www.uz
G`AZALLAR

401

Ko`ngul jon birla bordi hamrahing, men dard ila turdum,
Sanga jon birla ko`nglumni, seni tengriga topshurdum.

Nishondur tiyra bo`lg`an axtari baxtim savodidin
Tuganlarkim, firoqing o`tidin g`am shomi kuydurdum.

Yig`och birla boshoqkim, tanda qolmish uldurur marham
Junundinkim, firoqing o`qlarin jismimda sindurdim.

Tutashti sham`dek har barmog`im hijron sharoridin,
Ilig marham qo`yay deb chun ko`ngul chokiga yetkurdum.

Chu ul kofir chiqar ko`z solmag`aysiz, ey musulmonlar
Ki, men bechora ko`nglumni boqib turg`uncha oldurdum.

Qotibdur ko`zlarimkim, ne yopilmoq, ne taharruk bor,
Qiyo boqqaymu bir deb azm etarda baski telmurdum.

Yuzin ko`rgach boshimg`a tushti mushkin zulfi savdosi,
Fig`onkim, bir boqishda yuz balo boshimg`a kelturdum.

Ko`ngul tinmasqa qolmish erdi, har nav` orzu birla,
Rizo ko`yida to qo`ydum qadam ko`nglumni tindurdum.

Makon gulxan kulin qildim Navoiy, telbadek ya`ni
Junun torojidin oxir qora tufroqqa o`lturdum.

402

Ayni za`fimdin qo`lum chun qo`ldading, ey dilbarim,
Qo`yma ilgimniki, qo`rqarmen to`kulgay paykarim.

To junun bemorimen, gulxanning o`tluq kullari
Bo`ldi gulgun rishtadin gullar tiqilgan bistarim.

Sovuq ohimdin zarar topqay edim g`am bazmida
Jism uyinda  bo`lmasa o`tlug` ko`nguldin mijmarim.

Qatra xaylar ichra ul orazni ko`rdum, ey rafiq,
O`lmagim ermas ajabkim, sug`a tushmish axtarim.

Dema, la`lim shavqidin sipqarmading qon bir qadah,
Men icharmen, ko`z to`kar, netib tugansun sog`arim.

Gulshani faqr ichra to kirdim, erur balkim emas
Gunbadi nilufariy gulshanda bir nilufarim.

Hajr tig`i ko`p uchun jismimda har yon chekti bosh
Ey Navoiy, men mazallat toyiri, budur parim.

403

Tun oqshom bo`ldiyu kelmas mening sham`i shabistonim,
Bu anduh o`tidin har dam kuyar parvonadek jonim.

Ne g`am ko`rguzsa ko`ksum porasin choki giribonim,
Ko`runmas bo`lsa ko`ksum yarasidin dog`i pinhonim.

G`amidin durri maknundek, sirishkim oqti Jayxundek,
Muzayyan qildi gardundek jahonni ashki g`altonim.

Falak ham to`ldi kavkabdin, quyosh ham tushti ashhabdin,
Kelib tushmas bu markabdin mening xurshidi raxshonim.

Jahonni zulmat etti chah, bu zulmat ichra o`lgum, vah,
Manga bo`lsang ne Xizri rah, yetib, ey obi hayvonim.

Dema ko`ktin quyosh ketmish, falakka tiyralik yetmish,
Ul oy hajrida tor etmish falakni dudi afg`onim.

Navoiy kebi hijrondin, bu oqshom o`ldum afg`ondin,
G`amim yo`q buyla yuz jondin, yetib gar kelsa jononim.

404

Ishq ila bo`ldum masal, savdo bila afsona ham,
Shukrlillohkim, yana oshiqmenu devona ham.

To unutdi oshnolig` rasmin ul begonavash,
Oshno yig`lar mening holim ko`rub, begona ham.

G`am tuni mendurmen ohu ashkdin sham`im o`chub,
Boshima yemrulgali turmish buzug` koshona ham.

Elga mehring bor, buzuq ko`nglumga ham bir zarra boq
Kim, quyoshning tobidin mahrum emas vayrona ham.

Ey malohat sham`i har soat meni kuydurmakim,
Ko`p yorumas sham` agarchi o`rtanur parvona ham.

Yo`q, bu dayr ichra berur jomi ajal ta`mini may
Kim, erur paymona to`lmoqdin nishon paymona ham.

Ey Navoiy, gar desang, ul turfa qushni sayd etay,
Rishtayi jismingni dom et, ko`z yoshingni dona ham.

405

Kecha ul mahvashni yod aylab farovon yig`ladim,
Mehrim oshti subhdek har nechakim qon yig`ladim.

Sham` avval oqshom-o`q kuydi fig`onim o`tidin
Kim, men o`t sochqon bulutdek tortib afg`on yig`ladim,

Tun qorong`u, kulba xilvat, hajrdin ko`nglum to`la,
Tosh urub ko`ksumga to bor erdi imkon yig`ladim.

Yor hajridin kishiga ayta olmas g`ussani,
Ko`nglum etti sharhu men mahjuru pajmon yig`ladim.

Charx ham to`kti quyoshning hajridin kavkab, vale
Yig`lamoq ul erdikim, men zor giryon yig`ladim.

Subhdek xurshid vaslidin agar kulsam ne tong
Menki, subhi vasl uchun ko`p shomi hijron yig`ladim.

Ey Navoiy, tosh eshitsa navha qilg`ay oshkor,
Yo`q ajab gar bir tun o`z holimg`a pinhon yig`ladim.

406

Soqiyo, kechagi may nash`asidin jon toptim,
Zulmat ichra masala chashmai hayvoi toptim.

Og`zinga olma olibkim manga tishlab berding,
Ham o`shul og`iz ila go`yi zanaxdon toptim.

Boda tobiyu yuzung partavidin tiyra kecha
To`lun oy ko`rdumu xurshidi daraxshon toptim.

Mehrdin ko`p nafas urma der edim tongg`a boqib
Kim, men ushbu kecha xurshidni mehmon toptim.

Men to`kub ashk falakdek vale bexudlug`uma
Dam-badam yorumag`ur subhi xandon toptim.

Telba ko`nglumki, labu zulfung uchun itmish edi,
Kecha mayxona aro mastu parishon toptim.

Charxdin mehr tama` tuttumu ofat ko`rdum,
Yordin vasl talab qildimu hijron toptim.

Zulfi fikrida Navoiyni labi tirguzdi,
Soqiyo, kechagi may nash`asidin jon toptim.

407

Bitigingdinki, savodini ko`rub jon toptim.
Zulmat ichra masala chashmai hayvon toptim.

Bahrdin qatrag`a ta`zim ila tahsin ko`rdum,
Mehrdin zarrag`a e`zoz ila ehson toptim.

Har alif sarv edi, he g`unchavu doli sunbul
Demayin nomaki, bir toza guliston toptim.

Anbarin madlarikim mehr edi mazmuni aning,
Har uzun kechada bir mehri daraxshon toptim.

Qatra qonlarki, ko`zum sochti o`qur holatida
Har shaba ustida bnr la`li Badaxshon toptim.

Ne shaba erdiki, mazmuni bila ashkimdin
Har shaba ustida bir la`li Badaxshon toptim.

Gah-gahe xasta Navoiy tanig`a jon yetkur
Bitigingdinki, savodin ko`rub jon toptim.

408

Visol tuxmini ektim  firoq bar toptim,
Vafo niholini tiktim, jafo samar toptim,

Muhabbat o`tiki, yoqtim visol sham`i uchun
O`zumni oqibat ul o`tdin-o`q sharar toptim.

Men ashk birla yudum g`ayr naqshini ko`zdin,
Valek g`ayrg`a-o`q yordin nazar toptim.

Umid bahrida har necha g`o`takim urdum,
Sadaf ko`zumdinu ko`z yoshidin guhar toptim.

Dedim: bu ramzni anglay, vale xirad pirin
Bu nukta kayfiyati ichra bexabar toptim.

Chu dardi ishq biyobonlarini qildim qat`,
Adam viloyatidin nari yuz xatar toptim.

Navoiyo, kecha-kunduz xatu yuzini tilab,
Shabona navha bila nolai sahar toptim.

409

Vasl bargin uzki, men hijron gulin bo`y etmisham,
Mehr tarkin tutki, men mehnat bila xo`y etmisham.

Naxli qaddingg`aki, berdim ko`z yoshidin parvarish,
Emdi bosh tortarki, yoshdin yuz sari jo`y etmisham.

Har sari javlon qilib yetkach manga chekting, inon
Bu ekin jurmumki, yo`lungda boshim go`y etmisham.

Noma ichra chirmashibon sanga yetkaymenmu deb,
Orazim kahbargu jismim rishtasin mo`y etmisham.

May bo`lub ashkim, g`izo bag`rim, surud afg`onlarim,
Keling ahli ishqkim, g`am xaylig`a to`y etmisham.

Shayx boqiy bo`lsunu zarq ichra tinmaslig`ki, men
Tinmisham tokim fano dayri sari ro`y etmisham.

Topmadim gulchehralardin shammae bo`yi vafo,
Ey Navoiy, nechakim yeldek taku po`y etmisham.

410

Tirig yururmenu bor mendin ayru jononim,
Bu umr birla yurub o`lmagan mening jonim.

Bag`irda yuz xalavu, vah, demakka yo`q zahram,
Ko`ngulda qon to`lavu yo`q dam urmoq imkonim.

Ne bir aniski, aritsa lolayi ashkim,
Ne bir rafiqki, anglasa dog`i pinhonim.

Ko`rub qoshida muhiblarni jam`u men mardud,
Mungayibon buzulur xotiri parishonim.

Ko`ngul xud ittiyu jon hamdami bo`la olman
Bir-ikki lahzaki, bor ul zaif mehmonim.

Azimat etkali ul ganji husn andoqdur
Ki, chug`z or qilur ko`rsa emdi vayronim.

Navoiyo, bu navolarki kecha tortarmen.
Zuhal eshituru xurshid eshitmas afg`onim.

411

Ey qading sarvi ravon, ko`yung bahori gulshanim,
Mehnatu afg`on sening hajringda ko`rgan-bilganim.

Qabr toshidur bezaklik sarbasar gul bargidin,
Toza-toza dog` ila ko`hi balo bo`lg`an tanim.

Charx mehnat toshidin to ravzan ochti har taraf,   
Men malomat bulbuli, go`yo qafasdur maskanim.

Mehnatu g`am o`qlarig`a, vahki, yuz ming zaxmliq,
Ashki siymandud qilg`an hay`at o`ldi javshanim.

Tiyg`ekim, ko`ksum uyin ochti, eshikdekdur anga
Ochilib yopilsa har dam choklig pirohanim.

Do`stlar, meni ko`ngulsiz deb so`rarsiz, shodmen,
Bo`lmayinmu shodkim, daf` o`lmish andoq dushmanim.

Ishq naqdi dog`i g`am kirmish Navoiy, ko`ngliga,
Vahki, bir dam ajdahodin holiy ermas maxzanim.

412

Mehr ko`p ko`rguzdum, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.

G`am bila jonimg`a yettim g`amgusore ko`rmadim,
Hajr ila dilxasta bo`ldum, dilsitone topmadim.

Ishq aro yuz ming malomat o`qig`a bo`ldum nishon,
Bir kamon abruda tuzlukdin nishone topmadim.

Ko`nglum ichra sarv o`qdur, g`uncha paykon, gul tikan
Dahr bog`i ichra mundoq gulsitone topmadim.

Husn mulki ichra sendek shohi zolim ko`rmadim,
Ishq ko`yida o`zumdek notavone topmadim.

Ko`p o`qudum Vomiqu Farhodu Majnun qissasin,
O`z ishimdin bul`ajabroq dostone topmadim.

Ul amon ichinda bo`lsun, ey Navoiy, garchi men
Bir zamon ishqida mehnatdin amone topmadim.

Tab` ganjidin maoni xurdasin, yuz qatla hayf
Kim, nisor etmakka shohi xurdadone topmadim.

413

Oqizdi limuyiy bo`rkungni ko`rgach, oncha qon ko`nglum
Ki, za`f etti sarig` gul g`unchasidek notavon ko`nglum,

Ko`ngulda baski g`unchang fikratidin xurdayi ma`no,
Yig`ibmen g`uncha ko`nglidek, bo`luptur xurdadon ko`nglum.

Sanavbar  ko`ngliga ko`nglumni o`xshatmangki, o`rtabdur
Nihon har tuxm ummidig`a bir dog`i nihon ko`nglum.

Badan vayronida ul husn ganji hajridin gohe
Gah o`z yolg`uzlug`idin chug`zdek tortar fig`on ko`nglum.

Duri ishqingni to topmish, agar chok o`lsa sartosar
Guhar yutqan balig` yanglig` dam urmas notavon ko`nglum.

Aningdek topti siymin soiding yodi bila ulfat
Ki, dastomuz qushdek onsiz ermas har zamon ko`nglum.

