www.uz
301

Onchakim ul g`amza surdi ko`rguzub bedod tig`,
Surmas elga qatli om o`lg`anda yuz jallod tig`.

Shu`laliq ko`nglum  aro  ko`r  xanjari  ishqingnikim,
Buyla otashkorliq qilmaydurur haddod tig`.

Qatl etib kund o`lmadi, vah, ne itikdur tig`i ishq
Kim, aning qoshinda narm ohincha yo`q po`lod tig`.

Menmenu ko`hi g`amimkim tog` tig`i basdurur,
G`am sipohi harbig`a istar esa Farhod tig`.

Tig`i ishqing olam ahlin o`lturub kund o`lmadi,
Hech qotil olam ichra buyla bermas yod tig`.

Tig`i g`amzangg`a ajal suyi magar bermish qazo
Kim, yasay olmas itik ul nav` hech ustod tig`.

Shasti g`amzang birla bahri ashk aro tutqoch meni,
Kesma boshimkim balig`qa surmadi sayyod tig`.

Yo`q bu gulshan ichra imkoni farog`at buylakim,
Bargidin har yon chekibtur savsani ozod tig`.

Ey Navoiy, bo`g`zinga hayvon suyidin yaxshiroq,
Gar surar qatl etkali ul sarvi hurizod tig`.

302

Sarg`aribtur lolaro`yim ranji to bo`lmish qotig`,
Lola bu yil gulshani umrumda ochilmish sarig`.

Ko`p osig` umrum bahori mevasidin istadim,
Mevag`a yetmay xazon bo`ldi bahorim, ne osig`.

Sharbat etsam shirai jonim zuloli Xizr ila,
Der achig`lanibki: ne uldur chuchuk, ne bu orig`.

Ey Masiho, urma dam ul ko`zda sufrat daf`ig`a,
Kahrabo keltur quyoshtin, Hut burjidin bolig`.

Vasfi ul ko`zning qoralig` birla erdi, voykim,
Emdi sarig`liqqa  mansub etmish ani xastalig`.

Derki, safro kasratidin bo`lmish og`zim ta`mi talx,
Ne tong, o`lsamkim bu nav` o`lmish chuchuk jonim ochig`.

Budur ummidimki, ham haq lutfi bo`lg`ay dastgir,
Nabz tutmoq mayli qilma, ey tabib, ilgingni yig`.

Gar quyoshim bo`lsa rokib bo`lg`udek emganmasun,
Tavsani aflok nevchunkim erur behad cholig`.

Ey Navoiy, bo`lsa yuz jonim, qilurmen sadqakim,
Bo`ldi jonon za`fidin ayshim ochig`, holim qotig`.

FE HARFINING FITNALARINING FUSUNI NAVODIRDIN

303

Tog` oshiqliq yukidin xam bo`lurg`a yo`q xilof,
Ko`rki, ne nav` o`ldi xam chun qoldi ishq ostida Qof.

Ishq dashti mo`ridin aylar hazimat ajdaho,
Ajdaho birla nechukkim mo`r eta olmas masof.

Er tutar qottig` ko`ngulga ishq o`tining uchquni,
Barq tig`i tog`ni ul nav`kim aylar shikof.

Ulki do`zax o`tidin ishq ahlini taxvif etar,
Ishq o`tin chun ko`rmamish tutmoq bo`lur ani maof.

Ishq tig`i chun ko`runmay sanchilur el jonig`a,
Xo`blar mujgonidin go`yo anga keldi g`ilof.

Eyki, oshiqsen birovga kelsa har dam yuz balo,
Shukrdin o`zga ne so`zkim aytsang bordur gazof.

Ey Navoiy, bermayin jon ishqdin dam urmakim,
Har nekim der o`lmayin oshiq erur ul barcha lof.

304

G`amzadin ko`p tig` urdung aylabon ko`ksum shigof,
Naycha yanglig` tng` uchun go`yoki qilding bir g`ilof.

Ne ajab, tig`ing balo ruxsorig`a mir`ot esa
Kim, ko`runur suda yuz aksi qachonkim bo`ldi sof.

Vah, ne qotillardurur saf-saf aning mujgonikim,
Har yumub ochquncha ko`z zohir qilurlar bir masof.

Oshiqu majnunlug`um jurmig`a o`lturdung meni,
Garchi bor el ollida Majnun bila oshiq maof.

Ishq vodiysinki oson deb emishsen, ey Masih,
Sen azimat qilki, men ajzimg`a qildim e`tirof.

Ulmayin ishq ichrakim lof ursa bovar qilmag`il,
Gar desakim, tarki lof ettim, erur ul dog`i lof.

Ey Navoiy, zulfu qaddin gar demishsen mushk bid,
Yor afv etsunki, aytibsen xato birla xilof.

305

Orazing xurshidi keldi axtari burji sharaf,
Davrida xat shomi mushkoso yuz urmish har taraf.

Dog`ima otqan o`qung gar tegmasa jismimdadur,
O`qni band aylargadur tufroq uza qo`yg`an hadaf.

Ulki yub ketmas qo`lidin baski nohaq to`kti qon,
Vah, ne hojatkim xino birla yana rang etsa kaf.

Gar ato Yusuf, ano bo`lsa Zulayxo filmasal,
Mumkin ermas, ey habibim, sen kebi kelmak xalaf.

Qamdur, ey gulrux, mug`anniy husni savting janbida,
Yangi oy birla quyosh jirmidin o`lsa changu daf.

Ey fano ko`yiga ozim chun tavakkul bo`ldi rost,
Har necha bu yo`l maxuf o`lsa, qadam ur lotaxaf.

Gar talaf bo`ldi Navoiy umri ishq ichra ne g`am,
Shukr, bore bo`lmadi zuhdu riyo ichra talaf.

306

Ne nav` ko`nglum o`lur ishq xayli birla harif
Kim, ul shah asru tavono, bu munglug` asru zaif.

Latofating erur ul hadg`akim, badandin ruh.
Necha latif esa, sen ruhdinsen oncha latif.

Pari nihondurur eldin vale bu devona
Paridin o`ldi nihon, baski bo`ldi zoru nahif.

Fido sanga menu yuz mendek o`lsa za`f bila
Kerakki, sihhat aro bo`lsa ul mizoji sharif.

Seni ne nav` zarofat bila kishi o`gsun
Ki, haq boshingdin ayog`ingg`a tegru qildi zarif.

Yigitlar  ichra  qari necha xiffat etsa erur,
Saqil avlo erur ulki aylagay taxfif.

Navoiyo, senga ul pok ila ne nisbatkim,
Sen asru bodag`a oludasen ul asru afif.

307

Novaking tokim erur kuygan ko`ngulda mu`takif,
O`rtagan yo sabt qilg`an dog` aro bo`lmish alif.

Yoshurun kofir ko`zung din qasdi aylar, vah, ne sud,
Hiyla aylab sheva mehrob ichra bo`lmoq, mu`takif.

Deb emishsen o`lturay kim desa oshiqmen sanga,
Tig` surgilkim men o`z jurmumg`a bo`ldum mu`tarif.

Egri boqmoq birla ul ko`z qatl etar ushshoqni,
Go`yiyo bemorliq qilmish mizojin munharif.

Yor vaslin istagan qilsun ibodat, demakim
Munda bir maqsud erur, lekin rivoyat muhtalif.

Shayx aytur bir karomatini har dam o`zga nav`,
Go`yiyo nisyon bo`lur g`olib kishi bo`lsa harif.

Markabi ishqu navo mendek Navoiy zinhor,
Qil inon azmini sen mayxona sari mun`atif.

308

Tong yo`q, urmoq yuz bu sargardonu mahzun har taraf.
Ne ajab, ursa quyundek po`ya Majnun har taraf.

Ko`zlarim bog`i guliston bo`lmish ul yuz shavqidin,
Bargi gullardur sochilg`an ashk gulgun har taraf.

Dasht aro Majnunmen, ammo tog` aro Farhod edim,
Tog`lar dardim yukidin bo`ldi homun har taraf.

Aqlu hushum kishvari gar bo`lsa vayron, yo`q ajab,
Qo`z yoshimdinkim oqar andoqki Jayhun har taraf.

Hajri shomi anjum ermasturki ohim o`tidin,
Qatra  terlardurki zohir  qildi gardun har taraf.

Ey xusho, mug` dayrikim din naqdi toroj etkali,
Zohir etkay jilva bir tarsoyi mavzun har taraf.

Qo`yiga  topmas  Navoiy  yo`l  raqibi  ta`nidin
Go`yiyo ul it xurubdur aylab afsun har taraf.

QOF HARFINING QIYOMATLARINING QIRONI NAVODIRDIN

309

Jahon zoli ham makr etar, ham nifoq,
Ani to`rt mazhabda qil uch taloq.

Nechuk deyki, ruxsoridin olma ko`z
Ki, men aytmankim, aning sari boq.

Sening so`gungga yoymish oq sochini,
Emastur yuzi mehr nuridin oq.

Qoshi uzra qavsi quzah vo`smasi
Vafo rangidin keldi, albatta, toq.

Desang qolg`ay obod dining uyi,
Bu bedin bila bo`lmag`il hamvisoq.

Tajarrud tariqini bil mug`tanam,
Taqayyud g`ulusidin o`lg`il yiroq.

Navoiy, o`zungni qil ul nav` fard
Ki, o`zlukni ham sol o`zungdin yiroq.

310

Chehra gulgun safhasig`a qilding afshon zarvaraq,
Yo magar raxshon kavokib zohir aylabtur shafaq.

Gar varaq ziynat topar xatdin vale xat yozmayin,
Turfa suvrat birla olam ofatidur ul varaq.

Gulshan ichra qismat etsa la`lidin jon shirasi,
Sifra gar gul ochsa, gul yafrog`laridindur tabaq.

Xo`ydin ar  bo`lmish jamoling sham`i ravshanroq, ne tong,
Chun tushar o`t ichra aylar shu`lani afzun araq.

Ishq abvobin yozarg`a yaxshi jismim xomasi,
Xossakim, tig`i firoqing ayladi boshimni shaq.

Ishq darsin garmravlar bildi yo`q afsurdalar
Kim, kishi to o`rtamas o`zlukni bilmas bu sabaq.

Bulbulu gul de Navoiy birla dildorinikim,
Ul iki mafhumg`a yo`q bu ikkidek mosadaq.

311

Mushkil ishdur uyda bir g`oyibni har dam yo`qlamoq,
Lek muhlik yo`qlag`andin so`ngra istab topmamoq.

