iqbol  makoni,  yo rab,
Ham boshing uza toji Kayoniy, yo rab.
Jomingda ziloli zindagoniy, yo rab,
Andin sanga umri jovidoniy, yo rab.