Топ рейтинг www.uz
TARJI`BAND

I

Ketur soqiy, ul mayki, subhi alast
Aning nash`asidin ko`ngul erdi mast.

Maekim qilur, quysalar jom aro
O`zi mastu kayfiyyati mayparast.

Eshit sarguzashteki, bir kun manga
Necha mayparast o`ldilar hamnishast.

May olmoqqa piri mug`on jazbasi
Meni chekti andoqki, mohiyni shast.

Qilib xirqa may rahniyu zarfining
Etib og`zini mum ila sangbast.

Kelur erdim egnimda mayliq sabu,
Bo`lub to`qquz aflok ollimda past

Ki, ogoh o`lub to`sh-to`shumdin qabab
Manga toptilar ihtisob ahli dast.

Shikastim mening oncha ermas edi
Ki, may zarfi topti orada shikast.

Chu sindi sabu, chorae topmadim,
Meni muflisi ur[u], giryoni mast.

Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda sing`an safol.

II

Ketur, soqiyo, mujdae jomdin
Ki, pajmurda bo`lmishmen anjomdin.

Bu gulshan guliga chu yo`qtur vafo,
Ne parhez etay jomi gulfomdin?

Chu yo`q shomi hijron xumorig`a subh,
Ichib anglamay subhni shomdin.

Xalos aylay o`zni mayu nuqlning
Suyu donasi birla bu domdin.

Bo`lay dayr pirig`a andoq murid
Ki, yod etmayin shayxul-islomdin.

Kiray dayr aro uyla majnunu mast
Ki, ketsun xirad xos ila omdin.

Solay bir alolo xarobot aro
Ki, chiqsun fig`on ahli ayyomdin.

Xarobotiy o`lmog`lig`im, zohido,
Suol etma men zori badnomdin.

Garav qilg`ali mayg`a chun qolmadi
Ne tasbihu ne xirqa, nokomdin.

Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda sing`an safol.

III

Safol ichra bir jur`a loe manga,
Erur jomi gitiynamoe manga.

Ketarmakka xudbinlig`im ranjini,
Qani boda yanglig` davoe manga.

Chu men dayr piri vafosidamen,
Falakdin yetishmas jafoe manga.

Falakdin jafo yetsa, ey mug`bacha,
Ne g`am sendin o`lsa vafoe manga,

Tariqat sulukini kasb etkali,
Hamul kunki, bo`ldi havoe manga.

Burun zuhdu taqvoni aylab shior,
Dedimkim, yetishgay safoe manga.

Borib xonaqah ichra qildim maqom,
Bu ma`no xud o`ldi baloe manga.

Boqib xilvatu zikru sajjodani,
Zuhur etti har dam riyoe manga.

Bulardin o`zumni xalos ayladim
Ki, to hosil o`lg`ay fanoe manga.

Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda sing`an safol.

IV

Tilarmen bu dayr ichra koshonae
Ki, bo`lg`ay jivorida xumxonae.

Bu xumxona sahnidag`i mayfurush
Saxo shevalig piri farzonae.

Aning qurrat-ul-ayni kup ollida
Iliginda paymona jononae.

Sumanbarlar ichra pariychehrae,
Pariychehralar ichra devonae.

Menga gohi ul bersa may birla jon,
Bu qilsa gahe qatli mastonae.

Erur telbalikdin ishim tunu kun
Xayol aylamak uyla afsonae.

Necha muflis istab dedim may uchun
Qilali ichin oro dangonae.

Eshittimki, qilmish yana piri dayr
Xarobot ahlig`a mayxonae.

Bugun ochib ul maykada eshigin,
Berur har gado yetsa paymonae.

Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda sing`an safol.

V

Yana bo`lmisham oshiqu zor ham,
Xarobotiyu rindu xammor ham.

Mubohot etib durdkashlik bila,
Qilib taqvovu zuhddin or ham.

Surohiyni but aylabon og`zida,
Qilidin eshib belga zunnor ham.

Bo`lub mayg`a sajjodavu xirqa rahi,
Borib nuql uchun kafshu dastor ham.

Fano dayri ichra qalandarsifat
Kezib balki devonakirdor ham.

Pariychehra atfolning toshidin
Bo`lub sarbasar jismim afgor ham.

Meni ishqdin o`rtagan mug`bacha
Ki, devonavashdur, pariyvor ham.

Chu bildimki, bu nav` birla erur
Xarobot ko`yida mayxor ham.

Erur chunki yakranglik sharti ishq,
Bu taqrib birla meni zor ham.

Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda sing`an safol.

VI

Qani soqiyi gul`uzorim mening
Ki, jon qasdi etmish xumorim mening.