Kimgakim yuzlansa bu shiddat ne tong olam yuzin,
Ohu ashki sarsaru to`foni  birla qo`zg`amoq.

Telba itdek hajr so`zidin kelurmen o`t sochib,
Ofiyat ahlig`a  avlodur yo`lumdin tarqamoq.

Ne junundur ul quyoshtin ayru hijron dashtida,
Goh qo`rqub soyadin qochmoq, gah ani qavlamoq.

Tog` etakinda gar ag`narmen junun ifrotidin,
Istaram ul pardani uryon tanimg`a chirmamoq.

Turfadur tog` avjida har lahza kulmak barqdin,
Chun bo`lur mufrit mening birla bulutqa yig`lamoq.

Men chu kechtim ishq aro boshtin malomat qilmangiz
Kim, ajabdur boshsiz elning qulog`in to`lg`amoq.

So`zni angla, soqiyo, mast et meni ul nav`kim,
Bo`lmag`ay mumkin manga davr ahli so`zin anglamoq.

Senda noz o`ldi, Navoiyda niyoz ermas ajab,
Bas sen ani qarg`ag`an soyi, seni ul alqamoq.

312

Vaslinga kechrak yetishsam, lutf etib uzrumg`a boq
Kim, qadam o`rnin supurmay ko`z bila qo`ymon oyoq.

Qat` qilmoq ishq vodiysin erur bas turfa ish,
Xossa majruhki, ham bemor  bo`lg`ay, ham yayoq.

Sog`inurmen yor xaylidur  ko`runsa har qora,
Garchi  hayrat sayli  ashki  ko`zlarimni  qildi oq.

Vahki, salmo noqasi ildamdurur, men xastahol,
Lutf etib, ey sorbon, fitrokini bo`ynumg`a toq.

Eyki dersen, hajr dashtig`a yaroqsiz kirmagil,
Bori degilkim, emas bu dasht aro kirmoq yaroq.

Tashna lablar holi bu vodiyda ne bo`lg`ayki, su
Ko`z yoshidur, dog`i o`tluq lolalar jomi ayoq.

Ey Navoiy, bu biyobon qat`in oson aylading,
Ashkdin mundoqki har manzilda chekting yuz buloq.

313

Sipehr bog`in nujum vardi chu qildi ul nav`ikim Xavarnaq,
Yuzidin ul sham` anjuman ichra soldi yuz ming safo ravnaq.

Qamar masallik yuzi shabistonimizni andoq yorutti, go`yo
Ki, charx bog`i quyoshtin andoq munavvar o`lmaydur erdi mutlaq.

Uzori mehrig`a turrai shomini har taraftin qilib mutarro,
Bu turfakim mehr chashmasidin zaqan hubobin osib muallaq.

Xirom vaqtida sur`atidin yuziki terlab bo`lub biaynih,
Gul uzra shabnam yo`q ersa, xurshid uza sochilg`an sig`or ziybaq.

Tilida un loba bo`lsa muzmar yuzida yuz husnu lutf mudg`am,
Ko`zida yuz g`amza bo`lsa mamlu, qadig`a ming nozu jilva mulsaq.

So`ng ilgida bir safina, lekin bu xasta ash`oridin muhallo,
So`ng ilgida shisha ichra may, lekin o`z mani la`lidek muravvaq.

Bu shakl ila kirdi kulbam ichra yonimg`a keldiyu tutti maskan,
Hasad o`tidin yaqin edikim erib to`kulgay sipehri azraq.

Ne xush qoldi manga, ne toqat, ne sabr qoldi manga, ne orom,
Chu ko`rdi o`lgum, kulub to`la qildi boda daryosi ichra zavraq.

Ichib manga dog`i tutti, chun behud erdim og`zimg`a quydi ani,
O`lub esam ham tirilsam ul dam yaqin mening jonim erur haq.

Mangaki ishq ichra buyla kom o`lsa tarkin etmaq erurmu mumkin,
Nechaki taklif qilsalar shayxi loda birla faqihi ahmaq.

Navoiy, ishq tarkin etma, qadahni ham qo`ymag`il iligdin
Ki, dahr muxtiyda mundin o`zga erur ne qilsang xatoyi mutlaq.

314

Gar qo`yosh orazig`a sa`bdurur ko`z solmoq
Ul quyosh orazidin mushkil erur ko`z olmoq.

Ne quyoshtur buki, chun chiqti ko`ngullar xayli,
Bo`lsa yuz ming ishidur zarra kebi qo`zg`almoq.

Sarsari ohdin ashkimga taharruk ne ajab,
El chu tez o`ldi, bo`lur bahr ishi chayqalmoq.

Ey visol  ahli,  fig`onim  eshitib  kulmangkim,
Hajr zindoni aro mushkil erur qiynalmoq.

Soqiyo, dema tugatkilki, emastur  mumkin,
Hajr lab tashnasi jomida tarashshuh qolmoq.

Ey mug`anniy, qadahu sham`u bu behud sari boq,
Bu bo`lur muzhiku mubkiyu munavvim cholmoq.

Sola olmaydur aning sari Navoiy o`zini,
Ey ko`ngul, fonda yo`q, bo`lmas o`zungni solmoq.

315

Ul pari paykarki bo`lmish insu jondin xo`broq,
Bor aningdek xo`bkim, mumkin yo`q andin xo`broq.

Gulshan ichra orazu qadingg`a moyilmenki bor,
Bu guli ra`nodin ul sarvi ravondin xo`broq.

Ishq jurmig`a gar o`lturgung birovni bil yaqin
Kim, bu ishga yo`q kishi men notavondin xo`broq.

Hajr vodiysinda ulkim bir musofir yori bor,
Yo`q ani istarga tarki xonumondin xo`broq.

Xo`blug`din jon olib o`zni yiroq tutmaqqa yo`q
Xo`blar xaylida, billahkim, falondin xo`broq.

Xo`b edi ko`nglumni istar bo`lsa andin o`zga xo`b,
Xo`broq budurki, yo`q ul dilsitondin xo`broq.

Ko`p jafo chektim ko`nguldin, yetkuray desam jazo,
Topmag`umdur kimsa ul nomehribondin xo`broq.

Bir zamon vasl o`lsa yo hijron zamona ahlidin,
Tut g`animatkim, zamon yo`q ul zamondin xo`broq.

G`ar junun dashtida hajr anduhi kam bo`lsun desang,
Ey Navoiy, topmag`ung ohu fig`ondin xo`broq.

316

Ulki  kofur bo`lub mushki qilur ra`noliq,
Oq soqolig`a kular xalq, zihi rasvoliq.

Chun soqolsizliq erur lozima ra`noliqqa,
Qirqmoq lozim erur ani zihi ra`noliq.

Umr ellikka chu yetti yana ellikdin emas,
Yog`iliq tengrigavu amrig`a noparvoliq.

Kim yigitlikda qilur tovba, yigitlik uldur
Qari bulg`or soqolin qilsa qadah paymoliq.

Tengridin qo`rqmay ulkim, qaribon boda ichar,
Yaxshiroqdur bu musulmonlig`din tarsoliq.

Budur insofki, chun bo`ldi quvo za`f pazir,
Yo`qturur hech mufarrihda nashot afzoliq.

Qila olmas qori debo kiyib o`zni zebo,
Shol ham kiysa yigitka yarashur zeboliq.

Qariliqda iki ishtin kishi bor elga aziz,
Biri zuhdu birisi xalq aro nopaydoliq.

Ey Navoiy, qariding go`sha tutub, toat qil,
Bo`lmayin xor desang aylama bazm oroliq.

317

Sanga ne g`am men kebi majnuni shaydodin yiroq,
Ish mangadur sen parivash hur siymodin yiroq.

Hajr dashtida quyundek har taraf sargashtamen,
To tushubmen ul xiromon sarvi ra`nodin yiroq.

Oy jamolin istamonkim, ko`rgamen olam aro,
Bir dam o`lsam ul jamoli olamorodin yiroq.

Degasen: shomi ajal umrum quyoshin yoshurur,
Gar zamone bo`lsam ul zulfi sumansodin yiroq.

Gar meni rasvo o`larmen sensiz, ey oromi ruh,
Ham yiroq ermas agar bo`lsang bu rasvodin yiroq.

Qilma ko`p, ey shayx, aybim xonaqahg`a yetmasam
Kim, xarobot ahli xushroq ahli taqvodin yiroq.

To yiroq tushmish Navoiy yor agar yod etmadi,
Qilma ko`nglidin muning, yo rab, aning yodin yiroq.

318

Hajr aro rahming kebi bo`lmas manga kam ishtiyoq,
Balki husnungdin bo`lur afzun damo-dam ishtiyoq.

Ishtiyoqing bahridin olamg`a tomsa qatrae,
Jong`a yetkaylar chekardin ahli olam ishtiyoq,

Garchi bo`ldum dard tog`i, lek qaddim za`fdin
Ayladi ostig`a qolg`an qofdek xam ishtiyoq.

Hajridin yolg`uz emas kuymakligimkim, onsizin,
O`rtagan jonimni ham hijron erur, ham ishtiyoq.

Ishtiyoqim xirqatig`a chorae qil, ey rafiq
Kim, xarob aylabturur holimni muhkam ishtiyoq.

Dilrabolar otashin la`lidadur andoqki o`t,
Furqat ahlining qotiq jonig`a mubham ishtiyoq.

Oh dudidin qora ermas Navoiy kisvati
Kim, aning ollig`a solmish bo`yla motam ishtiyoq.

319

Ashkdin bo`ldi qorarg`an kulbai vayronam oq,
Kulbai vayron demaykim, didai giryonim oq.

Ishq o`tining dudidin hindu bo`lubmen yorg`a,
Ashk yug`ondin nechuk bo`lg`ay tani uryonim oq.

Baski ko`z bog`iga berdi orazing hijroni su,
Har sari gullar ochibtur bu iki bo`stonim oq.

Sabr tifli maktabimen o`rgana olmon sabaq,
Yig`lamaqdin chun  bo`lur lavhi dabiristonim oq.

Vah, ne kun bo`lg`ayki nogah ul quyosh aylab tulu`,
Yuzidin bo`lg`ay qorarg`an hujrau ayvonim oq.

Shomi hajrim qilsa, tong yo`q, nogahon gar subhdek,
Jilvagar bo`lsa libosin aylabon jononim oq.

Chun oqizding zor jismimni bahori sayldek,
Yor ko`yi jonibi, ey ashk bo`lg`on qonim, oq.

Ro`zgorim dayr aro qildi qora chun mug`bacha,
Qolmag`an bo`lsa tong ermas chehrai imonim oq.

