TAHRIR HAY`ATIDAN
Alisher Navoiy lirik merosining mukammal nashri ilk bor 1959-1960 yillarda O`zbekiston Fanlar akademiyasining A. S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti tomonidan tayyorlangan va O`zbekiston FA nashriyoti tomonidan amalga oshirilgan edi. «Xazoyin ul-maoniy» devonlari nashrini O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, Beruniy mukofoti laureati, filologiya fanlari doktori, professor Hamid Sulaymon tayyorlagan edi. 1956-1960 yillarda tayyorlangan ilmiy-tanqidiy tekst va transliteraöiya asosan Cobiq Ittifoqdagi fondlarda saqlanayotgan qo`lyozmalar (Leningraddagi Saltikov-Shchedrin nomli Davlat xalq kutubxonasi, inv. Xanikov-55, 904- 1498-1499 y., Toshkent, O`zbekiston FA SHI, inv, ¹ 677, XVI asr va Leningrad, DXK, inv. Dorn-558, 1001-1004-1592-1596 y.) va boshqa nusxalar asosida tuzilgan edi. Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Davlat adabiyot muzeyi, O`zbekiston FA Qo`lyozmalar institutining direktori, professor Hamid Sulaymonning faoliyati bilan keyinchalik Alisher Navoiyning mo``tabar ikki kulliyotining fotonusxasi qo`lga kiritildi. Bular Alisher Navoiy kulliyotining Istanbulda, To`pqopi saroyi fondida (inv. ¹ 808) saqlanayotgan nusxasi, 901-902-1495-1497 yillari xattot Darvesh Muhammad Toqiy tomonidan Hirotda ko`chirilgan hamda Parij Milliy kutubxonasida (inv. ¹ 316—317) saqlanayotgan, 930—933-1525—1527 yillarda kotib Ali Hijroniy tomonidan Hirotda ko`chirilgan ikki jildlik kulliyot fotonusxalaridir. Har ikkala kulliyot kompoziöiya va mundarija jihatidan bir-biriga yaqin.
Shundan so`ng «Xazoyin ul-maoniy» ilmiy-tanqidiy tekstini professor Hamid Sulaymon Leningrad, Dushanba, Istanbul, Parij qo`lyozma nusxalari asosida qayta tuzib chiqdi. Alisher Navoiy «Xazoyin ul-maoniy»sining ushbu to`liq nashrini o`sha ilmiy-tanqidiy tekst hamda avvalgi nashr va yuqorida zikr etilgan to`rt qo`lyozmaga muqoyasa qilib chiqildi va bosmaga tayyorlandi. Birinchi nashrda turli sabablarga binoan yo`l qo`yilgan ayrim nuqsonlar shu ish jarayonida imkon boricha bartaraf etildi.
Mazkur nashrning I va II tomlaridagi asarlar keyinchalik shoir tomonidan «Xazoyin ul-maoniy»ga kiritilgan. Shuning uchun ayrim she`rlarda shoir tomonidan qilingan tuzatish va o`zgarishlar bo`lishi mumkin.
Alisher Navoiyning «Xazoyin ul-maoniy» asari O`zbekiston «Fan» nashriyoti tomonidan chop etilmoqda bo`lgan 20 jildlik shoir asarlarining to`liq nashrida III («G`aroyib us-sig`ar»), IV («Navodir ush-shabob»), V («Badoyi` ul-vasat»), VI («Favoyid ul-kibar») jildlarni tashkil etadi.
«Xazoyin ul-maoniy»ga kirgan devonlarning qayta ko`rilgan va to`ldirilgan mazkur nashrini filologiya fanlari kandidati F. Q. Sulaymonova rahbarligi ostida filologiya fanlari kandidatlari M. Sh. Hamidova, Sh. U. Sharipov, L. N. Serikova va ilmiy xodimlar M. Inog`omxo`jaeva, M. Bahodirova, M. Xayrullaevalar amalga oshirdilar.