Òîï ðåéòèíã www.uz
NAVODIR USH-SHABOB

ALIF HARFINING OFATLARINING IBTIDOSI «NAVODIR»DIN

1
Zihe zuhuri jamoling quyosh kebi paydo,
Yuzung quyoshig`a zarroti kavn o`lub shaydo.

Yuzung ziyosidin ar subh ayni ichra bayoz,
Sochnng qorasidin ar shom boshida savdo,

Zuhuri husnung uchun aylabon mazohirni,
Bu kuzgularda ani jilvagar qilib amdo.

Chu jilva ayladi ul husn istabon oshiq,
Saloyi ishqin etib ofarinish ichra nido.

Pariy qabul eta olmay ani, magarkim men
Qilib otimni zalumu jahul birla ado.

Demayki men o`zi ma`shuq o`lub, o`zi oshiq
Ki, tig` g`ayrat o`lub anga naqshi g`ayrzudo.

Navoiy o`lmadi tavhid guftugo` bila fahm,
Magarki aylagasen tilni qat`u jonni fido.

2

Ilohiy amringa ma`mur yetti torami a`lo,
Ne yetti torami a`lo, to`quz sipehri muallo.

Jamilzikrlig o`lg`an jamoling etti tamanno,
Vusulfikrlig elga visoling o`ldi tavallo.


Xayol  bikrlarin jilvagarlik etkali har yon,
Sen aylading hulali durri nazm birla muhallo.

Ibodatingg`a yangi oy bo`lub xam o`ldi musalliy,
Sipehr atlasidin solibon havog`a musallo.

Chu sendin o`ldi quyosh panjasi arosida oltun,
Socharg`a dog`i sen etting anga karam yadi tulo.

Demakka zikring erur xonaqoh ichinda hayo huy,
Saloyi ishqing ila ahli dayr ichra alolo.

Navoiy, ahli junun zumrasig`a kirdi ilohiy,
Chu aylading ani Majnun, o`zungni qil anga Laylo.

3

Yuzung ko`zgusidin olamda yuz nuru safo paydo,
Quyosh andin aningdekkim quyoshdin zarra nopaydo.

Sening ko`yung nasimig`a o`zin soldegki jon toptin,
Masih anfosidin gar xastag`a bo`lmas davo paydo.


Azaldin to abad sathi vujudung zarfi to`lmaskim,
Anga ne ibtido paydodurur, ne intiho paydo.

Sen etting sham`u gulda jilvakim, parvonavu bulbul
Biri kuydi, biriga bo`ldi yuz dardu balo paydo.


Sening nash`ang edi Shirin ila Laylodakim, Farhod O`lub,
Majnung`a bo`ldi yuz tuman ranju ano paydo.


Mazohir istabon asmog`a ishqu husn ko`rguzdung
Ki, paydo xirmani ajz o`ldiyu barqi jafo paydo.

Birov yetti sangakim o`zlugi dashtini tay qildi,
Baqo istar kishi avval kerak qilsa fano paydo.

Sanga ko`nglumdagi hojatni ne hojat yo`qki arz etsam,
Ulus ko`nglida pinhonlar erur chunkim sango paydo.


Navoiy gulshani vaqtig`a ehson yamg`urun yog`dur
Ki, anda gul bila bulbulg`a yo`q bargu navo paydo.

4

Zihe el nihoni sanga oshkoro,
Nihon dardima oshkor et mudoro.

Ne dardingni ko`nglumda asrarg`a toqat,
Ne sirringni og`zimg`a olmaqqa yoro.

Xayolnngda savdo pishirg`anda, aylab
Dimog`imni oshufta ul zulfi soro.

Firoqing aro jon talashurda yog`ib
Hamul g`am tog`idin boshim uzra xoro.

Tarahhum, tarahhum, tarahhum, tarahhum,
Buto, chobuko, mahvasho, gul`uzoro.

Qorang`udurur olam ohim tunidin,
Quyosh yanglig` och orazi olamoro.

Navoiyg`a jon oshkoru nihon sen,
Zihe el nihoni sanga oshkoro.

5

Yo rab, ul soatki tushkay hajr jismu jon aro,
Solg`ung oyini firoq ul ganju bu vayron aro.

Sarsaroyin har quyun qilg`ay badan tufrog`ining
Juzv-juzvin bir-bir  ushbu gunbadi gardon  aro.

Uyla sovrulg`an anosir har tarafkim, topmag`ay
Bir-birisidin nishon, bu vodiyi hirmon aro.

Jism tarkibi parishon bo`lg`ay ul yanglig`ki, aql
So`ngra jam` o`lmoqqa ruxsat bermagay imkon aro.

Jism ila jon ichra garchi tushkay oshubi firoq,
Solma furqat ibtilosi jon bila iymon aro.

Juzv-juzv ayrilsa bir-birdin ne g`am, gar qo`ymasang
Lutf etib yolg`uz meni ul vodiyi hijron aro.


Har necha to`foni isyonim chekar gardung`a mavj,
Kimsaga Nuh o`lsa kashtiybon ne g`am to`fon aro.

Ul habibingni shafi`im qilki, bo`lg`ay yuz tuman
Nuh muhtoji aning bu bahri bepoyon aro.

Ey Navoiy, jonni tufroq aylagil faqr ahlig`a
Istasang manshurluq ul xayli oliyshon aro.

6

Zihe buroqing izi mehru sayri barqoso,
Bu barq sayri bila po`yasi falakfarso.

Burun qadam bu makondin chu lomakon qo`ydung,
Ne nav` deyki, aning gomi erdi gardunso.

Visol subhi deyin, yo`q uruj oqshomikim,
Sabohdek edi ul barq nuri birla maso.

Qo`lin bu barq yorutti, damin bu yel ochdi,
Agar sipehr uza Muso edi va gar Iyso.

Chu qoldi sayrida ruhu-l-amin, ne tong, ul ham
Gar o`lmadi safaringning nihoyatig`a raso.

Maloyik o`lmadilar ul haram aro mahram,
Rijol xilvati davridin ul sifatki niso.

Navoiy asru buzulmish, boqib inoyat ila
Aning buzug`lug`ini bir ko`z uchi birla yaso.

7

Bediling xayli rusul, sensen alarg`a dilrabo,
Yo nabiy, ruhiy fidoka ahlan va sahlan marhabo.

Goh davlatliq boshingdin ketmayin chatri sahob,
Gah falakrav markabingg`a yetmayin payki sabo.

Shomi vasling topmag`ang`a subhi sodiq har sahar,
Panjayi xurshid ila pirohanin aylar qabo.


Tufrog` o`lmish, men qo`yay deb ostonbo`sungg`a yuz,
Holima rahm aylabon qilma bu ranjimni habo.

Sheri gardun ul kishiga bo`yni bog`lig` bo`lg`ay it
Kim, eshiging itlarin topqay o`ziga aqrabo.

Bo`lmag`ay erdi muyassar «Xamsa», ya`ni panj ganj,
Qilmasa erdi madad holimg`a besh oli abo.


Ey Navoiy, chorayi dardingni qilg`ay ulki bor
Ham rasulu ham amin, ham mustafo, ham mujtabo.

8

Kimki, yetkay ishq dardu dog`idin ofat anga,
Dog` mehri saltanatdur, dard erur sihhat anga.

Ishq ko`yi tufrog`i bir kimiyodurkim, erur
Yuz quyosh iksiricha, balkim fuzun qiymat anga.

Ishq dayri bazmining sing`an safoli ichra may
Kim ichar, Jamshid jomin tanlamas himmat anga.

Har chubo`lg`an toridur aflok qasrig`a kamand,
Ulki bo`lsa ishq eski sholidin kisvat anga.

Chun tushar oshiq tanig`a ishq o`tining shu`lasi,
Uyla shahdurkim, erur zarbaftdin xil`at anga.

Har sharar ul shu`ladin bir barq erurkim, kul qilur
Lam`adin yuz shoh taxtu tojini hirqat anga.


Ishq o`ti boshig`a tushkankim, ul o`tdin chiqsa dud,
Shoh zarrin toj ila chatrig`a ne hojat anga.

Toj davlat bersa ishq o`tidin, olib bir sharar
Buki o`rtar o`zlugin, yetmasmu bu davlat anga.

Soqiyo, bir boda tut, do`zax o`tidek hirqati,
Lek jannat kavsaridek lavn ila safvat anga.

To ichib do`zaxqa ham kirsam sirishkim saylidin,
Qolmag`ay xalq o`rtamoqda shiddatu hiddat anga.


Ey Navoiy, nazming asru soda erdi qo`ydi yuz,
Shoh islohidin oncha zeb ila ziynat anga.

9

Ul pariypaykarki, hayron bo`lmish insu jon anga
Kimki, hayroni emas, men telbamen hayron anga.

Ne ajab parvonadek kuysam yuzi sham`ig`akim,
Ko`p bo`lubmen vasl ummidi birla sargardon anga.

Toiri hajring buzug` ko`nglumnikim qilmish vatan
Chug`zdekdurkim, nishiman keldi bir vayron anga.


Hajrida tah-tah ko`ngul qon bog`lag`andindur nishon,
Nomai shavqumki tim-tim tomdi ko`zdin qon anga.


Tiyrboroni g`aming ko`nglumgakim yog`di erur,
Har tarafdin barqi ofat lam`aiy paykon anga.

Otashin gul chunki bulbul kuydurur yuz vajh ila,
Ne osig` faryodu afg`on birla ming daston anga.

Ey Navoiy, ko`ngluma amr etma tarki ishqkim.
Ul samandardur, emas o`t furqati imkon anga.

10

Chin kiyigi desam ko`zin, vah, nedurur itob anga,
Chunki qorasi ko`rguzur har sari mushki nob anga.

La`li labingda ter bo`lub obi hayot qatrasi,
Yoki Xizr suyi labing, qatra bo`lib hubob anga.

Yopmadi ko`zni ashkkim, boqmasun o`zga yuzga deb,
Har sari ayni rashkdin yopti g`aming niqob anga.

Jismim  agar kuyar, ko`ngul tolpinuri ajab emas,
Kimki uyiga tushsa o`t, yo`q ajab iztirob anga.

Oqmadi xo`y uzoridin la`lig`akim, hakimi sun`
Ezdi hayot sharbatin, emdi urar gulob anga.

Zulfi xayolidin ko`ngul har yon etar havo, valek
Saydg`a ne xalos chun bog`lig` erur tanob anga.

O`zlugining hijobidin kimki o`zin xalos etar,
O`zga qayonki solsa ko`z, mumkin emas hijob anga.

Ahli mazallat ohining novakidin sipehr agar
Qochmadi muncha, bas, nedur ham bo`lubon shitob anga.

Va`dayi vasl etib edi, tushta ayog`in o`pmisham,
Dema, Navoiy, ul pariy aylamasun hisob anga.

11

Vahki, hol oshufta qildi anbarin xoli manga,
Qo`ydi yuz bir xol shavqidin ajab hole manga.

Ishq ko`yida gadomen siymgun ashkim bila,
Budurur ishq ichra bo`lsa joh ila mole manga.

Qayda imkoni hayotim, ey ko`ngul, chun dam-badam
Sog`ari furqat tutar bir hajri qattole manga.

Ne g`animat suvrat o`lg`ay gar musavvir jon olib,
O`xshash ul mahvashqa yozib bersa timsole manga.

Bulbulu parvona ishq oshubidin parvoz etib,
Bo`ldilar g`oyib, netaykim, yo`q paru bole manga.

Ahli aysh oltun ayoq sofin ichib, kiydig harir
Kim, safoli faqr durdi basdurur shole manga.

Yor jon olsa Navoiydin erur topshurmag`i,
Ul gar ahmol aylamas, xud yo`qtur ehmole manga.

12

Bukim qolibdur ul oy hajrida hayot manga,
Hayot qolmamish azbaski bor uyot manga.

Ulusni o`lturur ul sho`x iltifot aylab,
O`larmen ushbuki hech etmas iltifot manga.

Meni xud ayladi qatl, ushbudur vasiyatkim,
Ko`ngulni ham karam aylab yetursa bot manga.

Qush o`lmisham, yog`ibon hajr o`qi, vale ne osig`
Ki, bo`lmas ul taraf uchmoqqa bu qanot manga.

Tuganmagay yozilib mehnatim, agar bo`lsa
Firoq shomi qoravu falak davot manga.

Chu yor aylar emish barcha yerda jilvayi husn,
Teng o`ldi Ka`ba bila dayri So`mnot manga.

Navoiyo, chu emas nasya naqd birlan teng,
Behisht voizi purgo`g`avu Hirot manga.

13
Kelmay ul qotili zamona manga,
Bo`ldi hajr o`lgali bahona manga.

O`qi zaxm aylab o`tti ko`ksumdin,
Yara qoldi vale nishona manga.

Hajr aro navha aylaramki, erur
Nag`mayi aysh bu tarona manga.

Ishq ko`yida hamnafas bo`lmish,
Har nafas ohi oshiqona manga.