Ey Navoiy, xalqni baskim o`qurda yig`latur,
Ashk saylidin bo`lur bo`lg`on soyi devonim oq.

320

Yuzung quyoshig`a bu nav` esa ayon bo`lmoq,
Parig`a mumkin emas xalqdin nihon bo`lmoq.

Tasavvur aylasam egnimda nuqtai mavhum,
Belim sinarg`a yetar ongla, notavon bo`lmoq.

Magar bu hiyla bila poybo`sung aylagamen,
Yo`lungda komim erur xoki oston bo`lmoq.

Jahonda har kishi ovora maqsadi ul ko`y,
Hasaddin istaram ovorai jahon bo`lmoq.

Netib qoshinda ko`ray devlarki, bordur ishim
Maloyik o`tsa aning sari badgumon bo`lmoq.

Vafo chu gulda yo`q, ey bulbul, ayt g`uncha kebi,
Ko`ngul qachong`a senga laxt-laxt qon bo`lmoq.

Chu xonaqahdin o`ttung, Navoiy, o`tkarma
Mahalni, dayr sari istasang ravon bo`lmoq.

321

Ochibon ko`ksumni yorg`il qilmasam dog`i yozuq,
Aylagil bori xayoling manzilin ochuq yoruq.

Bulajabliqlardurur ishq ichrakim aql anglamas,
Yo`q esa issig` ko`ngul ohi nedin bo`lg`ay sovuq.

Qatra-qatra qonki sensiz yuttum, aylarman bihil,
Yoribon ko`ksum itingga bersalar qoshuq-qoshuq.

Zaxmig`a yer ko`rsaturmen chiqsa ul badmastkim,
Manglay uzra barmog`imni eltib aylarmen topuq.

Kulsa og`zing, bo`lsa ham yorug` uzoring yaxshikim,
G`uncha xandon turfaroq, gul dog`i xushroqdur ochuq.

Zavraqi maydin meni mast etti piri dayrkim,
Charx jungidur tag`oru bodasi uzra qayuq.

Bir dam ermaskim visoling istamasmen tengridin,
Bu hadisim qilmasang bovar erur tengri tonuq.

Kimki vosil bo`ldi, raf` o`ldi arodin qurbu bu`d,
Ka`ba sukkonig`a no`l xohi yiroq, xohi yovuq.

Ey Navoiy, kir fano dashtig`avu tin barchadin
Kim, yayoqliq anda markab, to`shasizliqdur ozuq.

KOF HARFINING KOFIRLARINING KAMOLI NAVODIRDIN

322

Sanovu zoting ichra topib ajz, ahli idrok,
Gahi louhsn aytib, zamo
pmo arafnok.


Ne yanglig` ahli idrokki chun gardung`a surdi,
Ko`ziga surma qildi g`uborin xayli aflok.

Zuloli sun`ung ichra sipehru sidra shohi,
Tengizda ul hubobe, bu ham andoqki xoshok.

Kamoli qudratingda xirad ul nav` o`lub lol
Ki, hayratdin hamisha qilib isba`ni misvok.

Firoqing so`gi ichra kecha ko`zdin sochib ashk,
Visolnng hasratidin yaqosin subh etib chok.

Yarimchuq pashsha nishi bila ojiz qilursen,
Nechakim pil yanglig` qaviydur xasmi bebok.

Chu tuzdung husn bog`in uzoru qadin qilding
Birin gulbargi ra`no, birisin sarvi cholok.

Visoling ko`zgusiga jilo berding kulidin,
Aningkim ishq o`tidin vujudin o`rtading pok.

Navoiy hamding aytur ajab yo`q gar tiliga,
Inoyat lujjasidin  ketursang gavhari pok.

323

Qolibmen za`fin baskim ul oy otti manga novak,
Teri birla so`ngak, lekin so`ngak o`qlar, teri ko`nglak.

Chidarmen har necha zaxm ursa ul qotil, vale bo`lmas
Chidamoq, gar birin o`z uzvida, qilsa birov o`lchak.

Maloyik domi zulfidin qutulmas, vah, qutulg`aymu,
Hazin ko`nglum qushig`a aylasa ul halqadin ilmak.

Habibim husni vasfin uyla muhlik anglakim bo`lg`ay
Qoshinda qissai Yusuf bir uyqu kelturur cho`pchak.

Men o`ldum noladin, noz uyqusidin yor ochmas ko`z,
Ne sud andinki, hijron shomi bo`lg`ay ko`zlarim sergak.

Qora qayg`u meni eltib qora zulfung uchun har tun,
Qora boshni tutub ovuch qora yerga kirib tirsak.

Eman g`am telba ko`nglum ranjidin muhlik jafong ichra
Ki, men o`lgay edim o`lsa kishi chekmak bila emgak.

Agar husn o`lsa qotil zor ne darveshu ne sulton,
Vagar ishq o`lsa komil, yor ne hinduvu ne o`zbak.

Erur  ahbob ishqining qusuri husn  nuqsidin,
Jamolu noz to ko`prak, niyozu shavq ham ko`prak.

Desang ogah bo`lan mandin o`zungni hech bilmas qil
Ki, g`aflatdur fano tavrida o`zni bir nima bilmak.

Navoiy ul yuzu lab shavqidin nogah navo cheksa,
Dam urmas bulbulu to`ti, ki budur kachcha ul piltak.

324

Hajrkim har dam meni bevahmu bok aylar halok,
Gar munga rozidur ul xunrezi bebokim ne bok.

Qaddi shavqidin dedim ko`ksumga tortay bir alif,
Ishq tig`i tez edi, ko`ksum sarosar bo`ldi chok.

Tiyrboroni firoqingdin tanimni istamon
Kim, ko`zumga uchrag`aykim bo`lmish asru dardnok.

Husn mir`otin ochar kuygan ko`ngul xokistari,
Nechakim ul bo`lsa nuri pok, bu bir tiyra xok.

Ishq o`ti ta`sir etar el necha nohamvor esa,
Barq sayrig`a ne g`am yer gar biyikdur, gar mag`ok.

Poki husnung qadrin usruk ko`nglum anglar, nevchun
Kim, balo soqiylaridin ishq jomin ichti pok.

Dema kim, erkin Navoiy xasta ko`ngliga talab,
Ey ko`ngul, zaxmig`a marham, oyn matlubiy sivok.

325

Telba kim ko`rdi meni shaydodek,
Parin ul huri malak siymodek.

Istasam sen kebi pokiza guhar,
Bo`lmay o`lg`aymu ko`zum daryodek.

Bo`ston sarvi gar o`lsun to`bi,
Emas ul naxl qadi ra`nodek.

Xo`blug` mulkida yuz shoh o`lsa,
Biri bo`lg`aymu bizing mirzodek.

Tengri ishq ahli shikastig`a magar,
Xo`blar ko`nglin etar xorodek.

Ishq Majnunni ko`p etti rasvo,
Qilmadi lek meni rasvodek.

Ey Navoiy, tilagan zuhdu saloh,
Qo`ziyu ko`nglini ham asradek.

326

Ko`kragimdur subhning pirohanidin chokrok,
Kirpikim shabnam  to`kulgan  sabzadin namnokrok.

Bu ko`ngul g`amnokidin to shodmon ko`rdum seni,
Istaram har damki, bo`lg`ay xotirim g`amnokrok.

Layli andin qo`ydi Majnun ko`nglida raxti g`amin
Kim, yo`q erdi manzil ul vodiyda andin pokrok.

Uyla mujgon xanjarig`a yopishibdur durri ashk
Kim, magar andin yatime yo`qturur bebokrok.

Lablaringdnn jon olurda barcha el quldur sanga,
Jon berurda bir qulung yo`q bandadin cholokrok.

Odamiliq tufrog`in bersa fano yeliga charx,
Ohkim, yo`qtur kishi ahli vafodin xokrok.

Necha o`qlasang Navoiy ko`ngli zaxminroq bo`lur,
Ko`rmaduk zaxmeki tekkan soyi bo`lg`ay chokrok.

327

Ne hush ummidekim uryon nigun qad birla ursam tak,
Parilarg`a junun tumoridur bo`ynumda silkinchak.

Teri jismimda haryon toza dog`u qon ila go`yo,
Qazo majnung`a tikmish lolalar yafrog`idin ko`nglak.

Yara ko`zlar bo`lub tanda chu bo`ldi xira ul yuzdin,
Yasabmen har taraf eski tugonlar shaklidin aynak.

Yulub par jon qushidin, oh paykonin yig`ib ko`nglum,
O`qung sing`onlarin go`yo yasar afg`on uchun novak.

Nazar solsa yuzungdin o`zga yuzga ko`zni ko`r aylay,
Qilibon tig` ila mardumni aning nuqtasidek hak.

Havo qilg`anda zulfung halqa domidin ko`ngul, bildim,
Bu qushning ham ayog`, ham bo`ynida muhkam emish ilmak.

Izin yerdin ketar deb asradim raglar kebi ko`zda,
Olib jon rishtasi birla ayog`i o`rnidin o`lchak.

Falak zarfin to`lo berdi qazo ul oy mayi ishqin,
Bu maydin bizga, vahkim, tegmadi bir qatradin ko`prak.

Liqo mumkin esa uchmoq tomug`din qochmakim bo`lmas,
Kishiga hech maqsude muyassar chekmayin emgak.

Chu bo`ldum ishqida foniy, hadisin so`rmangiz mendin
Ki, qolmas zikri zokir bo`lsa mazkurinda mustahlak.

Tilarsen o`zlukungning juzu juzdin munfak etkaysen,
Navoiy nazmining juzvini qilg`il juzvi loyanfak.

328

Yuzung ochib ne ajab yuz xonumonni o`rtamak
Kim, bo`lur bir sham` o`ti birla jahonni o`rtamak.

Chun ko`ngul sayd aylading, jismimg`a o`t solmoq nedur,
Rasm bo`lmas qushni olib oshiyonni o`rtamak.

Za`fliq jismimni  o`rtab  bo`lma ohimdin  malul,
Xosiyat juz dud ne bo`lg`ay somonni o`rtamak.

Bil shafaq o`tiyu anjum uchqunidin g`am tuni
Kim, qilibtur mayl ohim somonni o`rtamak.

O`rtadi ko`nglum tan ichra o`qlaringni uylakim,
Tushsa o`t ul nav`i bo`lmas naysitonni o`rtamak.

Xalq o`lub oshiq sanga men o`rtanurmen, vah, necha,
Elga solg`an o`t bila men notovonni o`rtamak.

Charx ohim o`qidin yuz ming tushukdur, ey ko`ngul,
O`rtamak ani ham uldur parniyonni o`rtamak.

