www.uz
G`AZALLAR

501

Firoqinda ko`zumdin yig`lamoq bo`lg`aymu kam bir kun,
Kulub kirgaymu vayron kulbam ichra ul sanam bir kun?

Maloyik, tarqashingkim, ul quyosh hajrinda qo`rqarmen,
Teshib o`tgay falakni ohim o`tidin alam bir kun.

Harimi vaslig`a mahramlar oxir shukr eting, kulmang,
Meni mahrum debkim, men ham erdim muhtaram bir kun.

Fasonam yozg`uchi, bilkim, bitik uzra sochar kuldek,
Kuyub sochilg`usi kog`azga ilgingdin qalam bir kun.

Emas g`am shomi anjum, qatralar ohim tafidin bil,
Ne tong kun ko`zgusin gar tiyra qilsa ushbu nam bir kun.

Eshittim, telba it ko`yida qatl aylar emish, ayting
Kim, ul ko`y itlaridin erdi bu devona ham bir kun.

Talab dashtida yillar po`ya aylab, vahki, to yettim
Harimi vaslig`a derkim, bo`lur tavfi haram bir kun.

Ko`nguldin tavba qaydin raf` qilmas xonaqah shayxi,
Magarkim, dayr piri zohir etkay bu karam bir kun.

Navoiy, ruhparvar nuktavu muhlik tajarruddin
Ajab, gar qo`ymag`ay ko`kka Masihodek qadam bir kun.

502

Jamoling shavqidin g`am shomi kuymak ibtilosidin,
Ko`zum sham`i kul aylaptur ayon qonlig` qarosidin.

Firoqingda tugan uzra tugon qo`ydum ne hosilkim,
Manga un bo`lmadi hosil, bu ikki tosh arosidin.

Quyoshni Yusufum bay`ig`a bermak bor esa mumkin,
Degaymen tangai bay`onadur, ermas bahosidin.

Chekay ishqing yukin deb, xasta ko`nglum qon yutub g`am yer,
Ne quvvat kasb eta olg`ay bu sharbat, ul g`izosidin.

Jafosi tirguzur elniyu men bu ayshdin mahrum,
Musulmonlar bilingkim, o`lgum ul kofir jafosidin.

Erur majnun ko`ngulda yuz girihkim, ne sababdindur
Musalsal qissalar el ichra zulfung mojarosidin.

Xumori hajrdindur tiyra ko`zu ko`nglum, ey soqiy,
Yorutqil ham jamoling sham`idin, ham man safosidin.

Gar o`lsam, dayr piri tong belim zunnor ila mahkam!
Manga tobutpo`sh aylab fano dayri palosidin.

Adam farshida to qo`ydi fano toshi uza boshin,
Navoiy or etar yer nat`iyu ko`k muttakosidin.

503

Man` qilmas ashk la`lingdin tutashqon jon o`tin,
Past ne nav` aylagay daryo suyi marjon o`tin.

Ulki aytur hajr taskini uchun dog` o`rtagil,
Ko`rmamish boshtin-oyog`im o`rtagan hijron o`tin.

Ishq dashtining samumidin gumon etkay quyun,
Vodiyi hijron aro ko`rgan bu sargardon o`tin.

Bul`ajablig` ishq aro ko`rgilki, ko`nglum cheksa oh
Zaxmi og`zidin musha`biddek sochar har yon o`tin.

Otashin guldin qizarmish bog` yoxud andalib,
Urdi gulbunlarg`a gul hijronidin  afg`on o`tin.

Charx uza ermas shafaqkim, o`rtanurga ahli dard
Tez etar har tun qazo otashgahi davron o`tin.

Ey Navoiy, har nasim ul gul harimi tavfidin
Kim, yetar ravshan qilur ko`nglumdagi hirmon o`ti

504

Sirishk qonin oyog`ing uchun xino qilayin,
Qabul tushsa qarog`im ezib qaro qilayin.

Aqiqi la`linga jon javharin nisor aylay,
Savodi xolingg`a ko`z mardumin fido qilayin.

Qora menging bila qadding xayoli kelsa, vatan
Munga ko`z ichra yasay, anga jon aro qilayin.

Qadingki soya soliptur, ulay anga, ya`ni
Ki, ishq ilmin alifbedin ibtido qilayin.

Labini qasdima tishlar, yuziga telmursam,
Boqib turub necha o`z jonima jafo qilayin.

Ko`ngul qushikim   erur jilvagohi gulshani quds,
Bu domgohda nedin ani mubtalo qilayin.

Navoiyo, g`amim ahli vara`din o`lmadi kam,
Qo`y emdi maykada piriga iltijo qilayin.

505

Chekkanda naqqoshi qazo ul sarvi gulrux suvratin,
Go`yo beganmay tashlamish tarh aylab oy, kun hay`atin

To jilva qildi ul sanam, Laylo so`zi bo`ldi adam
Savdom o`ti chekkach alam, past etti Majnun shuhratin.

Ruxsor ochib ul siymbar, qomatni aylab jilvagar,
Uzdiyu kesdi sarbasar gul rag`batin, sarv ulfatin.

Ko`nglum  yuzung bechorasi, jonim labing xunxorasi,
So`r, ey jahon ayyorasi, gohe alarning holatin.

Taqvo evi hamvor erur, subham ipi zunnor erur,
Uy kulbayi xammor erur, to ko`rdum ul Chin lu`batin

Jannatqa qilmasmen nuzul, ul ko`y aro topsam vusul,
Do`zaxni aylarmen qabul, ammo yo`q aning furqatin.

Aylab salosil orzu, ortar jununum mo`-bamo`,
Nogah nasimi mushkbo` yetkursa zulfung nakhatin.

Ish sirrin oyo kim bilur, kimdin bu mushkil ochilur,
Zahkim, bu g`am muhlik qilur, har lahza ko`nglum holatin.

Bo`lg`il, Navoiy, ro`barah, qilg`il fano ko`yin panah,
Tark ayla zuhdu xonaqah, qil dayr piri xidmatin.

VOV HARFINING VALLOHIYYAT
AFZOLARINING VAQOYII G`AROYIBDIN

506

Vafo ahlig`a davrondin yetar javru jafo asru,
Jafosidin aning ozurdadur ahli vafo asru.

Bukim, ahli vafo noyob erurlar andin erkinkim,
Bu eski toq alarg`a yog`durur gardi balo asru.

Falak dardi iloji chiqmay andin kimsa topmaydur,
Magar noyob erur ul huqqa ichra bu davo asru.

Garonjonlig`ni  qo`y, jon ber, tilar  bo`lsang duri maqsud
Ki, olamda og`irdur ushbu javharg`a baho asru.

Fido jonimni aylab, olam ahlidin tama` qildim
Vafo, astag`firulloh, qilg`an ermishmen xato asru.

Rizo ahlin siyosat tig`idin qo`rqutmag`il, ey shah
Ki, qatlingdin sening qo`rqarg`a o`lmaydur gado asru.

Tabiat chohidin ruhungnn qutqarkim, xush ermastur
Qafas qaydi aro bulbulg`a bo`lmoq mubtalo asru.

Chu kavsar jomi zikri qilmadi raf` o`zlugum qaydin,
Bu ranjimg`a hamono naf` etar jomi fano asru.

Havoyi gulshani quds et, Navoiykim, xush ermastur
Zag`anlar birla bu gulshanda bo`lmoq benavo asru.

507

Yor mustag`niyu muhlik g`ami hijron asru,
Ohkim, qolmisham o`z holima hayron asru.

Raxnalar soldi o`qung kasrati ko`nglum uyiga,
Ul yog`in ayladi bu kulbani vayron asru.

Ey rafiq, o`qini zaxmimdin agar chekting, lek
Etadur jonima ko`nglumdagi paykon asru.

Shayx taklifi namoz etti, vale bilmaskim
Ishq tiyg`i yarasidin boradur qon asru.

Noz etib g`amza o`qin gar otar, ey jon, asra
Kim, otar g`amza o`qin noz ila jonon asru.

G`ussa jomiki bu davr ichra labolabdur, ani
Vahki, bot-bot tutadur soqiyi davron asru.

Ey Navoiy, dema iqboli baqo mushkil erur,
Foniy o`lg`ang`a erur ushbu ish oson asru.

508

Yuzungda may guli yo gul ochilg`an bo`stondur bu,
Gulungda qatra xo`y bo`stondag`i sudin nishondur bu.

Ko`zumda qatra qonlar bog`lag`an ermas hamonokim,
Nazar bog`ida shavqingdin ochilg`an arg`uvondur bu.

Emas vasling tilab uchqan ko`zum atrofida kirpik
Kim, ul daryoyi qushlarg`a qamishdin oshyondur bu.

Ko`nguldin chiqqon ohim aylar afzun xalq savdosin
Ki, shaydolig` diyoridin yetishgan korvondur bu.

Qizil ranglar ko`zumda ko`rgan anglar ashk saylinkim,
Oqarg`a kelgan ul yo`llar bila har sari qondur bu.

Labindin xastadur ko`nglum dam ochma, ey Masih, o`tkim,
Ilojin yuz seningdekning beganmas notavondur  bu.

Quyundek dasht aro ko`rsang meni, ko`p qochmakim, har dam
Boshingg`a evrulur sargashtayi bexonumondur bu.

Ko`ngul mayxona romi, xotirim xush may batidinkim,
Munga ruh-ul-amindur ul, anga dor-ul-amondur  bu.

Dema, hijron tuni har dam yetar ul oyg`a faryodim,
Ul oy faryodinga yetmas, Navoiy, ne fig`ondur bu.

509

Hajrida ko`nglumga bor ul la`li serob orzu,
Ne ajab maxmur qilsa bodayi nob orzu.

Ul pariy majnuni o`ldum bu sababdinkim, erur
Zulfining zanjiridin bo`ynumg`a qullob orzu.

La`lidin behush bo`lmog`liq havasdur jonima,
Kimga, vahkim, bo`lmag`ay mundoq shakarxob orzu?!

Ittim og`zin istabon men, yo`q tamannolig`ni voy
Kim, adam yo`lida gum qildi bu noyob orzu.

Ko`rdim um ul but qoshlari, kofirmen, ar islomi bor,
Qa`ba ahli qilmasa bu nav` mehrob orzu.

Faqr ko`yining qora sholi bila gulxan kulin
Topqali, billahki, qilman kishu sinjob orzu.

Gar Navoiy tarki ishq etti havas o`lturmakim,
Chin emastur aylamish bu ishni o`ynab orzu,

510

Har yon ul yuzda ter oqizdingmu,
Yo oqar mehr chashmasidin su?

Qoldi xoling ter ostida, yoxud
Damnn asrar sug`a cho`mub hindu.

Terdin ul yuzga bo`lmish o`zga safo,
Qatradin garchi tiyradur ko`zgu.

Gulda shabnam ajab xud ermas, lek
Oyda anjum g`arib erur asru.

Senda ter, menda ashkdur yuz uza,
Yig`lasam men, sanga kelur kulgu.

Uyolib ter oqizdi anjum emas,
Shomi hajrida torami miynu.

Der Navoiyki g`ayr emas mavjud,
Turfa so`z lo iloha illo hu.

511

Sayli ashkim birla tutmish jumlayi olamni su,
Jumlai olam nekim, bu nilgun toramni su.

Aylagandek mardumi obiy burun ko`z mardumin,
Emdi ul nav` aylamish xayli bani Odamni su.

Bahri ashkim yetkurur har dam quyoshqa bir hubob,
Uylakim, yetkurdi Kayxusravg`a jomi Jamni su.

Zaxmim ichra qoldi paykoning, ne yanglig` butkay ul,
Chunki qo`ymas yorag`a yopushqali marhamni su.

Istangiz ko`nglumnikim, sahroda ashkim saylidin
Qayda soldi erkin ul bemori devonamni su.

Davrdin g`amginmen, ey soqiy, qadah saylini quy,
Bo`g`zuma to eltkay ko`nglum uyidin g`amni su.

Ey Navoiy, uyla nazm etting bu durri obdor
Kim, ajab yo`q rashhasidin gar tutar olamni su.

512

Belingu zulfung xayolin sharh etarmen mo`-bamo`,
Tashnadurmen la`linga to bordurur jonimda su.

Orzu aylar labing ollinda jon bermakni Xizr,
Xizr suyidin o`lug umr aylagandek orzu.

Sharbati la`ling qo`yub no`sh aylagan hayvon suyi
Bo`lg`ay andoqkim, qo`yub hayvon suyin ichkay og`u.

Sunbulungni qilg`ali oshufta yo`l topmas nasim,
Baski atrofidadur shaydo ko`ngullardin g`ulu.

Terlagan yuz qatrasidinkim, yuzum qonin yudung,
Vah, ne deykim, ishq aro toptim ne yanglig` obro`.

Ko`nglaking lavnidin o`ldum, atridin toptim hayot,
Qaysi gul barginda bor erkin bu yanglig` rangu bo`.

Ey Navoiy, yor sarvaqtingg`a yetmak istasang,
Ohu ashkingdin supur vaqting harimin, balki yu.

513

Ul oyg`a ne g`am, tushsa bu devonadin ayru,
Bo`lmas zarare sham`g`a parvonadin ayru.

Xolingni tilab ruhum agar uchsa emas ayb,
Bu qushqa tahammul qani ul donadin ayru.

Mehnat qushi ko`nglum uyidin chiqmasa tong yo`q,
Kim ko`rgan bor chug`zni vayronadin ayru.

Anduhu xirad qasdim etar, voyki, mehnat
O`zdin manga ayruduru begonadin ayru.

Qissamni eshitkan o`ladur, ishq aro, vahkim,
Ermas ul og`ir uyqu bu afsonadin ayru.

Tufrog` agar bo`lsa tanim dayrda qilma,
Ey charx, ani sog`aru paymonadin ayru.

Masjidda Navoiy gar emas, nukta budurkim,
Nuqson qilur o`lmoq anga mayxonadin ayru.

514

Tutqali lam`ayi ruxsorig`a jonon ko`zgu,
Sudurur baski qoliptur anga hayron ko`zgu.

Charx zoli sanga mashshotadururkim, bo`lmish
Anga gulguna shafaq, mehri daraxshon ko`zgu.

Ne qatiq ko`ngli bor oyoki o`shul mahvashning,
Ro`baro`yig`a kelur har nafas oson ko`zgu.

Jon evi ichra xayolingni bezar bo`lsa ko`ngul,
Pari o`lur tarog` o`qungnungu paykon ko`zgu.

Ul pariy yuziga devona gar ermas, ne uchun
Bo`ldi bozorda sargashtavu uryon ko`zgu.

Sof qil safhaym xotirni tilar bo`lsang fayz,
Aks topmoq, gar erur tiyra ne imkon ko`zgu.

Ko`zgudek borsa Navoiy o`zidin ne tongkim,
Ayladi may quyoshin soqiyi davron ko`zgu.

515

Sochti gerdin gul uza ul sarvi gulruxsor su,
Kuymagim daf`ig`a qildi o`t uza izhor su.

Yuzda xay tug`yonidin gar kulsa og`zi yo`q ajab,
G`unchag`a bo`lmas ochilmoq, ichmayin gulzor su.

Tiyg`i bot-bot zaxm urardin zor jismim qildi za`
Zamzam o`lsunkim, ko`p ichsa yetkurur ozor su.

Yor ayog`i tufrog`idin o`zga ko`rman dorue,
Ey muolij, ko`zlarimdinkim kelur bisyor su.

Mehrkim, ul chehra aksidur nedur, gar bo`lmamish
O`tlug` ohim shu`lasidin gunbadi davvor su.

G`am o`tidin, ey hakim, o`lmak tilarmen, jomima
Zahr qo`shsang qo`sh valekin qotmag`il zinhor su.

Xasta ko`nglum og`zi zaxmi paxtalig` paykonidin,
Bor aningdekkim, momuq birla ichar bemor su.

Shar`din ayru riyozatdin safo kasb aylagan,
Uyladurkim sof o`lur taskin bila murdor su.

To`rt yondin o`qi yo`l qilmish Navoiy ko`nglini,
Ishq savdosi uchun go`yo yasaptur chorsu.

516

Solsa zuhdung tuniga jomi hiloli partav,
Subha anjumlarin et boda quyoshig`a garav.

Tiyra xilvatni netay, xilvat ani bilki solur,
Anda soqiy yuziyu boda quyoshi partav.

Ul pariy ishqida qochmoqdur o`zumdin g`arazim
Buki, g`am dashtida Majnundek etarmen taku dav.

Zulfi hajrida damim dudi jahonni tutti,
Meni savdoyiy o`shul zulmat aromen shabrav.

Dahr xusravlig`in ulkim tiladi, charx aning
Boshig`a qo`ydi tugankim, der o`lus Kayxusrav.

Fayz ko`z tutma riyozatda teshilmay yuraging,
Ochmayin ravzana uy ichra quyosh solmadi zav.

Ey Navoiy, xush erur xilvat, agar bo`lsa kishi
Dilbari birla ikov, bo`lmasa lek anda birav.

517

Jonda jonparvar so`zidurmu labi xandonimu,
Ruhum oromi deyinmu ani jonim jonimu?

Ko`nglum ichra nishlarkim, sanchilibdur anglaman,
Nishtari mujgonidurmu novaki paykonimu?

Ey ko`ngul, olam buzarda qay biri ortug` ekin
Nuh to`fonimu ashkim saylining tug`yonimu?

Jon olurda qaysining sa`b erkanin sharh aylayin,
Ishqining bedodimu, yo shiddati hijronimu?

Nesi ul gulning Eram gulzoridin ortug` emas,
Jilva aylar sarvimu, yo g`unchayi xandonimu?

Eyki, berding dahr sho`xig`a ko`ngul, qatling uchun
Ishvayi paydosimu yo`q, ofati pinhonimu?

Qatl qildilar Navoiyni valekin bilmadim,
Ko`nglin oldurmoqmu erdi, yo ko`ngul olg`animu?

518

Shomi hajr o`lturdi bu noshodni, sen shod uyu,
Qayg`um etti qasdi jon, sen qayg`udin ozod uyu!

Kecha gar to subh moni` erdi nolam uyqunga,
Chunki bo`ldi daf` ul afg`on bila faryod, uyu.

Bizni hijroningda so`ngg`i uyqu bosti, bori sen
Ko`z ochib noz uyqusidin bizni qilsang yod, uyu.

Sen bag`oyat mastu usruk, nargising uyqu to`la,
Chunki g`unchang dag`i qildi esnamak bunyod, uyu.

Tun erur kech tongla topqung uyqusizlig`din xumor,
Bir zamon boshing qo`yub, ey sarvi huriyzod, uyu.

O`tti yarim kechayu yaxshi emas masti xarob,
Ko`z yumub ochquncha suhbatni qilib barbod uyu.

