G`AZALLAR
301
Necha, ey oromi jon, hajringda beoromlig`,
Do`stlug` ko`rguzki, haddin oshti dushmankomlig`.
Shukr sham`in yoqmadim vaslingda, yetti dog`i hajr,
Bizni bu o`tlarg`a kuydurgan erur ul xomlig`.
Ermas o`tlug` ko`nglum og`zing naqshidur ko`ksum aro,
Qatrayi qon otashin gul g`unchasi andomlig`.
Deb emishsen tark etib ishqu muhabbat shevasin,
Ot chiqarmishsen saloh ichra, zihe badnomlig`.
La`lidin za`f etti qon bo`lg`an ko`ngul, vah, bodadin
Naf` topmas ermish ulkim, qilsa xunoshomlig`.
Ko`z yoshimdin nam topibdur, garchi me`mori qazo,
Bog`ladi ko`k gunbadi toqini istehkomlig`.
Zulfida dardu balo istar Navoiy ishqidin,
Ul gadodekkim, tilar ahli karamdin shomlig`.
302
Lolagun bo`lmish surarda qatlima dildor tiyg`,
Yo balo tog`idin etmish lolazor izhor tiyg`.
Gul tani yuz chok o`lub bukim bo`yalmish qon aro,
Tegdi g`amzang xaylidin go`yo anga bisyor tiyg`.
Tiyg` tortib yetkach-o`q qildim fidosi jonnikim,
Bo`lmag`ay ozurda qotil, ko`rmagay ozor tiyg`.
Jism paykoning bila to`ldiyu jondur g`amdakim,
Aylasang qatlimg`a rag`bat bo`lmag`ay nokor tiyg`.
Ishq dashti sabzasidin lola har yon sochilur,
Ya`ni ul sahro giyohi bor emish xunbor tiyg`.
Olam ahli qatlini bir damda qilsang orzu,
Yuzdin ol burqa`ni, qindin chekmagil zinhor tiyg`.
Nazm mulkin til chekib olmish Navoiy uylakim,
Cheksa olamni olur shohi falak miqdor tiyg`.
FE HARFINING FITNALARINING FUSUNI
«G`AROYIB»DIN
303
Kechti umrum naqdi g`aflat birla nodonlig`da hayf,
Qolg`ani sarf o`ldi anduhu pushaymonlig`da hayf.
Jong`a bir dushvorlig` qo`ymay riyozat ranjidin,
Sarf bo`ldi naqdi avqotim tan osonlig`da hayf.
Bog`ladim paymonadin paymon, fig`onkim, aqlu din
Bo`ldi bu paymonavu ul sustpaymonlig`da hayf.
Ey musulmonlar, bilingkim, bo`ldi umrum hosili
Nafsi kofir fitnasidin nomusulmonlig`da hayf.
Hayfkim, naf` aylamas har nechakim tortib ilik,
Desam o`z ahvolima bu nav` hayronlig`da hayf.
Andoq ish qilkim, pushaymon bo`lmag`aysenkim, emas
Hech osig` chun ish xato bo`ldi pushaymonlig`da hayf.
Har ne o`tkan so`zlarim chindur desam yolg`on erur,
Chin budurkim, degamen umr o`tti yolg`onlig`da hayf.
Chun yengilrakdur hisob o`lg`anda sultondin gado,
Hayfkim, bo`lg`ay gado avqoti sultonlig`da hayf.
Ey Navoiy, voqif erman xalqdin, bori mening
Kechti umrum naqdi g`aflat birla nodonlig`da hayf.
304
Zor jismimda qiliching zaxmi har yon muxtalif,
Har biridur sarf qadding hasratidan bir alif.
Tol niholida emas yafrog`ki tillar tortibon,
Sarvi ozodim uchun quluqqa bo`lmish mu`tarif.
Qoshu ko`zin ko`rgali, ey shayx, bildim, makri bor
Har siyahpo`sheki mehrob ichra bo`lg`ay mu`takif.
Anbarin xat birla ul yuz bo`ldi olam ofati,
Olam ofatsiz emas xurshid bo`lg`ach munkasif.
Soqiyo, ul kavsaroso bodadin bir jur`a tut
Kim, meni hayrong`a bo`lg`ay kashf sirri lav kushif.
Bodayi maqsud jomi zavqidin tab`im yuzin,
Vah, necha doyim xumori jahl tutqay munxasif.
Jon berib olsang, Navoiy, bok emas ul bodadin
Kim, erur yuhiyl-izom avsofi birla muttasif.
305
Yashurun g`amzang qilichikim qilur ko`ksum shikof,
Buki, maxfiydur, anga go`yo qoshing bo`lmish g`ilof.
Qoshlaring ne saf chekib bo`lmish qorovul kirpiking
Kim, ko`ngul sultoni xaylig`a emas hojat masof.
Mehr anglab oshiq o`ldum so`ngra yetsa ko`hi g`am,
Ne ajab ishq ibtidosi «ayn» erur, poyoni «qof».
Qoshi ko`nglum o`g`risidur roki` o`lmog`lig` ne sud,
O`g`ri bosh solg`ach quyi bordur dalili e`tirof.
Ishq aro Majnunni der ba`zi fuzun, ba`zi meni,
Lek holim anglag`an topmas mahalli ixtilof.
Bo`l safo ahlig`a hamdam, yor vaslin istasang,
Aksini solg`aymu soqiy bo`lmag`uncha boda sof.
Ey Navoiy, gar qilur ko`nglung haram tavfini qasd,
Qat` etib dashti fano maqsad harimin qil tavof.
306
Ko`rguzur hijron hurufi nuqtasin jon har taraf,
Sensizin ya`niki qo`ymish dag`i hijron har taraf.
Uyla shiddat birla charx aylar meni sargashtakim
Zaxm ko`p tandin yog`ar shudrun kebi qon har taraf.
Ko`nglum ahvolin ne deykim, sharhig`a bir tildurur
Ko`kragimdin bosh chiqarg`an no`gi paykon har taraf.
Tashladim yetkach junun xayli tuganlar taxtasin,
Ya`ni ochtim mehmonlar ollida xon har taraf.
Ashk qonlig` ko`zni eltur uylakim, su lolani,
Bo`lmasa yo`linda moni` xori mujgon har taraf.
Rashkdin ko`p muztaribroqdur ko`ngul ul go`ydin
Kim, kesib boshimni ul sho`x ursa chavgon har taraf.
Qo`y basharni, gar maloyik domi ermas yaxshidur,
Ul pariy mundoqki, zulf etmish parishon har taraf.
Netib o`lmaykim, yana ul sho`x usruk otlanib,
Ter sui markab yelidin soldi to`fon har taraf.
Ko`r, ne hayratdur mangakim, bordurur bu dayr aro
Donishi yuz menchalar, yuz mencha hayron har taraf.
Shishadek ko`nglumni paydo o`rtadi soqiy valek
Dog`in etti may hubob ostida pinhon har taraf.
Ey Navoiy, navhayi hijron tuzub un chekma ko`p
Kim, kishi qolmas tirig yetkach bu afg`on har taraf.
307
Boda xushtur gar harifim bo`lsa bir yori zarif,
May harifi gar zarif ermas, anga erman harif.
Ul sifat zoting latofat aynidin jonbaxshdur
Kim, hamono ani mazhar qildi ism-ul-latif.
Za`fdin gar dardi ishqingdin shikoyat ayladim,
Ishq shar`i ichra ermas mu`tabar qavli zaif.
Xoki poningni maloyik qildilar toji sharaf,
Olloh-Olloh, kim ko`ruptur bu sifat zoti sharif.
Za`fim andoqdurki dam ursam erur biymi halok,
Ne uchunkim ul taharrukdur anga behad anif.
Davr ranjidin tilarmen mayg`a tushmak uylakim,
Mayg`a tushgan qil kebi g`arq o`lsa bu jismi nahif.
Ey Navoiy, qilg`ali tab` ahli jinsi she`r nazm,
Nazming o`ldi barchasig`a qofiya, balkim radif.
308
Bazm aro gar yo`q may bila daf,
Ham yomon ermas un bila kaf.
Soqiyi gulrux, boda ketur
Kim, manga haddin oshti shaaf,
Davr ila dayr aro may chekkali,
Chekmak necha masjid aro saf.
Bodag`a bersam jon naqdi,
Bo`lmoq uchundur naqd talaf.
Kel berikim, yo`q sanga vubol
Lekin erur ko`p bizga sharaf.
Shayxi riyoyiy foniy ermas,
Ul taraf o`lsun, yo bu taraf.
O`qung uchun xasta Navoiy,
Ko`zi qorasin qildi hadaf.
QOF HARFINING QIYOMATLARINING QIRONI
«G`AROYIB»DIN
«G`AROYIB»DIN
309
Zihe azalda karam aylabon sanga xalloq,
Karim xilqat ichinda makorimi axloq.
Sipehr gunbadini ravshan etkali zoting,
Charog` o`lub, anga qandil arsayi ofoq.
Nujum ko`zlarini gardi markabing yorutub,
Gaheki sekritibon charx sohatida Buroq.
Rikobing o`pmagining orzusida oyu kun
Berib Buroqing uchun o`zlariga shakli chanoq.
Hilolu mehru shihob o`ldi na`lu dog`u alif,
Falakka bo`lg`ali sendin nasib dardi firoq.
Sipehr har kecha yuz ming ko`zin nedin yummas,
Visolingga yana bir kecha gar emas mushtoq.
Maqominga yetayin deb Navoiy aylar sayr,
Gahe Ajam bila Nerez, gahe Hijozu Iroq.
310
Yordin ayru ko`ngul mulkedurur sultoni yo`q,
Mulkkim sultoni yo`q, jismedururkim, joni yo`q.
Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul
Bir qora tufrog`dekdurkim, gulu rayhoni yo`q.
Bir qora tufrog`kim, yo`qtur gulu rayhon anga,
Ul qorong`u kechadekdurkim, mahi toboni yo`q.
Ul qorong`u kechakim yo`qtur mahi tobon anga,
Zulmatedurkim, aning sarchashmai hayvoni yo`q.
Zulmatekim, chashmayi hayvoni aning bo`lmag`ay
Do`zaxedurkim, yonida ravzai rizvoni yo`q.
Do`zaxekim ravzayi rizvondin o`lg`ay noumid,
Bir xumoredurki, anda mastlig` imkoni yo`q.
Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki, bor
Hajrdin dardiyu lekin vasldin darmoni yo`q.
311
Bo`lmas ermish dilrabolar ahdi mahkam, ey rafiq,
Gar kishi derkim, bo`lur, tutma musallam, ey rafiq!
Har pariyzodeki o`z majnunig`a qilmish vafo,
Bilki, andindurki, ermas nasli odam, ey rafiq!
Mohvashlar shomi zulfi ne uchun oshuftadur,
Tutmamish bo`lsa vafo ahlig`a motam, ey rafiq!
Dard muhlik umrning ta`jili ko`p, joning uchun
Kim, Masihimni ketur boshimg`a bir dam, ey rafiq!
Qo`ydi bir o`tlug` fatila dog` uchun har g`unchadin,
Charx to gulshanni ko`rdi sabzu xurram, ey rafiq!
Gul emas gulbunda qonlig` dog` erurkim, nastaran
Tevruk aylaptur momuq qo`ymoqg`a marham, ey rafiq!
Bu munaqqash saqf tarixi yozig`liq chun emas,
Ko`p mashaqqat chektim, ammo qoldi mubham, ey rafiq!
Men xud ettim azm mug` ko`yida rasvo bo`lg`ali,
So`z eshit, albatta, mendin qolma sen ham, ey rafiq!
Ich dag`i tutqil Navoiyg`a qadahkim, arzimas
Bir nafas hushyor bo`lmog`lig`qa olam, ey rafiq!
312
Sanga ish javlon qilib maydonda chavgon o`ynamoq,
Manga ollingda boshimni go`y etib jon o`ynamoq.
Bosh ovuchlab egma qomat birla qolman raxshidin,
To tilar chobuksuvorim ko`ngli chavgon o`ynamoq.
Ko`z qarosin o`ynatur har lahza ul mardumni ko`r,
Hinduedekkim erur oyini qolqon o`ynamoq.
O`ynay-o`ynay aylading kufr ila dinimni badal,
Olloh-Olloh, bumudur, ey nomusulmon, o`ynamoq.
Javr toshin ul pariy o`ynab otay der el sari,
Vahki, bu devonag`a yetkach ne imkon o`ynamoq.
Har sari ashkim yugurmoq ne ajabkim, ayb emas,
Tiyra uydin chiqqach-o`q yoshlarg`a har yon o`ynamoq.
Charx o`yun birla olur din naqdin eldin, voqif o`l,
Bu musha`bid birla bo`lmas ahli irfon o`ynamoq.
Va`da ko`p qilding Navoiyg`a va lekin o`ynabon,
Muncha bo`lg`ay el bila, ey ahdi yolg`on, o`ynamoq.