Maqomi gah balo tog`idurur, gohe fano dashti
Ki, ishq ichra berur Farhodu Majnundin nishon ko`nglum.

Falak zoli g`amu dardin chekardin o`ldum, ey soqiy,
Keturgin raz qizin botkim, tilar bir navjuvon ko`nglum.

Navoiy derki, ko`nglungni keturgil ishq ko`yidin,
Bag`oyat yaxshidur, gar bo`lsa roziy ul yomon ko`nglum

414

Ne ayb, agar mayi sofiy g`amidadur ko`nglum
Ki, changi halqayi zulfi xamidadur ko`nglum.

Falak haqiqati fikrida kuydi ersa ne tong
Ki, ajdahoe damonning damidadur ko`nglum.

Mug`anniyo, kelu tuzgil xaroshliq unuma
Hazin taronaki, rudung bamidadur ko`nglum.

Nishotdin dema so`z, navha birla boshla surud
Ki, dardu g`amzadalig` olamidadur ko`nglum.

Firoq o`tig`a tushub dam-badam to`kar qon yosh
Ki, oxir o`lgusi o`z motamidadur ko`nglum.

Ne ayb vaslidin ar marham o`lsa ko`nglumda,
Hamesha chunki aning marhamidadur ko`nglum.

May ich, Navoiyu, ahli zamondin aylama yod
Ki, ushbu xayldin asru ramidadur ko`nglum.

415

Vayronaedur maskanim, andin manga bisyor g`am,
Ohim bila eshikta o`rt, ashkim bila devor nam.

No`shidin elga guftugo`, ey hajr icharmen men og`u,
Kosh o`lsumu ko`nglumni bu anduhdin qutqorsam.

Qil ishq dayrida maqar, sukkonig`a solg`il nazar
Kim, bor bu majma` ichra har durdiykashi xammor Jam.

Har yerki anda bir nafas, ishratqa topsam dastras,
Yuz qatla aylarmen havaskim, bo`lsa erdi yor ham.

Soqiy, bugun mayni unut, mendek dame xunoba yut,
Mutrib navoyi navha tut, sozingg`a bog`la tori bam.

Desamki, ey badmehr o`g`ul, yuzung ko`rub oy tutti yo`l,
Der: yer quyi gar bordi ul, bir shabravi ayyor kam.

Miskin Navoiy bersa jon, ey diyda, har dam to`kma
                                                        qon,
Ul har necha qilsa fig`on, sen asrag`il zinhor dam.

416

Oncha kavkab to`kti shomi g`am xayolingdin ko`zum
Kim, yorudi oqibat subhi visolingdin ko`zum.

Xoldin ko`z tiyra bo`lmoq rasm erur, bu turfakim,
Yorudi ko`z mardumidek turfa xolingdin ko`zum.

Quy aqiqi may suhayli jom aro, ey mug`bacha
Kim, yorur ul axtari farxunda folingdin ko`zum.

Vaslinga yettim bihamdillahki, zoni` bo`lmadi,
Ulki, qon yig`lar edi har dam xayolingdin ko`zum.

Bu sababdinkim, nedin sensiz qolib ko`r o`lmadi,
Boqa olmaydur yuzungga infiolingdin ko`zum.

Yangi oy ko`rgach xaloyiq, ko`zni tutmoq rasm erur,
Lekin ochildi  ko`rub mushkin hilolingdin ko`zum.

Shukr lillahkim, Navoiydek munavvardur yana
Xoki poyingdin yuzum, sham`i jamolingdin ko`zum.

417

Er yuzini tutti ashkim, ko`kka yetti nolishim,
Yuqori tengriyu quyi sendin o`zga yo`q kishim.

Lojaram devonavu rasvoyi olam bo`lg`amen,
Chun tushuptur, ey pariypaykar, sening birla ishim.

Tish qadabmen la`linga uzmasmen andin bu tama`
Anburi hijron bila bir-bir sug`ursalar tishim.

Har dam issig` ashku sovug` ohdin darmondamen,
Yuzu zulfung davrida mundoq kechar yozu qishim.

Tiyralik dudu shafaqdur shu`lavu  anjum sharor
Go`yiyokim soldi o`t hijron tuniga qarg`ishim.

Mehri yo`qluqtin erur har tun sinoni oh ila,
Ko`k hisori xayli birla tongg`a tegru sanchishim.

Ey Navoiy, gar sening nolangg`a yig`lar andalib,
Bir kun ul gul ko`ngliga ham kor qilg`ay nolishim

418

La`ling g`amidin diydayi giryon bila bordim,
Ko`rmay seni yuz nolavu afg`on bila bordim.

Vaslingg`a yetay dedimu hajringg`a yo`luqtum,
Ummid ila keldim, vale armon bila bordim.

Vaslingg`a shitob aylab o`kush g`am bila yondim,
O`qdek kelibon bir necha paykon bila bordim.

Olamg`a vido` ettim o`shul yuz havasidin,
Yuz shukrki, oxir dami iymon bila bordim.

Umre tilab ish sirrini ketmak kerak oxir
Kim, shammae andin meni hayron bila bordim.

Olamg`a vido` ettim, och ul yuzni damekim,
Zodi abad eltay chu bu borg`an bila bordim.

Dedimki Navoiydek o`lay mehring ilan-o`q,
Yuz shukrki, ul va`davu paymon bila bordim.

419

Vodiyi hajringda bir dam qon yutardin qonmadim,
Ushbu o`tlug` vodiy ichra tinmadim to yonmadim.

O`lganimdin so`ngra keldi so`rg`ali dardimni yor,
Uyqu ko`rkim, boshima yetib quyosh uyg`onmadim.

Orazim sarg`ardi oltundek soching savdosidin,
Mundin o`zga naqd ul savdo aro qozg`anmadim.

Ko`yiga aylandurung na`shimki, hijron za`fida
O`lturub hasrat meni bir ul taraf aylanmadim.

Nol yanglig` garchi xatting shavqidin bo`ldum zaif,
Lek javring tiyg`i boshimg`a kelib to`lg`anmadim.

Saltanat ko`rkim, nuhole mehrdin arz ettilar,
Juz fano mayxonasining kerpichin yostanmadim.

Ishq aro iqror ko`p chekma meni o`lturgali,
Ey Navony, chunki men hargiz bu ishtin tonmadim.

420

Oncha yig`latti jafodin do`stdur deb sevganim
Kim, kular ahvolima har qayda ko`rsa dushmanim.

Do`stkim qilg`ay meni bedodi dushman kulgusi,
Buyla dushmankomlig`din yaxshiroqdur o`lganim.

Do`st dushmandin manga ko`prak chu tekurdi jafo,
Ne ajab gar emdi dushmando`stlug` bo`lg`ay fanim.

Ursa dushman zaxm erur marham tavaqqo`` do`stdin,
Ikkisi zaxm ursa tong yo`q chok-chok o`lmoq tanim.

Ta`na birla buzma, ey dushman, ko`ngul uyin dag`i,
Ushbu baskim, do`st zulmidin buzulmish maskanim.

Do`stqa jon berdimu dushmandur emdi, vah, ne tong
O`rtasa ham do`st, ham dushmanni ohu shevanim.

Ey Navoiy, do`st xud yo`q, vah, ne holatdurki, bor
Boshim uzra dushman ikki diydayn tar domanim.

421

Xazon rangi yuziga bersa tong yo`q shu`layi dardim
Kim, elga sham`i bazm o`lmish bahori nozparvardim.

Aning vasli muholu hajrida dardim fuzun har dam,
Birovni hamdami gar ko`rsam, afzunroq bo`lur dardim.

Sabo birla bulut tufrog`imen, ko`yiga gardimni
Biri eltib, biri qo`ymasa andin chiqqali gardim.

Chu sursang tiyg`i zahrolud ko`nglum ochilur, nevchun
Kim, uldur sabzamu qonkim, bag`irdin oqizur vardim.

Agar hijron tunida umrum o`tti, ey ko`ngul, g`am yo`q,
Toparmen jon agar bir tun yo`luqsa mohi shabgardim.

Xazon birla bahorin dahrning naylay, chu yoshurdi
Birisin lolayi ashkim, birisin chehrayi zardim.

Falakdek, ey Navoiy, bo`lmasam bir oy firoqinda
Nedur bas charxdek tun-kun jahon girdida novardim

422

Aqlu jon qasdida ko`rdum ul ko`zu mujgonni ham,
Chektim ul mujgonu ko`z ollida aqlu jonni ham.

Novaking yetkach qiziq ko`nglum yig`ochin kuydirib
Qatrayi su yanglig` oshom ayladi paykonni ham.

Ko`z yoshimni qon qilib, bag`rim su etting ey firoq,
Yo`qki yolg`uz suni qon qilding, su qilding qonni ham.

Ishq dashtida quyundek xoksoringmen, gahe,
Istasang ushshoqni, yod et bu sargardonni ham.

Go`ydek boshim necha raxshing ayog`i zarbidan.
Po`ya qilg`an, gah-gahe yetkur anga chavgonni ham.

Ey tavongar, nechakim qasringni qilding zarnigor
Asru holiy ko`rma darvesh o`lturur vayronni ham.

Ko`nglum olib bordingu qolmish manga bir xasta jon,
Har qachon kelsang Navoiy topshurur qolg`anni ham.

423

Ajoyib tiyradur hajrim tuni, ey mehri yo`q mohim,
Magar sovurdi ishqing o`rtaganlarning kulin ohim.

Vujudum ul quyosh hajrida andoq murtafi` bo`ldi
Ki, mumkin yo`q ani istarda bo`lmoq soya hamrohim.

Yuzumningg aksi kohiy qildi ko`yungning ushoq toshin
Kamoli ishq ko`rkim, qahrabo ijod etar kohim.

Ko`ngul har g`amzasi o`qinki, bordur, orzu qildi,
Bihamdillahki, yetkurdi nekim, bor erdi dilxohim.

Yasay dard o`qlaridin bir oq uy jon gulshani ichra
Ki, ko`nglumda toriqsa, anda kirgay mohi xirgohim.

Ko`ngul afsonasin gohe desam, elni tutar uyqu,
Va lekin har zamon seskandurur afg`oni nogohim.

Qilib mayxona tufrog`in vatan qon yutmog`im ko`rgil
Ki, bu bir bodayi ayshimdurur ul masnadi johim.

Erur bir mug`bacha ilgidin ichmak orzusidin
Fano dayrida har dam bir eshikdin shay`ilillohim,

Umid ulkim qadam sarvaqtima yetkurgan ogohe,
Navoiy gar talab yo`lida bo`lsa joni ogohim.

424

Tandin o`qungni cheksalar, og`rirdin ermas shevanim,
Andin qilurmen navhakim, ayru tushar jondin tanim.

Gulxan kuli ichra nihon, jismim junundindur nishon,
To telbalik barqi ayon bo`lg`ach kuyuptur xirmanim.

To ishq aro afsonamen, o`t ichraki devonamen,
Ul sham` uchun parvonamenkim, bo`lmish o`rtanmak fanim.

Ul sho`x sekritti samand, ermas nasihat sudmand,
Har do`st bersa emdi pand, uldur ulug`roq dushmanim.

May ichkali ul no`shlab zohir qilur har dam tarab,
Bu nav` ochilmoq ne ajab, andoq su ichkan gulshanim.

Chun odamiyda yo`q vafo, ko`r ul pariy ishqi aro
Javlongahim dashti fano, vayronayi g`am maskanim.

Ram tig`idin qochmoq havas qilma, Navoiy, har nafas,
Ul tiyg`ning daf`ig`a bas, yuz pora xirqa javshanim.

425

Quruq tanimg`a tugan kuydururda bebokim
Fatila o`ti yetishkach tutashti xoshokim.

Tan ichra telba ko`ngul iztirob etar asru,
Tikib ne nav` o`ngansun bu siynayi chokim.

Hazin ko`ngulni magar chok qilgasen, ey gul
Ki, g`uncha yanglig` ochilg`ay dame bu g`amnokim.

Havoyi ishqing aro o`zga olamim bordur
Ki ashkim anjum erur, oh dudi aflokim.

Dedim: boshimni chopib tu`ma elt itlaringga,
Dedi: bu yukdin uzulmish yaqinda fitrokim,

Fig`onki, ishq hadisi daqiq erur andoq
Ki, qosir o`lmish ani anglamoqdin idrokim.

Deding: Navoiy emish hushmand, bore degil,
Jahonda kim durur andoq xarobu rasvo kim?

426

Visol ichra ul oyning furqatin oson gumon qildim,
Chu bordi, voykim, ne nav` dushvor erkanin bildim.

Der erdim, hajrida shoyad o`zumni asray olg`aymen,
Bu so`z hashv erkanin bildim hamul soatki ayrildim.

