Òîï ðåéòèíã www.uz

G`AZALLAR

   HE HARFINING HAROMIYLARI
  HUSNOROYLIG`I «G`AROYIB»DIN

101

Zihe tiling ana afsah takallumida fasih,
Sen amlah o`ldung, agar dilrabolar o`ldi malih.

Tulu`i subhi saodat yuzung sabohatidin,
Zihe kamoli sabohat, zihe jamoli sabih.

Xamiri moyayi jismingdin ortqanni qazo,
Iki badanda qilib ruh atadi Xizru Masih.

Falakni chok qilib o`tganingda gar ba`zi
Tavahhum ayladi, shaqqul-qamarda bo`ldi sarih.

Qadam quyosh uza qo`ydung uruj shomi ne tong,
Kafingni gar yadi bayzog`a qilsalar tarjih.

Erur kalomekim, anda hurufi illat yo`q,
Qayu hadiski, sendin bayong`a keldi sahih.

Emas Navoiyu madhing demakka had, basdur
Anga bu qadrki, modihlaringg`a bo`lsa madih.

102

Badang`a kelmadi to azmi ko`yung ayladi ruh
Ki, ruh shaxsini ul g`amza ayladi majruh.

Hayotbaxsh esa ul hur aksidin boda,
Mahalli hayrat emas, hur aksidindur ruh.

Qizardi lolavu sarg`ardi subh xijlatdin,
Bu lolalarki, uzoringda ochti jomi sabuh.

Vafog`a va`da qiliptur deb o`tma, ey qosid,
Xudoy uchun manga kayfiyatin degil mashruh.

Hayot yor visolidur, ey ko`ngul, yo`q esa,
Seni firoqda farz aylayinki, bo`ldung Ruh.

Buyurma tavba yana, nosihoki, mug`bachalar
Havosi qildi meni tavba tavbasida nasuh.

Fig`onki, tiyra ko`ngul kunjida nihon rozim
Piyola sha`sha`sidin el ichra topti vuzuh.

Baso kishiki, ishi masjid ichra band o`ldi,
Chu ochti dayri fano eshigin yetishti futuh.

Navoiyo, nedin ul g`amza tiyg` tortibdur,
Gar istamaski, ko`ngul saydin aylagay mazbuh.

103

Ko`ngulni mug`bacha oldi mug`ona tut aqdoh
Ki, yo`q saloh ila bo`lmog`liq emdi bizga saloh.

Bir oy firoqida bexudlug` istaram to`la tut,
Agar qilib esang aflok jirmidin aqdoh.

Halol bo`ldi xaroboti ishq ahlig`a may,
Tutarbiz ahli vara`, kimki ani tutsa muboh.

Hayotbaxsh labing ruh emishtuk, ey soqiy,
Magarki vovini i`lol etib qilibsen roh.

Yo`q ersa jismda ul hosil aylagan qondin,
Hakim ne uchun ajzosini dedi arvoh.

Saboh maykada bog`lig`duru xumorim tund,
Taajjub etmang, agar zikrim o`lsa, yo fattoh.

Ne erdi maykada g`avg`osi, raz qizin go`yo
Bu shom qildi Navoiyg`a piri dayr nikoh.

104

Nega ko`rguzdi sovug` ohu sarig` ruxsor subh,
Gar nihoniy mehridin mendek emas bemor subh.

Gar havoyiy bo`lmasa men telba yanglig`, bas nedur,
Ko`nglakin chok aylabon tog` uzra majnunvor subh.

Mehridin mendek nihoniy toza dog`i bo`lmasa,
Yuzda nevchun kavkabi ashkin qilur izhor subh.

Dema shingarfiy bulut har yon erur qonlig` momuq,
Toza dog`idin erur mendek magar xunbor subh.

G`am tuni ohim sharoridin tutashti ko`kka o`t
Kim, aning otin qo`yuptur gunbadi davvor subh.

Kun shuoiy xatlari ermaski tutmish motamim,
Yuzni anjum tirnog`i birla qilib afgor subh.

Soqiyo, tutqil sabuhiy bodakim, bu dayrdin,
Biz ketib bu nav` toli` bo`lg`usi bisyor subh.

Ey Navoiy, istasang bargu navo bu bog` aro,
Guldek o`l roki` kecha, bulbul kebi bedor subh.

105

Ro`zavu gul yettiyu ichmas ul oy gulgun qadah,
Ne ko`ngul xushluq bila tortay meni mahzun qadah.

Yo meni mahrumg`a xunobayi hijron berib,
O`zga mahramlar bila ul oy chekar gulgun qadah.

Bore har taqdir ilakim, bor meni labtashnag`a
Tutmas ermish zahri g`amdin o`zga dahri dun qadah.

Soqiyo, bu g`ussa daf`i mastu bexudlug`durur,
Tut shafaqgun may to`la gar xud erur gardun qadah.

Ro`za oyin ko`rmay ilgingdin qadahni solmag`il,
Lek ol bayram hiloli ham ko`rungan tun qadah.

Jom erur men telbaga qonlig` ko`zumning kosasi,
Lolalar sahroda bas, gar istasa Majnun qadah.

Chun fano dayrig`a kirdim boda tut, ey piri dayr,
Zarf xoh eski safol o`lsun, vagar oltun qadah.

Yuz qadah qilg`il murassa`kim chekarsen jomi marg,
Hech kim xud topmadi Jamshiddin afzun qadah.

Ey Navoiy, bizni yod etkaymu barqandon kuni
Ichsa jomi Jam tilab soniyi Afridun qadah.

106

Ey manga jonbaxsh gulbargi taringdin toza ruh,
Toza-toza har biri shavqin solib ovoza ruh.

Ruhi mahz ul tozavu tar sarvi ra`nodek qading,
Ne ajab bo`lsa ravon bo`lg`anda elga toza ruh.

Ko`yi gardidin o`lug jon topsa tong yo`q, negakim
Tufrog` o`ldi ko`yida behaddu beandoza ruh.

Bo`lg`usi jonon kebi bo`lsa mujassam suvrati,
Hulla kiysa surtubon jannat gulidin g`oza ruh.

Chiqti jondin paykar aylab nozu husn izhor etib,
Zor ul paykarga jon, vola bu husnu noza ruh.

Shavq tiyg`i birla solik aylasa ko`nglini chok,
Fayz shahristoni sayrig`a topar darvoza ruh.

Ey Navoiy, shukrkim, yo`l topti jonon ko`yiga
Hajr shomi zulmatida yo`lni oza-oza ruh.

XE HARFINING XO`BLARINING XIROMI
                      «G`AROYIB»DIN

107

Gadoyi faqr ila so`z ayta olmas podsho gustox,
Shah ollinda nechukkim, dam ura olmas gado gustox.

Ne quvvat birla shah gustox so`zlashgay aning birla
Ki, vahm etgay boshig`a soya solmoqtin humo gustox.

Uruj istar esang bu dayr ichinda foniy o`lg`ilkim,
Malak uzra qadam bosib o`tar ahli fano gustox.

Balo ichra dalir urma qadam to oshiq o`lmay sen,
Samandar bo`lmag`uncha kirsa bo`lmas o`t aro gustox.

Ne muhriq vodiy ermish ishq ko`yi dashtikim, ul yon
O`ta olmas samum o`lmoq harosidin sabo gustox.

Shujoat birla kirmak kulbayi faqr ichra bo`lmaskim,
Bu vayronni qila olmas vatan har ajdaho gustox.

Chu topmas har nekim, taqdirdur, bu dayr aro tag`yir,
Adab ermasdurur qilmoq har ishni muddao gustox.

Ne nozuk xo`yi bor ul dilraboningkim, niyoz ahli,
Shikoyatqa ne yetgaykim, de olmaslar duo gustox.

Navoiy ishq istig`nosini to angladi vahkim,
Qila olmas fig`on forig`, cheka olmas navo gustox.

108

Bahor sensiz o`luptur manga ajab do`zax,
Qizil gul anda o`tu oq shukufalardur yax.

Bahor sensiz agar do`zax o`lsa tong ermas,
Bihisht ichinda liqo bo`lmasa erur do`zax.

Xayoli xayli ko`zumga kelurgadur go`yo,
Yuzumki yo`l-yo`l o`luptur sirishkdin rax-rax.

G`arib kelmadi shirin labingg`a achchig` so`z,
Emas g`arib chuchuk meva bo`lsa xasta talx.

Ko`ngul fano kunjidin zo`r bozu istarkim,
Vujud panjasini anglamish bag`oyat shax.

Navoiy egni yalangdur demangki, bordur anga
Fano hasiri, balo xorasi nasij ila nax.

Magar shah ashhabi ollinda payk bo`ldi sipehr
Ki, qilmish o`n kechalik oyni egnida nochax.

109

Tong emastur, bo`lsa har sarvi pariyruxsor sho`x,
Lek erur sarvi pariyro`yum mening bisyor sho`x.

Gar mening sho`xi sitamkorim pariyzod o`lmasa,
Mumkin ermas odamiy bo`lmog`lig` ul miqdor sho`x.

Turmasa qon bu kecha ko`ksum shikofidin ne tong
Kim, erur ko`nglumga kirgan chobuki ayyor sho`x.

Vah, ne tong har lahza betoqatlig`imkim, dilbarim
Bovujudi husn, ham shirin erur, ham bor sho`x.

To yetishgay jong`a yetkurgan ko`ngulga yuz balo,
Shukr etarmenkim, nasib o`lmish manga dildor sho`x.

Sho`xlardin tuz qadam qo`ymoq chu kelmas, voqif o`l
Kim, sitamgar chobukedur charxi kajraftor sho`x.

Gar desangkim jong`a yetmay har zamon bir javrdin,
Ey Navoiy, pand eshit, yor istama bisyor sho`x.

110

Vahki, hijron sharbatidin bizga bo`ldi kom talx,
Har kishi zahr ichsa bo`lg`ay kom anga nokom talx.

Hajr yetsa may bila dedim ovung`aymen, valek
Yorsiz bor ermish ichmak bodayi gulfom talx.

Shomi hajrimdin ne ogah ulki hijron tunlari
Tongg`a tegru to`kmadi sho`robani bir shom talx.

Sharbati sabr otini tutmangki, bir oy hajridin,
Og`zima hayvon zulolin aylamish ayyom talx.

Og`zidin achchig` so`z aytib zohir etsa zahri chashm,
Ayb emastur pista sho`ru tong emas bodom talx.

Jomi hijron chekkali bildimki, javring sa`b emas,
 May necha talx o`lsa, ko`rmas ani zahroshom talx.

Nosabur o`lmas ko`ngulga yetsa xunobi firoq,
Ne uchunkim talx may ichkandin o`lmas jom talx.

Umr shahdi bas chuchukdur, lekin oxir qilmasa
Marg zahri birla ani dahri nofarjom talx.

Vasl jomidin Navoiy elga bo`ldi bahra no`sh,
Vahki, hijron sharbatidin bizga bo`ldi kom talx.

111

Soldi bir oydin ayru meni ibtilog`a charx,
Qoldeg o`z oyi hajrida mendek balog`a charx.

Gar xonumonim istamas erdi qora, nedin
Qildi asir ul ko`zi, qoshi qarog`a charx.

Farhod birla Vomiqu Majnun chiqib edi,
Soldi meni alar avazi deb arog`a charx.

Ul ne quyoshdururki bajuz sadqa aylamak,
Topmas anga o`zin necha qilsa marog`a charx.

Ne revu makr erurki kirib ishq yo`lidin,
Bechora qildi saltanat ahlin gadog`a charx.

G`am shomi bordi ul quyosh andoqki gardini
Topmas tilab o`kush ko`z ila to`tiyog`a charx.

May tutki, foniy o`ldi falakdin base bino,
Hargiz xalal yeturmadi dayri fanog`a charx.

Ahli vafo yo`q ersa, ne tong, charx javfida
Hargiz chu mayl qilmadi rasmi vafog`a charx.

Taqdirdin ne kelsa, Navoiy, itoat et
Kim, sen kebi zabun erur amri qazog`a charx.

112

Xonaqahda halqayi zikr ichra g`avg`o qildi shayx,
Ahli dillar naqdi avqotini yag`mo qildi shayx.

Ul biri dom erdi, bu bir dona el saydi uchun,
Har qachonkim azmi tasbihu musallo qildi shayx.

Yo xayoli bang yoxud xonaqah fikri edi,
Har karomotu maqomoteki ifsho qildi shayx.

Kaf sochib, faryod etib, sekrib, parivashlarni sayd.
Qilg`ali, devonalig`lar oshkoro qildi shayx.

To`q chiqib xilvatdin, o`zni ro`za deb, juhholdin
Asru ko`p nodonni o`z tavrig`a shaydo qildi shayx.

Bovujudi masxu nodonlig` murid aylar uchun
Ko`p o`zidin masxu nodonrog`ni paydo qildi shayx.

Dayr pirining muridimenki fayzi om erur,
Xonaqahda fayzi om eldin tamanno qildi shayx.

Dayr aro tindi qulog`im, rohibo, zikring baxayr
Kim, sahar zikr ayturida ko`p alolo qildi shayx.