Nevchun gul bo`ldi o`t, ashjor o`tun, sunbul tutun,
Istamaydur gar falak bu bo`stonni o`rtamak.

Solma o`t ushshoq jonig`a Navoiy borida,
Nevchunkim yaxshidur  avval yamonni o`rtamak.

329

Xalq ko`ngli bo`lmag`an ul  sho`xi kofir  ko`nglidek,
Uylakim kufr ahlida kuffori Xaybar ko`nglidek.

Gulbuni mehnat aro qonlig` ko`ngullar g`unchadur,
Tandadur har sari paykoning aning har ko`nglidek.

Garchi ul qad sarvdek ra`nodurur, lekin erur,
Anda bag`lang`an ko`ngul xanli sanovbar ko`nglidek.

Lola qonlig` yafrog`iyu toza dog`in ko`rki bor,
Bu sifat birla shahiding ko`nglaki gar ko`nglidek.

Zaxmliq ko`nglum labing shavqida bo`lmish qon aro,
La`li rummoni bila yoquti ahmar ko`nglidek.

G`armrav ravshanravish el ko`nglidin fayz istagil
Kim,  yorutur dahrni xurshidi anvar  ko`nglidek.

Soqiyo, tutg`il Navoiyg`a labolab jomkim,
Bag`ri dog`i zaxmlar bo`lmish sarosar ko`nglidek.

330

Shikof emas buki ko`ksumga soldi tig`i halok
Ki, joni xasta g`amingdin yaqosin ayladi chok.

Ulusqa o`t solur ersang meni burun o`rta,
Nedinki o`tni tutashturg`oli kerak xoshok.

Nekim boshimda edi, uchti, yetkaz ul chobuk
Yonig`a bog`lasa bori uzilmagay fitrok.

G`amingni elga berib yo`qki bizni shod etting
Ki, elni shod etibon bizni aylading g`amnok.

G`amingdin ohim o`qi yetti charxdin o`tti,
Nishon erur yeti kavkabki, ko`rguzur aflok.

Ko`ngul o`ti bila zaxmin ko`rub ne rahm etkay,
O`zin chu dog`u alifdin ayamas ul bebok.

Tikanda gul ochilur andalib yanglig` anga
Ki, ishqi o`lsa tabiat xiyonatidin pok.

Ich ul behisht suyin mug` safolidinkim, aql
Tomug` o`tidin aning rangin etmagay idrok.

Navoiy ichti mayu forig` o`ldi o`zlukidin,
Ko`rung ne zahrni daf` ayladi ichib taryok.

331

Tang`a toshu qo`lg`a tish zaxmiki soldi telbalik,
Fosh qildi elga ko`nglaksiz badan, yengsiz ilik.

Gah junundin bandu gohi pand ila so`hon anga,
Bor emish savdoi ishq ichra base qottig` irik.

Har eshiqdin azm qilsam ko`yiga bog`liqdurur,
Boshimu ul ostondur to ochilg`ay bir eshik.

Rokib o`lg`ach qildi shabrangini har yon jilvagar,
Soya garchi ko`p zuhur etmas, quyosh bo`lg`ach biyik.

Dardi hajrimni ne bilgay chun yur ashkim safhani,
Ul musofir sari gohikim raqam qilsam bitik.

Lolagun maydin qizarmish ko`zlaring ul nav`kim,
Lolazor ustida har yon ag`namish bo`lg`oy kiyik.

Soqiyo mahzun men asru qilmag`il gardunni zarf
Kim, bo`lur kechrak nashot o`lg`an zamon sog`ar kichik

Olam ahlig`a o`lumdin chora chun imkoni yo`q,
O`lma olam fikridin bu lahzakim borsen tirik.

Ey Navoiy, ul Masihodam quyosh chun urdi zaxm,
Ani Iso ignasiyu mehr tori birla tik.

332

Qoching ul ko`zdin, angakim ul labi xandon kerak,
Ehtiroz etkay balodin gar kishiga jon kerak.

Zaxmliq ko`nglumni aylar chok-chok ul qoshi yo,
Axtarur go`yoki g`oyib aylagan paykon kerak.

Charxi kajrav uzra surma barqraftoringni kim,
Rostlar ko`ngli fazosidin anga maydon kerak.

Ul pari ishqida ermastur malak ham mahramim
Kimki ishqi pok erur sirri aning pinhon kerak.

Za`fdin chiqmas damim netib og`irlay itlarin
Kim, qo`larg`a uzri mardumlug` bag`rdin qon kerak.

Dayri pirin xonaqah kunjiga, ey shayx, istama
Kim, aning bazmig`a gardun toqidek ayvon kerak.

Ey Navoiy, ul pari o`ltursa ham ozdur seni,
Kimki insondur, aning mahbubi ham inson kerak.

333

Necha bo`lg`ay zaxmliq ko`nglumni mahzun aylamak,
Zaxmi  qonidin ko`zum yoshin jigargun aylamak.

Necha la`ling hajridin qonlig` qadah ichkan soyi
Sog`arimni ashk xunobidin afzun aylamak.

Necha pinhon aylabon orazni andoqkim pari,
Bizni rasvoi jahon andoqki majnun aylamak.

Necha bir oy ishqidin, ey dard, men sargashtani
Kecha-kunduz beqaror andoqki gardun aylamak.

Berdi muhlik dard ishqu qo`ydi minnat jonima,
Muncha bo`lg`ay javr ila oshiqni mamnun aylamak.

Kimki dunyo ahli dunlardin tilar bo`lg`ay xalos,
Shart erur avval vido`y dunyoyi dun aylamak.

Ey Navoiy, chun g`ubori hajr o`lturmas ne sud,
Bir ko`zungni Dajla qilmoq, birni Jayhun aylamak.

334

Ul parivash erur andoq nozuk
Kim, quyosh partavidur jismig`a yuk.

Garchi qotil ko`zidin o`lsa tirik,
Tirilur no`shi labidin ham o`luk.

Ko`ngluma o`q uzra o`q otti ko`zung,
Ne ajab bo`lsa teshuk uzra teshuk.

Qotmangiz la`li uza obi hayot,
Garchi bu sharbat erur asru chuchuk.

Shavq o`tin g`ayr ila yorutti chu yor,
Ko`ngluma tushti mening asru kuyuk.

Hullai ravza sanga loyiq emas
Kim, bo`lur jins chu eskirdi churuk.

Soqiyo, boda labingdek tutqil,
Kayfiyatlig` dog`i gulrangu suzuk.

To ichib ani dame behud o`lay
Kim, ichimda g`am erur yuz turluk.

Tashlab o`zlukni, Navoiy, qadam ur
Qim, yiroq yo`lduru bu og`ir yuk.

335

Chamanda sarvinozim jilva qilmoq aylamas ohang,
Jahon bo`stonidin, billah, bo`lubmen g`unchadek diltang.

Mizojikim tilar xilvat, xudoyo, bo`lmasun ofat,
Bihilmen gar qilib ishrat, ichar maxfiy mayi gulrang.

Yashil yafrog`liq ashjor emas hajringda, ey dildor
Ki, ohim taffidin gulzor mir`oti tutuptur zang.

Solibtur chorbolish gul, tutuptur chorgah bulbul,
Ne sud ul shah ichay deb mul, musharraf aylamas avrang.

Malolat bo`lsa jononda tikoncha bordurur jonda,
Agar har gul gulistonda ko`rinsa bir harifi shang.

Bu gulshanda guli ra`no to`kulmak vahmidin go`yo,
Jamolin kech qilur paydo dema bulbuldin aylar nang,

Navoiy ko`rmayin ani yetibtur og`zig`a joni,
Magarkim qilg`ay afg`oni gahi ul gul sari ohang.

336

Chamanda sabza manga xanjar o`ldi sarvi-xadanKo`ngulni olg`ali ul sarv qaddi sabzorang.

Agar gul islamas ul ko`rkaboy hayrat emas,
G`anidurur to`ni yuz pora eldin aylar nang.

Ko`tarsa mahmili husnungni charx buxtiysig
Iki yonida munosibdur oyu kundin zang,

Nafas-nafas qadah ichmasni jazm etarmen, lek
Netayki, ishva qilur lahza-lahza soqiyi shang.

Sinuq safol ila vayron aro gado Jam erur,
Ul anga jomu bu Jamshid bag`lag`an avrang.

Bu bazm ichinda navo ul toparki xidmatda,
Qadi xam o`lsa dog`i ko`ngli xoli uylaki chang.

Badan anosirining chorgohin et xorij,
Navoiyo, desang aylay falak sari ohang.

337

Yo`q dahrda garchi yor sendek,
Dushman dog`i qayda bor sendek.

Ey xasta ko`ngul, sanga kerak vasl,
Yo`q hajrda chunki zor sendek.

Ne ishq aro xoksor mendek,
Ne husn aro shahsuvor sendek.

Gulgun to`n uza qora chavuk naqsh,
Ochilmadi lolazor sendek.

Gar dayri fanoda jom cheksang,
Yo`q shohi Jam iqtidor sendek.

Ey gul, to`kasen xumordin qon,
Ul nargisi purxumor sendek.

Yo`q zulfig`a tushkali, Navoiy,
Oshuftai ro`zgor sendek.

338

Qo`yung, tig`i ko`ksum shigofini yirdeg,
Firokida jonim arosig`a kirdeg.

Demang hajr o`ti sharhini noma yozkim,
Kuyar safhavu xoma ermas bitirdeg.

Quvonurmen ul oyni har necha ko`rsam,
Meni garchi ul necha ko`rsa yigirdeg.

Buyurg`ilki mashshota xoling qo`yarg`a,
Ko`zum mardumin tig` uchi birla qirdeg.

Yuzumda yurak koni durdingki, keldik,
Ajal ilgi ul qonni andin siyirdeg.

Yuzung birla jono quyoshdek bir o`lg`ay,
Quyosh birla zarra agar bo`lsa birdeg.

Ayirmon soching band-bandin ko`nguldin,
Agar band-bandimni davron ayirdeg.

Qoshingning xayolig`a jon rishtasin ko`r
Ki, yopishti yoy uzra muhkam singirdeg.

Navoiyg`a hajringda motam surudi,
Bo`lubtur nashot ahli bazmida yirdeg.

339

Ne xayol edi yanakim ko`ngul qushi saydini havas aylading,
Badanimg`a har saridin xadang otibon anga qafas aylading.

Ko`ngul ichra shu`lai nshqkim yetadur falakka zabonasi,
Tanimu so`ngaklarim ul o`tingni yoqarg`a xoru xas aylading.