Ey Navoiy, mast bir tun ko`z oyog`ig`a qo`yub,
Uyg`anurg`a hashr subhin aylabon miod, uyu.

519

G`amimnimu deyin yo beg`am elning mojarosinmu?
Ko`ngul holinmu yoxud ko`nglum olg`anning jafosinmu?

Qatiq ishqim balovu shiddatinmu aylayin taqrir,
Yo`q ersa benihoyat ishtiyoqim ibtilosinmu?

Adadsiz dardu ranjim sa`b ekannimu qilayin sharh,
Sifatqa rost kelmas shavqum oshubi balosinmu?

Ko`ngulda vasl bog`i orzusinmu bayon aylay,
Bag`irda xori hijron no`gining muhlik yarosinmu?

Vafosiz yor beparvolig`iningmu so`zin aytay,
Manga javru jafo tiyg`in urub, elga vafosinmu?

Falak zulmi, ulus bedodi yo bir sarvi ra`noning
Mening holimni aylab behavo har yon havosinmu?

Navoiy, iltifot og`oz qildi yor, bilmankim,
Firoqidin shikoyatmu qilay,  vasl iltimosinmu?

520

Nazarg`a kelgali ul ikki nargisi jodu,
Ko`ngulda yo`qturur oromu ko`zda ham uyqu.

Ko`ngulki qayg`u sipohi bila nizo` etti,
Ne shod o`layki, ko`ngulni bosipturur qayg`u.

Ko`zung Xo`tan kiyigidur, yuz uzra xollaring
Magarki nofasidin mushk sochti ul ohu.

Ko`ngulni tuz, tilasang foyiz o`lsa tuz ma`no,
Nedinki, egri esa egri ko`rguzur ko`zgu.

Xush ulki, dayrg`a borg`ach qadahni mug`bacha mast
Yukunub ilgima berdi chiqib kelib o`tru.

Chu kofir urdi bu yanglig` yo`lumni, din lafzin
Yana tilimga kechursam uyat erur asru.

Navoiy, o`ynadi jon xalqdin burun, rahm et,
Chu qildi jaldliq, emdi kerak anga jo`ldu.

HE HARFINING HUMOYUNVASHLARINING
  HALOKANGIZLIG`LARI  G`AROYIBDIN

521

Yuzu ko`zungda muayyan kamoli sun`i iloh,
Ne yuzdurur bu, ne ko`z lo iloha illalloh.

Jamoling oyina va-sh-shamsi ko`zgusi nozil,
Ko`zung qarosig`a mo zog`a surmasi hamroh.

Tiling hamesha laduniy ulumig`a notiq,
Dom ko`nglung ilohiy rumuzidin ogoh.

Qamar har oy boshi mu`jiznamoy ilgingdin,
Qochib boshini o`g`urlarki bo`lur iyla dutoh.

Chu sen sipehrdin o`ttung shihobu halqayi badr
Emaski charx chekar kecha hasratingdin oh.

Sening shafoating ummidi chun erur mumkin,
Gunohkor birovdurki, yo`qtur anga gunoh.

Navoiy gulshanining nargisi nujum o`lg`ay,
Ko`z uchidin anga qilsang hisob vaqti nigoh.

522

Otashin gul garchi ziynatdur jahon bo`stonig`a,
Barq erur har yel uchurg`an bargi bulbul jonig`a.

Garchi sham` o`ldi shabiston zebi, ko`rkim, shu`ladin
Til chiqarmishtur susab parvonalarning qonig`a.

Mayki quyg`ay soqiyi gulrux erur hayvon suyi,
Vahki, ofat saylidur ishq ahli xonumonig`a.

Nay yelin Iso dami tutqilki, ul bordur samum
Har nafas ahli muhabbat xotiri vayronig`a.

Bir qadah may ichmadi bu dayr ahli bexumor,
To taharruk bo`ldi bu tosi nigun davronig`a.

Boda beranji xumor ermish fano jomida, lek
Ichmak ani kelmamish har bulhavasning shonig`a.

Hasrat o`lturdi meni, ey mug`, ketur jomi fano
Kim, chiday olman bugundin so`ng aning hijronig`a.

Bo`lmayin foniy, muhabbat jomin ichmakdur mahol,
Sabt eting bu nuktani dayri fano ayvonig`a.

Kom topmay kimki hirmon dardig`a bo`lmish asir,
Istasa hamdard o`lturtung Navoiy yonig`a.

523

Ko`ngulkim, vaslin istar har taraf dog`i sitam birla,
Erur Yusuf xaridori necha eski diram birla.

Fig`onlig` ko`nglumu o`tlug` damimni sahl tutmangkim,
Olibmen ishq iqlimini bu tablu alam birla.

Iturdum oh ila ag`yorni ul yuz havosidin
Aningdekkim, kishi sudin ketargay xasni dam birla.

Qurug` jismimda qonlig` zaxm emastur qat` uchun har yon
Ki, payvand aylamishsen ul so`ngaklarni baqam birla.

Tugan birla alifdin, ey munajjim, holatim ko`rgil,
Ki, ko`ksum taxtayi raml o`ldi har yon bu raqam birla.

Ko`ngul mashhudig`a chun bo`ldi vosil bo`lsa bo`lsun til
Agar qoyil samad birla vagar zokir sanam birla.

Taayyun xirmanin kuydurgay ammo barqraftore
Ki, ko`kdin yercha manzil qat` qilg`ay bir qadam birla.

Dema ko`ksumda eskirgay tuganlarkim, ko`zum har yon
Chu to`kti qatra dog` o`ldi bu sarig` safha nam birla.

Qadu zulfung bila og`zing tilab ko`z yumdi olamdin,
Navoiyg`a tarahhum aylakim, bordi alam birla.

524

Kuydi ko`nglumkim, nedin manzil emas jononag`a
Tushti o`t ganj orzusidin bizing vayronag`a.

Ul pariy usruk ko`zin istab biyobon tutmisham
Kim, kiyik birla mudom ulfat bo`lur devonag`a.

Keldimu ko`rdum yuzin qayturmen emdi o`rtanib,
Sham`ni  ko`rgan  nafas yonmoq kerak parvonag`a.

To manga begona bo`ldung ko`nglum o`ldi shodkim,
Oshnodin ulfating ko`prakdurur begonag`a.

Charxdin yig`larsen, ey ko`z, bilki bo`lmish yetkudek
Sayli ashkingdin xalal bu ertagi g`amxonag`a.

Eyki, istarsen berib jon, vasl topqanlar so`zin,
Safhag`a o`t sol qachon yetsang bizing afsonag`a.

Ey Navoiy, necha bag`ring su bo`lub to`kkung sirishk,
Toyiri davlat chu boqmas bo`yla obu donag`a.

525

Yonida el ko`rsam o`q sanchilmasunmu jonima,
Menki g`ayratdin ravo ko`rman ani o`z yonima.

Zaxmliq jonimki, ishqi o`tidin xursand erur,
O`t emas ul marhamedurkim, yoqibdur jonima.

Vaslig`a ko`z mahram ermastur, netib mahram bo`lu
Ikki tar domanki, tanug`lug` berurlar qonima.

Chun yetar ul oyg`a afg`onim, erur bu dam-badam
Kim, chiqib jon dog`i hamrah bo`lg`usi afg`onima.

Aqlu jondin ishqida begona bo`ldung, ey ko`ngul,
Ket xudoy uchun, bugundin so`ng meni ham tonima.

Tan uyin dard o`qi ko`p zaxm etti, ammo shukrkim,
Kirmadi noshukrlug` saylobi bu vayronima.

Ey Navoiy, kuldi ul gul ashkima, bo`lmay xalos
Yig`lamoqdin, kom agar budur guli xandonima.

526

Anbari tar istaman yuz uzra xoling borida,
Kam ko`runur yangi oy mushkin hiloling borida.

Siymi ashkim itlaringning yo`lida sarf aylaram,
Chun demishturlarki qozg`on do`st moling borida!

Chashmayi hayvondin, ey jonim, su ichmaydur ko`ngux
Xizrvash xatting aro shirin zuloling borida.

Chun vafo qilmas kishiga oqibat davroni husn,
Bas g`animat bil vafo qilmoq jamoling borida.

Degasen, miskin Navoiy nolasin bulbul kebi
Ey sabo, ul gul harimig`a majoling borida.

527

G`amidin garchi jon yo`q erdi tanda,
Tirildim la`lidin o`ldum deganda.

Kecha bog` ichra borsam bo`e topman,
Qadingdin sarv birla norvanda.

Yashurun necha ko`z solsam adamning
Vujudi yo`qtur og`zing bor ekanda.

Tilar kirpiklaringni zor ko`nglum,
Bo`lur bulbul yeri doyim tikanda.

Dema gul umrin oz, ey bog`bonkim,
Seningdek ko`pni ko`rmish bu chamanda.

Navoiy garchi o`ldi lola yanglig`
G`urur dog`ing bila qonlig` kafanda.

Nechakim shoh beparvolig` etsa,
Kerak o`ksutmasa qullug`ni banda.

528

Ko`nglumning ohi qatrai xuni jigar bila
Dudedururki, ayrilur o`tdin sharar bila.

La`l uzra xolu xatki, yuzung ko`zgusidadur,
To`tiyg`a hindu o`rgatadur so`z shakar bila.

Ul sho`x ko`nglum oldi solib jismima shikast
Bir tifldekki, shoxin ushatqay samar bila.

Nozuklugidin erkin, yo men hasudmen,
Bukim aning belin ko`ra olmon kamar bila.

Dardoki, olam ahlida bir yor topmadim,
Tun-kun niyozi shomu duoyi sahar bila.

Bu g`ussadin dedimki, bo`lay umrum oxiri
Shohi sipehrqadr Muhammad Umar bila.

El moni` o`lsa, tushti Navoiy kebi ishim
Majnun bo`lub adam yo`li sari safar bila.

529

Zihe hayvon suyidek lablaringning hasrati jonda,
Xating Xizriki, pinhondur va lekin obi hayvonda.

Yuzung haq nuri, jisming ruhi pok, ey ruhdek g`oyib,
Seningdek bir malak siymo pariyvash yo`qtur insonda.

Iki ko`zkim, arosindin chiqib yosh o`tti boshimdin,
Biaynih g`arq bo`lg`an kemalardur bahri ummonda.

Degaysen bahr davrida qamishlig` ichra o`t tushmish,
Ko`zum girdida qon yoshkim, yugurur xori mujgonda.

Emas paykonining ravshanlig`idin bu ko`ngul aksi
Har o`qkim, ul otar ko`nglum erur, albatta paykonda.

O`tub yillar, ul oy bir kunki kulbam sari yo`l ozg`ay,
Yomon toli`din ul kun bo`lmag`aymen baytul-ahzonda.

Navoiy qon yosh ichra g`arqu yori may ichib doyim,
Der ermish: zarq aylaydur, ko`rung men qanda, ul qanda?

530

Pardag`a kirgan kebi xurshidi raxshon har kecha,
Azmi xilvat aylar ul sham`i shabiston har kecha.

Ul kulub ahbob birla subhdek, men sham`vor
O`rtanib ko`nglum to`karmen durri g`alton har kecha.

Bir quyosh hijronida uryon tanim gardun kebi
Mehr o`tidin ko`rguzur ming dog`i pinhon har kecha.

Gah-gah, ey maxmuri xobolud, so`r ul xastani
Kim, yetar og`zig`a la`ling yodidin jon har kecha.

Nosiho, ne nav` pinhon toat aylakim, olur
Dinu donish naqdini bir nomusulmon har kecha.

Bir kecha so`rg`il meni andin burunkim, so`rg`asen,
Qani ul bedilki, aylar erdi afg`on har kecha.

Chek, Navoiy, nola, ko`z may bersunu bag`rim kabob,
Chun bo`lur ul oy xayoli bizga mehmon har kecha.

531

Ul musofirkim, erur barcha sipoh ahlig`a shoh,
Jismu ruhi xoksorimdur anga gardi sipoh.

Dedilar, ul shah qilur yo`l azmi, bu ummid ila
Ko`ksuma tirnog`lar birla chekibmen shohroh.

Raxshining javlonini ko`rgach yer o`psam men zaif
Yo`q ajab, chun xam bo`lur ermish itik yeldin giyoh.

Novaki birla to`shuk bo`lg`an ko`ngul ahvolini
Necha sharh aylay desam, og`zimg`a kelmas g`ayri oh.

Ko`zda ashkimdin qochib, kirdi xayoli ko`ngluma,
Ko`p yog`indin yo`lda el vayrona qilg`andek panoh.

Buki hajringdin o`lubmen bo`lmasa bovar sanga,
Jonu ko`nglumkim sening birladurur, basdur guvoh.

Kelsa yorutqay sipah gardi Navoiy ko`zlarin,
Ul musofirkim, erur barcha sipoh ahlig`a shoh.

532

Jon olsa naylay ul buti paymongusil bila,
Chun bermisham ko`ngulni anga ishqi dil bila.

Keldi manga chu belini chektim, masaldurur
Kim, tortsa bo`lur, keluri bo`lsa qil bila.

Ashkimki, qon bo`lub yuzum uzra tushar erur
Yosheki, mayl bor anga sarig`-qizil bila.

Qaddi havosida labidin rohat istaram,
Ichsam kerak mudom chog`ir mu`tadil bila.

Zulm ahli xalq qoni uchun til uzatmog`i
Bor uylakim, sibo` ichar suni til bila.

Kavsar mayini shahd uza sun` ilgi tomizib,
La`ling muxammar ayladi ul obi gil bila.

Doim qoshingda bo`lsa Navoiy ajab emas,
Gul birla bulbul o`lsa ne tong muttasil bila.

533

Ohkim, jon bo`ynig`a zulfung tanob o`ldi yana,
Kecha tong otquncha ishim pechu tob o`ldi yana.

Ishq asir etkan jununlug` ko`nglum ishi har zamon,
O`tqa tushkan telba yanglig` iztirob o`ldi yana.

Ganji ilm ettim ko`ngul kunjin, yetishkach sayli ishq,
Har imoratkim, qilib erdim xarob o`ldi yana.

Bir o`q urdi g`amzangu itti ko`ngul majnun bo`lub,
Ul balo urg`ang`a bilman, ne balo o`ldi yana?

Gul shabiston bazmida o`t yoqti, vahkim, g`unchadin
Barcha bulbul ko`ngli ul o`tqa kabob o`ldi yana.

Dedilar, ul sho`x har dam oshuqub uydin chiqar,
Jon ishi chiqmoq uchun, vahkim, shitob o`ldi yana.


Ey Navoiy, bir sari bo`ldi bu g`amlar chun sanga,
Azmi dargohi shahi oliyjanob o`ldi yana.

534

Orazi yonig`a gul sanchar jamol izhorig`a,
Anglatur husnin ani yondoshturub ruxsorig`a.

Evrulur boshig`a jonlar, vahki, har jon rishtasi
Chirmashiptur gardi Yazdiy me`jari har torig`a.

Sochbog` ermasturki, ul kofir g`ilof aylabdurur
Olam ichra kufr ta`zimi uchun zunnorig`a.

Ko`z duosi chun bitirsiz sadqasi aylab meni,
Tori jonim rishtasidin tortingiz tumorig`a.

Eng bila nevchun yopar og`zin takallum holida,
Lablaridin shahd olib yo`l ochmasa guftorig`a.

Barg evurmay lavn, gul so`lmay, to`kar ermish xazon,
Bog`lama ko`nglungni, ey bulbul, jahon gulzorig`a.

Ka`bayi ko`yin Navoiy evrulurga za`fi bor,
Bas, madaddur yetsa ilgi qasrining devorig`a.

535

Nasihat ahli manga derki, mayni tark et, vah,
Ilig olib kelur, og`iz ichar, manga ne gunah?

Manga may ichmak emas o`zlugumdin, ey nosih,
Bu ishga chang qadi dolu shohid o`ldi guvah.

Qilur jununu qadah man`ini manga zohid,
Degaymu telbaga bu so`zni bo`lmasa ablah.

Qadah charog`ini ollimg`a tutqil, ey soqiy
Ki, zuhd zulmatida asru bo`lmisham gumrah.

Bu sham` birla xarobot sari boshla meni
Ki, tiyra zuhd tuni ichra o`lmayin nogah.

Boshimni piri xarobot dargahida qo`yay
Ki, bor eshigida shohu gado, gado bila shah.

Navoiy aytur emish dayr aro sanam zikrin,
Bu ism zikriga kim qilsa mayl bismillah.

536

Qil uchi ko`rmay og`zingdin nishona,
Anga oshiq bo`lubmen g`oyibona.

Xating bosh chekkali xoling ko`runmas.
Ko`kardi chun ekin, gum bo`ldi dona.

Bahona qilmay el qonin to`karsen,
Manga yetkach qilursen bir bahona.

Bulut ermaski, gardun yuz yashurmish
Ki, tortar shu`layi ohim zabona.

Bu javlonkim qilursen, vah, zamone,
Inon chekkilki, qo`zg`aldi zamona.

Fano ahli so`zin ko`p ayla mazkur
Ki, uyqu daf` etar ushbu fasona.

O`tar yoring, Navoiy, arz qilkim,
Qadam qo`ysang yaqindur bandaxona.

537

To ko`rubon yuzin quyosh qolg`ali ishtiyoqig`a
Goh boshig`a evrulur, goh tushar ayoqig`a.

Qoshida xoli hinduyi kofir erurki ahli din
Qatli uchun chiqibdurur ko`z sola dayr toqig`a.

Dardu balovu g`ussani ko`nglum aro keturdi ishq,
Do`stlarin birav kebi kim tilagay visoqig`a.

Vasl meni chu o`lturur, bor sanga o`lmagim g`araz,
Rahm etib, ey ajal, meni solma aning firoqig`a.

Po`ya qilurda chobukum uchti rikobida pariy,
Naqsh sog`inma zeb uchun sizg`an aning janoqig`a.

Tolibi faqr bor esang barcha bila muvofiq o`l,
Sen kimu e`tiroz kim ahli zamon nifoqig`a.

No`shi labing zulolidin xasta Navoiy ichkali
Cheksa hayot sharbatin, zahr kelur mazoqig`a.

538

Tushti o`t ko`nglum uyiga ohi dardolud ila,
Ko`zda kirpik dema bu ravzan, qorarmish dud ila.

Telba it deb har taraf yo`ldin qocharlar ahli hush,
O`t sochib og`zim, yugursam jismi gardolud ila.

Charx sayr etmas, nechuk subh istagaymen g`am tuni,
Javfi chun madrus erur bu shomi qiyrandud ila.

Yusufum hajrida Ya`qub g`am ichra, mutribo,
Uylamenkim, xushlug`um yo`q nag`mayi Dovud ila.