313
Ohkim, g`am tiyg`idin ko`ksumni qildi chok ishq,
Dudi ohimdin ko`zumni ayladi namnok ishq.
Dard kirmak birla jon chiqmoqqa gar yo`l qilmadi,
Ne uchun g`am tiyg`idin ko`ksumni qildi chok ishq.
Ul pari ko`yidakim har lahza yuz ming bosh borug
Sudrabon eltur meni devonani bebok ishq.
Ko`zuma har dam yorug`roqdur yuzungnung ko`zgusi,
Xosiyat mundoq emish har kimda bo`lsa pok ishq.
Oshiq o`ldi xasta jon ko`rgach ul otashporani,
Olloh-Olloh, barq ila o`ynaydurur xoshok ishq.
Ishq vodiysig`a kirgan, yonki andin har quyun
Kim, chiqar sargashtaedurkim qilibdur xok ishq.
Ey Navoiy, oshiqekim, sen kebi istar farog`,
Gar erur majnunki, ul qilmaydurur idrok ishq.
314
Vah, necha jismimni g`amdin notavon etkay firoq,
Notavon jismimg`a har dam qasdi jon etkay firoq.
Jismim aylab notavon jonimg`a qasd aylab nihon
Qasd qilg`an jonni rasvoyi jahon etkay firoq.
Jonni rasvo aylagandin so`ng qanoat qilmayin
Yuz g`amu anduh xadangiga nishon etkay firoq.
Emdikim anduhu mehnat o`qig`a qildi nishon,
Har jarohat uzra yuz dog`i nihon etkay firoq.
Ey ko`ngul, solma o`zungni dard ila mardona bo`l,
Bizni, shoyadkim, bu yanglig` imtihon etkay firoq.
Vaslidin dam urmayin qilsaq firoq ichra basar,
Shoyad o`zin bizga bir kun mehribon etkay firoq.
Kuydi jonim vaslida el rashkidin to yetti hajr,
Vasl munglug` jonima o`t soldi to netkay firoq.
Do`stdin istar rizo zinhor ani ko`rmakim,
Vasl qilg`ay komron yo notavon etkay firoq.
Ich, Navoiy, may bag`ir qonidegu bexud yiqil,
Necha vasl ummididin bag`ringni qon etkay firoq.
315
Qon yoshim sarig` yuz uzra oshkor etti firoq,
Za`faronzorimni g`amdin lolazor etti firoq.
To firoq uyiga kirdim, vahki, ashkimdin edi,
Garchi yuz gavhar, ayog`img`a nisor etti firoq.
Dam-badam ohim chekarga sabr ila toqatni aql
Ixtiyor etti, vale beixtiyor etti firoq.
Jon talashur elni marg andoqki aylar muztarib
Lablaring istar ko`ngulni beqaror etti firoq.
Deb eduk ishq anduhidin har dam afg`on qilmali,
Vahki, bu da`voda bizni sharmsor etti firoq.
Ket farahkim, g`amni, mehnat toshin olib, ko`ngluma
Yuz tuman mismor birla ustuvor etti firoq.
Ey Navoiy, vasl aro bo`lg`ayki, boqib kulgamen
Dog`larnikim ko`ngulga yodgor etti firoq.
Demangiz netti firoq oxirki bo`ldung dushmani,
Man`i vasli xusravi Jam iqtidor etti firoq.
316
Junun toshi xarobot ichra har dam ko`ksuma urmoq,
Erur taqvoyu donish butlarin tosh birla sindurmoq.
Queshkim zarra qo`zg`ab kirsa vayronimg`a hajringda,
Ko`zugma kul sovurmoq, bil ani, ko`nglumga o`t urmoq.
Chu piri dayr taqvo xirqasin kuydur dedi gar xud,
Aning har toridur jon rishtasi bo`lmas boqib turmoq.
Labing hajrinda xokiy tan aro ko`nglumni habs ettim,
Nechukkim jonsiz elni rasm erur tufroqqa topshurmoq.
Dema, ul dilrabog`a ne uchun ko`nglungni oldurdung,
Uz erki birla ne mumkin kishi o`z ko`nglin oldurmoq.
Agar ohimdin aylab jilva yog`durdi jafo toshin,
Ne tong gulbun sabo tahrikidin gul bargi yog`durmoq,
Binafsha solxurd eldekki bosh soldi quyi, go`yo
Yaqin anglab jazoni umr anga da`b o`ldi qayg`urmoq.
Qadah ichmak yozuq deb asru mardud etmagil, ey shayx,
Bu qism ersa azaldin, bejihatdur bizni yozg`urmoq.
Qarog`lardin pulak jon rishtasidin chillavor etqil,
Qoshing yosin Navoiy qasdig`a gar istasang qurmoq.
317
Yor chun istarki, bo`lg`aymen mudom andin yiroq,
Ul jihatdin barcha vasl istar, meni mahzun firoq.
Yaxshilarg`a bas yomondur holkim, yor ollida
Tengdurur yaxshi-yomon, balkim yomonroq yaxshiroq.
Shah yonin farzin kebi kajlar maqom etmish, ne tong,
Rostravlar arsadin gar tutsalar ruhdek qiroq.
Toza har yon dog` emas jismimda ul yuz ishqidin
Kim, bu kavkablarg`a bo`lmish ul quyoshdin ehtiroq.
Bu yiroqliqdin yaqindur o`lgamen, vah, yorning
Istabon royin bo`lupturmen qinliqdin yiroq.
Mahjabinlardin siyahdillik ne tong, oykim aning
Botinin ko`rsang qoradur, gar ko`runur zohir oq.
Ko`p Hijoz ohangi tuzma yor ila bo`l barcha vaqt,
Ey Navoiy, gar Ajam bo`lsun maqoming, gar Iroq.
318
Chiqsa jonim, ayb qilma, jismi bemorimg`a boq,
Kuysa jonim, hayrat etma, nolayi zorimg`a boq.
Hajr dashtining guli gar lola bo`lsa, sayli qon,
Qilmag`il, ey gul, taajjub chashmi xunborimg`a boq.
Eyki, ko`rmaysen quruq shoxe bezalgan gul bila,
Hajr toshidin sarosar jismi afgorimg`a boq.
Zulfin ochti ul sanam, ey shayx, bovar qilmasang
Kim, asiri kufrmen but birla zunnorimg`a boq.
Er bila teng qildi xoki tan uyin ashkim suyi,
Ishq saylidin yiqilg`an eski devorimg`a boq.
Qilmasang tavbamni sindurg`anni bovar, ey faqih,
Xirqayi chokimni ko`r, oshufta dastorimg`a boq.
Bosh ko`tarmay maydin ektim jurm tuxmi barcha umr,
Ey Navoiy, umr etib zoyi` saru korimg`a boq.
319
G`amim ko`p ayta olmasmen ne tong ko`nglum halok o`lmoq,
Ichimda yuz qilich, ne ayb ko`ksum chok-chok o`lmoq.
Ular deb shod o`lur, ko`p ko`rsa dardim muddaiy bilmas
Ki, ishq ichra hayotim boisidur dardnok o`lmoq.
Agarchi husn ichinda sencha pok o`lmoq emas mumkin,
Ani ham ko`rki ishq ichra bo`lurmu mencha pok o`lmoq.
Agar zahr ichsam ilgingdin taajjub qilma, ey soqiy
Ki, bo`lmish mastu oshiq shevasi bevahmu bok o`lmoq.
Chu men bir jom uchun dehqon asirimen, ajab ermas
Libosim tok bargi, rishta bel bog`larga tok o`lmoq.
Jahondin silkinib chiqqan etak topib yopishmog`liq
Muyassar bo`lsa, ne ishdur talab yo`linda xok o`lmoq.
Navoiy ko`ksida ishq etmas o`lsa dafn g`am naqdin,
O`yulub toza dog`i har taraf nedur mag`ok o`lmoq.
320
Demangiz ahbobkim, qilmasmusen bas yig`lamoq
Kim, manga tengri nasib etmish tuganmas yig`lamoq.
Asray olmon o`zni, ashkim tutti dashtu tog`ni,
Nechakim Farhodu Majnun dedilar, bas yig`lamoq.
Mastu oshiqmen dag`i ko`nglumda ayrilg`an kishim,
Ey musulmonlar, ne tong men zori bekas yig`lamoq.
Tong emas jismim oqizg`uncha ko`zum gar to`kti ashk,
Ne ajab abri bahoriy oqqucha xas yig`lamoq.
Tiyra hajring shomida gar jon talashman tongg`acha,
Boshima sham`u surohiy nedurur bas yig`lamoq.
Dahr bog`idin vafosizlig` agar fahm etmadi,
Nega shabnam ashkidin fan qildi nargis yig`lamoq?!
Ey Navoiy, toqini men dag`i ashkimdin yiqay,
Chun manga qism etti bu charxi muqavvas yig`lamoq.
321
Kimki, vasli ichra yoqsang sham`i ulfat, ey rafiq,
Ko`z tut ul sham` o`tidin-o`q dog`i furqat, ey rafiq.
Vasl sofi mumkin ermas chunki bedardu firoq,
Zinhor ul boda sari qilma rag`bat, ey rafiq.
Vasl yo`qkim, ishq lafzin tilga mazkur etmagil,
Har nafas ko`rmay desang yuz nav` shiddat, ey rafiq.
Kuyma har bemehr o`tig`a, gar desang har dam seni
Qilmag`ay kul shu`layi anduhu g`ayrat, ey rafiq.
Sho`x chobuklar g`ubori tavsanig`a solma ko`z,
Yuzda istar bo`lmasang gardi mazallat, ey rafiq.
Boqma guldek yuz uza xay shabnaminkim, buzmasun
Aql ila sabring binosin sayli ofat, ey rafiq.
Gar solib yuz ming balog`a mendek o`zni bo`lmasa
Ishqsiz bir dam sanga ham sabru toqat, ey rafiq.
Toki mumkindur, kezib bir mehribon yor istagil,
Bag`ri toshlarni sevarga qilma jur`at, ey rafiq.
Gar Navoiydek boshingg`a tushsa bir qotil g`ami,
Anda dag`i ko`rgasen ne bo`lsa qismat, ey rafiq.
KOF HARFINING KOFIRLARINING KAMOLI
«G`AROYIB»DIN
«G`AROYIB»DIN
322
Ey, deb sifatingda ahli idrok,
Lav loqa la-mo xalaqt-ul-aflok.
Aflok nechukki xoki rohing
Ul yo`ldaki, ojiz o`ldi idrok.
Desam aflok erur tufayling
Basdur guvahim hadisi «lav lok».
Tubiy bila shoxi sidra keldi,
Qadring chamanida ikki xoshok.
Kim tutsa shafoating umidi,
Bebokligidin anga ne bok.
Chun shomi urush qaytting bot,
Subh etti yoqani g`ussadin chok.
Vasfingda ne aytqay Navoiy,
Juz ajz ila uzri mo arafnok.
323
Vah, nedur maydonda har yon azmi javlon aylamak,
Bizga yetkach o`zga yon ohangi maydon aylamak.
Zulfdin chavgon chekib el boshini go`y etkali,
Ko`z yoshimni go`ydek har sari g`alton aylamak.
Qon aro jismim bo`yab, dersenki, ishqim tarkin et,
Bu ekin olamda kofirni musulmon aylamak.
Tan g`uborinda yoshurdum dog`i ishqinkim, emas
Ayb muflisdin diram tufroqqa pinhon aylamak.
Ko`kta gar anjum emas ohim o`qining yarasi
Shomlar nedur shafaqdin ko`nglakin qon aylamak.
Charx sidq ahlin g`amin istarki, bo`lmish subh ishi
Ashkdin kavkab sochib choki giribon aylamak.
Gar Navoiy jismini ishq istamas toshdin figor,
Bas nedur ani junun ko`yida uryon aylamak.
324
Ishq aro vasling tilab hajringda bo`ldum dardnok
Xasta yanglig`kim, hayot ummididin bo`lg`ay halok.
Yo`q ajab gar ul quyosh navqangg`a boqmas, ey ko`ngul,
O`tqa ne g`am garchi kuygan nola aylar dardnok.
Tekkanin yetkach ochar paykoni ko`ksum chokining,
Ul kalid o`lmish, ajal darvozasi go`yo bu chok.
Aylar erduk pok ishq o`tig`a kuymak orzu,
Shukr lillah oqibat kuydurdi ishqing bizni pok.
Soldi may ul hur shavqin ko`ngluma, ey bog`bon,
Berding o`xshar parvarish kavsar ziloli birla tok.
Ishq aro do`zaxdin, ey nosih, meni qo`rqutmakim,
Hajr o`tin ko`rgan samandarg`a sharardin qayda bok.
To taning avji hayot ustidadur sen xok bo`l,
Istasangkim avj tutqaysen taning bo`lg`anda xok.
Ey Navoiy, shomi g`amdin ayru yo`qtur subhi vasl,
Oq erur, lekin qorartur har neni rang etsa zog.