Ey ko`ngul, ishq o`tidin yonma,
Boru tashvish berma yona manga.

Hajr aro ashk tuxmini sochtim,
To ne bergay samar bu dona manga.

Tavbadin so`z, Navoiyo, demakim,
Hech yoqmaydur ul fasona manga.

14

Nechakim kuyar hajr aro jon manga,
Emas tarkini qilmoq imkon manga.

Agar bo`lsa yuz jon fido qilg`amen,
Nasib o`lg`udek bo`lsa jonon manga.

Necha bo`lsa ag`yor hamsuhbati,
Erur bazmini ko`rmoq armon manga.

Agar rashkidin sa`b bo`lsa hayot,
Xud ul dam erur o`lmak oson manga.

Qiliptur guli otashin g`unchasi,
Ko`ngulni o`kush so`zi hijron manga.

Ne kom olg`amen, soqiyo, bodadin
Ki, davron tutar dam-badam qon manga.

Navoiy ketib, xilvat et uynikim,
Bo`lur bu kecha yor mehmon manga.

15

Bordi rahm aylamay ul kofiri xudroy manga,
Gar tarahhum qilibon qaytmasa, voy manga.

Nechuk o`lmayki, borur vaqtda ul umri aziz,
Barcha birla ko`rushib, qilmadi parvoy manga.

Tiyradurmenki, parishon bo`lubon vasl kunin
Shomi hajr ayladi ul zulfi sumansoy manga.

Mastu ovora ko`ngul ittiyu rahm etmadi ul,
Bodapaymoy demay, bodiyapaymoy manga.

Yo`q so`zum charx ila, vah, qildi chu shabgir baland,
Ro`zgor etti qora hajridin ul oy manga.

Soqiyo, sofi tarab ahli visol ichsunlar,
Hajr zindonida tutsang bas erur loy manga.

Hur zohidqa, Navoiy, ikki dunyodayu ul
Buti xudroy demay, sho`xi xudoroy manga.

16

Ey ko`ngul, telbarading emdi ne tadbir sanga,
Ul pariy zulfini gar qilmasa zanjir sanga.

Yuz balo kelsa chek emdi, chu bu ish man`i uchun,
Nechakim pand dedim, qilmadi ta`sir sanga.

Ixtiyore sanga ham yo`q edi, ne yozg`urayin,
Buyla chun yozg`an emish xomayi taqdir sanga.

Sen chu ishq o`tig`a kuydung, sanga emdi ne osig`,
Aylamak maxlas uchun hiylavu tazvir sanga.

Meni kuydurdung esa, sen dag`i kuydung, netayin
Emdi yuklab bu ish oyinida taqsir sanga.

Bihil et sen dag`i men xastag`a, lekin deb edim
Har nekim keldi sening ollingga bir-bir sanga.

Buzdi ko`nglung uyini xonabarandozi firog`,
Ey Navoiy, ne osig` pand ila ta`mir sanga.

17

Iydi ruxsoring ko`rub, bo`ldi ulus hayron sanga,
Ey ulus, iydi yuzung, jonim mening qurbon sanga.

Sham` emas yerdin, kavokib charxdin bayram tuni
Kim, erur yer, ko`k tuman ming ko`z bilan hayron sanga.

Iydgahda gard emas, balkim yetishkach maqdaming,
Qo`pti yerdin sadqa bo`lmoq istabon maydon sanga.

Xusravi anjum degaykim, sekritur ko`k tavsanin,
Iydgahda kimki ko`rsa raxsh ila javlon sanga.


Chatr shaklidin samoviy barcha ofat daf`ig`a
Tengri aylaptur nasib o`z hifzidin qalqon sanga.

Notavon jismimg`a bayramliq bila ber sihhate
Kim, ko`ngul ummidvoru muntazirdur jon sanga.

Necha bayramlarda kiygan jandasin faqr ahlining
Xor ko`rma, eyki xil`atdur necha alvon sanga.

Iydgah ahlin dame qilma parishon, ey sipehr
Kim, erur bu jam` bir-ikki zamon mehmon sanga.

Ey Navoiy, durri nazming xutbadek topqay sharaf,
Lutf ila qilsa nazar bayram kuni sulton sanga.

18

Tushkali qadding havosi boshima avbosh aro
Bosh aro kestim alif yozg`an alifdek bosh aro.

Mevaedurkim nazar bog`ida ba`zi tutti rang,
Qatra-qatra la`lgun bu dona-dona yosh aro.

Mehr qattiq ko`nglung ichra qayda bo`lsun, bo`lsa ham
Filmasal bor ul giyah yanglig`ki butkay tosh aro.


Bir-biriga boshlarin payvasta nevchun qildilar,
Fitnaangize agar yo`qtur ul ikki qosh aro.


Kom topg`an chog`da vasling xonidin hajr og`usi
Talx erur andoqki el sog`ar icharlar osh aro.

Xayli zulmat ranjig`a tushkan safo ahli erur
Uylakim, tong tuyg`uni qolg`ay surug xuffosh aro.

Gar Navoiy ohidin tan o`rtanur, yuz churkanur,
Etti ham hummo haroratdin bo`lur ham moshiro.

19

Kirsa ul gul xirmani ag`yor ila gulzor aro,
Men hamono tolpinurmen xirman etkan xor aro.

Jonni anglarmen balolar ichra o`lsam ne ajab,
Ul zamonekim ko`rarmen yorni ag`yor aro.

Lojuvardu vo`sma birlan zeb bergan qoshlaring
Jilvagar bo`lg`an iki tovus erur gulzor aro.

Zulfida sarrishtayi iymon badaldur kufr ila,
Ne tafovut tushsa Maryam rishtasi zunnor aro.

Za`flig` jismimda bilgurgan tuganlar hay`atin,
Angla yondashqan tugunlarning shabihi tor aro.

Tushti yel kayfiyatidin sug`a gul yafrog`lari,
Yo`qsa maydin zohir o`ldi gullar ul ruxsor aro.

Masjid ichrakim meni taxqir qilding, ey faqih.
Ko`rgasen johimni kirsang kulbayi xammor aro.

May xubobi gunbadin bazm ichra ul dam doyir et
Kim, shafaq may zohir etkay gunbadi davvor aro.

Ey Navoiy, elga, bilgil, benavolig` boisi,
Har navokim zohir aylarsen fig`oni zor aro.

20

Jonda qo`ydum chirmag`an maktubini hijron aro,
Bilman ul maktubdur yoxud alifdur jon aro.

Noma ermas erdikim, bor erdi ul hirzul-amon
Kim, g`amim aysh etti, yetkach kulbayi ahzon aro.

Rishtayi oliki, chirmab erdi, ochib asradim
Xunfishon ko`z raglaridek diydayi giryon aro.

Notavon jismim ko`rundi za`fdin ul rishtadek,
Baski to`lg`andi iki ko`zumdin oqqan qon aro.

Garchi jonondin aziz ermas, erur jondin aziz
Kim, vasila bo`ldi mahzun jon bila jonon aro.

Ruq`ayi ehsondin, ey mun`im, gado komini ber
Kim, bu yanglig` ganj topmas kimsa bu vayron aro.

Ey Navoiy, nomayi maqsud yetti xushdil o`l
Kim, xati ozodlig` budir g`ami hijron aro.

21

Nuqtayi mushkdur bu yo xoli aning jabin aro,
Kufr savodini ne xush sizdi bayozi din aro.

Xotami la`l og`zidur, lek hadisi jon olur,
Zahr nihon qilibdurur la`li magar nigin aro.

Sajdadadur yuzum vale jon aro ul sanam g`ami,
Bo`ynuma subhadur vale butdurur ostin aro.

Jonu ko`ngul necha dedi asrali o`zni, kelgach ul,
Vah, yana qo`zg`alishdilar ko`rgach ani ichin aro.

La`li hadisida demangkim sifat ila kirpigin,
Og`zima chunki sanchilur nesh bu angabin aro.

Aqlu havos erur adam, jonu ko`ngulga yo`q vujud,
Tafriqa tushkali menu ul buti nozanin aro.

Esdi magar xazon yelikim xam o`lub vido uchun.
Voqiayi firoq erur sunbulu yosamin aro.

Bu chaman ichra har gulekim ochilur, fig`onki bor
Hodisa tifli muntazir uzmak uchun kamin aro.

Belingu inju tishlaring hasratidin Navoiyning
Jismida ashki bordurur rishta duri samin aro.


22

Ey, g`aming gavhari jonu tan aro,
Ikki dur yanglig` iki mahzan aro.

Bog` aro kirki, qiyomat solsun
Qomating sarv bila savsan aro.

Gul sari boqmadi bulbul, chunkim
Ko`rdi gulgasht etasen gulshan aro.

Dilraboliq fanida mohirsen,
Dahrda sen kebi yo`q bu fan aro.

Soqiyo, bodaki nazzora qilay,
Yor aksini mayi ravshan aro.

Istasang dushmaning o`lg`ay sanga do`st,
Kirmagil do`st bila dushman aro.

Ishq o`ti ichra Navoiy kim ekin,
Bir gadokim kuyadur gulxan aro.

23

Qosidekim yordin bir so`z rivoyat aylasa,
Istaram so`rgan soni boshtin hikoyat aylasa.

Telbalar yanglig` gah o`z holimdadurmen, goh yo`q,
Ul pariydin har kishi bir so`z rivoyat aylasa.

Ey ko`ngul, ohingni dersenkim su aylar toshni,
Chin erur, gar ko`ngliga aning siroyat aylasa.

Jong`a basdur har nafas bir dog`i nevchun bo`lmasun,
Qoni` ulkim, bir diram har dam kifoyat aylasa.


Topti Majnun shuhratu qoldi mening qissam nihon
Kim, o`lar har kim fasonamni bidoyat aylasa.

G`am sipah qasdimg`a tortibdur, ne bo`ldi piri dayr
Bir qadah birla bu mahzunni himoyat aylasa.

Ey Navoiy, faqrdin bebahradur yuz g`am yetib,
Solikekim shukr borinda shikoyat aylasa.

24

Yashil to`n birla oltun tugmalardin zebu far anda
Qading noranji ra`no naxlidur butkan samar anda.

Bu xil`atkim qiliptur xo`y chakon ruxsorani pinhon,
Erur gulbunki, pinhon butti bir gulbargi tar anda.


Taolalloh ne qaddur, qad emas, jannat niholidur,
Ochilg`an gul yoshung`an bargi gul butkan shakar anda.


Yuzung ravshan zuloledur, g`azabdin chin aning mavji
Ki, niliy xoldin har yon ochilmish nilufar anda.

Ajab-gulshan erur ko`yungki, jannat bog`ida yo`qtur
Niholekim, gulu sunbul ayon qilg`ay magar anda.


Necha ovora ko`nglumni so`rog` ettim kishi bilmas,
Magar ko`yiga yo`l topsam, topilg`ay bir xabar anda.

Toriqtim xonaqahda dayr sari yuzlanay emdi
Ki, munda necha zulmatdur, safodur sarbasar anda.

Qadah sofiyu piri dayr sofiy, mug`bacha sofiy,
Ne ko`rgay juz safo bir kimsakim, tutqan maqar anda.

Navoiy nazmi ranginu ravon ersa ajab ermas
Ki, maxlut o`ldi ko`z yoshi bila xuni jigar anda.

25

Jamoling jilva kildi, bor edi og`zing nihon anda,
Quyosh chiqqach ne mumkin, zarra bo`lmog`liq ayon anda.

Qading hajrida yuz devor uza qo`ydum chu za`fimdin,
Chekildi bir alif har qatra ashkimdin nishon anda.


Sabo zulfin ochib tarqatmagil majnun ko`ngullarni
Ki, maskan aylamishlar bir surug behonumon anda.

Aning ko`yiga borg`an bilki menmen har qachon ko`rsang,
O`lim holida yotqan bir g`aribi notovon anda.


Magar yel hojib o`lmish gulshani ko`yiga ul gulning
Ki, moni`dur borurg`a xasta bulbuldin fig`on anda.

Balo dashtidag`i ovoralar sonin talab qilding,
Bu yanglig` xonumonidin jalolarg`a ne son anda.

Chamanda yaxshi yoronlar bila sarmast emish, vahkim.
Emas mumkin sola olmoq o`zumni men yomon anda.

Riyoyiy xonaqahda gar safo kasb etmading bir dam,
Fano dayrig`a kirkim, yo`q kudurat bir zamon anda.

Ko`ngul jomi jahonbindur to`la qil sof may birla
Ki, solg`ay aks nekim bo`lsa ahvoli jahon anda.

Jahon ahli nifoqidin qayon borsam emon emnn,
Tilarmen ul jahonni, topqamen shoyad amon anda.

Navoiy ming jarohat birla tun ul ko`y aro kirmish
Ki, oqmish, yerga yuqmish tomg`a har sari qon anda.

26

Er tutqali ul kofiri xudkom ko`ngulda,
Yo`q menda ko`ngul uylaki orom ko`ngulda.

Ham gul isi, ham sarv bo`yi ko`ngluma yoqmas,
To evrulur ul sarvi gulandom ko`ngulda.