Dema har dardingg`a aylay bir davo, qo`ykim o`lay
Kim, malul o`lg`ungdurur bu dardi noma`dud ila.

Shah tilar davlat baqosin, men gado yor og`zini,
Ranjadur shohu gado bir komi nomavjud ila.

Ey Navoiy, qildilar dunyoni rad ahli qabul,
Gar desang maqbul o`lay, yor o`lma bu mardud ila.

539

Lablaringkim, hayf erur teng tutmoq ani qand ila,
Sindurur yuz qand bozorini shakkarxand ila.

Toki hayronmen sanga nomus ila itmish ko`ngul
Telba yanglig`kim, qochar el g`ofil o`lg`ach band ila.

Odam ul soatki jannat ichra avlodin ko`rar,
Ne quvang`ay, dam-badam sen nozanin farzand ila.

Qo`y nasihat, zohidu o`tlug` damimdin vahm qil,
Telba it imkoni yo`qturkim sog`alg`ay, pand ila.

Hojatingni elga arz etmakka hojat bo`lmasun,
Xush chiqishsang lahzae bu zori hojatmand ila.

Lablaring hajrinda yuz parkandkim bo`lmish ko`ngul,
La`l erur mahlul qon o`rnig`a har parkand ila.

Chun Navoiy ko`ngli sindi emdi lutfung ne osig`
Kim, ushatsa shishani butmas yana payvand ila

540

Mehrdin dermenki,  bo`lsam doyim ul oyim  bila,
Naylayinkim, charx evrulmas mening royim bila.

Hajr aro mendurmenu purohu purxam qomatim,
G`am cherigi xasmu men bu nav` o`q-yoyim bila.

Ahli majlis kuydurur tilin kesib, boshin uzub,
Sham` da`vo qilsa mohi majlis oroyim bila.

Ko`hi dardu teshayi hijronni so`r Farhoddin,
Anglamas Xusravki, Shirin birladur doyim bila.

Husnig`a har lahza hayronroqmen oxir yaxshidur,
O`lmasam nogah bu ishqi hayratafzoyim bila.

Bo`lmayin dayri fano xammori gar qilsam badal,
Shohidi xudbin ridosin  bodapoloyim  bila.

Dam-badam miskin Navoiyning degil qon yutmog`in,
Ey qadah, gar hamdam o`lsang bodapaymoyim bila.

541

Gar sabodek hamdam erman sarvi ozoding bila,
Bormen, ey gul, qaydakim bo`lsam, sening yoding bila,

Range yo`qtur chun qizil guldin sanga, ey andalib,
El qulog`in asru ko`p yolqitma faryoding bila.

Eyki dersen, ko`zlarim ko`nglungni ne nav` etti sayd,
Bir kabutar netsun oxir ikki sayyoding bila.

Masjid ichra butparast o`lmoq necha, ey piri ishq,
Din uchun kirdim fano dayrig`a irshoding bila.


Sehr erur, ey ishqkim, ko`nglum bila paykonidin,
Xirqayi jism ichra o`tu suni asroding bila.

Gar itobe zohir etsang o`zgalarning ko`nglin ol,
Negakim men xo`y etibmen zulmu bedoding bila.

Ey Navoiy, telbalik tark etkasen ko`rgach visol
Hur siyratlik, malak xo`luq pariyzoding bila.

542

Vahki, ul sho`x borib, jonima o`t soldi yana,
Telmurub ikki ko`zum yo`lg`a boqib qoldi yana.

Nechuk o`lmay meni bemorki, Iso nafasim
Ko`rdi holimniyu ko`rmasga o`zin soldi yana.

Yig`lang, ey sham`u surohiyki, o`larimni bilib,
Mutribi nag`masaro navha kugin chaldi yana.

Zaxme istar edi ko`nglum qilichidin, go`yo
Ilgiga tiyg` mening ko`nglum uchun oldi yana.

Aqlu din naqdi fano dayri aro kirmas egach,
May bila mug`bachalar yo`lida sayfaldi yana.

Sabr elin yig`mish edim chiqmas egach ul xurshid
Voykim, zarra kebi har sari qo`zg`oldi yana.

Yo`lda, ey Xizri rahim, xasta Navoiy qo`lini
Kim, bu yo`l po`yasidin bag`ri aning toldi yana.

543

Ko`nglum og`zingning xayolidinki to`lmish g`am bila,
Naqd uza mumedururkim, naqsh erur xotam bila.

G`am tuni anjumni ohim o`qlari zaxmig`a charx
Ul momuqlar bilki, qo`ymishdur yasab marham bila.

Yig`lama, ey ko`zki, bormas zulm naqshi ko`nglidin,
Toshda qozg`on xat ne imkonkim buzulg`ay nam bila.

Ul alifdurkim ayondur bir tarafdin shamrasi,
Qaddi bir yondin osilg`on mushkbo` parcham bila.

Shayxi g`ofil ko`nglin etti zarq ohidin qora
Tifldekkim, ko`zguni qilg`ay mukaddar dam bila.

Ohkim, ovora bo`ldum ayta olmay shammae,
Yoshurun ko`nglumdagi dardimni bir hamdam bila.

Ey Navoiy, gar desangkim benavolig` ko`rmayin,
Oshnolig` qilmag`il jinsi baniy odam bila.

544

Yana ne o`t edikim tushti xonumonimg`a,
Yana ne sho``la edikim, tutashti jonimg`a.

Yana ne barq edikim, tushkach o`rtadi xasdek,
Bir o`t sharorasidin jismi notavonimg`a.

Yana ne novaki mujgon ediki, qatlim uchun
Tiqildi ko`ngluma, ya`niki kirdi qonimg`a.

Yana ichimga magar ishq soldi o`tki, chiqar
Shararlari qotilib oh ila fig`onimg`a.

Balo o`ti yonadur to`sh-to`shimdin, ey nosih,
Eshit nasihatu zinhor kelma yonimg`a.

Sarig` yuzumni qizil qilmadi visol mayi,
Bu gulshan ichra bahor o`lmadi xazonimg`a.

Navoiy itti qo`yub yodgor xasta ko`ngul.
Dediki, yetkurung albatta dilsitonimg`a.

545

Meni gadoy qachon yettim ersa shohimg`a,
Yuzumni yerga qo`yub shukr dey ilohimg`a.

Ko`rushmagimga agar bo`lsa multafit, bo`lg`ay
Visol tubiyi jannat bila giyohimg`a.

Gunah yiroqlig`im erdi, chu lutf mazharisen,
Inoyat aylagilu boqmag`il gunohimg`a.


Dedi safarda sutun birla borgohimdur
Kishiki, boqti falak birla dudi ohimg`a.

Baho tuganlarim o`lmish visol uchun, hayhot,
Kishi bu tuhfani sotqaymu ul darohimg`a.

Buzuldi ko`zu ko`nguldin ishim, magar tushqay
Bir ahli dil ko`zi bu holati tabohimg`a.

Navoiyo, yana gar yor yuzini ko`rsam,
Mutiu qul bo`layin baxti nekxohimg`a.

546

Ko`ngluma anduh yelidin g`uboredur yana,
Go`yiy ani qo`zg`ag`an chobuksuvoredur yana.

To ne gullar ochqay oxir ishq aylab chok-chok,
G`unchadek ko`nglumda bukim xorxoredur yana.

Oh dudin sahl tuttum, ohkim ul dud aro
Sabr uyin kuydurgali har yon sharoredur yana.

To labing ushshoqdin jon olmoq etti ixtiyor,
Jon berurga har taraf beixtiyoredur yana.


Tong yelidin bo`ldi go`yo sunbulung oshuftakim,
Har qayon boqsam parishonro`zgoredur yana.

Erga sochqan ter fano dashtida solik jabhasi,
Gavhari maqsudidin har dam nisoredur yana.

Raf` o`lub erdi Navoyining jununi, ey pariy,
To sanga tushmish ko`zi majnun shioredur yana.

547

Ko`radurmenki borur yoru qolurmen meni gumrah,
Bora olman, tura olman, ne qatiq holat erur, vah.

Hajridin jonima yuz biym qolayin desa andin,
Xo`yidin ko`ngluma ming vahm bo`layin desa hamrah.


Ko`yung ummidi, yuzung hasrati birla, agar o`lsam
Yovumay ravzag`a vollah, tilamay hurni billah.

Mayg`a mashg`ul o`lubon hajrni umdan unuturmen,
Buzulur zor ko`ngul, kirdi esa yodima nogah.

Aql taklif qilur ko`nglumakim, tarki junun qil,
 Telbadin kim bu tama` tutqay, agar bo`lmasa ablah.

Shohu soyilg`a nasib ar ko`pu ozdur, ne tafovut,
Teng nasib o`ldi, chu tufroqqa agar soyil, agar shah.

Yor g`ofillig`idin zulfida jon berdi Navoiy,
Sayd o`lar domda, sayyod agar bo`lmasa ogah.

548

Vahki, bir badmehr o`qi jonimg`a parrondur yana,
Tiira ko`nglum kulbasining sham`i paykondur yana.

Bir pariy ishqida jonning nuqta birla nunidek,
Notavon jonimda na`lu dog` pinhondur yana.

Baski paykoning yig`ildi, yiqti tan koshonasin,
Bu bino su kasratidin, vahki, vayrondur yana.

Tang`a juzv o`ldi o`qung ul nav`kim, andin ani
Olmoq anburlar bila tortib ne imkondur yana.

Eyki, ko`nglumni deding majruh emastur ishqdin,
Ko`rmading oyoki mujgonim aro qondur yana.

Chiqmisham mug` ko`yidin sarxush yashun, ey charxkim,
Er bila teng qilmog`ing ollimda osondur yana.

Dasht aro Majnunni ko`rganlar Navoiyni ko`rub,
Qildilar hayratki, ne g`uli biyobondur yana.

549

Tanimda za`fdurur to isitmish ul dilxoh,
Quyosh haroratidin ne ajab qurusa giyoh.

Aning nihol qadi titrabon terak yanglig`,
Men evrulub boshig`a tortibon sabodek oh.

Tanini g`uncha kebi to`ng`a chirmabon qat-qat,
Valek talfasadin guldek ochilib gah-goh.

Gulobxonadag`i gul kebi so`lub jismi,
Qilib gulob kebi terning o`rtasida shinoh.

Yotib ko`zi kebi gulgun harir uza bemor,
Valek mendek etib sihhat ahlini gumroh.

Demanki, sharbat uchun yaxshidur chuchuk jonim,
Yarasa sadqa uchun qilg`asiz meni ogoh.

Navoiyo, dema nevchun taning zaif o`lmish,
Tanimda za`fdurur to isitmish ul dilxoh.

550

Hayhotkim, birav g`amidin zormen yana,
Faryodkim, balog`a giriftormen yana.

Ey muddaiyki, orim edi ta`nu so`kmaging,
Forig` degilki, har ne desang bormen yana.

Daf` o`lmish erdi no`shi labingdin malolatim.
Lutf ayla, ey tabibki, bemormen yana.

Har kecha bir quyosh g`amida g`ussa toshidin,
Boshdin-ayog` sipehrdek afgormen yana.

Sufiyi aql savmaasin shukrkim buzub,
Dorulfanoyi ishqda xammormen yana.

Og`zim qurub, damim tutulub, sekridim, ne tong,
Kim, telba chobukumga jilavdormen yana.

Aql itti, hush ketti, ko`ngul kuydi, chiqti jon,
Shukr et, Navoiyoki, sabukbormen yana.

551

Yana har dam ishim sochmoqdurur ko`z bog`idin lola
Ki, bo`lmish loladek qonlig` ko`ngul pargola-pargola.


Ko`zungdur fitnavu afsun savodidin qora nargis,
Yuzumdur mehnatu idbor dog`idin sarig` lola.

Umidim mazrain, dedim ko`kartay ashkdin, lekin
Sovug` ohimdin o`ldi ul ekinga bu yog`in jola.

Shafaq ichra emas anjumki gardun javfida ohim
Harorat oncha ko`rguzdiki, erni bo`ldi tabxola.

Marazliq zaxmi ko`p tandin bayone ko`nglum afg`oni,
Buzug`din uyladurkim, chug`d qilg`ay dam-badam nola.

Deb erding, jon beray o`lsang yetishti ul mahal, vahkim,
Gado sultong`a netkay juz gadolig` o`tsa ham hola.

Navoiy dahrning kun yuzi, tun sochig`a mayl etma
Ki, oxir umr naqdin muxtal aylar ushbu muhtola.

552

Nildin har bir alif ul mahjabin ruxsorida,
Bir niholi sarv erur go`yo Eram gulzorida.

Ishq sultoni siyosat ayladi ushshoqni,
Xalq jismidur, somon ermas balo devorida.

Toza dog`edur fig`onim o`tidin bo`ynumdag`i
Har mudavvar shakl shingarfiy junun tumorida.

Tavqlar bo`lmish jaliy tortarg`a imon ahlini
Halqalar zanjiri zulfung rishtasi zunnorida.

Telbalik tog`i tanimdur, bosh uza jo`lida soch
Har biri bir notavon Majnun junun ko`hsorida.

Tushsa yuz dastor boshdin, bosh egindin, vah, ne tong
Kim, erur gulrang may boshida, gul dastorida.

Ey Navoiy, zor jisming nola qilmas za`fdin
Uylakim, sust o`lsa, un bo`lmas mug`anniy torida.

553

Ko`ngul qushidur aning zulfi tobdori bila,
Chibinki, bog`lig` erur ankabut tori bila.

Sipand ofat emas, lolazor ofat erur,
Yuzinda har sari xol otashin uzori bila.

Magarki zulfida ishq ahlining ko`ngullaridur,
Ne dudkim, nafasimdin chiqar sharori bila.

Niholi vasl aningdek quruptururki ani
Ko`karta olmadi ko`z ikki jo`ybori bila.

Sipehr emin emas manjaniqi ohimdin,
O`n ikki burjlug` ushbu biyik hisori bila.

Muvaffaq o`lmasa tavfiq ila, emas mumkin
O`z ixtiyorini qo`ymoq o`z ixtiyori bila.

Churuk so`ngaklarim o`lmish quyun aro xoshok,
Boshingg`a evurladurgan tanim g`ubori bila.

554

Dardini jismim aro asray debon tadbir ila,
Toza dog` ermas o`qi zaxmin tutubmen qiyr ila.

Toki sham`i anjumandur mohi shabgardim mening,
Ko`k shabistonidin oy har tun qochar shabgir ila.

Zulfi ichra zor jismim holatin qilsang raqam,
Ey muharrir, zarhal etqaysen qora tahrir ila.

Hadding ermastur debon ishqim meni yozg`urmakim,
Men ham anglarmen, vale ne choradur taqdir ila.

Ul pariy zulfi savodin yozg`ali bo`lmish davot
Uyla savdoyiyki, asrarlar ani zanjir ila.

Kiyr ila aylang yuzumni chum qorakim, umr o`tub,
Do`st ko`yi azmi qildim yuz tuman taqsir ila.

Ishqi shar`iyda Navoiy qatl ila topsang xalos,
Bilki, o`lmakdin qutulg`andekdurur ta`zir ila.

555

Ilgin ul gulrang etibdur lola yafrog`i bila,
Kaflarin bargi bila, tirnog`larin dog`i bila.

Rishtayi zulfi xayolidin havo qilg`an ko`ngul
Bir qushedurkim, qochibdur go`yiyo bog`i bila.

Reshlar ko`ksumda ko`r, Farhod bahsin qo`ykim, ul
Qazmadi mendek balo tog`ini tirnog`i bila.

Sham` hamdardimdurur hijron tunikim men kebi
Hajr o`tida qovrulur ul dag`i o`z yog`i bila.

Otashin la`ling shahidi qabridin gulgun g`ubor
Kim, qo`por, o`tdur, emas qon rangi tufrog`i bila.

Bemahal gulbong ila yolqitma bulbul elnikim,
Dahr bog`i gullari xushtur, vale chog`i bila.

Lola ermas, urdi o`t gulshang`a bir gul hajridin,
O`rtanib har dam Navoiy nola qilmog`i bila.

556

Erur ko`ngulda safo ishq toza dog`i bila
Nechukki, ko`zda yorug`lug` erur qarog`i bila.

Firoq shomi yangilmas o`qung ko`ngul yo`lini
Ki, borur ul sari paykonidin charog`i bila.

Erur sukutu fano, ishq lozimi bulbul,
Ne voqif ancha fig`onu ulug` dimog`i bila.

Ul o`tki o`rtadi parvonani, hamul o`tdin
Ko`rungki, qovruladur sham` dog`i yog`i bila.

Shahu ulus g`amiyu jomi Jam, xusho ulkim,
Sinuq safol ila durd ichkay o`z farog`i bila.

Xumor aro tiladim soqiyyu qadah yuz shukr
Ki, ulki men tiladim, keldi o`z oyog`i bila.

Qucharg`a sarv niholi biri qadingdek emas,
Agar ketursa ani bog`bon quchog`i bila.

557

Men masti g`arqi bodamen, aksim emas may ichra, vah,
Soqiyg`a bovar bo`lmasa bexudlug`um bastur guvah.

Taqvo ridosi birlakim masjidg`a bordim dayrdin,
Ey mug`bacha, iynak rido bo`ynumda, gar qildim gunah.

Keldim qochib g`am xaylidin mayxonag`a, ey piri dayr,
Tengri panohing, gar manga xum keynida bersang panah.

Dayr ichra sarxush mug`bacha dinimni toroj ayladi,
Ayb etmangiz, gar kelmasa yodimga shayxu xonaqah.

Nazzoradin hush ahlining dastori tushmak ne ajab,
Mundog`ki sarxush sekritur har yon samand ul kajkulah.

Tasbihni may rahni qil, har donag`a mayl etmagil,
Gar istasang ko`nglung qushin sayd etmagay bu domgah.

May tulg`ining har pashshasi piledurur xartumluq,
Daf` etkali dayr ahlig`a gar cheksa dardu g`am sipah.

Yuz birla gar dayri fano yo`lin supursam vajhi bor
Kim, dayr piri ollida bu nav` o`lubmen ro`barah.

Gulxan aro ostingda kul, uryon boshingda ishq o`ti,
Bu nav` taxtu toj ila sensen Navoiy podshah.

558

Xush ulkim, bor edi ilgimda pechon sunbulung gah-gah,
Tutunlar chirmashur boshimg`a ani chun sog`insam, vah.

Yuzungdur poklik mehri, ko`zumdur rostliq ayni,
Aningdek yuzga mundoq ko`zdin o`zga ko`z maozallah.

Ko`ngul pargolasidur har taraf ishqingdin o`rtangan
Shararlarkim, chiqar ohim o`ti dudi bila hamrah.

Tushumda la`liyu ruxsoridur, uyg`atmang meni gar xud
Masiho birla Yusuf boshim ura yetsalar nogah.