Ko`z ichindakim to`la qon edi, og`iz ichra dag`i tutundek oh,
Ani dam-badam qilibon fuzun, muni ham nafas-nafas ayladiig.

Etib erdim o`lgalikim tirildim aning jafosi hadisiding
Nega uyqudin burun ul fasonani, ey rafiq, bas aylading.

Manga ishq aro o`lum erdi chorae hajrda bu ne ranjkim,
Ani daf` etarga firoq dardu g`amimni choraras aylading.

Chu gum o`ldi choku hazin ko`ngul g`ami hajr dashtida, ey falak,
Yo`l ozarga ahli salomat ul ko`ngul unini jaras aylading.

Chu firoq shiddati, ey ko`ngul, g`ami ishq lozimasi emish,
Ne yetishsa chek chu burun o`zung bu baloni multamas aylading.

Tunu kun sabu chekib, egninga sol o`zungni xalqai dayr aro,
Chu belingga mug`bachalar kamandi xayolini maras aylading.

Chu zamona ahli aro vafo tilading chek emdi, Navoiyo,
Alamu balo, ne uchunki el ora yo`q nima havas aylading.

340

Ko`rdum og`zingni manga qahr ila chun so`z qotting,
Ko`rmaganni bu g`azab ichra manga ko`rsatting.

Ishq paykonlarini yog`durubon buyla  manga,
Su sepib zuhdu saloh uyqusidin uyg`otting.

Bul ajab hol ila bilmonki junun dashti aro,
Meni majnung`amu yo ani manga o`xshatting.

Ofiyat qushlarining jamiyati qolg`aymu,
Muncha men telbagakim tafriqa toshin otting.

Dog`lar demaki qoqturmoq ila ko`ksuma tosh,
Ishq mismorlarin ko`nglum aro o`rnatting.

Sotqun oldim g`ami ishqingni berib jon naqdin,
Meni olamg`a bu savdo bila oxir sotting.

Ko`rubon ko`yung aro zorlig`im tund bo`lub,
So`rgali tashqari itlarga meni sudratting.

Bir zamon do`stqa o`rganki, budur hosili umr
Kim, zamon ahlig`a ko`nglungni base o`rgatting.

Ey Navoiy, magar ilgingni tutub chekkay pir
Kim, yigitlik xumining durdig`a muhkam botting.

341

Ey ko`ngullar zulf zanjirida qayd etmak faning,
Barchadin anda muqayyadroq vale ko`nglum maning.

Su aro kun aksi yo ko`k pardasinda mehrdek,
Bilgurur moviy katon ko`nglak aro nozuk taning.

Bodadin ul yuz ne gullar ochti ko`r, ey bog`bon,
Ichma kavsar suyi mundoq gullar ochmas gulshaning.

Vajhi yo`qtur tiyra bo`lmoq, ey ko`ngul, to ul quyosh,
Yuz chiqarg`ach bo`lg`usi ko`zlardin ikki ravzaning.

O`rtabon parvonani, ey sham`, so`ngra ne osig`,
Yig`lamoq chirmab qora motamliq eldek shevaning.

Bilki emin sen riyoiy zuhd ujbi xavfidin,
Eyki dayr ichra fano mayxonasidur ma`maning.

Yorni ko`rgach Navoiy o`ldi, ishq atvorini
Vomiqu Farhodu Majnun bori andin o`rganing.

342

Tararda tob urar, turrai parishoning
Ki, obnus tarog` uyladurki mujgoning.

Ichimga tushti ko`ngul iztirobidin ko`p zaxm
Kim, anda har saridin bosh chiqardi paykoning.

Ko`ngulni, vahki, netib daf`a-daf`a sendin uzay
Ki, aql ko`proq erur lahza-lahza hayroning.

O`par taxayyuli daf`ig`adur sinonlarkim,
Shuo` xatlaridin chekti mehr raxshoning.

Ko`ngul ne nav` dam ursun firoqing ofatidin
Xi, zaxmi og`zig`a muhr o`ldi dog`i hijroning.

Netib qaror tutay, ey ko`ngul, ki qo`zg`aydur,
Ichimda sabr uyini har dam ohi pinhoning.

G`am etti tiyra meni jomi may evur soqiy
Ki, ko`zlarimni yorutsun bu barqi raxshoning.

Chu subh nargis ochib ko`zni tutti oltun jom,
Sabuh favt o`ladur, nozaninlar, uyg`oning.

Navoiyo, chu g`animatdurur yigitlik dami,
Yigitlar ilgidin ich toki bo`lg`ay imkoning.

343

Manga bir lahza vafo aylamading
Ki, hamul lahza jafo aylamading.

Qomatingdin manga kom erdi xirom,
Vahki, komimni ravo aylamading.

Otmoq o`q elga xatodur, lekin
Manga otqanni xato aylamading.

Elga lutfung manga gar bo`lsa jafo,
Ne jafolarki manga aylamading.

Gardi raxshnngg`a baho jon tilading,
Ani tufroqcha baho aylamading.

Topmading mulki baqo to o`zni,
Azimi dashti fano aylamading.

Yuz vafo va`da Navoiyg`a qilib,
Ohkim, birga vafo aylamading.

344

Xizr xatting sabzasi,  hayvon  suyi  no`shi labing,
Ul su mavjidin bo`lub bir davr tavqi g`abg`abing.

Yo jamoling chashmai xurshidu har yon bir hubob,
Har qulog`ing durri, ya`ni ikki raxshon kavkabing.

Rokibi ne vajhdin xurshid erur na`li hilol.
Gar emastur tavsani gardun sabukrav markabing.

Ey ko`ngul, bilkim chekarlar goh, yo rabki, fig`on,
To malak xaylini yolqitti fig`onu yo rabing.

To dabiston mayli qilding xalq o`ldi go`ynyo,
Qabr lavhig`a qilur ash`or lavhi maktabing.

Qayt, ey so`fiki, piri dayr durdi jomig`a,
Bo`lmog`ing shorib agar sofpy emastur mashrabing,

Ey Navoiy, bordi ko`ngling tanni ham ko`yiga sol
Kim, itiga qalbing oz bo`lsa yetishkay qolabing.

345

Chekib ko`nglumni uzdung, andakim ko`nglum uyin buzdung,
Bu mehnatxonani buzg`on zamon mendin ko`ngul uzdung.

Buzuldi ko`nglum emdi g`am sipohin chekma ko`p, ey hajr,
Tuzukluk ko`rmagil hargiz, bu yanglig`kim meni buzdung.

Berib g`am naqdi aylab dilrabolig` va`da qilding vasl,
Karam qilding, yiqug` ko`nglumni olding, lutf ko`rguzdung.

Sog`inding za`fu ul yuz ko`zgusin yetkurdung og`zimg`a,
O`lub erdnm yana bu vajh ila go`yoki tirguzdung.

Visoling va`dasi birla firoqing dashtig`a solding,
Etib mav`id chu qildim avd yitkon yerda turg`uzdung.

Balo dardin manga tutmoq uchun ayirding, ey soqiy,
Chu davron bazmida ahbob uchun ishrat mayi suzdung.

Navoiy jismini hajr emgakidin, ey ajal, qutqar
Ki, ashki durlariyu jonining naqdidurur muzdung.

346

Jismimg`a varam hay`ati har tashki urdung,
Ul toshni go`yoki hamul yerda yoshurdung.

Ko`nglum buzulib sabru xirad bog`ladilar raxt,
Chun mulkni buzdung, elini dog`i ko`churdung.

Ey yor iti, uzrumni qabul etki, tanimda
Et topmadingu eski so`ngaklarni ko`murdung.

Ey telba ko`ngul, chiqmading ul zulf xamidin,
Go`yoki qorong`u kechada yo`lni iturdung.

Ko`nglum uyida sensenu yo`q kimsa hamono,
Kirpiklar ila g`ayr xayolini supurdung.

Sendin yuz evurmak manga mumkin yo`q, agarchi
Har saridin ollingg`aki keldim, yuz evurdung.

Matlubni bir dayri fano yo`lida ista,
Topilmadi chun bodiyada necha yugurdung.

Ey mug`bacha, dayr ichra meni mast eta ko`rkim,
Jon quti ko`ngul quvvatidur sofingu durdung.

Bir ko`rmagu o`lmak bila, ey xasta Navoiy,
Ishq ahli orasinda yangi rasm kiyurdung.

347

Sarvga ra`no xiroming birla bedod aylading
Kim, qadingning qullugidin ani ozod aylading.

Gul dog`i husnungga erdi xo`shachin yuz vajh ila,
Ko`rmanin yuz xirmanin bir damda barbod aylading.

Qo`yma minnat bizga g`amgin aylabon ishq ahlini,
Bizni ham shod etmading, gar elni noshod aylading.

Aylading ko`nglum imorat partavi ruxsor ila,
Ka`bani butxona qilmog`liqqa obod aylading.

Aytmonkim, umr o`tub, sog`inmading bir dam meni,
Qatl etarda chun kerak bo`ldi kishi yod aylading.

Tslbalik o`ltursa ham bo`ynungg`a qonim, ey ko`ngul,
Bor ekach odam nega mayli parizod aylading.

Yig`lamoqdin ko`r bo`l, ey ko`z, firoq ayyomida,
Ne uchun o`zni xo`blar husing`a mu`tod aylading.

Benasib erding fano oninidin, ey shayxkim,
Do`st vaslin toatu taqvog`a nsnod aylading.

Ey Navoiy, o`ldung armon birlakim, faryodingga,
Etmadi ul no`shlab har necha faryod aylading.

348

Yorab, ul oyniki el ko`nglig`a marg`ub aylading,
Garchi ishqidin xarob etting meni, xo`b aylading.

Shoh esam ishq ahlig`a tong yo`qki, ey gardun, meni
Ul shamol ahli shahi ishqig`a mansub aylading.

Ne ajab boshtin ayog`im dard bo`lsa, ey qazo
Kim, nigorimni qadam to farq marg`ub aylading.

Telbarab ermishsen, ey roqim, hamul kundin beri
Kim, jununumni parizodimg`a maktub aylading.

Tuhmati zuhd aylabon, ey shayxi kozib, ne uchun
Begunah bizni xarobot ichra  ma`yub aylading.

Jon berib bo`lsam ajab yo`q tolibing, ey ishqkim,
Har ne matlubidur aning bizga matlub aylading.

Ei Navoiy, o`zni solding itlari xayli aro,
Itni go`yo odami haylida mahsub aylading.

349

Tiyra qilmish tun kebi ofoqni ohim mening,
To eshittimkim qilur shabgardliq mohim mening.