Fig`onkim, dardu g`am kirmakka xush-xush raxnalar bo`ldi,
Ko`ngulkim to`sh-to`shidin dardu g`am chiqsun debon tildim.

Hamul dam ishq dashtida meni gum qildi bexudlug`,
Agar hushu xirad sa`yi bila bir lahza topildim.

Fano yo`lig`a tushtum yetkali Farhodu Majnung`a,
Nechuk yo`l bormayinkim, yaxshi hamrahlarg`a qotildim.

Chu ichtim ishq jomin bexud o`ldum tarki hush aylab,
Aningdek may ichib bu nav` usruklukdin oyildim.

Firoqi mushkil ermish, bilmayin men ham Navoiydek
Visol ichra ul oyning furqatin oson gumon qildim.

427

Hajr ila ko`rma ravo jonimg`a bepoyon o`lum,
Tiyg` surkim, xushturur oz og`rig`u oson o`lum.


Jon berib istarmen o`lmakni, o`lum xo`broqki, jon,
Jonim o`lmakdur chu istaydur manga jonon o`lum.

Xalq dushvor o`lmagim hayronidurlar, turfa ko`r
Kim, erur dushvor hajrim ollida hayron o`lum.

Hajr qolmas yoshurun ohu fig`on chek, ey ko`ngul
Kim, yashurmoq birla hargiz qolmadi pinhon o`lum.

Dardi hijron sa`bu yetmas sharbati vasl, ey tabib,
Go`yiyokim ushbu dardimg`a erur darmon o`lum.

Foniy o`lmay qilg`an izhori fano, bilkim, erur
Ul gadokim rizq uchun zohir qilur yolg`on o`lum.

Ey Navoiy, jahl ila o`lmak qatiq ishdur, vale
Chun kamoli ma`rifat kasb o`ldi, ne nuqson o`lum.

428

Bo`lmasun ko`nglung qushig`a durru gavhar vasli kom
Kim, qazo ul donalarg`a bahr mavjin qildi dom.

Gar malak tasbihi dona, hur zulfi dom erur
Kim, bu domu donag`a ziyrak qush ersang, bo`lma rom.

Dahr bog`ining havosidur samumu suyi zahr,
Anda bo`lmas bu havovu su bila qilmoq maqom.

Bog`kim, nilufariy ko`kurd o`tidur anglakim,
Ne muattar bo`lg`ay andin tarbiyat topqan mashom.

May o`ti birla dimog`ingni qizitmakim, bu o`t
El dimog`ida pishirmaydur bajuz savdoyi xom.

To o`zungni xascha ko`rgungdur emassen odamiy,
Gar havoda sayr qil, gar su uza ko`rguz xirom.

Kul qil ul xasni fano otashgahig`a tashlabon,
To ko`ngul mir`oti ul kuldin jilo topqay tamom.

Istaram, ko`zguda ko`rsam yor aksin bir nafas,
Soqiyo, maykim! Erur ishq ahlining ko`zgusi jom.

429

Menki, davron zulmidur ko`nglumga, balkim jong`a ham,
Naylay olg`aymen angakim, zulm etar davrong`a ham.

Ko`r g`amim afzunlug`in har damki, ashkim xaylining
Qatrasi bahr o`ldi, emdi aylaniptur qong`a ham.

Yopmangiz Farhod ila Majnunnikim, mehnat to`zi
Satr uchun basdur manga ham, ul iki uryong`a ham.

To topibmen ishqi o`ti birla tiyg`i zahrini,
Iso anfosig`a boqman, chashmai hayvong`a ham.

Goh ko`nglum g`unchasin istar, gahe paykonini
Kim, ko`ngul bordur munosib g`unchag`a, paykong`a ham.

Nilufar naqsh aylab ayvoningg`a mag`rur o`lmag`il,
Yo`q, vafo naqshi chu bu nilufariy ayvong`a ham.

Muddaiylar chun Navoiy ishqin anglab, jonig`a
Qasd qilg`anlar emish, bore dengiz jonong`a ham.

430

Ul quyosh vaslida o`zni rashkdin gum aylaram,
Soyadin yonimda tebrangach tavahhum aylaram.

Ul pari ko`nglumdadurkim, so`zlashurmen demakim,
Telbalikdin o`z-o`zum birla takallum aylaram.

Shomi hajrim tongsiz o`lmish ne ajabkim, ajzdin
Shomdek yig`lamsinib, tongdek tabassum aylaram.

Qatl hukmi aylasa o`lturtubon ushshoqni
Ishq aro, chunkim men akmalmen, taqaddum aylaram.

Elga rahm etman, uqubatlar bila qatl aylasang,
O`z-o`zumga mahzi hirmondin tarahhum aylaram.

Poklik da`bi gar ermastur suluk ichra, ne sud,
Bahru barda gar tahorat, gar tayammum aylaram.

Ey Navoiy, to muqarrar qildim ohangi Hijoz,
Gah Iroqu gah Ajam sari tarannum aylaram.

431

Sensiz ashkim yomg`uri saylini to`fon ayladim
Kim, aning tug`yonidin olamni vayron ayladim.

Buyla to`fong`a ko`zumni abr etib, nolamni ra`d,
Oh o`ti uchqunlarin barqi daraxshon ayladim.

Yo`qki, ko`nglum shu`lasidin dahr aro soldim bir o`t
Kim, tomug`ni el ko`ziga bog`i rizvon ayladim.

Muncha, bal yuz muncha ham ermas ekin mingdin biri,
Ulcha men ul oydin ayru shomi hijron ayladim.

Sa`b erur hajr o`lmang, ey ahbob, oshiq zinhor
Kim, bu ish tahqiqini men ulcha imkon ayladim.

Sevganim bu ahd aro maydur, qani paymonae
Kim, kishi sevmakdin emdi ahdu paymon ayladim.

Ey Navoiy, ishq tarkinkim, dedim, ma`zur tut
Kim, muhiqdurmen bu ishda garchi tug`yon ayladim.

432

Husnungga hayratdin o`ldi barcha besomonlig`im,
Men kimu somon, chu ortar har nafas hayronlig`im.

Ko`yida tun-kun kezay dermen nihon qolmas, valek
Oh o`tiyu ashk qoni rangidin pinhonlig`im.

G`ayr xoshokin agar sovurmas ersam bas nedur,
Ko`yi davrida quyundek muncha sargardonlig`im.

Ul etak qonim bila ko`rguzdi gulgun hoshiya,
Ne ajab, tutsam ani bu dam chu uldur qonlig`im.

Tifllar toshi terimni eltibon, qoldi so`ngak,
Ul pariy savdosida bordur ajab uryonlig`im.

Dinu dunyo naqdini sochtim, chu kirdim dayr aro,
Bu edi avval qadah ichkanda dastafshonlig`im.

Dedi zohid: ul pariydin hur umidi birla kech,
Ey Navoiy, bo`lmag`ay bu hadqacha nodonlig`im.

433

Jonima dog`e qo`yuptur la`ling uzra xolkim,
Ko`ngluma o`t tushmish andin yuzga burqa` solkim.

Tushmagay el ko`ngliga o`t hamki, aning rashkidin
Biym erur, bo`lg`aymen andoq ojizu beholkim.

Ashk sayli aylagay ko`yungdin ovora meni,
Bu sifat ovoralig`din ayla forig`bolkim.

Garchi majnunmen sening ko`yungni-o`q aylab vatan,
Anda-o`q bo`lsam bo`lay bozichayi atfolkim.

Yog`sa uryon jismima o`t anda aylarmen qabul,
O`zga yerda gar yog`ar gul, aylaram ehmolkim.

Anda yog`qan tosh erur jannat gulidin yaxshiroq,
Bu jihatdin anda bo`lmoq istaram pomolkim.

Qatl qilg`aysen meni bir kun vale aytur ko`ngul:
Ey Navoiy, kech bu so`zdin, sen kim, ul iqbol kim?

434

Yuzung g`amidin erur abri navbahor ko`zum,
Ne ayb, yer yuzini qilsa lolazor ko`zum.   

Savodu qoni bila bir g`arib lola erur
Ki, lolazor base qildi oshkor ko`zum.

Ne qoni lola erur, ne savodi dog`i aning
Ki, qo`ydi hajr o`tidin dog`i intizor ko`zum.

Agarchi qildi meni xoru zor ko`nglumu bas
Valek ayladi ko`nglumni xoru zor ko`zum.

Ne konu bahr ekinkim, labu tishing g`amidin
Gulu sumang`a qilur la`lu dur nisor ko`zum.

Bukim qorardi chu tardoman erdiyu g`ammoz
Firoq shomidadur tiyraro`zgor ko`zum.

Navoiy, ayla nazar tarkini demang, chunkim
Men ixtiyor etibon, qilmas ixtiyor ko`zum.

435

Sendin ayru to asiri dardi hijron qolmisham,
Buki o`lmay qolmisham, holimg`a hayron qolmisham.

Xonumonimni g`aming toroji barbod ayladi,
Xonumon borib aloxonu alomon qolmisham.

Ishq dashtining samumi hullasin aylay panoh,
Xayli g`am yag`mosidin mundoqki uryon qolmisham.

Dardu g`amdin yoshuna olman kamoli za`fdin,
Xurdabinlarning ko`zidin garchi pinhon qolmisham,

Dashtdin Farhodu Majnunni yig`ib mushfiqlari,
Men g`arib ul nav`kim, g`uli biyobon qolmisham.

Vasl davri jomidin ahbob sarmast o`ldilar,
Dayr aro tek bir man-o`q maxmuri davron qolmisham.

Ey Navoiy, uchti bulbullar xazonda bog`din,
Men qanotsiz qush masallik aylab afg`on qolmisham.

436

Ne ul quloqqa yetar, arzi hol ado qilsam,
Ne ul ko`ngulga yoqar, naqdi jon fido qilsam.

Ko`ngul shikofig`a ul ko`y tufrog`i qanikim,
Bu xushk doru ila zaxmima davo qilsam.

Kerak quyosh dirami tanga bo`lsa bay`ona.
Chu Yusufumni iki dahrg`a baho qilsam.

Fig`onki, ishq chekar bog`lab ani bo`ynumg`a
Nechaki zuhdu vara` pardasin rido qilsam.

Ko`zumga dahrni har lahza tiyraroq aylar,
Savodi xolingga har necha ko`z qaro qilsam.

Ishim chu savmaa shayxi bila tuzalmadi, kosh
Ki, emdi maykada pirig`a iltijo qilsam.

Navoiyo, chu sabo hamnafasdur ul gulga
Ne bo`ldi, sarsari ohimni gar sabo qilsam.

437

Ko`ngulni bag`ir qonidin lola qildim,
Qo`yub dog` pargola-pargola qildim.

Sovug` ohdin qatra paykonlaringni
Yurak g`unchasi javfida jola qildim.

Ko`zumda ul oy mardum o`rnini tutti,
Savodin aning davrig`a hola qildim.

Ne qavmog`ki, uyg`onmadi garchi tunlar
Tong otquncha itlar kebi nola qildim.

Ko`rub obi hayvon yuzinda xubobin,
Tasavvur labing uzra tabxola qildim.

Falak zolining makridin bo`ldum emin,
Nedinkim, taloqi bu muhtola qildim.

Navoiy sarig` yuzida dog`i idbor
Chu ko`rdum, gumon sarig` lola qildim.

NUN HARFINING NOZANINLARINING
NOZI G`AROYIBDIN

438

Istaram yuz manzil o`tkaymen Adam sahrosidin,
To zamone ting`amen olam eli g`avg`osidin.

Umr naqdin sarf etay dermen fano bozorida,
To qutulg`ay xotirim sudu ziyon savdosidin.

Xushturur vayronae taskin uchun, lekin yiroq
Yuz ming illiq yo`l falakning gunbadi miynosidin.

Chiqmayin bu dayrdin mumkin emas bo`lmoq xalos
Har kecha yuz ming buti siymin badan yag`mosidin.

Har so`ngak yonimda qasdi umr etar, vah, xo`shae
Bormu imkonkim, qutulg`ay muncha mehnat dosidin

Za`faroniy yuzda gulgun ashk to`kmak ne osig`,
Ishva ko`rgan  dahr bog`ining guli ra`nosidin.

G`arqa el dafni uchun sardobaedur har hubob,
Ishq vodiysinda ashkim saylining daryosidin.

Ishvagarlar dog`idin jon pardasin ko`r, ohkim,
Bu harir eskirdi zolim shohlar tamg`osidin.

Ey Navoiy, dahr bog`idin qutulmoq istakim,
Bulbul uchqan yaxshiroq zog`u zag`an ma`vosidin.

439

Ko`ngulni ayladim yuz chok ishqingdin, meni mahzun
Ki, husnung vasfi yozg`aymen kitobe kog`azi gulgun.

Ko`ngulning mazraikim novakingdin bo`ldi yuz xirman,
Boshoq termak uchun kelgay magar Farhod ila Majnun.