Firoq ichra ko`p mehnatu dardu ranj,
Chekiptur tani xoksorim mening.

Xumor emgagidek vale ko`rmamish
Tani g`amkashu joni zorim mening.

Bu xayli balo daf`ig`a avlo ul
Ki, mayxona bo`lg`ay hisorim mening.

Ko`pu ozdin tutsa may piri dayr,
Fidosi aning yo`qu borim mening.

Etursa qadam boshima mug`bacha,
Erur javhari jonnisorim mening.

Xarobot aro kirganim, ey faqih,
Deyin, bo`l dame rozdorim mening.

Kecha xonaqah ichra sarmast edim,
Bugun maysiz itti qarorim mening.

Xumor aylab ul nav` oshuftakim,
Iligdin borib ixtiyorim mening.

Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda sing`an safol.

VII

Meni may bas oshuftahol ayladi,
Bu vodiyda Majnunmisol ayladi.

Boshimni ko`p atrofida mayfurush
Uzum jismidek poymol ayladi.

Chog`ir kasrati may batidek manga
Xirad bulbulin gungu loy ayladi.

Sabukashligim ayni idbordin
Qadimni yuk ostida «dol» ayladi.

Mayi la`l oltun qazah shaklidek,
Yuzum sarig`, ashkimni ol ayladi.

Qadimdin falak ofiyat xirqasin
Chekib rahni jomi zulol ayladi.

Sipehr atlasi dayr ko`yi aro
Mening kisvatim eski shol ayladi.

May istarda idboru oshuftalig`
Manga jom sing`an safol ayladi.

Xarobot piri chu bir jom uchun
Meni mundoq oshuftahol ayladi.

Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda sing`an safol.

VIII

Yana durdkashmen mubohot uchun,
Berib jon havoyi xarobot uchun.

Ketur, soqiyo, boda og`zimg`a quy
Damekim, o`lubmen bu mir`ot uchun.

Ne mir`ot, balkim quyosheki, fayz
Anga om erur barcha zarrot uchun.

Manga zohid etti base sarzanish
May ichmakka sarf o`lg`an avqot uchun.

Dedim: yaxshiroq boda ul zuhddin
Ki, qilg`ay kishi shuhratu ot uchun.

Manga bodadin bo`ldi nafyi vujud,
Sanga zuhd ani qilmoq isbot uchun.

Bo`lub tund masjid sari qildi azm,
Meni qarg`ayin deb munojot uchun.

Munojot etib kirdi xilvat aro
Yasalg`on riyoyiy karomot uchun.

Karomot men qildim ul lahzakim,
Riyo biymidin daf`i ofot uchun.

Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda sing`an safol.

IX

Yana boshlamish boda ichmak habib,
Manga ichmay o`lg`aymu sabru shikeb.

Icharmen vale qon, nedinkim ichar
Habibim bila boda har dam raqib.

Nasibi raqibening ar may bo`lub,
Nasibim mening bo`lsa qon yo nasib!

Ne zulmeki, gulshanda gul mahrami
Bo`lub zog`u mahrum erur andalib.

Ne tong bog`lamoq, kofiri ishq o`lub,
Kishi belga zunnoru osmoq salib.

Yoqam chok etib ko`ksuma tosh urub
Solib rustaxez el aro men g`arib.

Bular naf` chun qilmadi ko`ngluma,
Labolab qadah birla berdim fireb.

Chu bildimki, bexudlug`umdur iloj,
Xarobot yo`lida bo`ldum nisheb.

Nechukkim, yetib rustame ko`yig`a
Kirar erdi sarmast mahmudi habib.

Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda sing`an safol.

X

Nechuk may bila bo`lmasun ulfatim
Ki, jon qasdi aylar g`amu mehnatim.

Nazar ayla bu korgah vaz`ig`a
Ki, ortar tamoshosida hayratim.

Quyosh yo`qki, bir zarra mohiyatin
Topa olmadi sa`y ila fikratim.

Ne kelmak ayon bo`ldi, ne ketmagim,
Ne mabda` yaqin bo`ldi, ne raj`atim.

Ne kasbi ulum etti hal mushkilim,
Ne tutti ilig taqvovu toatim.

Topay deb xabar ushbu maqsuddin,
Tutashti base qavm ila suhbatim.

Ne qildi bu dardim ilojin hakim,
Ne shayx ayladi daf` bu illatim.

Ne qilmoqqa bir amrdin hosilim,
Ne kechmakka bu fikrdin jur`atim.

Mening boshima bas qotiq tushti ish,
Chu toq o`ldi bu dard ila toqatim.

Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda sing`an safol.