Ey Navoiy, xirqasin berdi, karomat ayladi
Kim, manga tartib vajhi rahni sahbo qildi shayx.

113

Sochingki har taraf ayirdi bir muanbar shox,
Hayot gulshanining sunbulidurur har shox.

Boshingdin ayrilibon shox-shox kim ko`rmish
Bu nav` sunbuli tar bo`lg`anin sarosar shox.

Yashil to`nu iki yeng birla qomating ul sarv
Ki, ikki yonidin ayrilmish ikki axzar shox.

Qading xiromida ilging jafosi o`ksumadi,
G`arib naxlki, doyim anga berur bar shox.

Labingki, bodayi la`l andin oqti mast o`lg`ach
Erur mushobihi marjonu anda ahmar shox.

Qadi hayotim erur, ursa toshu tortsa tiyg`,
Bu naxldin xush erur gar samardurur, gar shox.


Chu yog`di toshi Navoiyg`a ko`p shikast o`ldi,
Quruq yig`ochqa yog`ib jola sindi aksar shox.

DOL HARFINING DILOROMLARINING
            DAVRONI «G`AROYIB»DIN

114

Odamki, bashar nasli silkiga erur payvand,
Suvratda sanga volid, ma`noda sanga farzand.

Yusufki, jamol ichra ma`dum edi monandi,
Topmadi malohatda husnini sanga monand.

Iso damidin o`lgankim, ruh topar erdi,
Bilgachki, topar dining, jon topti bo`lub xursand.

Davron chamanidin sen ul lahzaki, chiqding, gul
Tirnog`lar ila qildi ruxsorini yuz parkand.

Shahlarg`a  gado andoqkim  keldi bukun muhtoj,
Tongla bo`lubon shahlar ehsoniga hojatmand.

Gesu sanga bo`lmishdur chun silsilayi maqsud,
Majnunung erur jonlar, qil silsila birlan band.

Shakkarga uzubatda nutqung ne ajab kulsa
Kim, erninga esh bo`lmish axloq aro shakkarxand.

Yo`q bo`ldi kalomingdin asfori samo barcha
Asfori samoviydin bo`lg`an kebi yo`q pojand.

Ne kelsa Navoiyg`a sendin yuz evurmaskim,
Ul zarra durur, sen mehr, ul bandavu sen xovand.

115

Sen o`z xulqungni tuzgil, bo`lma el axloqidin xursand,
Kishiga chun kishi farzandi hargiz bo`lmadi farzand.

Zamon ahlidin o`z payvand, agar desang birov birla
Qilay payvand bore, qilmag`il noahl ila payvand.

Qo`ngul komini qo`y, gar xud mening devona ko`nglumni
Toparsen uyla yuz parkandu sol har itga bir parkand.

Eshitmay xalq pandin, turfakim pand elga ham dersen,
Qila olsang, eshitgil pand, sen kim, elga bermak pand.

Bu foniy dayr aro gar shohlig` istar esang, bo`lg`il
G`adolig` nonig`a xursandu bo`lma shahg`a hojatmand.

Bo`lub nafsingg`a tobi`, band etarsen tushsa dushmanni,
Senga yo`q nafsdek dushman qila olsang ani qil band.

Shakarlablar tabassum qilg`anin ko`rgach ko`ngul berma
Ki, bedillarni achchig` yig`latur oxir bu shakkarxand.

Jahon lazzotini shirin ko`rarsen, lek bandingdur,
Giriftor o`lma, voqif bo`lki, qaydu qand erur monand.

Ko`nguldin jahl ranji dofii gar istasang bordur,
Navoiy bog`i nazmi shakkaristonida ul gulqand.

116

Yop ul yuz oyinasin cheksam ohi dardolud,
Bu vajhdinki, qilur mayl xo`blar sari dud.

Jahonki, ohim ila tiyradur emas mumkin,
Bu shom daf`i yuzung subhi bo`lmayin mavjud.

Yuzungda har saridin egma qosh erur yoxud
But ollida iki hindug`a voqi` o`ldi sujud.

May ichti deb meni yozg`urmang, ey musulmonlar
Ki, rahmatidin emas noumid gabru juhud.

Qadahki, dayrda istarmen ushbu ko`zgudin,
Bilingki, mug`bacha aksi erur manga maqsud.

Qovarlar itlari ul ko`y aro fig`onimdin,
Ne itki, ko`p ulusa, el aro bo`lur mardud.

Dedimki: sud qilay jon berib visoli uchun,
Navoiyo, chu firoqida umr kechti, ne sud.

117

Qoshing mehrobini vasl ahli etmish qiblayi maqsud,
Boshim yuz qatla ursam yerga hajringdin manga ne sud.

Ichimda ishqdin yuz barqu dam urmoqqa zahram yo`q,
Uy ichra o`t solib, vah, mushkil ermish asramog`lig` dud.

Yada toshig`a qon yetgach yog`in yog`qondek, ey soqiy,
Yog`ar yomg`urdek ashkim chun bo`lur la`ling sharobolud.

Chu qo`ydung dog` tindurdung ko`ngulni darding istardin,
Diram birla gadoni uylakim, qilg`ay kishi xushnud.

Junun bu bo`lsakim yog`di pariyvash tifllar toshi,
Munosibdur bu toshlar aql eshigin qilg`ali masdud.

To`kuldi gul, fig`on bas qildi bulbul, shukrkim, bore
Sening husnung, mening ishqimda nuqson bo`lmadi mavjud.

Tunu anjum dema davrong`a rohat qilmasun deb mayl
Qazo gulmixlar qoqti qilib gardunni qiyrandud.

Xarobotu munojot ahlining matlubi sendursen,
Manga ko`rsatmasang yo`l, naylayin qay saridur behbud.

Navoiy, Ka`ba zikrin qo`yki, biz dayri fano istab
Zahabno vodiyal-maqsad, vajadno mo huval-maqsud.

118

Ey orazi nasrin, sochi sunbul, qadi shamshod,
Bulbul kebi hajringda ishim nolavu faryod,

Sayd o`ldi ko`ngul ko`zlaringa, vah, qutulurmu
Bir qushki, aning qasdida bo`lg`ay iki sayyod.

Ul maktab arokim o`qudung noz rumuzin,
Go`iyoki, vafo ilmin unutmish edi ustod.

Ashkimni ko`rub tez bo`lur ko`ngli jafog`a
Ore, itimas chunki suyi bo`lmasa fo`lod.

Mingdin bir emas o`z yuragi zaxmlaridin,
Har nechaki tog` bag`rini zaxm ayladi Farhod.

O`lugni kishi dafn eta olmas vale har kun
Yuz tiyg` qilur dafn ko`zung bo`lg`ali jallod.

Gul yafrog`i tirnog`lar erur bu chaman ichra,
Bulbul paru bolini yulub bergali barbod.

Ne ayb, Navoiy kebi devonalig` etsa,
Har odamiykim, bo`lsa aning yori pariyzod.

119

Aylamas har nav` bo`lsam ul buti ra`no pisand,
Bo`lmag`an ko`p yaxshiroq olamda mendek nopisand.

Umr o`tub bir xidmatim ul oy pisandi tushmadi,
Vah ne umr erkin, ne qilsam aylagay oyo pisand.

Yor agar mushkilpisand o`lmish ko`rung mushkilki, bor
Menda yuz mushkil ish, ul qilmas birin ammo pisand.

Ishqida qildim jahondin qat`u jondin ham, ne sud,
Chunki ul jonu jahonim aylamas qat`o pisand.

Ey ko`ngul, kuydur tama` tuxmin, tamanno mazrain,
Bu ekinni chunki hargiz qilmadi dono pisand.

Davlati faqr istagil, nechunki bor, ul ko`y aro
Sidq ila kirgach, agar a`lovu gar adno pisand.

Chun fano sholini kiydim atlasing yig`, ey sipehr
Kim, bu bozor ichra ermas hargiz ul kolo pisand.

Soqiyo, ber o`tki, kul qilg`ay vujudum xirmanin,
Aylaman hayvon suyinkim, aylagay ihyo, pisand.

Bu ne aqlu zuhd bo`lg`ay, zohidokim qilmag`ay,
Men kebi olamda bir devonayi rasvo pisand.

Kech bu bog`u gullaridin ham Navoiykim, emas
Ahli tahqiq oldida dunyovu mofiho pisand.

120

Topqali hokiy tanimg`a novaki ishqing kushod,
Ko`nglum aytur xayri maqdam, jonim aytur xayrbod.

Xatmudur yoxud bayozida yuzining kilki sun`,
Xo`blug` tug`rosini zangor ila qildi savod.

Xattining vasfin yozarmen kirpiku xoli bila,
Xat yozarda chun zaruratdur qalam birla midod.

Ta`n qilmangkim, bo`lub oshiq murode topmading
Kim, erur bizga bu ishtin nomurod o`lmoq murod.

Kirdi gar shaydo ko`ngul, ey ishq, nosih pandig`a,
G`am yema devonalar xo`yig`a bo`lmas e`timod.

Bu nafaskim o`lgali yetmishbiz aning yodidin
Masiho bir iyodat birla qilmas bizni yod.

Ey Navoiy, g`am yema boshingg`a bo`lsun mustadom
Ulki, bordur vorisi taxtu Jamu toji Qubod.

121

Orazing mushtoqidur bu ko`zki, bo`lmish dardmand,
Garchi bordur dardlig` ko`zga yorug`luqtin gazand.

Dard o`tin yoqti ko`zumga hajr, chun ko`rdum yuzin,
Kuydurur albatta har doruki, bo`lg`ay sudmand.

Bu qizarg`an ko`z aro mardum emaskim el ko`zi,
Tegmasun husnungg`a deb o`t uzra solibmen sipand.

Tokim ul bemor ko`z oshuftasi bo`lmish ko`zum,
Istabon jinsiyat og`riq shevasin qilmish pisand,

Qo`zlarim la`lig`a hamrang o`ldi, vah, ne hol ekin
Kim, bu achchig` yig`lag`an soyi ul aylar no`shxand.

Ko`zni bir iz tufrog`idin ravshan etkim sud emas
Shofi kofuriy chekib osmoq anga mushkin parand,

Ul quyosh hajrinda bilmankim, Navoiy ko`ziga
Barcha olam tiyradur yo bog`lamishdur chashmband.

122

Chekar un ko`nglum ursang tiyg`i bedod,
Ne tong, su qo`yg`ach etmak shu`la faryod.

Ko`ngul sensiz topar g`am shodlig`din,
G`aming yetgach vale aylar ani shod.

Ne tong majnunlug`umkim, jilva aylar
Ko`zumga lahza-lahza bir pariyzod.

Ko`ngulni, soqiyo maydin qilib xush,
Buzug`ni sayl ila aylarsen obod.

Meni shod aylagil bir jur`a birla
Ki, g`amdin jong`a yetti joni noshod.

Sanam ollida maydin bosh ko`tarman
Ki, qildi dayr piri mundoq irshod.

Sening yoding bila o`ldi Navoiy,
Tirig bo`l, garchi ani qilmading yod.

123

Jilvada husn ahli ichra ko`rmisham bisyor qad,
Qomatingdek zohir etkan ko`rmadim raftor qad.

Ko`yiga borurg`a yo`l berdi alifdek fol aro
Chunki men qildim tafa`ul, zohir etti yor qad.

Ne sanavbar qoldi o`z holida, ne gul bog` aro,
Gul kebi yuz birla ko`rguzdung sanavbarvor qad.

Yuz ko`ngul birla sanavbar bedil o`lg`ay qaddig`a,
Jilva bersa, zorlar ko`nglin olib dildor qad.

Sun` qilki bir alif chekmish qadinkim, o`xshamas
Bir anga husn ahli tortib mashq uchun bisyor qad.

Ozimi mayxonamenkim, nogah ul jonib manga
Ko`rguzub qildi nihon ul mahvashi xammor qad.

Ey Navoiy, ul quyosh vaslin gadolig` qilg`ali
Zohir aylabmen sarig`lig` dalqu gardunvor qad.

124

Mendin el har so`z desa, bovar qilur ul sarvqad,
Yo`q manga so`z derga had, har ne desam ham barcha rad.

Chun desa maqbullar ko`p nukta, men mardudmen,
Menki qavlum barcha rad, so`z derga topqaymenmu had.

Bevafo ahbobdin bir ham manga bo`lmay mumid,
Turfa ko`rkim, barcha aylar muddaiy sori madad.

Turfaroq budurkim, ulkim jon anga qildim fido,
Bovar aylab holima har neki, deb ahli hasad.

Dahr elidin go`sha tutmoq bo`ldi avlo uylakim,
Tutmag`ay ul qavm otin, topsa kishi umri abad.

Soqiyo, behush doru ez, dag`i tut bodakim,
Andin o`lsun hush, doru ila zoyilkim xirad.

Rindlar sarxayli mendurmen bugun dayr ahlig`a,
Maykada tufrog`idin masnad manga basdur sanad.

Ishq vodiysinda maqsad ichradur avval qadam,
O`zlugung ko`hi balosi bo`lmasa olingg`a sad.

Ey Navoiy, qil fano hosilki, istar chog`da do`st
Belga rust aylab etak tebrarga bo`lg`aysen muad.