Uchub ruhum qushi har dam havo aylar zanaxdonin,
Aningdek qush masallikkim nishiman qilmish o`lg`ay chah.

Muhabbat ko`yida bukim, gado shahni qilur oshiq,
Biaynih bor aningdekkim, gadoni oshiq etkay shah.

Qazoyi mo mazo chun favti hol aylar zihe hasrat,
Muvaffaq ulki avvaldin bo`lur o`z vaqtidin ogah.

Qalam yozg`an balodin muhtariz bo`lg`an zihe nodon,
Muqarrar bo`lmag`an ro`ziy talab qilg`on zihe ablah.

Navoiy daftari hajring yozib ko`z to`kti xunobin,
Chu ochsang safha-safha ko`rgasen qon o`tkanin tah-tah.

559

Soqiyo, talx o`ldi ayshim hajr bedodi bila,
Tut achig` maykim, ichay Mirzo Chuchuk yodi bila.

Sipqarib jomi sipehr  aqdohin aylay  rez-rez,
Necha chekkaymen zabunlug` charx bedodi bila.

Zuhd ko`nglum ko`zgusin qilmish mukaddar, ey harif,
Sindururmen tavba piri ishq irshodi bila.

Bevafolig` gar budurkim, qildi ul sho`x, ey ko`ngul,
Sarfa qilmas oshnolig` Odam avlodi bila.

Vahki, sindi  naxli ummidim, xusho, ul bog`bon
Kim, erur xushhol bir navrasta shamshodi bila.

Chun hudoy Laylo qulog`in yolqitur, Majnun, ne sud,
Tog`ni gar kelturur afg`ong`a faryodi bila.

Ey Navoiy, ishq sahrosida xud qo`ydung qadam,
To nechuklashkaysen ul poyoni yo`q vodiy bila.

560

Sochib sirishk yugursam qoshing xayoli bila,
Sipehr mencha emas kavkabu hiloli bila.

Ko`zungki, mardum ila jon olur, erur sho`xe
Ki, sayd aylagay eldin ko`ngulni xoli bila.

Ko`ngulda qaddu uzoring xayolin ettim naqsh,
Bu bog`ni bezadim sarvu gul niholi bila.

Ulusni javr ila husn ahli o`lturur, lekin
Xalok etar meni ul sarv e`tidoli bila.

Emas yasang`ali gar solmas ilgidin ko`zgu
Ki, bo`ldi ko`rgali darmonda o`z jamoli bila.

Xirad ko`ngul sipahin to`qtatay dedi, vahkim
Buzuldi kirpigi xaylin ko`rub yasoli bila.

Quyosh seni ko`rub andoq uyaldi o`z yuzidin
Ki, yerga kirdi tura olmay infioli bila.

Xazon kamindadur, ey bulbul, o`lmag`il g`ofil,
Dameki dast berur aysh gul visoli bila.

Mukaddar etsa ko`ngul shishasini zuhd, ne g`am,
Navoiyo, kelu yug`il qadah zuloli bila.

561

Ishq aro dushvordur bo`lmoq kishi hamdardi shoh,
Chun de olmas dardini bir yil yugursa dodxoh.

Shox dodimg`a netib yetsunki mulki ishq aro,
Qadri oliy shoh ila tengdur gadoyi xoki roh.

Shoh mendin ishq aro ojizroq o`lsa tong emas
Kim, balokashlik mening xo`yimdur, aning-izzu joh.

Shohliqning daxli yo`q ishqu muhabbat ko`yida
Kim, kerak anda sarig` yuz, la`lgun ashk, o`tlug` oh.

Shohkim, matlubig`a qulluq buyurg`ay ishq emas
Kimki, oshiqdur anga zoru zabunlug`dur guvoh.

Sarv ila xoshok agar gul oshiqidur farqi bor,
Sarvg`a to o`t tutashqay, kul bo`lur yuz ming giyoh.

Ey Navoiy, sidq ila bo`lg`il gado ishq ichrakim,
Taxtu tojin bersa, bu davlatni topmas podshoh.

562

Qayu yoreki bir yori bila jomi vafo cheksa,
Vafosinda aning yillar bo`lur, dardu balo cheksa.

Musallam yorlig` ul yorg`akim, qo`ymag`ay minnat,
Gar o`z yori uchun ag`yordin ming mojaro cheksa.

Vafo ahli tong ermas ko`zlariga to`tiyo qilmoq,
Vujudum tufrog`in gard aylabon bodi fano cheksa.

Qayonkim, ul sarig` to`nluq borur men zor erishkanni
Sog`ing`aylar qachon kahbargni bir kahrabo cheksa.

Musavvirkim, qoshing chekti, ushatti xoma naqsh ahli,
Kishi da`vo ne nav` etgay birav bu nav` yo cheksa.

Etishkay begumon ayn-ul-yaqin asrorig`a har kim
Ayog`ing tufrog`idin ko`zlariga to`tiyo cheksa.

Borur ko`yungga g`am yeb o`lgali ko`nglum, ne imkon man`,
Kishini bir taraf ham rizq cheksa, ham qazo cheksa.

Zamona ahlidin ko`z tutmasun mehru vafo podosh,
Kishi yuz yil alarg`a gar vafo aylab, jafo cheksa.

Bu gulshan qushlarig`a benavolig` kelturur lahni,
Navoiy har qachon o`z gulruxin istab navo cheksa.

563

Ne edi, ey ishq, yuz tiyg`i balo bir zorg`a,
Hajrdin ming zahri qotil bir hazin bemorg`a.

Yorlig`din ermas erdi qatl qilmoq yorni,
Ul g`azabni xossakim qilmoq ruju` ag`yorg`a.

Ko`nglum oldi gar ko`ngulsizlikdin o`lsa yuz g`amim,
Uyla bedilmenki, dey olman ani dildorg`a.

Oncha paykoning tanimdin chekti haryon boshkim,
Sa`bdur marham dag`i yoqmoq tani afgorg`a.

Ko`zlari qonim to`karlar, ey musulmonlar, ne tong,
Kechsa jonidin asir o`lg`an kishi kufforg`a.

Nosiho, gar pand eshitmon bilasen ma`zurmen.
Men kebi devona bo`lsang bir pariy ruxsorg`a.

Ujb ila taqvodin ortuq uzr ila qilmoq gunah,
May qanikim, o`t solay bu pardayi pindorg`a.

Rahm qil, yo rabki, isyon kasratidin yo`qturur,
Oncha fursatkim tilim evrulgay istig`forg`a.

Ey Navoiy, ham zamondin, ham zamona ahlidin
Har zamon g`am yetsa yuzlan kulbayi xammorg`a.

564

Ko`yida yig`lar edim men zor har bemorg`a,
Emdi yig`larlar bari bemorlar men zorg`a.

Hajri bepoyon yo`lin qat` aylamak dushvor erur,
Za`fdin menkim yururmen qo`l tayab devorg`a.

Telba ko`nglumning qushidin qonu yuzdin za`faron,
Qilsalar daf`i jununum basdurur tumorg`a.

Ishq paydovu nihon o`lturdi, lekin yo`qturur
Zahra bu holimni ham ixfog`a, ham izhorg`a.

Zulfida men foniyu tasbih ila mag`rur shayx,
Subha torin bas, ne yanglig` o`xshatay zunnorg`a.

Yo`q ajab o`lsam dag`i kavsar suyi bo`lg`ay nasib
Naz` vaqti solsam o`zni kulbayi xammorg`a.

Zor o`lub miskin Navoiy nechakim chekti fig`on,
Qilmadi ul oy tarahhum bu fig`onu zorg`a.

565

Chun kuyar parvona ul sham`i shabiston o`tig`a,
Anglag`ay kuymakni bir tun kuysa hijron o`tig`a.

Har dam o`rtarlar meni o`tlug` iki kofir ko`zung,
Necha kuygaymen ul ikki nomusulmon o`tig`a.


Ko`nglum o`tidin ne tong gar topsa ruxsoring furug`.
Sho`x tarso mushaf o`rtar shayx San`on o`tig`a.

Otashin la`ling gar ashkimdin kular ermas ajab,
Kim kudurat bahrdin fahm etti marjon o`tig`a?!

Gar ko`ngulning oshkor o`tig`a taskin bersa ashk,
Kim qila olg`ay iloj aning bu pinhon o`tig`a?!

Shu`la ul yanglig`ki o`rtar shoxni aylab nihon,
Satr keldi ish bu jismi zori uryon o`tig`a.

G`am tuni ermas shafaqdin shu`lakim mahrumlar,
Kuydururlar ohdin gardunni xirmon o`tig`a.

La`li ko`nglum ichradur qilma tutun, ey tiyra oh,
Rasm emas chun uyda dud etmak ayon kon o`tig`a.

Ey Navoiy, davr ayog`in solma qo`ldin lahzae,
Gar desang taskin beray har lahza davron o`tig`a.

566

Bo`lmag`ay erdi  falakning kiynasi davronida,
Bo`lmasa yaldo tuni oshiqlig`im tug`yonida.

Tun balosidin qatiqroq yo`qturur oshiqqa hol,
Xossakim bemor ham bo`lg`ay muhabbat onida.

Tiyra shomi hajr yo`qkim, do`zax o`ti dudidur,
Ne qiyomat zormen ul hurvash hijronida.

Biym erurkim shu`lasi jannatni dag`i o`rtagay,
Bo`lsa bir ahgar o`tumdin do`zax otashdonida.

Garchi ul oy ko`yi ichra itlarining soni yo`q,
Mendururmenkim, eman ko`yida itlar sonida.

Soyil andoqkim diram uzra diram qo`yg`ay, erur
Dog` uza dog`i gadoyingning tani uryonida.

May bila ma`shuqdin o`zga jahonda har ne bor,
Topmasang xushroq nechakim, zor esang armonida.

Bo`lma bo`stonu saro qaydida olam ichrakim,
Yo`q vafo qilsang nazar olamsaro bo`stonida.

Sham`siz tun bo`lsa, ya`ni soya dag`i bo`lmasa,
Gar Navoiy bo`lsa bir dam dilsitoni yonida.

567

Ishq aro ishlar tushar ermish kishining boshig`a
Kim, qo`shar ermish bag`ir pargolasin qon yoshig`a

Qon labi hajrindakim, yuqti sarosar, qildi la`l
Ishq boshim uzra yog`durg`an malomat toshig`a.

Qoshidin naqdin o`g`urlarg`a hamono bo`ldi xam,
Ul yoshunsun deb, teri bo`rkin chekiptur qoshig`a.

Bo`ldi rangomizliq oqu qizil guldin magar
Orazing rangin ezarda suvrating naqqoshig`a.

Asra siyming, ey g`aniy, may berki yo`q tufroqcha,
Bersa olam naqdini dayri fano qalloshig`a.

Ostoni zebig`a tong yo`q yetursam ashku oh,
Gah bulut saqqosig`a, gohe sabo farroshig`a.

Ey Navoiy, ta`n agar qilmish sening ishqingni shayx,
O`z ishing mashg`uli bo`l, boqma aning qilmoshig`a.

568

Yo`q ilojim gar meni bir javr ila yod etmasa,
Vah, ne bo`lg`ay elni ham yuz lutf ila shod etmasa.

Ishq aro, eykim, deding, har lahza faryod etma, voy,
O`t tutashqan chog` bo`lurmu kimsa faryod etmasa?!

Nosiho, yozg`urmakim zor o`lmag`ay ko`nglum qushi,
Tengri ul orazni gul, ul qadni shamshod etmasa.

Xo`blarg`a chun vafo yo`q, avlo uldurkim, ko`ngul
O`zni ul qattig` ko`ngulluglarga mu`tod etmasa.

Yaxshi ochilmish bahoring gullari, ey bog`bon,
G`am xazoni  xushtur avroqini barbod etmasa.

Va`dayi vasl etti, olib jon xo`yig`a yo`q e`timod,
Yaxshiroqdur gar bu savdo ichra miy`od etmasa.

Men vafoda o`ldum, ammo ul jafoda xo`b erur,
Bevafolig` shevasin bu jonib isnod etmasa.

Boshni qutqarg`ay pariylar toshidin har telbakim,
Yorlig` rasmida mayli odamiyzod etmasa.

Dilbar bedodidin aylar Navoiy shikva, lek
Jong`a bedod aylar ul bir lahza bedod etmasa.

569

Ishq jurmidin netib inkor etay xalq ichra, vah   
Kim, erurmen bu gunah ichra bag`oyat begunah.

Bo`lsa rahbarlarning irshodi gunahdin ijtinob,
Piri ishq etmish gunah aylarga bizni ro`barah.

Ishq agar bo`lsa gunah menmen gunahkor, ey ko`ngul,
Tonmog`im nohaqdurur bu ishda chun haqdur guvah.

Gar gunahdur ishq kosh o`lsa xaloyiq begunah,
Men gunahga qoyil o`lsam koshu ko`yi qatlgah.

Men gadoliqqa ne loyiq ollida, nevchunki bor
Nozi husn aylarda ul oy husnu noz ahlig`a shah.

Vahki, bag`rimni labi hajrida tiyg`i furqati
Yupqa-yupqa kestiyu, tuz septi anda tah-batah.

Gar Navoiy yanglig` o`rtansa ne tong parvona ham
Kim, aning yoridurur bir sarvqaddi kajkulah.

570

La`lidin bir so`z sinuq ko`nglumni aylar tog`cha,
Naqdi jon bersam, yo`q aning ollida tufrog`cha.

Ravzadin do`zaxqa tushkanning o`tining shiddati,
Yo`qturur kuymakta hijroningda qo`yg`an dog`cha.


Bargi guldek orazingning shavqidin tirnog` ila
Yuz taraf ko`ksumni so`ydum, har biri tirnog`cha.

Jismim o`ldi gulbun ul gulsiz valekin toza dog`
Anda gulcha kasrati gulbun aro yafrog`cha.

Nay ko`rundi qomatingcha nayshakar shirinu tuz,
Nay aning bandi belingga bog`lag`an belbog`cha.

Soqiyo, ko`nglumni ravshan istasang tut bodakim,
Yoruta olmas nima ul shu`lani bu yog`cha.

Ey Navoiy, sen ko`ngul bog`in imorat qilki, bor
Sekkiz uchmog` janbida aning muhaqqar bog`cha.

571

Yor har bazm ichra, men xorij mushavvashlig` bila,
Vahki doxil ham bo`la olman sabukashlig` bila.

Kirmayin bazmida topsam itlari xaylig`a yo`l,
Shod o`lay naylay ish ochilmas mushavvashlig` bila.

Jonni xushlug` birla ul kofirg`a berdim, negakim,
Ul xud olur, qolsa ish olmaqqa noxushlig` bila.

Ey fusungar, qo`p, magar ul vasldin qilg`ay iloj
Kim, meni devona aylaptur pariyvashlig` bila.

Kim falakning shashdaridin emin o`lg`ay buylakim,
Eltadur jon naqdini, lekin bori g`ashlig` bila.

Der esangkim soya yanglig` bo`lmayin tufroqqa past,
Ul quyoshqa boqmag`il, ey sarv, sarkashlig` bila.

Ey Navoiy, shayxqa shayton gar afsor urmadi,
Bas nega doim qilur hazl ul uzun fashlig` bila.

572

Bahorni netayin, o`t meniig bahorimg`a
Ki, tushmagay nazarim sarvi gul`uzorimg`a

Yuzi o`tig`aki ter shabnami qo`yar yuz xol,
Xazondin o`lmasun ofat bu lolazorimg`a.

Dedingki, dayrg`a kirsang may ixtiyor etma,
Qo`yarmu mug`bachayi mast o`z ixtiyorimg`a.

Ul oy jafo toshi yog`durmog`i bila o`lsam,
Borin yig`ib to`kunguz, do`stlar, mazorimg`a.

Yopishti ko`nglakima yara qonidin xirqam,
Nechukki ul yopishibdur tani figorimg`a.

May o`ti chun guli ruxsorin otashin qildi,
Aning sharoridin o`t tushti ro`zgorimg`a.

May intizorida qo`ydum tuganlar, ey soqiy,
Kelib qadah suyin ur dog`i intizorimg`a.

Qo`yub behishtni mayxona sari bordimkim,
Iloj emas edi kavsar mayi xumorimg`a.

Navoiy aylasa bulbul kebi fig`on ne osig`,
Chu rahm qilmadi ul gul fig`onu zorimg`a.

LOMALIFNING LOLARUXLARINING
LOBASI  G`AROYIBDIN

573

Ul jigar pargolasi ashkimni gulgun qildilo,
Shod etay deb notavon ko`nglumni mahzun qildilo.

Va`da aylab jilvasin bog` ichra andoqkim pariy,
Dasht uza ovora qilmog`likqa Majnun qildilo.

Dedi, vaslim birla ko`ptin-ko`p g`amingni kam qilay,
Ani kundin-kunga o`ksutmaktin afzun qildilo.

Qutqaray deb charx javridin meni sargashtani,
Anjumi paykon bila jismimni gardun qildilo.

Zulfig`a vahshiy ko`ngul saydin giriftor etkali,
Yo`q og`izdin bor ekancha hadde afsun qildilo.

Muflis erdim may qilib sing`on safolim jomi Jam,
 Xotirim vayronasin xud ganji Qorun qildilo.

Kim Navoiydin saloh istar, erur g`ofil base,
Xirqau sajjodasin ul mayg`a marhun qildilo.

574

Vafo va`da aylab jafo ayladinglo,
Jafo va`dasig`a vafo ayladinglo.

Mening birla yuz tiyralik zohir aylab,
O`kush tiyralarga safo ayladinglo.

Dedingkim, xatosiz otay ko`nglungga o`q,
Deb o`q otmag`an ne xato ayladinglo.

Visolingg`a begona aylab ko`ngulni,
Firoqing bila oshno ayladinglo.

Deding, ey ko`ngul, ishqdin urmayin dam,
Bu ma`noda ko`p mojaro ayladinglo.

Burun, ey falak, ko`rguzub mehr, so`ngra
Manga qism dardu balo ayladinglo.

Navoiy, ko`ngulga siyosatlar aylay,
Debon borin oxir manga ayladinglo.

    Yo HARFINING YAG`MOYILARINING
YUZ  KO`RGUZMAKLARI G`AROYIBDIN

575

Zihe har lahni bulbul savtining zotingg`a isbote,
Jahon bog`ida har gul yafrog`i husnungra mir`ote.

Vujudi zarraning mumkin emas to sobit o`lmas mehr,
Ne hojat zarra xaylidin quyosh zotig`a isbote.

Bo`lub zotingda ojiz har sifat ichinda mavsufe,
Aningdekkim, qila olmay sifoting sharhini zote.

Xirad zotingda tashbih etkali har fikrkim aylab,
Takallum anda yo`l topmay magar hayhot-hayhote.