325
Kelgusi ul sarvi siyminbar guli serobdek
Kim, tanimda har zamon titrar ko`ngul siymobdek.
Vah, ne yanglig` axtari sa`d erdikim qilg`ach tulu`
Tun kecha ko`zum yorutti mehri olam tobdek.
Quchqamen belin kamar zanjir ilan deb bo`ldi xam
Notavon jismim mutallo aylagan qullobdek.
Sajda ul chobuksuvor ollinda andin aylaram
Kim, oyog`i uzra naqshe ko`rmisham mehrobdek.
Aql sarrofi labing ranginu nozuk so`z bila
Topti gulgun rishta o`tkargan aqiqi nobdek.
Silk etak zarrishta birla gul to`qulg`an jinsdin
Kim, emas tori chu bo`lg`an vaslalig` moshobdek.
Ko`r Navoiy masnadin ishq ichrakim, gulxan aro
Shu`la oltoyiu kullardur anga sinjobdek.
326
Turfa ruxsoringki, husn ichra erur gulzordek,
Turfaroq budurki, gulzor ermas ul ruxsordek.
Sarvnozim boshida turna parin ko`rkim, erur
Sham`ning boshida kul bo`lg`an parishon tordek.
Bir tun ul oy hajridin kuydum, ulus ko`rdi meni
Tonglasi bir yil takassur tortqan bemordek.
Toshlarkim urdi ul sho`x, ipga bog`lab osmisham
Bo`ynuma ko`nglum g`ami taskiniga tumordek.
Za`fdin ko`yida qo`ydum boshim ostig`a kesak,
Soya ham gar istasam yo`qtur buzug` devordek.
Ul quyosh mast o`ldi, go`yokim qilib egri xirom
Yuz jafo jonimg`a aylar charxi kajraftordek.
Telba ko`nglungni, Navoiy, zabt aylay olmading,
Emdi chek andin ilig har sori borsa bordeg.
327
Ne nav` bordi ekin uyga kecha ul chobuk
Ki, tun qorong`u edi, raxshi tund, o`zi usruk.
Nechukki yeldin o`lur har taraf niholg`a mayl,
Samand uza egilur erdi ul qadi nozuk.
Agarchi kayfiyat ichra ko`runubon bir nav`
Va lek kayfiyat andin ko`ngulga yuz turluk.
Gaheki ko`z ochibon kirpigi otib novak,
Tushub qayonki otib jonu ko`nglum ichra to`shuk.
Agarchi o`lturubon yuz tirigni g`amzasidin,
Va lek jon topibon nuktasi bila yuz o`luk.
Netib o`z ilgida qolg`ay inoni hushu xirad
Ki, boda kuchlugu raxshi inoni ham kuchluk.
Navoiyo bu balolar sangaki yuzlandi,
Xayoli ofiyat etsang, o`zungga bor o`truk.
328
Menki chektim la`li shavqi birla jonondin ilig,
Go`yiyo hayvon suyi birla yudum jondin ilig.
Chun meni hayron anga zoru oqar ashkim ne tong
Ul pariypaykar yusa men zori hayrondin ilig.
Ilgi hinnodinmu rangindurki, men qurbon anga,
Yo qilurda qatl, anga rang o`ldi qurbondin ilig.
Lutf ishida ko`rguzur har dam yadi bayzo ul oy
Ne ajab gar eltsa Musoyi Imrondin ilig.
Jon chiqar holatda bas topsam itidin poybo`s
Ne hadim o`pmak uchun istarga jonondin ilig.
Dayr aro chun mug`bacha el yori bo`ldi, ey ko`ngul,
Yu mug`ona may bila ul nomusulmondin ilig.
Rahm etib holimg`a solsa ko`z yoshimg`a bir nazar,
Vah, yumay netkaymen ul dam aqlu iymondin ilig.
Bersa yuz oshub davrondin ilig men xastag`a
Chekmagungdur hargiz ul oshubi davrondin ilig.
Sayddek o`qtin qatil o`ldi Navoiy ko`nglikim
Sundi oylar tiyg` ila kesmakka har yondin ilig.
329
Mahvashimda za`fu men bu g`ussadin har dam halok
Kim, ne ya`ni men tirig bo`lg`aymenu ul dardnok.
Nogah, ey ahbob, davron qilmag`ay beboklik,
Yo`qsa bizdek yuz tuman jonon uchun o`lsak, ne bok.
Pok jonin, yo rab, olma poklar ko`ngli uchun,
Bo`lmasa ma`shuqi, pok, oxir ne osig`, ishqi pok.
Ko`nglakin chok aylamish anduhdin gul, chun yoqa
Chok qilsa naylasun bulbulning o`lmay ko`ksi chok.
Gar bo`lur yuz joni pok aning fidosi ozdurur,
Men ne had birla bo`lay, chunkim erurmen tiyra xok.
Chun ajal jomin sumurmay chiqmas el bu bog`din,
Xurram ulkim, bosh ko`tarmas bodadin andoqki tok.
Ey Navoiy, yor dardi ne balo muhlik emish
Kim, arang za`f etkani ushshoqni aylar halok.
330
Sud qilmas etagingni iligimdin chekmak
Kim, qiyomatqa degincha bu iligdur, ul etak.
Qonima qo`l shimalu tiyg`ni chekmaki,
Qilur qatl po`lod qilichdin burun ul siym bilak.
Qayd qilmangki, junun silsilasi qaydidamen
Kim, kesa olmas ani qilsalar olmos egak.
Tirguzurda nafasing yuzni qochurmoq ne edi,
Mayl qilmas xud o`lug kimsadin olmoqqa muchak.
Ishqdin maxlasima aylabon ahbob duo
Mustajob o`lmas aning meni mahzung`a tilak.
Janda birla kishi darvish emas, bo`lsa fano
Tengdurur xoh palos o`lsa to`nung, xoh ipak.
Ko`yida o`ldi Navoiy bu sifatkim, bor edi
Takya xorovu hasiri yoni ostida tushak.
331
Ko`nglaking bargi gulu ustida gulrang yelak
Gul kebi jisming uza uylaki gulgun ko`nglak.
Qalag`ay sahfada ruq`angni ko`rub oqti yoshim,
Tifldekkim yugurur ko`rsa mulavvan ko`palak.
Ko`yining tufrog`idin qo`pmas esam tong ermas,
G`am toshidin chu butun qolmadi jismimda so`ngak.
Bukun ul nav`ki mendin bosh erur, sendin tiyg`,
Tongla ham bo`lg`usidur mendin ilig, sendin etak.
Yuragim itlaring andoq yedilar tishlashibon
Kim, yana yo`qtur alar ollig`a bormoqqa yurak.
Meni bir mug`bacha oshuftavu volih qilmish,
Naylay islom aro gar ko`p esa mirzovu mirak.
Tishlabon, dayr ichida jomi hiloliy cheksam,
Qursi limusi kavokibning agar bo`lsa gazak.
Saltanat xil`atidin ortuq erur dayrda mast,
Sudrasam boda gadolig`ida yirtuq kapanak.
O`zlugung qaydini kesmakka Navoiy bilkim,
Yo`qturur dahr irikliklaridin yaxshi egak.
332
Kimga bir majlisda ohu dard ila so`ze kerak,
Mundog` o`t yoqmoqqa avval majlisafro`ze kerak.
Majlisafro`ze agar ham bo`lsa majlis ahlining
Bag`rini kuydurgali ohi jigarso`ze kerak.
Subhi vasling ichra tirguz xayli ushshoqingnikim,
Shomi hajr o`lturgali mendek siyahro`ze kerak.
Ko`yungga har kun borib har dam ko`ray dermen seni,
Menga har kun bayramu har lahza navro`ze kerak.
Yaxshi asra g`am tuni ohim o`qin, ey charxkim,
Sen evaz otmoqqa ham chun tiyri dildo`ze kerak.
Bir xizrvash himmatin berma iligdin, negakim
Dashti hirmon qat`iga oxir qulovuze kerak.
Ishq ta`limin Navoiydin olurlar ahli dard,
Uyla dars ahlig`a mundoq donishomuze kerak.
333
Kimki oshiq bo`lsa zoru xastahol o`lmoq kerak,
Rashkdin olam eliga badxayol o`lmoq kerak.
Vasl topmog`lig`ki ishq ahlig`a amredur mahol,
Kechavu kunduz ishi fikri muhol o`lmoq kerak.
Shavq aro gah mo`yadin bo`lmoq kerak, andoqki mo`y
Hajr aro gah noladin andoqki nol o`lmoq kerak.
Vasl mumkin yo`q, vale hijronda har dam yuz balo
Mundoq ofat mubtalosi mohu sol o`lmoq kerak.
Ishq ko`yida zuloli vasl ichmaydur kishi,
Dayr sari tolibi jomi zulol o`lmoq kerak.
Zulm ko`rkim charx etib ikki sipahni kiynavar,
Mo`rlar xayli aroda poymol o`lmoq kerak.
Ey Navoiy, istasang maxlas kuduratdin sanga
Xonaqahdin dayr sari intiqol o`lmoq kerak.
334
Yor bo`lmish o`rtag`a hijron tariqin solg`udek,
Aqlu hushu jonu ko`nglum xayli ham qo`zg`alg`udek,
Yor borib aqlu hushu jonu ko`nglum qo`zg`alib,
Tan yotib, ko`z bulajab holimg`a boqib qolg`udek.
Boshni holokim, erur fursat, solayin ollig`a,
Tundlug`din garchi ermas ani yerdin olg`udek.
Soqiyo, may tut, mug`anniy navha ohangini chol
Kim, sipohi umrum o`lmish ko`si rihlat cholg`udek.
Hajr aro, ey Xizri farruxpay qo`lum tutkim, erur
Po`ya urmoqtin bu vodiy ichra bag`rim tolg`udek.
Hulla gul bargidin etting pardayi jonimdin et,
Bo`lsa aning ostida nogah taning tavshalg`udek.
Ey ko`ngul, naqdi hayoting qil fano yo`lida sarf,
Hayf erur gar bo`lsa umri Nuh uchun sayfalg`udek.
Bir zamondur umr azmi dasht etib osuda bo`l,
Bo`lsang abnoyi zamon bedodidin qiynalg`udek
Ey Navoiy, zavraqi jisming ne tong bo`lsa g`ariq,
Bahri ashk o`lmish chu har dam ohdin chayqalg`udek.
335
Ey, ko`ngulda shahdi la`ling hasratidin yuz teshuk,
Har teshukdur shahd zanburi uyi yanglig` chuchuk.
Gar teri birla so`ngakmen tu`ma ham qilmas iting
Kim, teri asru qatiq bo`lmish, so`ngak asru churuk.
Ne labingdin kom toptim, ne ko`zungdnn javr o`qi,
Bu sifat mahrumluqtin ne tirigmen, ne o`luk.
Uyla zanjiri junun rasvosimenkim, har zamon
Tegrama farhodu Majnundek yig`ilmish bir suruk.
Ishq o`tidin qullug`ung dog`ini qo`ydum ko`ksuma,
O`zni bu nav` ayladim ishq ahli ichra belguluk.
Faqr vodiysinda o`zluk necha kamrak yaxshiroq,
Yo`lni oson qat` etar solik yengilrak bo`lsa kj.
Elga o`t solding, vale kuydi Navoiy g`ussadin,
O`xshamas o`t birla kuydurganga bu yanglig` kuyuk.
336
Junun sahrosida boe yo`q erkandur bu mahzundek
Ki, bo`lg`ay vahshiy xaylin kutkali cho`pone Majnundek,
Ne tong gar olami kubro esam har qatra ashkim chun
Tengizdekdur ichimda yuz tugan har qaysi gardundek.
Shafaq ko`k zarfin etkay la`liy, ammo la`li hajrinda
Qizarta olmag`ay olamni bu ashki shafaqgundek.
Manga atfol otqan toshu sabrim kishvarin ko`rkim,
Meni devonag`a ul tog`dek bo`lmish, bu Homundek.
Soching savdosidin aytur parishon so`zlarim bordur,
Fusungar san`at aylarda yilong`a qilg`an afsundek.
Firoqing poymoli qomatimkim, halqadek bo`lmish,
Nazar qilkim, biaynih bo`ldi hijron ostida «nun»dek.
Qo`yub Farhodu Majnun qissasin, ko`r daftari ishqim
Ki, bir-ikki xatinda topilur ul ikki mazmundek.
Chu ko`mdung yerga Qorun ganji hukmi tutti, ey mun`im,
Tutaykim naqd ila bo`ldi xizonang ganji qorundek,
Vafo aylab, vafo ko`z tutma olam dunlaridinkim,
Vafosiz keldi olam dunlari ham olami dundek.
Manga dayri fano sing`an safoli jomi Jamdekdur,
Kamin soyillari eski palosi hazzu iksundek.
Navoiy nazmig`a solsa quloq shah, ne ajabkim, bor
Aning har lafzida shohona la`lu durri maknundek.
