www.uz
G`AZALLAR


ALIF HARFINING OFATLARINING IBTIDOSI
                            G`AROYIBDIN


1

Ashraqat min aksi shamsil-ka`si anvorul-hudo,
Yor aksin mayda ko`r deb, jomdin chiqti sado.

G`ayr naqshidin ko`ngul jomida bo`lsa zangi g`am,
Yo`qtur, ey soqiy, mayi vahdat masallik g`amzudo.

Ey, xush ul maykim, anga zarf o`lsa bir sing`an safol,
Jom o`lur getiynamo, Jamshid, ani ichkan gado.

Jomu may gar buyladur, ul jom uchun qilmoq bo`lur,
Yuz jahon har dam nisor, ul may uchun ming jon fido.

Dayr aro hush ahli rasvo bo`lg`ali, ey mug`bacha,
Jomi may tutsang meni devonadin qil ibtido.

Toki ul maydin ko`ngul jomida bo`lg`ach jilvagar
Chehrai maqsudi mahv o`lg`ay ham ul dam moado.

Vahdate bo`lg`ay muyassar may bila jom ichrakim,
Jomu may lafzin degan bir ism ila qilg`ay ado.

Sen gumon qilg`andin o`zga jomu may mavjud erur.
Bilmayin nafy etma bu mayxona ahlin, zohido.

Tashnalab o`lma, Navoiy, chun azal soqiysidin
Ishrabu, yo ayyuhal-atshon kelur har dam nido.

2

 Zihe husnung zuhuridin tushub har kimga bir savdo,
Bu savdolar bila kavnayi bozorida yuz g`avg`o.

Seni topmoq base mushkildurur, topmaslig` osonkim,
Erur paydolig`ing pinhon, vale pinhonlig`ing paydo.

Chaman otashgahiga otashin guldin chu o`t solding,
Samandardek ul o`tdin kulga botti bulbuli shaydo.


Ne ishka bo`ldi beorom ko`zgu aksidek Majnun,
Yuzi ko`zgusida aksini gar ko`rguzmadi Laylo.

Quyoshqa gah qizarmoq, gohe sarg`armoq erur andin
Ki, sun`ung bog`ida bor ul sifat yuz ming guli ra`no.

Nedin yuz gul ochar ishq o`tidin bulbul kabi Vomiq,
Vomiq Yuzingdin gar uzori bog`ida gul ochmadi Azro.

Kalomingni agar Shirin labida qilmading muzmar
Nedin bas la`l o`lur Farhodning qon yoshidin xoro.

Jamoling partavidin sham` o`ti gar gulsiton ermas,
Nedin parvona o`t ichra o`zin solur Xaliloso.

Malohat birla tuzdung sarvqadlar qomatin, ya`ni
Ki, mundoq zeb birla ul alifni aylading zebo.

Qanoatning dalilin inzivo qilding yana bir ham
Dalil ushbuki qoni` harfidin xalq aylading anqo.

Navoiy qaysi til birla sening hamding bayon qilsun,
Tikan jannat guli vasfin qilurda gung erur go`yo.

3

Ey, safhayi ruxsoring azal xattidin insho,
Debochayi husnungda abad nuqtasi tug`ro.

Zarrot aro har zarraki bor, zikringa zokir,
Amtor aro har qatraki, bor, hamdinga go`yo.

Mashshotayi sun`ungdurur ulkim, nafas ichra
Kun ko`zgusin aqshom kulidin qildi mujallo.

Kun shakli yuzing sajdasidin bo`ldi mushakkal,
Tun turrasi qahring yelidin bo`ldi mutarro.

Sun`ung qilibon subhni ul nav` musha`bid
Kim, mehr o`tin og`zidin etar har nafas ifsho.

Go`yoki kuyar og`zi ul o`t hirqatidinkim,
Anjumdin o`lur obilalar girdida paydo.

Muhtoj sening dargahinga xusravu darvesh.
Parvarda sening ne`matinga johilu dono.

Gul yuzida bulbul sening asroringa notiq,
Sham` o`tida parvona sening husnungga shaydo.

Ushshoq aro, yo rabki, Navoiyg`a maqome
Bergilki, sening hamdinga bo`lsun tili go`yo.

4

Ey hamd o`lub mahol fasohat bilan sanga,
Andoqki, qurb taqvovu toat bilan sanga.

Topmoq ajib fikru tahayyul bila seni,
Etmak mahol aqlu farosat bilan sanga.

Chun koyinot zubdasi ojiz ko`rub o`zin,
Hamd ayta olmas oncha balog`at bilan sanga.

Izhori ajz bizdin adab tarkidur, base
Yuz ming qusuru nuqsu kasofat bilan sanga.

Har tiyra ro`zgorki, vaslingg`a yo`l topib
Sendin, yetib charog`i hidoyat bilan sanga.

Lutfung rafiqim o`lmasa ne hadki yetkamen
Boshdin  ayog` gunohu zalolat bilan sanga.

Lutf aylagilki mumkin emas qilmasang qabul,
Etmak tamomi umr ibodat bilan sanga.

Chun sendin o`zga yo`q panahim qochmayin netay
Jurmu gunahdin ohu nadomat bilan sanga.

Isyoni ko`p Navoiyningu yo`q uyotikim,
Istar yetishsa muncha xijolat bilan sanga.

5

Iloho, podshoho, kirdigoro,
Sanga ochug` nihonu oshkoro.

Sabur ismi bila qilsang tajalliy,
Qilib Namrudg`a yuz ming mudoro.

Qachonkim zohir etsang tanzi`-ul-mulk,
Sikandarning bo`lub mag`lubi Doro.

Yo`lung muhlik toshi yoquti ahmar,
Eshiging tiyra gardi mushki soro.

Suho bo`lsa shabistoningda toli`,
Bo`lub nuri quyoshdek olamoro.

Navoiy nafs zulmotig`a qolmish,
Sen o`lmay Xizri rah chiqmoq ne, yoro?!

Qiyomatda gunohin afv etarga
Rasulingni shafi` et, kirdgoro.

6

Ey, nubuvvat xaylig`a xotam baniy Odam aro,
Gar alar xotam, sen ul otkim, erur xotam aro.

Yuz eshiging tufrog`ig`a surta olg`aymenmu deb,
Charx qasridin quyosh har kun tushar olam aro.

Anjum ichra orazing me`roj shomi uylakim,
Tushsa durri shabcharog`e har taraf shabnam aro.

Ne uchun kiymish qora haryon solib jaybig`a chok,
Furqatingdin Ka`ba gar qolmaydurur motam aro,

Sof ko`nglida yuzung mehrini go`yo asramish,
Tush chog`i har kun quyosh aksi emas Zamzam aro.

Mash`ale bo`lmish malak ilgida ravzang boshig`a,
Oy charog`i kechalar bu nilgun toram aro.

Qum emas Bathodakim, mehri jamoling hajridin
Zarra-zarra jismi bir-birdin to`kuldi g`am aro

Yo`l emas, Yasribda yirtibdur yuzin tirnog` ila
Maqdaming to yetmadi ul vodiyi xurram aro.

Itlaring maxsusu mahzundur Navoiy, koshki
Kirsa bu mahrum ham ul zumrayi mahram aro.

7

Zihe javlongahing aflok uza maydoni av adno,
Buroqingg`a to`quz gunbad bu to`qquz gunbadi xazro.

Qilib chun xay gulobi mayl na`layning, bo`lub andin
Malak ra`nolarining jabhasig`a charx sandalso.

Esib rahmat nasimi chun damodam sunbulung sari,
Bo`lub ruhoniylar jaybi labolab anbari soro.

Falak qolib buroqingdin, emas vasfi falaksur`at,
Qamar yorub jamolingdin, emas na`ting qamarsiymo.

Yuzungdin anjum, anjumdin quyosh nur iktisob aylab
Aningdekkim, quyoshdin oyu oydin qiyrgun g`abro.

Falak vodiylari qat`ig`a azming chun surub markab,
Xirad paykiga ham avval qadamda ranj o`lub paydo.

Rafiqing toyir andoqkim Sulaymon ollida hudhud,
Buroqing soyir anjum shohi ustinda sipehroso.

Qilib bu sayr aro ma`shuq vasli ko`yida manzil,
Tilab sargashta ushshoqig`a ham rahmat uyin ma`vo.

Navoiy xush ko`rar olamni oting zikridin, yo`qsa,
Anga do`zax aro o`tdekdurur dunyovu mo fiho.

8

Har gadokim, bo`ryoyi faqr erur kisvat anga,
Saltanat zarbaftidin hojat emas xil`at anga.

Kim fano tufrog`ig`a yotib qo`yar tosh uzra bosh,
Taxt uza ermas muzahhab muttako hojat anga.

Shah yurub olam ochar, darvesh olamdin qochar;
Ham o`zung insof bergilkim, bu ne nisbat anga

Har ne, shah maqsudidur, darveshning mardudidur!
Ko`r ne himmatdur munga, ne nav` erur holat anga.

Faqr ko`yi tufrog`in shah mulkiga bermas faqir,
Mulk ko`rkim, teng emas tufrog` ila qiymat anga.

Shah sipah cheksa, faqir ahvolig`a yetmas futur,
Bu vale chekkach nafas, barbod o`lur hashmat anga.

Shah emastur bir nafas osuda do`zax vahmidin,
Ey xusho darveshkim, mardud erur jannat anga.

Shahg`a sidq ahli damidin mash`ali davlat yorur,
Mehrdekkim, subh anfosi ochar tal`at anga.

Shohg`a shahlig` musallamdur, agar bo`lg`ay mudom,
Shohlig` tarkin qilib, darvesh o`lur niyyat anga.

Mumkin ermas shahlar ichra buyla niyatlig`, magar
Shohi G`oziykim, muyassar bo`ldi bu davlat anga.

Shohlar darveshiyu darveshlar shohiki, bor
Shohlig` suvrat anga, darveshlik siyrat anga.

To shahu darvesh bo`lg`ay aylagil, yo rab, ayon,
Shohdin xidmat munga, darveshdin himmat anga.

Gar Navoiy so`z uzatti faqrdin ermas demang,
Bo`lmag`uncha hukm shahdin qayda bu jur`at anga?!

9

Ul parivashkim, bo`lubmen zoru sargardon anga,
Ishqidin olam menga hayronu men hayron anga.

O`qlaringdin dambadam taskin topar ko`nglum o`ti,
Bordurur bir qatra su go`yoki har paykon anga.

Bir dilovardur ko`ngulkim, g`am sipohi qalbida,
Ohi novak, toza dog`idur qizil qalqon anga.

Novakining parru paykonida rangin tus erur
Yoki ko`nglumdin chu parron o`tti yuqmish qon anga.

Nomai shavqum ne nav` ul oyg`a yetkay, chunki men
El otin o`qur hasaddin yozmadim unvon anga.

Xizri xattingning ajab yo`q sabzu xurram bo`lmog`i,
Labbalab chunkim berur su chashmayi hayvon anga.

Ey xusho, mug` ko`yikim, rif`at bila ziynatda bor
Mehr anga bir shamsavu ko`k toqidur ayvon anga.

Istamish bulbul vafo guldin magarkim joladin
Bag`ri qotmish g`unchaning, baskim erur xandon anga.

Qilmamish jonin fido jonong`a yetmas der emish,
Ey Navoiy, ushbu so`z birla fido yuz jon anga

10

Sinsa ko`nglumda o`qung surtub isig` qondin anga,
Pay masallik chirmag`aymen rishtayi jondin anga.

Bodayi la`ling mizoji ruhparvardur base,
Go`yiyo mamzuj etibsen obi hayvondin anga.

O`qi ko`nglum shu`lasin gah sokin etti, goh tez,
Gah o`tun bo`ldi, gahe su urdu paykondin anga.

Dardu g`am  bo`stonining tovusidur  ko`nglum qushi,
Gul bo`lub jismimda keskan na`l har yondin anga.

Ne kabutar yeta olur ul quyoshqa, ne nasim,
Ey ko`ngul, holingni e`lom ayla afg`ondin anga.

Ko`zga to kirmish xayoling sovug` ohim vahmidin,
Bog`lamish men qo`re har sori mujgondin anga.

Ey Navoiy, yig`lamoq ohimg`a taskin bermadi,
Vah, bu ne o`tdurki, yo`q ta`sir to`fondin anga.

11

Vahki ishqing zohir etsam vahm erur o`lmak manga,
Gar nihon tutsam dag`i jon xavfidur beshak manga.

Kelgan ermish ul Masih o`lganlarin tirguzgali,
Men tirig, vah, yaxshiroq bu umrdin o`lmak manga.

Juzv-juzvumni, fig`onkim, munfak etti tiyg`i hajr
Bir-biridin lek o`zidur juzvi loyanfak manga.

Ko`nglum o`tidin yig`och kuldur, bashok bir qatra su.
Nogah ul sho`xi jafokesh otsa bir novak manga.

Oltun ezinib-erib kuygan soyu xolis bo`lur,
Ne ajab sarg`arsa yuz, yetkan soyu emgak manga.

Chok aylarmen yoqa ul qoshi yoni ko`rgach-o`q,
Kim xadangin otsa hoyil bo`lmag`ay ko`nglak manga.

Boda hajridin oqarmish ko`zlarim, ey piri dayr,
Aylagil may shishasidin sindurub aynak manga,

Sarsari hijron, vujudum xirmanin andoq sovur
Kim, fano yo`lida sarsar bo`lmasun hamtak manga.

Ey Navoiy, gar manga ko`prak emas ummidi vasl,
Bas nag`u ushshoqidin javri erur ko`prak manga.

12

Garchi hajringdin erur yuz g`amu ozor manga,
G`am emas vaslingga ummid agar bor manga.

Bir buzug` uzra junun qushlari qo`ng`an kebidur,
Toshkim, yog`durur ul sho`xi sitamgor manga.