Qabab har tun chekib yuz ming sinon anjum shuoidin,
Magar sabrim sipohig`a shabixun kelturur gardun.

Labing shavqida ko`nglum har ne borin boshidin qo`ydi,
May istab rindi muflis ayladi dastorini marhun.

Ko`ngulda sho`xlar nozidin ortar har nafas ohim,
Yonar o`tqa chu atfol evrushurlar, dud o`lur afzun.

Mayi la`ling uchun bexudlug`um andoqdur, ey soqiy
Ki, qotsang tong emas, jomimg`a kasbi hush uchun afyun.

Ilig zulfungg`a eltur orzudin yova ayturmen
Birovdekkim yilon tutmoq uchun og`zidadur afsun.

To`kub feruzagun ko`k motamingg`a gavhari anjum,
Seni feruzavu gavhar xayoli aylabon maftun.

Navoiy, nazm lofin qo`yki, ko`z bir kunlugi ermas,
Agar yuz yil socharsen tab` bahridin duri maknun.

440

Bulut hayvon zuloli birla tirguzdi havo jonin,
Sevunmak ashkidin shodob qildi sabza mujgonin.

Emastur sabzavu lolaki, jola toshidin gardun
Ko`kartib yer yuzin har sari zohir ayladi qonin.

Irik nevchundurur shox uzra gulbun bargi suhondek,
Ititmas bo`lsa bulbul joni uchun g`uncha paykonin.

Chaman Laylosidin ayru degaysen lola Majnundur
Ki, gardun jola toshidin qonatmish dog`i hijronin,

Chaman bahri latofat bo`ldi nayson durlari birla,
Qizil toldin muhayyo qildi har yon shoxi marjonin.

Bu fasl ichra malomat toshidin solim birov qolg`ay
Ki, chekkay may sumurmakda yuziga jomi qalqonin.

Mayekim, otashin, chiqg`ay sarig` gullar, agar dehqon
Tomizsa qatrae andin suvarur chog`da bo`stonin.

Birovkim, dahr bog`ining firebin bildi, nargisdek
Qadahdin bosh ko`tarmay surdi ishrat birla davronin.

Guli maqsud ul qondur, Navoiykim, ayog`ingdin
Chiqar chekkanda maqsad Ka`basi xori mug`iylonin.

441

Muhabbat rishtasin uzdiki, o`lturgay bu g`amnokin,
Magar ul rishta birla tikmish erdi ko`kragim chokin.

Emas giryon ko`zum kirpiklarikim, sarsari ohim
Solib mavj ul tengizga bir qiroqqa soldi xoshokin.

Munajjim ko`nglum o`ti daf`ig`a dedi topay soat,
Damim dudi aro ne anjumin topti, ne aflokin.

Boshim chopqanda ul chobuk yoshingni asrag`il, ey ko`z
Kim, ul sudin yug`aysen, qon yuqardek bo`lsa, fitrokin.

Nazar yo`lin sirishkim pok yub, ko`z pardasin ochti
Ki, chiqqach pardadin ko`rgaymen aning chehrai pokin.

Ko`zin uyquda ko`rgach o`ldum, oyo o`lmayin netkay
Kishi gulshanda bexud ko`rsa turki masti bebokin.

Yuzung ko`p ochma, gohe so`z degilkim, aql dehqoni
Ne gul isrofini yaxshi demish, ne g`uncha imsokin.

O`gub jannat gulin voiz tilarkim, aylasam savdo
Necha eski diramg`a Yusufum, vah, ko`rgil idrokin.

Desam ul oy, borib chiqmas g`ami ko`nglumdin ayturkim:
Navoiy, ne ajab, bo`lmoq qamar soyir, hajar sokin.

442

Baski qaddi g`unchadek el ko`nglin olib qildi qon,
Gulbuni noz o`lmish el ko`nglidin ul sarvi ravon.

Ko`zlaring xunxorlig`din doyimo bemor erur,
Boda ko`p ichkandin andohkim, bo`lur el notavon.

Yoshurun husnungda bir onedururkim, jon aro
Ham alif, ham na`l uza dog`im erur andin nishon.

Yuzidin biynomen archi yuz chiqarmas pardadin,
Nurdin ko`rmakdur, ammo nur erur ko`zdin nihon.

Ishq komil bo`lsa, mehnat o`qlaridin bok emas,
Ne zarar bulbulg`akim, bo`lg`ay tikandin oshyon.

Ishq bog`ining suyi qondur, ne tong gar ohu ashk
Anda yoxud otashin gul ochsalar yo arg`uvon.

Subhning har tong erur el g`aflatidin kulgusi,
Mehr xonidin gumon qilmaki, yebdur za`faron.

Topmadim bu dayr holidin xabar, ey mug`bacha,
Bexabar qil meni o`z holimdin emdi bir zamon.

Dard agar budur, Navoiy chiqsa olamdin ne tong,
Mastu uryon ko`kragiga tosh urub, tortib fig`on.

443

Ishqida yaxshi-yomon bedodidin topman amon
Yaxshi to qilsam nazar yo`qtur kishi mendin yomon.

Lahza-lahza bosh chekar ishqim sharori, ey rafik,
Al`amon shavqu muhabbat shu`lasidin, al`amon.

Yuz adam mulkiga qo`ydum, kelki, istaydur ko`ngul
Bu uzun yo`l zodi ko`z tikmak yuzungga bir zamon.

O`rtabon ushshoq jismin, g`ofil o`lma ohidin
Kim, zararlig` dud zohir aylar o`t tushgan somon.

Kuymagimga novaking paykoni bas, hijronni qo`y,
Xasqa o`t solmoq uchun uchqun hamon, do`zax hamon.

Sen magar tug`qanda kun tug`qandururkim, zarrae
Farq fahm o`lmas orangizda nechukkim, tav`amon.

Ul quyosh hajrida ohim o`qidin vahm etmasa,
Ko`k temur ichra nihon nechun bo`luptur osmon.

Vaqtdin ol naqdi ayshingniki, mundoqkim erur
Dam-badam ko`zdin nihon bo`lmas anga bo`lmoq zamon.

Ey Navoiy, telba ko`nglum dardini anglay desam
Oncha aytur yovakim, bir lafz andin anglaman.

444

Yuzu zulfungni sog`inib kelmisham, ey mahjabin,
Kechani kecha demay, kunduzni kunduz demayin.

Ohu afg`on chekma deb, og`zimg`a, jono, muhr qo`y,
Chunki la`ling xotamu yoquti nobingdur nigin.

La`lining har bir hadisi shahddek shirin erur
Ore-ore doyimo gul bargidindur angabin.

La`l uza xat ichra xolingdur nihon yo hindue,
Sabzada yoshundi shakkar qasdig`a aylab kamin.

Yangi oy xurshid aro bo`lmoq ayon ma`hud emas,
Vah, nedur aylab g`azab solmoq jabining uzra chin.

Sham`ni parvona kuydurmakdin, ey gul, qilma ayb,
Bulbul ermasturmu kul, yo sen emassen otashin.

Ey Navoiy, ochmag`ay qonimdin o`zga lolae,
Har giyah bu yo`ldakim, qatlimg`a chekmish tiyg`i kin.

445

Shikeb uyin buzadur benavo ko`ngul, netayin,
Xaroblig` qiladur mubtalo ko`ngul, netayin.

Dedinki, asra ko`ngulni o`zungdavu sabr et,
Chu menda turmasu borur sanga ko`ngul, netayin.

Ko`ngulni qaydi junundin chiqar deding, ey aql,
Ketursa boshingga yuz ming balo ko`ngul, netayin

Ko`ngulni o`tqa solib, ko`zni istaram o`ysam,
Baloni ko`z ketirur jong`a, yo ko`ngul, netayin.

Men ul ko`zi qora ishqin qo`yub edim billah,
Tahammul etmadi, yuzi qora ko`ngul, netayin.

Tag`oful etsam itarsen, o`larsen etsam qayd,
Sening bila, degil, ey bevafo ko`ngul, netayin.

Navoiyo deb eding: Zuhd tarhi bunyod et,
Shikeb uyin buzadur benavo ko`ngul, netayin.

446

Ne tong, sarig` yuzumda ashki rangin
Ki, kiymish sabzi talx ul sabzi shirin.

O`zi gavhar, to`ni daryoyi ofat,
Bo`lub mavji balo ul to`n uza chin.

Sanga hamrang to`nluq sho`xlar bor,
Nechukkim sarv oyog`inda rayohin.

Erur jismingda axzar xil`at ul nav`
Ki, gulbun bargidin to`n qilsa nasrin.

Degaylar sarv qaddu xil`atingni
Va lekin sarv kim ko`rmish gulogin.

Xating shavqida ko`nglum to`tiyodur
Ki, yo`q zikringdin o`zga anga talqin.

Navoiy, charxi axzardur siyahkor,
Tama` sarsabz bo`lmoq qilma andin.

447

Arg`uvoniy to`nmudurkim kiymish ul sarvi ravon.
Yo magar sarv ravon qilmish libosin arg`uvon.

Sarvning har bargi bag`rim qonidin serob erur,
Yo`qsa bo`lmas arg`uvoniy barglik sarvi ravon.

Sarvdin to topti ziynat arg`uvon yuz shavq ila,
Boshqa sanchar arg`uvon har zod sarvi navjavon.

Arg`uvonu sarv istarmen chamanda, to meni
Arg`uvoniy to`n bila ul sarv qildi notavon.

Ko`rguzur qaddu libosing shavqidin qonlig` mija,
Ko`zda har dam arg`uvonu sarvdin bir korvon.

Arg`uvoniy to`n bila qatl aylamas ul sarvkim,
Qon ila qilmish libosin arg`uvoniy bir avon.

Arg`uvonu sarvdin to dahr bog`i zebdur,
Bo`lsun ulkim dahr aro ham shoh erur, ham pahlavon.

448

Ishq aro menmen dame bemehnatu g`am bo`lmag`an,
Jonidin mahrum o`lub, jonong`a mahram bo`lmag`an.

Yuz vafo aylab, jafodin o`zga naf`e ko`rmagan,
Ming jafo ko`rub, vafosi zarrae kam bo`lmag`an.

Ming quyoshcha ko`rgan o`z yorin, vale yor ollida
Ming ulushidin biricha zarraning ham bo`lmag`an.

Olam ahli ishq aro rasvolig`im ta`n etmangiz,
Kimdurur  oshiq bo`lub,  rasvoyi olam bo`lmag`an?

Anjum ermas terdur ohim o`tidin ko`k saqfida,
Vahki, bu terdin binoe qolmadi nam bo`lmag`an.

Dastgire istakim g`amdin xalos imkon emas,
Ilki bir zarrin kamar beliga muhkam bo`lmag`an.

Ey Navoiy, bilki topmas la`lidin quti hayot,
Jonni taslim aylamaklikda musallam bo`lmag`an.

449

Xurshid tulu` etsa, quyoshing sog`inurmen,
Ko`rgach yangi oy maylini qoshing sog`inurmen.

Har gulki jahon gulshanidin jismima, ey sho`x,
Etkach, meni savdozada toshing sog`inurmen.

Ey ko`z, qurudung, lek qayu sayli balokim,
Bir uyni xarob ayladi yoshing sog`inurmen.

Ey jism, ajal chobuki har go`ykim o`ynar,
Maydoni fano ichida boshing sog`inurmen.

Nay sharhin eshitkach qilib, ey nola, seni yod,
Ko`z sharhalarin ko`rsa, xaroshing sog`inurmen.

Ey xasta ko`ngul, bo`lg`ali sen ishqda majnun,
Ko`rgach seni sargashta, adashing sog`inurmen.

O`lgan itin, ey xasta Navoiyu raqibin
Chun ko`rsam iti ollida loshing sog`inurmen.

450

Har xazon bargi erur zoreki dahr ozoridin
Sarg`arib mendek tushar  ayru sihiyqad yoridin.

Har qurug`an shox majnundurki tufrog` uyiga
Topshirur har dam ilig yub nozanin bemoridin.

Bog` aro, demang, xazonkim oshiq o`lmish men kebi,
Bilgurur sovug` nafas birla sarig` ruxsoridin.

Har oqar suni xazon tiyg`i qilibdur zarfishon,
Keskali mehru vafo naxlin jahon gulzoridin.

Bu sarig` yuz birla o`lsam ko`yida, tobutima
Shoxlar bog`lang xazoniy ishqpechon toridin.

Ko`yida kuymish ko`ngul bukim, xazondur bog` aro
Esti bir yel, go`yiyo kuygan g`aribim soridin.

Kohi yuz birla o`larmen, Isaviydam soqiyo,
Boda tut xurshidi jomi kahrabokirdoridin.

Bodaekim jur`asi tomg`ach, xazon yafrog`lari
Tok bargidek qizarg`ay sarbasar  ashjoridin.