337
Labingki, sayli sirishkimni oqizur qondek,
Erur bu qondek, emas ul valek qong`andek.
Tomug` o`ti bila ahli azob jonig`a dog`.
Emas firoq o`ti birla dog`i hijrondek.
Firoq dashtida ko`nglumni qildi xori xasak
Tikanki, har yonidin bosh chiqardi paykondek.
Bihishtu bo`ynuma havro salosili zulfi
Chu sensiz o`lsa gumon ayla bandu zindondek.
Ko`ngulki tushti junun dashtig`a borib, gohe,
Quyundek ohim aning tegrasida aylandeg.
Vafog`a garchi falak davri ojiz ersa, hanuz
Bu sheva ichra emas erkin ahli davrondek.
Qadah tubida ko`rung boda durdini maxfiy,
G`am ichra qon to`la ko`nglumda dog`i pinhondek.
Navoiy asru buzug`, lek Vomiqu Majnun
Emaslar ikkisi ul xonumoni vayrondek.
338
Hajr tobi ichra kim ko`rmish bu jismi zordek
Kim, topibdur barq shakli o`tqa tushgan tordek.
Ey kabutar, tavq paydo aylagung to`tiy kebi,
So`zluq nomamni ossam bo`ynungga tumordek.
Bo`ldi yuz ming pora jismimda so`ngak, qon qolmadi,
Molishi hajringdin o`lmishmen siqilg`an nordek.
Vah, ne hijrondurki, ham avval tunining tonglasi
Bo`lmisham yillar malolat tortqan bemordek.
Ey ko`ngul, dayr ichra ul kofirni sevdung bilki yo`q
Rishtae o`zni anga bog`lar uchun zunnordek.
Yor agar hampovu pobarjo esa bu davr aro,
Boshig`a har lahza evrulmak bo`lur pargordek.
Har so`ngak yonimda bo`lmish bir teshuk g`am bazmida,
Har birida o`zga yanglig` nola musiqordek.
Boda ichmakka maqome istar ersang, ey rafiq,
Ma`mane bu ishga yo`qtur kulbayi xammordek.
Har dam ul oy hajrida ovoralig` istar ko`ngul,
Ey Navoiy, qo`y ani har qayda borsa bordeg.
339
Ey to`quz torami, axzar bo`lubon jilvagahing,
Xayli anjum sipahing, nuri g`ubori siyahing.
Mujdai vasl ila topmay dame orom, magar
Maqsadi sidq bo`lub bir nafas oromgahing.
Charx yuz ming ko`zi go`yo yorudi, tortilibon
Surmagun tun ichida surmasifat gardi rahing.
Sufiyi olami qudsiy senu ashob rusul,
Arshi a`lo kelib ul xayl uchun xonaqahing.
Tah-batah bu to`quz aflokidin o`tganda edi
Yuqori xoliq o`lub, moxalaqalloh tahing.
El ko`zin nuri shafoat bila yorutqaningga
Tortqan surmayi mozog` ikki ko`zdur guvahing.
Ey Navoiy, chu shafi`ing ul erur, bo`ldi gunoh
Ul malaklargaki, yozmoq tilagaylar gunahing.
340
Qoradur xolu xattu ko`zu qoshing,
Magar borini kuydurmish quyoshing.
Yoshim torin uzattingkim, sening ham
Uzalg`ay aysh ila, yo rabki, yoshing.
Boshimg`a toshlar yog`durmakim, bor
Murassa` tojdin ozurda boshing.
Xaroshida ko`nguldin chiqting, ey oh
Ki, el ko`nglin xarosh etti xaroshing.
Nechuk sen xulfi ichra, ey ko`ngulkim,
O`tar bas tiyralik birla maoshing.
Palosi huznu men, ey atlasi charx,
Manga loyiq emas volo qumoshing.
Navoiy foniy o`ldi, ey g`amu dard,
Aning raxtin fano ko`yiga toshing.
341
Ey chuchuk jonim sening shirin labing,
Mevayi jonim turunji g`abg`abing.
Men kimu o`pmak yuzung ko`zgusini,
Bas muyassar bo`lsa na`li markabing.
Necha elni kecha, yo rab, ey ko`ngul,
Qo`ymag`ay uyqug`a «Yo rab-yo rab»ing.
Tezlikda gardiga yetmas shihob,
Ey quyosh, javlong`a kirsa ashhabing.
Yuzida ter qatrasin ko`r, ey sipehr,
Oy uza mundoq ko`runmas kavkabing.
Shurbdin nuqson emas, ey porso,
Faqr ila bo`lsa muvofiq mashrabing,
G`amzang o`ltursa Navoiyni ne bok,
So`z bila chun tirguza olur labing.
342
Kulmading, to ko`zlarimni kavkabafshon qilmading,
To`kmading qonimni, to bag`rim to`la qon qilmading.
Tifldekkim, g`uncha ochqay, qilmading, ey bag`ri tosh,
Xotiringni jam` to ko`nglum parishon qilmading.
Elga aytur zahra yo`q, vah, yo`qsa qay bir turktoz
Ayladingkim yuz ko`ngul mulkini vayron qilmading.
To quyoshdek jilva qilding, qo`ymading bir zarrakim,
Ofarinish ichra ruxsoringg`a hayron qilmading.
Yuz balo toshini ishq atfolidin yog`durmading,
To junun torojidin jismimni uryon qilmading.
Ey falak, qaysi quyosh yuzlugni bir kun charx uza
Jilvagar qildingki, oqshom yerga pinhon qilmading.
Demakim, qo`ydum Navoiy jonig`a dog`i ajal,
Shukri boriy mubtaloyi dog`i hijron qilmading.
343
Ey, mening jonim olib yaxshilig`ing,
Beribon jon yana yaxshi qilig`ing.
Qahr ila bodaki, tuttung o`ldum,
Zahrdek o`lturur elni achig`ing.
Husndin mehr g`arazdur, ey ishq,
Bu masaldur: silig`ingdin ilig`ing.
Asradim seni ko`z ichra, ey yosh,
Qonima erdi tanug`lug` osig`ing.
Mast ul kofiri bebok kelur,
Aqlu din ahli, o`zunguzni yig`ing.
G`ayr gardi borur ul pok sari,
Qani, ey ko`z, bu mahalda arig`ing.
Ey Navoiy, necha solg`ay oshub,
Ul pariy ko`yida devonalig`ing.
344
Iki g`unchang ermas, ey gulchehra, teng,
Og`zing asru toru ko`nglung asru keng.
Og`zingga tegmas uzoring birla so`z,
Bo`lmadi xurshid birla zarra teng.
Lolaning dog`i bo`lur chun o`rtada,
Nega tushmish orazing yonida meng.
Bo`ldi ilgim dog`u ko`ksum zaxmi fosh
Kim, tanimda to`n yo`qu ilgimda yeng.
Solg`ucha olamg`a o`t orazni och
Kim, jahonni kuydurur ul o`tlug` eng.
Husn da`vosig`a qo`l yengdin chiqar,
Yuz yadi bayzo chiqargandekni yeng.
Dang qilmishtur Navoiyni xumor,
Anga tutsun bir qadah, soqiyg`a deng.
345
Shoh bo`ldi ishq ichinda sohibasrorim mening,
Ishq manshurida tug`rodur bu shahkorim mening
La`li yodidin tirigmen, yo`qsa o`lgum za`fdin,
Qonki har yondin to`kar bu jismi afgorim mening.
Men junun sahrosida yittim, gar anda har kishi
Ko`rsa Majnunni erur, bildeg, namudorim mening.
Og`zidin andoq adam ko`yida foniy bo`lmisham
Kim, vujud iqlimida topmaslar osorim mening.
Bulajab holim junun ichra gar elni kuldurur,
Vahki, yig`latur yuz oncha nolayu zorim mening.
Ko`nglum o`z holida yo`q, voqif bo`lung, ahbobkim,
Hajr dardidin erur hol uzra bemorim mening.
Kofiri ishq o`ldum ul but ollida, vah, yaxshidur
Dayr aro bog`lanmasa bo`ynumg`a zunnorim mening.
Sen dag`i ko`rguzma makru sho`xluq, ey zoli charx
Kim, bilur sendin ko`p ortuq sho`xi makkorim mening.
Xotirim, ham davru ham davr ahlidin ozurdadur,
Ey Navoiy, istama pand aytib ozorim mening.
346
Mutribo, g`am bazmida to navha ohang aylading,
Za`flig` jismimni toru qomatim chang aylading.
Bo`ldi bo`stoni uzoring bodadin afruxta,
Mayni go`yo bo`stonafro`z ila rang aylading.
Chok etib el ko`nglin etting g`unchadek ko`nglum girih
Ochting el ko`nglin agarchi bizni diltang aylading.
Buki tashbih etting, ey ko`z, xoki poyin surmag`a,
Bilki javharni qaro tufroqqa hamsang aylading.
Ishq sirri mahmilin ko`k pili chekmas, ey qazo,
Gar hilolidin gajak, xurshididin rang aylading.
Ne qatiq vodiy ekin, yo rab, sanga ey ishqkim,
Aql sarkash tavsanin qo`yg`ach qadam lang aylading.
Qil Navoiyni vujudi nangidin, yo rab, xalos,
Chun vujudin barcha olam ahlig`a nang aylading.
347
Orazing subhidin el ayshini jovid aylading,
Subhi vaslingdin mening shomimni navmid aylading,
La`li serobin tila qo`y Isoyu hayvon suyin,
Ey ko`ngulkim, orzuyi umri jovid aylading.
Qoshu yuzi aksi ko`k jomig`a tushgach, ey qazo,
Bu birin qilding hilol ul birni xurshid aylading.
Ey mug`anniy, zuhrasidin ko`kni qilg`ung munfail,
Senki har ter qatrasin bir turfa nohid aylading.
Ey ko`ngul, oxir qilichi hattig`a qo`ydum bo`yun,
Vahki, sayfi hirzini bo`ynumg`a ta`vid aylading.
Vasl sarkash qaddidin qilding tamanno, ey ko`ngul,
Ul alifkim, ya`s arodur naxli ummid aylading.
Itlari sing`an safoli ichra chekting durdi shavq,
Ey Navoiy, ani jom, o`zungni Jamshid aylading.
348
Ishqim ortar xatti zohir bo`lg`ali jononaning,
Sham` dudi shu`lasin afzun qilur parvonaning.
Har dam ashkim kelturur yuz ta`n majnun ko`ngluma,
Qismi yoshlardin hamesha tosh erur devonaning.
Orazingning naqshidin butxonadur ko`nglum uyi,
Ishq bo`lmish barhaman ichinda ul butxonaning.
Shomi hajrim sharhi elni bexud etsa ne ajab
Uyqu kelturmakdurur xosiyyati afsonaning.
Sudurur bag`rimki, paykoni ko`nguldin chekti bosh
Nam havoda sabza chiqqandek uchidin donaning.
Yiqmadi ko`k gunbadin yog`ib havodis yomg`uri
Kim, suvar erkin chiqib tomini bu koshonaning.
O`qlaring chok ettilar har yon Navoiy ko`nglini,
Yo`llar etgandek yog`in devorini vayronaning.
349
Tong nasimin soyir etkan gul uzorimdur mening,
Sekritib maydong`a kirgan shahsuvorimdur mening.
Gard emas, gardinda balkim ko`rmasun deb el ko`zi,
Volihu sargashta joni xoksorimdur mening.
Markabining na`lidin har dam choqilg`an o`t emas
Kim, ko`ngul otlig` zaifi beqarorimdur mening.
Baski, telmurdi ko`zum kirgaymu deb maydon aro,
Ko`z qarosi yo`qki, dog`i intizorimdur mening.
Ul bahori husn mingan qatraafshon bodpoy
Gulshani aysh ochqali abri bahorimdur mening.
Chobuki mehr o`ldi bemehru harun ko`k tavsani,
Tutmang otinkim, eshitmak ani orimdur mening.
Yo`lida aylay fido ko`z gavharin, jon javharin,
Ey Navoiy, yetsa ul chobuk, nisorimdur mening.
350
Kog`az uza qalamni fusunsoz qilmading,
Bir ruq`a birla bizni sarafroz qilmading.
Jonsiz tanim hayoti uchun noma yozmading,
Kilking uchini mo``jizapardoz qilmading.
Vasling kuniyu shomi firoqing bayonida
Kofur birla mushkni hamroz qilmading.
Bir mehr nomasi bila sargashta zarrani
Kundek jahonda mujibi e`zoz qilmading.
To ro`zgorim aylamading duddek qora,
Bir nomaning savodini og`oz qilmading.
Ey ko`k dabiri, kimsaga bir noma yozmading
Kim, xoma yanglig` ani sarandoz qilmading.
Rahmat, Navoiyo, sangakim yor har necha
Zulmin ko`p etti, mehru vafo oz qilmading.
351
G`am xazonin zohir etmish chehrayi zardim mening,
Borg`ali yeldek bahori nozparvardim mening.