Zohid uchmog`ni etar vasfu men ul oy ko`yin,
Gulshani xuld anga, ul gulli ruxsor manga.

Telba  andog`ki pariy  jilvasidin oldarag`ay,
O`t solur har taraf ul turfa namudor manga.

Baski qonimni yalarlar, adadi ko`p yaradin,
Itlarin qildi muloyim tani afgor manga.

Ko`nglum istar yana maqsud jamoli aksin,
Soqiyo, tut qadahi oyinakirdor manga.

Subha torini yig`, ey shayxki, bir lahza burun
Taqtilar mug`bachalar  rishtayi zunnor manga.

Solg`il, ey ishq, vujudumg`a fano o`tinikim,
Yopti maqsud yuzin pardayi pindor manga.

Chun vafo ahli zamon zotida yo`qtur, ne ajab,
Har zamon qilsa jafo ul buti ayyor manga.

G`arazim bir necha kun shohidu maydur, yo`q esa,
Ey Navoiy, bu fano dayrida ne bor manga?

13

Ul  malohat ganji hajrida buzug` maskan manga,
Uyladurkim, jondin ayru yuz yaralig` tan manga.

Mehr ila mah partavidin ko`zni ravshan qilmadim,
Bo`lg`ali mehri ruhung mohiyyati ravshan manga.

Bo`ldi ravzan-ravzan ul qotil xadangidin ko`ngul,
Jon qushi chiqmoqqa bir yo`l angla har ravzan manga.

Men o`larmen g`amdinu, yig`lab kuyub boshimda sham`
Dudidin chirmab qora har tun tutar shevan manga.

Rahm etib holimg`a dushman do`st bo`lmoq, vah, ne sud.
Do`st chun  rahm  aylamay bo`lmishturur dushman  manga.

G`am tuni zulmida xandon bo`lmadi holimg`a subh,
Subhdek ne tongki, bo`lg`ay chok pirohan manga.

Ey Navoiy, ishq mushkil deb nechuk tarkin tutay,
Elga gar bu ish hunar bo`lsa, bo`luptur fan manga.

14

Shahr bir oy furqatidin bayt ul-ahzondur manga,
Bir guli ra`no g`amidin bog` zindondur manga.

Bazmi ishrat ichra siz may no`sh eting, ey do`stlar
Kim, nasib ul la`li lab hijronidin qondur manga.

Chiqti ahlu fahm ila sabru ko`ngul tan mulkidin,
Chiqmayin har lahza zahmat berguchi jondur manga.

O`qi baskim tandadur, tegmas tanimg`a o`zga zaxm,
Ulki o`q deb nola qildim, emdi qalqondur manga.

Uyla rasvomenki, ko`yu ko`chada holim ko`rub,
Ba`zi el giryonu ba`zi xalq xandondur manga.

Hajridin bag`rim sudur, ul su aro bolig` kebi,
Dardu mehnat o`qidin bir necha paykondur manga.

Hur mujgonin agar surtay desa qilman qabul
Kim, ayog`da orzu xori mug`iylondur manga.

May ichib toatni favt etmangki ul o`t tobidin,
Necha boqsam bahra holo dag`i hirmondur manga.

Ey Navoiy, xalq der: jon beru yo kech ishqidin,
Garchi bu dushvor erur, lekin ul osondur manga.

15

Menmudur menkim sening vasling muyassardur manga,
Baxti gumrahdin qachon bu qissa bovardur manga.

Haq tanuqturkim, tiriklikdin manga sensen murod,
Yo`qsa olamning yo`qi-bori barobardur manga.

Ey ko`ngul, g`avvosi bahri vasl o`lubmen, ne ajab,
Gar nasib emdi o`shul pokiza gavhardur manga.

Ne uchun bazmi visol nchinda ichmay bodakim,
Ko`ziyu og`zi bugun bodomu shakkardur manga.

Oyu xurshidingni yig`, ey charxi gardunkim, bu dam
Hamdam ul oy chehralig xurshidpaykardur manga.

Sarvni o`rtab, sumanni yelga ber, ey bog`bon
Kim, bugun hamsuhbat ul sarvi sumanbardur manga.

Qo`rqaram hirmon sahobin yopmag`ay fahm etsa charx
Kim, shabiston mehr sham`idin munavvardur manga.

Ey Navoiy, hech bilmonkim topibmen vaslini,
Yo magarkim jumlayi olam musaxxardur manga.

16

Ko`rgali husnungni zoru mubtalo bo`ldum sanga,
Ne balolig` kun edikim, oshno bo`ldum sanga.

Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin ko`ngul,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo`ldum sanga.

Men qachon dedim vafo qilg`il, manga zulm aylading,
Sen qachon deding fido bo`lg`il manga, bo`ldum sanga.

Qay pari paykarg`a-dersen-telba bo`ldung bu sifat,
Ey pariypaykar, ne qilsang qil manga, bo`ldum sanga.

Ey ko`ngul, tarki nasihat ayladim avvora bo`l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo`ldum sanga.

Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo`ldum sanga.

G`ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo`ldum sanga.

17

Qahring o`lsa, barcha ishimdin malolatdur sanga,
Lutfung o`lsa, yuz meningdekdin farog`atdur sanga.

Ey meni sargashtadin gah forig`u gohi malul,
Qahring ul, lutfung bu, yorabkim, ne odatdur sanga?

Lutfung ozi jon olur, qahring ko`pi ham o`lturur,
Bul`ajab holedurur, oyo ne holatdur sanga.

Pand eshitmay sevding ani, ey ko`ngul, chek dardu ranj,
Ozdurur har lahza gar yuz muncha ofatdur sanga.

Vahm et ohim o`tidin, ey gulki, davron bog`ida
Ko`z yoshimdin bu qadar lutfu tarovatdur sanga.

Ey quyosh, mehr ahlini kuydurma bu vodiydakim,
Garmravlar ohidin muncha haroratdur sanga.

Ey Navoiy, istama vasl ul quyoshdin zarradek,
Chun necha ul qilsa istig`no, haqoratdur sanga.

18

Ey alifdek qomating mayli buzulg`an jon aro
Ganji husnung javhari bu xotiri vayron aro.

Kulmaging ichra malohat uyladurkim, sho`xlar
O`ynamoqdin yuz yoshururlar guli xandon aro.

Gar kalomingni Masih anfosi dedim, ey habib,
Ayb qilmakim, g`alat gohe tushar Qur`on aro.

O`qlaringdin jon toparmen, go`yiyo paykonlari
Su icharda g`o`ta topmish chashmayi hayvon aro.

Xasta ko`nglum ohi ko`nglungga dedim qilg`ay asar,
Qayda o`ltursun vale bemor o`qi sandon aro.

Boshta gavhar go`yining fikridin ortar dardisar
Kimki, kechti boshidin go`y urdi bu maydon aro.

Uyki, adno tebranur sokinga xotir jam` emas,
Ne ajab, gar amn yo`qtur gunbadi gardon aro.

La`ling olg`an ko`nglum ahvolin munajjim chun ko`rar,
Aytur ul avvora bo`lg`an g`oyibingdur qon aro.

Ey Navoiy, ishq dardi ko`rgan el ko`nglin buzar,
Har xaroshekim, unung zohir qilur afg`on aro.

19

Kimki ko`rsa mushki nob ul sunbuli serob aro,
Bir qora tufrog` degaykim tushti mushki nob aro.

Qoshing ichra rishtayi jonimg`a chirmang`an ko`ngul,
Ankabutedurki, aylabdur vatan mehrob aro.

Ul quyoshdin ayru ashkim yomg`urining barqidur,
O`t tutashqan rishta yanglig` jismi pechu tob aro.

Ul labi unnobgun ko`nglumga ekkan tuxmi mehr,
Ko`nglum ichra yoshurundur donadek unnob aro.

Uyqu saydi qasdig`a otqan toshingdindur nishon,
Ko`z qorasi demagil bu diydayi bexob aro.

Charxi doyir bahridin el tutmasun sohil umid,
Kim qutulmas har kishikim, tushti bu girdob aro.

Gar Navoiy yodini qilmoq habib imkon emas,
Basdurur mazkur ham bo`lsa gahe ahbob aro.

20

Zavraq ichra ul quyosh sayr aylamag Jayhun aro,
Axtari sa`de hilol ichra kezar gardun aro.

Anglamon Jayhunda ul oy kema birla sayr etar
Yo hilolu mehr aksin el ko`rar Jayhun aro.

Kemadin har dam chiqib rangin su ko`zum qonidek,
Anda yor andoqki mardum diydayi purxun aro.

Borg`il, ey Majnunki, ul oy zavraqidek tez emas,
Jungkim Laylo amoriysin chekar homun aro.

Olma xum girdobidin bir lahza sog`ar zavraqin,
Bahri g`amdni istasang maxlas bu dahri dun aro.

Bahr  mavjidin  mushavvash  bo`lmasun deb xotiring,
Mavj urar yuz bahri g`am bu xotiri mahzun aro.

Dur bo`lur bahr ichra pinhon, nazmidin shah madhida
Bahr yoshurmish Navoiy har duri maknun aro.

21

Ming zaxm urdi xanjari ishqing bu tan aro,
Bu tanni hajr tashladi yuz ming tikan aro.

Lek ul tikanlar ichra xayoling bila ko`ngul
O`ynar magar gul uzrayu ag`nar suman aro.

Jism o`yidin ko`ngul tilar ul ko`yni, valek
G`urbat suubatin kishi bilmas vatan aro.

Ermas uchug` labingdaki ul yuz Suhaylidin
Rang olmadi bu qatra aqiqi Yaman aro.

Jonim labing shahidi ekanga tonug` durur
Har ol rishta qong`a bo`yalg`an kafan aro.

Bulbul ne kuymasunki, bir o`t yoqti qasdig`a
Har otashin gul ushbu vafosiz chaman aro.

Ko`rdung Navoiy ul sari zulf uzra yuz shikan,
Ko`r emdi yuz shikasta ko`ngul har shikan aro.

22

Ikki barmog` birla tuttum la`lin ul ruxsor aro,
Uylakim bulbul tutar gul yafrog`in minqor aro.

Xatda ruxsoring su erkinmu yoshung`an sabzada,
Yo`qsa ko`zgudurki, qolmish har taraf zangor aro.

Ko`hi g`am tortarg`a xasdek jism ila bel bog`ladim,
Ostig`a qolmishmen andog`kim samon devor aro.

May dema qushlar qanotining yelidin bo`lg`usi
Naxli qadding moyil o`lmoq har taraf raftor aro.

Shakkari la`li xayolidin  sarosar  mo`rdurur.
Sochida ermas tugun uzra tugun har tor aro.

Kofiri ishq o`lg`an avlo demasa iymon so`zin,
Xo`b emas tasbih tori rishtayi zunnor aro.

Vusma uzra zarvaraqliq ikki qoshing yuz uza,
Jilvagar bo`lg`an iki tovus erur gulzor aro.

Qomatim gullar ochilg`an bir tikan shoxi durur,
To`lg`ali paykonlaring qonlig` tani afgor aro.

Gulshan ichra chun butar gul, sho`ra yerdin sho`razor,
G`ayri g`adr ahli ne bo`lg`ay olami g`addor aro.

Davr eli bedodidin gar maxlas istarsen, mudom
Kup ayog`idin bosh olma kulbayi xammor aro.

Haq tilar bo`lsang Navoiy silk dunyodin etak,
Ishqing o`lsa pok, o`zni qo`yma bu murdor aro.

23

Ko`nglum o`rtansun agar g`ayringg`a parvo aylasa,
Har ko`ngul hamkim sening shavqungni paydo aylasa.

Har kishi vaslin tamanno aylasam navmid o`lay,
Har kishi hamkim sening vasling tamanno aylasa.

O`zgalar  husnin tamosho  aylasam chiqsun ko`zum,
O`zga bir ko`z hamki husnungni tamosho aylasa.

G`ayr zikrin oshkoro qilsa lol o`lsun tilim,
Qaysi bir til hamki zikring oshkoro aylasa.

Rashkdin jonimg`a har nargis ko`zi bir shu`ladur,
Bog` aro nogax xirom ul sarvi ra`no aylasa.

Yo`q og`izdin nukta aytur mahvashimdek bo`lmag`ay,
Gar quyosh har zarrasidin bir Masiho aylasa.

Ofiyat jonimg`a yetti, ey xush ul mug`kim, meni
Bir qadah birla xarobot ichra rasvo aylasa.

Kelturung daf`i jununumg`a pariyxon, yo`q tabib
Kim ul ansabdur pari har kimni shaydo aylasa.

Subhdek bir damda gardun qo`ymag`ay osorini,
Nogah ahli sidq ko`ngli mehrin ifsho aylasa.

Dahr sho`xig`a, Navoiy, sayd bo`lma nechakim,
Kun uzori uzra tun zulfin mutarro aylasa.

24

Erur ishq ahli go`ristoniyu yuz ming mazor anda,
Fano shahriyu lavhu miyldin toqu manor anda.

Ajab shahreki uy go`r o`lg`ayu sukkoni jonsiz tan,
Muoshir motamiylar, navha ahli nag`magor anda.

Ko`ngullar toza-toza dog` ila qon ichra aylang`an,
Ko`rarsen loladin gah-gah guzar qilsang bahor anda.

Giyoh ermaski ishq ahli shahidi bag`rig`a qong`on,
Bo`luptur barcha zahrolud nishtar oshkor anda.

Magar tavsan minib, sanchib etak, tortib qilich har dam,
Ulus qatlig`a javlon qilmish ul chobuksuvor anda.

Bu o`lganlarga umri Xizr bergay, gar yana nogah,
Masihim obi hayvon yanglig` etsa bir guzor anda.