451

Shavqdin ashk ichra g`arq o`lub, dey olmasmen g`amin
Kim tengizda gavhar istar, asramoq kerak damin.

Ayshu suhbat xaylig`a tushkay nasimidin vabo,
Qayda solsam zaxmi islang`an yurakning marhamin.

Paykarim gardin sovurg`udek esar hijron yeli,
Lutf etib, ey gul, sahobi vaslning yetkur namin.

Qolib etti yangi oyni toq uchun me`mori sun`
Qudrat ilgi bog`lag`an soat qoshing toqi xamin.

Ko`nglakidur choku kiz bo`ynida fonus, ey ajab,
Tutti ul ham sham`dek, g`am shomi ko`nglum motamin.

Sham` chobukluk aro lo`liyvashimg`a yetmadi,
Dudidin har nechakim qildi mutarro parchamin.

Motami hijronda sozedur Navoiy jismikim,
Nolasidin zerini toqmish o`kurmakdin bamin.

452

Meni bedil sanga jon o`ynamoq birla yaraydurmen,
Bale sen tiflni bu tuhfa birla arg`adaydurmen.

Labing ko`rgach, iligim tishlaram har dam tahayyurdin,
Ajab holatki, bolni tutmayin barmog` yalaydurmen.

Dedim: ko`nglumga har yondin xadanging nedurur yora?
Muhabbat o`tig`a, dedi, o`tundurkim, qalaydurmen.

Chu ahli dard uchun payvasta qosh yosini tortibsen,
Manga o`q novakingni xush kushod etkim, qulaydurmen.

Anga yetkur so`zum, ey ohkim, ul husn mir`oti
Chu qildi jilva, ko`zgu aksi yanglig` aldaraydurmen.

Magar eltur pariylar, ey fusungar, telba ko`nglumni
Ki, turmaydur nechakim jismim uyinda qabaydurmen.

Navoiy telbarab to ul pariy ko`yiga yuzlanmish,
Eshiturmen fig`on, lekin hadisin anglamaydurmen.

453

Tikmisham majruh ko`nglum zaxmini g`am nishidin,
Chiqmasun deb xanjaring zavqi ko`ngulning reshidin.

La`ldin mahrur edi ko`nglum, chu fassod ochti qon,
Qatra qonlar yo`qki, jonlar tomdi ul dam nishidin.

Qoshi maylin olmasa qurbon ko`nguldin bas manga,
Yo`qsa ne g`am cheksa yo qatlimg`a har dam kishidin.

Ko`nglum andog`kim, itib Majnun otadin tutti tog`,
Dardi ishq istar qochib aqli saloh andishidin.

Soqiyo, chun davr ishi ma`lum emas, bir may bila
Forig` et jonimni  aqli xurdadon tashvishidin.

Ul maekim to`lg`ucha paymona ozod aylagay
Bu daniy xumxona durdu sofiyining taftishidin.

Asradi munglug` Navoiy rishtayi jonin chekib,
Asrag`andek shohlar sarrishtae darveshidin.

454

Anglaman sudek yuzungmudur ko`rungan ko`zgudin,
Yo yuzungdin ko`zgu su bo`ldi, yuzung zohir sudin.

Ro`-baro` bo`lg`ach yuzung g`am shomi ollimdin ketar,
Soya tushkandek keyin xurshid bo`lg`ach o`trudin.

Yig`lamoq chun ayladi da`vo ko`zum birla bulut,
Barq go`yo muni fahm aylab yiqildi kulgudin.

Tushta ul mahvash yuziga to ko`z ochtim har kecha,
Istamasmen turfat-ul-ayne ko`z ochmoq uyqudin.

Xoli ul yuz vajhi topqan vajhdin bir go`shada
Zulfi yanglig` to`lg`anib boshim quyidur qayg`udin.

Kom soqiy lablaridin toptim ammo oldi jon,
Eyki davrondin qo`sh ichting, g`ofil o`lma qorudin.

Borg`an ermushmen o`zumdin jilva qilg`an chog`da yor,
So`rmay o`tmish, ey Navoiy, xudnamoyim bexudin.

455

Yana ne qad jilva qildikim, demakdin lolmen,
Yona qaysi zulf ochildikim, parishonholmen.

Za`fdin qaddim alif bo`ldi, ul ikki lomi zulf
Har yonimdin fitnagar, vah ne ajab, gar lolmen.

Itlaringning izidin yuz gul ko`zum bog`idadur,
Shukr erur bu hamki, ishqing yo`lida pomolmen.

Jismim anduh ichra dard ostida qolmish, ne ajab
Egma qad birla agar zulfung g`amidin dolmen.

Itti ul ko`nglumki, vasl uchun tilar erdi hayot,
Shukr emdi o`lgali ishqingda forig`bolmen.

Ishq o`ti bu nav`kim uryon tanimni churkadi,
Ahli dard uchun fano yuziga mushkin xolmen.

Ey Navoiy, ne ajab yuzum uza yugursa yosh,
Chunki Majnun bo`lg`ali bozichayi atfolmen.

456

Vahki, mendin ayru yuz jon, yo`qsa jononmu ekin?
Manga onsiz ming o`lum yo dardi hijronmu ekin?

So`rg`ali za`fimni la`lidinmu erkin bir hadis,
Yo buzug` jismimda mamlu yuz tuman jonmu ekin?

Ravzanimni to yoruttung, kulbam ichra har taraf,
Zarralar soyirmu yoxud mehri raxshonmu ekin?

Olam ahlig`a labing zikrimudur ratb-ul-lison,
Yo bori olam labolab obi hayvonmu ekin?

Zulf aro qadding xayolidin ko`zum yorutqali
Anbarin yuz sham` yoxud xayli mujgonmu ekin?

Ko`ngluma ul yuzu lab yodimu erkin g`am tuni,
Yo shabistonim to`la gulbargi xandonmu ekin?

G`ayrig`a boqg`an uchun ko`z mardumin qatl ayladim,
Ashki gulgun yoxud aning zaxmidin qonmu ekin?

457

Yaramni tikkali boshing uza bichakmu ekin?
Bichakda rishtai jonimmu yo ipakmu ekin?

Ko`z asru tiktim aning o`ymog`ig`a, bilmankim,
Ko`zum oqimu ekin anda, yo so`ngakmu ekin?

Tun uzra oydinu, oydinda subh erkinmu,
Vayo sochingda burunchak uza lachakmu ekin?

Gul uzra har sori tob urdi sunbulung, yoxud
Yuzungda ziynat uchun sanchqan kajakmu ekin?

Labingdin istadi jonim hayot, bilmasmen
Ki, bir so`kunchmu yo qasdi bir muchakmu ekin?

Bir usruk elni chiqib qirg`an ermish, ey lutfe,
Sening begingmu ekin, yo bizing mirakmu ekin?

Navoiy, ushbu parishon hadis ila g`arazing
Avom xotirini sayd aylamakmu ekin?

458

Yuzung o`tig`a tutun zulfi muanbarmu ekin?
Otashin la`ling ul o`t ichida axgarmu ekin?

Mehr sarchashmasidin qatramu tomdi yoxud
Orazing birla qulog`ingdagi gavharmu ekin?

G`am tuni har taraf ohim o`qi ul oy g`amida
Charxdin  o`tkanining o`rnimu,  axtarmu ekin?

Muztarib ko`nglum ekinmu kuyadurgan tan aro
Yo bu otashkada kunjida samandarmu ekin?

Qon ekinmu yangi dog`im aro, yo hajringda
Jomi gulnoriy ichinda mayi ahmarmu ekin?

Zohid uchmog` tiladi yordinu men ham o`zin,
Yo rab, ushbu iki matlub barobarmu ekin?

Ey Navoiy, dema Farhod parishonlig`idin
Ul bu Majnuncha balo tog`ida abtarmu ekin?

459

Ulki har tun uyg`anib, yonida ko`rmas hamdamin,
Yo`q ajab gar soyani hamdam qilib aytur g`amin.

Qo`ynida af`iy, ne mumkin ko`zga uyqu kirmagi
Ulki har tun yod etar bir zulfning pechu xamin.

Takya ne imkon tushub bistar aro yuz ming tikan,
Ulki bir mujgon xayoli tiyra qilmish olamin.

Kecha afg`on qilmasam tong yo`q, birovkim ko`ngliga
Hajr o`qi tevruldi, mushkildur qatiq urmoq damin.

Ne yorug` bo`lg`ay hayoti sham`i ulkim, ishq anga
G`am shabistoni aro yog`durdi hijron shabnamin.

Zaxminga sep, ey ko`ngul, navmidlig` tufrog`ikim,
Topmadi ko`k huqqasida kimsa vuslat marhamin.

Charx anjum ashkini sochib, nedin kiymish qora,
Hajr shomi tutmag`an bo`lsa Navoiy motamin?

460

Porso yorim sog`inmas masjidu sajjodadin,
Ne uchunkim, to may ichmish bosh ko`tarmas bodadin.

Boqmasa tasbihu mushaf xattig`a yo`q aybkim,
Forig` ermas dona nuqliyu harifi sodadin.

Ro`zasin siro`za may qilsa ne tongkim, sa`b erur,
Nasya ummidig`a kechmak ishrati omodadin.

Tokim ul gulsiz bulut yanglig` havoyiy bo`lmisham,
Bazmi ayshi yodidin ashkim qolinmas bodadin.

Mayg`a jonim rahn etay maxmur esamkim, farz erur
Sarvi ozodeg`a qulluq oshiqi ozodadin.

Kim qizitti ishq o`ti birla ko`ngul, maydin dimog`,
 Ne g`ami bor nosihi beaqlu shayxi lodadin.

Za`fdin maxmurlug` yiqti Navoiy jismini,
Yor ayshi bazmida yod aylang ul uftodadin.

461

Chiqarg`ach ul mahi mahmilnishin oraz niqobidin,
Jarasdek nola aylarmen ko`ngulning iztirobidin.

Emas  ko`ksumda eski  dog`lar,  bal suqbalardurkim,
Suvabmen to xayoling chiqmag`ay ko`nglum xarobidin.

Havoyi ishqing asrarg`a erur har yon kumush gunbad
Ki, qilmishmen imorat bahri ashkimning hubobidin.

Bag`irda nishi g`am o`lturdiyu ko`nglumda yuz g`amkim,
Iting qut etmagay nogah quyuk bag`rim kabobidin.

Tanu jon zavraqin g`arq etkali girdobi ofatdur
Quyunlarkim, yugurur ishq dashtining sarobidin.

Qoshi mehrobidin yuz qiblag`a qo`y dersen, ey nosih,
Muvajjah deb ekinsen, vahki, ojizmen javobidin

Xirad mulkini sabrim kishvaridek buzdung, ey soqiy,
Bu selikim ravon qilding qadahpolo sahobidin.

Bu bazm ahlini bot yiqmoqdin o`zga soqiyi davron
Ne qildi qasd bu nilin qadah davri shitobidin.

Navoiy rishtayi fikri chekar ma`no sumanbo`yin,
Xush ul tojirki, Yusuf chehra ko`rguzgay tanobidin.

462

Subh yetkurdi sabo gulbargi xandon mujdasin,
Yo ko`ngul topti Masih anfosidin jon mujdasin.

Yo falak berdi yig`i ko`r aylagan Yoqubning
Ko`zlari ochilmoq uchun Mohi Kan`on mujdasin.

Ne guli xandon, ne Isodur, ne Yusuf mujdasi,
Topti bir mahjur o`lar holatda jonon mujdasin.

G`uncha erdim g`am yelidin to`ng`a sig`man g`unchadek,
To sabo yetkurdi ul sarvi xiromon mujdasin.

Hajr aro, ey payk, agar sen noma yetkursang ne tong.
Tong yeli har kun berur xurshidi tobon mujdasin.

Naqdi jon berdim, musulmonlar, uyatlig`men hanuz
To eshittim paykdin ul nomusulmon mujdasin.

Ey Navoiy, shomi hijron yig`larim daf` o`ldikim,
Subh yetkurdi sabo gulbargi xandon mujdasin.   

463

Yonida bo`lmasam nafase dardnokmen,
Ko`rsam yonida g`ayrni ul dam halokmen.

Jonimg`a yuz g`am ignasini tikti ul
Masiho bildikim, quyosh kebi ishqida pokmen.

Vasling tahayyuliyu men, insofdin emas
Kim, ruhi poksen senu men tiyra xokmen.

Vahm ayla, ey sipehr, bukun ohim o`qidin
Ki, hajr dardidin yana bevahmu bokmen.

Juz vasl sharbati manga sud etmas, ey tabib
Kim, men firoq mehnatidin dardnokmen.

Zotimda chun mayi azaliy choshniysi bor,
Har sori mast qo`l solib andoqki tokmen.

Ohim, Navoiyo, nechuk asray ko`ngul aro,
Chun men firoq tiyg`i bila siynachokmen.