Siymin zaqanu shu`lai ruxsorni yopkim,
O`tlar yoqadur ul tama`i xom ko`ngulda.

To g`unchadek og`zingg`a tutub zulfni ochding,
Qo`zg`atdn xirad xaylini har shom ko`ngulda.

Ko`nglumga dema zuhddin, ey shayxki, har kun
Kofir bachae may qilur oshom ko`ngulda.

Ko`nglumni bu dam jom ila bore tutayin xush,
Chun zohir emas suvrati anjom ko`ngulda.

Mug` dayrida qildim vatan andoqki Navoiy
Kim, mug`bachalar vaslidurur kom ko`ngulda.

27

Budu nobudum agar teng bo`ldi jonon ollida,
Zarra yo`qu bori tengdur mehri raxshon ollida.

Ko`zlarimning chashmasi ollida ummon hajr aro
Ko`r biaynih uyladurkim chashma ummon ollida.

Vasl ichinda do`zax o`ti birla qo`yg`an toza dog`
Otashin guldek gumon qil dog`i hijron ollida.

Ey musulmonlar, ne holatdurki, ishq etmish zabun,
Yuz musulmon xanlnni bir nomusulmon ollida.

Ulki majnun deydilar, chindurki har dam ko`rguzur
Chok bo`lg`an ko`nglagin bu jismi uryon ollida.

Faqr ila shod o`lki, har kim bo`lsa ahli ma`rifat,
Dahr tufrog` birla teng bo`lmoq ne imkon ollida.

Ey Navoiy, jon sabo ollida, qilg`aymen nisor,
Bu gado holin desa yetkanda sulton ollida.

28

Yigitligimda edim mubtalo yigitlarga,
Qarib ham o`zni tilarmen fido yigitlarga.

Yuzi sarig`, boshi oq bir qari gar o`lsa, ne hayf,
Engi qizil, ko`zi, qoshi qaro yigitlarga.

Desang qarib bo`layin zuhdu ofiyat birla,
Magarki bo`lmag`asen oshno yngitlarga.

Tilar esang qariliq izzu rutbasini, magar
Ko`ngulni bermagasen dilrabo yigitlarga.

Nechaki bo`lsa yigitlikda sho`xliq matlub,
Vale adab bila xushtur hayo yigitlarga.

Qarig`a har necha bo`lsa sitam yigitlardin,
Ne bo`lg`usi qaridin juz duo yigitlarga.

Ne nav` zuhd ila taqvoni asrayin mahfuz
Ki, uchradim qarilikda balo yigitlarga.

Etar azob qarib, noxalaf o`g`ullardin,
Nechaki tutsam o`zumni ato yigitlarga.

Chu husn bo`ldi, vafo istamang yigitlardin
Ki, tengri bermadi husni vafo yigitlarga.

Nechaki mast yigitlarni ahli ishq tilar,
Valek ishqdurur porso yigitlarga.

Navoiyo, qarisang ham jahonda bir necha kun
Rafiq bo`l, tilar ersang navo yigitlarga.

29

Xattu zulfu qoshlaring, ey dilbari chobuk, balo,
Ul ne yuzdurkim, erur davrinda yuz turlug balo.

Oshiq o`lturmakka ul ko`zdek baloe ko`rmaduk,
Yo`qsa oshiq bo`lg`ali olamda ko`p ko`rduk balo.

Ul ne ko`zdurkim, erur nozu karashma jomidin
Bo`lsa maxmur — ofat, ammo bo`lmog`i usruk — balo.

Ishq dashtida o`lumdin qochmog`ilkim, anda bor
Ming balokim, bu balodur barchadin o`ksuk balo.

Ishq aro ko`rduk nihoyatsiz baliyyat, ey ko`ngul,
Hajrdin dushvor lekin ko`rmamish erduk balo.

Ul balolarkim, chiqarg`ay ofiyatdin kimsani,
Ishq erur qotil va lekin may erur kuchlug balo.

Ey Navoiy, tashlab o`zlukni fano yo`lig`a kir
Kim, erur ul yo`lda egningga bu og`ir yuk balo.

30

Tifllar toshiki, jismim qildi sartosar qora,
Bo`ldi savdog`a savodi a`zam andin har qora.

Yoshdin angla yuzum, gar siymgundur, gar qizil,
Toshdin angla tanimni: gar ko`k o`lmish, gar qora

Dema ko`nglung lavhig`a yozg`il xirad oyinini,
Baski, qo`ydung dog`i ishq ul safhadur aksar qora.

Panjayi xurshidni go`yo qora etmish kusuf,
To qiliptur ilgin ul huri pariypaykar qora.

Dudi ohimdin demaykim zor jismim so`zidin,
Kulki bo`lmish o`t tushub kuygan kebi bistar qora.

Umr yo`q juz tiyralik isyondakim, hayvon suyi
Istamakdin ro`zgorgi topti Iskandar qora.


Chun Navoiy ishq aro komillig`in sabt ettilar,
Bo`ldi baskim, ahli ishq ot yozdilar mahzar qora.

31

Ko`zungga tani notavonim fido,
Ravonbaxsh la`lingg`a jonim fido.

Labing rangi ollida qonim sabil,
Qading jilvasig`a ravonim fido.

Belu og`zing oldi tanu jonnikim,
Anga oshkoru nihonim fido.

Bag`ir la`li, ko`z durri ollingda sarf
Demaykim, sanga bahru konim fido.

Junun birla aqlim g`aming sadqasi
Ki, ollingda yaxshi-yomonim fido.

Fano dashtida qani ovoralik
Kim, ul sayrg`a xonumonim fido.

Navoiydin olding ko`ngul, jonni ham
Sanga aylay, ey dilsitonim, fido.

32

Chu ishq dardu baloni jahong`a urdi salo,
Naxustroq meni bexonumong`a urdi salo.

Men oldim o`n ulushidin to`quz yarim ulushin,
Yarimki qoldi, ani insu jong`a urdi salo.

Aning dag`i yarmini oldi ofarinish eli,
Yarimini yona bu notavong`a urdi salo.

Bu notavon ani ham jon bila qabul etti,
Chu qochtilar ani ham har qayong`a urdi salo.

Ko`ngul chu dardu balo tolibidurur, gardun,
Agar yetishti ming ofat ham ang`a urdi salo.

Fig`onki, elga tutub boda soqiyi davron,
Chu davr yetti manga, barcha qong`a urdi salo.

Navoiyo, sanga har yaxshiliqki mumkindur
Ki, yor mehnat o`tin men yomong`a urdi salo.

33

Har jafo qilsang to`zarmen, qilmasang dag`i vafo,
O`zgalarga ne vafo qilsang to`zarmen, ne jafo.


Elga gar va`da vafo qilding, jafo men xastag`a,
Elni bilman, qil manga har va`dakim qilding, vafo.

Va`dalar qatlimg`akim qilding, tanimdin ketti za`f,
Go`yiy alfozing edi dardimg`a oyoti shifo.


Orazing xurshididin tushmish qadingning soyasi,
Yoki yerga sudralib mushkin soching qolmish qafo.

Xurdadonlar aylamaslar fahm og`zing ramzini,
Ne uchunkim, bordurur ul nuktada behad xafo.

Tiyralikdur dahr ishi, sofiy fano jomiyu bas,
Ayyuha-s-soqiy lano da` mo kadar xuz mo safo.

Ey Navoiy, joning olg`umdur desa qayg`urmag`il,
Jonga minnat tut, munung birla gar etsa iktifo.

34

Ko`zumdin ashk tugandiyu bo`ldi qon paydo,
Bag`irdin anda bo`lur poralar nishon paydo.

Jununum o`lsa damo-dam taajjub etmangkim,
Ko`zumga ul pariy o`lur zamon-zamon paydo.

Nujumi husndurur xo`blar vah ul soat
Ki, bo`lsa ul yuzi xurshid nogahon paydo.

Munajjim axtari baxtimni qo`yki, ohimdin,
Bu kun erur ne nujumu ne osmon paydo.

Ne za`fdurki, so`rar elga fahm o`lur nola,
Valek ko`zga emastur bu notavon paydo.

Ne yo`l ekin buki har necha korvon bordi,
Birisidin ne asar bo`ldi, ne nishon paydo.

Navoiy o`ldi aning dargahida andoq gard
Ki, tufroq ichra emastur ul oston paydo.

35

Sharora xatlari sog`inma dudi ohim aro
Ki, yirtibon yuzini kiydi motamimg`a qaro.

Temur ko`ngullug ulus qirmog`ig`a suhondur
Kayu xaroshki, zohir bo`lur fig`onim aro.

Chamanda barcha gul o`rniga solg`ay o`t, bulbul
Mening fig`onim ila bir kun o`lsa nag`masaro.

Munosib o`ldi chu yondoshsalar kumush oltunu
Yuzumni ko`ksungga qo`ysang ne bo`ldi, siymbaro!

Tanimni zaxm qilib ishq ahlig`a yarading,
Tarahhum et qani bu notavong`a dag`i yaro.

Qilur gadolig` ul oy xoni husnidin ushshoq,
Nechukki shohi jahon bazmi ayshidin fuqaro.

Navoiy ohi navosozi shoh Abulg`oziy
Sipehr martaba Sulton Husayn Boyqaro.

36

Labingg`a aylamish ul xoli anbarin g`avg`o,
Nechukki shakkar uza aylagay chibin g`avg`o.

Bu nav` kelmagay islom nahbig`a kuffor
Ki, kufri zulfig`a aylaptur ahli din g`avg`o.

Desam qiyomat aning ko`yini ne aybki, bor
Qiyomat ahlicha ul ko`yda kamin g`avg`o.

Xusho jununki, chu yuzlansam ul pariy sari,
Qilur boshimg`a yuz atfoli mahjabin g`avg`o.

Ne ayb qo`zg`asa davronni buylakim, har tun
Ichib qadah solur ul sho`xi nozanin g`avg`o.

Chu ishq nuktasi dermen, hujum etar ushshoq,
Nechukki dars der elga bo`lur qarin g`avg`o.

Navoiy uzra g`amu dard qo`zg`alur ne ekin,
Bu xastag`aki qilur yoru hamnishin g`avg`o?

37

Ko`z yuzidin olg`animg`a ashkdin qondur sazo,
Vasl aro shukr etmaganga dog`i hijrondur sazo.

Telba ko`nglum bilmagan bo`lsa visoling qadrini,
Hajr anga yetkurdi inak ulcha imkondur sazo.

Gulshani vasling vatan erkanda gar shukr etmadim,
Dasht uza bo`lmoq aloxonu alomondur sazo.

Oshkoro lutfu xulqungdin agar toptim g`urur,
Furqat ichra emdi dog`u dardi pinhondur sazo.

Hajr ila berma sazo gar vasl aro gustox edim,
Tig`i kin birla siyosat qilki osondur sazo.

Oshiq ar qilsa gunah qilmoq sazo hijron emas,
Qatl tig`i surki qilmoq g`orati jondur sazo.

Vasl bazmida navo qadrin, Navoiy, bilmading,
Furqat ichra kecha tong otquncha afg`ondur sazo.

38

Sen kebi bir gul topilmas kezsa yuz gulshan aro,
Qomatingdek naxli tar ming sarv ila savsan aro.


Sen qilursen nozu o`lturg`an tamosho qilg`ali
Ruh shaxsidur, emas ko`z mardumi ravzan aro.

Jonim ichra bo`lmasa, ey siymtan, mehring sening,
Mehribonliq rasmida jonim kerakmas tan aro.


Qilmasa ravshan jamoling lam`asi ko`z mardumin,
Qo`yman ul yuzi qorani diydayi ravshan aro.


Ganji husnung ichra muhlik g`amza, ey sultoni husn,
Shohlarg`a zahr  bo`lg`andekdurur  maxzan aro.


Muddaiylar ichrakim qatlimg`a dushmanvor do`st
Tig` surdi, do`stkom etti meni dushman aro.

Layliyu Shirinu Azro noz sendin kasb etar,
Zufununlar ko`rki, shogirdingdurur bu fan aro.

Aql ranjidin omon istab tutubmen maykada,
Ey xirad, qo`ykim, tinay bir lahza bu ma`man aro.

Ko`ksum ichra yo`q esa ko`nglum ajab yo`q, ey xirad,
Ne ajab devonani gar topsang maskan aro.

39

Bas ajabdur gar manga ul dilrabo qilg`ay vafo,
Kimga umr etti vafokim, ul mango qilg`ay vafo.

Chun vafosizdur qora ko`zlar sanga ham, ey ko`ngul,
Mumkin ermasturki, ul ko`zi qoro qilg`ay vafo.


Men jafo tortarg`a xo`y ettimki, yo`q imkonikim,
Ul jafojo` to qila olg`ay jafo, qilg`ay vafo.

Chun mening dardim pariyvashlar jafosindindurur,
Ushbu dardimg`a magarkim ham davo qilg`ay vafo.