Ko`runglar ishq dashtinkim, nasimu loladin har yon,
Gahe jonbaxsh salqindur, gahe muhlik sharor anda.

Erur ishq oyatekim, nuqtasining donasin ko`rgach,
Tushar arvohi qudsiy qushlari beixtiyor anda.

Navoiy, dayr aro kir, gar fano jomi tilar ko`nglung,
Riyodur xonaqah ahlida, borma zinhor anda!

25

Dog`larkim, qo`ydum ul oy furqati ozorida,
Dudi har birning erur dog`e falak ruxsorida.

Za`fim ichra qasri tomig`a tayang`andekdurur,
Har somon ko`rsang yopushqan ko`yining devorida.

Bir musulmong`a erur din qasdi etkandin hisob
Har tugunkim, ko`rsang ul kofir sochi zunnorida.

Gulshan ichra ko`p binafshangdin dema, ey bog`bon,
Nil ila, ko`r, xollar har yon yuzi gulzorida.

Qo`ydi gulgun muhrlar jon pardasida qon ila,
Vahki, solur muhri, yo gulmu ekin dastorida.

Tang`a jon kirgan kebi jononni yetkur, ey tabib,
Emdikim, jondin ramaq zohir emas bemorida.

Vahki, bir qotilg`a oshiqmenki jonning biymi bor,
Ishqining joy ichra ham ixfosi, ham izhorida.

Topmasang davr ahlidin mehru vafo, ayb etmakim,
Butmamish bu meva davron bog`ining ashjorida.

Ey Navoiy, aqlu din yag`mo qilur davron mayi,
Chiq ravon bu bazmdin filjumla hushung borida.

26

Ey ko`ngul, gar kimsa ahvolim demas yor ollida,
Xotirim kimdin malul o`lsun, kimim bor ollida?!

Ul ko`z ollida halokim desalar, yo`q bok hech,
Garchi o`lmakdin demak yo`q shart bemor ollida.

Ne jafokashmen ko`rungkim, bor anga qilmoq jafo,
So`z vafodin zohir etsam ul jafokor ollida.

Ollig`a gullarki, sanchibdur, mushobihdur anga
Kim, tushar gohe mulavvan muhr dastor ollida.

Ko`zlaring qonim g`izo qilsun agar yolg`on desam,
Bir qoshuq qonim bihil ul ikki xunxor ollida.

May berur bo`lsang manga dayr ichra ber, ey mug`bacha
Kim, qo`yay boshimni qo`ysam piri xammor ollida.

Ey Navoiy, er esang dunyo arusin qil taloq,
Bir yo`li bo`lma zabun bu zoli makkor ollida.

27

Dahr elidin naf` agar yo`qtur, zarar ham bo`lmasa,
Marham ar yo`qtur, ko`ngulga nishtar ham bo`lmasa.

Olam ahlidin agar yo`qtur jigargun sog`are,
Koshki yuz ming qadah xuni jigar ham bo`lmasa.

Mahvashekim bo`lmag`ay vaslidin ummidi hayot,
Xushtururkim jong`a hajridin xatar ham bo`lmasa.

Bedilekim, bexabar tushkay birov hijronig`a,
Ne balodur gah-gahe andin xabar ham bo`lmasa.

Soqiyo, netkay meni ul nav` qilsang mastkim,
Aqlu hushumdin nishon, balkim asar ham bo`lmasa

Kim, tuzay mastona Shohi G`oziy avsofida savt,
Bu ko`ngul gar bo`lsa o`z holida, gar ham bo`lmasa.

Ey, Navoiy, sen chekarsen oh, lekin yaxshidur
Ul pariyning zulfi bu yel birla darham bo`lmasa.

28

Ne xush bo`lg`ay ikovlan mast bo`lsaq vasl bog`inda,
Qo`lum bo`lsa aning bo`ynidavu og`zim qulog`inda.

Dame vasl ichra volalig` bila ruxsorim egnida,
Yana bir dam niyozu ajz ila boshim ayog`inda.


Tutub gohe zanaxdonin mukarrar aylasam bot-bot,
Ko`rub gullar ochilg`an bodadin ruxsori bog`inda.

Shimib yutsam gahe hayvon suyidek zavqdin ko`rgach,
Tarashshuh bodadin gul yafrog`i yanglig` dudog`inda.

Gahe ko`z surtarimda, yo`qsa har yon shodlig` ashkim,
Gul uzra qatra shabnamlar kebi siymin saqog`inda.

Gahe bexudlug`umdin seskanib tutsam  adab rasmi
Beliga chirmashurda shavqning ifroti chog`inda.

Ne kelsa tongla kelsun, bir tun usruk yotsa ham xushtur
Kishi gul chog`i bir gul xirmanin tortib quchog`inda.

Qachon davron manga  bir buyla ishratni ravo ko`rgay
Ki, o`rgatmish meni o`rtarga hijron dardu dog`inda.

Navoiy, sen kimu ishrat mayi bilmasmusenkim, it
Agar qon ichsa ham boshi keraktur o`z yalog`inda.

29

Yor tutar ko`nglumda gardundin judo bo`lg`an balo,
Jondadur devona ko`nglumdin xato bo`lg`an balo.

Istamankim, ishq mendin o`zgani qilg`ay asir,
Hech kishiga bo`lmasun, yo rab, manga bo`lg`an balo.

Shod yuzlanmang balolar  bizgakim bo`lmas xalos,
Bu ko`ngul zindoni ichra mubtalo bo`lg`an balo.

Vaslida rashk o`lturur, hajrida g`am, vahkim, manga
Vasl aro bo`lg`an balodur hajr aro bo`lg`an balo.

O`ltururlar hamdaming bo`lsam, o`larmen, bo`lmasam,
Bo`lmag`an, jono, sening birla balo, bo`lg`an balo.

Nosiho, oshiqlig`imni man` qilding, bilmading
Kim, nasihat birla daf` o`lmas qazo bo`lg`an balo.

Chun balosiz kom yo`q topmas baqo komin magar
Kimki, ani o`rtamas oti fano bo`lg`an balo.

Ey Navoiy, toki bordi yor, bildim hajr emish
Shiddat ichra har baliyatdin sivo bo`lg`an balo.

30

Xil`atin aylabmudur ul sho`xi siyminbar qaro,
Tun savodi birla kiygandek mahi anvar qaro.

Ul pariy hindusimen men telbakim, uryon tanim
Tifllar toshidin iynak bo`ldi sartosar qaro.

Ashkdek oqti qora su ko`zlarimdin hajrida,
Tong yo`q idborim chu bo`lmishdur manga axtar  qaro.

Kosh o`yub yoqsang qora bo`lg`an ko`zumning mardumin,
Xoli maygunungni qilg`ancha qo`yub anbar qaro.

Ishq raf` o`lg`ach ko`ngulga yo`qturur juz tiyralik,
Ul sifatkim shu`lasi o`chkach bo`lur axgar qaro.

G`ayrdin qilg`il zamiring safhasin pok, ey faqih,
Tobakay qilmoq firebu makr ila daftar qaro.

Dudi ohidin qora ermas Navoiy kulbasi
Kim, qiliptur xonumonin bir pariypaykar qaro.

31

Ham ramad tekkan ko`zungga chashmi bedorim fido,
Ham uchuq chiqqan labingg`a joni afgorim fido.

Ashkkim, andin tomar, giryon ko`z aning sadqasi,
Qong`akim mundin chiqar bu chashmi xunborim fido.

Ul ko`zu bu labg`a umrum bog`u gulzorindag`i
Nargisu gul bargi, yo`qkim, bog`u gulzorim fido.

Ko`zu og`zingdin ketarga boru yo`q oshubu ranj
Sabru ishqim sadqa, ya`nikim, yo`qu borim fido.

Gar ko`ngul ohu ko`zung ollida loyiq bo`lmasa,
Itlaringga bo`lsun, ey sho`xi sitamgorim, fido.

Jon agar shirin labingg`a o`lgali darxo`r emas,
Aylay alfozing uchun, ey talx guftorim, fido.

O`zlugumning qaydidin bir may bila qilding xalos,
Vah ne dey, ey mug`, sanga but birla zunnorim fido.

Boda mir`otida shohid aksi zohir bo`lmadi,
Bodavu shohidqa bo`lmay naqd pindorim fido.

Ey Navoiy, demakim jonu ko`ngulni naylading,
Ayladim javlon qilib chiqqanda dildorim fido.

32

Davr el sog`arini qildi mayi nob to`la,
Juz mening eski safolimniki, xunob to`la.

Jomi maydek to`la qon bo`ldi ichim bermay dast,
YoEr bazmi aro ber jomi mayi nob to`la.

Vahki, har kirpigi bir nishtar erur zahrolud,
Garchi bor ul iki nargisda shakarxob to`la.

Jolalar tushtimu gul bargi aro, yoxud erur,
Huqqayi la`ling ichinda duri serob-to`la.

Orazing aksi durur ko`zdagi yosh evruladur,
Bog`i jannat gulidin bo`ldi bu girdob to`la.

Menu mug` dayri aro mug`bacha boshida g`ulu,
Senu zuhd ahli bila masjidu mehrob to`la.

Ey Navoiy, necha oz-ozg`ina may madrasada,
Dayr aro kirki, ichar shayx to`la, shob to`la.

33

Oncha davron birla ko`rdum ahli davrondin jafo
 Kim, ko`zumga to`tiyodek bo`ldi jonondin jafo.

Bu jafo daf`in ne yanglig` aylagaymenkim, yetar
Aylasam kimdin jafo man`in tama`, andin jafo.

Ming jafo har lahza ko`rsam, bir taraf, ul bir taraf
Kim, yetar jonon uchun jonimg`a hijrondin jafo.


Sayddekkim, chargada yuzlansa har yon kelgay-o`q,
Ahli davrondin kelur ko`nglumga har yondin jafo.

Gar ko`ngul ul zulfdin ko`rsa jafo, vah, ne ajab,
Chun ko`rar ushbu siyahro`zi parishondin jafo.

Angla, jonokim, jafo qilmoqqa topqung yo`q kishi,
Men jafokashga nedinkim o`tti imkondin jafo.

Kechalar ul oy jafosidinki afg`on tortaram,
Ul xud ortuqroq chekar har tun bu afg`ondin jafo.

Ne musulmonlig` bo`lur ushbuki, davron boshima
Etkurur har dam yana bir nomusulmondin jafo.

Ey Navoiy, borg`ali jonon sari jonim, yetar
Jong`a jonondin jafo, men xastag`a jondin jafo.

34

Gul uzra xatti mushkin birla to qilding raqam paydo,
Manga jon safhasida bo`ldi yuz xatti alam paydo.

Tuganlar ko`nglum ichra lazzati dardingni bildurdi,
Tana``um dast bermas kimsaga, bo`lmay diram paydo.

Shafaqgun yuz hiloliy qosh ila to jilvagar bo`ldung,
Ko`zumda bo`ldi qon zohir, qadimda bo`ldi xam paydo.

Samad qilg`ach zuhur ul nav`kim asnom o`lur ma`dum,
 Bo`lur butlar bari mabhut, bo`lg`ach ul sanam paydo.

Chu aylar jilvayi husn ul pariy ushshoq aro, netgay
Yuzin yoshurmasa bo`lg`an zamon men telba ham paydo.

Ne muhlik vodiy ermish ishq dashtikim, kishi anda
Qadam urg`an dam-o`q ko`zga bo`lur mulki adam paydo.

Qo`yung yig`layki ko`nglumning g`ubori pastroq bo`lsun
Ki, man`i gard etar nogah havoda bo`lsa nam paydo.

Oqizg`il boda selobini, ey soqiyki, hijrondin
Ko`ngul dashtida bo`lmish korvoni dardu g`am paydo.

Navoiyni chu so`rdung, ey pari, bir dam tavaqquf qil
Ki, ul majnun bo`lur sahro yuzidin dam-badam paydo.

35

Bo`lsa ikimizning yuzi aksi suda paydo,
Ul su  ne taraf borsa, ochilg`ay guli ra`no.

Zulfung g`ami ko`nglumni beling fikriga soldi,
Ko`rkim, ne taxayyulg`a soliptur ani savdo.

G`avg`o qilur el mahvashlar ko`yida, lekin
Mahvashlar ishi qilmoq aning ko`yida g`avg`o.

Ahvolima Farhod ila Majnung`a taajjub,
Ishq etti xirad ahli qoshida meni rasvo.

Har sori tamoshog`akim, ul sho`x qilur azm,
Io`q anga tamoshoki, erur elga tamosho.

Davron sanga zulm etsa, qadahlar to`la may ich,
Qon yutsang ayog`lar to`la davrong`a ne parvo.

Ul sho`xki maydon aro ko`rganga solur tiyg`,
Ko`rmasga solur, yetsa Navoiy sari amdo.

36

May birla yuzung tim-tim ahmarmu ekin oyo,
Yo shu`la aro bir-bir ahgarmu ekin oyo?

Har sari qulog`ingda gavharmu ekin yoxud
Har jonibida oyning axtarmu ekin oyo?

Ruxsoring uza xaydin yuz qatraki ko`rguzdung,
Gul bargida shabnamdin gavharmu ekin oyo?

G`uncha ichida davron muhkam tikan urg`andek,
Ko`nglum aro g`amzangdin xanjarmu ekin oyo?

Ko`nglum qushikim qolmish zulfung aro sargardon,
Savdo tunida soyir shapparmu ekin oyo?

Zulf ichra yuzi yanglig` ofoqni kuydurgan,
Ohim tutuni ichra ozarmu ekin oyo?

Hijrondamu ul mahvash ag`yorg`a moyildur
E zahri firoq ichra nishtarmu ekin oyo?

Jon pardasida har yonkim, yangi tuganlardur,
 Qatlimg`a falak tuzgan mahzarmu ekin oyo?