Ne qahring zahridin emin bo`lub har sokini masjid,
 Ne lutfung bodasidin noumid ahli xarobote.

Ne zarra bo`lsa maqbulung quyoshdin zarra qilg`andek,
Quyosh ul zarradin aylab sharaf birla mubohote.

Navoiy zikri otingdur, umidi ulki qutqarsang,
Ani ot istamakdin, balki andinkim, bo`lur ote.

576

Jilvamu aylar qizil to`n birla har yon ul pariy,
Yo magarkim lolazor ichra kezar kabki dariy.

Telbalar qatli qizil qilmish libosin, ohkim,
Bir yo`li devonalar qonig`a kirmish ul pariy.

Xullasin xunoblig` jon rishtasidin qildi charx,
Bo`ldi jonlar joni, vah-vah, ul pariyvash paykari.

Orazing naqshimudur qonlig` ko`ngulda jilvagar,
Yo shafaqdin bo`ldi toli` oftobe xovariy.

Ich shafaqgun mayki, gardun qotiledurkim, erur
Yangi oy birla shafaq tiyg`u libosi ahmariy.

Qon aro ko`nglum yuzung shavqidin andoq xastadur
Kim, erur gulgun harir oltida aning bistari.

Ul pariy la`lida joning, ey Navoiy, bo`ldi mahv,
La`lgun kisvatda mahv etgandek o`zni ul pariy.

577

So`zi hajring ichra yo`q biryon ko`ngulning toqati,
Bo`lmas ermish  kuygan elning o`t bila ko`p ulfati.

Ashki tim-tim qonidin kulbam bezansa ne ajab
Kim, erur gul bargidin bulbul evining ziynati.

Tolpinur kul ichra mendek shu`la tortib go`yiyo
Kim, quyoshning jismig`a o`t yoqti ul yuz hasrati.

La`li serobidin ar xat zohir o`lmas, ayb emas,
Xizrning hayvon suyi ichkandin o`lmish g`aybati.


Har sari maxfiy tuganlig jism ila munglug` ko`ngul,
Soyiledurkim, erur mamlu diramdin kisvati.

Ey musavvir, chekma nozir mendin o`zga zinhor,
Daftari ishqim aro yozilsa ul oy suvrati.

Mudbire toptuq Navoiyni salomatdin yiroq,
Ko`rkim, ul ne nav`u ne yanglig` jahonda shuhrati.

578

Tavsaning na`lidin istarmen boshimg`a afsare,
Hindudekkim boshig`a tovusdin sanchar pare.

Orazingda may, may ichra orazing zohir qilur,
Gahe axtardin shafaq, gohe shafaqdin axtare.

Bazmi ayshin ko`kka nevchun chekmagay ulkim, anga
Tutsa ruhullah dami har dam quyoshdek sog`are.

Masnadim ko`rgilki, har tun qasri toshu farshidin,
Boshqa xoro muttakodur, tang`a koshi bistare.

Vah, ne lo`liyvashdur ul qotilki umdan xalqning
Qonini to`kmakka har bir kirpigidur nishtare.

Orazing vasfi tuganmas kotibi sun` aylasa,
Dahr bo`stonida gul yafrog`laridin daftare.

Ey Navoiy, sarvdek ozod bo`l gar istasang,
Gul masallig shohide, bulbul kebi xunyogare.

579

Davlat tongi yuziyu sochi tong qorong`usi,
Masti sabuh ko`zlarin eltib tong uyqusi.

Bulbul pari emas, gul erur bergali jilo,
Har bargi gulki, yeldin erur tiyra ko`zgusi.

Gulzor dahr shu`badasin go`yiy anglamish,
Ichinda za`farondin emas g`uncha kulgusi.

Boshimni yuqori qila olman binafshadek,
Ko`nglumga chunki chirmashur ul turra qayg`usi.

Ko`z bahri ichra shisha kiyib mardum etti g`avs,
Yoyildi ushbu vajh ila yuz sari injusi.

Holimg`a hajr bazmi aro tortsam surud,
Bor navha maddi telba ko`ngulning ayalg`usi.    

Qatlimg`a mujda berdiyu o`lturdi intizor,
Bir umrdin so`ng elga yigit va`da bergusi.

580

Zohir aylar ashk ila ohimni hajring og`usi,
Go`yiy mundoq esnatur oxir nafasning uyqusi.
    
Hajri bepoyon, tuni muhlik, jununum bul`ajab,
Subh go`yo motamim tutmishki, kelmas kulgusi.

Kuydurub jismimni, bergaysen kulum birla jilo,
Tiyra bo`lsa qon ila qatlimda tiyg`ing ko`zgusi.

Meni majnundek tutuptur dasht demangkim, bu dasht
Tog`lar erdiki, homun qildi ko`nglum qayg`usi.

Ey ko`ngul, oh o`qlarin ul g`amzaning ollig`a chek
Kim, o`q otmog`lig`da sendin tuzdur aning qobusi.

Demangiz oshiq ko`ziga ne yorug`lug`dur mufid,
G`am kuni dilbar yuzi, hijron tuni tong yog`dusi.

Hajr aro tuzdi Navoiy vasl mulkin berdi yor,
Andoq ish qilg`ang`a mundin kam kerakmas jo`ldusi.

581

O`t solur el jonig`a har dam sovug`lug` birla day,
Soqiyo, sinmas havo zahri ketur taryoki may.

Tuz shabiston ichra suhbatkim, ishorat mayg`adur
Sham`i kofuriki, osti shusha muzlar birla day.

Otashin may birla, ey soqiy, qizitqil bazmni,
Mutribo, ul o`tni tez etmakka ol og`zingg`a nay.


Dahr mushkin chun havo kofuri pinhon ayladi,
Bodayi mushkini kofuriy mizoj ichmay netay.

Ichkali ixfo uchun tun mushkini istar hakim,
Shukr bu kofur aro ham zohir ermas hech shay.

Ul quyosh qor uzra chiqqach yuzum uzra anglaman,
Ashk yo ko`z oqi su bo`lub oqarmu, yo`qsa xay.

Ilgida maylig safol, usruk Navoiy qor uza,
Ey falak, qil jomi Jam birla tamosho taxti Kay.

582

Shukr lilloh, ey ko`ngulkim, raf` o`lub hijron tuni,
Ul quyosh yuzin ko`rarmen tengrining qutluq kuni.

Otashin la`ling aningdek o`rtadi olamnikim,
Har taraf bir o`t tutashqan jondur aning uchquni.

Mehrdin ruxsora sarg`arg`an sayi sargashtamen,
Zarra sargardonlig`in afzun qilur mehr oltuni.

Bodadin tim-tim qizarmish orazi, vah-vah ko`rung
Kim, ajab gullar ochiptur ul malohat gulbuni.

Shomi hijron mehnatin sharh ayla olman za`fdin,
Ul qora bosqan kishidekkim, aning chiqmas uni.

Axtaredur nahs ushshoqi badaxtar jonig`a,
Ulki har yon iltirar hijron tunining shudruni.

Ey Navoiy, demakim uyquni tush ko`rgay ko`zung,
Yig`lamoq bu ersa tush ko`rgay magar ko`z uyquni.

583

G`amingdin chun ajal go`r og`zida jismim nihon etkay,
Mazorim lavhi darding sharhini tildek bayon etkay.

Qanotlig` mo`rdek jismimni uy qilmish ajal xayli,
Magar ul nav` qushlar bu buzug`ni oshyon etkay.

Yuz ochqoch egma qaddim za`f qildi, vah, ne bildimkim
Quyosh vasli yangi oyimni mundoq notavon etkay.

Og`iz bo`ldi ko`ngulga chokiyu til anda paykoning,
Ne tong bu til og`iz birla agar muhlik fig`on etkay.

Qiliching suyini istar qurug`an naxldek qaddim,
Ajab ermas qazo aning gulin gar arg`uvon etkay.

Der erdim ko`yini yuy ashk ila el zaxmi qonidin,
Ne bildimkim, ham ul el rashki-o`q ashkimni qon etkay.

Natija kuymagu ashkimdin o`zga topmag`ay, ulkim,
Bu gulshan shu`lavu dudin gulu sunbul gumon etkay.

Tilar yuz laxt qon etkay nasibin dahr dehqoni
Qayu bulbulnikim, gul xoni uzra mehmon etkay.

Jigargundur Navoiy jismi qon yoshdin mahaldurkim,
Qazo bu nav` la`l uchun fano tog`ini kon etkay.

584

Sihhatim ozurda jononimda bo`lg`ay koshki,
Dardi aning tinmag`ur jonimda bo`lg`ay koshki.

Notavon ko`rguncha bistarda sinondek qomatin,
Yuz sinon bu chashmi giryonimda bo`lg`ay koshki.

Bo`lg`ucha ashki ravonim sayli har yon jilvagar,
Jilva ul sarvi xiromonimda bo`lg`ay koshki.

Ko`zuma gar kirpigim osibidin sunmas oyoq,
Barqi ofat bu nayistonimda bo`lg`ay koshki.

Ul oyoq ozurda bo`lg`uncha bo`lub boshim fido,
Zahmati boshtin-ayoq jonimda bo`lg`ay  koshki.

Nolam ul oyg`a yetib jon vaslidin mahrum erur,
Jon dag`i payvasta afg`onimda bo`lg`ay koshki.

Ey Navoiy, dema roziysenmu umrung istasa,
Yuz mening umrumcha sultonimda bo`lg`ay koshki.

585

Nechakim, ul oyg`a mendin mehribonroq yo`q kishi,
Yaxshi to qilsam nazar mendin yomonroq yo`q kishi.

Xastalar jonig`a ul bemor ko`zdin novake
Gar otarsen bilki, mendin notavonroq yo`q kishi.

Ohu xunobimni lahnu boda qilmishsen gumon,
Dilrabolar ichra sendin badgumonroq yo`q kishi.

Ahli ishq ozori jonin istabon tishlar labin,
Mendin ushbu qissada, ozurdajonroq yo`q kishi.

Yor etar ermish vatan bexonumonlar ko`nglini,
Shukr mendin ko`yida bexonumonroq yo`q kishi.

Xoslar vasl istagaylar, vahki, men devonadin
Ul pariy ko`yida benomu nishonroq yo`q kishi.

Ey Navoiy, xurdai nazmingg`a isloh istasang,
Shohi G`oziydin jahonda xurdadonroq yo`q kishi.

586

Sensizin bazm ichra qat-qat qon, ko`ngul betob edi,
Dam-badam jomi labolab chekkanim xunob edi.

Har muqannad pistakim, bazm ichra erdi jilvagar,
La`lingu og`zing xayolidin ko`ngul betob edi.

Bazm edi jonbaxsh, may birla yorug`, vahkim, manga
Zulmat erdikim, hayotim chashmasi noyob edi.

Halqayi bazm elga qaydu bir musalsal turradin
Chekkali ul bazmdin jonimda yuz qullob edi.

Etti ko`k javfi to`la g`amni azaldin go`yiyo
Ishq jam` aylab mening jonim uchun asrab edi.

Siymgun g`alton sirishkimdurki, holo bo`ldi qon,
Buki el shingarf deydurlar, burun siymob edi.

No`shi vasl ar yetmasa g`am yo`q Navoiykim, mudom
Hajrdin ahli vafo jomida zahri nob edi.

587

Tilarmen muztar etsa ofati ozurda jonimni,
Sovursa ofiyat birla tuzulgan xonumonimni.

Chiqib sarxush, chopib abrash, qilib javlon, olib maydon,
Vujud iqlimidin mahv aylasa nomu nishonimni.

Urub jonimg`a nishi g`am, tuzub qatlim uchun marham
Xino qilsa balo shohidlari ilgiga qonimni.

Firoq ichra alifdek qaddima g`am tog`ini yuklab,
Uhud ostidag`i dol etsa jismi notavonimni.

Junun ko`yida usruk sudratib ratb-ul-lison qilsa
Fano avboshig`a dayr ichra bu rozi nihonimni.

Yuzin aylab qora keynicha solib ishq atfolin,
Bori mastu malang o`ynatsa aqli xurdadonimni.

Navoiy, ne may erdikim, ichib olamg`a fosh ettim,
Ulustin yoshurun yillar ko`ngulda asrag`animni.

588

Soqiyo, tut bodakim, bir lahza o`zumdin boray,
Shart bukim, har necha tutsang labolab sipqaray.

Bo`g`zuma jome quyub, qutqar gadolig`din meni,
Vah, necha bo`g`zum chekib bir jur`a uchun yolboray.

Bir qadah may bersalar, vah, g`oyati iflosdin,
Necha la`li qiymatiy topqan gadodek oldaray.

Tortay o`zumni evaz, kim qilsa ehson bir qadah.
Bu bahona birla o`zlukdin o`zumni qutqaray.

Vajhi may jon naqdiyu tan dog`idur, ey mug`bacha,
Xilqatim ganjinasin yuz qatla gar xud axtaray.

Jong`a yettim aql vasvosi bila, tengri uchun,
Soqiyo, jomimda afyun ezki, botroq telbaray.

Eyki, debsen g`ayrdin ayru kelu chek jomi vasl,
Gar bu xilvatda Navoiy mahram ermas qaytaray.

589

Bo`lg`ay erdi yuz tuman, ming ranju mehnat koshki,
Bo`lmag`ay erdi balovu dardi furqat koshki.

Eldek aylarda havo sayr etkali jismim xasin
O`rtagay erdi urub bir barqi ofat koshki.

Xosiyat chun telbarab sahrog`a yuzlanmak emish,
Tutmag`ay erdim pariylar birla ulfat koshki.

Ofiyat kunjin, dedim, istay buzuldum bir yo`li,
Ko`nglum ichra kechmagay erdi bu niyat koshki.

Yuz g`arib ahvol bekaslikda har dam bor emish,
O`tmagay erdi tilimga lafzi g`urbat koshki.

Jilva qilg`uncha tilab tovus yanglig` ganji zeb,
Chug`z yanglig` tutqay erdim kunji uzlat koshki.

Yordin el rashkidin bo`ldum judo, bo`lg`ay edi
Iltifotin g`ayr ila ko`rmakka toqat koshki.

Demakim, jon et fido ahbob ila topqach visol,
Ey Navoiy, umr bergay oncha muhlat koshki.

590

Xushturur gulgun qadah davrinda gulbargi tari,
Xossa bayram avvali bo`lg`ay dag`i gul oxiri.

Har varaq bir nomayi ishratdurur fahm aylagil,
Tong yelidin abtar o`lmastin burun gul daftari.

G`uncha xudi birla gul qolqonig`a yetti shikast,
Bo`lg`ali paydo sarig` savsanning oltun shashpari.

Gul adam shomig`a yuzlangan uchun zanbaq guli
Bor kumush mash`al dog`iyu xurdalardur axgari.

Lola qon uzra bo`yalib, o`t uza anbar qo`yub
Bor pariyxon, chiqmag`an g`oyib chechaklardur pariy.

Nilufar tutmish sipehri lojuvardiy hay`atin,
Jolalar yuzinda andoqkim nujumu axtari.

O`psa la`lingni Navoiy sanga xush kelmas, vale
Xushturur gulgan qadah davrinda gul bargi tari.

591

Sevungil, ey ko`ngul, oxirki jisming ichra jon keldi,
Quvon, ey joni mahzunkim, hayoti jovidon keldi.

Safardin ul pariy yetti, meni mahzunni shod etti,
Ko`nguldin eski g`am ketti, tan ichra yangi jon keldi.

Xirad, yig` bu masofingni tahammul, qo`y gazofingni,
Vara`, tark ayla lofingniki, oshubi jahon keldi.

Damekim  andin ayrildim,  ko`ngulni hamrahi qildim,
Bugun keldi ko`ngul, bildimkim, ul nomehribon keldi.

Keliptur yoshurun ul shah, meni majnun eman ogah,
Pariy ermas esa bas, vah, nechuk ko`zdin nihon keldi.

Falak boqti fig`onimg`a, ajal rahm etti jonimg`a,
Xazonlig` bo`stonimg`a guli bog`i jinon keldi.

Mug`anniy bir navoe tuz, Navoiy nag`mae ko`rguz,
Ayoqchi, tomsa tut, to`qquzki Doroyi jahon keldi.

592

Ikki hamdamkim, erur may bazm aro hamdamlari,
Topmasun bizdin malolat xotiri hurramlari.

Oyu kunkim bazm tuzgaylar falak xirgohida,
Zarrai sargashtadin ne bo`lg`usidur g`amlari.

Gul bila nasrinki, chekkay boda nargis jomidin,
Zulm erur voqi`ki, bulbul bo`lmag`ay mahramlari.

Chug`zdin ram aylasa ne ayb durroju tazarv,
Xossa bo`lsa mastlig`din o`zgacha olamlari.

Ey tabib, o`lgumdurur go`yoki ushbu kechadin,
Zaxmliq ko`nglumga o`qdek sanchilur marhamlari.

Ey mug`anniy, bo`lma g`ofilkim, zaboni hol ila,
Navha aylaydur mening holimg`a sozing bamlari.

Kechalar aflok nevchun yosh to`kar kiyib qora,
Bo`lmasa miskin Navoiy holig`a motamlari.

593

Yuz urma har taraf, ey sho`xu zor qilma meni,
Qaror tut nafase, beqaror qilma meni.

Ko`zumni sham`i jamoling furug`i birla yorut,
Tong otkucha kechalar ashkbor qilma meni.

Xudoy uchun yana har sari bexabar borma,
Fig`onu nolada beixtiyor qilma meni.

Tarahhum aylagil, ey ixtiyorsiz nola,
Damo-dam el ichida sharmsor qilma meni.

Hayot ranji, o`lum yodi sa`b emish, soqiy,
Bu dayr ichinda dame hushyor qilma meni.

Men o`zga, Vomiqu Farhod o`zgadur, ey ishq,
Tana``um ahli aro e`tibor qilma meni.

Qayonki borsang o`larmen Navoiy yanglig` zor,
Yuz urma har taraf, ey sho`xu zor qilma meni.

594

Ey dudog`ing sharbatida obi hayvon lazzati,
Lazzate bo`lg`ay, nasibim bo`lsa la`ling sharbati.

Kechalar hajringda bexudmen, mening holimg`adur
Sham`ning gah kuymagi, gah nolasi, gah riqqati.

Mehnati hajringda ishim oh ila faryod erur,
Oh agar faryodima yetmas visoling davlati.

Lablaringning hasrati ko`nglumda bo`lsa ne ajab,
Shisha birla bodaning bir-birga ko`ptur nisbati.

Orazingg`a, ey pariy, majnun ko`ngulning mayli bor
Telba yanglig`kim, aning o`t birla bo`lg`ay ulfati.