Telbalardek so`zlashurmen o`z-o`zum birla mudom,
Chun o`zumdin o`zga yo`q olamda hamdardim mening.
Tufrog` o`lsam ko`yida, ey abri rahmat yomg`uri,
Qil madad onchakim, andin chiqmag`ay gardim mening.
Chiqti jon bilmay maqomin mujdae ber, ey Masih
Kim, qayu manzildadur mehri jahon gardim mening.
Har necha ko`nglum sovug` ohidin antur, ohkim,
Yorg`a yoqmas nekim, aytur bu damsardim mening.
Rizq chun maqsum erur, bir qurs uchun har kun nedur
Charxdek sargashtalik ko`yida novardim mening.
Ey Navoiy, toki urdi mehr naqshin tosi charx,
Bu bisot ichra ajab shashdardadur nardim mening.
352
Har ko`ngul oromi chun bo`lmish diloromim mening,
Ul sababdin yo`qturur ko`nglumda oromim mening.
Dudi ohim sarvdek chiqtiyu gulgun bo`ldi ashk,
Qilg`ali tarki vafo sarvi gulandomim mening.
Nega ko`rguzdi shafaqdin shu`la, kavkabdin sharor,
Gar emas g`am do`zaxi bu subhi yo`q shomim mening.
Dilrabolar ahdig`a hech etmasunlar e`timod,
Ey sabo, ishq ahlig`a yetkur bu payg`omim mening.
Oshiq otig`a kiriptur ko`nglumu topmas visol,
Fosiqi mahrumtek bo`lmish bu badnomim mening.
Donai tasbih mayli aylamas ko`nglum qushi
Rishtai zunnori zulfung bo`lg`ali domim mening.
Ey Navoiyu mendek ul but ko`yi sari kirmakim,
Kufr ila bo`ldi badal bu yo`lda islomim mening.
353
Ne lutf ediki, meni noma birla yod etting,
Ne noma erdiki, g`amgin ko`ngulni shod etting.
Tilim qalam tilidek shukrdin erur ojiz,
Bu noma birlaki bu notavonni yod etting.
O`qurda oqti yoshim ixtiyorsiz, go`yiyo
Ki, hajr dudasidin nomag`a midod etting.
Eturdi jismima ruh, ey quyosh, magarki masih
Muallim erdi damekim ani savod etting.
Javohireki yibording bu nomuroding uchun,
Ko`ngul xarobasini maxzani murod etting.
Ne sud bo`lsa amal nomasi qora gar xud
Oting nishon uza Jamshid yo Qubod etting.
Navoiy, jismingga ruh ul quyosh hadisi emish,
Masih nutqig`a yo`q yerda e`tiqod etting.
354
Ey ishq, yana furqat o`tin jonima urdung,
Jismimni kul aylab, kulini ko`kka sovurdung.
Anjum dema, go`yoki maloyikka tutashti,
Ohim o`ti uchqunlarikim, ko`kka yeturdung.
Qayd etmadingu bas xami zulfungni ko`ngulga
Kim, g`ayr xayolin ham aning birla supurdung.
Pobo`sini istab magar, ey shodlig` ashki,
Bu zor ila dilbar ko`rushur chog`da yugurdung.
Furqat kuni bas tiyradur, ey ishq, hamono
Kim, sarsari ohim bila ko`k sham`in o`churdung.
Hijron tuni, ey charx, musha`bid gar emassen
Ne nav` quyosh tosini xirqangda yashurdung.
Tark etmadi bosh qo`ymoq eshigingda Navoiy,
Bu ko`ydin it deb ani har nechaki surdung.
355
Necha javrin tortayin ul sarvi hurizodning,
Yo`qmudur poyoni oyo zulm ila bedodning?
Aql der sol ko`nglungga zuhdu vara` bunyodini,
Ishq aytur yo`qturur bunyodi ul bunyodning.
Tosh eritti, vahki, Xusrav ko`ngliga kor etmadi
Shu`lalarkim, teshasidin sekridi Farhodning.
Ko`ngli mehr aylar ayon, ko`rgach raqibi yuzini,
Ko`rmaguncha zok, chiqmas javhari po`lodning.
Toki saydingmen, ishing nevchun g`azabdur chun mudom
Qush giriftor o`lsa ko`ngli xush bo`lur sayyodning.
O`lmagimni boqma hijroningda, ey sultoni husn,
Qatl hukmi qilsa shah ne erki bor jallodning.
Roki` erdim chang uni keldi sahargah, ohkim,
Bordi mutrib nag`masig`a hosili avrodning.
Yo`l qorong`udur, talab noqis, qadam ne nav` uray,
Yorumay komil damidin mash`ali irshodning.
Ey Navoiy, necha bulbuldek fig`on ul gul uchun
Yo`q anga ta`siri chun bu nolavu faryodning.
356
Ko`ngullar quti shirin dostoning,
Bag`irlar qoni la`li durfishoning.
Nihonu oshkoro men sanga yor,
Sening ag`yor ila rozi nihoning.
Muhiblar birla har tun, bizdin ayru
Qadahlarkim, chekarsen, no`shi joning.
Vale vahm ayla andinkim chekib voy
Damodam qon yutar bir notavoning.
Ajab la`lesen, ey ashki jigargun,
Ajab yo`qkim, erur g`am tog`i koning.
Kular, ey bog`bon, har g`uncha go`yo
Ki, g`ofildur xazondin gulsitoning.
Navoiy ishq vodiysig`a kirdi,
Xatarliq yo`ldur, ey ahbob, yoning!
357
Rafiqlarni borin yoru mo``tamad qilding,
Aroda tek meni, mardud edimki, rad qilding.
Falak jafosi, o`lus ta`niyu firoqing o`ti,
Bas ermas erdiki, sen ham yana madad qilding.
Kechib jahon ila jondin seni dedim, jono,
Magarki qatlima bu jurmni sanad qilding.
G`araz chu o`lmagim erdi, bas erdi lutfung ham,
G`azab ne erdiki, ey sho`xi sarvqad, qilding.
G`amingni chekkali yolg`uz ko`ngul edi ojiz
Ki, tiyg`i furqat ila ani yuz adad qilding.
Chu baxt axtari sa`d o`lmadi ne sud, eykim,
Sipehr zijini hal qilg`ali rasad qilding.
Navoiy, yor ne javr etsa, jong`a minnat qo`y,
Azalda chunki bu da`voni to abad qilding.
358
Istab ul butni xirad belida zunnorin ko`rung,
Bir kaloba ip bila Yusuf xaridorin ko`rung.
La`lu xoli naqshi jonda, tanda qonu toza dog`,
Zohirimda botin ahvoli namudorin ko`rung.
Zor jismim chirmashur ul oyg`a yozg`an nomag`a,
Vasl umididin bitikka chirmag`an torin ko`rung.
Za`flig` jismim egildi kasrati paykonidin,
Bu yig`ochning shoxini xam aylagan borin ko`rung.
Umr davrining baqosin bilmaganlar har taraf,
Suda yomg`ur nuqtasining davri pargorin ko`rung.
Eyki, ko`rmaysiz bino ahli fano tufrog`ig`a,
Soyasida men bo`lur vayrona devorin ko`rung.
Demangiz hajr asru zaxm etmish Navoiy jismini,
Jismida zaxmicha yuz jonida ozorin ko`rung.
359
Xayoling husnig`a ko`nglumda ziynat bersa hijroning,
Erur gulguna qon, mashshota ishqu ko`zgu paykoning.
Jafo sarlavhida qildi alif mashqi, ko`zung yoxud
Alifdek jong`a nish urmoqqa saflar chekti mujgoni
Labing xat zohir etti, Xizr umri bersalar o`lgum,
Xususankim Xizrg`a hamdam o`lg`ay obi hayvoning.
Tushumda vasli erdi, ey ko`ngul, yo rab, balo ursun
Sangakim, meni uyg`atti ajab holatda afg`oning.
Dimog`i, yo`q mushavvash bo`lmag`an, go`yoki butratmish,
Jahon bog`ida savdo sunbuli zulfi parishoning.
Necha yog`dursa g`am toshin firoq atfoli, ey Majnun,
Ne g`am bosh uzra Laylo borgohi bo`lsa qolqoning.
Qafas qaydidadur bulbul, bukim vayrona tutmish chug`z
Vafosi yo`q ekanni bildi go`yo ahli dunyoning.
Bu bazm ahli nifoqidin toriqmish ko`nglum, ey soqiy
Ezib behush doru tut manga yetkanda davroning.
Navoiy, hajrida ne nav` sayli ashk oqizdingkim
Visoli bo`ldi chun mumkin, o`targa yo`qtur imkoning.
360
Chamanda chehra furug`i uchun qadah olding,
Ne achig` erdiki gul xirmanig`a o`t solding.
Ajab yo`q ashking agar yummayin oqar, ey ko`z
Ki, yor boqmayin o`ttiyu sen boqib qolding.
Samandi po`yasidin sarsar urg`an o`t yanglig`,
Ne holat erdi sanga, ey ko`ngulki qo`zg`alding.
G`amim yukin ko`tarib, ey sipehr, hajr tuni
Chu qilmading harakat go`yiy asru tavshalding.
Dedim taronayi jonbaxsh mutribo, sen xud
Firoq sozi tuzub o`lturur kuki cholding.
Visol gulshanin, ey jon qushi, ko`p istarsen,
Bu domgah aro go`yoki asru qiynalding.
Fano yo`lida Navoiyg`a bo`lmading hamrah,
Bu dasht po`yasidin, zohido, magar tolding.
361
G`am toshin jismimda paykoning bila band aylading,
Ul samarni bu yig`ochqa bargpayvand aylading.
Chun shakar shirinlik izhor etti la`ling ollida,
Demayin, qilding tabassumkim, shakarxand aylading.
Elga ishrat bodasi tuttung yoyib xoni visol,
Vahki, bizni qon yutub, g`am yerga xursand aylading.
Istamas bo`lsang meni, bulbul kebi shaydo, nedin.
Yuzni gulgun boda birla gulga monand aylading.
Qilding ul yuz jannatidin ayru bu ko`z mardumin
Odamu har sari yoshin anga farzand aylading.
Dahr bog`ining gulida yo`qturur bo`yi vafo,
O`zni, ey bulbul, agar parkand-parkand aylading.
Ey pariy, debsen Navoiy bor emish Majnun kebi,
Bir yo`li ul telbani qaydin xiradmand aylading.
362
Ey visol ahli, ul oy ko`nglini xushhol tutung,
Gar halokim xabaridin ovunurkim, ovutung.
Yuz tuman mendek aning ko`ngli rizosig`a fido
Men agar o`lsam o`lay, siz ani xushhol tutung.
Gar so`zum yaxshi-yomon xotirig`a kelmas xush,
Ul unutqan kebi lutf aylangu siz ham unutung.
Mohvashlar bila kunduz beringiz bazmig`a zeb,
Sham`i may birla shabistoni firog`in yorutung.
Nozanin xotirig`a kelmasangiz siz dag`i xush,
Yovumang men kebi bazmig`avu xunoba yutung.
Ishq aro xoru zabunluq kerak, ey ahli junun,
Orag`a g`ofilu ra`noni demankim yovutung.
G`amzasi biymi ko`p achitti Navoiy og`zin,
La`li payg`omi bila bir dag`i komin chuchutung.
363
Ishq keltursa ishim dayri fano azmida o`ng,
Xonaqah kunji havas aylamayin andin so`ng.
Rostlar ma`manidur dayr, tuz ur ul sari gom,
Kimki ul egri qadam urdi, ishi kelmadi o`ng.
Himmat ahli bila har tiyrag`a tegmas parvoz
Nasri toyir bila ne nav havo qilg`ay qo`ng.
Borkashlarga fano man`i qachon qilg`ay joh?
Tevaning ko`ngli kichikdur gar erur paykari cho`ng.
Ohu ashkidin erur o`tu su ichra oshiq,
Zohido, ne g`am anga gar qizig` o`lg`il, gar to`ng.
Zo`r bozu kishiga dahr chu qo`ymas jovid,
Sa`y etib qo`lda birovni, chu yetar emdi qo`lung.
Karamin ista Navoiyki, kishi toat etib.
Noma ma`lum emas, so`l qo`lidindur yo o`ng.
LOM HARFINING LU`BATLARINING
LATOYIFI «G`AROYIB»DIN
364
Ey ko`ngul, yer-ko`k asosin asru bebunyod bil,
Ul kesakni suda ko`r, bu safhani barbod bil.
Jism uyi chunkim erur foniy, tafovut yo`q ani
Gar fano saylobidin vayronu gar obod bil.
To`rt unsur qaydidin to chiqmag`aysen, naf` emas
Osmoniy to`rt daftarni tutaykim yod bil.
Eyki debsen, haqni ne ta`rifu vasf ila bilay,
Vasfdin mustag`niyu ta`rifdin ozod bil.