El desa Navoiynikim, javr ila tark etti
Ishqingni, sanga bu so`z bovarmu ekin oyo?

37

Zor jismimg`a hadanging zahmidin ortar navo
Sozdekkim, teshsalar ani fuzun aylar sado.

Qaddi hajrinda g`amim sham`ini har devorg`a
Kim, tayabmen saru andomi bila bo`lmish qaro.

G`unchang anfosi nasimi zavraqi jon qasdig`a
Etkurur har dam adam daryosidin mavji fano.

Orzuyi vaslidin ranjur erur munglug` ko`ngul,
Qut uchun tazvir ila bemor bo`lg`andek gado.

Nega yig`lab anbarin zulfin kesar hijron tuni,
O`lmagimni anglabon gar sham` tutmaydur azo.

Hajr dardin ko`ngluma kam qildi xoling oqibat,
Dog` emish dardi shaloyin xastag`a oxir davo.

Ruhparvardur Navoiy ohi ul yuz shavqidin
Ul sifatkim, lolau gul yuzidin kelgay sabo.

38

Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo,
Aylamas to`tiy takallum shakkaristondin judo.

Ul quyosh hajrinda qo`rqarmen falakni o`rtagay
 Har sharorekim, bo`lur bu o`tlug` afg`ondin judo.

Dema, hijronimda chekmaysen fig`onu nola ko`p,
Jism aylarmu fig`on bo`lg`an nafas jondin judo?

Hajr o`lumdin talx emish, mundin so`ng, ey gardun, meni
Aylagil jondin judo, qilg`uncha jonondin judo.

Bo`lsa yuz ming jonim ol, ey hajr, lekin qilmag`il
Yorni mendin judo yoxud meni andin judo.

Vasl aro parvona o`rtandi hamono bildikim,
Qilg`udekdur subh ani sham`i shabistondin judo.

Bir eyasiz it bo`lub erdi Navoiy yorsiz,
Bo`lmasun, yo rabki, hargiz banda sultondin judo.

39

Mahvasho, sarvqado, lolaruxo, siymtano.
Chorakim, qolmadi sabrim g`ami hajringda yano.

Axtari sa`d seningdekki tug`uptur go`yiy
Kim, quyosh erdi otavu to`lun oy erdi ono.

Gar falak sayridur istar seni aylab taku dav,
Var malak zikrin eshitsang sanga der madhu sano.

Uyla ishqing mayi labtashnasimenkim, ichman
Oz debon, bodam uchun bo`lsa falak jomi ino.

Ishq mehnatlari tarkini buyurmang mangakim,
Mujibi sihhatu quvvatdurur ul ranju ano.

Xonaqoh ichra erur shayxu o`zin ko`rsatmak,
Ey xusho, mug`bachalar jilvasiyu dayri fano.

Juz Navoiy borig`a jomi karomat tuttung,
Ayyuhas-soqiy, min-ul-ka`si fano ayna-ul-ano?

BE HARFINING BALOLARINING BIDOYATI
                     G`AROYIBDIN

40

Zihe visolingga tolib tutub o`zin matlub,
Muhabbatidin otingni habib atab mahbub.

Urujung aqshomi bo`lmay to`quz sipehr hijob,
Yuzung xijolatidin mehr o`lub vale mahjub.

O`t ichra tushsa bo`lur nisbati samandardek
Kishiki, ishqing o`tig`a o`zin qilib mansub.

Iting hisobig`a kirgan hisob vaqtida,
Agarchi jurmi erur behisob, emas mahsub.

Kitobat etmaganingdin qalamda nol ermas
Ki, tushti ko`ngli aro tob uylakim maktub.

Libosi motam aro qoldi to abad soya
Ki, mehridin nega yoningda bo`lmadi mashub.

Muti`i amring agar podishoh, agar soyil,
Gadoyi xoning agar hushmand, agar majzub.

Ajab yo`q olsa ko`ngul hushin ul iki gesu,
Bu bo`lsa silsila, ko`p telbani qilur mag`lub.

Tilasa ravzani zohid, Navoiyyu ko`yung
Ki, har kishi ani istarki, bor anga marg`ub.

41

Ikki o`tlug` nargisingkim, qildilar bag`rim kabob
Biridur ayni xumor ichinda, biri masti xob.

Tiyg` tortib dam ola olmay yetishting boshima,
Go`yiyo xurshid yanglig` yo`lda ko`rguzdung shitob.

Ofarinish baski ahvolimg`a yig`lar har kecha,
Ashk daryosi erur gardunu kavkablar hubob.

Tolpinurmen ashk aro har damki tishlar la`lini,
Kim tengizga tushsa, jon vahmidin aylar iztirob.

Ranju za`fim bo`lmish andoqkim so`rar kelgan ulus,
Holim aylarlar suvol, ammo eshitmaslar javob.

Necha tasbihing hisobi, zohido, ich bodakim,
Senu mendeklarga xud bu korgahda ne hisob.

Gar karam daryosining mavji budurkim, chog`ladim,
Qoni o`z bo`ynig`a, kim ishratdin etsa ijtinob.

Ich, Navoiy, mayki fahm ettuk tabibi ishqdin,
G`ussavu g`am zahrig`a taryok emish yoquti nob.

Xossa bazmikim quyosh jomin shafaq rohi bila
Elga tutqay xusravi anjumsipohi Jamjanob.

42

Qoshu yuzungni munajjim chunki ko`rdi beniqob,
Dedi: ko`rkim qavs burjidin tug`uptur oftob.

Bir labing jon oldi andoqkim, birisi bilmadi,
Emdikim bildi arolarida bordur shakkarob.

Gar falak qoshing bila bahse hilolidin qilur,
Bir desa payvasta, jono, eshitur ikki javob.

Gul kebi yuzungda ter fard etti hushumdin meni,
Garchi behush elga hush uchun muqavviydur gulob.

Kim sirishkim ko`rdi ma`lum etti ishqim hosilin,
Dona birla uylakim el naqdini aylar hisob.

Ne chamandur buki hasrat suyiyu dard o`tidin
Parvarish topmish qayu bir guldakim, bor obu tob.

Gar Navoiyning kuyuk bag`rida qondur, ne ajab,
Xomso`z o`lur yolin uzra tushub kuygan kabob.

43

Chobukekim, har taraf maydon aro aylar shitob,
Barqi lomi`dur samandi gardi andoqkim sahob.

O`qi rashkidin erur ko`ksum aro ko`nglum qushi,
Ul kabutarkim, qabaq ichinda qilg`ay iztirob.

Otsa o`q ul qoshi yo yuz pech urar jon rishtasi
Kim, manga hirmonu aning o`qig`a yetkay tanob.

Nogahon otqaymu deb bir o`q qabaq shakli bila
Boshi ustiga kelur maydonda har kun oftob.

Ul quyoshtin boshqa kim otqay qabaq, vah, ko`rmaduk
Axtari sa`deki, har dam zohir etkay bir shihob,

Jon berurmen qayrilur chog`da ko`rub belida pech,
O`lsa tong yo`q ulki, joni rishtasig`a tushsa tob.

Kimki sarkashrak, havodis o`qig`a ko`prak hadaf,
Ushbu holatni qabaq ahvolidin qilg`il hisob.

Ey Navoiy, chun o`qi har dam falak mayli qilur,
Sen oti gardiga qoni` bo`lki, bordursen turob.

44

Havo xush erdiyu ollimda bir qadah mayi nob,
Ichar edim vale g`amdin qadah-qadah xunob

Ki, hozir erdi o`shul sarvu nargisi maxmur,
Valek rag`mima qilmas edi qadahg`a shitob.

Manga ne zahrayi ulkim, desamki, bir qadah ich,
Ne onsiz ichkali may, ne qarori toqatu tob.

Bu g`ussa birla ichim qon bo`lub nechukki qadah,
Ko`zumga har nafas ashk evrulur misoli hubob.

Chu angladiki borur ixtiyor ilgimdin,
Kulub qadah kebi lutf ayladiyu qo`ydi itob.

Qadahni ichtiyu yuz loba birla tutti manga
Ki, aning ichkani-o`q qildi meni masti xarob.

Chu soqiy etti qadah ko`zgusida jilvayi husn,
Ne ayb oshiqi mayxora ko`ngli bo`lsa yabob.

Navoiy vasl bihishtida shukr qil bu nafas
Ki, yana chekmagasen hajr do`zaxida azob.

45

Yuz so`zumdin biriga bermas javob ul no`shlab,
Og`zini yo`qtur desam voqi`ki, hech ermas ajab.

Nuqtayi xoling nedin shirin labing ustidadur,
Nuqta chun ostin bo`lur har qaydakim yozilsa lab.

Vasl ne yanglig` muyassar bo`lg`usidur, chun erur
Dilbarim nozuk mizoju men bag`oyat beadab.

Tar quyosh derlar yuzungni garm bo`lub chekma tiyg`,
Elga jurme yo`q, inar chun osmondin har laqab.

La`ling olsa choklik bemor ko`nglumni ne tong
Ey malohat naxli, chunkim xastasiz bo`lmas rutab.

Zindadil Majnunning o`lmish ko`ngli chun Laylog`a hay,
Bas ne osig` ani haydin qovlamog`lig`, ey arab.

Tolib ulkim topmasang dag`i bu baskim, aylamas
Bir nafas g`ofil seni matlub yodidin talab.

Qahr barqi birla rahmat yomg`uri gar buyladur,
Emin ermas Bul`alo, navmid emastur Bulahab.

Gar navo topsa Navoiy lablaringning zikridin,
Tong emastur, chun mudom afzun bo`lur maydin tarab.

46

Subhi davlat yuzung, ey tavsani gardun sanga ashhab,
Boshing ustidagi dur uylaki, tong boshida kavkab.

Poymol etkan uchun markabi javlonda boshimni
Uzr uchun qildim aning na`lini yuz birla muzahhab.

Mehr turkin qilibon past, falak raxshidin o`tti,
Olloh-olloh, bu ne rokibdururu, vah, bu ne markab.

Ne qatig` holki, hajring kechasi ting`ali qo`ymas,
Er elin ashk ila anduh, ko`k elin na`ravu yo rab.

Iti mehmonlig` uchun emdi qadam qo`ysa bo`lurkim,
Ko`ngul o`t qildi muhayyovu bag`ir tu`ma murattab.

Har kishi bo`ldi qulung, ul kishidur olam aro shah,
Qullaring qurbini kim topsa erur shahg`a muqarrab.

Yuzi vasfida kerak safha vale lavhayi xurshid,
Sochi vasfini yozar vaqtda tun dudi murakkab.

Yor chun barcha zamon nozir erur holinga, bo`lg`il
Bori holatda mushohid, bori el birla muaddab.

Telbarab ko`ngli Navoiyning agar arbada aylar,
Daf`ig`a silsilayi zulf ila basdur chahi g`abg`ab.

47

Necha bo`lg`ay manga hajr ichra tazallum, yo rab?
Ayla bu zulm aro holimg`a tarahhum, yo rab.

Va`dayi qatl qilib va`dag`a qilg`uncha vafo,
Nega men xastani o`lturdi tavahhum, yo rab?

Lablarining kalimotiki, berur jismg`a ruh,
Obi hayvon unidur, yo`qsa takallum, yo rab.

Xoni vaslida o`kush ne`mat arodur ag`yor,
Ro`ziy et bizga ham ul nav` tana``um, yo rab.

Vahki, ko`nglumni shikof etti kulumsub og`zi,
G`unchalarni netib ochti bu tabassum, yo rab.

Umr chun foniy emish, gar kishi olam shahidur,
Chun o`lar, nevchun etar muncha taazzum, yo rab.

Yor qatl etkali ushshoqini yig`durg`an emish,
Ber bu bazm ichra Navoiyg`a taqaddum, yo rab.

48

Ey, sanga yuz xo`bu lab xo`bu labingdin kulgu xo`b,
Har nekim voqe` bo`lur sendin, ko`zumga asru xo`b.

Deding ul oy vasfin, ey roviy, yana so`z demagil
Xo`blardinkim, so`zung erdi bu yerga tegru xo`b.

Xo`blar qul bo`ldilar, lekin pariylar qochtilar,
Olam ichra odamiy bir sencha bor erkinmu xo`b.

Xo`blarni arz qildim,  qilmadi ko`nglum pisand,
Ani ko`rgach ixtiyori qolmayin dedi bu xo`b.

Vaslida jonimg`a hajridin ne kelganni deman
Kim, farah bazmida zikr etmak emastur qayg`u xo`b,

Javru lutfu kibru noz andin ko`ngulga xo`b erur,
Haq azalda zotini oning yaratibdur chu xo`b.

Sof qil xotirki, solg`ay aks ul yuz yaxshikim,
Ko`rguzur yuzni, qachonkim ravshan o`ldi ko`zgu xo`b.

Ey ko`ngul, borsang ul oy nazzorasig`a zinhor
Ashk birla ko`zlaringdin g`ayrining naqshin yuv xo`b.

Xo`blarni ko`rmasa sensiz Navoiy qilma ayb
Kim, ko`runmaydur ko`ziga kimsa sendin ayru xo`b.

49

Sen labing so`rg`an soyi men qon yutarmen, ey habib,
Sen may ichqilkim, manga xuni jigar bo`lmish nasib,

Dedilar, ahbob dardig`a habib aylar davo,
Vahki, men kuydum muhabbattin, emas voqif habib.

Ko`yungga kirgach, ko`ngul qoshingg`a mayl aylar bale,
Go`shaiy mehrob etar payvasta manzilgah g`arib.

Chehra sarg`arg`an soyi ortar ko`ngulning nolasi,
Bor ajab voqi` xazon faslida nolon andalib.

Xos, lillah, sharbatimni zahri qotil birla ez,
Chun ish andin o`ttikim, kelgay Masihim, ey tabib.