Umr erur ishq ahlig`a payki nasim, ey bog`bon,
Basdurur bu muddaog`a shohid aning sur`ati.

Yuzu xolingdin Navoiyning ko`zidur qon aro
Loladekkim, dog`i bo`lmish ko`z qorasi hay`ati.

595

Nargisin gul uzrakim, bemor etar noz uyqusi,
Misli sho`xedurki, sust etkay ani yoz uyqusi.

Ko`z ochib bexudlug`umni ko`rmasa yo`qtur ajab
Kim, manga baxt uyqusi bo`lmish, anga noz uyqusi.

Charxi soyir go`yiyo oshiqdururkim, kechalar
Bor aning ham men kebi ko`p ashkiyu oz uyqusi,

Bizni daf` o`lsun debon solmish o`zini uyqug`a,
Zarqdin xoliy emastur ul fusunsoz uyqusi.

Har tun aylar istimo` el qissasin, vahkim, kelur,
Menki o`z holim desam, ul qissapardoz uyqusi.

Ista komil xidmatin g`aflatni raf` aylay desang
Bordur o`zdin g`oyib o`lmoq zumrayi roz uyqusi.

Ey Navoiy, ochma g`amdin ko`zki, sirrim qildi fosh,
Yaxshiroq bedorlig`idin buyla g`ammoz uyqusi.

596

Tanuredur ichim, go`yo qizitqan ishq o`ti ani,
Yopishturg`an kabob o`rni anga har dog`i pinhoniy.

Qizil raglar emas ko`z ichrakim, ko`z mardumin g`amzang
Aningdek nishlar urdiki, oqmish har taraf qoni.

Erur qadding xayoli gah ko`ngul, gah ko`zda go`yokim,
Budur ul jo`yboru bog`ning sarvi xiromoni.

Tariqi ishq aro ko`nglumdadur har dam g`ame ul uy
Ajab yo`l uzradurkim, o`ksumas bir lahza mehmoni.

G`amim shomin yorutti qadding ul yuz shu`lasi birla,
Netar  kunduzni ulkim,  buyladur  sham`i shabistoni.

Yonar o`tlug` ko`ngulda otashin la`ling firoqidin,
Qiziq har la`lgun paykon erur bir la`li paykoniy.

Xati rayhoni ichra bodayi la`lin xayol aylab,
Uchar har lahza ruhum, soqiyo, tut rohi rayhoniy.

Munungdekkim, yiroqdur ka`bai maqsad hamonokim,
Erur manzilg`a yetmasdin jarasning tinmay afg`oni.

Navoiy davlati boqiy tilar bo`lsang yaqin bilkim,
Erur solikka mushkil topmoq ani bo`lmayin foniy.

597

Ey  ko`ngul,  berding iligdin  vaslining davronini,
Bilmading bu nav` talx ermish g`ami hijronini.

Go`yiyo Farhod erur tog` ichrakim, cheksam fig`on,
Ul dag`i hamdardlig`din teng chekar afg`onini.

To`tiyoe ko`z tutarmenkim, ketursang, ey nasim,
Ko`rsang ul badmehr chobuk turkning javlonini.

Qoldi ko`nglum senda, lekin asradim, ey qoshi yo,
Xasta ko`nglum o`rnida xokiylaring paykonini.

Ne uchun kiymish qizil to`n dahr bo`stonida gul,
Gar oqizmoq istamas oshufta bulbul qonini.

Tiyrboroni g`aming jismimni qildi yerga past,
Vahki, yomg`ur kasrati yiqti g`aming vayronini.

Ey ajal, tengri uchun ketkim bihil qilman sanga
Qo`ymasangkim, dardi-o`q olg`ay Navoiy jonini.

598

Ul oyki, mehri ila olamni muhtaram qildi,
Bu telbaga nedin oyo nazarni kam qildi.

Ko`zum iziga yaqindur munga dag`i yuz shukr,
Agarchi yo`lida gardun qadimni xam qildi.

Nasihat etsa ulus tezrak bo`lur ishqim,
Bale, itikrak etar o`tni ulki dam qildi.

Firoq sharhini har kirpigim yozar, go`yo
Falak mijamni tengiz ichragi qalam qildi.

Ul oy azimat etib yuz g`amu balo naqdin
Nasibim etti, yomon bormadi, karam qildi.

Sipehr ishqda Majnung`a yozdi ko`p ta`rif,
Muqobilida zamona meni raqam qildi.

Ko`zumki qon aro bo`ldi nihon ajab ermas
Ki, ayng`a chu dam o`ldi qarin adam qildi.

Shukufa siym chiqarg`ach bu gulshan ichra xazon,
Havog`a bargini sochmoq bila sitam qildi.

Navoiy jismin o`qung zaxmi etti domi balo,
Visol qushlari andin magarki ram qildi.

599

Mahvashekim mehridin bo`ldum jahon ovorasi,
Rahm etib bir chora qilmas o`lsa ham bechorasi.

Zaxmlar qilding yana g`am nishidin, ey bevafo,
Butmish erdi vasl no`shi birla bag`rim yorasi.

Bevafolar ko`ngli tong yo`q lablaringga bo`lsa sayd
Qaydakim la`l o`lsa, atrofida bo`lur xorasi.

Yuziga boqqach, ajab yo`q ko`zlarimga to`lsa ashk,
El ko`ziga yosh to`lar qilsa quyosh nazzorasi.

Dardi hajringdin Navoiy ko`ngli, ko`ksi, bag`ridur,
Har biri yuz poravu ming yara har bir porasi.

600

Qildim ul oy ollida oshiqlig`im izhorini,
Men anga sirrim dedim bilman aning asrorini.

Ko`z qarosin hal qilib ul oyg`a yozg`um nomae,
Bore bu tazvir ila ko`rgay ko`zum ruxsorini.

Ko`zidin to jong`a yetman la`lidin bermas hayot,
Ul Masih o`ldum deganda tirgizur bemorini.

Hayfdurkim, rishtayi tasbih qilg`ay ahli zuhd,
Kufr zulfi ichra o`lgan xalqning zunnorini.

Orazing davrin chekarda go`yiyo naqqoshi sun`,
Mehr davri birla teng ochmish edi pargorini.

To`kma jominkim, balo sayli jahonni buzmasun,
Mast ko`rsang, zohido, dayri fano xammorini.

Ey Navoiy, shavqidin o`lsam imorat qilg`asen,
Tufrog`im birla  muhabbat ko`yining devorini.

601

Ohkim, ul ganj yod etmas bizing vayronani,
Ul quyosh bir zarra yorutmas buzug` koshonani.

Egma qoshin ko`rguzub aylar manga man`i junun,
Yangi oy birla kerak sog` etsa bu devonani.

Ko`zuma ul vajhdin dermen yuzung afsonasin,
Kim, sevarlar uyqusizlar doyimo afsonani.

O`zgalar husnidin o`rtanmanki, gardun har kecha
Yorutur ming sham`u kuydurmas biri parvonani.

Chiqti jonim bodayi la`lin ko`rub, ey mug`bacha,
Vah, to`la aylab netarsen qasdima paymonani.

Bilmadikim, avval aylar nafy ranjidin xalos,
Nafy qilg`an shayx mug` ko`yidagi mayxonani.

Ashk yo`lin tut, Navoiy, xoki poyi birlakim,
G`ussa bar berur qayonkim, sochsam ushbu donani.

602

Har tikan bu g`unchadek ko`nglumda paykon bog`ladi,
Ey jigar pargolasi, sensiz ichim qon bog`ladi.

Sendin ayrilmoq ko`ngulga mumkin ermas to abad,
Chun sening birla azaldin ahdu paymon bog`ladi.

Lablaringning shavqidin har qatra qonkim, to`kti ko`z,
Sovug` ohimdin ham ul dam la`lu marjon bog`ladi.

Dedi aqlu fahm ani ko`rgach, shikebe ko`zlali,
Vahki, tun bog`in yana ul sho`x chaspon bog`ladi.

Qondin o`ldi dard bog`ining guli har paxtakim,
Dog`ima sabr ilgi marham birla har yon bog`ladi.

Sovurub tifli xazon tufrog` ila teng qilmag`an
Qaysi bir guldasta bu bog` ichra dehqon bog`ladi?

Ishtiyoqingdin Navoiy o`ldiyu yetmas sanga,
Go`yiyo bu nav` oyog`in bandi hijron bog`ladi.

603

Ey ko`ngul, kelkim, ikov bo`lub nigore ko`zlali,
Sarv qadde istabon siyminuzore ko`zlali.

Yorlig` ko`z tutqanimiz ko`zladi chun o`zga yor,
Bizda ham ko`z bor, borib bir yerda yore ko`zlali.

Chun g`ubori markabidin ravshan aylar el ko`zin,
Termurub turg`uncha borib, shahsuvore ko`zlali.

Sayri bog`u dasht etarbiz ham yana bir yor uchun,
Bog` sari ko`z solali, dashtsore ko`zlali.

Gar aningdek sho`xi shahroshubi ofat topmasaq,
Bir faqire mehribone g`amgusore ko`zlali.

Garchi nopaydo erur maqsud, armon qolmasun
Xosu om ichra qila olg`uncha bore ko`zlali.

Ey Navoiy, bo`lmag`ung andin bular birla xalos,
Kelki, ham vaslin tilab sabru qarore ko`zlali.

604

G`unchadek qon bog`lanibdur ko`nglum, ey gul xirmani,
Borg`oli ko`z jo`yboridin jamoling gulshani.

Ko`z qorasidin yozay dermen bitig, hayhotkim,
Kuydurur g`ayratki, men mahrumu ul ko`rgay seni.

Aql qochti ko`nglum ichra sokin o`lg`ach dardi ishq,
Mo`r manzilgohi ermas ajdaholar maskani.

Ko`nglum uyida g`ami toriqmasun har zaxmidin,
Marhamin tashlangki, har yondin ochilsun ravzani.

Arg`uvoniy ashk aro savsan masallig lolmen,
To to`ningdur  arg`uvoniy, ko`nglakingdur savsaniy.

Har gul ushbu bog` aro ko`rsang tikan osibidin,
G`arqayi xunob o`lub yuz chok erur pirohani.

Ashk qonida Navoiydur so`ngak jismi bila
Ul muborizkim, qizil jins ichra bo`lg`ay javshani.

605

G`ariblig` yana ko`nglumni dardnok etti,
Shikastalig` yana ko`ksumni chok-chok etti.

Bu barcha bir sariyu yor holatimni bilib,
Tag`oful etmagi men xastani halok etti.

Damingni asra, Masihoki, chiqmag`ay gardim,
Bu damki, ko`yida jismimni dahr xok etti.

Yuzungga ulki quyosh tobi berdi yuz ming shukr,
Quyosh kebi meni ham ishqing ichra pok etti.

Xush ul dameki, degaylar fano o`tig`a falon
Qadam qo`yarda ne vahm ayladi, ne bok etti.

Ne may, ne jom, men usruk hamesha, go`yo ishq
Tanim hadiqasida raglarimni tok etti.

Navoiyni tila andin burunki, degaylar
Adam yo`lin tutub ul zori benavo etti.

606

La`lingga bog`landi jonim hajr elindin ol ani,
Zulfungga chirmashti ko`nglum qilmag`il pomol ani.

Bog`ladi ko`nglum manga oshiqlig`ining tuhmatin,
Shart qildim ko`rgach-o`q rasvo qilay filhol ani.


Sendin ayru xo`blardin ochilur ko`nglum, vale
G`uncha yanglig`kim, ocharlar kuch bila atfol ani.

Ey sabo, bag`rimg`a sanchilg`an tikankim, anglading,
Bo`lsang ul gul birla hamdam qilg`asen irsol ani.

Ul alifkim, nil ila chekting uzoring yonida,
Husn ichinda birga o`n qilmish yonida xol ani.

Bu chaman kayfiyyatin ozodaekim qildi fahm,
O`n tili savsandek o`lsa hayrat aylar lol ani.

Ey Navoiy, deb eding ko`rgach ani jon topshuray,
Bo`lsa bu davlat muyassar qilmag`il ehmol ani.

607

Qani visolingga bir mendek orzumande,
Visol umidi bila mehnatingg`a xursande.

Fano mayin ichib ovoralig` yo`lin tuttum,
Nasihat ahli manga emdi bermangiz pande.

Erur tanimdagi yuz dog` birla munglug` jon,
Gadoki, to`nig`a har sari solsa payvande.

Sabab bu erdi ekin xilqatidin odamning
Ki, bo`lg`ay anga seningdek xujasta farzande.

Ko`ngulni sho`xlar andoq talashtilar kesishib
Ki, qolmadi meni bedil nasibi parkande.

Chog`irni oqil esang la`l deb qizitma dimog`
Ki, o`tni islamadi gul debon xiradmande.

Ajal, Navoiyni qutqaz baloyi hirmondin
Ki, ul zaif bu dard ichra asru emgandi.

608

O`tum xud etmadi ul toshbag`irg`a ta`sire,
Bu yona o`tki, topilmas bu ishga tadbire.

Ne turfa suvrati bordurki, hech suvrat ila,
Qazo musavviri qilmadi buyla tasvire.

Shikoyatim ko`pu qolmas seni qachon ko`rsam,
Tanimga tobu tilimga majoli taqrire.

Tushunda obi hayot ichtim, ohkim, kelmas
Ko`ngulga la`lini o`pmakdin o`zga ta`bire.

Meni muqayyad etar bo`lsang ochma halqayi zulf
Ki, pashsha qaydig`a yo`q ehtiyoji zanjire.

Gul ichra shabnam ila xurdadur suyu dona,
Magarki, qaydig`a bulbulnung etti tazvire.

Navoiy yordin ar zulm erurki, lutficha bor,
Sen etmasang kerak o`z qullug`ungda taqsire.

609

Jonim chiqadur, hajr ila jonon kerak erdi,
Ko`nglum kuyadur, dard ila darmon kerak erdi.

G`am shomida parvona sifatkim, kuyadurmen,
Boshim uza ul sham`i shabiston kerak erdi.

Ko`z bog`ida yuz gul ochadur ishq, valekin
Yuzu xatidin lolavu rayhon kerak erdi.

Xush keldi hazin ko`nglum aro g`amzalaringkim,
Oh o`qlarig`a bir necha paykon kerak erdi.

Qabrimg`a xirom ettingu yo`q tuhfae, vahkim,
Bu xas kebi jon ichra bugun jon kerak erdi.

Xush ziynati ko`p nomadurur umr, valekin
Tavqi`i vafodin anga unvon kerak erdi.

Bilmay seni ul gul qovar, ey zor Navoiy,
Sendek anga bir bulbuli nolon kerak erdi.

610

Bo`ldi iyd, ul turki chobuk azmi maydon qilg`usi,
Vahki, el bexudlug`i jonimni qurbon qilg`usi.

Barqi ofat bo`lg`usi har shu`laekim ayrilur,
Markabi tuynog`idin ul damki javlon qilg`usi.

O`q hunilab o`t yolindek har tarafkim qo`ysa yuz,
Yuz ko`ngulni kuydurub, yuz jonni vayron qilg`usi.

Oshkoro jon olib har yon qilur mashg`ul o`zin,
Elni bilmas deb yigit o`zini nodon qilg`usi.

Sham` emas ko`z ochtilar nazzorag`a ahli qubur
Kim, ul oy iyd oqshomi sayri xiyobon qilg`usi.

Subh maydon azmi qilg`ach, vahki, yo`q yolg`uz meni
Olam ahlin iydi ruxsorig`a hayron qilg`usi.

Iydgoh ahli hujumi birla, ey shah, qilma kibr
Kim, falak bu jam`ni holi parishon qilg`usi.

Ey Navoiy, rashkdin o`ldumki, ul qotil bugun
Har taraf bu shakl ila yuzlansa yuz qon qilg`usi.

611

Yor ila bir xilvat istarmenki, ag`yor o`lmag`ay,
Balki ul xilvatning atrofida dayyor o`lmag`ay.

Ko`zga ko`nglum dardidin yig`larg`a imkon qolmag`ay
Tilga dardim sharhini aylarga guftor o`lmag`ay.

Eldin andoq yoshurun istarmen ul xilvatnikim,
Ko`nglum andin voqifu jonim xabardor o`lmag`ay.

Yor budi ichra nobud o`lg`amenkim, o`rtada
O`zgalikdin demakim, o`zlukdin osor o`lmag`ay.

Buki, derlar bordurur devor keynida quloq,
Ul fazo davrida ko`z yetguncha devor o`lmag`ay.

Maxfiy asrorimg`a bo`lg`ay yor lafzidin ado,
Yordin ayru valekin sohibi asror o`lmag`ay.

Ey Navoiy, qilma har yor ollida sirringni fosh,
Bormudur imkonikim, ul yorg`a yor o`lmag`ay.

612

Yana balo choqinin ishq telba jonima urdi,
Fano quyuni yetibon kulumni ko`kka sovurdi.

Magarki, men kebi eldin qocharni ayladi varzish,
Kiyiklar ichraki, Majnun tamomi umr yugurdi.

Men archi ko`yida o`ldum qovungki, telbarar oxir,
Churuk so`ngakni tanimdin uzub, ne itki, ko`murdi.

G`aming qo`yub tugan uzra tugan bu makr ila ko`rkim,
Tanimda har tugan ichra necha tuganni yoshurdi.

Ko`ngulda gar o`qung itmish yana bir o`q dag`i otkim,
Bu nav` topsa bo`lur har kishiki, bir o`q iturdi.

Dam urmayu qadah ichkilki, telba bo`lmasa voiz,
Nedin edi urunub, qichqiribki, og`zi ko`purdi.

Firoq dog`ig`a mash`al fatilasi keturungkim,
Navoiy og`zini chun kupka qo`ydi, pok sumurdi.

613

Labing takallum etib, so`zda lol qildi meni,
Ochildi zulfungu oshuftahol qildi meni.

Yuzi ko`rundi, oching emdi zulfi silsilasin
Ki, ul pariy yana majnunmisol qildi meni.

Oyog`in o`pkali boshim yo`lig`a yetkurdum,
Fig`onki, zulfi kebi poymol qildi meni.

Qoshi xayolida payvasta baski, chektim ranj,
Falak bu g`amda nechukkim, hilol qildi meni.

Beli g`amida xayol o`ldum ohu afg`ondin,
Bu mo`ya mo`y etib, ul nola nol qildi meni.

Kup og`zima quyu qo`y adl jomin, ey mug`kim,
Qazo bu shevada bee`tidol qildi meni.

Navoiy, anglaki, jurmumcha yuz umidim bor,
Faqiri zohid o`zidek xayol qildi meni.

614

Xarob aylading, ey ishq, xonumonimni,
Tasavvur aylaki, o`ldum, bag`ishla jonimni.

Magarki, ishq malomat o`tin yorutmoq uchun
Qurutti uylaki xas jismi notavonimni.