464

Ko`nglum ochilmas dame bu badani zordin,
Uylaki, mahkam tugun inichkarak tordin.

Hajr aro dardimg`a rahm qilmasa ul ko`z ne tong,
Kimsa marazg`a iloj topmadi bemordin.

Orazida toblig` zulfni ko`rgilki, bor
Mushafi sherozasi rishtayi zunnordin.

Gar yorutur el ko`zin ko`yi aro ul quyosh,
Baski meni so`rmasa soyayi devordin.

Savmaag`a bormasam ayb yo`q, ey shayxkim,
Hech gilam yo`qturur kulbayi xammordin.

Olam aro yorlig` qolmadi, go`yoki bor
Yorg`a yuz nav` alam har nafase yordin.

Bas manga vayron maqar, sen quvon, ey charxi dun,
Toqi muqarnas bila shamsayi zarkordin.

Necha jafovu sitam tortqay ahli vafo,
Dahri jafopeshadin, charxi sitamkordin.

Tan yalangu bosh ochuq, telba Navoiyg`a boq
Kim, ne bo`lubtur xalos jubbavu dastordin.

465

Ko`nglum uyin har nechakim, istasang g`am topqasen,
Dog`i hajru g`ussayi besabrlig` ham topqasen.

Kam emas oshiq sanga, solsang meni ko`zdin, vale
Oshiqekim, sodiq o`lg`ay men kebi kam topqasen.

No`shi vasl, eykim tilarsen, nishi hijron ko`rmayin,
Chun emas bag`ring jarohatlig` ne marham topqasen.

Ne g`aming yuz zarra sargardonlig`idin, ey quyosh,
Senki rif`atdin Masiho kebi hamdam topqasen.

Kulma xam qaddimg`akim, yuklansa ishqing Qof aro,
Ishq ostida yozilg`an qofdek ham topqasen.

Muncha furqat ashki birla bo`lsa do`zax maskanim,
Ko`zlasang yuz qari o`tub, xirqam tengin nam topqasen.

Ey nasihatgo`, Navoiy yaxshidur deb istading,
Bilmadingkim, buyla bir rasvoyi olam topqasen.

466

Yuz balo hijron topar har dam bu mahzun jon uchun,
Tengri go`yokim yaratmishtur meni hijron uchun.

Hajr uyida man`i ashkimga malomat toshlari
Farsh erur, go`yo yiqilg`ur kulbayi vayron uchun.

Qomating hajrinda ko`nglum so`rg`uchi nosih tili.
Nishtaredurkim, yorar o`q zaxmini paykon uchun.

Hajr aro holimni yozdim yod tut, ey navhagar
Kim, base loyiqdurursen soz etar daston uchun.

Ishq g`am bazmida egri qaddima jon rishtasin
Tor etib, soz ayladi ko`nglum chekar afg`on uchun.

Ajdaho og`zi bil o`tlug`kim, ochiptur qasdinga
Munchakim volihsen, ey bulbul, guli xandon uchun.

Chun Navoiy nomayi shavqin yetursang, ey rasul,
Tengri haqqi ruq`ae bu zori sargardon uchun.

467

Furqatingdin kechalar o`rtar meni baxti zabun,
Go`yiyo men bir yonar o`tmen, qorong`uluq tutun.

Ashk etib g`ammozlig` ko`nglum buzulsa ne ajab
Kim, topar ozor yoshlardin mudom ahli junun.

Men tilarmen vaslu aning ko`ngli har ag`yor ila,
Manga ikki tosh arosinda kerak albatta un.

Qaddingu ernning havosi jondadur, ayb etmagil,
Bo`lsa afg`onim biyik, sayli sirishkim la`lgun.

Kim kafanni yod etar, andin o`lug ogohroq,
Gar libosin bilsakim, erur katon yoxud katun.

Sayli ashkimdin falak g`amxonasi vayron edi,
Qilmasa erdi jafosi dudi ohimdin sutun.

Ko`rmasam qoshing bo`lurmen turg`anim birla fig`on,
Voyi erur, bas chu bo`lmasa Navoiy birla nun.

468

Sensizin, ey umr, bir soat manga jon bo`lmasun,
Sen bo`lu bas, tubiyu firdavsu rizvon bo`lmasun.

Deb emishsen: kuyduray bir dog` ila ko`nglin aning
Har nechuk dog` o`lsa o`lsun, dog`i hijron bo`lmasun.

Qoshig`a qilg`ach sujud, o`lturdi ul kofir meni,
Hech musulmon yori, yo rab, nomusulmon bo`lmasun.

Ishqida jonim uqubatlar bila ol, ey ajal,
To aning oshiqlig`i hech kimga oson bo`lmasun.

Ul pariy ko`nglumda mehmon o`lmish, ey jon voqif o`l,
Oh o`ti dud etmasun, zaxm ichra paykon bo`lmasun.

Ey ko`ngul, maste chiqib shahr ichra solmish rustahez,
Vah, xabar tutkim, bizing beboki nodon bo`lmasun.

Dedikim: jon ber dog`i o`pgil ayog`im tufrog`in,
Ey Navoiy, tezrak bo`lkim, pushaymon bo`lmasun.

469

Vaslingg`a yetibon sog`inurmen xayol ekin,
Holimni anglaman, manga, yo rab, ne hol ekin.

Ushshoq ashkidin su ichib bar jafo berur,
Yo rabki, qomating ne ajoyib nihol ekin.

Zulfungda xol jim  arosindag`i nuqtadek,
Yuzungda zulf vard yonindag`i dol ekin.

Har nechakim kuyarmen, aning zarra mehri yo`q,
Oyoki, toliim kuni koni zavol ekin.

Dersenki:  seni qaysi  pariy telba  aylamish?
Ey bag`ri tosh, bilib yana bu ne savol ekin.

Zanburning evi kebi ko`nglum teshuk-teshuk,
La`ling xayoli har teshuk ichinda bol ekin.

Miskin Navoiy jonig`a ko`yungda qilma qasd,
Sayd aylamak haram qushin oxir vubol ekin.

470

Ishqing etagin jon iligi birla tutubmen,
Sen kirgali yodimg`a o`zumni unutubmen.

Ko`nglumga kelur har sari o`q otsa nedinkim,
Jon shirasidin og`zini aning chuchutubmen.

Yoring, dedilar, g`ayr bila boda ichibdur,
Tahqiqini bilguncha ne qonlarki yutubmen.

Garm o`lmangiz, ahbob tilab vasl charog`in,
Menkim, yuragim kuydi, ne chog`lig` yorutubmen.

Hajring tuni ollimg`a ne mehnatki yetibdur,
Vasling kuni yodidin o`zumni ovutubmen.

Xilvat asari ujb ekanin angladim, ey shayx,
Ayb etma, fano dayrida gar kulba tutubmen.

Ashk ila Navoiy su berur, sabr niholin
Bilmaski, ani ohim o`tidin qurutubmen.

471

O`lgumdurur chu furqat ila ishtiyoqdin,
Kel qutqar, ey ajal, meni ushbu firoqdin.

Tong yo`q qizarsa lola kebi ko`z, chu mardumi
Har dam g`amingda qon yutadur ul ayoqdin.

Sen may icharsen el bila, ul g`amza qon qilur,
Men qon yutub nazora qilurmen yiroqdin.

Atfol sang arbadasi vahmidin dame,
Devonalar kebi chiqa olman visoqdin.

Ichtim iting safolida may, vah, qachon yug`ay,
Hayvon zuloli zavqini aning mazoqdin.

Maydin hayot tutki, beganmas Masihni
Har shappareki, uchsa bu eski ravoqdin.

Mutrib bila ne ko`ngli ochilsun Navoiyning
Kim, men firoqdin desam, ul der Iroqdin.

472

Eykim, tanimg`a jon berasen har tariqdin,
O`lsam ne, ayru tushqucha sendek rafiqdin.

Beling mudurki, anga qizil fo`ta bog`lading,
Yo rishtaeki o`tkarilibdur aqiqdin.

Savdovu rishta zaxmatig`a uchradi ko`ngul,
Zulfu beling xayolida fikri daqiqdin.

Har dam demaki ko`z yoshidin sarguzashte ayt,
Daryo fasonasin ne so`rarsen g`ariqdin.

Ohim ko`ngulni ko`yung aro solsa ne ajab,
Gulzor aro Xalil tushar manjaniqdin.

Zuhd ahli ujb tafriqasidin xalos emas
Sharti fano firohdurur ul fariqdin.

Tolpinma ashking ichra Navoiyki, chiqmadi
Sech kimsa g`o`ta birla bu bahri amiqdin.

473

G`amingda har kecha, ey gul`uzor, yig`larmen,
Saharg`a tegru chekib intizor yig`larmen.

Menu qora kecha, yo`q nisbatim sanga, ey subh
Ki, sen kularsenu men sham`vor yig`larmen.

Burung`i mehru vafo, so`ngg`i javru zulmingni
Birin-birin sog`inib zor-zor yig`larmen.

Kularlar el manga beixtiyorkim, har dam
Eshitsam otini beixtiyor yig`larmen.

Mungaydi ko`nglum aningdekki, hazl nag`masidin
Ki, elga kulgu etar oshkor, yig`larmen.

Kular sipehri daniy iztirobig`a ko`nglum,
Vale o`zumda ko`rub iztirob yig`larmen.

Navoiy, ashkim oqizg`ay g`amim tunin mundoq
Ki, charxdek kecha tutmay qaror, yig`larmen.

474

Lolaning g`unchasidek ko`nglum o`luptur to`la qon,
Vahki, el g`ofilu kuydurdi meni dog`i nihon.

Zahri hajr ichkali dermenki, qilay ishqin tark,
Aytqandek kishi muhlik maraz ichra hazayon.

Ro`zgorimki qora bo`ldi, erur ishq asari,
Qayda o`t tushsa, qoralig`i qolur yerda nishon.

Ishqing o`tinki, yoshurdum, el aro yoydi raqib,
Kim isitmani nihon tutsa qilur marg ayon.

Xating ichinda labingning iki xoli ne ajab
Ikidur nuqta, yozilur esa xat ichinda jon.

Hajr uchun qonim ichar har sari qonlig` tuganim,
Xon erur ollida, to ko`ngluma bo`lmish mehmon.

Charxdin mehr isi topqang`a takabbur ne ajab,
El dimog`ig`a chu ko`kurd o`ti aylar nuqson.

Xalq ta`n etsa, Navoiy egilib nola qilur
Igri yanglig`ki, qilur yel asari birla fig`on.

475

Safhayi husnungda jonbaxsh irining, ey siyminbadan,
O`xshashurkim, aylagay Iso quyosh ichra vatan.


Yo`q ajab, ey gul, ko`ngul zaxmi aro novaklaring,
Rasm erur: chun raxna bo`lg`an yerga qo`ymog`lig` tikan.

Hasratingdin, bilki, o`lmishmen, agar ko`yung aro
Bir gado nogah g`arib uchun tilar bo`lsa kafan.

Ko`zungu zulfu qoshingdin injudek bo`ldi yoshim,
Xalq ushbu vajhdin derlar, ani durri Adan.

Voqif o`l, ey bog`bonkim, har taraf gul shaklidin,
Sendek elning qabridurkim zohir etmish bu chaman.

Ko`nglakining atri jonsiz jismima berdi hayot,
Go`yiyo el jonidin maxluq o`luptur ul badan.

Chun Navoiy nazmining har harfidur sharhi g`aming,
Desa bo`lurkim erur har bayti bir baytul-hazan.

476

Falak sitezasidin bo`lma, soqiyo, mahzun,
Qadah keturki, erur besabot olami dun.

Manga tama` karam ahlidin o`ldi may vajhi,
Yo`q ersa yer quyi ul ganjim, yig`ar qorun.

Muraqqa` uzra diram kebi vuslalar ne osig`
Ki, bir diramg`a chog`ir uchun o`lmag`ay marhun.

Bu shukr uchun gahe, ey sho`x, ber nazrki, xudoy
Seni azizu sharif etti, bizni xoru zabun.

Ema bu lujjayi miyno rumuzi hallig`a g`am,
May ichki, topmadi hech kim bu safhag`a mazmun.

Xumor jonima qasd etti, soqiyo, may ber
Ki, jong`a solsa bir o`tkim, boshimg`a chiqsa tutun.

Navoiy nazmidurur yaxshi, gar quloq solsang,
Tarannumeki qilur o`zi birla ahli junun.

477

G`am yelidin, yo rab, ul gulga g`ubore bo`lmasun,
Balki onsiz dahr bog`ida bahore bo`lmasun.

Qaddining sarvig`akim, bog`i latofat naxlidur,
Chashmayi hayvondin o`zga jo`ybore bo`lmasun.

Ayshu ishrat jomidin bo`lsun yuzi gul-gul, valek
Ko`ngliga g`am gulbunidin xor-xore bo`lmasun.