Necha ul oy mehridin shaydo ko`ngulni ovutay,
Telbaga yolg`on hikoyat birla bergandek fireb.

Mayg`a rahn o`lmay fano dayrida tasbihu rido,
Piri dayr etmas havola elga zunnoru salib.

Nafsing etsa sho`xlug`, charx emgagidin qil adab,
Tiflni andoqki zajr aylar falak birla adib.

Ey Navoiy, zulmidin dermenki ishqin tark etay,
To nazardin g`oyib o`ldi, yo`q yana sabru shikeb.

50

Ishqdin yonsa tanim so`rma sabab,
Kuysa xoshok yolindin ne ajab.

Sekridi, chunki samanding dedi aql,
Barq bo`lmish bu quyoshqa markab.

Xo`blar maktab aro xayli nujum,
Ul quyosh o`rtada mohi maktab.

Zaqaning chohu aning ostida xol,
Chohning nuqtasi, ey no`shin lab.

Husn aro ishvau noz el ko`nglin
Oncha olmaski hayo birla adab.

Nega matlub tilarsen, chunkim
Ne talabdur sanga, ne dard talab.

Hajr aro xasta Navoiyyu fig`on,
Ey visol ahli, sizu lahni tarab.

51

Og`zining sirri manga ma`lum agar ermas ne ayb,
Hech kimga zarrae chun bermamish haq ilmi g`ayb.

Oshiqu shaydolig`imni man` etar zohid, ko`rung
Kim, hunar ham bor emish nodon kishi ollida ayb.

Yoshurun qolg`aymu ko`ksum jaybidek chok o`lg`ani
Xossakim, hajr ilgidin ko`ksum kebi chok erdi jayb.

Ko`zlaring birla labing andog`ki urdi din yo`lin,
Ne balolardin Bilol o`tkay, ne sahbodin Suhayb.

Zarrag`a sadyak esa og`zing manga yo`q hech shak,
Chehrang o`lg`andek quyoshning dah sadi yo`q hech rayb.

Pirsiz kezma bu vodiy ichrakim, topmas Kalim
Tiyra shomin ravshan amr etmay anga xidmat Shuayb.

Ey Navoiy, sendek etkan zoyi` ayyomi shabob,
Sudi yo`q anjum kebi ashki nadomat shomi shayb.

52

Bovujudikim adam bo`ldum g`amidin qayg`urub,
Hech og`zining so`rog`in la`lidin topman so`rub.

Jonki, qat-qat qon bo`luptur, dog`i ishqing ketmagay,
Lola bargidek ani bir-bir sovursang kuydurub.

Novaking ko`nglumda qilmish xona bovar qilmasang,
Ko`ksuma ilgingni kelturkim, turuptur bilgurub.

Ishqidur  jon pardasida ravshan ettim, do`stlar,
Necha kuygaymen harir ichinda o`tni yashurub.

Barqdek po`yamni ayb etmang salomat ahlikim,
Mundog` o`tekim, tutashibdur manga bo`lmas turub.

Istama tahsinki, shokirmen ne kelsa ollima,
Shukr qilmay naylay olursen qazoni yozg`urub.

Chun Navoiy jonig`a marham erur paykonlaring,
Qosh, yoqsa marhame o`qung yonimg`a o`lturub.

53

Xoki poyi bo`ldi joni xoksorim qon yutub
Kim, chiqib la`lini o`pkay rishtai zulfin tutub.

Zulfin ochqanda zanax chohig`a tushkay ming ko`ngul,
Qo`ymasa ul choh uza ruxsori sham`in yorutub.

Ishqi muhriq dashtini qat` aylamak dushvor erur,
Kirmasam, ohim yeli birla havosin sovutub.

Kuygali roziymenu hajrig`a yo`q, vahkim, meni
Ayladi roziy isitmoqqa o`lumdin qo`rqutub.

Deb emish bir kun kelib ko`ngli yarasin butkaray,
Kelsa butqil, ey ko`ngul, bu so`zga xud bo`lmas butub.

Dahr bo`stonida qilmoq sayr aylab hoyuhuy
Harza kezmakdur hayoting qushlarini urkutub.

Jomi vaslingdinki, elni tirguzursen, bil yaqin
Kim, Navoiy o`lgusi xunobayi hijron yutub.

54

Vah, ne qotildur kelur oyini qatlu kin solib,
Oshiq o`lturmak uchun har qoshig`a yuz chin solib.

Chun o`tub ishq ahlidin oshubi sabru fahm o`lub,
Chun yetib zuhd ahlig`a toroji aqlu din solib.

El sarikim yuzlanib qindin chiqarib tiyg`i kin,
Chun manga markab surub boshimg`a tiyg`i kin solib.

Bu sarig` ruxsora birla qon yoshimdin yod qil,
Ichsang oltun jom ichinda bodayi rangin solib.

Sensizin, ey umr, chun mumkin emas oromu sabr,
Borma hardam bizni mundog` bedilu g`amgin solib.

Har tarafkim, gom urub yuz porso yo`lin urub,
Har qayonkim, ko`z solib yag`movu qatl oyin solib.

Bog`i husnungkim gul ochti rang-rang, ey mug`bacha,
Go`yi ichting mayg`a bargi lolau nasrin solib.

Shar`siz xoshok aro xashxoshdekdur, ey hakim,
Ko`kka chiqsang jaybing ichra subhayi parvin solib.

Dardu g`am qolib, Navoiy joni chiqti oqibat,
Hajr elindin xonumonin bordi ul miskin solib.

55

Xanjaring jonimg`a yetti ko`kragimga sanchilib,
Novaking yonimg`a o`lturdi iyodatqa kelib.

Kirib o`tgan o`qlaring jon pardasin resh etgali
Safhadekturkim qirilg`ay sahv xatlar yozilib.

Yugurur har kirpikimga ortilib bir qatra yosh,
Sho`x yoshlardekki o`ynarlar chubuq markab qilib.

Ushbu hijron kechasin tush ko`rsam erdi nogahon,
O`lgay erdim vahmdin, albatta, zahram yorilib.

Na`lim ichra dog` uchun qo`yg`an fatila dud ila,
Dard o`chog`inda tutaydur anda o`ti yoqilib.

Ul quyosh birla borur el soyadek, men xoksor,
Vahki, qolurmen izining tufrog`idek ayrilib.

Sirri vahdat chun fano dayrida sig`mas lafz aro,
Nevchun oyo xonaqah ichra tuganmas aytilib.

Nuktayi tavhidni bilgan qila olmas bayon
Kim, bayon qildim desa bilgilki qilmaydur bilib.

Ey Navoiy, mayda soqiy la`lidin ermish furug`,
Kayfiyatni chunki fahm etting netarsen oyilib.

56

So`zi hajring ichra har dam za`flig` jismim yonib,
O`tqa tushgan qil masalliq o`rtanurmen to`lg`anib.

Ochqil o`tlug` orazing, ey sham`kim, parvonadek
O`rtanay boshing uza bir necha qatla aylanib.

Solg`asen olamg`a o`t, gar gul sovug`i tobidin
G`unchadek gulshang`a chiqsang hullalarg`a chirmanib.

Biym erurkim, ofarinishdin chiqarg`aysen damor,
Bazmdin usruk chiqib maydong`a chopsang otlanib.

Yor ila xo`y aylagan ko`nglum erur ul nav` qush
Kim, kishidin ayrila olmas kichikdin o`rganib.

Moldin umrungg`a osoyish  agar yetmas ne sud,
Nuh umrin hosil etsang, ganji Qorun qozg`anib.

Qabrim uzra qo`yg`asiz tosheki, za`f ayyomida
Ul pariy ko`yida yotmishmen boshimg`a yastanib.

Ey Navoiy, tushta gar ko`rmak ani mumkin esa,
Barcha gar xud so`ngg`i uyqudur, netarsen uyg`anib.

57

Xasta jonim za`fin angla, ko`nglum afg`onin ko`rub,
So`rma ko`nglum yarasin, fahm et ko`zum qonin ko`rub.

Vaslida la`li uza xolin ko`rub kuygan kebi,
O`rtanurmen jonda emdi dog`i hijronin ko`rub.

Vodiyi sabrim dag`i xoru xasak qildim gumon,
Ko`nglum atrofida haryon no`gi paykonin ko`rub.

Angladim qilmish ko`zi olg`an ko`ngul saydig`a qasd,
Har tarafdin charga tuzgan xayli mujgonin ko`rub.

Eru ko`kta istabon paydo emas Xizru Masih,
Qochtilar go`yo dudog`ing obi hayvonin ko`rub.

Jism bog`ida ravonshakle tasavvur qildi aql,
Bo`stoni husn aro sarvi xiromonin ko`rub.

Shabnam ermas nargis ashkidur nedin qon yig`lamas,
Ko`z yumub ochquncha gulshan umri poyonin ko`rub.

Charxdin sidq ahli motam ichradur, fahm aylagil,
Har sahargah subhning choki giribonin ko`rub.

Nomasindakim ochib solmoq nazar mumkin emas,
Chun Navoiy hushi zoyil bo`ldi unvonin ko`rub.

58

Ko`z yoshim bo`ldi ravon bir nargisi jodu ko`rub,
Tifl yanglig`kim yugurgay har taraf ohu ko`rub.

Qoldi hayron zohid ashkimda ko`rub har yon hubob
Ro`stoyiydekki, hayrat aylagay o`rdu ko`rub.

Jon aro tiyg`ing ko`rub ko`nglum qushi tuzdi navo,
To`tiyodekkim, takallum aylagay ko`zgu ko`rub.

Vodiyi ishqing makon qildi ko`ngul ko`rgach yuzung,
El biyobon ichra manzil aylagandek su ko`rub.

Jonda o`z dog`in ko`rub oshiqlig`imni angladi
Ul kishidekkim, tanig`ay o`z qulin belgu ko`rub,

Boda tutqach, dema bexud bo`ldikim ul ko`zgudin,
Bordi hushum yor husni jilvasin o`tru ko`rub.

Ey Navoiy, daf` o`lur holin ko`rub ko`hi g`amim
Fil yanglig`kim, hazimat aylagay hindu ko`rub.

59

O`lukni tirguzur la`ling Masihoso kalom aylab
Takallum choshniysin sharbati yuhyil-izom aylab.

Azalda la`linga sayd etkali ko`nglum qushin go`yo
Qazo sayyodi jonlar rishtasidin yoydi dom aylab.

Chamanda tozalig`din har quruq shoxe erur Xizriy
Magarkim andin o`tmish obi hayvonim xirom aylab.

Agar harf o`lsa mudg`am, vahki, xoling nuqta idg`omin
Ayon qildi ko`zumning mardumi ichra maqom aylab.

Ne bo`lg`ay tiyra bo`lmay ro`zgorimkim, ochib gesu
Qaro shomimni muhlik aylading subhumni shom aylab.

G`araz ul yuzni mastur asramoqdurkim, hakimi sun`
Ulusqa oh etar qismat ani oyinafom aylab.

Chu haq dargohidin mardud etar naylarsen, ey zohid,
Qabuli xalq uchun ortuqsi toat iltizom aylab.

Yoshingni dona, bag`ringni su qilkim, tutti faqr ahli
Hidoyat qushlarin bu donavu su birla rom aylab.

Navoiy kunda chun bir qursi maqsum ortmas, ne sud
Falakdek bo`lmog`ing sargashta tun-kun ehtimom aylab.

60

Qon yoshim yo`lungda tommaydur ko`zum giryon bo`lub,
Kim, oyog`ingg`a tushubtur ko`z qorasi qon bo`lub.

G`unchadek ko`nglum chekar un, g`arq o`lub xunob aro
So`z deganda og`zing ikki la`l aro pinhon bo`lub.

So`rsa Majnun ishq dashtida meni, ayt, ey rafiq
Kim, quyundek itti bu vodiyda sargardon bo`lub.

Hajri ko`nglumni buzub, g`am sayli hamvor etti, voy
Kim, asar ham yo`qtur ul ma`muradin vayron bo`lub.

Tig`i xud o`tti suubat ko`rki muhlik yarasi,
Bu zamon boshimg`a qoliptur baloyi jon bo`lub.

Har zamon og`zing xayoli sanchilur ko`nglum aro,
Go`yiyo bu g`uncha ani zaxm etar paykon bo`lub.

Charx ushshoq ohi o`qidin magar vahm etdikim,
Qubba qildi mehrini o`z hay`ati qalqon bo`lub.

Hashr xurshidig`a moni fikr qilmassen, ne sud,
Atlasi gardun saropardangg`a shodurvon bo`lub.

Ey Navoiy, foniy ul yor istasangkim, xo`b emas,
Jonni sevmaklik bahona o`rtada jonon bo`lub.

61

Kimsa yori birla xushtur g`am deyishib mungrashib,
Yotsa gohe chirmashib, o`ltursa gohe yondashib.

Zulfi el ko`nglin parishon aylamakka jam` o`lub,
Turfaroq bukim, ko`ngullarni yig`arg`a tarqashib.

Mumkin ermas tortmoq paykonlarinkim, jism aro
Har biri maskan tutupturlar so`ngakka o`rnashib.

Chiqti zulfin solg`ach ul chohi zanaxdondin ko`ngul,
Ankabut ul nav`kim, torig`a chiqqay yormashib.

Hajr xayli ko`nglum ichra mo`rdek aylab hujum,
Garchi vasl ummidi yetkanda chibindek butrashib.

Kuydumu ul zulf tobi rishtai  jonimdadur,
Sham` toridekki kul bo`lg`anda turmish chirmashib.

Soqiyo, qilsang himoyat g`olib o`lg`um buylakim,
G`am bila ko`nglum talashurlar ikavlon qarmashib.