Kil vafo, ushshoqingga, ey sho`xkim, nogoh agar
Bir pariy ishqig`a zor o`lsang, sango qilg`ay vafo.

Davrning iflosidin may ichki, joh ahlig`a ham
Aylamon bovarki, bu dayri dag`o qilg`ay vafo.

Aytsa bo`lg`ay zamon nodoni, jono, anikim,
Jon berib ahli zamondin muddao qilg`ay vafo.

O`zga oylardin vafo naql etsalar man` aylaman,
Lek inonman anikim ul bevafo qilg`ay vafo.

Ey Navoiy, ko`p vafodin dema so`zkim, aybi bor,
Faxr ishq ichra agar bir benavo qilg`ay vafo.

BE HARFINING BALOLARINING BIDOYATI «NAVODIR»DIN

40

Dahr bog`i aro ko`p istamagil ayshu tarab
Kim, guli shu`layi g`am, g`unchasidur xori taab.

Sunbuli rishtalarin rishtayi maqsud dema
Kim, ko`ngullar qushi domig`a erur barcha sabab.

Arig`i ichra ushoq toshi agar inju erur,
Toyiri umrung uchun donavu su topti laqab.

Angla ziyrak qush anikim ko`rubon mundoq dom,
Bo`lmag`ay tegrasida obxo`ru dona talab.

Dona yeb, hosil etib fazla, najas aylamagay
Bog` sahnini, rioyat qilibon tarki adab.

Yo bo`lub domg`a muhkam topa olmay maxlas,
Urunub, tolpinibon aylamagay sho`ru shag`ab.

Chun Navoiy ko`zi bog`liq qush erur olam aro,
Bu chamandin anga uchmog`ni nasib et, yo rab.

41

Topmish ul yuz qatra-qatra xo`ydin o`zga obu tob,
Qayda, vah-vah, muncha kavkab zohir aylar oftob.

Chiqma to`qquz parda keynidinki, olam kuymasun,
Olsang olti-etti burqa` qo`yg`il ikki-uch niqob.

Bir dam ul yuz naqshi giryon ko`z aro topmas qaror,
Su aro xurshid aksidekki qilg`ay iztirob.

To ko`ngul devona bo`ldi ul pariy la`lin ko`rub,
Hifz uchun qaydig`a qildim rishtayi jondin tanob.

Dardi ishqimdin suvol etti ul oy, faryodkim,
Yuz javobim boru yo`q hushum demakka bir javob.

Bu chamanda g`uncha ermas, angla, bulbul ko`nglikim,
Shishladi ishq aylamakka otashin guldin kabob.


Ey Navoiy, gar desangkim g`ussa barbod etmagay,
Bosh ko`tarma bodadin zinhor andoqkim hubob.

42

Etti hajr ayomi, qatlimg`a nedur har dam itob,
Men xud o`lgumdur yaqin, ey umr, ko`p qilma shitob.

Elga mehringdin kuyarmen, menga qahring sahl erur,
Do`zax ahlig`a erur jannatni ko`rmaklik azob.


O`lturur chun hajr, beparvolig`ing ortuqsidur,
Dard muhlikdur, ne hojat sharbat ichra zahri nob.

Nevchun eldek yo`q menga mehringki, sarvu gul uza
Tushsa xoru xasni ham mahrum qo`ymas oftob.

Bodpoying yo`lida xoki tanim gard ayladim,
Vahkim, ul gard-o`q murodim yuziga bo`ldi hijob.

Ashk suyidin qading sarvini qildim sarbaland,
Vahki, hamul sudin ummidim uyin qilding xarob.

Ul quyosh hajri meni o`lturgali bas, ey sipehr,
Sen quesh tig`in chekib qilmoq ne hojat iztnrob.

Bu chamanda su masallik pokro`ni charxdin
Ko`rmadikkim, ko`ngli sinmay qoldi andoqkim hubob.

Chun Navoiydin uzuldung yor, savob o`lmoq anga,
Jonidin mahjur o`lar vallohu a`lam bissavob.

43

El pariyu hurni degay gumon qilg`ancha xo`b,
Lek erur huri pariyzodim mening yuz oncha xo`b.

Davr ichinda fitna ham ko`p, xo`b ham behad, valek
Bo`lmag`ay mingdin bir ul sarfitnai davroncha xo`b.


Kun bila tun yuz bila xattingcha xo`b ermas yaqin,
Bo`lsa bu gulshanda bo`lg`aylar gulu rayhoncha xo`b.

Husnig`a ushshoq agar mencha halok ermas ne ayb
Kim, kishi ul yuzni ko`rmaydur meni hayroncha xo`b.

Husnidin to`ymog` emas mumkinki, behad xo`b erur,
To`yg`ay erdim, bo`lsa erdi Yusufi Kan`oncha xo`b.

Ey ko`ngul, Farhodu Majnun bo`lg`ay erdi bizcha zor,
Bo`lsa erdi Laylnyu Shirin bizing jononcha xo`b.


Buki tarki ishq etarlar va`da yolg`on qilsa yor,
Qilsa bo`lmas, bo`lsa yor ul va`dasi yolg`oncha xo`b.

Ey ko`ngul, huru pariy vasfin eshittim, go`yiyo
Hech qaysi odamiylig`da emas insoncha xo`b.

Ey Navoiy, ko`yinnng xori ko`zumga gulcha bor
Kim, erur ollimda ko`yi ravzai rizvoncha xo`b.

44

Ajab yo`q o`lsa qora zulf orazingg`a niqob,
Quyoshqa tongmudurur bo`lsa shomi tiyra hijob.

Ko`zumga o`t chaqilib koji g`amdin, ashkim oqar,
Nechukki soiqa tushkach to`kar yog`inni sahob.

Magarki masjid ekandurki, bo`ldi butxona,
Yuzungki, ikki qoshingdin to`ridadur mehrob.

Soching` xayoli ko`zum bahri ichradur, yo ishq
Ko`ngul siyosatin istab, su ichra soldi tanob.

Yuzungki ayni haroratdin o`ldi g`arqi araq,
De ani chashmayi xurshid yo guli serob.

Xumor g`olibu mayxona eshigi bog`liq,
Tarahhum ayla manga yo mufattih-al-abvob.

Navoiyo, kelibon piri dayr ochsa eshik,
Ko`tarma bosh oyog`idin boshing gar o`lsa turob.

45

Yor og`iz ochmasqa dardim so`rg`ali toptim sabab,
Ko`p chuchukliktin yopushmishlar magar ul ikki lab.

Chayqalib go`yo tushar hayvon zuloli ichra mavj,
Iztirob ichra yuzungga solsa chin nogah g`azab.

Ko`hi dard ichra meni Farhod agar qilding xitob,
Chun seni dermen chuchuk jonim erur Shirin laqab.

Buki ko`nglumni iting tishlarda og`zin qochirur,
Yo o`ti, yoxud aning islang`ani erkin sabab.

Ishqi komil elni yo Farhod, yo Majnun qilur,
Gar erur ma`shuq yoxud armaniy, yoxud arab.

Eyki, faqr ichra qadam qo`ydung talab vodiysig`a,
Bo`lmasa tolib sanga matlub, sud etmas talab.

Shah harimida, Navoiy, necha topsang ehtirom,
Bilgil o`z haddingniyu behad rioyat qil adab.

46

Soching qorong`u tun, ey sarvqaddi shirinlab,
Yuzung tun o`rtasida jilva aylagan kavkab.

Yuzungda lab su aro o`t erur, bu asru g`arib,
Labingda xo`y o`t aro su erur bu asru ajab.

G`amingda «yo rab»-«yo rab»ni ko`kka yetkurdim
Qabul qurbini topqaymu, «yo rab», ul «yo rab».

Xayoli xasta ko`ngul ichrayu manga qayg`u
Ki, bu latifu yo`q ul yerda g`ayri ranju taab.

Esun iting jigarimni uzub-uzub, negakim
Kesib-kesib qoshig`a tashlamog`liq ermas adab.

Ne kelsa charxdin ich bodakim tafovuti yo`q,
Agar inoyat etarsen anga, yo`q ersa g`azab.

Navoiy, o`lmaki, matlubung o`lmasa tolib,
Sening ichingga nedin soldi muncha dardi talab.

47

Ul oyning gulshani husnin xazondin asrag`il, yo rab,
Gulu shamshodin osebi zamondin asrag`il, yo rab.

Baloyi ishq nogah uchrar, ushbu telbadin o`zga
Ulusni bu baloyi nogahondin asrag`il, yo rab.

Ul oy har yonki aylar mayl, ishq ahli hujum aylar,
Manga so`z buki: ani barcha yondin asrag`il, yo rab.

Nihoniy dardi aning muhlik ermish zahri qotildek,
Jahon ahlini ul zahri nihondin asragil, yo rab.


Manga nomehribonliq birla ul but qasdi din qildi,
Bari elni buti nomehribondin asrag`il, yo rab.


Xaloyiq dini torojig`a chiqti mast ul kofir,
Qayon mayl etsa islom ahlin andin asrag`il, yo rab.

Chiqarmen telba itdek ofiyat ko`yidin o`t sochib,
Jami`i yaxshilarni men yomondin asrag`il, yo rab.

Jahon ahlig`a qildim jon fidoyu qasdi jon ko`rdum,
Ne mahzun jonki bor, ahli jahondin asrag`il, yo rab.

Navoiyning fig`oni o`ti kuydurdi jahon ahlin,
Maloyik xaylin ul o`tlug` fig`ondin asrag`il, yo rab.

48

Xating ham xo`bdur asruyu xoling ham bag`oyat xo`b,
Labing ham xo`b erur, la`lingda nutqung benihoyat xo`b.

Boshingda ham binafsha, yuzda ham ul xollar xushtur
Ki, mushaf safhasi uzra ko`runur ushru oyat xo`b.

Chu so`z rangindurur, xushtur sanamlar la`lidin xushrok
Ki, lab rangin esa andin kelur rangin hikoyat xo`b.

Yuzung may nash`asidin xo`b erurkim, oqcha yuzlarni
Nazarg`a ko`rguzur, chunkim yetar o`tdin siroyat xo`b.


Degach sendin birov afsonae bas shod o`lurmenkim,
Ko`ngul ichra nashotangiz erur bo`lsa hikoyat xo`b.

Kishiga dardi dil qilmon, ko`ngulga tig`lar ursang
Ki, ermas xo`blardin notavonlarg`a shikoyat xo`b.

Qadah gar bermasang, ey dayr piri, ne osig` ranjim
Suluk etmas asar, gar pirdin yetmas hidoyat xo`b.

Ulub erdim firoq oshubidin, lekin menga soqiy
Bir-ikki-uch labolab jom ila qildi himoyat xo`b.

Tushub gul husnidin bulbulg`a mushkil lol edi, qilding
Navoiy hallig`a ul oy jamolidin rivoyat xo`b.


49

Qaysi bir tuhmatki bizga qilmadi nisbat raqib,
Qaysi birnikim eshitqach qilmadi bovar habib?

Chun raqibimg`a raqib erdi habib, erdim tirik,
Naylay o`lmaykim, habibimg`a habib o`lmish raqib.

O`z diyorinda g`arib eldin yetar chun javru zulm,
El diyorinda g`arib o`lmog`lig`im ermas g`arib.

Jon fido aylab dedim, vasling nasib o`lg`ay manga,
Bo`lsa jonim qasdi qilg`anlar nasibi, yo nasib.

Gar mening ishqimg`a husnungdin vafoe yetmadi,
Yo`q sening husnung mening ishqim nishoni anqarib.

Gulda chun rangi vafodin rangu bo`e yo`q emish,
O`tmagay erding bu gulshan sari kosh, ey andalib.

Ey Navoiy, uddek har dam ko`rarsen go`shmol,
Go`yiyo sen tifl rah, charxi muholifdur adib.

50

Nabotdin gazak etsang icharda bodayi nob,
Labingg`a yetkach, o`lur ul nabot la`li xushob.

Uchuqmudur buki, maygun labingda zohirdur,
Yo`q ersa may yuzida zohir o`ldi reza hubob.

Firoq yetmas edikim, raqib suhbati ham
Tamug` bas ermas edikim, izofa bo`ldi azob.

Sirishk oqar talabingg`a yugursa payki nazar,
Nechukki tez borur el sayr vaqti qilsa shitob.

Qoshinda yer o`pa olman qoshig`a tushsa girih
Ki, sajda rost emas, egri chun bo`lur mehrob.

Ne tongki, olami arvoh aro junun tushkay
Ki, ruh bo`ynig`a ul zulf soldi yuz qullob.

Sipehr zulmini aylar zamon musoviydur,
Agar sen etsang anga xoh lutfu xoh itob.

Zamona kimga vafo qildikim, manga qilg`ay,
Zamone ayla vafo, soqiyo, ketur mayi nob!

Navoiy aylasa mug` dayrini vatan ne ajab
Kim, ul eshik anga ochmish mufattih-ul-abvob.

51

Og`zi ramzin bilmasam, ey xurdadon, ko`p qilma ayb,
Xurda tutmoq rasm emas fahm etmaganga sirri g`ayb.