Tun qorasndek qora pashminadurmu sayrida,
Yo tutubtur ul jafogar sho`xni ohim mening.

Uchramas har ko`y boshida turup yo`l asrasam,
Ravshan ermas, vahki, sham`i baxti gumrohim mening.

Yo qochar mendin xaloyiq tanig`ay deb nogahon,
Yorutur chun tunni har dam ohi nogohim mening.

Xidmatida nega yo`l topmon ekinmen tiyra ro`z,
Shomi mulkin chun musaxxar ayladi shohim mening.

Men dog`i ahbobdek maqbuli erdim, ohkim,
Johi idbor o`ldi ul iqbol ila johim mening.

Elga har lafzi Navoiy jonig`a bir dog` erur,
Necha qo`yg`ay bag`rima dog` ul yuzi mohim mening.

350

Necha ul ko`y itlariga yetkay ozorim mening,
Kosh itlar tu`masi bo`lg`ay tani zorim mening.

Necha ul bazm ahlig`a bo`lg`ay fig`onimdin malol,
Kosh alar qurboni bo`lg`ay joni bemorim mening.

Necha nozuk ko`ngli kelgay yorning mendin batang
Kim, fido ko`ngliga jonu jismi afgorim mening.

Necha ashkim yiqqay el sabri binosin ko`yida
Kim, o`yulg`ay koshki, bu jismi xunborim mening.

Yo`qu bor eldur jununum shaynidin ozurdadil,
Umr agar budur yo`qum ko`p yaxshikim, borim mening!

Ey fano tig`i, vujudum naqshin andoq ayla haq
Kim, zamon avroqidin mahv o`lsun osorim mening

Soqiyo, tutma Navoiyg`a yana ishrat mayi
Kim, erur badmast ul majnuni xammorim mening.

351

Snng`oli ko`nglum oqar har lahza xunobi aning,
Shishakim sindi, chiqar turmay mayi nobi aning.

Solma ul ko`y ichra qoshingg`a girihkim, shubhadur
Toat aylar yerda tushsa egri mehrobi aning.

Bahri ashkim uyla daryodurki davri charxdek,
Bo`lg`ali loyiqdurur har sari girdobi aning.

Uyla zanjire durur zulfung qamar davridakim,
Tushkudek bo`lmish qamar davrig`a qullobi aning.

Qil kebi jismimki hajring so`zi ichra to`lg`anur
O`tqa tushkandin nishondur pech ila tobi aning.

Uyla qurbondur anga ko`nglumki jon aylar fido,
Tig` olmastin burun ilgiga qassobi aning.

Piri dayr aylar sabuh, ammo ko`z ochmas mug`bacha,
Ayshni talx aylamish bizga shakarxobi aning.

Faqr erur bir lafzu sharhi yozilur yuz ming kitob,
Ne uchunkim xush kelur ayturda itnobi aning.

Ey Navoiy, topti mutrib sozidin ko`nglum navo,
Go`yiyo jon rishtasig`a tegdi mizrobi aning.

352

Ko`ngulki hajr tuni qo`ymadi qarorin aning,
Muning ham ohi qora qildi ro`zgorin aning.

Visol gulshani birla ko`p o`lmag`il mash`uf,
Xazoni hajr chu barbod etar bahorin aning.

Tutub nashotu tarab chang zulfin etma surud
Ki, bir-bir uzgusi g`am changi tor-torin aning.

Qadah nashoti uchun davr ichinda qon yutqan,
Chekarga bilki  kiri  aylamas xumorin aning.

Sipehr kom ila evrulmasa hazin bo`lma,
Kishiga bermadi chunkim haq ixtiyorin aning.

Agar baqoi abad istasang fano yo`li tut,
Yorut ko`zungni qilib to`tiyo g`uborin aning.

Navoiy, ul kishi topti farog` olamdin
Ki, himmati ko`zi teng ko`rdi yo`qu borin aning.

353

Yor kelsa, do`stlar, ohangi raftor  aylamang,
Infiolimdin nafas urmoqni dushvor aylamang.

Yolg`uz uyda qayda yoro boqmag`im ruxsorig`a,
Holatim tag``yiridin sirrimni izhor aylamang.

Toki ko`nglum iztirobiyu tanim titratmasi,
Sokin o`lmas, nukta  ayturg`a meni yor aylamang.

Soate chunkim o`tub bu nav` kelsam holima,
So`z aro oshiqliq alfozini takror aylamang.

Chunki bo`lsa multafit chun yer o`pub o`lgumdurur,
Har jafo qilsam o`zumg`a man` zinhor aylamang.

Emdikim o`ldum tanim yor itlariga tashlangiz,
Lek ag`yorin bu ma`nidin xabardor  aylamang.

Qaysi oshiqkim  Navoiydekdurur, ey  ahli zuhd,
Ishq man`in aylabon ko`ngliga ozor aylamang.

354

Vahki, o`tluq chehra ochib xonumonim o`rtading,
Otashin  la`lingdin  otib nukta jonim  o`rtading.

Dema ne qildim, ne qildim notavon ko`nglung olib,
O`rtading, ey qotili nomehribonim, o`rtading.

O`t uza qil to`lg`onib kuygandek ul yuz shavqidin,
Nechakim tob urdi jismi notavonim o`rtading.

Ko`kda zohirdir shafaqdin shu`la anjumdin sharor
Kim ani, ey shu`laliq, ohu fig`onim o`rtading.

Bismil etgach saydni andoqki etkaylar kabob,
Zaxm etib ko`nglumni chunkim oqti qonim o`rtading.

Urg`ali, ey ishqi zolim, barqi ofat jonima,
Har ne o`zluktinki bor erdi gumonim o`rtading.

Ey Navoiy, to belu og`zi xayoli aylading,
Boru yo`q, ya`niki paydovu nihonim o`rtading.

355

Ey   ko`zu ko`nglum, sirishku ohdin to`fon qiling,
Jonu jismimning yiqilg`ur kulbasin vayron qiling.

Qilsa bu ish ko`zu ko`nglum siz dog`i, ey dardu ishq,
Ko`zni ko`r  aylab, ko`ngulga dard o`qin parron qiling.

Har bahona birlakim bo`lsa, hayotim qasrining
Toqu ayvonin buzub, tufrog` ila yakson qiling.

Ya`ni  aylab  muncha  bedodu jafolar  shammae,
Hajr dardi shiddatin men xastag`a oson qiling.

Zinhor ahbob, oshiq bo`lmangiz, gar sahv etib
Bo`lmoq istarsiz, burun  andishai hijron qiling.

Dermen, ey  ahbob, tortay hajrdin bir tiyra oh,
Er to`big`a oy ila kun ko`zgusin pinhon qiling.

Hajrdin ko`ngli to`la kelmish Navoiy rahm etib,
Ey  xarobot ahli, bir mamlu qadah ehson qiling.

356

May bila mayxonaning xishtin tosh uzra hal qiling,
Chun xumoridin sudo` o`lsa ani sandal qiling.

Har ne qolsa suda bo`lg`ay xishtdin ta`zim uchun,
Ip toqib har jonibidin bo`ynuma haykal qiling.

Ey xarobot ahli, soqiy orazi aksi uchun,
Sof qilmog`lig` bila may ko`zgusin sayqal qiling.

Mug`bacha ollida chun bo`ldi sujud etmak ishim,
Mayg`a marhun qilsangiz sajjodani avval qiling.

Sahl erur jon naqdini soqiy uchun qilmoq nisor,
Lek bir paymona to`ldurmoq bila ashal qiling.

Mastu majnun chiqmisham mayxonadin, ey do`stlar,
Komingiz gar hazl esa iynak meni mahzal qiling.

Ko`yidin qavlang havosu aqlni, ey dardu ishq,
Anda sargardon Navoiyning vale ankal qiling.

357

Bir o`t esaki manga jurmsiz vafoni kam etting,
Yuz o`tdur ulki jihatsiz ulusni muhtaram etting,

Boshimg`a tig` urubon naqdi dard ko`ngluma solding,
Vafo tariqida taqsir qilmading, karam etting.

Yuzumni naqsh etibon ashk tiyra qonidin, ey ishq,
Toshimda qonlig` ichim sharhini yona raqam etting.

Fasonai g`amu mehnat buyurdung aylamak azbar,
Qanoat etmay ulusqa meni fasona ham etting.

Ko`ngulda ishqim o`ti chun falakka tortti shu`la,
Balo livosi boshig`a bu shu`ladin alam etting.

Dedingki, faqr yo`linda topildi maqsadi asliy,
Vujud naqshini jon lavhidin magar adam etting.

Magarki yor seni istar, ey shikasta Navoiy
Ki, naqd jonni qilib tuhfa, farqdin qadam etting.

358

Samandi noz uza ul chobuki balog`a boqing,
Pari boshinda malak parridin o`tog`a boqing.

Nachukki qavsi quzah davri mehr aksi erur,
Topib ham egnidin aylang`an ikki yog`a boqing.

Sadog`i jonibikim ilgiga sinon tutmish,
Yuz o`q yiloniyu bir qotil ajdahog`a boqing.

Agar bu o`qu sinon urmog`in inonmasangiz,
Ochib tanimni adaddin fuzun yarog`a boqing.

Bu shakl birla jahon buzmog`i yaqin gar emas,
Ulusta har taraf oshubu ibtilog`a boqing.

Bu bog` gullarini yerga sochmayin qo`ymas,
Xazon yelini ko`rung charxi bevafog`a boqing.

Navoiy o`ldi jahon ahlidin navo topmay,
Ne bo`ldi bir nazar ul zori benavog`a boqing.

359

Ko`ngulkim har yonig`a na`l kestim bo`lg`ali zoring,
Qushedur tallaning chambarlari ichra giriftoring.

Ulus qatlidin ul ko`z notavonroqdur, ne hol erkin
Ki, jon olg`an bila mayl aylamas sihhatqa bemoring.

Yuzu zulfung chu din qasdi qilur kofir desam tonma,
Demon yuz uzra zulfung, balki mushaf uzra zunnoring.

Ko`zi ollida, ey bodom, qilding ishva da`vosin,
Magar   kirpiklaridindur nishoni  jismi afgoring.

O`zungni sotmog`ingda husn savdosidin, ey Yusuf,
Habibim yetsa erdi ne ushalg`oy erdi bozoring.

Yuzung gul-gul bo`lubtur bodadin, vah, ko`zguga boqkim,
Ne yanglig` toza-toza  gullar  ochmish bog`i ruxsoring.

G`amim ayturg`a yore topmag`andin soqiyo, o`lgum,
Manga bir jur`a birla yorliq qilsang xudo yoring.