Jilvasoz o`lg`anda maydon ichra chobuk sho`xlar
Shohu sarxayl andin o`zga shahsuvore bo`lmasun.

Gar buyursang sadqa boshig`a evurmak, ey rafiq,
Budur ummidimki, mendin o`zga bore bo`lmasun.

Dahr bog`ining nasimi sovurur gul xirmanin,
Anga ul gul gulshani sari guzore bo`lmasun.

Ey Navoiy, qil duo jonig`avu jahd aylakim,
Mayling aning qullug`idin o`zga sori bo`lmasun.

478

Eykim nafase g`oyib emassen nazarimdin,
Vahkim, g`ami hajring oqizur qon jigarimdin.

Rasvolig` o`ti birla tutashib keladurmen
Ey ahli salomat, qo`punguz rahguzarimdin.

Sen g`ofilu men vahm qilurmen kecha-kunduz,
Bu nolayi shabgir ila ohi saharimdin.

G`am yelidin ul nav` o`tum urdi alamkim,
Yuz barq yasar abri balo har shararimdin.

Beling g`amidin mo`ya bila yig`ladim oncha
Kim, ashk duru gavhari o`tti kamarimdin.

Ey zuhd, yo`lum urmaki, bu marhala ichra
Maqsadg`acha sensen biri yuz ming xatarimdin.

Ey ishq, fano yo`li sari boshlaki, tinman
Gar topsa Navoiy xabar ushbu safarimdin.

479

Ne tirigmen, ne ulug, ne sog`, ne bemormen,
Ayta olmankim, firoqingdin ne yanglig` zormen.

Nuqtayi og`zing g`amidin tortibon jadvaldek oh,
Ashk saylin oqizib sargashta chun pargormen.

Do`stlar, ko`nglum hadisin demangiz tengri uchun
Kim, men ul devonayi sargashtadin bezormen.

Ko`nglagingdinkim topar jon dam-badam Yusuf isi,
Ey azizim, men ham ul ko`nglak aro bir tormen.

Bir quyosh hajrinda tundek ro`zgorim tiyradur,
Tong emas gar tun kebi motam tutub yig`larmen.

Mayda afyun ezgil, ey mug`kim, bu eski dayr aro,
Telbararmen g`ussadin gar bir nafas hushyormen.

Nevchun el dushnomu ta`nidin bo`lay oshuftahol,
Ey Navoiy, chun nekim derlar yuz oncha bormen.

480

Sarveki nolishim biyik o`ldi havosidin,
Yuz ming fig`onki, ogah emas mubtalosidin.

Ko`nglumni ko`zlaridin ayirmangki, chiqmag`ay
Majnun nasihat ila kiyiklar arosidin.

Men tiyra uyda bexudu yuz nav` guftugo`
Har ko` boshinda telbaligim mojarosidin.

Ko`nglumda toza dog`laring shaklin istasang,
Fahm ayla o`tlug` ikki ko`zungning horasidin.

Quvvat tutar labing g`amini yeb hazin ko`ngul,
Go`yoki qon tavallud etar bu g`izosidin.

Davlat libosi shahg`aki, yo`qtur shikoyatim,
Mug` dayri tegrasida gadolig` palosidin.

G`am shomidin Navoiyni netkay xalos etib,
Yorutsang uyini sham`i jamoling ziyosidin.

481

Do`stlar, bir chora men devonayi shaydo uchun
Kim, o`larmen ul pariypaykar malaksiymo uchun.

Otashin gul tegrasida la`lgun yuz barg emas,
Balki yuz na`l o`tqa solmish bulbuli shaydo uchun.

Xom ko`nglumkim, dudog`ingni tilab afg`on qilur,
Bor durur ul tifldekkim, yig`lag`ay halvo uchun.

Ashk ichinda g`arqamen, zulfungni tutqaymenmu deb,
Uylakim tojir tengiz ranjin chekar savdo uchun.

Turki mastedur ko`zung uyquda, ko`z kunjida xol
O`g`rikim, qilmish kamin yonida qo`yg`an yo uchun.

Gulxaniydekdurki istar gulxanu olotini,
Siflakim mehnat chekar dunyovu mofiho uchun.

Bu Navoiy bandani, ey sarvi ozod, asrakim,
Buyla bir bulbul kerak sendek guli ra`no uchun.

482

Ko`ngul olurda ajab dilrabo emishtuksen,
Ne dilraboki, baloyi xudo emishtuksen.

Ko`ngul berurda sanga bilmas erdim, ey badmehr
Ki, xasta ko`ngluma mundoq balo emishtuksen.

Tabib ojiz o`lub oqibat dedi bildim
Ki, ishq dardi bila mubtalo emishtuksen.

Gadolig` ettim esa bo`sae, achig`lanibon
Dediki: asru uyatsiz gado emishtuksen.

Ko`ngulni kuydurubon jon olursen, ey yangi dog`,
Fig`onki, bir yo`li ko`ngli qaro emishtuksen.

Cherig vuhushu senga taxt qulla, ey Majnun,
Fano mamolikida podsho emishtuksen.

Dedim: kamina itingmen, kulub manga aytur:
Navoiy, ne balo xudnamo emishtuksen?

483

La`lu g`amzang birla baskim nuktadon ustodsen,
Bir nafas borsen Masiho, bir zamon jallodsen.

La`li shavqidinki g`am tog`in qozarsen, ey ko`ngul,
Ne balo Shirin havaslik notavon Farhodsen.

Ahli dillar chehrasi oltun, sirishki siym erur,
Toki siymi nob aro qilding nihon po`lod sen.

Nargisingdin bir nazar qilg`ilki asru bir yo`li
Qullaring holidin, ey sarvi ravon, ozodsen.

Nayshakardek qaddinga, vah, bargni to`n demakim,
Ishqpechon bargida bo`lg`an nihon shamshodsen.

Xurram o`lmassen sumurmay bir qadah, eykim, mudom
Charxdin ko`nglung bo`lub yuz laxt qon noshodsen.

Ey Navoiy, jisminga paykonlaridin langar et,
Yo`qsa bu ohing yelidin nogahon barbodsen.

484

Yoridin hech kim meningdek zoru mahjur o`lmasun,
Jumlayi olamda rasvoliqqa mashhur o`lmasun.

Men bo`lay ovora to ishqimdin aylab guftugo`y,
Oti aning har kishi og`zig`a mazkur o`lmasun.

Jonima bedodu zulmin, yo rab, ul miqdor qil
Kim, aning oshiqlig`i har kimga maqdur o`lmasun.

Men xud o`ldum, lek har oshiqki, bordur pokboz,
Navha tortib motamim tutmoqda ma`zur o`lmasun.

Pand ila ko`nglum uyin qilma imorat, ey rafiq,
Bizni buzdi hargiz ul, yo rabki, ma`mur o`lmasun.

Kechalar ul gul chekar ermish qadah, ey tong yeli,
Voqif o`l holimni aytur chog`da maxmur o`lmasun.

Yor vaslig`a quvondim, qovdi ko`yidin meni,
Ey Navoiy, hech kishi davlatqa mag`rur o`lmasun.

485

Noumide men kebi bormu ekin jononidin,
Jong`a yetkan ko`nglidin, ko`ngli tutulg`an jonidin.

Fard hushu sabridin, mahjur zuhdu ilmidin,
Ayru shahru mulkidin, ovora xonumonidin.

Tang`a mehnat ravzanin ochqan yoqaning chokidin,
Jong`a rihlat navhasin tuzgan ko`ngul afg`onidin.

Ham saloh uyin qora aylab tuganlar dudidin,
Ham balo yuzin qizil qilg`an aliflar qonidin.

Men dag`i bir kun saloh ahli edim, ey porso,
Bu uqubatlar aro qoldim birov hijronidin.

Jomima har davr huy, soqiy, halohil zahrikim,
Tah-batah qondur ichim tosi nigun davronidin.

Ey mug`anniy, tuz maqomi navhakim, chiqmoqtadur
Xasta jon jism uyi otlig` kulbayi ahzonidin.

Jon berur har dam Navoiy, ne ajab gar bersa jon
Qulki, ayrilg`ay begidin, beg nekim, sultonidin.

Rostlig`da sarvi ozode yigitlik bog`idin,
Poklikda la`li raxshone eranlik konidin.

486

Yor payg`omi ne osig` o`zgalar tahriridin,
Jon qachon bergay Masih alfozi el taqriridin.

Ruq`asi gar barcha qatlim hukmidur xushdurki, bor
Qatl hukmi hirzi jon Isodamim tahriridin.

Kimki, ko`rsa, vahki, maxfiy ishqim o`tin fahm etar,
Ruq`asin ochib o`qurda holatim tag`yiridin.

Nomasin ochqanda yuz devonalig` qilding dema
Kim, xabar yo`qtur manga, billah, alarning biridin.

Ne fusun qilmish edi bilmanki, yo`qtur aqlu hush,
Notavon ko`nglum aro alfozining ta`siridin.

Ruq`aedur charx chirmashliqki, mazmun suratin
Hech kim fahm etmadi unvonining tasviridin.

Har ne yozmish ollingga qilki qazo ko`rmak kerak,
Ey Navoiy, qochmoq o`lmas tengrining taqdiridin.

487

Kelki, vaslingdin hazin jonimni xursand aylayin,
Sen jigar pargolasin bag`rimg`a payvand aylayin.

Chok etib ko`ksumni mahv aylay seni bag`rim aro,
Necha bu ummid ila ko`nglumni xursand aylayin.

Ko`zda mardum bo`l, ko`ngulda jon yerin tut, vah necha,
Ko`zni mushtoqu ko`ngulni orzumand aylayin.

Oz balo soldi ko`ngul boshimg`a one, ey rafiq,
Qo`yki, tishlab-tishlabon, parkand-parkand aylayin.

Ne achig`lanmoqdur andin, ne chuchuk so`z, ey ko`ngul
Xoh achchig` yig`layin, xohiy shakarxand aylayin.

Gulshani vaslin tilar jon, yer quyi, jismi zaif,
Necha qudsiy qushqa mundoq torni band aylayin.

Der Navoiy, Vomiqu Majnundek o`lg`il, vah, ne nav`
Kuch bila hush ahlig`a o`zumni monand aylayin.

488

Masihodin labing afsah, quyoshtin orazing ahsan,
Quyoshingg`a falak hayron, Masihingg`a quyosh maskan.

Ko`zumda gardi maydoning, tanimda naqdi paykoning,
Anga ko`z mardumi xozin, munga jon kulbasi maxzan.

Yasarmen yuz maqolat, vah, bo`lur ko`rgach ani nogah,
Ko`zum hayron, tanim larzon, esim volih, tilim alkan.

Shikebu sabr uyin buzdiki, ruxsorinda ko`rguzdi
Xatidin nur uza zulmat, yuzidin o`t aro gulshan.

To`karsen qon ko`zung birla, berursen jon so`zung birla,
Ajoyib zufununisenki, har fan ichra sen yakfan.

Malomat toshi dog`idin yorudi ishratim sham`i,
Ajab ko`kurd o`tidin ayladim bu sham`ni ravshan.

Yasarda sun` me`mori falak g`amxonasin go`yo
Ki, qildi dardu g`am kirmakka har kavkabni bir ravzan.
                                                                                                                                                                                         
Sen istab Xizr umri, turfa bukim, gunbadi xazro
Yuziga tun qorasin surtubon aylar sanga shevan.

Navoiy, asrabon tamkin, kishidin istama tahsin,
Chu shah ko`rguzdi istihson, ko`rub nazmingni mustahsan.

489

Azal naqqoshi tarh aylarda gul bargi namudorin,
Magar pargor qildi bulbuli sargashta minqorin.

Qazo mashshotasi parvonalar jismi kuli birla
Hamonokim, yorutdi sham`ning mir`oti ruxsorin.

Degin, Majnun qora jonining uzgan rishtasidindur
Ki, sun` ilgi mutarro qildi Laylo zulfi zunnorin.

Magar Farhod jonidin sizib qonidin etti rang
Qadar suvratgari Shirin labi la`li shakarborin.

Tarozu bargi gul, ip rishtayi jon, tosh la`l etti
Chekarda xozini hikmat labing yoquti miqdorin.

Qarog`larim emastur, balki topqach ko`zga qoqmishmen,
Itardin vahm etib, raxshing sitomin, balki mismorin.

Ayog`ing kirpigimdin og`rig`an bo`lsa, yorib ko`ksum
Isiq qonimg`a qo`ykim, ul hino-o`q, cheksun ozorin.

Xarobot ahli uru dog`, derkim, kuydurung, soqiy,
Davo yo`q sirmabon qochmoqdin o`zga shayx dastorin.

Magar bo`ldi quyun tufrog` ila yel, may, su birla o`t,
Yasarda masti sargardon Navoiy xilqati zorin.