Jonmu yo la`ling chuchukdur desam, achchig`lanmag`il,
Nukta mubham bo`lsa, ey jonu jahon, so`rmoq ne ayb?

Subh go`yokim yuzung gulzoridin keldi nasim
Qim, to`luptur atridin gulga etak, nasring`a jayb.

Orazing uzra iki zulfungni ochmoq ne edi
Kim, yaqin xurshidig`a yopting sahobi shakku rayb.

Rostlig` irshodi bu yo`lda qilur tolibg`a pir,
Rost ul yanglig`ki, Musog`a aso berdi Shuayb.

Chun habibim chehra ochdi, shavq o`tig`a kuydilar,
Buzar o`lsun yoki Salmon, yo Anas, yoxud Suhayb.

Ey Navoiy qariding, chiqqil yigitlar bazmidin
Dim, shabob ayyomig`a nisbat emas davroni shayb.

52

Gul chog`i har gulga bir bulbul tarannum ko`rguzub,
Toza qonlig` dog` ila ko`nglum qushi afg`on tuzub.

Bo`ldi bir gul hajridin jismim ochilg`an gulbune,
Juzv-juzvin baski tishlab-tishlab olmishmen uzub.

Hajring ohi ham ko`ngulni buzdiyu ham qo`zg`adi,
El aningdekkim sovurg`ay g`uncha ajzosin buzub.

Za`fdin bukim yiqilmishmen qilurmen poybus,
Sarvdek ollimda qaddingning xayolin turg`uzub.

Multafit bulbulg`a sen, ey gul, tikanga yondashib,
Vah, necha o`lturgasen har lahza ani tirguzub.

Dayr piri ilgidin may durdi istarmen, valek
Roziy erman ichkali zohid ridosidin suzub.

Ey Navoiy, umr o`tar yeldek, o`zungni shod tut,
Elga yetmak mumkin ermastur chu sur`at ko`rguzub,

53

Shomi g`am yog`dirdimu ohim shafaqni su qilib?
Yo falak qon yig`lar ul oy ollida holim bilib.

Po`ya hangomi samanding na`li uchqan turfadur
Kim, sharar ko`rdiki chiqqay barq o`tidin ayrilib.

Tan uyida ko`nglum  andoqkim buzug`da xorpusht,
Baski atrofida paykoning turuptur sanchilib.

G`unchadek ko`nglum bir ochilg`uncha sensiz qon yutar,
Tah-batah a`zosi qon bog`lab yoqasi yirtilib.

Har dam ul gulchehradin ashkim bo`lur abri bahor,
Ko`zlarimga ishq ilgi kojidin o`t chaqilib.

Yo`q sening zuhdung mening jurmumg`a tag`yir, ey faqih,
Chun quruptur xomayi qudrat yozilg`an yozilib.


Nomavu qosid bila topmas Navoiy dardi sharh,
Chun tuganmas mehnati ne yozilib, ne aytilib.

54

Rahm etar kofir ko`zung ul zulfu yuzda chirmalib,
Go`yiyo bo`lmish musulmon o`tg`a zunnorin solib.

Xirmani sabrimni qo`zg`ab, ko`z yoshimni sochti hajr,
Uylakim har yon sochilg`ay dona, xirman qo`zg`alib.


Zulfungga majnun ko`ngul bog`landi, xotir jam` qil,
Telba qayda  borg`usi, zanjiri yerga sudralib.


Qatl chun qilding ko`ngulni bu kafan tikmak ekin,
O`qlaringkim qoldilar jon pardasig`a tevralib.


Gar o`yub olding ko`zumni, sendin olmoq istaman,
Husn agar budur, kishi bo`lmas ko`zin sendin olib.

Qomating bordi öazardin aylabon ko`nglumni resh,
Rost ul o`qdekki o`tkay, lek zaxm andin qolib.

Soqiyo, hajr o`lturur, may tutqil anda zahr ezib!
Mutribo, holimg`a yig`la navha ohangin chalib.


Qaddi shovqidin havo qilmoq tilar ko`nglum qushi,
Necha tan zindonida mahbus qolg`ay qiynalib.

Ey Navoiy, g`am tuni ermas shafaqkim, charxni
Qildi gulgun qon yoshing daryosi har dam chayqalib.

55

Gulruhi ra`noqadim chun bog` tavf aylar borib,
Infiolidin guli ra`no qizarib, sarg`arib.


Yuz shikof etting tanim, yo`q erdi ko`nglumdin nishon,
Uylakim o`t topmag`aylar kulni har yon axtarib.


Sovug` ohimdin yorug`luq oz,  vale ko`p tiyralik,
Qishda ul yanglig`ki, tun bo`lg`ay uzun, kun qisqarib.

Za`f vaqti ko`yidin chiqmoq taxayyul aylasam,
Ikki qatla har qadamda tinmoq istarmen horib.

Tutmadim bo`g`zim sabudek boda tarki aylabon,
May tilarmen piri dayr ollida balkim yolborib.

Soqiyo, lab tashnamen, andoqki, ko`k jomi to`la
Boda tutsang, sarnigun aylarmen ani sipqarib.

Ey ajal, hijron aro olding Navoiy jonini,
Lutf qilding, jonni andin ani jondin qutqarib.

56

Chun kular yoni so`kulgan jismi zorimni ko`rub,
Yig`lag`aymu yoni yemrulgan mazorimni ko`rub.

Uyla g`am dashtida tufroq o`lmishamkim, ul taraf
Kelmagay Farhod ila Majnun g`uborimni ko`rub.

Hajr o`ti to o`rtadi ko`nglumni aqlu hushu sabr,
Ittilar har yon qorarg`an ro`zgorimni ko`rub.

G`urbat ichra men o`lar holatda demang zinhor,
Kelsa nogohon birov yoru diyorimni ko`rub.

Uyla  majruh o`lmishamkim, qilmadilar tu`ma ham,
Aylab itlarga asar jismi figorimni ko`rub.

Soqiyo, ikki labolab jom ila tirguz meni,
Dahr eli anduhidin muhlik xumorimni ko`rub.

Ey Navoiy, dahr bo`stonig`a moyil bo`lma ko`p,
G`am xazonig`a badal bo`lg`an bahorimni ko`rub.

57

Dudi ohim kecha-kunduz chu falak sari borib,
Subhg`a dam tutulub, shomg`a oraz qorarib.

Ishq bog`ida firoq ilgi umidim naxlini,
Yo`qki shoxin ushatib, balki tubin ham qo`parib.

Seni istarga nazar payki yugurdi oncha
Kim, emastur yoshidin qatra ayog`i qabarib.

Chirmashiptur o`qig`a pay kebi jon rishtalari,
Ey ko`ngul, emdi bo`lurmu ani tortib chiqarib,

Toshkim, yog`di yalang jismima g`am xaylidin,
Lolalar ochdi bu tufroq yog`inidin ko`karib.

O`qining teshmagi ko`nglumni bas ermas edikim,
Boshoq istarga dog`i tig` ila har sori yorib.

Sargaron qildi meni uyla xumor, ey zohid
Kim, uyatdin boqaolman yuzunga bosh ko`tarib.

Mayli dunyoki, solur kimsani tinmaslikka,
Tinibon ko`ngli aning kimki, ko`nguldin chiqarib.

Yorumoq istar esang avval arit ko`ngulni,
Ey Navoiy, ko`zi yorub kishikim, ko`ngli arib.

58

Tig` ila xoki tanimni har taraf yording kelib,
Naqdi jon olmoqqa bu tufrog`ni axtarding kelib.

Keldingu ko`nglumni yuz chok etmaguncha bormading,
Ba`d umre, ey sitamgar, yaxshilar bording kelib.

Jon senga qurbonki, olib jon, ko`ngul afg`onidin
Ham o`zungni, ham meni, ham elni qutqarding kelib.

Qatl bas erdi, tanim ul ko`ydin sudramaking,
Ortuq erdi, ey jafojo`, haddin o`tkarding kelib.

Ey ko`ngul, ozdur senga bu hamki, ul oy ko`yidin,
Man`lar qildim vale yuz qatla yolbording kelib.

Soqiyo, yetkurmish erdi jonni og`zimg`a xumor,
Jon fidong o`lsunki, bir may birla qutqarding kelib

Zuhd etib erdi Navoiyni xarob, ey mug`bacha,
Tengri yoringkim, fano dayrig`a boshqarding kelib.

59

Tuganmas mehri yo`q hajrim tuni sharhin savod aylab,
Varaq aflok o`lub, ul tun savodin-o`q midod aylab.

Ulusni oqizur ashkim, falakni kuydurur ohim,
Chekib un yig`lasam g`am shomi ul mahvashni yod aylab.

Murodi nomurod o`lmoqdin ortug`roq emas mumkin,
Murodin gar topar ul sho`x, bizni nomurod aylab

Inonib vaslig`a hajrin unuttung, ey ko`ngul, lekin
Dutulg`aymu o`lumdin, umrig`a el e`timod aylab.

Meni xud ul pariy hajri qilib sahroda sargardon,
Chekib bechora Laylo ohu Majnun e`tiqod aylab.

Sovurg`il aql uyin, gardun, meni majnun agar o`lsam,
Tanim tufrog`iyu ohim yelidin girdbod aylab.

Oyog` yolang borib qilding imorat Ka`bani go`yo,
Oyog`ing o`pmagi birla buzug` ko`nglumni shod aylab.

Boshim ham zuhd uyotidin quyi tushmish ham andinkim,
Borurmen dayr sari xonaqahg`a xayrbod aylab.

Navoiy ko`nglini ko`p mehr ila oldi ul oy andoq
Ki, olg`ay mushtariy qalloshlar molin muzod aylab.

60

Ey ko`ngul, mast o`lali azmi xarobot aylab,
Dayr ko`yida gadoliqqa mubohot aylab.

Boda tutkim, bu ulug` korgah ahvolindin,
Hech fahm o`lmadi har necha xayolot aylab.

Xush maqom angla fano dayrinikim buyla maqom
Topmadi ahli vara` qat`i maqomot aylab.

Rindi mayxora qadah tuttiki, zohid hargiz,
Qilmadi buyla karam arzi karomot aylab.

Qo`yg`il o`zlukni gar odam esang, inak shayton
Kibr ila nayladi ko`r, oncha ibodot aylab.

Ganj ummidi bila tufroqqa el kirdi base,
Umr zoyi` qilibon fikri mahobot aylab.

Chekma ko`p ranj, Navoiyki, kishi topmaydu.
O`zidin xalqni xushnud muroot aylab.

61

Bahor elga ayshu manga iztirob,
Kulub holima barqu yig`lab sahob.

Solib tufrog` ustida bir gul g`ami,
Orig`liq sudek jismima pechu tob.

Ketib g`unchadek dag`i nargis kebi,
Og`iz birla ko`zdin manga xo`rdu xob.

Esib xalq sari nasimi visol,
Menga hajr o`tidin yetib iltihob.

Guli vasl agar dahr bog`ida yo`q,
Etar qatlima hajr xori azob.

Ko`han dayr bedodu zulmi bila,
Darig`oki, o`tdi zamoni shabob.

Chu yo`q vasl, bexudlug` ovlodurur,
Qadah davrig`a ayla, soqiy, shitob

Ki, o`zni qilay necha sog`ar chekib,
Bu dayri xarob ichra masti xarob.

Navoiy, desangkim zamone tinay,
Zamon ahlidin aylagil ijtinob.

62

Ko`zungdin ham ko`ngul, ham jonda oshub,
Demay jonu ko`ngul davronda oshub.

Nechakim solsa oshub elga hayrat,
Uluscha yuz meni hayronda oshub.

Chamanga bormish ul gulrux emas yel
Ki, ohimdin durur bo`stonda oshub.

Hazin jonu ko`ngulda ko`zlaringdin
Tushuptur munda ofat, anda oshub.

Ko`zum bulg`andi mavji ashkdin, voy,
Ko`rung ko`lakidin ummonda oshub.

Bo`lay sadqang, meni ko`p qilma muztar,
Necha bo`lg`ay bu sargardonda oshub.

Qadah tut, soqiyokim, asru tushmish,
Buzug` ko`nglum oro hijronda oshub.

Iligdin solma bir dam davr ayog`in,
Falakdin chun tushar davronda oshub.

Solur ko`nglum, Navoiy, ne ekankim,
Yana ko`ptur bu besomonda oshub.

63

Ko`zum yoshimu oqib, ul quyosh sari.chu boqib,
Yo`q ersa tobidin aning ko`zumga termu oqib.

Ne ko`zdur ulki, itiga solurda bag`rimni,
Qiyib-qiyib olib, andin qiyo-qiyo chu boqib.

Uzuldi tori hayotim mening, magar ul umr,
Uzunroq etkay ani zulfi rishtasini taqib.

Etishsa koji firoq ko`zumga o`t chaqilib,
Ko`ngulni o`rtagali ham falak bu o`tni chaqib.

To`pamni sarzannsh ilgi teng etti yer birla
Ki, har kishiki, yetib, ko`yida boshimg`a qoqib.