125

Yo`qki ohimdin qilibdur tiyra bu vayronni dud
Kim, qorong`u aylamish vayronayi davronni dud.

Dudi ohimkim, chiqar uy tunglukidin butrabon,
Doshxona aylamish bu kulbayi ahzonni dud.

Oh dudimu ekin, yo ishq uyumga soldi o`t,
Buki tutmish hujravu gunbadni dud, ayvonni dud.

Hajr zindoni siyahchol o`ldi ohim dudidin,
Emdi zindon etti ishq ahlig`a bu zindonni dud.

Oh vaqti chun oqar ashkim qaro hijron tuni
Muhrae aylar shaba har bir duri g`altonni dud.

Tiyra ohim har dam andoq to`lg`ashur bo`g`zumg`akim,
Chiqqali qo`ymas ko`nguldin nolavu afg`onni dud.

Kecha ul oy ko`yi davrida chekibmen o`tlug` oh,
Xayli anjumni sharar bil, gunbadi gardonni dud.

Charx motam kisvati bermish manga yo ohdin
Pardaiy shabgun bila yopmish meni uryonni dud.

Boda sham`i birla, ey soqiy, yorut ko`nglumnikim,
Ohdin qilmish qora bu kulbayi vayronni dud.

Olam ahlining vafosizlig`laridin cheksam oh,
Sunbuliston aylagay yuz gulshanu bo`stonni dud.

Ey Navoiy, asru ravshan erdi hajrim shomikim,
Tiyra ohimdin qoraroq ham qilur hijronni dud.

126

Unutmag`ilki to hajr etti bedod,
Meni bir noma birla qilmading yod.

Ko`ngul yod etmasingdin bo`lsa g`amgin,
Vale ruhum erur yoding bila shod.

Buzug` jismim uyin yiqti firoqing,
Bu uyda ko`p buzug`lug` qildi bunyod.

Qul o`ldi sarv to gulgasht etarga
Qading bazmi tarabdin ko`pti ozod.

Meni gah dashtu gah tog` uzra ko`rgan
Tirilmish sog`inur Majnunu Farhod.

Ko`ngulni may bila ma`mur qilkim,
Xumori davr ani qo`ymas obod.

Navoiy telba bo`lg`an chog`da ko`rdi,
Pariy birla ani sog`indi hamzod.

127

Vahki, har soat bo`lurmen vaslidin yetkach navid,
Yordin ummidvor, ammo o`zumdin noumid.

Dedi, mehmoning bo`lub yuz javr ila aylay halok,
Vahki, bor ul sho`xning har va`dasinda yuz vaid.

Qatlim etting, aylasunlar eltibon ko`yungda dafn
Kim, borur jannatqa zulmung tiyg`idin bo`lg`an shahid.

Tikti ko`ksum chokinu tiyg`in tanimda qildi gum,
El eshikni qufl etib tufroqqa ko`mgandek kalid.

Islaram ko`yung itining nechasin, ne ishkakim
Oncha osoyish dimog`img`a yeturmas mushkbid.

Do`st chun jon ichradur qo`y, «naxnu aqrab» so`zini
Tut bo`yun baskim, yaqinroq keldi «min hablil-varid».

Ey Navoiy, shah xayolin asra ko`z mulki aro
Kim, erur ham Bog`i Zog`on anda ham Bog`i Safid.

128

Ish manga qilmoqdurur ul sho`xi beparvoni yod,
Ul unutmish anikim, qilg`ay meni shaydoni yod.

Xuld aro bo`lsam aning ko`yin sog`ing`um, vah, ne tong
G`urbat ichra aylamak el manzilu ma`voni yod.

Buylakim la`ling mayining shavqidin mast o`lmisham,
Bodadek qonim to`k, etsam bodayi hamroni yod.

La`li elni tirguzurda o`zgalarni yod etar,
O`ltururda g`amzasi aylar meni rasvoni yod.

Rashkdin bexud tilarmen xalqnikim, qilmag`ay
Jinsi odam ul pariypaykar malaksiymoni yod.

Ko`r munikim andin o`zga kimsa bormu yodima,
Eyki dersen, qilmag`il ul chobuki zeboni yod.

Dayr piri ilgidin zunnor etarmen orzu,
Har qachonkim, aylasam ul dilbari tarsoni yod.

Do`st yodidin ko`ngulni uyla istarmen to`la
Kim, ul aylay olmag`ay dunyovu mo fihoni yod.

Chunki tufrog` o`ldi yodingdin Navoiy sen dag`i,
Netti qo`ysang jur`ae tufroqqa, aylab ani yod.

ZOL HARFINING ZAVIYU-L-HAYOTLARINING
          ZUFUNUNLUG`I «G`AROYIB»DIN

129

Zuhdu toat shahdini ahli zamon ko`rmas laziz,
Har ne nofi`dur, marizi notavon ko`rmas laziz.

Zulmat ahli g`aflat istarlarki olam komini
Uyqucha shabgir qilg`an korvon ko`rmas laziz.

Quti botin istakim, zohir g`izosi birla tab`
Bir zamon gar topsa lazzat, bir zamon ko`rmas laziz.

Or etar pashminadin ablah tilab zarrishtani
Kim, eshak halvoni andoqkim somon ko`rmas laziz.

Har ne eldin qutqarur lazzatlig` uldurkim, faqir
Mehr qursin uylakim bir pora non ko`rmas laziz.

Yutmayin xunoba yetmas vasli aning, ahli ishq
Topsa kavsar sharbati, andog`ki qon ko`rmas laziz.

Topmayin lazzat Navoiy soldi ko`zdin ashkdek
Bodani to xusravi sohibqiron ko`rmas laziz.

130

Emas g`amimni yozar xatqa zarfishon kog`az
Ki, shu`la chekti damimdin bitir zamon kog`az.

Sipehr davri bu sargashta ohidin bo`lmish,
Magar bu oh tutun bo`lmish, osmon kog`az.

Tirilmisham bitigingdin qilurda muhr, magar
Labingg`a tegdiyu kelturdi tuhfa jon kog`az.

Uzoru la`li labing vasfini qachon yozdim,
Oqib ko`zum yoshi gulrang bo`ldi qon kog`az.

Ochildi xasta ko`ngul ruq`asin yaramg`a yopib,
Yorug` bo`lur emish uy, bo`lsa tobdon kog`az.

Yozar  farishta  quyosh  safhasig`a vasfingni,
Magarkim ul falakiy topmas obdon kog`az.

Ko`ngul shikofig`a kog`az aro erur marham,
G`amim so`rarg`a raqam qilsa dilsiton kog`az.

Ko`ngul sahifasin asra xutur bahridin
Ki, sug`a zoyi` o`lur tushsa nogahon kog`az.

Xumor daf`ig`a qulluq xatin tilar soqiy,
Navoiyo, dema hujjat ketur ravon kog`az.

131

Demagil ko`yini benomu nishonlarg`a maloz
Kim, erur tojdehu, mulksitonlarg`a maloz.

Ochsalar la`li mayi shavqi bila mayxona,
Sohati bo`lg`ay alam daf`ig`a jonlarg`a maloz.

El yog`indin panah istar kebi ko`yung yodi
Vodiyi furqat aro ashkfishonlarg`a maloz.

Dayr piri qulidurmenkim, aning dargohi
Yaxshilarg`a panoh o`ldiyu yomonlarg`a maloz.

Habbazo, ishqki kiryosi fazosidur aning
Barcha bemanzilu ma`vovu makonlarg`a maloz.

Kir fano mulkiga forig`ki, erur ul kishvar
Ohi so`zonlar ila ashki ravonlarg`a maloz.

Shohi G`oziy eshigin tengri base tutsunkim,
Notavonlarg`a panoh o`ldiyu xonlarg`a maloz.

RE HARFINING RA`NOLARINING RUSTOXEZI
                      «G`AROYIB»DIN

132

Ey zotinga har necha qilib aql tafakkur,
Ul fikrga bo`lmay samare g`ayri tahayyur.

Yuz mehrga netsun chu erur mujibi hayrat
Har zarraki, tahqiqida aql etsa tafakkur.

Idroki kamolingni xirad haddi sog`ingan
Bir qatra aro ayladi yuz bahri tasavvur.

Kavnayn adam bo`lsa, vujudungg`a ne tag`yir,
Gar mavj sukun topsa, tengizga ne tag`ayyur.

Qahring yo`q etar xalqnikim turg`ali bo`lmas,
Sarsar yo`lida pashsha guruhig`a tahavvur.

Bu turfaki, daf`ini yarim pashshag`a qo`ydung,
Har pil nihodeki sanga qildi takabbur.

Hajring tunida sham` kebi qoldi Navoiy,
Har tun ne ajab kuysa to`kub ashki tahassur.

133

Parim bo`lsa, uchub qochsam ulustin to qanotim bor,
Qanotim kuysa uchmoqdin, yugursam to hayotim bor.

Chiqib bu dayrdin Isog`a nevchun hamnafas bo`lmay,
Bihamdillah tajarrud birla himmatdin- qanotim bor.

Xaloyiq suhbatidin ming g`amim bordurki, muft o`lg`ay,
Agar ming jon berib bilsamki, bir g`amdin najotim bor.

Chekib ag`yordin yuz javru tortib yordin ming g`am,
Ne o`zga xalqdin g`ayrat, ne o`zumdin uyotim bor.

Kechib ko`zdin yozay bir xatki, dahr ahlig`a ko`z solmay
Bu damkim, ko`z savodidin qora, ko`zdin davotim bor,

Tilar ko`nglum qushi anqodin o`tsam nari yuz vodiy,
Munungdek sayr etarga qofdin ortuq sabotim bor.

Navoiy, bilki shah ko`ngli manga qayd o`lmasa, billah,
Agar, kavnayng`a xoshok chog`lig` iltifotim bor.

134

Kema og`zi demakim, ishqingda ko`ksum chokidur,
Bahr mavji yo`qki, ashkim saylining ko`lokidur.

Suda ermas mehr aksi, balki daryo jonig`a
Solg`an o`tlar xasta jonim ohi otashnokidur.

Xas emas girdob arokim boshinga evrulgali
Su uza sargashta oshiq jismining xoshokidur.

Vahki, ul kashtiyda daryokush, manga xud yo`q hayot
El degandinkim, falonning kofiri bebokidur.

Ul balig` tutqanda solib shastu aning rashkidin,
Sudin ayrilg`an balig` yanglig` ko`ngul topokidur.

Ko`rma faqr ahli sirishki bahrida har yon hubob
Kim, fano kavkablari, balkim balo aflokidur.

Ey Navoiy, kema tiyri ko`ksum ichra hajr o`qi,
Kema og`zi go`yiyo ishqida ko`ksum chokidur.

135

Og`zim achitqon dam-badam ul la`li shakkarxand erur,
Vah-vah, tuz ermish ulki, men qildim gumonkim, qand erur.

O`tsang g`amim sahrosidin, qonlig` ko`ngul ajzosidin,
Har lola bargin anglakim, bir dog`lig` parkand erur.

Ko`yungda mun lug` jong`a tan, yuz zaxm iladur xirqae
Marham bila qo`yg`an mamuq har yon anga payvand erur.

Majnun ko`ngul qilmas havo har yon o`qungdin go`yiyo
Kim, bu temur birla yig`ach habsig`a aning band erur.

Boqqach quyosh ruxsorig`a andin qilurmen ko`z yoshi
Kim, ul musofir oyima husn ichra bas monand erur.

G`am barqiyu mehnat tuni zoyanda bo`lsa ishqdin
Tong yo`qki, o`tqa gah sharar, gohi tutun farzand erur.

Dunyo arusi zulfini tutqan ne ogah faqrdin,
Ganj istamas ulkim, yilon tutmoq bila xursand erur.

Ming nola tortib ko`rmay ul gul vaslin oxir o`lganim,
Bu bog`ning bulbullari gar bilsalar, xush pand erur.

Ko`z uchi birla boqtingu qiyding Navoiy ko`nglini,
Bilding anikim, bir qiyo boqmoqqa hojatmand erur.

136

El tilidin jonima gar yuz balo mavjud erur,
G`am yeman, gar ul qizil til tiyg`i xunolud erur.

Yuz uza siymin zanaxdoningda xatti mushkbo`y,
O`tqa qo`yg`an olmadin go`yoki chiqqan dud erur.

Jon berib oldim jununu ishq to bo`ldum fano,
Olloh-Olloh, ul ne xush savdo, bu ne xush sud erur.

Hajr bedodidin ul yuz shavqi ortar har necha
Kim, xazon osibidin gul yafrog`i nobud erur.

Kisvatedur xilqatim ishq ofati shaxsig`akim,
Rishtayi jon anda toru tori jismim pud erur.

Qilmading ahdingda bir ahdeki qilg`aysen vafo,
Bevafolar ahdi mundoq go`yiyo ma`hud erur.

Mehr isi bu mijmari feruzadin ko`z tutmakim,
Barcha qad shamshodi bu mijmar ichinda dud erur.

Eyki qadding bo`ldi xam, olam bila qil xayrbod
Kim, xam etmak qad hamesha lozimi padrud erur.