490

Rashkdin dermenki mehr itsun sipehr ayvonidin,
Bori itqay soya ayvon ichra aning yonidin.

Ko`ksuma urmoqqa olg`an toshqa o`qi tegdi, lek
Qildi kul jismimni o`tkim, sekridi paykonidin.

Otashin ochildi ichkach bog`ning oq gullari
Ashk ila har qatraekim, bordi bag`rim qonidin.

Anjum ermaskim, falak mir`oti ichra tushti aks,
Baski, dur sochildi yer uzra ko`zum ummonidin.

Dema nolangdin yumulmas ko`zlarimkim, tong emas,
Kelmasa bemorlarg`a uyqu it afg`onidin.

Mehrning ermas shafaq ichra shuoiy xatlari,
Hajr zulmi qon to`kar har shom aning mujgonidin.

Jon olur la`lim hadisi, deb meni qo`rqutmag`il,
Kim, bu bir so`zdurki, aytursen Navoiy jonidin.

491

Ko`rubmen kirpiging boshitin-ayog` teshkan ko`ngul holin,
Qushedurkim, tiriglay  yulmish o`lg`aylar paru bolin.


Ekib tuxmini andoqkim ochilg`ay bo`stonafro`z,
Ochar xunoba ko`z bog`ida eksam donayi xolin.

Jamolin va`d agar debmen, ko`p etma, ey arab, hayrat
Yuzi aynin ko`rub har yon nazar qil zulfdin dolin.

Tanimnikim,  quruptur  xomadek nol o`qlaringdindur,
Qalam qilsang qil, ammo tashlama har yon chekib nolin.

Bu majnun qatlin ul tifli pariyvash istamas bo`lsa,
Nedin toshlar bila qasdimg`a soldi shahr atfolin.

G`amin ko`rmang balo tog`ida la`li shavqidin jonni
Ki, har bir toshidin sotmas abad umrig`a misqolin.

Chu bo`lmas sham`siz parvonavu gul birladur bulbul,
Firoq o`rtar ko`ngulni chun ko`rar vasl ichra amsolin.

Sabuhiy jom ila xushmen, nechuk xush bo`lmag`ay ulkim,
Munungdek axtari farxunda qilg`ay subh aning folin.

Javod ilgida piri dayrning may zavraqin ko`rsun,
Birovkim, ko`rmamish daryo ichinda jung timsolin.

Shah egnida  murassa` tugmalig xil`atqa  bermasmen,
Yig`ochlar birla ollin tevrabon kiygan fano sholin.

Navoiy, istasang ko`yin, itiga oshno bo`lg`il,
Yaling`an yanglig` ul it oshnog`a, sen anga yolin.

492

Shahid o`lsam libosi lolagun sarvi ravonimdin,
Yasang qabrim uza mile, bo`yang gulrang qonimdin.

Ko`rub tumordek chirmanmog`im hajrida rahm etmas
Ki, g`ofildur ichimda har taraf dog`i nihonimdin.

Quruq tandinki, qilding sharha-sharha, nola tortormen,
Ne tong vajd o`lsa elga dam-badam naydek fig`onimdin.

Alifsiz jon kebi yo`q ul pariydin o`zga mavjude,
Hazin jonimda to hijron xadangi chiqti jonimdin.

Ko`runub zulfining tori, ko`runmas za`fdin jismim
Nedinkim ul tavonoroqdurur bu notavonimdin.

Ko`ngul ko`z o`tu saylidin kelib holim ko`ra olmas,
Maloyik ravzanimdin, bal xaloyiq ostonimdin.

Erur qotildin etmak orzu jonbaxshliq rasmi,
Umidi   mehribonlig`  bog`lamoq  nomehribonimdin.

Meni uyqug`a solmish dahr bog`ining nasimi, vah,
Ne gul tergaymen ushbu tushta ko`rgan bo`stonimdin.

Navoiy, bilki topmishmen nishon maqsuddin beshak,
O`shal kunkim, nishone topmasang istab nishonimdin.

493

Sog`inmang soya g`am shomi malul ermas fig`onimdin,
Bosib o`lturmasam, yuz qatla qochqay erdi yonimdin.

Uchuq zaxmi labingda bilgurur-bilgurmasun ko`rdeg
Nishona kimki istar jon aro dog`i nihonimdin.

Baliyyat shohidi gulguna qilsa bas munosibdur
Momug`larkim, yara og`zida gulgun bo`ldi qonimdin.

Ichimda baski, to`ldi novaking har yon alif ermas
Ki, raglardek o`qung bilgurdi jismi notavonimdin.

Ko`z ichra uyqu xayli gar kira olmas, ajab ermas
Ki, xoliy turfat-ul-ayne emas ashki ravonimdin.

Dema roviy erur Farhodu Majnun qissasi muhlik
Ani alqissa bir dolu alif bil dostonimdin.

Yuzumni, ey bahori husn, qon yosh ichra ko`rgulkim,
Yuzung shavqida ne gullar zuhur etti xazonimdin.

Ulus taklifidin ko`p xasta qildim jonni, vah emdi,
Yaqindur o`lgamen, baskim, xijilmen xasta jonimdin.

Navoiy, vaqtni toatqa yo ishratqa sarf etkim,
Sog`insam o`rtanurmen tiyra o`tkargan zamonimdin.

494

Mehr ko`rsa har kishi o`z dilbari zebosidin,
O`rtanur munglug` ko`ngul bemehrim istig`nosidin.

Ey musulmonlar, netib so`rmoq tamannosin qilay,
Menki bir so`kmak tilab topman labi go`yosidin.

Qaddi ra`nosidin elga jilvayi vaslin netay,
Chun menga yo`q juz duru bo`lmoq guli ra`nosidin.

Etkurub elga labi jonbaxshidin quti hayot,
Juz o`lum hukmi manga yo`q la`li ruhafzosidin.

Tong yeli, tund esma ul yonkim, uyumaydur kecha
Itlari faryodiyu ushshoqining g`avg`osidin.

Qon yutarmen durdi sog`ar shavqidin, ey piri dayr
Sog`are ber, mug`bacha, la`li qadahpaymosidin.

Ey Navoiy, shukr qil zulm etsa ul sultoni husn
Kim, qayu qul sencha topti tarbiyat mirzosidin.

495

To`la qondur ko`zumning halqasi to qoldi yorimdin,
Magar tushmish qorasi toza dog`i intizorimdin.

Kavokib demagil, gardun ko`zi go`yo yosharmishdur,
Tutundinkim, chiqar gardun sari sham`i mazorimdin.

Yaramg`a hech marhamdin yetishmas oncha rohatkim,
Chiqarib til iting qonin yalar jismi figorimdin.

Men ul oy rashkidinkim, el ko`rar, tufrog` agar bo`lsam,
Ko`rar el ko`zlarin ko`r ayla, ey gardun, g`uborimdin.

Egarmas ko`k hisori davrig`a turki falak ko`rgach,
Evurmak ashhabin bir xisht uza chobuksuvorimdin.

Erur qonlig` ko`ngulda ko`zlaring, vah, turfadur asru
Ki, chiqmaslar dame ul ikki jayran lolazorimdin.

Ichib gar tutmasang erdi qadah, ey no`shlab soqiy,
Ne imkon erdi qutqarmoq meni muhlik xumorimdin.

Meni yozg`urmangiz qilsam sabuhiykim, azal subhi
Chihiptur ixtiyor ilgimdinu ish ixtiyorimdin.

Inoyat yomg`uri ollida daf`i sahl erur, garchi
Yog`ar idbor gardi, ey Navoiy, ro`zgorimdin.

496

Meni zaifni sargashta ayladi gardun,
Shitobu davr ila xoshokni nechukki quyun.

Tutashti telba ko`ngul ul pariy uzoridin,
Bu o`tni gul sog`inib, vahki, kuydi ul majnun.

Hubob onchaki Jayhun uza erur mumkin,
Tasavvur ayla ko`zumning hubobidin gardun.

Yuzung shahidlari tufrog`in sovurmish yel,
Bukim bulut ko`runur ko`kta har taraf gulgun.

Ne ayb, shodlig` ashkim ko`p oqsa vaslingda,
Bahor fasli bo`lur chashmalar suyi afzun.

Qadingg`a sarv bosh indurmamish emas aksi
Ki, dahr adab qilur ani solib su ichra nigun.

Ushotib o`qini mahzun ko`ngulni sindurmang,
Ki, ev shikast topar har qachonki, sindi sutun.

Er ostidin kup ila la`lni chiqar, ey mug`,
Ki, bordi yer quyi, chun so`z eshitmadi Qorun.

G`am o`lturur meni, qo`y pandu bir qadah berkim,
Qilur bu zahrni taryok daf`, yo`q afyun.

Navoiy, istar esang saltanat, fano bo`lkim,
Jahon zabunung erur, bo`lmasang jahong`a zabun.

497

Elga berdi kuydurub ul gul tanim xokistarin,
Otashin gul hajri sovurg`an kebi bulbul parin.

Anglaman bulbul qiziq ko`nglimudur, yo atr uchun
G`unchasidin gul murattab qildi o`tlug` mijmarin.

Bargi guldur, yo`qsa  bulbulning tutashmish har pari,
Baski, yorutdi sabo gul mijmarining axgarin.

Gul emastur, balki bulbul oshyonin o`rtagan
Ishq o`ti bil, ko`rsang aning davru lavni ahmarin.

Qo`y gulu bulbulni, gulgun may to`la tut bulbula,
To o`quy bulbul maqolotin ochib gul daftarin.

Dahr bog`ida gulu bulbulg`a yo`q bargu navo,
Solmadi bu g`ussadin nargis iligdin sog`arin.

Soqiyo, hayvon suyin mamzuj qilsang ichmagay,
Gar Navoiy topmasa may ichra la`ling javharin.

498

Nihon ishqingki ko`nglum ichra tushti yuz sharor andin,
Nihoniy dog`lar qolmish ichimda yodgor andin.

Muqavvas qoshlaringning naqshidin giryon ko`zum bo`lmish
Bulutdekkim, bo`lur qavsi quzahlar oshkor andin.

Bo`luptur sarvinozim husn sham`i, boshida aning
Bo`rk zar rishtasi ulkim, yonar bir necha tor andin,

Buzug` ko`nglumki atrofida ul yuz shavqidin qondur,
Erur vayronaekim, lolalar butgay bahor andin.

Ne kirpiklar ekin ulkim, taxayyul aylamak birla
Bo`lur jism ichra har dam jonim andomi figor andin.

Qadi naxlidin o`lsam, do`stlar, budur vasiyatkim,
Boshim uzra ekib sarve qiling mili mazor andin.

Jafodin yumsa ko`z, taskin topar ko`nglum o`ti, go`yo
Qarori yo`q ko`zi har dam olur sabru qaror andin.

Jahon bahri emish muhlik, tuman ming shukrkim, garchi
Ko`p urdum dastupo, tuttum valek oxir kanor andin,

Navoiy yanglig` o`lmish xonaqah ahli surug` majnun,
Magarkim sarxush o`tmish ul pariy devonavor andin.

499

Dema mehnat tog`ining Farhodi sargardonimen,
Toza yuz ming dog` ila ul qullaning qaplonimen.

Lam`ai ruxsoridin parvonadek kuysam ne tong
Menki, yillar ul malohat sham`i sargardonimen.

Husnungga hayron esam, kelmas ulus hayronlig`i,
Kimki hayroning emastur, men aning hayronimen.

Men o`lar holatdavu jon qasdi aylar ul pari,
Odamiylig` ko`rg`uzurkim, bir nafas mehmonimen.

Gar ko`ngul buzdi meni, yor erdi bois shukrkim,
Chug`zning yo`q bir malohat ganjining vayronimen.

Dayr piri tutsa may, no`sh etsam ermas aybkim,
Zahr agar ich derkim, aning bandayi farmonimen.

Telbalikdin aql sari istamish zohid meni,
Ey Navoiy, muncha nodon bilmas erdim ani men.

500

Subhi vaslin elga ko`rgandin parishonmen bugun,
Shomi hajrin ulki nafi ettim, pushaymonmen bugun.

Subhi vasl ul, shomi hijron bu, meni sargashta, vah,
Naylagaymen deb, o`z ahvolimg`a hayronmen bugun.

Qayda bilgaymen visol ahli nishotu ayshini
Menki, zoru mubtaloyi dardi hijronmen bugun.

Doyimo mehmonim erdi yor ko`yi itlari,
Jam` o`lupturlarki, men borig`a mehmonmen bugun.

Parlar o`rnig`a  baliyyat o`qlarining zaxmidur,
Menki parsiz qush kebi hajringda uryonmen bugun.

Soqiyo, bir may bila vahmimni kamroq aylakim,
Shomi hajr osibidin behad harosonmen bugun.

Chun xayoli mehmonimdur Navoiy, ne ajab,
Gar  taxayyul shaxsidek ko`zlarga  pinhonmen  bugun.