Chu ishq o`tin yoraliq ko`nglum ichra yoqti ul oy,
O`ngoldi zaxmi bu marham jarohatimg`a yoqib.

Yashurmoq istamagil mayni mendin, ey soqiy
Ki, tiyra aylamagay ayshim ul quyosh uyoqib.

Jahonni bir kesak angla, havosi — gardi balo,
Bu garddin qutulub har kishi ani yiroqib.

Navoiyo, chu sipah chekti ishq ko`nglumga,
Salohu zuhd ila taqvo buzuldilar uloqib.

64

Bu kecha bazmim aro turfalar ifsho aylab,
O`rtadi ishq ikki ofat manga paydo aylab.

Biri dastorida gulrang o`tag`a sanchib,
Qon xayoli boshida erkanin imo aylab.

Birining boshi uza titraguch ul yanglig`kim,
Titrabon ruh chu ul sari tamosho aylab.

Birisi sarxushu qoshida girih, ilgida tig`,
Yuz ming imonu xirad mulkini yag`mo aylab

Birisi gul uza oshufta qilib sunbulini,
Yuz tuman jonu ko`ngul xaylini shaydo aylab.

Ishq gohi urubon jonima hayrat barqi,
Chun aning jilvayi husnini tamosho aylab.

Nafs gohi solibon ko`ngluma ishrat havasi,
Chun munung davlati vaslini tamanno aylab.

Agar ul husn tamoshosig`a bo`lsam moyil,
Ruhni volih etib, aqlni shaydo aylab.

Yo`qsa bu vasl tamannosig`a bo`lsam rog`ib,
Komi fikri meni ofoqda rasvo aylab.

Manga ne ul bo`lib alqissa muyassar ne bu,
Goh ani zohir etib, gah muni ixfo aylab.

Ey Navoiy, dema ko`p, harzavu qil istig`for,
Tengridin ofiyatu tavba tavallo aylab.

65

G`ozavu surmag`a chun ko`ngli borib,
Gul qizarib, dag`i nargis qorarib.

Qoldi deb g`amzam o`qi ko`nglung aro,
Istayu har sari ko`ksumni yorib.

Ne quyoshdurki, xayol ichra yuzi,
Nazarimg`a chu kelib ko`z yosharib.

Ishq naxlini ko`ngulda ektim,
Barchaning mayli niholin qungarib.

Talabingda yugurib payki nazar,
Onchakim boshtin ayog`i qabarib.

Yor aksining o`lub jilvagahi,
Kishikim xotiri mir`oti arib.

Dayr piri qulimenkim may ila
G`ayr naqshini ko`nguldin ketarib.

Shu`layi oraz ila mug`bachalar,
Dayr aro dud boshimdin chiqarib.

Ko`ksini qildi Navoiy chu shiyor,
Tuhmi mehringni bu mazra`da tarib.

66

Yor ul vaqt jafo rasmi tutub
Kim, vafo da`bu tariqin unutub.

Xalqni g`ofil etib qatl qilur,
Ko`z ochar fitnag`a elni uyutub.

Yuzu og`zing g`amidin ko`z yoshim
Chun oqib, gul ochilib, g`uncha butub.

Bo`lubon xayli malak parvona,
Chun qazo sham`i jamoling yorutub.

Furqating do`zaxig`a xotirni,
Bog`i jannat aro bo`lmas ovutub.

Bu fano dayrida ulkim ichmay,
Baski davron aro xunoba yutub.

Zahri g`am tutti Navoiyg`a firoq,
La`ling ummididin og`zin chuchutub.

PE HARFINING PARIYVASHLARINING PARVOZI «NAVODIR»DIN

67

Ul pariyning chu bu majnundin erur vahshati ko`p,
Manga andin neki, ahbob ila bor ulfati ko`p.

Tushsa kuygan tanima soiqayi ishqi ne tong
Kim, sharar birla bo`lur so`xtaning nisbati ko`p.

Ko`ngluma vasl zuloli bila bergil taskin
Kim, ani kuyduradur ishq o`tining hirqati ko`p.

Kuymagim daf`i uchun do`zax o`tin istarmen,
Negakim jonima yetti sharari furqati ko`p.

Jonni ul nav`ki tan orzu etkay behad,
Ruhbaxsh erninga jonimning erur hasrati ko`p.

Holatim sa`b esa ul pok g`amidin ne ajab,
Ishqning shiddati ko`p, husnning ar iffati ko`p.

Dayr piri chu karam birla talofiy aylar,
G`am emas gar yetishur mug`bachalar shiddati ko`p.

Bodayi sof bila daf`i kudurat qilsun,
Anikim tiyra qilur davr elining zahmati ko`p.

Ey Navoiy, chu o`tar yaxshi-yomon, g`am yemadeg,
Ulki davronda erur ishrati kam, mehnati ko`p.

68

Avval ista manzili amnu harifi soda top.
Chunki bu ikki muyassar bo`ldi, nuqlu boda top.

Iktifo qilma bularg`a, istar ersang lahzae,
Nukta surmak bir harifi foniyi ozoda top.

Kim ko`ngul sayd etsa, lo`liy bo`lsakim tut mug`tanim,
Aytman arlot yo barlosdin mirzoda top.

Ey pariyruh, ishq kelmas taxt ila toj ahlidin,
Istasang oshiq meningdek bedili uftoda top.

Necha ishq ahlini aylab imtihon, rad qilg`asen,
Har jafo aylarga ko`nglum istavu omoda top.

Ey ko`ngul, gar shayx ishqing man` qildi, qilma ayb,
Olam ichra bore avval bir aningdek loda top.

Ey Navoiy, umrung o`tti necha but zikrin demak,
Go`shae tut emdi, bir tasbih ila sajjoda top.

TE HARFINING TOROJGARLARINING TAMOSHOSI «NAVODIR»DIN

69

Chun qo`yub ketkung jahon mulkin musaxxar bo`ldi, tut,
Chun yotib o`lgung falak taxti muyassar bo`ldi, tut.

Bir ovuch su topmayin o`lsang kerak chun tashnalab,
Bahr ila bar fathida o`zni Sikandar bo`ldi, tut.

Chun xumog`a tu`madur oxir boshingda har so`ngak,
Ul xumo boshingg`a besh kun soyagustar bo`ldi, tut.

Afsaringni shomi tufroqqa urar chun davri charx,
Subh zarrin tojini boshingg`a afsar bo`ldi, tut.

Ne Faridundin asar chun qoldi, ne Jamshiddin,
Hashamating Jamshidu Afridung`a hambar  bo`ldi, tut.

Ul gul aylar ro`zgoring tiyra, o`rtar bu sharar,
Bas muti`i hukmu ra`ying charxu axtar bo`ldi, tut.

Ul bag`ir qoni, bu ko`z yoshi durur chun ofiyat,
Durru la`ling qon ila daryog`a munjar bo`ldi, tut.

Chun lagadko`b qazo past etkusi tavsanlig`ing,
Tavsani gardun rikobingg`a takovar bo`ldi, tut.

Ey Navoiy, ich fano jomin, yo`q ersa tengdurur,
Davri dun ra`ying bila gar bo`lmadi, gar bo`ldi, tut.

70

Bir maqomi amn top, anda burun orom tut,
So`ngra tuz bazmu diloromingg`a har dam jom tut.

Garchi kunduz mehr tobidin yorug`roqdur jahon,
Buyla jomi ayshni, albatta, lekin shom tut.

Yori gulrux la`li serobiyu sog`ar qonidin,
Ham mayi gulrang no`sh et, ham mayi gulfom tut.

Bir nafas mutrib surudi dilkashidin boda tot,
Bir zamon soqiy aqiqi beg`ashidin kom tut.

Bo`lma bot usruk, g`animat tut bu yanglig` kechani,
Jomiy may tun avvalidin to saharhangom tut.

Bo`lsa bo`g`ay elga bu davlat muyassar, ey ko`ngul,
Bizga lekin dast bermakni xayoli xom tut.

Gar Navoiy voliyingdur, qovmag`il, ey mug`bacha,
Ani ham bu dayr aro bir rindi durdoshom tut.

71

Navbahor o`ldiyu men hajrida, soqiy, may tut,
Toki yig`lay qilibon arbada andoqki bulut.

Hajrdin abri bahoriy kebidur tiyra ko`zum,
Ko`z yumub ochqucha, ey barqi visol, ani yorut.

Sen sumanbarsenu men lola kebi qon arokim,
Doyaiy dahr beriptur manga qonu sanga sut.

Hajr  anduhidamen, soqiy, ul oydin so`z deb,
Meni bir-ikki to`la sog`ari may birla ovut.

Ikkn la`lingni o`pay, dag`i baho jon berayin,
Gar baho o`ksuk esa, sen dag`i nisfin o`ksut.

Boda chun boisi nisyon emish oncha ichayin
Kim, manga har neki juz yordurur bo`lsun unut.

Ey Navoiy, manga bas ul sanami lo`liyvash,
Bekka qipchoqu og`ar, shahg`a qiyotu bilgut.

72

Yoshurun dardimni zohir qildi afg`on oqibat,
Asrag`an rozimni yoydi sayli mujgon oqibat.

Yoshurub erdim bag`ir chokini, vahkim, qildi fosh
Har taraf ko`zdin tarashshuh aylagan qon oqibat.

Tig`i hajringdin nihon ko`ksum shigofin, ohkim,
Elga ravshan ayladi choki giribon oqibat.

Voykim, ko`ksum shikofidin ulusqa bo`ldi fahm,
Ishq o`ti bag`rimg`a qo`yg`an dog`i pinhon oqibat.

Shavqidin dam urmayin bedodig`a xursand edim,
Vahki, bo`ldum hajridin rasvoyi davron oqibat.

Gar budur kofir ko`zu zunnori zulfi, ey faqih,
Bo`lg`udek men dayr aro mastu parishon oqibat.

Ishq ko`yida jununumni munodiy ayladi,
Hajr toshidin munaqqash jismi uryon oqibat.

Dahr bo`stoni aro sarkash nihole ko`rmaduk,
Soya yanglig` bo`lmag`an yer birla yakson oqibat.

Ey Navoiy, davlati boqiy tilarsen vaslidin,
Ani kasb etmak fano bo`lmay ne imkon oqibat.

73

La`lidin chunki takallumda tomar obi hayot,
Sovug` ohimdin o`lur bog`lasa muz habbi nabot.

Ul pariy ko`zdin uchar, ko`z dag`i shavqidin uchar,
Vahki, men uchqali ham yo`qturur egnimda qanot.

Zulfung ollida  binafsha suda ko`rgach aksin,
Qo`ymadi yona boshin yuqori qilmoqqa uyot.

Boribon har necha bot kelsa, ko`runur menga kech,
Kelibon har necha kech borsa, ko`runur manga bot.

Sirri ishqingni dey olman, yoza ham olmankim,
Tili ikki qalamu ko`ngli qora keldi davot.

Men tilab husn, vale shoh tilab aslu nasab,
Menga lo`liy bila hindu, anga qo`ng`irotu qiyot.

Soqiyo, hush kerakmas manga hijron damida,
Boda tut, doruyi behush vale bodag`a qot.

Tiladim yor, hayot aylay anga sarf dedim,
Vahki, ul dag`i vafo qilmadi andoqki hayot.

Ey Navoiy, tilasang sayli fanodin maxlas,
Faqr dashtida kerak tog`dek oromu sabot.

74

La`l emas shirin labingkim, jon topar andin hayot
Kim, so`rub bildim ul ermish la`lgun qilg`an nabot.

Lek ul yanglig` nabotekim quyar chog`da ani,
Shirasi jon shirasi ermish, suyi obi hayot.

Oqsa ruxsorida xay, ne tong ko`ngul to`qtatmasam,
Tog` bo`lsa topmas ul sayr ichra imkoni sabot.

Hajr dudidin qora bo`lg`an ko`ngul ichra o`qung,
Sharhi holim yozg`ali bo`lmish qalam birla davot.

Xo`blar xayli aro har sari tushmish rustaxez,
Go`yiyo maydon ichiga chobukum sekritti ot.

Boqma ey zohid, haqorat birla ashyo sarikim,
Bo`lmag`an aning sifoti mazhari yo`q hech zot.

Ey, Navoyi, ko`rgali ani uchar har dam ko`zum,
Lek ne sud uchmoq ul qushkim anga yo`qtur qanot.

75

Sho`x ikki g`izolingni noz uyqusidin uyg`at,
To uyqulari ketsun, gulzor ichida o`ynat.

Tishlabki, soching o`rdung, ochqanda parishon qil,
Ofoq savodinda jon royihasin butrat.

Kulbamg`a xo`y afshon kel, zulfung qilib oshufta,
Anjum sipahin sindur, ofoq ulusin qo`zg`at.

Oraz quyoshin ochib ashki qurug`an ko`zni
Ko`p hajrda yig`latding, bir vaslda ham yig`lat.