Qil havola durdkashlar jonibi, ey mayfurush,
May chu har soat to`kulgay jo`sh urub kuptin toshib.

Oshurub haddin Navoiy ham niyozu ajzini,
Yor istig`novu nozi har necha haddin oshib.

62

Kezarmen ko`yida yillar nazar holimg`a solg`ay deb,
Agar o`ltursa qonim rangi tufrog`ida qolg`ay deb.

Ko`ngulga yuz tuman nish ursa hijron, aylaman nola,
Visoling no`shidin ul zaxmlar bir kun o`ngalg`ay deb.

Ko`ngulga novaking to kirdi behad hifzin aylarmen
Ki, bu shisha ichinda ul dag`i nogah ushalg`ay deb.

Ko`ngulni ko`yida yuz ranj ila mehnatqa topshurdum
Ki, gar ko`rsa bu sur`at birla shoyad ko`nglum olg`ay deb.

Sirishkim qoni qildi ko`yining sufrog`in og`ashta,
Itiga shoyad ul balchig` bila bir uy yasalg`ay deb.

Haram vaslin tilarsen po`ya ur mardona, ey solik,
Qadam ohista chekma bag`ring ul yelmakda tolg`ay deb.

Navoiy benavolig` birla doyim may ichar, bir kun
Navo naqshini davron mutribi bazmida cholg`ay deb.

63

Dam-badam jomi tarab g`ayr ila ul moh chekib,
Men yiroqtin boqibon, qon yutubu oh chekib.

Ne g`amim it kebi o`lmakdin, agar eltur esa
Bo`ynuma ip solibon ko`yiga ul moh chekib.

G`arazim buki, unutturmag`amen o`zni anga,
Ko`yiga kirmagim afg`on gahu begoh chekib.

Ko`ngluma hajr agar dard o`qi yog`dursa, ne tong,
Gar chiqarur esa paykonini dilxoh chekib.

Men adam yo`lig`a borman, meni lekin elitur
Og`zi shavqida ko`ngul o`ziga hamroh chekib.

Mayi asfarki to`kulmish qo`yubon yuz ichsam,
Qahraboni ko`runguz jilva qilur koh chekib.

Jur`asin bersa Navoiyg`a erur o`lgucha bas,
Bazmi aysh ichra tarab sog`arin ul shoh chekib.

64

Ne maxlasim bor aning ishqidin kanora qilib,
Ne to`ymog`im bor aning husnig`a nazzora qilib.

O`charga ishq o`ti chora qil deding, ey shayx,
Bo`lurmu qismatim o`lg`an balog`a chora qilib.

Boshimda tiyg`i yarasin necha debon so`rmang,
Kishi bo`lurmu boshining tukin shumora qilib.

Ko`ngulki itti qilib tiyra xonumonimni,
Qovay agar yana kelsa, yuzini qora qilib.

Ko`ngulni yara qilib ulki tikti ko`ksimni,
Yoqamni tikmak erur ko`kragimni pora qilib.

Dedimki, maykadadin xonaqah yo`lin tutayin,
Netayki, ul sari yo`l bermas istixora qilib.

Navoiy etti nihon ishqin, ey fig`on bila ashk,
Aning bu aybini naylarsiz oshkora qilib.

65

Ul oy qasdima tiyg`i burron chekib,
Men ollida shukronag`a jon chekib.

Masihim chu faryodima yetmadi,
Necha o`lturay o`zni afg`on chekib.

Hamono yomon ko`zga mayl aylading,
Alif nil ila yuzga har yon chekib.

Labing no`shdorusidin ne osig`,
Men o`ldum chu xunobi hijron chekib.

Ketur, soqiyo, davr ayog`in to`la
Ki, jon qolmadi ranji davron chekib.

Agar vasli boqiy kerak, istagil,
Fano ko`yiga raxti hirmon chekib.

Navoiy berib jon o`qi shavqidin,
Aning zaxmidin yor paykon chekib.

66

Chobukum raxsh uza hijron yo`lida po`ya qilib,
Men aning keynicha gohe yugurub, gah yiqilib,

Yiqilib yona qo`pub, chunki urub yo`lg`a qadam,
Vahki, yuz nishtari hijron ayog`img`a tiqilib.

Tobonim dardu balo xoralaridin o`yulub,
Yuragim ranju ano xorlaridin teshilib.

Turfa, ko`rgilki inon tortmay ul sho`x dame,
So`ngicha buyla qatiqliq bila holimni bilib.

Ishq dardig`a juza o`lmak yo`q emish hech iloj,
Bosh qo`yub ollig`a aningki bu ma`noni bilib.

Istaram o`zni xarobot ichida loya`qil,
Hush chun boisi ranj o`ldi, netarmen oyilib,

Gar Navoiyg`a yog`in ashk ediyu ra`d fig`on,
Hajr chun koj urubon ko`zlariga o`t chaqilib.

PE HARFINING PARIVASHLARINING PARVOZI
                          G`AROYIBDIN

67

Mendin ul chobukning, ey payki sabo, maydonin o`p,
Ko`yiga boshim niyozin yetkurub chavgonin o`p.

Bodpoyi sayrig`a hamtaklik aylayolmasang,
Erga mendin yuz qo`yub ko`rgan soyu javlonin o`p.

Kulsa la`li, vahki, qolmas menda bir o`pkuncha hush,
Hashv erur, ko`nglumki, aytursen labi xandonin o`p.

Pok etak istar esang, bir pok etaklik istabon,
Xoki na`laynig`a yuz qo`y go`shayi domonin o`p.

Gar ayog`in raxshining o`pmak muyassar bo`lmasa,
Ko`z solib har yerdakim, ko`rsang ayog` bosqanin o`p.

Qoshi yosi g`amza o`qin otsa, vah, men xastadin,
Ko`zlaringga surtubon sufarini paykonin o`p.

Ey Navoiy, ka`bayi maqsud vaslin istasang,
Shohi G`oziy qasrining dargohi oliyshonin o`p.

68

Zulfu yuzdin sunbulungni gul uza tarqatma ko`p,
Dahr bog`ida gulu sunbul isin butratma ko`p.

Ko`zlaringkim, masti xobolud erur ko`p ovlama,
Har sari uyqug`a borg`an fitnani uyg`atma ko`p.

Zulfig`a, ey mushk, istarsen qarimchi bandalig`,
Yo`q hading kechqil bu savdodin o`zungni sotma ko`p.

O`ynay-o`ynay o`lturur bir-bir ulusni ko`zlaring,
Sho`x qotillarni jonlar qasdig`a o`ynatma ko`p,

Tiyradur Majnunki, mendek debsen ani, ey xirad,
Aqlu hush ahlini bu devonag`a o`xshatma ko`p.

Eyki, mujgondin yasol tuzdung ko`ngullar saydig`a,
Ko`z yumub  ochquncha ushbu xaylni qo`zg`atma ko`p.

El bila har dam qadah yanglig` kulub, ey mug`bacha,
Qon yoshim sochib surohiydek meni yig`latma ko`p.

Safhayi xotirda, ey orif, keraktur yoru bas,
Sofiyi vahdatqa xoshoki xavotir qotma ko`p.

Chun Navoiy qismati jomi may o`lmish, ey faqih,
Sarzanish aylab anga sangi malomat otma ko`p.

TE HARFINING TOROJGARLARINING
          TAMOSHOSI G`AROYIBDIN

69

Qasri johingg`a sipehr avjida ayvon bo`ldi tut,
Ham sipehr osibidin yer birla yakson bo`ldi tut.

La`li rummonny tilarsen dam-badam ziynat uchun,
Qatra-qatra bag`ring andin nordek qon bo`ldi tut.

Naf` chun kuymaktin o`zga ko`rmaduk parvonadek,
Bir quyosh har tun sanga sham`i shabiston bo`ldi tut.

Dayr qasdi qilmag`il har lahza oshiq bo`lg`ali,
Qasdi dining qilg`uchi bir nomusulmon bo`ldi tut.

Istading dunyo arusin tushtagi mahbubdek,
Topmas ergach kom la`lidin pushaymon bo`ldi tut.

Sho`xlar qoshin tilarsen, lek andoqkim hilol,
Jong`a yetganda ko`rungach ko`zga pinhon bo`ldi tut.

Bir  mug`anniydin navo topmoq tilarsen, changdek
Egri qad birla ishing faryodu afg`on bo`ldi tut.

Ko`si shavkat yetti do`zaxqa eshik qoqmoqdurur,
Bas yeti iqlim mulki uzra sulton bo`ldi tut.

Ey Navoiy, o`zni jam` et, yo`qsa olam maxzanin
Qon yutub jam` aylabon o`lgach parishon bo`ldi tut.

70

Ey ko`ngul, ul ahdi yolg`on mehr shartin qildi tut,
Ahdini poyonig`a yetkurmayin ayrildi tut.

Xanjari hijron bila ohir kesar chun rishtasin,
Mehr torin rishtayi joningg`a mahkam bo`ldi tut.

Chun mayi vasl o`zgalar ichmakka bois bo`lg`usi,
Har nafas xunobi hijron yutmog`ingni bildi tut.

Yo eshitmas, yo eshitkach zulmin aylar birga yuz,
Holing ul zolimg`a yuz ming qatla bas aytildi tut.

Dema sanchib nishi hijron yetkuray no`shi visol,
Chun bu no`shung o`lturur, ul nish ham sanchildi tut.

Motam ashki durri chun tufrog`inga sochilg`usi,
Gavhari anjum falakdin boshinga sochildi tut.

Ey Navoiy, kisvati faqr ista, yo`qsa charxning
Atlasin kiyding gumon et oqibat eskildi tut.

71

Kel-kel, ey qurbon ko`ngul, ul qoshi yo mehrin unut,
Chun vafodin tortilursen ham borib bir go`sha tut.

Chunki ul bizni unutmog`ni sog`indi, yaxshi  ish
Sen dag`i kel bir nafas ani sog`inmog`ni unut.

Ul quyosh har dam bo`lur bir zarra birla garmmehr
Mehr sham`in sen dag`i bir o`zga oy birla yorut.

Hayf erur har sho`xi ra`no yuziga chun pok ishq,
Shavq o`tin kel sen dag`i bu ishvagarlardin sovut.

Ey pariy, bir telba gar ovvora bo`ldi, g`am yema,
Odamiyvashlar bila nozuk mizojingni ovut.

Gar ko`zum yoshig`a ul gul multafit bo`lmas, ne g`am,
Gul bulutdin tozadur, serob emas guldin bulut.

Dahr bog`ida giyohi mehr hargiz butmadi,
Gar desangkim ko`rmayin bemehrlik bu so`zga but.

Shahdi ayshing zahr etar gardun, sen ushbu jomdin,
Xoh komingni achit, xohiy mazoqingni chuchut.

Tark qil, sen ham Navoiydek havosin, ey ko`ngul,
Yoki har dam bir taraf maylin ko`rub, xunoba yut,

72

Ohkim, ul oshno begona bo`ldi oqibat,
Hajridin bexudlug`um afsona bo`ldi oqibat.

Aqlu donish lofini urg`an ko`ngul yig`lay yuruy,
Ul pariyvash hajrida devona bo`ldi oqibat.

Qatra-qatra shodlig` ashkinki sochtim vaslida,
Barcha hijron qushlarig`a dona bo`ldi oqibat.

Borg`ali ul husn ganji g`am buzug` ko`nglumdadur,
Ajdaho uyi bizing vayrona bo`ldi oqibat.

Soqiyo, may tutki, hajr anduhidin men telbani
Forig` etkan sog`aru paymona bo`ldi oqibat.

Chekma un, ohim ko`r, ey Majnunki, bulbul ko`p fig`on
Chekti, o`rtangan vale parvona bo`ldi oqibat.

Butqa gar bosh qo`ymadim ko`rgilki dinim tuhfasi
Dayr piri ollida jurmona bo`ldi oqibat.

Deding avvalkim Navoiy, seni gah-gah tirguzay,
Hech bilmankim sanga, jono, na bo`ldi oqibat.

73

Jahdim andoqdur yetishgaymenmu deb vaslingg`a bot
Kim, qabul etman og`ir deb chiqsa egnimdin qanot.

Sabr tog`i birla qilmoq po`ya bo`lmas, ey ko`ngul,
Tashla ul yukni yetishmak istasang vaslig`a bot.

Shahsuvorimning buroqi po`yasidin qoldi barq
Kim, aning fe`li shitob ermish, munung rasmi sabot.

Ko`p Masihodin dam urma, qil hayotingni tufayl
Angakim, topmish Masih aning tufaylidin hayot.

Mehr yuz ko`rmay o`chashdi pardadin chiqqach yuzung,
Olg`ali qo`ymas sarig` yuzin qora yerdin uyot.

Chun yudi ko`zlar savodin ashk yorut yuz ochib
Kim, diramsiz elga boy el farzdur bermak zakot.

Ey Navoiy, xoki poyi vasfida shirin so`zung
Bor biaynih to`tiyo ichinda solg`andek nabot.

74

Tiyra kulbamga kirib, jono, o`lumdin ber najot,
Zulmat ichra Xizrg`a ul nav`kim obi hayot.

Soda ko`nglum ichra la`lingning xayoli tushgali,
Shishaedurkim, aning ichiga solmishlar nabot.

Orazing mehrida og`zingdur gadolig` qilg`anim,
Haq seni xurshid qilmish, zarrae bergil zakot.

To ko`nguldin bosh chiqarmish har taraf paykonlaring,
Qush bolasidek bo`lubturkim, bo`lur temurqanot.

Vasl ummidig`a tilarmen umr, lekin voykim,
Sensizin ko`rsam, tirikmen, o`lturur meni uyot.

Istasangkim, ul quyosh chiqqach sanga qilg`ay tulu`,
Ey ko`ngul, g`am sayli yetkach, tog`dek tutqil sabot.