Agar rangin may ichsam, ey qazo naqqoshi, yozg`urma,
Ihota qilmag`on ish qo`ymamish, chun davri pargoring.

Navoiyni adam vodiysig`a soldi fano sayli,
Iturganlar ani ul saylining xoshokin axtaring.

360

Donai holing bila ko`nglum qushin rom aylading,
Gardi yazdiy me`jaringdin qasdig`a dom aylading.

Sabzau gul istamon to vo`smavu gulgunadin,
Qoshni aylab  sabzagun, orazni  gulfom  aylading.

Husn  bog`ida  qading bo`lmish latofat gulbuni,
To`nni gulgun, tugmani to g`uncha andom aylading.

Qomatim dolu yoshim gulrang erur to noz ila,
Dolu gul tekkan niholi uzra orom aylading.

Yuz uza ochting soching zunnorin, ey kofir, magar
Fosh etib kufringni qasdi ahli islom aylading.

Tongla jannat huridin kech, ey ko`ngul nokom ila
Gar bu kun dunyo arusi vaslini kom aylading.

Ey Navoiy, zulfig`a bo`ldung parishon oqibat,
Yaxshi jam`iyat bu savdodin saranjom aylading.

361

Ey mug`anniy, yor bazmida navo soz aylasang,
Jon fidong o`lsun g`amim sharhidin og`oz aylasang.

Uddek kuymakligim sharh et lisoni hol ila,
Nag`mada udung lisonin sehrpardoz aylasang.

O`zga olamdin xabar deb bizni tirguzdung ne tong,
Bu risolat birla gar izhori e`joz aylasang.

Rozim ar sozing lisonidin ba`idul fahm esa,
Anga ruhafzo unungni dog`i hamroz aylasang.

Otlanib boshimni raxshingning ayog`i ostig`a,
Tig` birla solg`udek masti sarandoz aylasang.

Parda yop roz uzrau doxil bo`l ushbu bazm aro
Kim, erur xorij agar beparda ovoz aylasang.

Chekmading lahne Navoiy ko`nglun istab ayb emas
Anglab o`zungni navo ahlig`a shahnoz aylasang.

362

Vah, ne ruhafzo qadu dilkash xiromi bor aning,
Go`yiyo jon gulshani ichra maqomi bor aning.

Ulmakimda bor anga go`yoki ummidi hayot,
Jon bila bu ishda baskim ehtimomi bor aning.

Qoldi ko`nglum g`am tuniga, subh vasl ahli qachon
Aylagaylar fahmkim, ne tiyra shomi bor aning.

Jonim uzra dog`lardin vah, qachon topqay xabar,
Ulki, gulbarg uzra xoli mushkfomi bor aning.

Beli birla og`zidin ko`nglumga bor ummidi kom,
Ne daqiq ummid ila nobud komi bor aning.

Toptilar ruhi ravonim parvarish har lafzidin,
Olloh-olloh, ne ravon parvar kalomi bor aning.

Sen haram azmi qil, ey zohidki, ko`nglum mast erur,
Xossakim mayxonadek baytul-haromi bor aning.

To ko`ngul dayr ixtiyor etti bilibtur mug`bacha
Kim, aning vasli sari savdoi xomi bor aning.

En Navoiy, davlati zohirni doim topmog`ung,
Faqr iqbolidurur, ulkim davomi bor aning.

363

Ul pari bu telba birla oshno bo`lsa ne tong
Notavon Majnung`a Laylidin vafo bo`lsa ne tong.

La`li hajridin damodam xasta ko`nglum qon yutar.
Ul marazg`a buyla sharbat yo g`izo bo`lsa ne tong.

Dema qotildur labi, o`zungga qilma qasdi jon,
Buyla qotil ollida jonim fido bo`lsa ne tong.

Charxdin ko`p bo`ldi ohim dudig`a bois raqib,
Yuzi aning ro`zgorindek qora bo`lsa ne tong.

Zulfi zulmat shomiyu davlat tongidur orazi,
Tiyra hajrim shomidin zulmatzudo bo`lsa ne tong.

Qasdi dinu g`orati imonim etmish mug`bacha,
Ey musulmonlar, yerim dayri fano bo`lsa ne tong.

Barcha ziyrak qushqa chun ul zulf domi bo`ldi qayd,
Ey Navoiy, anda ko`nglum mubtalo bo`lsa ne tong.

LOM HARFINING LU`BATLARINING LATOIFI NAVODIRDIN

364

Zihi nihoyating oxir kelib abad avval,
Vale xabar bera olmay bidoyatingg`a azal.

Ne qudrating jabalini qilib tazalzul past,
Ne hikmating quyoshig`a berib zavol xalal.

Bo`lub sifatingga mazhar jami` maxluqot,
Alar mufassalu insonni aylading mujmal.

Jamol zevari qosh aylading, magar urdung
Bu ikki misqal ila uyla ko`zguga sayqal.

Firoq shomini oshiqqa aylading tiyra,
Agarchi anjumidin yoqting anda ko`p mash`al.

Bahor moshitasi  sa`yi birla kiydurdung
Chaman arusi yuzu qaddig`a huliyyu hulal.

Sipehr safhasin anjumdin aylabon afshon,
Bu safha ustiga chekting shihobdin jadval.

Yozarg`a matla`i subh uzra nurdin tug`ro
Quyosh tilosidin omoda aylading zarhal.

Navoiy ayladi hamdingg`a nomalar irsol.
Ani rad aylamagil haqqi Ahmadi Mursal.

365

Qilsa jonon ollida jonim tufayl, o`lmoqqa mayl,
Qosh yuz jon o`lsakim, har dam birin qilsam tufayl.

Istasa kuygan ko`ngul o`tluq yuzungni qilma ayb,
Ixtiyori yo`qtur aylarda samandar o`tqa mayl.

Yo`l qilur jismimda  ashk, eltur so`ngaklarni uzub,
Er qozib xoshok oqizg`andek qayon yuzlansa sayl.

Qatrai sahbo Suhaylidin labing maygun emas
Kim, aqiqedur bukim rang olur andin yuz Suhayl.

Bir muloib hindu o`lmish har ko`zungning mardumi,
Kirpiging hind ahlidin hangoma tuzgan ikki xayl.

Takya qilma taqviyu toatqa kim naf` aylamas,
Fazldin yetmay  bashorat Bishr bo`lg`il  gar  Fuzayl.

Shomi hajr ermas shafaq, balkim Navoiy g`ussadin
Yig`ladi qon anchakim gardung`a rangin bo`ldi zayl.

366

Uyla bo`lmish gul yuzung yodi bila qonlig` ko`ngul
Kim, tushar har qatra qon o`rnig`a andin bargi gul.

Dema ko`nglung borkim jism ichra hajring tig`idin,
Poralar bor qon aro bilman bag`irdur yo ko`ngul.

Sarvdek bo`lsa bu gulshanda ato, guldek ano,
Mumkin ermas tug`mog`i sen sarvi gulruxdek o`g`ul.

Kuydumu kul bo`ldum, ammo jonda la`ling shavqidur,
Andoq axgar hifzig`a behad munosibdur bu kul.

La`ling ollinda sanamlar la`li rang etkan bilur  
Kim, ichar xino suyin bo`lg`an zamon gulrang mul.

Qismdin ortug` tilab xor etma o`zni, ey aziz
Kim, qanoatdin durur izzat, tama`din barcha zul.

Dayr piri birla may ichsang, Navoiy, asra dam
Bo`lsa fahm ibriq unidin garchi qulqul lotaqul.

367

Mening ko`nglumni ishq, ul gul yuzin mul,
Bu qildi dog`-dog`, ul qildi gulgul.

Boshimg`a chirmashur savdosidin dud,
Ne tunkim aylasam zulfin taxayyul.

Yuzung davrinda zulfungdin salosul,
Qilibdurlar ayon davri tasalsul.

Uqungdin zor ko`nglum par chiqarmish,
Yuzungdek gulga xushtur buyla bulbul.

Tahammul yaxshi ul oydin yo`q afg`on,
Vale afg`on chu bo`lsam betahammul.

Fano dashtig`a qo`yma to`shasiz yuz,
Vale to`shang kerak bo`lsa tavakkul.

Qadingning e`tidolidin Navoiy
Chekar gardung`a oh etsang taodul.

368

Orazing shavqi damikim aylanur qonlig` ko`ngul,
G`uncha yanglig`durkim, anda chirmashibdur bargi gul.

Anglamon gulrang ruxsoringda maygun labmudur,
Yo tomibdur ofarinish bazmida gul uzra mul.

Ayladi ko`nglum gadoliqkim diram yanglig` tugan
Qo`ydi ishqing yo zakoti husnung ehson qildi pul.

Telbarab qochqon qulungmenkim, soching af`isidin
Ham ayog`imda erur zanjiru ham bo`ynumda g`ul.

Ko`zlaringkim turki tojik o`ldi ko`nglum mulkida,
Zulm etar ul nav`kim bir kishvar ahlig`a chug`ul.

Ne tafovut sifla eldin xorlig` yo ehtirom
Kim, bahoyimdin erur teng xohi izzat, xohi zul.

Noma ko`p yozmish Navoiy kimsa yo`q mahram magar
Kim, alar irsolig`a ham tengri yetkurgay rusul.

369

Demonkim, meni yod etib shod qil,
Unutg`anlaringni birar yod qil.

Sanovbar sanga bandadur sarvdek,
Boshingdin erur dog`i ozod qil.

Vafo yo`qtur ul sho`xda, ey ko`ngul,
O`zungni jafosig`a mu`tod qil.

Qilur jonima hajr qasd, ey ajal,
Bu ishda anga sen ham imdod qil.

Manga ishq aro o`lmak oyin erur,
Raqibo, yana san`at irshod qil.

Parishonmen, ey oh, aflokdin
Bu abtar varaqlarni barbod qil.

Chu buzdung ko`ngul kishvarin zulm ila,
Sirishkim suyi birla obod qil.

Falak davridin ranjamen, soqiyo,
Kel emdi qadah davri bunyod qil.

Gar ul sho`x faryodinga yetmasa,
Navoiy, shah ollinda faryod qil.

370

Gar labing ollida da`vo qilmadi izhor la`l,
Bo`yni nevchun bog`lanib osildi mujrimvor la`l.

Go`yiyo to`ti xating birla labingdin so`rdi nutq
Kim, libos o`ldi zumurradgun anga minqor la`l.

Yo`q labing yanglig` biri go`yo demaykim ruh baxsh,
Ko`rmisham borib Badaxshon mulkida bisyor la`l.