Ey Navoiy, ermas ul zolim ko`zi uyqudakim,
Zulm eshigi Shohi G`oziy adlidin masdud erur.

137

Yig`lasam ko`nglumga ishim ohi dardolud erur,
O`tqakim yog`mur yog`ar aning nishoni dud erur.

La`li shavqidin ko`ngul xursand erur xunob ichib,
Telbaga rangin su bersang, may debon xushnud erur.

Yuz ayog`i tufrog`idin olman ushbu vajh ila
Kim, necha tufrog` ichinda tursa oltun sud erur.

Chiqmas ohim shiddatidin ul mahi xirgahnishin,
Sham`g`a fonus yeldin asramoq maqsud erur.

Vaslin istab ko`p enaldim, qovdi ko`yidin meni,
Bo`lsa mubrim sheva, albatta gado mardud erur.

Talx maydin, soqiyo, topti chuchuk jonim hayot,
Ey baso makruhkim, zimnida bir behbud erur.

Telba itdekdur Navoiy ul parivashsiz ne tong,
Og`zidin gar o`t sochib a`zosi gardolud erur.

138

Ulki yuz mehnatqa jonim ishqidin pomol erur,
Anga rahmu manga toqat yo`q, ajoyib hol erur.

Zeb erur husn ahlig`a ahli nazar nazzorasi,
Ko`zki, bulbul tikti gul ruxsori uzra xol erur.

Xatti shavqidin to`kuldi jismim ul yanglig` qurub
Kim, so`ngaklarda qalam ko`rgan sog`ing`ay nol erur.

La`lidin kom olmag`uncha bilmadim shirinlig`in,
Bargi gul zambur komi ichra kirgach bol erur.

Gulxaniy majnundek ohim chiqqach, oqqan yoshlarim
Telba keynidin yugurgan go`yiyo atfol erur.

Bu chaman gulbargi xushrang o`lsa, mayl etmangki, ul
G`oza bulbul qonidin surtarki, rangi ol erur.

Ey Navoiy, kimgakim bir jur`a chekti jomi vasl,
So`ngra hijron zahridin yuz jomi molomol erur.

139

Yo`q ajab, la`lingdin ar bexudlug`um oyin erur,
Chunki usrukrak bo`lur har mayki, labshirin erur.

Raz qizi to pardadarliq aylagay talbis uchun,
Shisha mi`jardur angavu mavji aning chin erur.

Qon yoshim ta`siridin sarig` yuzumning safhasi
Qog`azedurkim, hino suyi bila rangin erur.

Muhlik o`tumni damingdin tez qilma, ey Masih
Kim, bu o`tqa motam ashki suyidin taskin erur.

Ul pariy ishqida ashkim lahv tuxmidur demang
Kim, malak tasbihig`a bu donadin tazyin erur.

Olmayin yerdin qadam sayri maqomot aylamak
Chang piridin bu bazm ahlig`a ko`p talqin erur.

Sizu vasl, ey aysh ahlikim, Navoiy jonig`a
Anda hijroni azal devonidin ta`yin erur.

140

To labing shavqida jismim g`arqayi xunob erur,
Har junun toshi angakim, tegdi la`li nob erur.

Gar  asir o`ldum, tong ermaskim, ko`ngulning lomidek,
Mubtalo  ko`nglumda  zulfi toridin  qullob erur.

Qaddi yodeklarni zor etmish- hiloli jom uchun
Egma qoshingkim, o`zi roki`, o`zi mehrob erur.

Ko`z qarosin yub, sarig` orazni beqadr etti ashk,
Go`yiyo har vajh ila ayn ofati simob erur.

G`am tuni gar tobsiz jismim kuyar, vah ne ajab,
Kuydururlar kecha ko`prak rishtakim, betob erur.

Har taraf-na`lu alif jismimda, go`yo ishq aro
Xatti idborimni vozih qilg`ali i`rob erur.

Sendadur maqsud ganji, lek jismingdur tilsim,
Vahki, bu ganj ul tilsim ichra ajab noyob erur.

Ey Navoiy, jism aro jon rishtasin tutqil aziz
Kim, bori lo`liyvashim la`bi uchun asbob erur.

141

Ul pariy ko`ngli uchun ruhum asiru zor erur,
Bul`ajab toshi qanotsiz qushqa badraftor erur.

Har kecha qon birla jismim safhayi taqvimdek,
Go`yiyanjum tirnog`idin sarbasar afgor erur.

Kofiri mastedur ul ko`zkim, kamandi zulf anga
Eshibon yonida qo`yg`an rishtayi zunnor erur.

Baxtim uyqusidin afg`onlar chekardin go`yiyo,
Har kecha ko`z yummay anjum to sahar bedor erur.

Yangla ko`nglum vasl topti rahm qil, ey ohkim,
Tund yeldin yangi butkan yorag`a ozor erur.

Qatlima ul ko`z savodi hay`atidin bag`rig`a
Bir qora tosh bog`lag`an qon qilg`uchi xunxor erur.

O`qusam nomangni pechu toblig` bexud tanim
Go`yiyokim nomani chirmab yuborgan tor zrur.

Chun quyoshdek yerga kirgung, ne osig`, gar yuz quyosh,
Masnading toqida har yon shamsayi devor erur.

Tirguzub, debsen, Navoiy jonig`a minnat qo`yay,
Gar sen o`ltursangki ul jon birla minnatdor erur.

142

Ko`ngulki, ishqida dersen balo ne bo`lg`usidur?
Nekim, bo`lur, sanga bo`lg`ay, manga ne bo`lg`usidur?!

Ul oy jamolig`a ishqim xud ortadur har dam,
Bu ishta oqibatim, vahki, to ne bo`lg`usidur?

Dema ne bo`lg`usi ul zulf qaydida, ko`nglung
Asiru volavu shaydo yana ne bo`lg`usidur?

Firoq dardig`a dersen davo ne bo`lg`ay ekin?
Bu dardg`a ham o`zung de, davo ne bo`lg`usidur?

Behisht, mehnat emas, bo`lsa va`dayi diydor,
Visol umidi bor ersa, jafo ne bo`lg`usidur?

Bu yo`l musofirining holi, ohkim, mutlaq,
Bilinmadiki, ne nav` o`ldi yo ne bo`lg`usidur?

Navoiy, dema foniy bo`lub visolg`a yet,
Mangaki, hajr chekibmen, fano ne bo`lg`usidur?

143

Jafo qilur bari gulchehralar, vafo qilako`r,
Vafo ham elga qilursen, vale mango qilako`r.

Ne telbaniki, muqayyad tilarsen, ey gardun,
Aning salosili zulfig`a mubtalo qilako`r.

Desang hijobni olg`aylar, ey ko`z, ollingdin,
Ne gard aning yo`lidin qo`psa to`tiyo qilako`r.

Tajalliy istasang ul yuzdin o`rtabon jisming,
Kuli bila ko`ngul oyinasin jilo qilako`r.

Umidi vasl ila ko`yungga bordi xasta ko`ngul,
Yigitliging haqi, ul hojatin ravo qilako`r.

Biyik nishiman erur, ey ko`ngul, visol avji,
Talab qanoti bila ul taraf havo qilako`r.

Navoiyo, chu alamsiz murod mumkin emas,
Desangki, vasl topay, hajr o`tig`a yoqilako`r.

144

Jonim oromi uchun qosidki jonondin kelur,
Go`yiyo jonparvar nasime obi hayvondin kelur.

Noma qosid ilgidin, qosid habibim ollidin,
Mujdayi jon yeldinu yel mohi Kan`ondin kelur.

Va`dai vasliki jonondin kelur hijron kuni,
Tindurur ko`nglumni so`z yang`lig`kim, ul jondin kelur.

Gavharedekdurki, chiqmish xomasining no`gidin
Noma uzra shodlig` ashkimki, mujgondin kelur.

Shodlig`din jon nisor etsam, ne tongkim, bu xabar
Ham ko`nguldin, filmasal, ham ko`nglum olg`andin kelur.

Vahki, mazmunidur ahli dard sargardonlig`i,
Har balo maktubikim, bu charxi gardondin kelur.

Deb emish nomamg`a qilmaydur Navoiy jon nisor,
Anda jon bo`lsa qachon bu nav` ish andin kelur.

145

Tutulmish erdi g`azabdin ulusni qildi asir,
Quyosh tutulsa, bale, fitnadur anga ta`sir.

Agarchi yoda girih bo`lsa, o`qi tuz chiqmas,
Qoshi girih bila zulm o`qin etmadi taqsir.

Ko`ngulni ko`zlaring oldi, ne tong, iki bo`lmak
Bir ahli dinni iki mast kofir etsa asir.

Ko`rub yuzida g`azab zulfi sari qochti ko`ngul,
Ko`ngulga soya kerak itik o`lsa mehri munir.

Xadangging o`tti ko`ngul pardasig`a yetmas ekach,
Ne haddi man` xususan qazo o`qig`a harir.

G`am o`lsa, solma girihlar qoshingg`akim, qilmas
G`aliz o`lub bu qora man`i xomayi taqdir.

Navoiyo, sanga bu so`zda shubhae bo`lsa,
Qadah keturki, xututida ko`rguzay bir-bir.

146

Pariyvashim qora bo`rkinki, bir yon egri qilibdur,
Magarki sham`i jamoli fatilasi egilibdur.

Xat ermas ulki, chiqarib suyini mehrgiyahning
Quyosh sahifasida rahmat oyati bitilibdur.

Ne nav` singramayin hajr aroki, bag`rimu ko`nglum
Firoq ignalaridin o`ta-o`ta teshilibdur.

Dalil erurki, ko`ngullarni qilmish o`lg`asen ozod,
Bukim salosali zulfung tugunlari yeshilibdur.

Masih ignasi Maryam igirgon ip bila go`yo
Chigilib, egniga jonbaxshlig` to`ni tikilibdur.

Agar Masih duosi o`lugni tirgizur erdi,
Ne nutq erurki, so`kunchung bila o`lug tirilibdur.

To`la qadah kerak ichsam ko`ngulni qilg`ali xoliy
Ki, anda davr elidin dardu g`ussa ko`p yig`ilibdur.

Falak daqoyiqidin kimsa bosh chiqarmadi hargiz
Kim, ushbu rishtaning asru tugunlari chigilibdur.

Ko`p etma va`da Navoiyg`a vaslu qilma tamasxur
Ki, bu mahol ish erkanni ul ham emdi bilibdur.

147

Ko`zi ul yuz o`tidin xalq ichini dog` etadur,
Yoxud iki qoshining yolarini chog` etadur.

Ishq ko`nglumni shiyor aylabu ko`zdin sug`arib,
Magar ul gul yuzining hasratidin bog` etadur.

La`lidin mast o`lubon bordi xumorim marazi,
Turfa maydur buki, ham usruku ham sog` etadur.

Suvang ul oy evining tomini balchig` yasabon
Paykarimning evini, hajrki tufrog` etadur.

Hajri ashkim tengizu jismim etib ko`hi balo,
Olami ishq aro bahr bila tog` etadur.

G`am tuni mehrsiz o`ldiki, sipehr anjumidin
Mehr ruxsorini resh etkali tirnog` etadur.

Bu balog`a ne davodurki, Navoiyni ul oy
Nechak ko`rsa, muni ishq anga amrog` etadur.

148

Kunduz ul xurshidi raxshondin ko`zumga yosh erur,
Kecha holim zulfi savdosi bila chirmash erur.

Olmag`an din naqdi birla yiqmag`an mehrob yo`q,
Ey musulmonlar, ne kofir ko`z, mufattin qosh erur.

Chok ko`ksumdin ichimga solib ul oy ko`nglidek
Asraramkim, ham ul oy boshimg`a otqan tosh erur.

Rahm emas berahmliqdur surmasang boshimg`a raxsh
Kim, bu ko`p qatla aning pomoli bo`lg`an bosh erur.

Ishq sirrin necha ko`nglum ichra pinhon asrasam
Ham, ko`ngul o`ti zabona chekkach, elga fosh erur.

Qaysi gul bazminki sug`a, yo`qsa yelga bermadi,
Bu chamanda to bulut saqqo, sabo farrosh erur.

Benavolar ollida umri abaddin yaxshiroq
Kim, Navoiy dayr ichinda doxili avbosh erur.

149

Telbarab itkan ko`ngul yodimg`a kirsa gohlar,
Yig`lab el ko`ngli buzulg`udek chekarmen ohlar.

O`tti xo`blar oy kebi, yo`qtur aroda ul quyosh,
Vahki, ul badmehrni ko`rman o`tadur mohlar.

Xo`blar zulfu zanaxdonig`a bording, ey ko`ngul,
Hozir o`l, tundur qorong`u, yo`lda bordur chohlar.

Gar musavvir sizsa devor uzra ul gul xirmanin,
Jav-bajav mendin nishon bergusi bir-bir kohlar.

Ey ko`ngul, Farhod ila Vomiq dog`i Majnun qani?!
Bo`lmag`il g`ofilki, bir-bir bordilar hamrohlar.

To`kti qon gulgun libosin kiygach ul xo`blar shahi,
Qon to`kar ermish, qizil to`n kiysa beshak shohlar.