Ishqing o`tin gar Navoiy desakim aylay raqam,
So`zidin kuyar qalam, qurur qora, erir davot.

75

Ko`zum ucharki, humoyun yuzungni ko`rgay bot.
Biaynihi anga kirpiklar o`lmish ikki qanot.

Bezansa dardu balo shohidi halokim uchun,
Mijam tarog`durur, eski tuganlarim mir`ot.

Labing xayolida ashkim erur hayot suyi,
Firoqing ichra qorarg`an ko`zum anga zulmot.

Zakot o`lur edi yuzung jamoli naqdig`a mehr,
Tajammul ahlig`a yuzdin bir o`lsa erdi zakot.

Desangki, jonima o`t solmag`aysen, ey soqiy,
Takallum etma mayolud lab bila hayhot!

Qolurlar og`zin ochib ishq ahli po`yamdin,
Sog` elga kulgu erur telba aylagan harakot.

Labingki, jon beradur ahli dard qoni uchun,
Navoiy qonig`a gar mayl etar mumiddi hayot.

76

Ey ko`ngul, yor o`zgalar domig`a bo`ldi poybast,
Senga mushkil holatu bizga qatiq ish berdi dast.

Vasl torin chekti ul, men dag`i chektim ohkim,
Rishtani uzdiyu bo`ldum hajr tufrog`ig`a past.

Necha bosh qo`ydum yo`lida, vahki, qildi poymol,
Za`flig` jismimg`a zulfi toridek solib shikast,

Zahra yo`q, mujib so`rarg`a bo`lmasun, yo rab, kishi
Muflisu oshiq, sevar dildori mustag`niyu mast.

Soqiyo, bu ishga bexudlug`din o`zga yo`q iloj,
Mujda mug` ko`yiga yetkurgilki, bo`ldum mayparast.

G`arq o`lay may bahri ichra rost o`l g`oyatqacha,
Kim solib bo`g`zum aro chekkay ajal qullobi shast.

Ey Navoiy, jurm uzri dashtida qil po`yakim,
Yaxshi ermas zuhd zanjirig`a bo`lmoq poybast.

77

Subh erur soqiyu men maxmurmen, sen mayparast,
Tut quyoshdek jomni, moni` nedur bo`lmoqqa mast.

Tiyra shomi hajr aro, vah, asru ko`p chektuk xumor,
Mast o`lali bu nafaskim, vasl subhi berdi dast.

Kun biyik chiqquncha ho`yu nolani past etmali,
Ko`p biyik chiqqay bugunkim bo`lg`abiz biz yerga past.

Anjuman ahli yuzin gulgul qilali may bila,
Mehrdin topquncha anjum gullari bir-bir shikast.

Charx motam yetkurur, biz dag`i oncha yig`lali,
Kim, kuhan g`amxonasi ul sayldin qilsun nishast.

Gar shafoatqa maloyik kelsa,  nomahram debon,
Mehr shaklidin falak yo`lin qilali xorbast.

Tong emas bo`lsa Navoiy mast to shomi abad,
Kim, azal subhida bo`lmish qismati jomi alast.

78

Junun toshi urub har yon yangi dog`imni afgor et,
Ichimdin loladek, ishq ichra toshimni namudor et.

Chu majnun qilding emdi, ey mug`anniy, go`shatobingni,
Ko`ngul savdosi taskini uchun bo`ynumg`a tumor et.

Desang, ko`nglum qushi aylab, havo chekkay navoyi ishq,
Xadanggingning parin aylab qanot, paykonni minqor et.

Soching kufrida o`lsam qabrim uzra qo`yma xirqamni,
Chekib har torini bir barhaman beliga zunnor et.

Ko`ngul ayvonida ohim yelidin pardayi ishqing
Desangkim, uchmasun mujgondin atrofig`a mismor et.

Desang og`zin ko`ray, ey aql, markaz nuqtasin ista,
Vale shart ushbukim, avval quyosh davrini pargor et.

Imorat tarhidur na`lu alifdin har taraf ko`ksum,
Vafo qasrin qo`parsang, bu binolar uzra devor et.

Erur maqsad yiroq, vodiy uzun, tun tiyra, yo`l burtoq,
Bu yo`lda salb etib o`zluk yukin, o`zni sabukbor et.

Navoiy o`lsa tirguzgil, yuziga yuz qo`yub, ya`ni
Yuziga su urib ul uyqusidin ani bedor et.

79

Vujudum o`rtading, ey ishq, emdi tarkim tut,
Xudoy uchunki, meni qayda ko`rdung anda unut.

Ko`ngulni vasl charog`i bila, deding, yorutay,
Tutashti chun bizning uy emdi o`zga uyni yorut.

Chu vasl kuymak ila hosil o`lmadi, ey ko`z,
Tahassur ashki bila shu`lalig` ko`ngulni sovut.

Jununi daf`ig`a ko`nglumni dog` etay debsen,
Bu dog` sahldurur, hajr dog`idin qo`rqut.

Buxori ohim erur loyiq, anglagil, ey ashk,
Bahori husnig`a nogah keraklik o`lsa bulut.

Ne voqi` o`lsa chu taqdirdin emas xorij,
Bas o`ktadur qiluridin kishiga bermak o`gut.

Navoiyyo, bu o`tar olam ichra besh kun qil
O`zungni may bila mashg`ulu ishq birla ovut.

80

Ko`nglum oldi bir pariypaykar malaksiymo yigit
Kim, bani odamda andoq bo`lmamish paydo yigit.

Oti sarkash, to`ni zarkash, husni dilkash, nutqi xush,
Ko`rmaduk bu nav` mahvash chobuku ra`no yigit.

Ishqida ko`zu ko`ngulning bir-biridin rashki bor,
Olloh-Olloh, bo`lur ermish muncha ham zebo yigit.

Zorlig`lar birla o`lmay topmag`umdur xud visol,
Ne uchunkim men qari quldurmen, ul mirzo yigit.

Yo`lida yuz ming kuhanpir o`lsa, qilmas iltifot,
Kimsa ko`rganmu ekin bu nav` beparvo yigit.

Yo`lung uzra ham gadomen, ham qari, ham xasta hol,
Bir boqib o`t holima husnung zakoti, o yigit.

Dayr piri mazhabin tutmay, musulmonlar, netay,
Olg`an o`lsa naqdi iymonimni bir tarso yigit.

Bosh oqardi, sabza xatlar tarki tutsam yaxshiroq
Kim, xush ermastur yigitlar bazmida, illo yigit.

Ey Navoiy, qarib o`zni solmakim, aylar seni
Bir qadah may birla ul sho`xi qadahpaymo yigit.

81

Mast chiqti yana ul qotili bebok yigit,
Chok aylarga ko`ngullar yoqasi chok yigit.

Aql pirini fano dayrida rasvo qildi,
Kim ko`rubtur bu sifat zolimu bebok yigit.

Etti iqlimda ofat yigitimcha ermas,
Quyoshidin yasasa bu yetti aflok yigit.

Gah qilur zulmu gahe qatl havas kim ko`rmish
Qotilu zolim aro buyla havasnok yigit.

Poklik pardasida tutsun ani izidi pok
Kim, erur asru yuzi poku o`zi pok yigit.

Qariding, o`zni qarilar sari solkim, yarashur
Kirsa cholok yigit bazmig`a cholok yigit.

Ey Navoiy, yigiting nazminga mayl etti, sevun
Kim, nasib o`ldi sanga sohibi idrok yigit.

82

Yana soldi hajr ham tan, ham ko`ngul, ham jong`a o`t,
Soldi o`t hijron manga, yo rabki, sol hijrong`a o`t.

Aytqay kiymish junun mulki shahi zarkash libos
Ko`rgan el, bu nav`kim tushmish meni uryong`a o`t.

Go`yiyo bo`ldi quyun g`am dashtida eskan samum,
Yo`qsa tushti men kebi majnuni sargardong`a o`t.

Manziling erdi ko`zu ko`nglum, vale sen borg`ali
Muni su qildi xarobu tushti ul vayrong`a o`t.

Men dag`i kuymay qutulmoq, ey ko`ngul, mumkin emas,
Buylakim soldi damim g`am dashtida har yong`a o`t.

Dudi ohim dosh dudidekmu ravzandin chiqar,
Yo solibtur furqating bu kulbayi ahzong`a o`t.

Gar manga o`t soldi davron hajridin, bas ayb emas,
Men dag`i solsam damodam oh ila davrong`a o`t.

Ne uchun ashjordin yig`mish o`tun, ey bog`bon,
Otashin guldin agar urmas falak bo`stong`a o`t.

Ey Navoiy, tan qolib jonimni olib bordi yor,
Soldi ul borg`ang`a o`t, hijron vale qolg`ang`a o`t.

83

Vahki, hajrinda jahon bo`ldi ko`zumga zulumot
Kim, borur yayqalibu qaytmas ul obi hayot.

Zulfi ollinda binafshaki, boshin soldi quyi,
Ani ko`rmakka hamono munga moni`dur uyot.

Harakat qilsa labing tuz to`kulub shahd oqar,
Tuzluq el ko`p, biri yo`q sen kebi shirinharakot,

Terlagan la`li gulob ichramudur gul  bargi
Yo`qsa usruk ko`zmu soldi araq ichra nabot.

Ko`nglum ul gulga qilib mayl, fig`onkim, bulbul
Oriyat istadimu bermadi bir lahza qanot.

Bu chaman ichra xazon sarsaridin sarv kebi,
G`ami yo`q tuzluk ila kimki shior etti sabot.

Ko`r Navoiyniki ko`ngli uyidur butlar ila
Uyla butxonaki, anda to`ladur lotu manot.

84

Ey nasimi subh, ahvolim diloromimg`a ayt.
Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi gulandomimg`a ayt.

Buki la`li hasratidin qon yutarmen dam-badam,
Bazmi aysh ichra labolab bodaoshomimg`a ayt.

Kom talxu boda zahru ashk rangin bo`lg`anin,
La`li shirin, lafzi rangin, sho`xi xudkomimg`a ayt.

Shomi hijron ro`zgoring tiyra nevchun qildi deb,
So`rmag`il mendin  bu so`zni, subhi yo`q shomimg`a ayt,

Ul pariy hajrida nangu nomkim, tark ayladim,
Ko`ngul otlig` hajr vodiysida badnomimg`a ayt.

Ey karomatgo`y, ishim og`ozi xud isyon edi,
Sham`i rahmat partavi yetkaymu anjomimg`a, ayt.

Yo`q Navoiy bedil oromi g`am ichra, ey rafiq,
Holini zinhorkim, ko`rsang diloromimg`a ayt.

85

Xirmani ruxsorig`a solmish mayi gulnori o`t,
Uylakim, gul xirmanig`a otashin ruxsori o`t.

Hajr shomi g`am sipohin, ko`rki, ko`nglum dashtida
Ne yoqibdurlar cherig tushgan kebi har sori o`t.

O`t agar itsa jahondin, ohim o`lsa, g`am emas,
Etkuray bir damda yuz avvalg`i o`t miqdori o`t.

Gar harorat mujibi ermas chuchukluk, bas nedur
Har zamon jonimg`a solmoq la`li shirinkori o`t.

Fo`tayi zarbaft emas ul sho`xi ra`no boshida
Kim, ayon qildi uzori tobidin dastori o`t.

May batining ko`r nishotafzolig`in huzn ahlig`a
Kim, sochar suhbatni garm aylar uchun minqori o`t.

Gar Navoiy o`xshatur ko`kni tutunga, ayb emas,
Chun bulutqa urmish aning ohi otashbori o`t.

86

Lolazor ermaski, ohimdin jahong`a tushti o`t,
Yo`q shafaqkim, bir qiroqdin osmong`a tushti o`t.

Dedilar: el xonumonin o`rtar ul ruxsor o`ti,
Bu so`z eshitkach, meni bexonumong`a tushti o`t.

Orazingning lam`asi kuydurdi sabrim xaylini,
Barqi ofat chaqilib ul korvong`a tushti o`t.

O`qlaring ko`nglumga tushkach kuydi ham ko`z, ham badan
Kim, kuyar o`lu qurug` chun naysitong`a tushti o`t.

Sovurub gul xonumoninmu quyun rangin ekin,
Yo falak bedodidin sarvi ravong`a tushti o`t.

Kuydum ul damkim, yuz ochding xalqni kuydurgali,
Elga o`t solding vale, men notavong`a tushti o`t.

Ey Navoiy, bilki ohe chekmisham beixtiyor,
Desalarkim, beshayi Mozandarong`a tushti o`t.

87

Voykim, dushmandek o`ldi ahdidin begona do`st,
Dushmanim o`ltursa, ahd ettimki, tutmay yona do`st.

Sog`arimda zahru sahro uzra po`yam shiddatin
Bilmas ulkim, bor anga hamkosavu hamxona do`st.

Jon qushi o`rtandi sevgach yorning o`tlug` yuzin,
Naylagay kuymay, chu bo`lg`ay sham` ila parvona do`st.

Vodiyi hijronda ag`yorig`a yor o`ldum, ne tong
Gar bo`lur g`uli biyoboniy bila devona do`st.

Do`stluq jonondin istarmen, manga olam eli
Dushmani jon bo`lsa bo`lsun, bor esa jonona do`st.

Ahli din paymonshikandur, qilsa bo`lmas do`stluq,
Bas manga mug` dayrida ulkim, tutar paymona, do`st.

Zulfig`a tushsa Navoiy xoli shavqidin ne tong,
Domdin yo`q chorasi har qushki, bo`lg`ay dona do`st.

88

Bosh qo`yarmen kup ayog`inda may ichsam payvast,
Qani mug` dayrida mendek yana bir bodaparast.

Hajridin toki ko`ngul sindi oqar turmay qon,
Shishadekkim, to`kulur bodasi chun topti shikast.