Tengri zikrikim, maloyikka g`izoyi ruh erur,
Bu g`izoni haq yo`lig`a kirgan elga zod bil.
Gar habibim qilsa izhori kalom, ey piri dayr,
Isoyi Maryamni ul dam gungi modarzod bil.
Mantiqi ishq ichra oshiqni tasavvur ayla nav`,
Fard bo`lg`anlarni bu yo`lda anga afrod bil.
El oyog`ig`a tushardin boshqa chiqmoq rasmini
May kuhanpiridin ushbu dayr aro irshod bil.
Ey suluk ahli, qachon maqsud topqumdur desang,
Mosivallohni fano ko`rgan kunin miy`od bil.
Eyki debsenkim, bilay tavhid sirridin xabar,
Shar`din nekim tajovuz ayladi ilhod bil.
Do`st vaslin topmag`an dunyovu uqbodin kechib,
Ushbu dardingg`a Navoiy holin istishhod bil.
365
Og`zidin chiqqan hadisi nozuku ranginni bil,
La`l suftidin chiqarg`an rishtadur rangi qizil.
Bir zabona har yaramda so`zi ishqingdin erur,
Ko`nglum o`ti sharhig`a ochqan og`izlar ichra til.
Ey ajal, ko`yida boshim qil og`irkim, aylamish
Hajr ashkim saylin ildam, za`f jismimni yengil.
Qon yosh ichra g`arqadur jismim, chiqar, ey mug`bacha,
Ko`rsang andoqkim olursen la`lgun may ichra qil.
Xo`blar har dam o`tar sensiz qoshimdin, vahki, bor
Har nafas hajring manga bu oylar o`tgan birla yil.
Sarsaredur har daming maqsud izin gum qilg`ali,
Gar bu vodiy ichra g`aflat birla yuz ming yil tiril.
Ey Navoiy, faqr tufrog`ig`a ko`p to`ktung sirishk,
Gar tilar bo`lsang fano ham anda-o`q emdi yiqil.
366
Aningdek mastmen day subhikim, bu mushkil ermas hal
Ki, mayliq shisha quyg`an shiradur yo shu`laliq manqal.
Quyoshdek titramak daf`in sahargah orzu qilsang,
Quyoshdek jomni titrab sumurmak farz erur avval.
Muningdek faslkim, tun mushkini charx etti kofuriy,
Sabuhiy maydin ulkim, bo`lsa loya`qil erur a`qal.
Sudo`im g`olibu gulgun mayimni muhtasib to`kmish,
Topib ollimg`a ul balchiqdin-o`q surtay qizil sandal.
Sovug` yo tiyra ersa day sabuhi, ista ravshan may,
Netarsen mehr o`tidin shu`la yo oy nuridin mash`al.
Xush ul maxmurlug`din tiyra ko`zkim, ochqach-o`q bo`lsa,
O`shul ko`zguga soqiyning hiloli qoshidin misqal.
Mahosin subhdin bog`lab, sochar o`t og`zidin gardun,
Sabuh ahli, nishot aylangki, topmishsiz ajab mahzal.
May ichra aks erur soqiy yuzidin anglaman, yoxud
Ko`zum nazzoradin to`rt o`ldi, yoxud bo`lmisham ahval.
Quloq har so`zga solma istasang ishq ichra rasvolig`
Ki, voiz ko`p chekib faryodu nosih ko`p degay muhmal.
Muyassardur, Navoiy, yor vasli xilvati topsang
Ki, ya`ni bo`lmasa ul xilvat ichra o`zlugung ankal.
367
Yuzungni ko`rdum emdi ko`zlarimni bog`la, ey qotil
Ki, nogah bo`lmag`aylar o`zga yuzni ko`rgali moyil.
Kitob avroqidek bo`lg`ay musattah qolmayin davri
G`amim toshig`a bo`lsa bir nafas to`quz falak homil.
Meni bedilning ohin o`gmakim, olamni kuydurdi,
Hanuz ermas ko`ngulning shu`lasi bu o`t aro doxil.
Tanimda gul emas gulxan nishoni telbalikdinkim
Kul o`ldum o`rtanib ishqing o`tidin, lek sen g`ofil.
Labing shavqi ko`nguldin xalq ta`n aylab qachon ketsun,
Sabodin g`unchaning hargiz bo`lurmu humrati zoyil.
Nedur oy safhasi bo`lg`an qoradin dog`lig`, go`yo
Jamoling daftarin yozg`anda bo`lmish bir varaq botil.
Mening jurm ichra uzrum shayxning zuhd ichra ujbidin
Batardur do`st lutfi holima gar bo`lmasa shomil.
Fig`oni o`qidin bulbulning, ey gulbun, hazar qilkim,
Tikan paykonig`a gul javshani hargiz emas hoyil.
Navoiy qullug`in faqr ahlining piri qabul etsa,
Erur bir banda ozod aylagan yanglig` shahi odil.
368
Hajr o`tig`a istasang yoqilmag`aysen, ey ko`ngul,
Yordin zinhorkim, ayrilmag`aysen, ey ko`ngul.
Vah, ne toli`durki topmay umre istab yorni,
Chun seni yor istagay topilmag`aysen, en ko`ngul.
Buki qon bo`ldung desangkim, oshkoro bo`lmasun
Mayl etib yoshlar sari qotilmag`aysen, ey ko`ngul.
Desalar: Laylomu ortuq husn aro yo ul pariy?
Garchi Majnunsen kerak yong`ilmag`aysen, ey ko`ngul.
Qildi chun soqiy labi yetkan qadah hushungni mahv.
To abad zinhorkim, oyilmag`aysen, ey ko`ngul.
G`unchasen g`amdin, vale soqiy bahori orazin
Ochsa bilmankim, nedin ochilmag`aysen, ey ko`ngul.
Davlati boqiy Navoykdek erur topmoq muhol,
To tamom o`zlukni foniy qilmag`aysen, ey ko`ngul.
369
Chamanda qonini baskim oqizdi zor ko`ngul,
Sog`inma g`unchaki gulbun keturdi bor ko`ngul.
Ne gullar ochqay alam gulshanida g`uncha kebi
Nihoniy zaxmlarin qilsa oshkor ko`ngul.
To`nungda tugma emas barcha la`li paykoniy,
Labing havosig`a borur tuzub qator ko`ngul,
Chamanda qon yog`ar o`tsang, magar sanavbar uza
Ochar jarohati og`zini har figor ko`ngul.
Tutashqan o`t durur o`tun aro, bukim topmas
Firoqing o`qlari birla dame qaror ko`ngul.
Fatilalarni yaramdin chekib tutashturdi,
Magar g`amingda qo`yar dog`i intizor ko`ngul.
Firoq zaxmida ochmish og`iz ketur, soqiy,
Qadahki, istamas o`lmog`ni hushyor ko`ngul.
Ne mehr isi, ne vafo rangi topqung, ey bulbul,
Bu bog` gullariga berma zinhor ko`ngul.
Navoiy etkay aning tarkin ixtiyor, vale
Qachon berur anga bu ishda ixtiyor ko`ngul.
370
Men jahondin kechtimu kechmas mening jonimdin el,
Men ilig jondin yudum, chekmas ilig qonimdin el.
To`sh-to`shumdin baski rasvolig` o`ti lov-lov yonar,
Har taraf yo`ldin chiqarlar o`tsalar yonimdin el.
Baxtim uyqusig`a go`yokim surudedur hazin,
Ko`yida bukim uyumas har tun afg`onimdin el.
Tanimaslar bir-birin yog`qan mazallat gardidin,
So`rg`ali holim kirib chiqquncha vayronimdin el.
Menda tumori junundek pech, vahkim, bexabar,
Har taraf ko`nglumda qonlig` dog`i pinhonimdin el.
Istaram, ey Xizr, kelgaymen qilib jon birla tavf,
Ka`bayi ko`yin xabar topquncha borg`animdin el.
Ey Navoiy, qilmag`aylar ayb agar devonamen,
Ul pariy vasfin o`qug`an soyi devonimdin el.
371
Qaro ko`zum kelu mardumlug` emdi fan qilg`il,
Ko`zum qarosida mardum kebi vatan qilg`il.
Yuzung guliga ko`ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig`a jon gulshanin chaman qilg`il.
Takovaringg`a bag`ir qonidin hino bog`la,
Itingga g`amzada jon rishtasin rasan qilg`il.
Firoq tog`ida topilsa tufrog`im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog`da ko`hkan qilg`il.
Yuzung visolig`a yetsun, desang, ko`ngullarni,
Sochingni boshtin-ayog` chin ila shikan qilg`il.
Xazon sipohig`a, ey bog`bon, emas moni`,
Bu bog` tomida gar ignadin tikan qilg`il.
Yuzida terni ko`rub o`lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg`il.
Navoiy anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog`lig` o`qin sham`i anjuman qilg`il.
372
Nomasi qo`ynumda baskim, iztirob aylar ko`ngul,
O`pgali chiqmoqqa go`yokim shitob aylar ko`ngul.
Toza butmish erdi ko`ksum choki, vahkim, tolpinib
Chiqqali ul raxnani har dam xarob aylar ko`ngul.
O`qi zaxmi yo`lidin solsam ichimga nomasin,
Bir fatila marham o`rnig`a hisob aylar ko`ngul.
Chirmabon jon pardasin manshur uza volo kebi
Ko`rmasun deb g`ayr ani, go`yo niqob aylar ko`ngul.
G`unchadek qat-qat bo`lub qon ul musofir shavqidin
Nomasi yanglig` damo-dam pechu tob aylar ko`ngul.
Mubham ermish ruq`asi davronning, asru yovakim,
Jong`a bu andeshadin har dam azob aylar ko`ngul.
Ey Navoiy, ochti ko`ksumning tikilgan chokini,
Nomasi qo`ynumda baskim, iztirob aylar ko`ngul.
373
Yordin kelmish manga bir turfa maktub, ey ko`ngul
Kim, erur har satri, bal har lafzi marg`ub, ey ko`ngul.
Lafz yo`q, har harfi jon hirzi, dag`i har nuqtasi
Mardumak yanglig` biaynih ko`zga matlub, ey ko`ngul.
Ayladim tumor agar tumor etar daf`i junun
Bu meni qilmish junun ilgida mag`lub, ey ko`ngul.
Safhada ermas muhabbat sharhikim kelmish kiyib,
Hullayi kofurgun bir turfa mahbub, ey ko`ngul.
Asru ko`p takror etardin ul pariyvash nomasin,
Bo`lmisham el ichra majnunluqqa mansub, ey ko`ngul.
G`ayrdin safhangni qilg`il pok, ya`ni aylama
Xotiring lavhini har xat birla ma`yub, ey ko`ngul.
G`amdin ozod o`ldi xattidin Navoiy, bermasa
Begiga qulluqqa xat bo`lg`aymu mahsub, ey ko`ngul.
374
Ul pariykim, bandi zulfig`a majonindur uqul,
Men kebi devonalar qaydin qachon qilsun qabul.
Zarra ermaskim quyosh ajzosi nur aylarga kasb
Ul pariy qasrig`a ravzandin qilur har dam nuzul.
Olamoro husn ila jonbaxsh nutqungmu ekin,
Yo Masiho ruhi Yusuf jismida qilmish hulul.
Eyki dersen, keldingu shod o`lg`usi vaslingg`a yor,
Shod bo`lg`ay erdi bo`lg`an bo`lsa hajrimdin malul.
Mushafi avsofingda ermish, Olloh-Olloh, mujmale,
Sura-sura har karashmang sharhida iynak fusul.
Erga soching sudralur kulbamga kirsang xam bo`lub,
Mehr past o`lg`an zamon andoqki topqay soya tul.
Ikki zulfung to`lg`anur har dam sabo tahrikidin,
Ikki hindu nag`ma birla zohir etkandek usul.
Rostliqdin dayr toqig`a mador o`lmoq ne ayb,
Solikekim bo`lsa xidmatda sutun yanglig` hamul.
Bo`lmasa erdi Navoiy sirri ishqingg`a amin,
Ne zalum etkay eding aning xitobin, ne jahul.
375
Qon to`kar ko`z orazing gulgunaliq ko`rgan mahal,
Ne uchunkim suyi aning qon ila bo`lmish badal.
Toqi axzar qotti barcha fitnavu bedodini
Qoshingga mashshota go`yo vusma aylar chog`da hal.
Nildin gulgun uzoring bog`ida har sari xol,
Nilufar gulshan aro har yon ochilmish filmasal.
Kechrak ochmoq burqa` ermas el o`lar deb rahm uchun,
Balki aylarsen ulus ko`prak yig`ilsun deb hiyal.
Bog` aro har rang to`n egnida chiqmish uylakim,
Hur jannat sayrig`a chiqqay kiyib turlug hulal.
To yudung zunnori zulfungni, sochilg`an suyidin,
Kishvari islom aro yuz ming bino topmish xalal.
Dahr sho`xidin, Navoiy, tut qiroqkim, bog`lasang
Bir ayoq su birla aqdin, uldurur jomi ajal.