Ey bahori husn, eshitsang Navoiy ohini
Kerak, albatta, xazon yelin sog`insang gohlar.

150

Yuz tuman mehnat o`qi anduhlug` jonimdadur,
To havodin sarzanish sarvi xiromonimdadur.

Hojatim budur, xudoyokim, karomat qilg`asen
Notavon jonimg`a har zahmatki, jononimdadur.

Dard menda sendin ortuq bo`lsa, jono, ne ajab
Kim, sening jismingdadur zahmat, mening jonimdadur.

So`rdum, og`zi ta`mi talx ermish, ajab yo`q o`lmagim
Menki, bu yanglig` achig` ta`m obi hayvonimdadur.

Ey Masiho, subhi ayshim tiyra bo`lmish go`yiyo,
Zarrai betoblig` xurshidi tobonimdadur.

Dahr bog`i ichra barbod o`lmag`an gul chiqmadi,
Yo`q ajab, gar yeldin osibe gulistonimdadur.

Ey Navoiy, so`rmading dersen malul o`lg`anda yor,
Sog`inursen go`yiyokim baxt farmonimdadur.

151

Kirdi siymobiy libos ichra yana ul gul`uzor,
Ul quyoshdekkim, anga moni` bo`lur abri bahor.

Ul bulut yanglig` libos uzra sizilg`an xatlari
Bor aningdekkim, yog`in tushkay bulutdin tor-tor.

Bu libosi siymgun ichra sening nozuk taning
Ul kumushdekdurkim, ul siymob aro tutqay qaror.

Mehri ruxsoring libosi siymgundin mutlaqo
Ul quyoshdurkim, qilur ko`zguda aksin oshkor.

Bo`ldi siymobiy libosing rangi baskim, ayladim
Ko`z sahobidin boshingg`a ashk siymobin nisor.

Tanni chun siymob etar bu charxi axzar oqibat,
To`n agar siymobiy o`lsun, gar yashil, bir hukmi bor,

Ey Navoiy, kisvati gar obgundur, ne ajab,
Bu yaqindurkim, erur su ichra durri shohvor.

152

Furqatingdin za`faron uzra to`karmen lolalar,
Lolalar ermaski, bag`rimdin erur pargolalar.

Dur tishingdin donayi sabrim qolur bebar desam,
Kulub ayturkim, ekinning ofatidur jolalar.

Bargi gul uzra yopishibdur shakar har saridin,
Yo magar la`ling uza qaynabdurur tabxolalar.

Tola-tola nay o`qung ko`ksumda go`yo sindikim,
Tevruluptur notavon ko`nglumda bir-bir tolalar.

Fitnalik to`qquz falak girdingda, jono, turfadur
Kim, ko`ruptur bir quyosh davrinda mundoq holalar.

Bordilar ahbobu men yig`larmen o`z ahvolima,
Korvondin qolg`an it yanglig`ki, qilg`ay nolalar.

Ko`hi g`am bo`ldi Navoiy, lolalar gulgun sirishk
Tog` agar budur, bale, ashk o`lg`usidur lolalar.

153

Ul malohat sham`idin mundog`ki jismim yonadur,
Har bir uchqun g`am shabistonida bir parvonadur.

Shomi hajrim sharhin el afsona qildi, ohkim,
Uyqug`a solg`an qora baxtimni bu afsonadur.

G`ayrkim, mahv o`ldiyu sensen buzug` ko`nglum aro,
Chug`z itib, tovus yer tutmish ajab vayronadur.

Ko`ksum ichrakim g`amingdin nordek bo`ldi shikof,
Go`yiyo har bir bag`ir pargolasi bir donadur.

Ko`yida so`rsang ko`ngullarni unutma, ey sabo,
Mening avvoramnikim, ham xasta, ham devonadur.

Charx shabgardig`a go`yo naqdi umrungdur g`araz,
Tegrangga har tunki ikki bukrayib aylanadur.

So`rma hajringda Navoiy yorinu sarmanzilin,
Yor anga darding, vatan bir kunji mehnatxonadur.

154

To xayoling gah ko`ngul, gah ko`z aro mehmon erur,
Ko`z bila ko`nglum arosida hasaddin qon erur.

Ko`ngluma paykonlaringdin qatra-qatra su emas
Holima ko`zdek biaynih ul dag`i giryon erur.

G`arqamen ashk ichrakim, ishqing tanimni o`rtamas,
Yo`qsa o`t kim ko`rdikim, xoshok aro pinhon erur.

Hajr o`qidinkim erur bag`rim aro yuz ming teshuk,
Har teshuk bir ko`zdururkim, holima hayron erur.

Husn maydonida ul ko`z chobukedurkim, anga
Xoli mushkin go`yu zulfung anbarin chavgon erur.

Dahr bo`stonida bosh chekkan nihol atrofida,
Shox emas, novak degil, yafrog` emas, paykon erur.

Tiyg` ila dushvor aylabsen Navoiy qatlini,
Chehradin burqa`ni olg`ilkim, base oson erur.

155

G`unchayi xandon bila husnung guli hurram bahor,
Xatting andoq sabzakim, bo`lg`ay anga hamdam bahor.

Yuz uza terdin xating gar bosh chekar, ey gul, ne tong,
Sabzag`a boisdurur, chun bo`ldi ersa nam bahor.

Shodlig`din gulshani vaslingda yig`lab cheksam oh,
Yopma, yuzkim, gulga bo`lmas yel yog`indin g`am bahor.

Orazim aksi yuzung oyina tushkan turfadur,
Kim ko`ruptur ham xazon bir oyda bo`lmoq, ham bahor.

Voykim, bir gul xazong`a soldi ayshim gulbunin,
Ushbu fasl ichraki topmish jumlayi olam bahor.

Ra`du sayl ermas, fig`onu ashk erur bukim, har el
Gul yuzung ko`rgach tutar o`z holig`a motam bahor.

Qasdi bulbul ko`ngli qaydi bo`lmasa, nevchun solur
Bog` sho`xi sunbuli zulfig`a pechu xam bahor.

Gul emas, bu bog` torojig`a iynak la`ldin
Ayladi oviza mehri davrig`a xotam bahor.

Ey Navoiy, chin bahor erkin bu, yoxud ko`rguzur
Bog`i xulqidin ulusqa dovari a`zam bahor.

156

Vahki, ko`nglum g`ussasi har lahza qasdi jon qilur,
Hajrim anduhi buzug` sabrim uyin vayron qilur.

Ko`p madaddur hajr anduhida sovug` ohlar,
Kim singursa men kebi o`ziga qasdi jon qilur.

Necha yilliq mehnatim ishq ichra bilgay oshiqe
Kim, hadisin yor ila ag`yordin pinhon qilur.

Jonni istarmen chiqarsam, uyidin ko`zlarni ham
Ko`nglum ul damkim, xayolin lahzae mehmon qilur.

Asradim jon ichra mehrin, bilmadim oxir nafas
Ul Masiho o`lmagim anglab o`zin nodon qilur.

Faqr yo`linda irik pashminadin or etmakim,
Har taharrukdin taayyun bandini suhon qilur.

Soqiyo, holimni bilding, emdi tutqil bodakim,
Bu suubatlarni bexudlug` manga oson qilur.

Rostlarg`a charx agar har lahza qilmas sarzanish,
Sham` bas har tun nedin yig`lab kuyub afg`on qilur.

Daf` etar dardin Navoiyning o`shul maykim mudom
Xusravi xusravnishon soqiylari ehson qilur.

157

Tararda uqdalig` zulfin musalsal ayladi chinlar,
Girih «mim», ikki zulfi ikki «lom», iynak tarog` «sin»lar.

Girihlar zulfida go`yo hisob aylaptur ul kofir
Olurda zuhdu taqvo ahlidin toroj etib dinlar.

Osib nevchun fig`ona soldi zulfidin ko`ngullarni,
Qaroru sabr naqdin olg`ali gar aylamas qinlar.

Ne yuzdur, Olloh-Olloh, boda tobidinki, har soat,   
Ochar nasrinlar uzra gul, sochar gul uzra nasrinlar.

Kelur ul sarvkim gullar mulavvan qildi gulshanni,
Kirarda shah nechukkim mulk eli bog`larlar oyinlar.

Desam husn ahlini ko`rmangki, zolimdurlaru qotil,
Ko`ngul aytur ko`ray, shoyadki mundoq ermas erkinlar.

Erur mahzun ko`ngullar zulmati zulfida zor andoq
Ki, shomi hajrida ishq ahlidin har sari g`amginlar.

Ne yellanmaqdur, ey shah,  mo`r xaylidek cherigdinkim,
Sulaymondek bu vodiy ichra barbod o`ldi chandinlar.

Navoiy, bo`lmayin zoru zaif o`lmas navo topmoq,
Bu ermish piri chang avtoridin dayr ichra talqinlar.

158

Ollim ul oy sajdasidin resh erur holim budur,
Toati maqbulum uldur, dag`i iqbolim budur.

O`qlaridin qushdek o`ldum jong`a ul ko`y orzu
Uchmoq istarmen, vale ko`rkim, paru bolim budur.

Bas, g`aniymen ko`hi g`am birla junun toshi aro,
Iynak-iynak taxti johim ulduru molim budur.

Yor shavqidin o`lar holatdadurmen, ey tabib,
Ne ilojing bor mening xud za`fi ahvolim budur.

Cho`mg`ali qo`ymas quruq naydek so`ngaklar ashk aro,
Turfa ko`rkim, bahri bepoyon aro solim budur.

Topmayin dunyoda kome, dinni barbod ayladim,
Hayf do`zax ham manga, billah, gar a`molim budur.

Ey Navoiy, gar o`larda jon talashsam qilma ayb,
Dermen ul oyni ko`rub, jon bersam ihmolim budur

159

Tirguzur har dam raqiblarniyu meni o`lturur,
O`t yoqib el jonig`a mening ichimni kuydurur.

Ko`nglum ahvolin sabodin so`rdum ersa dedikim:
Telbalardek bir pariy ko`yida sargardon yurur,

Ul quyosh yuziga boqqan soyi ortar ko`z yoshim,
Mehr tobidin agarchi har nekim, o`ldur, qurur.

Qon yoshim rangi yoshurdi xotami la`l og`zini,
O`ynamoqda yoshlar andoqkim uzukni yashurur.

Senki yo`qsen mohruxlar jilva aylarlar valek,
Kecha ishnar qurt nuri mehr chiqqach bilgurur.

Ul quyosh hijronida har tun iki munglug` ko`zum,
Tongg`a tegru subhidam yo`lig`a boqib telmurur.

Tuzluk aylab sham`dek, vah, bilmadimkim, bu nihol
Mehnat o`ti gul ochar, yosh qatrasi bar kelturur.

Bul`ajablig`lar bahori ishq aro ko`rkim, meni
Gah bulutdek yig`latur, gohe choqindek kuldurur,

Zuhd ohangin Navoiy har nechakim soz etar,
Bir navo birla mug`anniy yona yo`ldin ozg`urur.

160

Yana sensizin munisim g`am bo`luptur,
Ko`zumga yurak qoni hamdam bo`luptur.

Qorarib ko`zum dam-badam zor yig`lar,
Anga shomi hajringda motam bo`luptur.

Yaramdin chekarga o`qin sa`y qilmang
Ki, paykon so`ngak ichra muhkam bo`luptur.

Ichimdin nechuk tortqaylar o`qinkim,
Ko`ngul qo`ymasu jon madad ham bo`luptur.

Ko`ngulga yoqar kirpikingning xayoli,
Mening zaxmima nish marham bo`luptur.

G`uborin tilab yig`lama har dam, ey ko`z
Ki, ashkingdin-o`q yer yuzi nam bo`luptur!

Bu gulshan aro barg to`tiylarig`a
Xazon tifli bas boisi ram bo`luptur.

Vafo shaxsining farqini charx tiyg`i
Iki bo`ldi, vahkim, biri kam bo`luptur.

Emas g`am yukidinki, qoshingni ko`rgach,
Navoiy sujud etkali ham bo`luptur.

161

Ko`zung ne balo qora bo`luptur
Kim, jong`a qora balo bo`luptur.

Majmu`i davoni dard qildi
Dardingki, manga davo bo`luptur.

Ishq ichra aning fidosi yuz jon,
Har jonki, sanga fido bo`luptur.

Begona bo`luptur oshnodin,
Begonag`a oshno bo`luptur.

To qildi yuzung havosi jonim,
Yuz sari anga havo bo`luptur.

Boqiy topar ulki, bo`ldi foniy,
Rahravg`a baqo fano bo`luptur.

To tuzdi Navoiy oyati ishq,
Ishq ahli aro navo bo`luptur.

162

Ko`k g`azoli chunki kofur uzra mushkafshon bo`lur,
Kavkabafshon ko`zlarimdin ul quyosh pinhon bo`lur.

Mungrayib andoq sinuq ko`nglum buzulurkim, sipehr
Bul`ajab holimg`a yuz ming ko`z bila hayron bo`lur.

Gah yurub, gah o`lturub, bir lahza tutmasmen qaror,
G`ussa bandidin bari olam manga zindon bo`lur.