Din havas aylasam, o`lturmangiz, ey mug`bachalar
Kim, burun tavba ushatqan kuni bo`lmishmen mast.

Menu mayxonaki soqiyu mug`anniy qilmish
Chang zulfiyu tarab, sog`ariy birla pobast.

Joh bazmi aro sarkashlik ila topma g`urur
Kim, bo`lur buyla biyiklar yana bir jom ila past.

Yo`q harifeki, fano dashtida qo`llar tutushib,
Bo`lsa yo`l qat`ida hampoy mangavu hamdast.

Meni usruk ko`rubon jomim ushatma, ey shayx
Kim, bu yanglig` meni mast etgan erur jomi alast.

Sayldin tomg`a nishast o`lg`anidek, dayr ichra
Boda saylobidin o`ldi meni vayrong`a nishast.

G`arqi may bo`ldi Navoiyu erur uyla zaif
Kim, surohiy qilidin solsa bo`lur bo`g`zig`a shast.

SE HARFINING SAMIN GAVHARLARINING
               SAMARASI G`AROYIBDIN

89

Qachonki ul buti shirin kalom qildi hadis,
Xavose sharbati yuhyil-izom qildi hadis.

Masih dam ura olmas anga uruj tuni,
Magar bizing mahi ulviy xirom qildi hadis.

Qayonki yozdi hadis, o`ldi sayd el go`yo
Nuqtani dona, xututini dom qildi hadis.

Labidin ayru tushub so`g uchun kitobatdin,
Ne tong, libosin agar mushkfom qildi hadis.

Chibinni shahd nechukkim yig`ar, takallumdin
Ramidalarni nafas ichra rom qildi hadis.

Zihe takallumi mu`jiznizomkim, kelgach,
Arab fasihlarig`a harom qildi hadis.

Ulusni tutti Navoiy so`zi aning birla,
Magar Rasuli alayhissalom qildi hadis.

90

Nutqi jon bermak qilur ul la`li xandon birla bahs,
Rost Isodekki qilg`ay obi hayvon birla bahs.

Yor derkim, bahs qil ernim bilakim, ne uchun
Ko`nglung olib qasdi jon etti qilay jon birla bahs.

Ey ko`ngul, gar aql etar man`i jununim ne jadal,
Ayb erurkim, ahli donish qilsa nodon birla bahs.

Jonni jonon gar tilar, billahki, minnat jong`adur,
Har nechuk hukm etsa, tegmas jong`a jonon birla bahs.

Nosiho, qilma jadal, ayril kiyiklardin debon,
Olimi shahr etmagay g`uli biyobon birla bahs.

Faqr ko`yida musallam tut ne qilsang istimo`,
Orif ermas har kishikim qilsa irfon birla bahs.

Ey Navoiy, har nechuk zulm etsa, chek, dam urmag`il
Kim, gado haddi emas hech ishda sulton birla bahs.

91

Mening jununuma gar ul pariy erur bois,
Halokima qad ila paykari erur bois.

Dema nedin kuyasenkim, aning yuzu labidin
Bu ishga shu`la bila ahgari erur bois.

Ko`ngul qushi tunu kun mulki boxtar sari
Havo qilurg`a mahi xovariy erur bois.

Mangaki, g`amzasidin o`lmisham, hayoti abad
Xayolig`a labi jonparvari erur bois.

Chamanda bulbul etar shavq nuktasin takror
Ki, gul varaqlarining daftari erur bois.

Ul oy firoqida ashkim oqarg`a shomu sahar,
Tulu`i Zuhra bila Mushtariy erur bois.

Ko`ngulni choku bag`irni shikof istarima
Aning qilichi bila xanjari erur bois.

Hamesha dayr ichida bo`lmog`img`a mug`bachalar
Karashmasiyu fano sog`ari erur bois.

Navoiy o`lmasig`a ozimi Iroqu Hijoz
Magar nazohati mulki Hiriy erur bois.

   JIM HARFINING JAMILALARINING
              JILVASI G`AROYIBDIN

92

Buzug` ko`ngulga fano bo`lsa kom, cheksun ranj
Ki, ranj chekmasa hargiz muyassar o`lmas ganj.

Agar kishiga chekib ranj, ganj bo`ldi nasib,
Desa bu ganjni asray, yo`q andin ortuq ranj.

Kishiki naqdini vazn aylabon qilur madfun,
Bu g`ussasanjdur, olg`an kishi-farog`atsanj.

Yilon kebi, ne ajab, ganj asrag`an kishining
Hamesha komida gar zahr erur, tanida shikanj.

Zamona johi uchun har g`ululayi tashvish,
Ki, kelsa ko`nglung uyini anga qilursen xanj.

Desangki, fard o`lay eldin ko`ngulni xoliy tut
Ki, toq derlar agar xanj sari etsang lanj.

Boshi quyidurur ozoda savsan ollinda,
Chu nargis o`ldi chaman maxzanida naqd-ul-fanj.

Tariq kebi so`yulur talxkomliq birla,
Tarig` tarig`ki, yig`ishturdi oltunin noranj.

Itur ko`ngul haramidin xavotir asnomin,
Navoiy, o`lsa maqoming Madina, gar Afranj.

93

Ey gadoyingning gadoyi barcha ahli taxtu toj,
Kim, gadoyingdur, anga yo`q taxt ila toj ehtiyoj,

Ko`zlaring oz jurm uchun qilsa itob ermas  ajab,
Bor muayyankim, bo`lur bemorlar nozuk mizoj.

Gar sanavbar tuzmamish sarving xilofin ko`nglida,
El chinor ilgi bila nevchun urar yuziga koj.

Eyki, ko`nglumni buzub, dersen, xayolimni chiqar,
Hech kim vayronadin ganj istamas hargiz xiroj.

Sen jafo qilg`ach, ko`ngul jon birla tarkim tuttilar,
Bo`lsa shah zolim, el ichra zulmg`a ermish rivoj.

Hajrdin dod istadim, deding, sabur o`l voy kim
Toza dog`img`a yonar o`t birla aylarsen iloj.

Chun fano gardi yopar, ne sud, taxti johinga,
Ko`kning  anjumdin  mukallal  atlasin qilsang duvoj.

To gadoyingdur Navoiy taxt ila toj istamas,
Ey gadoyingning gadoyi barcha ahli taxtu toj.

94

Charx izing gardiga qildi kavkabi sayyor xarj,
Javhar olmoqg`a g`aniy qilg`an kebi dinor xarj.

Soyiru sobit nisoring qilsa tong yo`qkim, bo`lur
Kechqurun shoh o`lsa mehmon, kimsaga bisyor xarj.

Naqdi rahmat xarjing etsa haq, ne tong, ulkim topar,
Sen kebi mahbubi vaslin, aylagay nochor xarj.

Fosh etib naqdi shafoat qilding ummatni xalos,
Aylagandek naqdini topqan qiziq bozor xarj.

Bahri rahmatdinki, topting, xalq uza bir qatra bas,
Garchi teng avlodur etmak daxl ila izhor xarj.

Mag`firat ganji sanga tamlik erur, moni` emas,
Aylasang isyoni ko`p ummatqa har miqdor xarj.

Sen kimu na`tin demak, til asrag`il ko`p nuktadin,
Ey Navoiy, ma`rifatni qilma har ne bor xarj.

95

Mayi la`ling erur jon birla mamzuj,
Yo`q ersa obi hayvon birla mamzuj.

Jigargundur sirishkim, negakim bor
Bag`ir bu ashki g`alton birla mamzuj.

Jahonni buzdi ashkim oh ilankim,
Erur sarsar bu to`fon birla mamzuj.

Qo`shuldi ko`zlarimning ashki vahm et
Ki, Qulzum bo`ldi Ummon birla mamzuj.

Ko`ngul qon bo`ldiyu ishqing o`tidin
Bu qon mahlul paykon birla mamzuj.

Yuziga tushti zulf aylang nazzora
Ki, bo`ldi kufr iymon birla mamzuj.

Manga har mayki, tutti soqiyi davr,
Burun qildi ani qon birla mamzuj.

Mayi vasl istama ko`p, ey ko`ngulkim,
Erur ul zahri hijron birla mamzuj.

Navoiy suri motam bo`ldikim, bor
Surudi ayshi afg`on birla mamzuj.

CHIM HARFINING CHOBUKLARINING
ChEHRAGUSHOYLIG`I G`AROYIBDIN

96

Ko`ngullar nolasi zulfung kamandin nogahon ko`rgach,
Erur andoqki, qushlar qichqirishqaylar yilon ko`rgach

Ko`ngul chokin ko`zumda ashki rangin elga fosh etti,
Balig` zaxmini fahm aylarlar el daryoda qon ko`rgach.

Ko`zum qon yosh to`kar, netib ko`ngul zaxmin yashuraykim,
Toparlar yerda zaxmin sayd qonidin nishon ko`rgach.

Bo`yolg`an qon aro jon pardasi yetkach g`ami hajring,
Ko`ngul bog`ida bargedurki, ol o`lmish, xazon ko`rgach.

Xadangging zaxmi ichindin balolarni yug`an yoshim,
Erur tifleki, olg`ay qush bolasin oshyon ko`rgach.

Ko`ngullar naqdini toroj etarga yopmog`ing burqa`
Aningdekdurki, yuz bog`lar qaraqchi korvon ko`rgach.

Yuzin zulf ichra to ko`rdum o`lub vaslig`a yetmasmen,
G`alat ermish yuz urmoq, kecha o`tni har qayon ko`rgach.


Erur chun olam ichra joh foniy, yaxshi ot boqiy,
Bas el komin ravo ayla o`zungni komron ko`rgach.

Navoiy, xurdai nazmingni andoq aylading tahrir
Ki, sochqan xurda boshing uzra shohi xurdadon ko`rgach.

97

Jamolin vasf etarmen hamdamim ul gul`uzor o`lg`ach,
Quruq shox uylakim zohir qilur gullar, bahor o`lg`ach.

Qoshin ko`rgach hasaddin istaram el ko`zi bog`lang`ay,
Nechukkim ko`z tutarlar el yangi oy oshkor o`lg`ach.

Junun ermas kiyiklar suhbati dermen manga shoyad,
Bir o`q tekkay g`alat, ul qoshi yo garmshikor o`lg`ach.

Havas ishq aylagan ozoda, kechqil bu xayolingdin
Ki, chiqmas bu tikan ko`nglungda nogah ustuvor o`lg`ach.

Deyolmas dard ila ittim, vale bilgilki, chekmishmen,
Bir ohe barcha olam g`ussa dudi birla tor o`lg`ach.

Qilib man`i jununum ul pariy ko`yiga yuzlangan
So`zi hashv erkanin fahm aylagay, beixtiyor o`lg`ach.

Qani Hotam, qani Qorun, qani Jamshidu Afridun?
Bas ehson qil sanga gardundin adno e`tibor o`lg`ach.

G`ururi jahl jomi birla mast o`lmaki, o`lmakdur,
Maozallah, bu mayg`a charx davridin xumor o`lg`ach.

Navoiy sham`dek yig`lab, kuyub holimni sharh aylay,
Ul oy bazmida bir tun rost oshiqlarg`a bor o`lg`ach.

98

Husni ortar yuzda zulfin anbar afshon aylagach,
Sham` ravshanroq bo`lur torin parishon aylagach.

Yuzni gullardin bezabmu bizni qurbon aylading,
Yo yuzungga tegdi qonlar bizni qurbon aylagach?

Tiyg` ila paykonlaring yetti ko`ngul bo`lg`och xarob,
Suv quyub tuxm ekting, ul kishvarni vayron aylagach.

Qon emaskim yopti gulgun hulla jannat xozini,
Ishq maqtulin shahid aylarda uryon aylagach.

Oshkor aylab yuzin ko`zumni hayron ayladi,
Yoshurun oldi ko`ngul ko`zumni hayron aylagach.

Jong`a qo`yg`ach naqdi ishqing qildi ko`nglumni halok,
O`lturur mahramni sulton ganj pinhon aylagach.

Ey Navoiy, ishq agar ko`nglungni majruh etmadi,
Bas nedurkim, qon kelur og`zingdin afg`on aylagach?!

99

Etishsa ishq aro yuz mehnatu balo, qadah ich,
Nafas-nafas quyubon may to`la-to`la qadah ich.

Mukaddar o`lsa zamiring zamona mehnatidin,
Agar desang, beray ul ko`zguga jilo, qadah ich.

Nishot bazmida soqiyi mohvash sarxush
Bosh ursa dag`i ayog` tutsa, qo`l sola qadah ich.

Jahon ishida boqib xalq ibtilolarig`a,
Alardek istamasang o`zni mubtalo, qadah ich.

Desang xalou-maloda bo`lay nishot bila,
Agar malo, qadah ichqil, vagar xalo, qadah ich.

Riyo ichinda nekim hosil etting, ey zohid,
Desang xalos o`lay, et rahnu hosilo, qadah ich.

Sangaki dayr elining shohisen, Navoiy, agar
Yo`luqsa dayrda maxmur, urub salo, qadah ich.

100

Faqr ahlig`a podsho muhtoj,
O`ylakim shohg`a gado muhtoj.

Yorg`a bilgach ehtiyojimni,
Bo`lmadim kimsaga yana muhtoj.

Ishtiyoqim ko`p, ehtiyojim ham,
Anga mushtoqmen va yo muhtoj.

Yo`q gadolig`da ixtiyorimkim,
Tengri qilmish meni sanga muhtoj.

Ko`yiga kirganimda tavsan edim,
Lek bo`ldum tura-tura muhtoj.

Tengri razzoq keldi ro`ziy uchun
Aylama o`zni xalq aro muhtoj.

Benavodur Navoiy ollingda,
Tong emas, bo`lsa benavo muhtoj.