376
Ko`zumda hajr o`tining humratin ko`r, dema qondur ul,
Qora sog`inma, paykoning suyi tomg`on nishondur ul.
Labing xoliki xat yashurdi jonni yashurun o`rtar,
Hamono ishqdin jonimdag`i dog`i nihondur ul.
Ko`ngul bog`i aro har yon o`qung zaxmi emas, go`yo
Niholi mehring ekmaklik uchun qozg`an makondur ul.
Ko`zumning mardumikim, to sahar kavkab sanar har tun
Ul uydin uyqu ayyorin qovarg`a posbondur ul.
Ko`nguldin kelgan ohim xaylini man` etmasam avlo
Ki mehnat kishvaridin azm qilg`an korvondur ul.
Qading sarvidadur ko`nglum qushi, vah, sunbulung erma!
Kim, ul sarv uzra qush qasdig`a chirmashqan yilondur ul
Surohiy og`zida qil shaklidin xushdilmen, ey soqiy,
Magar ayshu farog`at toyirig`a oshyondur ul.
Emas bo`lsang taayyun xonaqohi shug`lidin emin,
Fano dayrig`a kir filholkim dor-ul-amondur ul.
Navoiy za`fin anglab o`zgaga haml etma javrungni
Ki, yillar ushbu og`ir yukni chekkan notavondur ul.
377
Qani bir chehraki mayl etkay anga xasta ko`ngul,
Qani bir zulfki, bo`lg`ay anga vobasta ko`ngul.
Zaxmiy og`zida labing zikriyu ahvoli qatiq,
Jon yetib og`zig`a hol ustidadur xasta ko`ngul.
G`ussa tirnog`i bilakim qilur atrofini resh,
Naqsh etar egma qoshing shaklini payvasta ko`ngul.
G`am yeman buzdi esa ko`nglum uyinkim, qo`ymas
Maxzani ishqini to bo`lmasa shoyista ko`ngul.
Tah-batah qon demakim, ikki yuzung shavqidin
Dard bog`ida qilur lolavu guldasta ko`ngul.
Ko`nglung ar bo`lmasa vobasta, tong ermas, ey shayx,
Bormu oxir bori olam aro vorasta ko`ngul.
Zulmidin desa Navoiyki, qilay ishqin tark,
Man` etib ichkaridin yolbarur ohista ko`ngul.
378
Har kishi ko`rsa qizil xoroda ul mahvash jamol,
Qon yoshim mavji aro qilg`ay quyosh aksi xayol.
Novakin chekmangki, chirmalmish anga jon rishtasi
Kuch bila chiqmoq ne imkon resha berkitkan nihol,
Ul quyoshning markabi ko`k tavsanidur ne ajab,
Gar rikob o`lmoqqa bosh bir-birga yetkurgay hilol.
Nun boshinda shamra yanglig`dur qoshing uzra girih
Oraz uzra nuqta mislidur uzoring uzra xol.
Go`yiyo qilg`ay shafaq birla quyoshtin rang hal,
Sun` naqqoshi tasavvur qilsa chehrangdin misol.
Mayda soqiy aksini ko`rgach egildim o`pgali,
Bosh ko`tarman emdi, ya`nikim topibmen infiol.
Ey Navoiy, o`lgil andin burnakim, yetkay ajal
Kim, ajal yetkach o`larga bermagay shoyad majol.
379
Qildi ovora meni xastani ovora ko`ngul,
Xonumonimni qora qildi yuzi qora ko`ngul.
Itlaring ollida yuz pora ko`ngulni soldim,
Muna ko`r, har birining og`zida bir pora ko`ngul.
Yor yuz pora qilib bordi hazin ko`nglumni,
Hech o`sonmay yana har lahza borur pora ko`ngul.
Yosh to`kar ko`nglum aning vaslig`a mayl aylasa ko`z,
Qon yutar ko`z, yuzini aylasa nazzora ko`ngul.
Noz o`qin jon bila jismimg`a urub xud o`ttung,
Boqki, qoldi boqibon yolbora-yolbora ko`ngul.
Lu`bati dahr firebi bila boziy yemakim,
Bermadi kimsaga bu shohidi makkora ko`ngul.
Ko`ngli istarki, sinuq bo`lsa Navoiy ko`ngli,
Bo`lmasun shisha ko`ngul qasdida, vah, xora ko`ngul.
380
Ne qoshu yuzdurur sanga, ey sun`i loyuzol,
Bir oy boshida ko`rmadi hech kim iki hilol
Og`zi so`zin demakda beli yodima kelur,
Ore daqiq nukta aro yuz berur xayol.
Ko`zu qoshing biaynih nargis boshinda nun,
Zulfung ayog`ing ostida chun vard ayog`i dol.
Xat lafzi kimki yozsa qo`yar nuqta yuqori,
Mushkin xatingning ustida andoq ko`rundi xol.
Sarsabz erur hamesha bu gulshanda sarvdek,
Ozodaeki bo`lsa mizojida e`tidol.
Vasl istaram ayon qilibon ashk durlarin,
Soyil yetimlar yig`ib etkan kebi savol.
Ul chobuk ollida boshin etti Navoiy go`y,
Chavgon sarguzashtima basdur guvohi hol.
381
Yorab, ul oy husnin el fahmig`a nomafhum qil,
Buyla mavjud etmasang, avval meni ma`dum qil.
Barcha yuzdin uylakim ko`zumni mahrum aylading,
Barcha ko`zni ul pariyvash yuzidin mahrum qil.
Bo`lsa ishqimda qusure ko`nglini mendin sovut,
Ishqim ar pok o`lsa, toshdek ko`nglin aning mum qil.
Qilsa zulm ul zolim elni qilmag`il, yo rab, zabun,
Chun tazallumdur ishim doim meni mazlum qil.
To ko`zum qutlug` yuzidin o`zga sari tushmasun,
Har ne ko`z ko`rgay mening baxtimg`a ani shum qil.
To tirikmen ishqi harfidur ichimda, ey rafiq,
O`lsam oni-o`q mazorim toshida marqum qil.
Demakim, bormu ekin mehrim Navoiy ko`nglida,
Anda sensen, bir taammul aylabon ma`lum qil.
382
Bo`ynumg`a qayda qilg`ay ul oy qo`lini moyil
Kim, basdurur quloda it bo`ynig`a hamoyil.
Yuz xo`b jilva qilsa bormas ko`zumdin ul oy
Kim, zarra xayli bo`lmas hargiz quyoshqa hoyil
Ulkim, kulub ko`ziga surma chekar ne fikri?
Gar ko`z yoshimdin o`lg`ay ko`zning qorasi zoyil.
Noz etki sarvu gulda, bal insu jinda yo`qtur
Bu husnu bu latofat, bu shaklu bu shamoyil.
Qil sig`mas og`zing ichra ko`p nukta tong emaskim,
Nozukrak o`ldi qildin har so`zga bo`lsa qoyil.
Bu shukr uchun karam qil, soyilg`a, ey g`aniykim,
Ermastur ul tavongar, sen xidmatida soyil.
Hijronda bexud istar o`zni Navoiy, ey shayx,
Oyu yil ani usruk ko`rsang, demaki, oyil.
383
Zulfini ochmish sabo yuziga chiqmish tobi mul,
Zulfu yuzi aksidin to`nig`a tushmish dolu gul.
Qon yutub ko`nglum tilar har lahza ishqing dog`ini,
Qursi limu istagandek ahli ishrat ichsa mul.
Par emas bulbulda, balkim otashin gul shavqidin
Gulxaniy devonadurkim, yuqmish a`zosig`a kul.
Yuzu xoling o`ti to dog` etti, bo`lmish loladek
Ko`hi g`am tiyg`i jafodin chok-chok o`lg`an ko`ngul.
Borg`usi garding falakka bodpolar sayridin,
Bodpoyingg`a ne osig` atlasi aflok jul.
Gar binafsha xattinga qulluq qilurdin qochmadi,
El aro nevchun erur boshi quyi, bo`ynida g`ul.
Kirpik ermaskim Navoiy o`tkay ul chobuk debon,
Ko`z qora suyig`a bog`laptur qamishlar birla pul.
384
Ko`nglung istar yorlar birla hamesha shod bo`l,
Mendinu kimdinki, ko`nglung istamas, ozod bo`l.
Garchi sabrim uyi yanglig` aylading vayron meni
Doimo, yo rabki, husnung mulkidek obod bo`l.
Men chekib anduh o`lay, ey joni bo`lsun ul Masih
Sovrul, ey charxi nigun, v-ey dahri dun, barbod bo`l.
Bevafolar zulmu bedodig`a ermassen harif,
Ey sinuq ko`nglum, agar xud shisha, gar po`lod bo`l.
Tuttum o`lmakdin tirilmak hajrida tengdur manga,
Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo`l.
Chekma boshkim emin ermassen xazon yag`mosidin,
Bu chaman ichra agar savsan, agar shamshod bo`l.
Ey Navoiy, olam ahlig`a chu yo`q ermish vafo,
Kelu mundin nari, bekaslik bila mu`tod bo`l.
385
Qomatingg`a har zamon yuz jilva, ey zebo nihol,
Notavon ko`nglumga har bir jilvasidin o`zga hol.
Evrulur ko`nglumda ul chobuk xayoli har kecha,
Shu`laliq ko`nglumni qildi charx fonusi xayol.
Bosh qo`yay dedim oyog`i tufrog`ig`a dedi: qo`y
Bo`sa istab la`li rangin so`rdum ersa, dedi: ol.
G`unchayi xandonki, derlar munfaildur og`zidin,
Lek kulmak birla istar qilsa daf`i infiol.
Xattu xoli hasratidin oncha ashkim oqtikim,
Bir ko`zum tutti g`uboru bir ko`zumga tushti xol.
Davr xam qildi qadingni, go`shae tut, yo`q aso,
Negakim, dard-o`q bo`lur zohir alif yondashsa dol.
Ey ko`z, onsiz o`zga yuz ko`rmakni qilmishsen havas,
Hajr tiyg`idin o`yul, yoxud Navoiydin uyol.
386
Bog` mendek sarg`arib, bulbul meningdek bo`ldi lol,
Go`yiyo mundoq bo`lur bir guldin ayrilg`ang`a hol.
Erdagi yofrog` g`aribu xoksor ar bo`lmasa,
Men kebi ne vajhdindur yuzi sarig`, ashki ol?
Sug`akim tushmish qizarg`an barglar, ko`rgan kishi
Ko`z yoshim ichra bag`ir pargolasi aylar xayol.
Shox Majnundurki, uryon bo`lubon afg`on qilur,
Barg Laylodurki, nilu igna birla qazdi xol.
Hajr aro ohimg`a boqmay bordi, lekin shukr erur
Kim, xazonda sarvg`a osib yetkurmas shamol.
Bu sarig` ruxsor uza har sari ashkim o`xshashur
Bir xazonlig` bog` ichinda har taraf ravshan zulol.
Vasl angla ishq bog`ining bahoridin nishon,
Hajr, bilgil gar tilar bo`lsang, xazonidin misol.
Bu chaman ra`nolari sarkashlik etgandin ne sud
Kim, xazon torojidin emin emastur bir nihol.
Ey Navoiy, bu xazon o`lg`ay bahor ila badal,
Kelsa davlat gulbuni shahzodayi sohibjamol.
387
Sarvnozim, yo`q ajab, gar ro`zadin topmish malol
Kim, su ichmasdan topar pajmurdalig` nozuk nihol.
Yillar og`zimkim qurutmishsen zuloli vasl uchun,
Bilding erkin shammaekim, sa`b erkandur bu hol
Kun tush o`lmay ro`zavu issig`din ul oy qildi za`f,
Ne haroratdur quyosh, yo rabki, topqaysen zavol.
Ro`za za`fidinki chiqmas uydin o`lmish mohi nav,
Za`f ko`rgilkim, to`lun oyimni aylaptur hilol.
Ro`za muhri sog`inib dermenki, olsam tishlabon
Har qachon ko`rsam aning shirin dudog`i uzra xol.
Sharbatin dermen ezay jon shirasidin qil madad,
Zulmatingdin tiyralik, ey Xizru chashmangdin zulol.
Elga shom o`lmish, Navoiyg`a yuzungdin subh erur
Kim, sog`insun ro`za shomin, bor egach subhi visol.
388
Uyg`onib subh uyqusidin mehr sham`in tor qil,
Ko`z ochib harggo`shadin bir fitnani bedor qil!
Ko`zni afsunsoz etib jonbaxsh labdin nukta ayt,
Somiriy sihrin, Masiho mu`jizin izhor qil!
Ko`z to`la uyqu og`irliq solmoq uchun qo`l ochib,
Ul muhol ummid birla bizni minnatdor qil!
Sep qora yer uzra xob olud ko`zga su urub,
Ko`z yetarcha yerni ul su birla nargiszor qil!
Uyqudin ul gulni ko`rmak gar murodim bo`lmasa,
Ko`zuma, yo rabki, har bir kiprigin bir xor qil!