Gah ko`ngul o`ti urar ko`ksum shikofidin alam,
Gah bag`ir pargolasi ko`z yo`lidin g`alton bo`lur.

O`lturur uy saqfig`a ohim tafidin qatralar
Yo mening holimg`adurkim, tomu tosh giryon bo`lur.

Eyki, istarsen salomat, ishq ko`yin so`rmag`il
Kim, bu yo`lg`a har kishikim, tushti, sargardon bo`lur.

Istaganga do`st komin istabon kuymak ne tong,
Gar tutun sunbul, o`tun ashjoru o`t rayhon bo`lur.

Ichni uryon qilki toshing zebi man`i faqr emas,
Faqr emastur, gar iching mamlu, toshing uryon bo`lur.

Ey Navoiy, ishq man`in elga irshod aylading,
Olloh-Olloh, bu ne makru hiylavu daston bo`lur.

163

Vahki, maydon azmig`a sekretti ul chobuksuvor,
Kimdururkim, asrag`ay emdi inoni ixtiyor.

Qoshu yuzungdin agar ortar jununum ne ajab,
Telbalikka ham yangi oydur madad, ham navbahor.

Chok eting ko`ksumki, chiqsun o`tlug` ohim shu`lasi,
Bir nafas bo`lg`ayki, bu anduh o`ti topqay qaror.

Aqlu fahm oshuftahol o`ldi yigit joning uchun
Kim, yana uydin munungdek chiqmag`il oliftavor.

Soqiyo, chun ichkumizdur oqibat jomi ajal,
Boda tut andin burunkim, bizni o`lturgay xumor.

Bir zamonlig` hajr chun ming yilcha bor, o`lsam ne tong,
Chunki bo`lmas hech kishining umri ming yil poydor.

Ey Navoiy, shukrkim, maydong`a ul shah qo`ydi yuz
Kim, yo`lida qolmadi navmid joni xoksor.

164

Vahy nozil bo`ldi yoxud yorning payg`omidur
Kim, g`amim taskini g`amgin xotirim oromidur.

Safhayi kofur uza mushkin raqamkim aylamish,
Go`yiyo subhi saodat uzra davlat shomidur.

Hajridin jonim arosig`a agar xud kirmadi,
Nega shakli jon aro kirgan alif andomidur.

Kirdi jon jismimg`a xatti safhasin ko`rgach, magar
Elga jon bermakka mehr uzra Masih arqomidur.

Va`dayi vasl erdi mazmun, gah o`lugmen, gah tirig,
Anglaman qotilmudur bu mujda, ruhafzomidur.

Vodiyi hayratda qolg`anlarg`a jon hirzi uchun
Ruq`ayi maqsud komil nutqi yo i`lomidur.

Ey Navoiy, nega surtub ko`zga solmay jong`akim,
Ham ko`zumning nuri, ham ozurda jonim komidur.

165

Barmog`i hayrat bilakim la`li xandon ichradur,
Ul alif yanglig`dururkim, filmasal jon ichradur.

Xoni husni zavqini bilmakka yoxud barmog`i
La`li xandon ichra ermaskim, namakdon ichradur.

La`li bir so`z birla yuz yilliq o`lugni Xizr etar,
Go`yiyo Ruhullah ushbu obi hayvon ichradur.

Munfaildur yuzu zulfidinki tebrangay nasim,
Jilvagar tovuskim, firdavsi rizvon ichradur.

Orazing hajrinda har qonlig` ko`zumdur lolae,
Dog`lar ko`zning qorasin anglakim, qon ichradur.

Tutma ulfat bog` arokim sarsari daydin durur,
Emin ul qushkim, aning ma`vosi vayron ichradur.

Ey Navoiy, birga yuz jomi balo turmish to`la,
Har nechakim sog`ari ishrat bu davron ichradur.

166

Qoshing ko`zdin nihon, andin nihonroq xoli mushkindur,
Bu aning no`qtasidur, go`yiyo ul «nun»i tanvindur.

Ko`ngul zulfung g`amidin toza-toza dog` ila go`yo
Ki, nisfi qonu nisfi mushk bo`lg`an nofai chindur.

Itingning goh izi, gah panjasidindur dimog`im xush,
Bu birdur mushkbiyd, ul bir anga go`yoki nasrindur.

Nedin bilman yuzum sarg`ardi muhriq ishq tobidin,
Yuzi o`tqa yaqinroq bo`lg`an elning chunki rangindur.

Ichimda andoq o`tdurkim, tugan jismimda kuydursam,
Anga bu o`tdin andoqkim, sudin bu o`tqa taskindur.

Yuzungga boqsa bo`lg`ay oyu kuncha, nuri o`ksulsa,
Yaqin ermas bu ham, astag`firulloh, balki taxmindur.

Qizil to`n birla chiqti, lolaruxlar ne ko`rungay, vah,
Bu guldin xil`at etkan sarv, alar har yon rayohindur.

Jahon makkorasi dilkashdur, ammo kimki aqd etsa,
Ipak jon rishtasi, yormoq anga din naqdi kobindur.

Qoshing mehrobig`a, ey mug`bacha, yuz qo`yg`ali qo`ykim,
Bu toat dayr piridin manga ishq ichra talqindur.

Yuzung ko`rmak tilab tinmas Navoiy ko`ngli solmoqtin
Xudoy uchun olib burqa`ni aning ko`nglini tindur.

167

Nuqtayi xolingki ko`zdin doimo ma`dum erur,
Nuqtayi xol ermas ulkim, nuqtayi mavhum erur.

Tong emas ul nuqta gar ko`zdin nihondur, vah, ne tong,
Mardumin ko`rmakligidin ko`z agar mahrum erur.

Baski xoli ko`zdadur bo`lmish jahon bir safhakim,
Raml mashqi yanglig` anda nuqta-o`q marqum erur.

Axtari baxtimdurur ul xol, yo`qsa ko`rmaduk
Kavkab andoq tiyrakim, xurshid uza ma`lum erur.

Xoli ruxsoring kumush masnadda Hinduston shahi
Ollida saf tortibon xat, tobi`u mahkum erur.

Eyki maydin xoliy ermas, deb meni ta`n aylading,
Bore ko`rguz anikim, bu dayr aro ma`sum erur.

Dog`i pinhondur Navoiy ko`nglida, ey lolarux,
Nuqtai xolingki, ko`zdin doimo ma`dum erur.

168

Har labing o`lganni tirguzmakda, jono, jon erur,
Bu jihatdin bir-birisi birla jonojon erur.

Jonim andoq to`ldi jonondinki, bo`lmas fahmkim
Jon erur jonon emas yo jon emas, jonon erur.

Bo`lsa jonon bordurur jon ham chu jonon qildi azm,
Jon ketib jonon bila jondin manga hijron erur.

Jon manga jonon uchundur, yo`qki jonon jon uchun,
Umr jononsiz qatiq, jonsiz vale oson erur.

Borsa jon, jonon yitar, gar borsa jonon, jon ketar,
Kimsaga jononu jonsiz umr ne imkon erur.

Xushturur jonu jahon jonon bila, jonon agar
Bo`lmasa jon iylakim, o`lmas jahon, zindon erur.

Jonim ol, ey hajru jononsiz manga ranj istama,
Chunki jononsiz Navoiy jonidin ranjon erur.

169

Har qachonkim kemaga ul oy safar raxtin solur,
Mavjlug` daryo kebi oshufta ko`nglum qo`zg`alur.

Yig`lama, ey ko`z, nedin sohilg`a chiqmas kema deb
Kim, yoshing daryosidur har sarikim el ko`z solur.

Titrabon siymobdek ko`nglum, yetar jon og`zima
Tund yel tahrikidin har damki, daryo chayqalur.

Sabr ko`nglumda, ko`ngul ul oyda, ul oy kemada,
Vahki, borib telmurub ko`z, mungrayib jonim qolur.

Dam tutulg`andin o`lar eldek yetibmen o`lgali
Surmasun deb kemasin baskim nafaslar asralur.

Kirma savdo bahrig`a olamdin istab sudkim,
Siym naqdi tushsa, lekin umr naqdi siyg`alur.

G`arq etar bahri fano g`am zavraqin, ey piri dayr,
Ilgiga chunkim Navoiy boda kashtiysin olur.

170

Jon berur elga agarchi labidin qon tomadur,
Vah, dema qon tomadur, balki chuchuk jon tomadur.

Noz o`qi birla ko`zum mardumin etding majruh,
Ashki gulgun dema zaxmidin aning qon tomadur.

Vah, yaram ichra ne qondur buki devona ko`ngul
Topsa taskin turadur, aylasa afg`on tomadur.

Go`yiyo fitna sahobidin erur sayli balo,
Raxshidin qatraki, javlon aro har yon tomadur.

Tomchidek ashkim emas, ko`nglum o`ti daf`i uchun
Gah badan kulbasini qilg`ali vayron tomadur.

Vahki, gul sham`in o`churmaklik uchundur gar xud
Qatra o`rnig`a  bulutdin durri g`alton tomadur.

La`li vasfida Navoiy so`zidin obi hayot
Qilsa paydo, oqadur, aylasa pinhon, tomadur.

171

Xolu xating xayolidin, ey sarvi gul`uzor,
Gohe ko`zumga xol tushuptur, gahe g`ubor.

Yuzungda xol safhada tomg`an kebi qora,
Xoling malohati tuz erurkim, qorada bor.

Jonimni o`rtagan yuzu xolingni bilmasang,
O`t shu`lasida ayla gumon bir o`chuk sharor.

Bilman ko`ngulda xollaringning xayolidur,
Yo kirpiging tikanlarin aylabsen ustuvor.

Har dam ko`ngul haloku ko`zum tiyra bo`lmag`in
Bilgay birovki, yori erur sho`xu xoldor.

Mashshotayi qazo bezamish xolu xattini,
Beixtiyorliqda manga bormu ixtiyor.

Miskin Navoiy xoli labing ko`rsa jon berur,
Boqsang ne bo`ldi suvrati holig`a, ey nigor.

172

Chiqti ov azmig`a javlon aylab ul chobuksuvor,
Jon nisor ul sayd uchunkim, jon anga qilg`ay nisor

Bu edi qasdimki bir kun saydi fitrok aylagay,
Qilg`anim umre kiyiklar birla suhbat ixtiyor.

Chun kiyik qatlini istar, koshki ruhum uchub,
Bir qatil etgan kiyik jismi aro tutqay qaror.

Toki yetkursam rikobig`a boshimni, koshki
Qilsa shaxsimni qazo it shakli birla oshkor.

Qomati hajrida har yon yoradin qonlig` ko`ngul
Bir kiyikdekdurki, o`q zaxmi bila bo`lmish figor.

Go`r uchun ochmoq nedur har lahza bahromiy kamand,
Chun seni Bahromdek aylar ajal go`ri shikor.

Ey Navoiy, ul quyoshning soyasida ko`r itin,
Komronu yo`q sanga ollida itcha e`tibor.

173

Bargi gul yuzinda la`ling rashkidin xunoblar,
G`uncha ko`ngli ichra og`zing hasratidin toblar.

Safhaedur orazim debocha ishq avroqig`a
Qon yoshimning xatlari shingarf birla boblar.

Ashkim artilg`an uchun xam bo`lmamish kirpiklarim
Kim, yasabdur ko`z xayolin chekkali kulloblar.

Hajridin ko`zlargakim ashk evrulur, ul ashk emas
Kim, erur dardu balo daryosig`a girdoblar.

Aybim etmang bosh ko`tarmaydur debon xumxonadin,
Qilmayinmu sajda topsam bu sifat mehroblar?!

Hajr aro ikki ko`zum ichra belingning naqshidur,
O`tkarur tunni xayol aylab kecha bexoblar.

Ro`zgorin qildi mazlum ohining dudi qora,
Ko`rma zolim xilvatining ko`rkasin sinjoblar.

Terga botqan garmravlardin magar daf` aylamish,
O`zlugi chirkin taharrukdin irik moshoblar.

Do`stlar, miskin Navoiy tiyra shomin yod eting,
Yor ila jomi hiloliy cheksangiz mahtoblar.

174

Telba ko`nglum, vahki, har soat birov sari borur,
Man` qildim ersa, bag`rim og`rig`udek yalbarur.

Qo`ydum ersa, kelturur munglug` boshimg`a yuz balo,
Qo`ymasam jong`a zarar yetgudek o`zidin borur.

Qo`ymasam bu, qo`ysam ul, vah, bo`lsa yuz jonim fido
Ul kishigakim, hazin jonimni andin qutqarur.

Aql vasvosini qo`ysam avlo ulkim, men dag`i
Boshim olib ketkamen har sarikim, ul boshqarur.

Soqiyo, bir nav`men labtashna yo`qkim og`zima,
Har yaram og`zig`a quysang bir qadahni sipqarur.

Ikki yuzluk bo`lmakim, bu bog`ning ra`no guli
Gar qizarur bir yuzi, lekin yana bir sarg`arur.

Kulda pinhon o`t kebi topmas Navoiy ko`nglini,
Har nechakim ishq kul qilg`an vujudin axtarur.