Bir oh ila kul bo`ldum, ey charx, tilab topib,
Farhod ila Majnung`a oshiqliq ishin o`rgat.

Xoro tubiga yotqung, yo`q sud agar yuz yil,
Ko`k atlasi ustida jismingni yotib ag`nat.

Bazm ichra Navoiy ko`p yig`lar esa, ey soqiy,
Hush eltkuchi doru jomig`a aning chayqat.

76

Menga begonadurur ul butu men ishqida mast,
Oshno bo`lmayin etti meni begonaparast.

Labidin jon isi keldiyu men o`ldum behud,
Vah, ne maydurki isi yetkach, etar xalqni mast.

Sabzxatlar bo`yi qisqardi bo`yung jilvasidin,
Sarvning tegrasida sabza ko`rungandek past.

Tobg`a tushti quyosh panjasi husnung qo`lidin,
Sidra gar hamqading o`lsa, quyosh o`lg`ay hamdast.

So`rma dayr ichra shikastimniki, bir mug`bachaning
Zulfi zunnoridin o`ldi menga bu nav` shikast.

Tunu kun mast esam, ey shayx, meni yozg`urma,
Sog` o`lurmu kishikim, ichti mayi jomi alast.

Ey Navoiy, seni chun qildi qazo kofiri ishq,
Forig` o`l but qoshig`a sajda qil emdi payvast.

77

Bodayi ishqing ko`rub topti buzug` ko`nglum shikast,
Sayl yetmasdin burun vayronim o`ldi yerga past.

Goh g`altondur, gahe uyqudadur usruk ko`zung,
Yo`q taajjub, goh g`alton bo`lsa, gah uyquda mast.

Ul sanamg`a sajda qilsam, zohidi xudbin, ne ayb,
Butparast o`lmoq ko`p ortug`roqki bo`lmoq xudparast.

Soqiy ilgin berdikim, o`ptum dag`i ichtim qadah,
Naylasun ichmay qadah har kimga mundoq bersa dast.

Ko`ksuma na`lu alif shakli imorat tarhidur,
Tashqari ham yetti ishqing mulkiga devori past.

Zohid ayturkim, may ichma, vah, aning hukmi bila
Sog` o`la olg`aymu masti bodayi jomi alast.

Ey Navoiy, ishq ila ko`nglum xayol etti masof,
Ro`baro` bo`lg`ach mening qalbim sari tushti shikast.

78

Ey ko`ngul, dedimki, aylab azm jononimg`a yet,
Demadimkim, turg`ilu afg`on bila jonimg`a yet.

Boshing ol ket, lek chun ham bekasu ham xastamen,
Holatim so`rmoqqa  gohe bayt-ul-ahzonimg`a yet.

Chunki ko`rdungkim o`lubmen, tutma motam, qayt bot,
Ul dami jonbaxshu la`li obi hayvonimg`a yet.

O`lganimni arz etib yig`lab degilkim, ey Masih,
Aylabon lutf ul qatili tig`i hijronimg`a yet.

Kelmak o`lsa itlari jismim tugatmasdin burun
Boshlabon ul kofiri qotilni vayronimg`a yet.

Etkach-o`q chun tirguzur, qo`psam bo`lay deb sadqasi,
Zinhor ul dam madad aylar uchun yonimg`a yet.

Deb eding, yetkum Navoiyg`a qatig`roq tushsa ish,
Ushbu damkim, hajr qasd aylab turur qonimg`a yet.

79

Tiyravu afsurdabiz, ey ishq tarqatqan bulut,
Bir balo barqi bila ham o`rta bizni, ham yorut.

Ko`z necha bo`lg`ay quruq zuhd ashkidin ul zarq ila.
Shu`la tortib, ey balo ohi o`ti, ani qurut.

To qachon qilg`ay ko`ngulni ma`siyat dudi qora,
Bir charog`i husn ila, ey ishq, ul uyni yorut.

Aylabon barbod zuhdu ilmni, ey piri dayr,
Tifli rahdek emdi bizga ishq alifbesin o`qut.

Husn itibdur, ey musavvir, tortibon bir turfa shakl,
Qayg`uluq ko`nglumni ul suvrat bila gohe ovut.

Hosili umr, ey ko`ngul, chun ishq emish o`rgan ani,
O`zga umrungda nekim hosil qiliptursen unut.

Ey Navoiy, bersa bir lo`liyvashe savdosi dast,
Zinhor ikki jahon sarmoyasi tarkini tut.

80

Kim ekin maydonda, yo rab, ul to`ni gulgun yigit
Kim, g`amidin tosh urar ko`ksiga yuz mahzun yigit.

Ne ajab xam qad bila sarg`arsa ruxsorimki, bor
Dilbarim bir qomati ra`no, yuzi gulgun yigit.

Men chekarga ranju mehnat g`am tuni ojiz qari,
Ko`nglum olg`an zulmu bedod ichra ro`zafzun yigit.

Ey yigit, husnung zakoti so`r qarilar ko`nglini,
Kimsani qo`ymas hamisha chun bu dahri dun yigit.

Men xarif bo`lg`an qarig`a qayda mayl etgay birov
Kim, erur shaydosi g`am dastida yuz majnun yigit.

Naylayin to`rtunchi gardunning qari mehrinikim,
Ko`rmamish olamda mohimdek to`quz gardun yigit.

Men so`zi kavn ahlig`a afsonalig` qilg`an qari,
Sen ko`zi Kashmir eliga o`rgatur afsun yigit.

Chun qariding, chiq yigitlar bazmidinkim, qarining
Kelmagidin  yo`q,  boruridin durur mamnun yigit.

Ey Navoiy chun qari bo`ldung ibodat kunji tut,
Elga xor aylab o`zingni bo`lmag`ingdur chun yigit

81

Ohkim, oldi qarig`an chog`da ko`nglum bir yigit
Kim, agar jon bersam, istig`nodin o`lmas multafit.

Qasdima ul novak aylab tezu men sudrab aso,
Ko`yida har yon yeshilgan o`ylakim g`anchiliq it.

Men kimu islom kim, sajjoda birla xirqani
Ayladi ul butning atfol xayoli titu pit.

Ashk hajrinda ko`zum oq etdi andoqkim mamuq,
Jolayi ashk ul momug`din yog`di andoqkim chigit.

Bir nasihat bordurur, lekin qulog`ingg`a degum,
Yuz yaqin tut bu qaridin, ey yigit, bir pand eshit.

Qad chu xam bo`ldi emas hech ish munosib juz ruku`,
Sajda o`rnin oh ila, xoshak ila xasdin arit.

Ey Navoiy, chun seni kuydurdi charx, emdi ne sud,
Oh o`tidin sen ani xohiy qizit, xohiy erit.

82

Habib g`ayr ila may ichti, en ko`ngul, qon yut,
El ichsa vasl mayin, boqu zahri hijron yut.

Chu hajr muhlik erur, boda ermas anga iloj
Tutayki, jomi may o`rniga shirai jon yut.

Mengaki do`st kerak, ey Xizr, yutarmen qon,
Sengaki umrdurur kom, obi hayvon yut.

O`qidin, ey ko`ngul, ich sharbat o`rnig`a xunob,
Ushoq muz o`rnida ul sharbat ichra paykon yut.

Visol no`shini to mumkin bo`lg`ay istar esang,
Firoq zahrini, bas, ulcha bo`lg`ay imkon yut.

Ichingda sirri haqiqatni yoshuray der esang,
Ulustin   ul guhari bebahoni pinhon yut.

Navoiy, ayla aning ishqi tarkini, yo`q esa
Chu g`ayr ila may ichar, boqu zahri hirmon yut.

83

Chobukekim qatl uchun surdi yana maydong`a ot,
Odamiy qolmas tirig solg`an zamon javlong`a ot.

Budurur ma`noki, shoyad qolg`an erkin bir kishi,
To aning jonin ham olg`aykim, surar har yong`a ot.

Har kishini qatlkim aylar, o`larmen rashkidin,
Vahki, bir ham yongilib surmas meni hayrong`a ot.

Ne balo qattig` ko`nguldurkim qatl el qonig`a
Ot surar surgan masallik lolavu rayhong`a ot.

Uylakim buzg`ay quyunni o`zga bir to`fon kelib,
Ul sifat nobud etar surgach bu sargardong`a ot.

Kimni o`lturmakka otsang o`q, mening jonim chiqar,
Bir dag`i tirguzgali men bedili bejong`a ot.

Davrdin ko`p ranjamen, usruk chiqib mayxonadin,
Raxshi himmat uzra solmoq istaram davrong`a ot.

Shomi tufroqqa kirardin chora yo`qtur, garchi subh
Kimki, sekritkay quyoshdek bu binik ayvong`a ot.

Qo`s uni tuttn Navoiy nazmidek ofoqni,
Go`yiyokim sayr etarga chektilar sultong`a ot.

84

Etilmish, olloh-olloh, ne qomat, ul qomat
Ki, olam ahlig`a soldi qiyomat ul qomat.

Qo`ngarg`ay asramayin bog`bon nihollarin,
Chamanda sarvdek etsa iqomat ul qomat.

Chu qildi jilva, vafo sari hech qilmadi mayl,
Jafoda topqan uchun istiqomat ul qomat.

Xirom vaqti xaloyiqqa fitna yog`durdi
Ki, borcha fitnadin o`lsun salomat ul qomat.

Boshimg`a yettiyu o`lgan tanim ravon topdi,
Bu ishni rostiy etti karomat ul qomat.

Chu noz jilvasini sarvdek qilur bilingiz
Ki, qatl etardin erur benadomat ul qomat.

Navoiy, emdi o`zungdin ilig yuvkim, o`lgung
Ki, zohir ayladi shaqqi qiyomat ul qomat.

85

Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg`a ayt,
Yig`larimning shiddatin gulbargi xandonimg`a ayt.

Buki aning ahdu paymonida men o`lsam dag`i
Yaxshi fursat topsang, ul bad`ahdu paymonimg`a ayt.

Buki aning zulfi zunnorida dinim hosili
Kufr ila bo`lmish mubaddal nomusulmonimg`a ayt.

Buki qilmishmen jahonu jonni aning sadqasi,
Yuz tuman jonu jahondin yaxshi jononimg`a ayt.

Buki yuz jon sadqasi qilsam pushaymon bo`lmag`um,
Vaslig`a bir va`da qilg`andin pushaymonimg`a ayt.

Buki yuz ming fitnako`zlug bo`lsa paydo onsizin,
Qilmag`um nazzora hargiz ko`zi fattonimg`a ayt.

Buki chok aylab yoqa, usruk chiqar el qasdig`a,
Men o`lib el jon topar, bebok nodonimg`a ayt.

Dahr bog`i gullari husnin vafosiz erkanin,
Yuzi gul, jismi suman, ko`yi gulistonimg`a ayt.

Ey Navoiy, hech gulshanning seningdek xushnavo
Bulbuli yo`q erkanin shohi suxandonimg`a ayt.

86

Ishq soldi xonumonim ichra o`t,
La`li otashnoki jonim ichra o`t.

Nega yetkan yerga o`rtar xalqni
Bo`lmasa ohu fig`onim ichra o`t.

Qo`nglum ermas tandakim, hajring aro
Tushti jismi notavonim ichra o`t.

O`qlaringning kasratidin chektim oh,
Tushti andin naysitonim ichra o`t.

Hajrdin kuydi so`ngaklar, vahki, ishq
Soldi xoshoki nihonim ichra o`t.

Soqiyo, maydin su urkim, soldi davr
Joni benomu nishonim ichra o`t.

Ey Navoiy, chun chaqildi barqn ishq,
Tushti andin xonumonim ichra o`t.

87

Qildi dushman rahm, baskim qildi javr izhor do`st,
Ey ko`ngul, dushman top emdi, tutmag`il zinhor do`st.

Har zamon dushmanlarim ozurdadur, ey do`stlar,
Baski, har dam yetkurur men zorg`a ozor do`st.

Dushman ar jonimni afgor  aylasa, qildi bihil,
Javr tig`idin chu ko`nglum aylamish afgor do`st.

Kecha dushmanlarg`akim, nolamdin uyqu kelmadi,
Ranjamen  mundin dag`ikim, bo`lmadi bedor do`st.

Men o`lar holatda, dushmanlar ko`runub do`stvash,
Nevchun o`lmaykim,  kelur  boshimg`a  dushmanvor do`st.

Kulsa dushman ayb emaskim, ko`rmadim oz ham vafo,
Garchi qozg`andim qilib jonim fido bisyor do`st.

Charxning mehriga mag`rur o`lmag`ilkim, g`adri bor,
Hargiz o`lmas kimsaga ul dushmani g`addor do`st.

Soqiyo, qil do`stluq, tut bodakim yo`qtur g`ami,
Bo`lsa olam dushmani har kimga sendek bor do`st.

Itlaring g`avg`o qilur go`yo Navoiy o`ldikim,
Boshi uzra jam` o`lub afg`on qilurlar yoru do`st.

88

Eyki, fayz istarsen, o`zni sarvdek ozoda et,
Har parishon naqshdin safhangni guldek soda et.