Do`st matlub ersa g`aflat uyqusidin ko`z ochib
Uchmoq ummidi, tomug` biymidin istig`for qil!
Ey Navoiy, tushta ul oy dedikim, vasl istama!
Aks erur tush, sen talabni ulcha mumkin bor qil!
389
Ul mukahhal ko`z jafosidin agar bo`lsam qatil,
Surma toshidin yasab qabrim qo`yung boshida mil.
La`li jon olg`an dalili ulki, yo`qtur elg`a jon,
Buki elga jon bag`ishlaydur, bu dag`i bir dalil.
Rashkdin har sari ishqing dog`in aylarmen nihon,
Bog`labon marham diram har yon yoshurg`andek baxil.
Yuzda yo`llar shakli tutmish qon yoshimning xatlari,
Kelki, qilmish ko`z xayoling xaylig`a qonin sabil.
Orazingdin xay manga tomg`aymu deb tufrog` men,
Ul kishi yanglig`ki, bo`lg`ay obro` istab zalil.
Soqiyo, tut bir qadah maykim, eritgay toshni
Kim, g`amu anduh g`izosidin erur ko`nglum saqil.
To ani ichkach, Navoiyg`a ochilg`ay gulsiton,
Gar sabuk ruhona kirsa o`tqa andoqkim Xalil.
390
Qilg`ali xil`atin ul sarvi gulandom qizil,
Qildi qon to`kmak ila dahrni gulfom qizil.
La`li shavqi bila gar bo`lsa ko`ngul qon ne ajab
Kim, qizil may bila to`lsa ko`runur jom qizil.
Charx agar holima qon yig`lamadi hajr tuni,
Nega bas bo`ldi shafaqdin yuzi ul shom qizil.
Qildi qonlig` ko`ngul ul zulf xayolin rangin,
Raqam etkan kebi shingarf bila lom qizil.
Gul sevarmenki, bu rang etkali xil`at ul sho`x
Ranglar ichra berur ko`ngluma orom qizil.
Husn sotma shafaqing rangidin, ey zoli sipehr
Kim, ani qo`ymag`usi gardishi ayyom qizil.
Komi dil garchi Navoiyg`a mayi la`ling erur,
Bo`lg`usi chehrasi xunob ila nokom qizil.
391
Yo`qturur olamda ahli ishqdek bechora el,
Hajr zulmi birla xonumonidin ovora el.
Ishq saylobi jafosi birla hijron tiyg`idin
Xotiri vayron jamoat, ko`ngli yuz ming pora el.
Chiqsang uydin telba bo`lmoq olam ahli ne ajab
Ko`rmamish hargiz chu sendek bir pariy ruxsora el.
Anglakim, ovora bo`lg`anlardur ul oy ishqidin
Hajr sahrosida ko`rsang tog`u vodiy ora el.
O`rtab, ey hijron, meni dudumni qil ko`yida miyg`,
To ul oy husnig`a aylay olmag`ay nazzora el.
Chun qazo tag`yir topmas komi ozlig`din, gila
Mahz nohamvorlig`dur aylamak hamvora el.
Ey Navoiy fitna yog`dursa ul oy ishq ahlig`a,
Osmondin harnekim kelsa ne qilg`ay chora el?
392
Kecha bordi yoru andin qolmadi giryon ko`ngul,
Ollida mash`al sog`indim bor emish so`zon ko`ngul.
Ul sifatkim, g`unchaning tab`ida bo`lg`ay gul nihon,
Orazing naqshin ichinda aylamish pinhon ko`ngul.
Topmas erdim ko`yida istab, agar xud zaxmidin
To`kmasa erdi qayon azm aylagandin qon ko`ngul.
G`unchayi ummid agar la`lingdin uzman, ayb emas
Kim kishiga jonidin uzmak emas oson ko`ngul.
Hajr aro jonlar berib chunkim qo`shuldi yorig`a,
Ey rafiq, ayrilmoq andin emdi ne imkon ko`ngul.
Bir nasihat qilg`um, ey ishq ahli, aylang istimo`,
Solmangiz har sori ko`z, to bo`lmasun har yon ko`ngul.
Ey Navoiy, yordin tushmak yiroq imkon emas,
Ko`yidin chun ixtiyor etmas dame hijron ko`ngul.
MIM HARFINING MAHBUBLARINING
MALOHATI «G`AROYIB»DIN
393
Bo`lmish andoq munqati` ahli zamondin ulfatim
Kim, o`zum birla chiqishmas ham zamone suhbatim.
Ey xush ulkim, tutmish erdi vahsh ila sahroda uns,
Muhish ahvole mangakim, bor o`zumdin vahshatim.
Istaram qochmoq adam vodiysidinkim, kirgali
Vomiqu Farhodu Majnun bas g`uluvdur xilvatim.
To`lg`anurmen o`zlugumdin chiqg`ali bukim erur,
Dard vodiysida sargardon quyundek hay`atim.
Ey ajal, tan xirqasin kuydurki, bo`lmish bas og`ir,
Bu malomat o`qlari birla tikilgan kisvatim.
Ey falak, anjum ushoq toshin yig`ib boshingg`a ur,
Chun fano mayxonasi xishtidin o`ldi turbatim.
Etti ko`kni ko`k varaqlardek sovurg`ay har taraf,
Toqi minoyiy aro chirmalsa ohi hasratim.
Qo`y duru feruza bahsinkim, nujumu charxni
Nilufar bargi uza shabnamcha ko`rmas himmatim.
La`ldek boshim osilsun g`arqai xunob o`lub,
La`l tikkan saltanat tojig`a bo`lsa rag`batim.
Turfa ko`rkim, xalq komi birla umrum bo`ldi sarf,
Turfaroq bukim birovga yoqmadi bir xidmatim.
Ey Navoiy, ikki olamdin kechib toptim visol,
Bu iki butxonadin ermish bu yo`lda ofatim.
394
Ul pariy nazzorasig`a, vahki, yo`qtur toqatim
Kim, qachon qilsam nazar devona aylar hayratim.
Bas, ne nav` aylay tamannokim, visoli sham`idin
Hajr shomi gah-gahe bo`lg`ay munavvar suhbatim.
Suhbatida bor ham topsam bu toli` qaydakim,
Bir nafas mahramlari silkida bo`lg`ay xidmatim.
Xidmatig`a mahram o`lsam ham qachon imkoni bor
Kim, degay bir lahzae bo`lg`il harifi xilvatim.
Bo`lsa ham xilvat muyassar, vahki, hargiz yo`qturur
Poybo`si davlatin zohir qilurg`a jur`atim.
Gar oyoq sunsa ko`zumga ham ko`ngul ne voykim,
Ul zamon ko`z rashkidin kuydurgusidur g`ayratim.
Vasl umidin qo`y Navoiykim, xayoledur muhol,
Bu muhol ummid ila har lahza berma zahmatim.
395
Chamanda munisim ne sarv erur, ne gul, ne sunbul ham,
Manga sarve kerakkim, sochi sunbuldur, yuzi gul ham.
Ajab yo`q to`lg`anib jismim, qorarsa subhi ayshimkim,
Tushub ul kokul uzra chin, yuziga tushti kokul ham.
Demang ul sho`x ila ashob bazmin qil tafarrujkim,
Talaffuz aylay olman bu hikoyatni, taxayyul ham.
Yuzung birla quyosh ta`rifida gar davr erur hosil,
Kelur zanjiri zulfung vasfida lozim tasalsul ham.
Yuzu qaddig`a huru tubiy o`xshar debsen, ey voiz,
Yiroq ermas so`z ayturda gahe qilsang taammul ham.
Chekib ko`hi firoqiya sabr qildim, vaslig`a yetkach
Fig`on cheksam ajab yo`q muncha-o`q bo`lg`ay tahammul ham.
Yuzung shavqida ko`nglum ohi sham`u gulga o`t soldi
Ki, kuydi notavon parvonavu kul bo`ldi bulbul ham.
G`animat anglasun bulbulni gul yetgachki, bo`stondin
Uchar gul yafrog`i ham, qolmas uchmay garchi bulbul ham.
Xumor o`lturmish erdi bo`lmasang mug` dayrig`a ozim,
Bu ishga, ey Navoiy, ayladi tengri seni mulham.
396
Ne tong uzorim agar sarg`arib, qizardi yoshim
Ki, yuz qoralig`u isyon bila oqardi boshim.
Quyosh kebi yuz ila tog`dek g`amin netayin,
Meningki tog` boshig`a yetibdurur quyoshim.
Magarki jon talashur vaqt uchun ayon bo`lg`ay
Muloaba yuzidin xo`blar bila talashim.
Zamon eli gar urushsunu gar yarashsunlar
Ki, ne urushim alar birla boru ne yarashim.
O`qug`an elni halok aylagay kitobasida,
Ichimdagini ayon qilsa qabrim uzra toshim.
Yasasalar ne ajab dayr uza mazorimni
Meningki mug`bachalardur harifi jur`akashim
Navoiyo, magar idbor gardini yuzdin
Yug`ay nadomatu hasrat bila to`kulsa yoshim.
397
Hajr toshining ko`kumtul dog`idin kuydi tanim,
Ohkim, ko`kurd o`ti birla tutashti xirmanim.
Tiyra kulbam ichra o`t soldi firoqing, voykim,
Yorudi kuymak o`ti birla qorong`u maskanim.
Nildin xolu alif yuz uzra to naqsh aylading,
Dog` kuydurmak ishim bo`lmish, alif kesmak fanim.
Ishq aro bo`ldum g`aniy, ko`nglum aro paykonidin
Kim, to`luptur ul javohir birla ushbu maxzanim.
Zarvaraq birla bezabdur gul yuzin, vah, turfa ko`r
Kim, bahor ichra xazon zohir qiliptur gulshanim.
Emin o`lman xonaqohu xilvat ichra ujbdin,
Zohido, mayxona mulkim, kup ichidur ma`manim.
Ey Navoiy, ul xat etmish ro`zgorimni qora,
Tong emas yirtuq yoqa birla qalamdek shevanim.
398
Qilg`ali yuz til kebi ko`nglumni chok ul qotilim,
Tiyg`i ishqi lazzatin aylar hikoyat har tilim.
Har kecha g`am tog`i ichra jon yetib og`zimg`a, bor
Mushfiqim bosh uzra bumu ko`zi sham`i mahfilim.
Yig`lag`an soyi sarig`roqdur yuzum, toli` ko`rung
Kim, socharmen donavu andin somondur hosilim.
Halqa-halqa zulfi domi ichramen, vahkim, kelur,
To`sh-to`shumdin nishi hajru bu zirihdur hoyilim.
G`am sipohi ollidin qochmoq ne imkonkim, berur
Oh o`tiyu ashk qonidin nishon har manzilim.
Nega dahr oyo vafo ahlining istar o`lmagin,
Ohkim, o`lgumdurur hal bo`lmayin bu mushkilim.
Ey Navoiy, qilma ko`p Majnun hadisi naqlini
Kim, men etsam naql, Majnun bo`lg`usidur noqilim.
399
Bahor bo`ldiyu gul mayli qilmadi ko`nglum,
Ochildi g`unchavu lekin ochilmadi ko`nglum.
Yuzung xayoli ila vola erdim andoqkim,
Bahor bo`ldiyu gul mayli qilmadi ko`nglum.
Gum o`ldi bog`da og`zing xayolidin, yuz vah
Ki, g`unchalar ora istab, topilmadi ko`nglum.
Ko`zumda jilva qilib, ko`nglum olmoq istadi gul,
Iting izicha ani ko`zga ilmadi ko`nglum.
Yuzung nazorasida mastu mahv edi, ya`ni
Ki, gul chog`ida zamone oyilmadi ko`nglum.
Zamona gulbunida g`unchadekdur el ko`ngli,
Alarg`a shukrki bore qotilmadi ko`nglum.
Navoiy g`uncha tilab, ko`nglum og`zin etti havas.
Agarchi topmadi, lekin yongilmadi ko`nglum.
400
Magarki ko`z yo`lidin oqti qon bo`lub yuragim
Ki, tog` etaklaridek lolagundurur etagim.
Ne tushki, hajri balosin ko`rarda seskansam,
To`kuldamak bila qo`shnini uyg`otur yuragim.
G`aming bo`g`un-bo`g`unumni oyirdi, ham xushtur
Itingga tashlamoq uchun birin-birin so`ngagim.
Emas bu xolki, ko`z orazingg`a yetkanda
Qolibdurur yopishib, ayni shavqdin nenagim.
Ne bazm erur mayi hajring sumurmagim, hayhot
Ki, hasrat ilgi ovuch qoqmog`imdurur gazagim.
Demangki, qoshlari mehrobida tilak tilagin
Mangaki, qoshlari mehrobi-o`qdurur tilagim.
Chamanda savsanu ra`no qadig`a moyilmen
Ki, savsaniy to`n ila jilva ko`p qilur miragim.