175

Ul oyki, jafo nardini xo`blardin utuptur,
Yo rab, ne balo, mehru vafoni unutuptur.

Og`zi bila pista o`chashur puchlug`idin,
Bilmanki o`shul og`zi ochuq qayda butuptur.

Har dam qiziq ohim tafidin muztar o`lurmen,
O`tlug` nafas, ey voyki, og`zim qurutuptur.

Yillar labi la`ling g`amidin joni hazinim
Hasrat suyini xuni jigar birla yutuptur.

Aksini ko`ngul ko`zgusida ko`rdumu o`ldum
Kim, g`ayrin aning eviga nevchun yovutuptur.

Hijron kuni ishq ahlini o`rtarga magar charx
Otashkadasida shafaq o`tin yorutuptur.

Bulbul kebi xushgo`y Navoiyni qilib xor,
Ul gulni ko`rung jonibi badgo`y tutuptur.

176

Barcha xo`blarning qadu ruxsoru xattu xoli bor,
Lek ulkim bizni behol aylar o`zga holi bor.

Yuzum oltundekdurur bu vajhdinkim, holiyo
Siymbarlar ul kishiningdurkim aning moli bor.

Kirgali ko`nglum aro bir-bir o`qung bo`lmish tanim
Ul qalamdekkim, aning ichida tuz-tuz noli bor.

Sunbulung tushsa oyog`ing ostida ne aybkim,
Gul bila xurshidning ostida lomu doli bor.

Ul sababdin, zohido, mashg`ul emasmen zuhd ila
Kim, ko`ngulning mutribu may birla ko`p ashg`oli bor.

Odam o`lmishmenki, ishq ahli manga avlod erur,
Yo`qsa yoshdin mencha kimning yuz sari atfoli bor.

Gavhari maqsud chun vobastayi tavfiq erur,
Desa bo`lmaskim, munung sa`yi, aning ehmoli bor.

Ey Navoiy, topmasang kome  labi jonbaxshidin,
Sening uchun bo`lsun aning g`amzayi qattoli bor.

177

Chorayi  kor  istabon bechoralig` ko`nglum tilar,
Xonumon tarkin qilib, avvoralig` ko`nglum tilar.

Istaram olingda qilsam sajdavu o`psam labing,
But parastish aylabon, mayxoralig` ko`nglum tilar.

Bag`rimu ko`ksum bila ko`nglumni qilding yoralig`,
Jonni ham bu hol birla yoralig` ko`nglum tilar.

Oshiq ishi chun savod-ul-vajhi f-id-dorayn erur,
Bu malomat ko`yida yuz qoralig` ko`nglum tilar.

Qasdima har yondin ul ko`y itlarin qo`y, ey raqib
Kim, salomat pardasin yuz poralig` ko`nglum tilar.

Tan g`uborin jon yuzidin raf` qil, ey dardkim,
Ko`zni ul yon gah-gahe nazzoralig` ko`nglum tilar.

Ey Navoiy, nechakim ko`nglumga tushkan dard uchun
Chora istarmen, vale bechoralig` ko`nglum tilar.

178

Har o`qi ul qoshi yoning jonnikim, qurbon qilur,
Rost bir o`qdurki, qurbon ko`nglum ichra sanchilur.

Istasa vaslin ko`ngul ko`z rashkdin qon yosh to`kar,
Ko`z yuzin ko`rgach, ko`ngul yuz nola g`ayratdin qilur.

Tiyg`i ko`ksum chok etib, ko`nglumni ochsa ne ajab
Kim, ravon sudin hamesha xalq ko`ngli ochilur.

Garm o`lub har yon ul otash porakim novak otar,
Rost o`tdekdurki, girdidin shararlar ayrilur.

Yuzni o`n tirnoq ilakim g`ussadin qildim shiyor,
Dona erkin ko`z yoshimkim, har dam anda sochilur.

Boda ichkim, charx jomi sirrini Jam bilmadi,
Garchi ul yuz Jam kebi mayxoraning davrin bilur.

Oh o`tidin shikva gar aylar Navoiy ayb emas,
Telbalarning har nekim, og`zig`a kelsa, aytilur.

179

Ey sabo, sharh ayla avval dilsitonimdin xabar,
So`ngra degil ko`ngul otlig` notavonimdin xabar.

Chun manga berding xabar, lutf aylab ul yon dag`i elt
Xotiri majruh ila ozurda jonimdin xabar.

Gar bular ko`ngliga ta`sir aylamasdek bo`lsa, ayt
Er yuzin g`arq aylagan ashki ravonimdin xabar.

V-ar munga ham qilmasa parvo, degil aflok elin
Kecha-kunduz jong`a yetkurgan fig`onimdin xabar.

Qilsa istig`no kerakkim, aylagay, albatta, rahm,
Gar desang jonim aro dog`i nihonimdin xabar.

Aytkim, tutqil xabar mendin yo`q ersa, topmag`ung
Olam ichra istabon nomu nishonimdin xabar.

Arz qil tadrij ilakim, shodlig`din o`lmayin,
Ey Navoiy, kelsa nogah dilsitonimdin xabar.   

180

Yo rab, bu ne guldurkim, boshig`a chechak sanchar,
Gah egri qo`yar bo`rkin, gah belga etak sanchar.

Ko`nglumga chekib novak, oj ayladi payvandin,
Har zaxmki ul teshti el anga so`ngak sanchar.

Boshimda havas la`ling, olamg`a vido ettim,
Chiqsa kishi majlisdin, boshig`a gazak sanchar.

G`am kulbasida, jono, ul xastag`a rahm etkim,
Tebransa bag`ir og`rir, dam ursa yurak sanchar.

Qullobi muhabbatdur sargashta ko`ngullarga,
Chun qush solib ul chobuk, boshig`a kajak sanchar.

Har kavkab uchin gardun nish etti shuoidin,
G`am shomi vafo ahlin har nav` kerak sanchar.

Sanchilg`an ajal xori ishq uchrasa bilgaysen
Kim, jong`a balo nishin hajr o`zgacharak sanchar.

Jismin chu Navoiyning paykoni temur qildi,
Bilmanki, sinon emdi bag`rig`a netak sanchar?!

181

G`aming o`qiki ko`ngullar uyin nishona qilur,
Mening chu xokiy tanim ichra yetti, xona qilur.

Labing bahonasiz el qonini to`kar har dam,
Manga chu yetti ish, albatta, bir bahona qilur.

Ko`ngul berurda fusunlug` ko`ziga bilmas edim
Ki, el ichinda meni oqibat fasona qilur.

Qo`ngulda javhari paykoniniki yig`mish jon
Ajab emaski, bu vayronani xizona qilur.

Desaki, mehr giyohin ko`kartayin gardun,
Zamona ahli vafo ko`z yoshini dona qilur.

Halok domi yoyar subhxez qushlar uchun
Sahar yeliki, chaman sunbulini shona qilur.

Nasib bulbul uchun xori g`amdurur, ul ham
Navoiy nag`masi birla magar tarona qilur.

182

To bo`ldi ko`ngul ul ko`zi usrukka giriftor,
El ko`ziga sog`men, vale o`z-o`zuma bemor.

Tongdin tanim oqshomg`acha tosh zaxmi bila resh,
Tundin badanim tongg`acha tish zaxmidin afgor.

Kulbamning emas xishtlari darziki, ochmish
Holimg`a fig`on qilg`ali og`zin daru devor.

Xalq ichra ko`ngul ishqini fosh ayladi ohim,
Uy ichida o`t bor ekanin dud etar izhor.

Ul but g`amidin kofiri ishq o`lg`ali ko`nglum
Jon rishtalarin jam` qilib bog`ladi zunnor.

Xush gulshan erur dahr budur aybiki, anda
Payvasta xazon yelidin ozurdadur ashjor.

Yor ollida gar bor, yo`q ersa ajab ermas,
Ag`yor chu bor anda, Navoiy, sanga ne bor?!

183

Fig`onki, yor vafo ahlig`a sitam qiladur,
Niyozu ajz gunohig`a muttaham qiladur.

Naimi vaslig`a xo`y aylagan ko`ngullarni,
Asiri hajr etibon mubtaloyi g`am qiladur.

Raqib behuda taqriri birla yuz taqsir,
Zaif g`amzadalar otig`a raqam qiladur.

Ne hukm qilsa vafo ahli jurmida g`am emas,
Bu zulm erurki, jafo ahlini hakam qiladur.

O`z ilgi birla gar o`ltursa bok yo`q, vahkim,
Raqib ollida aftodavu dijam qiladur.

Muhabbat ahlini, vo hasratoki, ko`p o`rtab,
Alarning ohi o`tidin haros kam qiladur.

Chu gul vafosiz erur, necha asrasam, vahkim,
Ko`ngul qushi bu gulistondin emdi ram qiladur.

Zamona o`q kebi tuzlarni sindurub, «yo»dek
Alarki egridurur shahg`a muhtaram qiladur.

Navoiy o`lgay edi bo`lmasa umidi visol,
Bu qasdlarki, anga hajr dam-badam qiladur.

184

Ulki, onsiz xasta ko`nglumning yuz ohu voyi bor,
Hajridin yuz ming meningdek o`lsa, ne parvoyi bor.

Charx tong otquncha yig`lar mehrin eldin yoshurub,
Go`yiyo ul sargashtaning ham bir musofir oyi bor.

Ganji husnung yanglig` o`lmish maxzani mehrim mening
Kim, necha isrof birla xarj qilg`an soyi bor.

Zahri hijronkim chekarmen, ta`mini bilgay magar
Bedilekim, bir  vafosiz kofiri xudroyi bor.

Ishq mulkidin xabarlar topsa Laylo tong emas
Kim, aning Majnun kebi payki jahonpaymoyi bor

Mehrning ko`rma shafaq ichra shuoiy xatlarin
Kim, sipehr osibidin mujgoni xunpoloyi bor.

Hajr aro qildi Navoiy qoshlaring ko`nglida naqsh,
Razm elidek ish kuni qurbonda ikki yoyi bor.

185

Voy, yuz ming voykim, tarki muhabbat qildi yor,
Bilmayin qoldim menu qilmay xabar ayrildi yor.

Bordi o`qdek tezu «yo»dek qomatim yod etmadi,
Ishq aro go`yo mening egriligimni bildi yor.

Chun gadolar birla shahlar qilmas ermish yorlig`,
Men gadoni ko`zga bas nevchun burundin ildi yor.

Pand eshitib, do`stlar, hech kim bila yor o`lmangiz
Kim, mening bag`rimni tiyg`i hajr birla tildi yor

Mendin ayrilg`an balovu dard uchunmu yig`layin
Yo angakim, boribon ag`yor ila qotildi yor.

Yig`lashib g`am shomi zohir aylasunlar dard o`tin,
Kimgakim baytu-l-hazanda sham`dek topildi yor.

Ey Navoiy, yor uchun tortar eding g`urbatda ranj,
Yo`lg`a tush, emdi ravonroq bo`l, azimat qildi yor

186

Har qayon boqsam ko`zumga ul quyoshdin nur erur,
Har sari qilsam nazar, ul oy manga manzur erur.

Chun masal bo`ldi soching zulm ichra, yoshurmoq ne sud
Mushk isin yashursa bo`lmas, bu masal mashhur erur.

Telbarabmen to ani ko`rman, ajoyibdur bukim,
Ul pariy devona ko`zidin dag`i mastur erur.

Chun mudom erning mayi qoshindadur kofir ko`zung,
Nedin erkinkim, dame usruk, dame maxmur erur.

Dilrabolar dog`i jonim safhasida go`yiyo
Dard eli ishqim uchun muhr aylagan manshur erur.

Par urub boshingg`a tutma avjkim, har necha mo`r
Kim, qanotlang`ay qachon  uchmoq anga maqdur erur.

Gar Navoiy siymbarlar vasfin aylab ko`rsa ranj,
Yo`q ajab nevchunki xom etkan tama` ranjur erur.

187

Yor bordiyu ko`nglumda aning nozi qoliptur,
Andoqki qulog`im to`la ovozi qoliptur.

Ko`z xonasini qildi barandoxta bu ashk,
Ko`z bordi vale xonabarandozi qoliptur.

Ko`nglum qushi to sunbulunguz domig`a tushti,
Bulbul kebi har gul sori parvozi qoliptur.

Ul qush safar aylab ne tarab gulbunin ochqay
Kim, bog` aro bir sarvi sarafrozi qoliptur.

Men ishq rumuzin demay o`ldum, safar etkim,
Farhod ila Majnunning o`kush rozi qoliptur.

Taqlid qilib ko`ngluma ishq ahli chekar oh,
Ul bordiyu el ichra sarovozi qoliptur.

Hijronu visolin ko`pu oz dema Navoiy,
Yuz shukr dekim, ko`pi borib, ozi qoliptur.

188

Ul malaksiymo pariykim, xalq aning hayronidur,
Jonlar oshubi vale oshufta jonim jonidur.

Tifl avroq ichra bir-bir bargi gul tergan kebi,
Nomayi hijron aro tim-tim sirishkim qonidur.

Ko`rsa jon zaxmida qonlig` marhamin aylar gumon
Kim, buzulg`an ko`nglum o`tidin qiziq paykonidur.