Bu turfa ko`rki, fuzun bo`ldi la`lgun ashkim,
Agarchi shu`layi ishqing qurutti qonimni.

Fig`onki, o`ldumu ko`yida xalq g`avg`osi    
Aning qulog`ig`a yetkurmadi fig`onimni.

Bugun tanimg`a nishon ul hayotdin kelibon
Ki, tongla topmag`asen istabon nishonimni.

Chu ishq oyatida savtu harf yo`l topmas,
Kamoli ishq iturmish magar bayonimni.

615

Dedimki, ko`zga chekay gardi rahnavardingni,
Fig`onki, topmadi ko`z to`tiyog`a gardingni.

Magar zamona ko`zi surma istar erkandur
Ki, gard qolmadi surganda rahnavardingni.

Firoqu orzuvu shavq har biri bir dard,
Desamki, darding etay sharh qaysi dardingni.

Safarda yomg`uru yel bo`lmasun muzohim anga,
Ko`z, asra ashku, ko`ngul, chekma ohi sardingni.

To`shab samandig`a farsh, ey zamona, o`tkarding
Sipehru axtaridin sabza birla vardingni.

Ko`k ablaqin egarib, ey quyosh, sinon tortib,
Magar bu zarrag`a qilding ayon nabardingni.

Navoiy, emdi nishot avji tutki, gardishi charx
Keturdi mohi falaksayri tezgardingni.

616

Qo`zg`adi ohim so`ngak birla tani g`amnokni,
El sovurdi bir ovuch tufrog` ila xoshokni.

Demagil sihhat so`zinkim, ko`ksum uzra tiyg`i ishq
Aylar ikki chok, tikmasdin burun bir chokni.

Buki olamg`a havodis tushti, go`yo qo`zg`amish
Ul quyosh hajrida ohim anjumu aflokni.

Men xud ettim azmi masjid, ey musulmonlar, valek
Bok emas gar ko`rmasam ul kofiri bebokni.

Qildi chun hijron meni nobud tutma jomi vasl,
Zahr chun o`lturdi zoyi` qilmag`il taryokni.

Qaddidin og`zimda hayrat barmog`idur, zohido,
O`tqa sol emdi aso, boshingga ur misvokni.

G`ayri lof ermas Navoiy pokravliqdin hadis,
Topmayin bir g`ayr naqshidin zamiri pokni.

617

Ishqing ichra ko`ksuma oncha junun toshin uray
Kim, xiradning shavkatin, taqvo shukuhin sinduray.

Qilsa tavsanlig` ko`ngul tortib junun zanjirig`a,
Hajr zindonida ishqing shahnasig`a topshuray.

Ul pariy ko`zdin chu maxfiydur hamesha, vah, necha
Istab ani topmasa, majnun ko`ngulni yozg`uray.

G`am tuni anjum ko`zi yanglig` yumulmas ko`z bila,
Vah, necha gohe yuray, gohe turay, goh o`lturay.

Chun ne taqdir o`lsa tag`yir o`lmas ermish sa`y ila,
Qayg`u qismim bo`ldi deb ortuqsi nevchun qayg`uray.

Ul quyoshqa zarrae ta`sir uchun yo`qtur, ne sud
Gar to`quz aflokni ohim o`tidin kuyduray.

Ey Navoiy, istasam o`lmak ne g`am el ta`nidin,
Bore men har nav` etib, jonong`a jonni yetkuray.

618

Ey ko`ngul, kelkim, balo bazmida jomi g`am tutay
O`z qatiq holimg`a o`lmastin burun motam tutay.

Yig`labon boshimg`a ohim dudidin chirmab qora,
Motamim el so`ngra tutquncha, o`zum bu dam tutay.

Olam ahlig`a necha qildim vafo, ko`rdum jafo,
Ey ko`ngul, kel-kelki, tarki jumlayi olam tutay.

Emdikim, ishrat surudidin ochilmang, ey ko`ngul,
Navha ohangin tuzub, bir dam seni xurram tutay.

Mastlig`din o`zga yo`q dardim iloji, soqiyo,
May keturkim, ham ichay, bir lahza ani ham tutay.

Qo`yg`il, ey nosihki, mug` dayrida o`z ahvolima,
Mast loya`qil yoqam yirtib, surudi g`am tutay.

Chun jahon birla jahon ahlig`a yo`q ermish vafo,
Ey Navoiy, men fano sarrishtasin muhkam tutay.

619

Olsa  jonimni labing davron to`kub qon yoshini,
Tong  emas ul yosh ila la`l etsa qabrim toshini.

Fitna ta`lim etmasa qoshing sanga bedod uchun,
Xam bo`lub nevchun qulog`ingg`a keturmish boshini.

Ko`z  tutar erdim qalam kirpiklarimdin bog`la deb,
Gar azalda ko`rsam erdi suvrating naqqoshini.

Mayl etar ko`nglum qushi jon pardasin qilg`ay qanot,
 Ko`rgali har kecha mahram ko`yining xuffoshini.

Oshiq o`ldum, chunki may berding, magar ey mug`bacha
Ishq o`ti birla pishurmishlar piyolang doshini.

Shayxu ahli xonaqah, tengri tuta bersun manga
Haq yo`lin ko`rguzgali dayri fano avboshini.

Jon qushi qasdig`a sog`ing`ay guruha birla yoy,
Ey Navoiy, kimki ko`rsa xoli birla qoshini.

620

Ey ko`ngul, qo`yg`ilki, mundin so`ng gadolig` fan qilay,
Ko`yida bu fan bila bir yo`l boshin maskan qilay.

Gah bu ishratdinki, ul ko`y ichradurmen shod o`lay,
Gah bu mehnatdinki, andin ayru men shevan qilay.

Aylamakdin tang`a anduhu balo toshin hisor,
Jonima hayru salomat xaylini dushman qilay.

Ul yuzu qomat kerak, vah, o`zni kuch birla necha,
Moyili gul aylayin yo volihi savsan qilay.

Yoshurun g`am soldi ravzanlar ko`ngulga, ey rafiq,
Qo`yki, men ham oh ila gardunni yuz ravzan qilay.

Soqiyo, ko`z birla ko`nglumni qora qilmish xumor,
Kelki, bu uylarni may xurshididin ravshan qilay.

Gar Navoiy mast agar maxmur o`tar bu dayrdin,
Bodapolodin kafan, mug` dayridin madfan qilay.

621

Ko`nglumga sho`r soldi biravning malohati,
Vahkim, ajab tuz o`ldi yana zaxmim ofati.

Ter qatrasin yuzida ko`rub ishqim o`ldi tez,
Afzun bu sudin o`ldi o`tumning harorati.

O`ynatti qoshu ohkim, ul dos no`gidin
Bag`rimning o`ldi toza o`ngalg`an jarohati.

Sekritti raxshu kuydi ko`ngulning ul o`t bila
Jon mazraida xirmani oromu toqati.

Ko`nglum so`rarg`a keldi, vale oldi jonni ham,
Mundoq bo`lurmu dilshudalarning iyodati.

Sharbati visol yo may emish qaysi xastaning
Kim, ishq anduhidin o`luptur malolati.

Mayg`a Navoiy etti ko`ngul shishasini zarf,
Bu bo`ldi rindliq aro aning zarofati.

622

Qilsa kul jismimni o`rtab otashin oraz guli,
Har ovuch kul dahr bo`stonida bo`lg`ay bulbule.

Xattu ruxsorin tilab g`am shomi cheksam o`tluq oh,
Har sharardin ko`k shabistonida ochilg`ay gule.

Zulfi savdosida o`lsam tortqay qabrimda bosh
Har giyahdin xo`shae, har xo`sha bo`lg`ay sunbule.

Tushta ayshim subhig`a kirdi balo shomi magar,
Qasdima sho`xe uzori uzra ochmish kokule.

La`li ruhafzosini ko`rsun biravkim, ko`rmamish,
Ruhoshom aylabon sarmast bo`lg`udek mule.

May nihon ichsam kerak og`zim qo`yub kup og`ziga.
Kim, tugatsam chiqmag`ay andin sadoyi qulquli.

Ey Navoiy, istasang bo`lmoq zamiring lavhi pok,
May suyin kelturkim, ani g`ayr naqshidin yuli.

623

Orazing zar huqqalardin, ey malohat mash`ali,
Mushafedur lojuvardu oltun aning jadvali.

Turfa oedur uzoring, ko`k anga moviy libos,
Anjum aning tanga-tanga basma qilg`an zarhali.

Har nafas ortar jamolingning safosi ko`zgudin,
Ko`zguning andoqki kuldin bo`lg`ay afzun sayqali.

Bir pariydur lolazor ichra sarig` gullar aro
Yo ul oy egnidadur zarbaft gulgun maxmali.

Husni atrofida, ey mashshota, har yon qo`yma xol
Kim, Xo`tan mulkida hindularning o`lmas madxali.

Nav arusi dahr aqdin istama, ko`pkim arus
Oxiri ifrit o`lur, garchi pariydur avvali.

Ey Navoiy, vusma birla kesmadin topqan fireb,
Gar malakdurkim, bo`lur shaytonsifatlar mahzali.

624

Kamand uchig`a yetkurmas g`amu andesha ayyori,
Biyik chekmish magar mayxona tomin sun` me`mori.

Xumorim za`fida kahgil isi to yetti mast o`ldum,
Suvalmishdur magar may loyidin mayxona devori.

To`la kup og`zi may xurshididur, go`yo teng ochilmish
Chekarda bu iki xurshid davrin sun` pargori.

May ichmish xonaqah shayxi, harobat ahli, aysh aylang
Ki, chiqmish baxya urg`an xirqasidin mablag`i kori.

Ko`rungan mosivo budi emas balkim namudedur
May ustida hubobu mavj shaklining namudori.

Hubobu mavj may tahrikidin zohir bo`lur, lekin
Sukun topqach vujudi maydin o`zga qaydadur bori.

Quyosh aksimudur hayvon suyida yo ko`runmishdur
Ravonoso may ichra soqiyi gulchehra ruxsori.

Fano dayrin ko`ngul istarki, bir-bir piri dayr elga
 Tutarda boda shoyad jur`ae sung`ay bizing sori.

Navosidin fano chun hosil o`ldi qilg`asen, ey ishq,
Navoiy rishtayi jonin mug`anniy udining tori.

625

Emas bog` ichra sarig` lola zanbaq bilki, har sori
Yangi dog` o`rtab ul gul ishqidin sarg`ardi ruxsori.

Bu humrat birla ermas otashin gul, oq gul erdikim,
Yuzung barqidin o`t tushti angakim, bo`ldi gulnoriy.

Qading ollida bo`lg`an jilvagar oq savsan anglakim,
Ko`k etti barcha a`zosin sabo kojining ozori.

Shajar yafrog`lari o`qdek qadingning hajrida bordur
Boshog`larkim, chaman ashki namidin bo`ldi zangoriy.

Dema kunduz, qarong`u tun edi, chun pardadin chiqting,
Jahonni qildi kunduzdek yuzung mehrining anvori.

Desamkim, haqdurur mavjudu ashyo har nedur nobud,
Hubobu mavji bahr uzra erur aning namudori.

Navoiyning aqiq ashki ol erdiki, tutmish rang,
Suhayli orazing go`yoki qilmish lam`a izhori.

626

Donayi xoli uzra ko`r sabzayi xat nishonasi,
Donayi xol emas erur mehr giyoh donasi.

O`rtanurumni ishqida bilmagan, et nazzorakim,
Tildur aning bayonig`a ko`nglum o`ti zabonasi.

Qatlima bas bahonakim, qildi bahona qolmamish,
Emdi bahona uzrini qo`lmoq erur bahonasi.

Tiyra firoq tunlari sharhini ayt demakim,
Ming kecha deb tuganmagay bir kechaning fasonasi.

Istama ishq bahrining sohilin, eyki g`arqasen
Bir-biriga yetishti chun to`sh-to`shidin karonasi.

Tavsan edi ko`ngul mayi ishqini tortqan zamon,
Ko`rki, ne rom etibdurur emdi ani zamonasi.

Boshimu dayr pirining dargahi chun tushupturur
Vahm, taaqqul aylamas vaz` ila korxonasi.

Fikri bu korxonani qilg`ay edi halok, agar
Bo`lmasa aql zoyili jomi mayi mug`onasi.

Baski, Navoiy ayladi dard surudida navo,
Ahli tarabni yig`latur majlisining taronasi.

627

Ishq ahli go`ristonida qabrim chu zohir bo`lg`usi,
Farhod aning toshin yo`nub, Majnun mujovir bo`lg`usi.

Dersen, yuzum sori ko`zung ko`p boqmasun gar yuz budur,
Ul mehr tobidin erib, oqquncha nozir bo`lg`usi.

G`amzangdin o`lturmak ishin ta`lim ola kelmish ajal,
Bu nav` ustod o`lsa, ul oz chog`da mohir bo`lg`usi.

Xatti g`uborin demakim, bo`lg`usi ul yuz monii,
Tun pardasi oy nurig`a ne nav` sotir bo`lg`usi.

Ul g`amza kufridin ko`ngul nav`e kelur islomg`a
Kim, tarki islom aylabon go`yoki kofir bo`lg`usi.

Bo`lg`usi mutlaq shu`lalar ichra samandar sayridek,
Sensiz ko`ngul gulzor aro ul damki, soyir bo`lg`usi.

Ko`nglumdagi har nishdin gar bo`lsa bir til, har biri
Yuz til bila o`z holining sharhida qosir bo`lg`usi.

Xotirni jam` istar esang avval xavotir daf`in et,
Kimda xavotir bo`lmasa osudaxotir bo`lg`usi.

Qildi Navoiy qaddingga sarvi sihiy tashbihini,
Bu tab`i nomavzun bila bechora shoir bo`lg`usi.

628

Butmadi gulshan tavofi birla bag`rim yorasi,
Bermadi o`tumg`a taskin sarvu gul nazzorasi,

Bir zamone sarvu bir dam gulga ko`p qildim nazar,
Bo`lmadi ul sarvi gulrux furqatining chorasi.

Gul bila sarv istabon gulshan sari mayl aylamas
Dashtdin ul sarvi gulruxsoraning ovorasi.

Qaddi hajrida har ohim dudi sarvedur baland,
Yuzidin ayru guledur ko`kragim har porasi.

Sarvu gul maftuni bo`lmakim, nigoru zeb uchun,
Sindurub har dam uzar ani falak makkorasi.

Sarv o`qdur, gul tikan, bog` ichra to ko`z ollidin
Borg`ali ul sarvi gulruxning qadu ruxsorasi.

Ey Navoiy, sarvu guldin kechki, qaddu yuzidin
Bor emish yuz yilchilig` yo`l sarv ila gul orasi.

629

G`am chekar jismu ko`ngulni kulbayi ahzon sari,
Xasqa o`t solib gado eltur kebi vayron sari.

Hirz qolqoni, duo dir`i nedur, ey porso,
Chun balo toshi yog`ar men telbayi uryon sari.

Yor istar hajru ayni vasl erurkim, ko`ngluma
Bo`ldi mayl aning rizosin istabon hijron sari.

Sabza nishtar, barg paykon, gul o`t erdi jonima
Har qachonkim, sensizin azm ayladim bo`ston sari.

Ne futur islom aro tushkayki, ul kofir yana
Mast o`lub, ko`nglakcha chiqti sekritib maydon sari.

Gar xarobot ichra mumkindur sumurmak bir qadah,
Xizr agar o`ltursa borman chashmayi hayvon sari.

Soqiyo, tezgindurur har lahza boshimni xumor,
Davr evursang jur`ae sung`il bu sargardon sari.

Yuz Xizr umridin ortug`roqdurur ming jon berib
Bir qadam qo`ymoq, muyassar gar bo`lur, jonon sari.

Ey Navoiy, gar desangkim fitna ko`rmay, solmag`il,
Bir nazar har turfat-ul-ayn ul ko`zi fatton sari.

630

Gardi yazdiy mi`jar ostida qoshing, ey ko`rkaboy,
Zor aningdekkim ko`rungay gard ichinda yangi oy.

Vusmadur ul qosh uza yoxud zarofatdin ko`zung,
Oldi bu qurbon ko`ngul qasdig`a miynorang yoy.

Gar nihon soching tarar mashshota kelsunkim, erur
Kirpigimdin shona, ashkimdin su, ko`z xilvatsaroy.


Dilrabolar ichra har dam ko`zguga boqmoq nedur,
Vahki, bilman, ey pariy, xudbinmusen yo xudnamoy.

Otashin gul bargidin ko`nglak kiyibdursen, valek,
Desang o`t solmay jahong`a chiqmag`il ko`nglakcha, voy.

Gah tutulsa, gah ochilsa ko`nglum ermas aybkim,
Sunbulung dilband, xandon g`unchang o`lmish dilkushoy.

Ey Navoiy, dahr sho`xi oshiqi bo`ldung, valek
Bilki, kobin naqdi jondur gar bo`lursen kadxudoy.

631

Boda bu maqbulluq zotimda mavjud ayladi
Kim, meni zuhdu riyo ahlig`a mardud ayladi.

May o`tining lam`asi o`rtab vujudim xirmanin,
Kullarin nay nag`masi bir damda nobud ayladi.

Bodadin xushnud o`lubmen to meni jomi fano
Davr elining sofiyu durdig`a xushnud ayladi.

Mayg`a rahn etgil riyo sajjodasin, ey shayxkim,
Har kishi bu nav` savdo ayladi, sud ayladi.

Mayg`a ashkim la`lidin oludalig` gar istamas,
Ne uchun soqiy labi la`lin mayolud ayladi.

Odamiylig` ko`rguzub qilding parivashlarni qul,
Odam uldurkim, maloyik ani masjud ayladi.

El tilar mug` ko`yinu istar Navoiy mug`bacha,
Azmi maqsad aylab el, ul qasdi maqsud ayladi.

632

Ohima yor og`zi bir dam kulmagin kam qilmadi,
Chun sabodin g`uncha ochildi yana yopilmadi.

Nishtari ohim ajab yo`q ko`nglungga kor etmasa,
Tezlikdin igna hargiz xorag`a sanchilmadi.

Qatrae tomizma bizga tutqan asfar bodadin,
Sham` o`tidin, soqiyo, hargiz sharor ayrilmadi.

Ishqkim, har bir ishida yozdi yuz ming turfa xalq
Turfaroq budurki, yuz mingdin biri yozilmadi.

Ko`yida ohim yeli raf` etti ul yuz burqain,
Hech gulshanda sabodin buyla gul ochilmadi.

Qaysi johilg`a nadomat bo`lg`ay ul olimchakim,
Har ne bildi, qilmadi, har neki qildi, bilmadi.