Gar fano dashtig`a kirgungdur su xud ko`z yoshi bas,
Lekin avval zodsizliq zodini omoda et.

Tayyi arz etsang chokindek bir shararcha ko`rmagil,
Barqdek o`zni fano tufrog`ida uftoda et.

Bir fano ohi yelidin sarbasar barbod o`lur,
Gar havo uzra bulut ajromini sajjoda et.

O`zni rasvoliqqa qilmoqdur alam gar tug`unga,
Ko`k livosin shuqqa dag`i sidra shoxin xoda et.

Ko`mgan o`lg`aysen boshingni bir ovuch tosh ostida,
Tojingga ziynat agar la`lu duru bijoda et.

Er ersang, bo`l sulbkim, ne moda bo`lg`ungdur, ne nar
O`zni gar yuz qatla olam ahlidek narmoda et.

Ofiyat kunjida erdimkim, dedi «ey mug`bacha,
Dinu islomim uyin buzmoqqa mayli boda et».

Naqd jannatdur Navoiy kavsaroso may ichib,
O`zni zoru volihi bir sarvi huriyzoda et.

SE HARFINING SAMIN GAVHARLARINING SAMARASI «NAVODIR»DIN

89

Zamona erur chun mahalli havodis,
Zamone kerak bo`lmasang anda mokis.

Amal qasrini aylama anda ihdos
Ki, har lahza bo`lg`ay o`kush fitna hodis.

Chiqarg`a bu vayronadin chora yo`qtur,
Gar Odam vagar Nuhu gar Somu Yofas.

Bo`lur tiyra ko`zgung, to`lar zahrai joming
Tutaykim, bo`l Iskandaru Jamg`a solis.

Jahon shug`li sari talab qilma mujib,
Aning tarkini tutqali ista bois.

Fano xonaqohi aro somit o`lg`il,
Yo`q ulkim baqo darsgohida bohis.

Navoiy, amal xirmani ichra o`t sol
Ki, bo`lmoq kerakmas bu mazra`da horis.

90

Falak havodisidin bo`lsa har  balo hodis,
Ul oy vasilasidindur burun manga hodis.

Agarchi dard hudusidur ulcha mumkin erur,
Valek bo`lmadi  bir dardima davo hodis.

Netib haramg`a qilay azm, dayr ichinda manga
Ki, bo`ldi mug`bachalardin yuz ibtilo hodis.

Baliyyat ahlini ozod aylamish  gardun,
Nedinki barcha balosi bo`lur manga hodis.

Sipehrdin ne shikoyat erur chu qismi azal,
Agar vafo yetishur, gar bo`lub jafo hodis.

Sipehr fitna to`kar yerga, lek ul oydin,
Erur ne fitnaki bo`lg`ay jahon aro hodis.

Hudus topmadi erkan Navoiy emgagicha,
Jahonda ishq baliyyoti bo`ldi to hodis.

91

Mening rasvolig`img`a bodayi gulgun erur bois,
Mayi gulgun icharga soqiyi mavzun erur bois.

Pariyvashlar jafosig`a gunah bil telba ko`nglumdin,
Bukim tosh yog`durur atfol, anga majnun erur bois.

Falak bejurm erur, g`am kelsa bu mahzun sarikim, huzn
Topib o`z jinsini kelmakka bu mahzun erur bois.

Sovursam ko`kka tufroq, dard vodiysida tong yo`qkim,
Quyundek buylakim sargashtamen, gardun erur bois.

Ne tong bu telba og`zida so`zi doim ul oyningkim,
Pariy vaslig`a aksar el aro afsun erur bois.

Labing jonbaxsh, ayog`din boshinga qotil, ne ayb o`lsam,
Tirilmaklikdin o`lmaklikka chun afzun erur bois.


Raqibingg`a desam la`nat, yeri borkim senga nohaq,
Mening qonimni to`kturmakka ul mal`un erur bois.

Rido dayr ichra rahn etkanga chun qnlding g`azab, ey shayx,
Yana yozg`urma borsam ul sari marhun erur bois.

Navoiy boda ichmas, lek chun soqiy qadah quydi,
Ul ofatshakl erur mujib, bu dilkash un erur bois.

JIM HARFINING JAMILALARINING JILVASI «NAVODIR»DIN

92

Zihe boshing uza va-sh-shams zevaridin toj,
Soching savodida tafsiri laylat-ul-me`roj.

Nujum  javharidin  toji  johinga  tarsi`,
Sipehr atlasidin taxti rif`atingg`a duvoj.

Sahar yashil alamidin livong uza shuqqa,
Malak qalin hasharidin sipohingga afvoj.

Behisht sori  kishi tiyra go`rdin bormas,
Shafoating alifi tutmayin yo`lig`a siroj.

Hidoyating qo`lidin sharbati shifo topibon,
Aniki illati kufr aylabon zaifmizoj.

Saloti xamsani adyong`a  aylading nosih,
Bu panja birla malakning yuziga urdung koj.

Navoiy o`ldi chu muhtojing, ayla rahm angakim,
G`aniy karim esa ibromg`a emas muxtoj.

93

Ey gadoying ollida muhtoj ahli taxtu toj,
Ahli toj ollida andoqkim gadog`a ehtiyoj.

Kim gadoyingdur bosh indurmas dag`i tortar ayoq,
Charxi a`lo bo`lsa taxtu mehri anvar bo`lsa toj.

La`li serobing beriptur otashin rangi bila
Ofati jonim uchun o`t birla sug`a imtizoj.

Dardi hajrimg`a buyurdi, sabr dardi yo`q tabib,
Zahri qotil birla muhlik ranjima aylar iloj.

Oy yuzung birla talashdi buki ko`ktur orazi,
Panjasi birla quyosh go`yo yuziga urdi koj.

Eyki, berding ishq sultonig`a ko`nglung kishvarin,
Anglag`ilkim jonu aqlu din erur avval xiroj.

Xo`blar o`rgansalar, tong yo`q, Navoiy nazmini
Kim, alarning husni aning ishqidin topmish rivoj.

94

Mayi la`lingga go`yokim hayoti jon erur mamzuj
Ki, ul ermas zuloli chashmayi hayvon erur mamzuj.

Agar bag`rim sudur, o`lmay netaykim anda g`amzangdin
Su bergan zahr birla qatraiy paykon erur mamzuj.

Ko`rung g`am bazmida xunobalar yutmoqki jomimg`a
Bag`irdin kelganu, ko`zdin to`kulgan qon erur mamzuj.

Labingdin  barcha hijron va`dasidur, ko`rmaduk no`she
Ki, zahr ul no`sh aro tokim erur imkon, erur mamzuj.

Visol ichra mayi aysh o`lsa qisming, bo`lma ko`p emin
Ki, jomi vasl ila xunobaiy hijron erur mamzuj.

Shafaqgun may, hiloliy jom agar ko`rsang haris bo`lma
Ki, sofi hirs birla durdiyi hirmon erur mamzuj.

Navoiy ashkiga dersen ne yanglig` mazj topmish qon,
Bag`ir chok o`lsa, ul qon bu sug`a oson erur mamzuj.

95

Ko`nglumga  ayla la`li shakarxand ila iloj,
Kilg`an kebi zaifqa gulqand ila iloj.

Ko`p ishq tarkidin dema so`z qo`yg`il, ey tabib,
Muhlik marazg`a qilmadi el  pand ila iloj.

Onsiz o`larmen, ollima huru pariy ne sud,
Topmas aning g`ami anga monand ila iloj.

Qayd et ko`ngulga silsilayi zulfin, ey hakim
Kim, telbaga munosib erur band ila iloj.

Ul ko`ydin iti chu meni qovmaq istadi,
Bag`rimdin  ayladim  necha  parkand ila iloj.

Davron jafosi daf`ig`a majnunu mast bo`l
Kim, yo`q ul ishka ra`yi xiradmand ila iloj.

Muhlik emish firoq Navoiy, magar sipehr
Qilg`ay bu qat`i dardini payvand ila iloj.

CHIM HARFINING  CHOBUKLARINING ChEHRAKUSHOYLIG`I  «NAVODIR»DIN

96

Nargis ul ko`zdek emas, ey bog`bon, boqib ko`z och,
Ne uchunkim ul pariy qiymoch erur, bu bir taloch.

Ayladi oshufta savdoyiy dimog`im raglarin,
Tong yelidin  andakim butrashti ul oshufta soch.

Zulfi egniga yetar gar sochi yerga sudralur,
Tengdurur qaydim uchun gar bir qarich, gar yuz quloch.

Kuydi  jismu  yig`labon  ko`nglumda xatting shavqidur,
Garchi mumkin yo`q ko`karmak su bila kuygan yog`och.

Ishq olamso`z keldi, qo`y fusunung, ey xirad,
Etti chun yer-ko`kni yirtib arslon, ey tulku, qoch.

Sarvnozim gul chog`i gulshang`a kirdi, ey nasim,
Ham ani yelpiyu ham gul yafrog`in boshig`a soch.

Qo`yki, ul yuz xonig`a nazzora aylay to`yg`ucha
Kim, ko`zum bo`lmish bu qahti husn ayyomida och.

Do`st zikru fikrini qilg`il g`izokim yaxshiroq,
Hush ila tufroqkim g`aflat bila kandiy kuloch.

Ey Navoiy, ko`nglunga yetmas riyozatsiz safo,
Kulba ravshan istasang hasrat suyidin ro`za och.

97

Qo`ydi yuz shomi ajal zulfin parishon aylagach,
Umr xurshidi uyoqti chehra, pinhon aylagach.

Surdi ko`nglumni buzub xokiy tanim uzra samand,
Elga berdi tufrog`in, bu uyni vayron aylagach.

La`li  hajri qildi qon  bag`rimni g`amdin laxt-laxt,
Qatra-qatra to`kti ko`zlar yo`lidin qon  aylagach.

Ohkim, baxtim og`ir uyqusidin uyg`onmadi,
Garchi yuz ming fitna uyg`ondi men afg`on aylagach.

Qilmayin sarhush hanuz, en mug`bacha, qo`ymoq nedur,
Ollima zunnorni dayr ichra mehmon aylagach.

Oshiq etkach shuhrayi shahr etti ul kofir meni,
Shahr kezdurgan kebi kofir musulmon aylagach.

Chekmadi bulbul Navoiydek fig`onkim, yonmasun
Sayr uchun ul sarvi gulrux azmi bo`ston aylagach.

98

Girih-girih chu tugarsen yetar oyog`inga soch,
Girihlarin chu ocharsen tushar quloch-quloch.

Ko`ngulni qiydi aning g`amzasiyu qilmadi rahm,
Qiyo-qiyo boqibon ul iki ko`zi qiymoch.

Chamanda kecha yotib mast orazin yopmish,
Ko`p emdi tong yeli ul gulni lutf birlan och.

Qading chamanda ko`rub bog`bon agar sarvin
Ko`ziga ilsa hamono keraktur anga yog`och.

Junung`a tushti  sanavbar  qadingdin, uylaki su
Bo`lub ayog`iga zanjir uzaldi boshida soch.

Sipehr  la`l ko`rub ko`ksum uzra mehrobi
Balo o`qig`a  hamonoki  ayladi omoch.

Navoiyo, der esang ko`rmayin vafosizliq,
Tavaqquf etmayu dahr ahlidin vafo kebi qoch.

99

Ko`rub dardim tarahhum qilmading hech,
To`kub ashkim tabassum qilmading hech.

Firoqing o`ti ichra necha yig`lab,
Fig`on chektim, tarahhum qilmading hech.

Jahong`a ohu ashkim soldi oshub,
Bu to`fondin tavahhum qilmading hech.

So`zung shavqidin erdim xasta umre,
So`rarg`a bir takallum qilmading hech.

Musallam ishq, ey ko`nglum, sengakim,
Ko`rub zulmin tazallum qilmading hech.

Muhabbat ahli qismin nevchun, ey charx,
Qilib mehnat, tana``um qilmading hech.

Navoiy sari, ey davri muxolif,
Navo savtin tarannum qilmading hech.

100

Ul turki xitoning erur andoqki ko`zi qiymoch
Kim, nozdin o`lmas demak ollindaki, ko`z och.

Bag`rimni qiyo boqmoq ila qiymog`idindur,
Yo ayni takabburdin erur ko`zlari qiymoch.

Ochliqdin ul oyning magar o`ldi ko`zi bemor,
Qon ichkali moyil nega bo`lmish gar emas och.

O`zbak, mo`g`ul o`lg`ay aning ollida musulmon,
Bilman ani qalmoqmudur, yo`q esa tag`moch.

Turmas ajal ul g`amzai xunrez o`qidin,
Joning kerak ersa senga, ey xasta ko`ngul, qoch!

O`pmakka yuzi xo`bdurur, g`abg`abi ham xo`b,
Chun og`zi topilmasliq aro olmoq uchun boj.

Keynicha ko`ngulsizdur erishmakka Navoiy,
Ul sho`x chu o`z mulkiga bordi ko`ngul olg`och.