Yuzunga may gullari yuz fitna qildi go`yiyo
Fitna har gulkim, ochar, yuzung aning bo`stonidur.

Bormudur ko`nglumda keskan ham alif, ham na`lu dog`,
Yo bu mir`ot ichra solg`an aks husnung onidur.

Dahr toroji qilur uryon chaman ra`nolarin
Eldin un chekmas yig`ochlarkim, chaman afg`onidur.

Ey Navoiy, bilki tong otquncha yig`lar har kecha
Charxdek har  kimki, bir  badmehr sargardonidur.

189

Shahsuvorim har qachon javlon qilur,
Mahv o`lub bilman o`zumni, haq bilur.

Anga har ko`zkim tushar, kirpiklari
Xasta ko`nglumga tikandek sanchilur.

Ochilur ko`nglum samandi sayridin,
G`uncha yanglig`kim sabodin ochilur.

Ayrilur go`yo quyoshdin bir shihob
Oti na`lidin har o`tkim, ayrilur.

Oh tortarda magar jon pech urar,
O`q otarda har qachonkim qayrilur.

Tavsani gardunni markab qilmakim,
Er bila rokibni oxir teng qilur.

Tez etar tiyg`ing Navoiy ishqini,
Garchi o`t o`char, agar su sochilur.

190

Qaysi bir ko`kning yuzingdek mehri olam tobi bor?!
Qaysi gulshanning shamolingdek guli serobi bor?!

Zulfidin, ey zaxmliq ko`nglum, qutulg`ung yo`qturur
Kim, sening har halqayi zulfungda bir qullobi bor.

Zulfu yuzidin dam urmang, tun bila kun chashmasi
Kim, bu sunbul birla gulning o`zga obu tobi bor.

Ne uchun har dam sarig`raqtur yuzumning oltuni,
Bovujudikim yuzida ashkdin siymobi bor.

Sajda gar aylar malak, ne tongkim ul oy qasrining
Kungire shaklidin atrofida  ko`p mehrobi bor.

Davlati zohirki, mahbub aylading, tark aylakim,
Qaydinga zulfini «dol»u «lom»idin asbobi bor.

Yuzu la`lingdin Navoiy bexud o`lsa so`rmag`il,
Bir itingdurkim, sahar vaqtida shakkarxobi bor.

191

Ulki yuz mendek jahonda volavu shaydosi bor,
Nechakim bordur niyozim, nozu istig`nosi bor.

Dam-badam ko`nglum berib jon naqdi istar vaslini,
Olloh-Olloh, telba ko`nglumning ajab savdosi bor.

Ko`nglakim qonlig` tuganlar o`rnidin gul-gul erur,
Ul katondekkim, yuzida har taraf tamg`osi bor.

To o`qung yomg`ur kebi keldi, ko`zum bo`lmish sadaf,
Bovujudi ulki durdin yuz sari daryosi bor.

Jon berib, darding olib ko`ksumda asrarmen, ne ayb,
Asrasa sanduq aro ulkim samin kolosi bor.

Bo`lma emin charx davridin muraqqa`po`sh deb
Kim, quyoshdin bu muraqqa` ichra o`tlug` tosi bor.

Itlaring bo`lmish Navoiy ko`ngli uchun mehmon,
Bu kecha ul ko`y aro ko`rkim, ajab g`avg`osi bor.

192

Yana g`arib gule jonima jafo qiladur,
Yana ajab tikane ko`nglum ichra sanchiladur.

Yana bir o`zgacha ishq ikki ilgi zo`ridin
Bag`ir bila yuragim bir-biridin ayriladur

Qaladi, vahki, o`tundek so`ngaklarimni sipehr,
Bu yangi o`tqaki tan kulbasida yoqiladur.

Firoq kojlari birla, vahki, ne o`tlar
Bulutdek ashkfishon ko`zlarimga choqiladur.

Sirishk ayladi xokiy tanimni andog`kim,
Qadam qo`yay desa uyqu ko`zumga, toyiladur.

Qochar bu telba ko`ngul, yana voqif o`l, ey aql
Ki, tolpinur ko`pu ko`ksum shikofi ochiladur.

G`arib qissa erur ishqkim tuganmadi hech,
Agarchi bo`lg`ali olam binosi aytiladur.

Navoiy, ahli junun qaydi yor zulfi emish,
Xirad tanobini uz, band agar bu silsiladur.

193

Maydin ayru gul emas go`yyo erur gulgun harir
Kim, kesib gul hay`ati birla sepipturlar abir.

Bazm emas bog` ichra maysizkim, hunarvar ilgidin
Bo`ldi rangin mum har qolab bila hay`atpazir.

To qizitmaydur qulog`ni may guli yakson erur
Bulbul og`zidin safiru bog` eshigidin sarir.

Soqiyo, jonimg`a yettim tavbadin, joning uchun
Bo`l manga bir lab-balab paymona birla dastgir.

Bodaekim, yetgach og`zimg`a, chiqarg`ay nash`asi
Taqvoyu islomu aqlu zuhd jonidin nafir.

To bo`lub rasvo yana bir jom uchun mug` ko`yida
Har zamon o`zumni kofirlarg`a qilg`aymen asir.

Ey Navoiy, ma`siyat uzrida o`lsang yaxshiroq,
Zuhd ujbidin mukaddar bo`lg`ucha lavhi zamir.

194

Soqiyo, day shiddatidin aqlu his betob erur,
Chorasi jomi bilurin ichra la`li nob erur.

Tiyinu qoqumni rokib sho`xlar o`z egnidin
Tob birla yuzga chekkandin ko`ngul betob erur.

Ishqdin yo`qkim, sovug`din otashin gul istabon
Topmag`andin bulbul a`zosida par sinjob erur.

Siym o`tdin suv bo`lur, yeldin ajoyibdur bukim,
Titramakdin siymbarlar jismi chun siymob erur.

To`lun oy ermas, tun oqshomkim quyoshning chashmasi
Muz to`ngubturkim, ziyosi tiyra chun mahtob erur.

Siymdin bahman chaman qofini to zol ayladi,
Qushlar ul siym ostida simurg`dek noyob erur.

Ey xush ulkim, la`lgun may ich debon taklif uchun
Ilgi bir zarrin kamarning bo`ynig`a qullob erur.

Kishu o`rmak, qaydidin o`t ayshni favt etmakim,
Kish qaroroq tulku, o`rmak yupqaroq moshob erur.

Ey Navoiy, gar muhayyo topmasang asbobi aysh,
G`am yema, shah qullug`i yuz aysh uchun asbob erur.

Ul sarafrozeki, oliy dargahining hay`ati
Barcha sarkashlarga bosh qo`ymoq uchun mehrob erur.

195

Orazing xurshidu og`zing zarradin timsol erur,
Zarra uzra nuqta yanglig` og`zing uzra xol erur.

Kokulungdur mushku ustida gireh mushk uzra «mim»,
Qomating shamshodu zulf ostida tushgan dol erur.

Qoshu qaddu zulfidin payvasta to na`lu alif
Tanda kestim, noladin ozurda jismim nol erur.

Chun dedim: xoling bila ko`z mardumining holi bor,
Dedi ulkim: xol deysen, nuqtasiz ham hol erur.

Nukta der holatda tor og`zingni ko`rguzgan labing,
Go`yiyo zanbur nishidin teshilgan bol erur.  

Durdkashmen piri dayr ollida maqbul o`lg`ali,
Davlat ahlining qabuli ko`rki, ne iqbol erur.

Soqiyo, gar davr ta`jilin ko`rub qon yig`lamas,
Bas Navoiydek surohiy ashki nevchun ol erur.

196

Orazing ko`zgusimu ter kasratidin sudadur
Yoxud ul oraz suyining aksimu ko`zgudadur?.

Dema ayni nozdin ul ko`z ochilmaydurki, bor
Kofirekim  mastlig` ifrotidin uyqudadur.

Topmog`im o`zni mahol o`lmish firoqing shomikim,
Tab arodur xasta jismu tob ul gesudadur.

Sen otarsen novaku ko`ksum shikofidin ko`ngul
Ko`rgali kelmish, xato qilmaki, xush qobudadur.

Sajda qilmoq ne tafovut Ka`ba yoxud butqakim,
Qoshi mehrobi, qayon qilsam sujud, o`trudadur.

O`lmagimdin zulfunga go`yo parishonlig` yetib,
Motam ahlidek quyi solib boshin qayg`udadur.

Nuh umriyu Sulaymon mulkiga yo`qtur baqo,
Ich, Navoiy, bodakim olam g`ami behudadur.

197

Orazing ko`zgusida xat sabzadurkim, suda bor,
Yo magar zangor su ta`siridin ko`zguda bor.

O`qlaring paykon bila har yon quruq jismimdadur,
Shoxlar uzra ko`ngullardekki ul nojuda bor.

3ahri hajring qildi daf` ul ko`z qorasi, vah, bu nav`,
Qayda bergay xosiyat pozahrkim, ohuda bor.

Bordurur mehrob turg`ach butqa qilg`andek sujud,
Sajda qilsam qiblag`a to qoshlaring qarshuda bor.

3ulf aro xoling agar din qasdi aylar ne ajab,
Muncha kofirlig` ragi, vah, qaysi bir hinduda bor.

Ishq vodiysin xatardur ilm ila qat` aylamak,
Solik ersang tashla ma`lumungniyu osuda bor.

Yuzin istarsen, Navoiy, qochma zulfi fikridin
Kim, sen istar ayshning ummidi bu qayg`uda bor.

198

Yuzungda zarvaraq har yonki lutfi benihoyatdur,
Jamoling mushafida har biri go`yo bir oyatdur.

Sochingda zarfishon chehrang zalolat shomida har yon
Tajalliy mash`alidin yorug`an sham`i hidoyatdur.

Yuzungda nil xoli ravza ichra nilufar shibhi,
Binafsha gulshan ichra yuzda nilingdin kinoyatdur.

Ko`ngul saydig`a ochma sunbulung domin yuz ochqilkim,
Gul o`q ochilsa qayd etmakka bulbulni kifoyatdur.

El ichra ko`pturur afsona Laylo husnidin, lekin
Sening husnungg`a tashbih etmak ani ne hikoyatdur.

Ko`ngul qonin ko`p ul xunxora ko`z ichti, emas go`yyo
Yuzung gulgunadin gulgunkim, ul qondin siroyatdur.

Dema tush vaqti ul yuz kundin ortuqtur, muni ko`rgil
Kim, ul yondin nihoyat bo`lsa, bu yondin bidoyatdur.

Erur bedod, borinda tarahhum, do`stdin yuz hayf
Angakim, shukr borinda ishi doim shikoyatdur.

Navoiyg`a ko`ngul berdingki, jonin olg`asen bir kun,
Erur o`z naf`i, shahdin gar raiyatqa rioyatdur.

ZE HARFINING ZEBOLARINING ZIYNATI
                           «G`AROYIB»DIN

199


Jahoni buqalamun ichra tushmish elga gudoz,
Magarki tosig`a o`t yoqti charxi shu`badaboz.

Bu turfaroqki, munungdek tamug` aro tushmish,
Samuru qoqum uchun olam ahlig`a taku toz.

Ne ko`kka chiqmoq erur dolboyu o`tag`a bila
Ki, bolu par bu esa, mumkin ermas ul parvoz.

Ne garmlig`ni qo`yar, ne fusurdalig`ni bashar
Nechaki kuyub erir o`tu muz kebi qishu yoz.

Falak arusida yo`q mehru dilrabolig` ko`p
Nechukki husnu jamol ahlig`a vafo bila noz.

Egilib o`psa yer ahli g`urur hurmat uchun,
Shabih erur anga mutlaqki mast qilsa namoz.

Xush ul jaridaki, bir nav` qilsa sayru suluk
Ki, soya hamqadam o`lsa anga, kamar hamroz.

Navo agar tilasang, tut qiroqki, igri bami
Ne ko`p taponcha yeru ne biyik chekar ovoz.

Navoiy, yor ila bo`lkim, budur haram vasli,
Maqoming o`lsa Ajam yo Iroq yoki Hijoz.

200

Rafiqlar, meni mahzun nechuk bo`lay g`amsiz
Ki, ko`nglum ermas alamsiz, ko`zum emas namsiz.

Sinuq ko`ngulda chu yo`q shodlig`, sog`inurmen
Ki, yo`qturur bori olamda bir ko`ngul g`amsiz.

Demangki, hajrda may hamdam o`lsa g`am kam o`lur
Ki, samdurur, dam emas, boda yoru hamdamsiz.

Xush ulki, yor firoqiyu yo ko`ngul g`amidin
Tamom umrida bir lahza erdi motamsiz.

Ko`ngul g`amini deb ahbob, rahm qildi habib,
Mening jarohatim erdiki, qoldi marhamsiz.

Ko`zumdin etmagil, ey sarv, hech jonib mayl
Ki, yaxshiroq ko`runur sarvkim, bo`lur xamsiz.

Navoiyni vara`u zuhd qaydi o`zlugidin
Xalos qilmadi, ey ishqu may, magar ham siz.