Ey Navoiy, yor vaslin istabon ul toptikim,
Ahli hijron zumrasida istabon topilmadi.

633

Ko`nglum ohidin tabassum la`lingga fan bo`lmadi
Uylakim, la`l axgari yel birla ravshan bo`lmadi.

Istadi jism uyi bir ravzan o`qungdin, voykim,
Qolmadi ravzan yerikim, necha ravzan bo`lmadi.

Dedi, bir dushnom uchun joningni olg`umdur baho
O`lturur savdoki, miodi muayyan bo`lmadi.

El chamanda ul pariy birla kezib men telbaga
Vahki, ishrat jilvagohi g`ayri gulxan bo`lmadi.

Oh o`tidin xirqani pok o`rtakim, har bulhavas
Zarq ashkidin etak yub pok doman bo`lmadi.

Lofi ishq urg`an ko`ngul g`am do`zaxidin qochmasun
Kim, samandarg`a yolindin o`zga maskan bo`lmadi.

Ey Navoiy, kimni sevsang qilma zohirkim, sanga
Kimdururkim, do`stlug` fahm etti, dushman bo`lmadi.

634

May xalos etti riyoyiy porsolig`din meni,
Shukrkim, qutqardi zuhdu xudnamolig`din meni.

Bo`ldi nobud o`zlugum, yuz shukrkim, qildi xalos
Har zamon bu korgahda behayolig`din meni.


Dahr zolin to`rt mazhab birla qildim uch taloq,
Fard qildi boriy mundoq kadxudoliqdin meni.

Bo`ldilar begona ahli zuhd xush davlat bukim,
Qildi man` ul qavm birla oshnolig`din meni.

Orazimdin g`ussa kojining savodin qildi ol,
Shukrkim, qutqardi mundoh yuzqarolig`din meni.

Bandamen soqiyg`akim, bir jomi molomol ila
Ayladi ozod yuz ming mubtalolig`din meni.

Tavba ahli yorumang mundoqki mahrum ettingiz
Dayr ichinda mastu loya`qil gadolig`din meni.

Dushmanimsiz do`stlarkim, qovdingiz aylab hujum,
Benavolig` kishvarida podsholig`din meni.

Ey Navoiy, ham magar, yo mug`bacha, yo piri dayr
Sindurub tavbam chiqarg`ay  benavolig`din meni.

635

Yuzidin o`lmasa, yo rab, ravo ko`zum tilagi,
Tazallumum iligidur adolating etagi.

Ko`ngulda furqat o`qi birkishibdur andoqkim
Kishi chekarda gumon aylagay aning so`ngagi.

Chamanda g`uncha emaskim, bo`lushur ul gul uchun
Fig`onim onchaki, qon bog`lanipturur yuragi.

Chechak nechukki, yopar ko`zni tiyra aylaptur,
Ko`zum bahorini gulgun sirishkning chechagi.

Labi xayolida bag`rim shikofini tiksam,
Alifdin igna qilur, jonu rishtadin ipagi.

Xazon chamang`a shabixun kelurga bo`ldi dalil
Sanavbar ushbu chamandin kanora aylamagi.

Ne ko`nglini buzadur dardu g`am Navoiyning,
Chu ul pariyduru bas ushbu telba ko`nglidagi.

636

Kecha hajringda tiriklikdin malolim bor edi,
 Tongg`a tegru ayta olmankim, ne holim bor edi.

Furqating bedodidin yo`q erdi bir soat majol,
Bo`lsa dag`i yig`lar erdim to majolim bor edi.

Tosh urub ko`ksumga, tufrog`lar boshimg`a sovurub,
Lek bu vaqte edikim, e`tidolim bor edi.

Kelsam o`z holimg`a nogah bu malomatlar aro,
Goh o`zumdin, gah ulusdin infiolim bor edi.

Vasl umidi kirmasa jonim arosig`a gahe,
 Qayda jon elturga bore ehtimolim bor edi.

Vasl tarkidin agarchi mujrim o`ldum, vah, qachon,
 Hajrni bu nav` sa`b erkon xayolim bor edi.

Ey Navoiy, furqatim ayyomi mundoq qolmag`ay,
Qolmadi chun ulki, davroni visolim bor edi.

637

Ey sabo, ko`zdin uchur Mozandaronning vardini
Kim, qilibmen surma Marvi shohi jonning gardini.

Ulki ahbobin qilur parvarda ayshu noz ila,
Ne tong boshim olib ketsam qo`yub yoru diyorimni.

Chekma zahmat, ey tabib, ermas chu mumkin aylamak,
Sharbati vasl o`lmag`uncha daf` furqat dardini.

Anglag`ay do`zaxda bor issig`-sovug` birla azob,
Hajr aro kim ko`rsa o`tlug` ko`nglum ohi sardini.

Anjumi ashkin to`kar tong otqucha mendek sipehr,
Yo`qlamish ul ham magar bir mehri olamgardini.

Ey ko`ngul, vasl istasang bexud bo`lub g`am yemakim,
Kom topmas kimsa qilmay tark xobu xo`rdini.

Yor agar hijron aro soldi Navoiyni yiroq,
Bok emastur vasl ila gar qilsa boz ovardini.

638

Junun vodiysig`a moyil ko`rarmen joni zorimni,
Tilarmen bir yo`li buzmoq buzulg`an ro`zgorimni.

Falak bedodidin garchi meni xokiy g`ubor o`ldum,
Tilarmen topmag`aylar to`tiyolig`qa g`uborimni.

Shak ermas partave tushkach uyi ham, raxti ham kuymak,
Chu go`riston gadoyi sermagay sham`i mazorimni.

Demang qay sori azm etkung, manga yo`q ixtiyor, oxir
Qazo ilgiga bermishmen inoni ixtiyorimni.

Tugandi ashki gulgun, emdi qolmish za`faroniy yuz,
Falak zulmi badal qildi xazon birla bahorimni.

Diyorim ahli birla yordin boshimg`a yuz mehnat,
Ne tong boshim olib ketsam qo`yub yoru diyorimnn.

Yomon holimg`a bag`ri og`rig`ay har kimsakim, ko`rgay
Bag`ir pargolasidin qong`a bulg`ang`an uzorimni.

Hayotim bodasidin sargaronmen asru, ey soqiy,
Qadahqa zahri qotil quy, dag`i daf` et xumorimni.

Jahon tarkini qilmay, chunki tinmoq mumkin ermastur.
Navoiy, qil meni ozod o`rtab yo`qu borimni.

639

Ko`zi hajri meni bemor etti,
Qora og`riqqa giriftor etti.

Juzv-juzvimg`a tikib mujgoning
Ruhum ajzosini afgor etti.

Subh gul safhalaridin bulbul
Orazing vasfini takror etti.

Labing anfosidin erdiki, Masih
O`lug ihyosida izhor etti.

Zarrayi mehri jamoling Yusuf
Topibon olam elin zor etti.

Ayladi zuhdu riyog`a iqror
Kishikim, ishqdin inkor etti.

Dahrdin topti Navoiy chu malol,
Maskanin kulbayi xammor etti.

640

Ey uzoring ollida sharmanda mehri xovariy,
Yo`qsa nevchun yoshunur har kecha andoqkim pariy.

Qomatingdin azmi sahro qildi gulshandin tazarv,
Tog` sari uylakim faryod etib kabki dariy.

Gulshani husnungg`a ziynat berdi terdin qatralar
Kim, ko`rubtur bo`yla gulbarg uzra shabnam gavhari.

Hajr so`zi za`flig` jismim aro bo`lmish nihon,
Bas ajabdur bir ovuch xas ichra do`zax axgari.

Safhayi husnungda haq sirrin ko`rar ko`nglum ayon,
Tong emas bulbulg`a mushaf o`rnida gul daftari.

Yor bazmida visol ahli chekar jomi murod,
Davr chun hajr ahlig`a qism etti mehnat sog`ari.

Ey Navoiy, yor zulmig`a ne chora, g`ayri sabr,
Kimsa netkay sabr qilmay zolim o`lsa dilbari.

641

Chu ishq ilgi zabun aylar dilovar podsholarni,
Taaqqul aylagilkim, naylagay bedil gadolarni.

Dalil aytay erurlar deb pariyzodu malaksiymo,
Desamkim, odamiy sonida ermas bevafolarni.

Vafoni, ey vafosiz, elga ko`rguzsang karam aylab,
Jafokash jonima bore musallam tut jafolarni.

Aningdek hushdin begonamenkim, toniy olmaslar
Meni ham oshnolar uylakim, men oshnolarni.

Qilurg`a zulm ishq ahlini aylar jam` ul zolim,
Nechukkim, shoh ehson qilg`ali yig`qay gadolarni.

Agar yuz chok qildim ko`nglakimni ham yomon ermas,
Firoqing tiyg`idin jismimda bog`larg`a yarolarni.

Erur muhlik jahon shug`li may ichkim, qutqarur har dam
O`kush vobastalig`lardin  bizingdek mubtalolarni.

Qiyomat dashti bo`lg`ay tiyra do`zax sari yuzlansam,
Xito xoni sipah chekkan kebi boshlab xitolarni.

Agar ushshoqingga bazm ichra yo`l bersang Navoiydek,
Birar sog`ar bila ham yod qil biz benavolarni.

642

Navbahor o`ldiyu ayshim gulbuni ochilmadi,
Kom ila bir g`unchasi balkim tabassum qilmadi.

Vasl jomidin ulus mast o`ldilar, yuz voykim,
Bir qadah birla xumori furqatim yozilmadi.

El ko`zin yorutti barqi vasl, hijron kojidin
Qaysi o`tlarkim, ko`zumga barqdek choqilmadi.

Vasl gulzori aro el mastu hijron dashtida,
Qolmadi erkin tikankim,  bag`rima sanchilmadi.

Lolalar ko`nglumga qonlig` dog`lardur navbahor
Kim, vatang`a lolaruxsorim azimat qilmadi.

Furqatim sa`b erkanin ishq ahli ichra bilmagay,
Yorig`a ulkim, qo`shulmoqdin burun ayrilmadi.

Qayda bag`rim choki muhlik erkanin fahm aylagay,
Ulki, hijron tiyg`i zahroludi bag`rin tilmadi.

Chun o`larmen sirri ishqim mahfi o`lg`an yaxshiroq,
Bilmasun el ham chu hajri jonim olg`an bilmadi.

Bir junun o`ti aro tushmish Navoiy telbakim,
Bo`ldi kuymakdin xalos ulkim, anga qotilmadi.

643

Ko`zum tortar hamono yor kelgay,
Solur ko`nglum magar dildor kelgay.

Quchushtum sarv birla tushta, go`yo
Buyon ul qaddi xush raftor kelgay.

Chu sen bording, ko`ngul ham ketmish erdi,
Chu kelding, ul dag`i nochor kelgay.

Qachonkim ul pariypaykarni ko`rsa,
Ko`ngul ul sari majnunvor kelgay.

Meni ul ko`ydin qovmangki, bulbul
Guliston jonibi bisyor kelgay.

Ko`ngul bu qatla borsa xonaqahdin,
Muqimi kulbayi xammor kelgan.

Ko`ngulni bir ko`z oldi, vah, ne bildim
Kim, ul sog` borg`ayu bemor kelgay.

Ko`ngul jon oldurub keldi qoshingdin,
 Ne bildim buyla minnatdor kelgay.

Navoiy borsa ul yon shod borg`ay,
Vale kelsa, topib ozor kelgay.

644

Evrulay boshingg`au behushu hayroning bo`lay,
Bir zamon sadqang bo`lay, bir lahza qurboning bo`lay.

Xoni vaslingdin agar qovsa raqibing, rag`mig`a
Ko`nglum istardek taxayyul birla mehmoning bo`lay.

Netti jon topsam visolingdin labingning xolidek,
Ko`zu zulfungdin necha mastu parishoning bo`lay.

Xushturur vasling mayidin har taraf xirqamda dog`,
Necha, jono, mubtaloyi dog`i hijroning bo`lay?

Garchi bandangmen, meni ozod qilma lutfdin
Kim, quyundek sadqayi sarvi xiromoning bo`lay.

Tanni jilvang vaqti tufrog` aylay, ey chobuksuvor,
To boshingg`a evrulurga gardi maydoning bo`lay.

Ey Navoiy, gungu lol istar esam tong yo`q seni,
Tobakay ozurdayi faryodu afg`oning bo`lay.

645

Surganda jafo tiyg`in qo`l asramading bore,
Qonimni to`kar chog`da rahm aylamading bore.

Yuz lofi vafo urdung, ming tiyg`i jafo surdung,
Har nechaki yolbardim, hech eslamading bore.

Ahbobni xos etting jon bergali lutfungdin,
Qatl etkali ham bizni bir istamading bore.

Qatlimni burun va`da qilding, chu g`azab surdung
Ba`zini burun, so`ngra deb tolg`amading bore.

Dardingg`a quloq solg`um deb, mast chiqib kelding,
Holim necha sharh ettim so`z tinglamading bore.

Ey zohidi dinoyin, dayr ichra tutub taskin,
Zunnor ipini tortib, xirqang yamading bore.

Davrong`a vafo chun yo`q, shukr aylaki, ko`nglungni
Ul sari Navoiydek ko`p bog`lamading bore.

646

Ey falak, bir oy g`amidin asru zor etting meni,
Po`yadin tun-kun o`zungdek beqaror etting meni.

Toki qildim bir pariyvash dardi ishqin ixtiyor,
Telbalik afg`onida beixtiyor etting meni.

Go`yiyo har kavkabingning lam`asin bir nish etib,
Dardi hijron shomi sartosar figor etting meni.

Gar ulus ani ko`rardin man` etar ham xushdurur,
Garchi mehnat xayli yo`linda g`ubor etting meni.

Yor zulfidin meni aylab parishonro`zgor,
Tori zulfindek parishonro`zgor etting meni.

Naylay anikim, yoshim dur bo`ldi bori holima
Yig`lamoqqa uylakim abri bahor etting meni.

Ey Navoiy, ishq torojig`a to bo`ldung asir,
Darbadarlardek jahonda xoru zor etting meni.

647

Mangaki ko`rmaki ul sho`xning muhol o`lg`ay,
Bo`la olurki, bu ko`rmak dag`i xayol o`lg`ay.

Quyosh yuzidin emastur misol husn ichra,
Magarki, og`zi aning zarradin misol o`lg`ay.

Qadim niholi, deding, haddi e`tidoldadur,
Xiromi o`lturur elni, ne e`tidol o`lg`ay.

Falaknnng oyi yuzungga mushobih o`lg`ay agar,
Og`iz Suhovu Zuhaldin yuzinda xol o`lg`ay.

O`lukka ruh visolingda muhtamaldur, lek
Hayot kimsaga sensiz ne ehtimol o`lg`ay.

Malolatimni firoq ichra anglag`ay ulkim,
Meningdek anga birav hajridin malol o`lg`ay.  
 
Chu moziy o`ttiyu mustaqbal o`rtada ermas,
Sengaki hol emas mug`tanam ne hol o`lg`ay.

Bu damni orif esang yaxshi tutki, johil ishi
Etishmagangavu o`tganga qiylu qol o`lg`ay.

Navoiy aylasa ishqingda kufru din tarki,
Qachon bu voqia shavq ahlidin muhol o`lg`ay.

648

Vafo ko`z tutqan andin hushdin begonae bo`lg`ay,
Paridin odamiylig` istabon devonae bo`lg`ay.

Aningdek bazm aro ruhum qushi kirmakka yo`l topti
Magar ul husn sham`i girdiga parvonae bo`lg`ay.

Farog`at qasridin ko`nglum agar urkub buzug` istar,
Ajab yo`q chug`dning manzilgahi vayronae bo`lg`ay.

Yonimni so`kti chun tiyg`ing so`ngaklar shaklidin ko`rdum
Buzug` ko`nglum uyining farshig`a dandonae bo`lg`ay.

Dema, mendin uzub ko`ngul yana bir yor tutmishsen,
Gumon qilmaki, olam ichra sendek yonae bo`lg`ay.

Deding, bo`lsam sanga mehmon ne yerni bazmgah qilg`ung
Gadoyi xastag`a manzil buzug` koshonae bo`lg`ay.

Fano dayrin tilarmen bo`lmag`ay hech kimsa o`zluk ham
Ulug` birla kichikdin bir kupu paymonae bo`lg`ay.

Jahon makkorasi sho`xedurur bas dilfirib oxir,
Ne erkim, boshidin kechgay aning mardonae bo`lg`ay.

Navoiy g`amg`a xo`y aylabdururkim, ofarinishda
Falakning javfidek mushkil agar g`amxonae bo`lg`ay.

649

Vah, necha ul sho`x bedodin meni shaydo ko`ray,
Ishqidin yag`mo chekay, husnidin istig`no ko`ray.

Necha ul durri garomiy shavqida hijron tuni,
Ko`z yetishguncha sirishkim saylini daryo ko`ray.

Necha ul rashki g`azoli chinni istab dasht aro,
It kebi devona ko`nglumni jahonpaymo ko`ray.

Necha bir kofir xayolining sipohi zulmidin
Kishvari jon ichra dinim naqdig`a yag`mo ko`ray.

Necha zuhdu ofiyat ichra ko`rub taqvo elin,
O`zni ishq oshubidin olam aro rasvo ko`ray.

Necha ko`z qoni hubobidin baliyyat dashtida
Bir yuzi gulgun g`amidin lolai hamro ko`ray.

Soqiyo, ul nav` g`arq etkil meni may ichrakim,
Gar dam ursam may yutay, gar ko`z ochay sahbo ko`ray.

Elda chun yo`qtur vafo sahrog`a qildim azmkim,
Xalq ila ko`rguncha kishvar vahsh ila sahro ko`ray.

Jon bila azm ettim ul qotil sarikim, sa`y etib,
Yo Navoiydek qilay jonni fidosi, yo ko`ray.

650

Ey quyoshqa ko`z qamashturg`on jamoling partavi,
Sarvi ra`nolikda xushraftor qadding payravi.

Qof tog`in gar parilar maskan etmishlar ne tong,
Qarilardur navjuvonim hijlatidin munzaviy.

Uylakim Moniy ishidin zoyi` o`ldi naqshi Chin,
Ul buti Chin suvratidin bo`ldi naqshi monaviy.

Ishq ilgi quvvati men xastani qilmish zabun,
Ey ko`ngul, ne chora aylay men zaifu ul qaviy.

Bulbul ar gulbong urar gul suvratidin men xamush
Kim, takallum taxtig`a kirmas adoyi ma`naviy.

Ishq sirrin rindi durdiykash bilur, yo`q ahli dars
Ulcha avroq uzra sabt o`lmas ne bilgay Mavlaviy.

Demangiz bulbul Navoiyni, samandardekki, bor
Nazmi ichra shu`layi Jomiyu so`zi Xusraviy.