La`l ollinda aningdekkim erur beqadr tosh,
Bo`lmish ul yanglig` labing ollinda bemiqdor la`l.

La`li jonbaxshing takallum vaqti bir-bir sochti dur
Olloh-olloh, kim ko`rubtur buyla gavharbor la`l.

Ko`zlarimdur bahru kon mehmonim o`lsang bir kecha,
Ham dur etkaylar fido ollingda, ham isor la`l.

Bir qadah may birla bo`ldi surxro` ahli xumor,
Kup aro go`yoki mahlul aylamish xammor la`l.

La`lgun may boshida bo`lsa kishining, ey harif,
Naf`i ko`prakkim tikilgay tojida shahvor la`l.

Gar Navoiyning so`zi shirinu rangindur ne tong
Kim, erur ko`nglida doim ul shakarguftor la`l.

371

Uylakim gulgul qilur husn ahli ruxsorini mul,
Mulg`a tushsa orazing aksi ochar yuz ancha gul.

Uylakim bo`lmas ko`ngul gulbundin uzmak g`unchani,
Men ham ul naxli malohatdin uza olmon ko`ngul.

Go`yiyo huru malakdin hosil o`ldungkim, emas
Odami xaylig`a mumkin sen parivashdek o`g`ul.

Lam`ai tig`idin o`rtandim, agar qonimdin ul
Zang tutmish yoruturg`a ham muhayyo bo`ldi kul.

Chun raqib og`ritti ko`nglumni anga dog` o`rtadim,
Bog`lag`andek et jarohat aylagan ustiga pul.

Qirq yoshta faqr oyinin agar kasb etmading,
Arbain chekmak bila ul hosil o`lmoqtin tungul.

Ey Navoiy, huru kavsar tongla taqvo ahlig`a,
Sen g`animat tut bu kun gulchehra soqiy birla mul.

372

Ey ko`ngul, ul otashin orazg`a ko`p o`rganmagil,
Nogah ayrilsa firoqi o`tig`a o`rtanmagil.

Tut o`zungga fardu bekaslik baloyu emgakin,
Yo birovga o`rganib ayru tushub emganmagil.

Lozimi ishq o`ldi hijron, bo`lma oshiq kimsaga,
Emdikim bo`lding tahammul aylabon kungranmagil,

Gul chog`n gulbong ishdur chekmak, ey bulbul, sanga
Oyu yil faryod qilmog`ni manga o`tkanmagil.

Ko`z yumub ochquncha sol uyg`onmas uyqug`a meni,
Nolishimdin hajr shomi har zamon seskanmagil.

Istasang ul mug`bacha boshingg`a yetkurgay qadam,
Dayr piri yo`lidin tufrog`dek tebranmagil.

Ey Navoiy, yor agar derkim o`zungni o`tqa sol,
Tan yolong aylarga kuyma jon uchun kuymanmagil.

373

Ko`ngul ichraki har dam qon to`kar ul kofiri qotil,
Musulmon bo`lmasun gar bo`lsa ruhullo sari moyil.

Samandar qush bo`lub anqocha zo`ri bo`lsa jazm ermas,
Bo`la olmog`lig`i so`zu g`amim maktubig`a homil.

Dedikim, javrdin so`ng vasl erur, yuz tig`i kin urdi,
Visolin istagach, dedi bu ermas javrg`a dohil.

Bag`ir pargolasi rangi ne tong gar ashkdin ketmas,
Qachon gul bargining rangin qilur yamg`ur suyi zoyil.

Degankim topti majnunluqqa Laylo oshiqi shuhrat,
Meni ishqingda ko`rgach, bildi Majnun yor emish oqil.

Agar ul qoshi yo o`q otsa chekmon oh ollinda
Qi, ohim dudi chog`liq ham o`qiga bo`lmag`an hoyil.

Chu ushshoq ichra dermen darsi ishqin mehri tong ermas
Ki, derlar: ilm bahs aylar zamon rahmat bo`lur nozil.

Qabul ahli qoshinda istasang maqbul bo`lgaysen,
Fano iqboli birla avval o`zni aylagil qobil.

Gadolig` aylaram, ey mug`bacha, jomi mayi la`ling,
Agarchi rasm bo`lmas javhari jon nstamak, soyil.

Ajal gar so`ngg`i dam bo`lsa bu dam koming Xizr umri,
Bu noma`lum mav`idqa bino qo`yg`on zihi g`ofil.

Navoiy bir nafasda hajr zulmidin xalos o`lg`ay,
Agar ahvolidin bir nukta so`rsa xusravi odil.

374

Ey ko`ngul, har makr ila qochsang ulustin shukr qil,
Har vafog`a ming jafo tortib qutulsang muft bil.

El tildin ko`rdum ancha g`ussakim, mingdin birin
Aytmoq bo`lmas tanimda har sari mo` bo`lsa til.

Nechakim olamda bedod o`lsa olam ahlig`a,
Gar muyassar bo`lsa yuz oncha tasavvur aylagil.

Joninga bilkim jafodin o`zga yetmas yilu oy,
Jon fido qilsang vafosinda alarning oyu yil.

Davr jomi zahridindur dog`i tig`i qonidin,
Sarvu gul bu bog` arokim bo`ldilar yoshil, qizil.

Faqr vodiysig`a kirgan tashlasun o`zluk yukin
Kim, qilur yo`l qat`in osonroq nscha bo`lg`on yengil.

Ey Navoiy umr o`tub ham mastu ham uyqudasen,
Hech bilmonkim seni uyg`on deyin, yoxud oyil.

375

Ul zaqanni upayu gulgunadin nazzora qil
Kim, erur bir olmakim rangi erur oqu qizil.

Ojiz  o`lg`ay zulfining savdolari taqriridin,
Gar qurug` jismim tarog` yanglig` sarosar cheksa til.

Necha o`zni yoshurub chin yuzga solib g`unchadek,
Tangdillarga  boqib, xandon bo`lub bir ham ochil.

Sochida shabnam burunchak, ey ko`ngul, ermas ajab,
Sunbul uzra gar tushar shabnam taajjub qilmag`il.

To kiyib sinjobi to`n, gulgun o`tuk qilding xirom,
Yo`q seningdek kabki ra`no husn sahrosida bil.

Raz qizi hamdamlig`idin oyu yil mast o`lmag`ing,
Necha bo`lg`ay o`tti umr ar o`lmagan bo`lsang oyil.

Ko`rmagan bo`lsang, Navoiy, sarv uza gul, qil nazar
Kim, ul oy gulguna surtub, xil`atin qilmish yashil

376

Qurudi chekkali qondin ko`zum niqob qizil,
Bale, yog`insiz o`lur chun bo`lur sahob qizil.

Ko`zumda loladek ul yuz g`arib erur qon yosh
Ki, bo`lsa gul qizil, o`lmas anga gulob qizil.

Boshim sipehrdek evruldiyu qon yoshim sari boq
Ki, har zamon yugurur anda bir shihob qizil.

Ko`zum qizardi, qizil ashk rangidin garchi
Qizil bo`lur, suyu, bo`lmas anga hubob qizil.

Ko`ngulni churkadi ishqing valek erur to`la qon,
Yolinda kuymishu kessang erur kabob qizil.

Bu qonki vodiyi ishq ichra oqti bo`lsa ne tong,
Samum rangidek ul dasht aro sarob qizil.

Ne jilva erdi qizil to`n bilaki qon yoshdin,
Libosin ayladi ishqingda shayxu shob qizil.

Labing g`amida Navoiy o`zin tilar behud,
Ne tong may ichsa aningdekki la`li nob qizil.

377

Qasdi jonim qildi hajr, ey qotili xunxor, kel,
Qon to`kub jonimni olmoq istasang zinhor kel.

Ashk durrin ko`zda, jon naqdin ovuchta asradim
Kim, qachon kelsang, yo`lingda qilg`amen isor kel.

Ruhum ayrilmish badandin gar tilarsen, ey habib,
Aylamak Isoyi ruhulloh damin izhor kel.

Aytmon kelgil dog`i qilg`il tavaqquf lahzae,
Kelgach-o`q borg`il, vale jonimni olg`och, bor, kel.

Jon yetibtur og`zima, dermen labingg`a topshiray,
Lutf etib qilg`il meni jon birla minnatdor kel.

Dayr aro may ichkali kelgum desam, der mug`bacha,
But qoshida bosh qo`yib bog`lar esang zunnor, kel.

Jon Navoiyni, Navoiy jonni sensiz istamas,
Ani jonning, jonni aning ranjidin qutqor, kel.

378

Sarvdek xazro libosing birla, ey nozuk nihol,
To`tiesen jilvagar, shakkar sanga shirin maqol.

Og`zingu beling hadisu ramzini bilmay yaqin,
El aro paydoyu pinhon muncha tushti qilu qol.

Bilgurur yuzung tahidin turfa xatti mushkbo`,
Sabzadekkim bo`lg`ay aning ustida ravshan zulol.

Ish aro topsam malolat sabrdin yo`q hayrati,
Darddin bemorg`a parhez erur ko`proq malol.

Ey ko`ngul, gar tori jismimda navo yo`q ne ajab,
Nola qilmas garchi pechu tob urar sargashta nol.

Hasrat ohidin falakka o`t solurmen har nafas,
Ne ekin hikmat bukim topmas asosi ixtilol.

Begunah to`ksang Navoiy qonini yo`qtur g`ami
Kim, seni ko`rgan dami qonin sanga qilmish halol.

379

Ey jamoling ravzasi firdavs bog`idek jamil,
Lablaringning kavsari aynan tusammo salsabil.

Istamas bo`lsa muhabbat ahli yoshin Dajladek,
Nevchun chekti qazo mashshotasi ollingg`a nil.

Ko`zuma yulungda tufrog`liq tikankim sanchilur,
Bor biaynih surma ul tufrog`, tikan andoqki mil.

Bargi guldek hulla jismingda sabo tahrikidin,
Titrar andoqkim kumush ustida bir muflis baxil.

Ey kabutar, vosil o`ldum, noma kelturmakni qo`y
Kim, harimi lomakonda mahram ermas Jabrail.

Orazing oyina, yuz mahvash safodin ursa dam,
Ko`zgu olkim, ko`rguzur yuz vajhdin ravshan dalil.

Ey Navoiy, boda ol ich xossa bu shukronag`a
Kim, salomatdur asolat gavhari sayyidi asil.

380


Gulshaningdin yeldek, ey ra`no nihol,
Men yomon bordim, vale sen yaxshi qol.

Men-menu bekasligu ayyomi hajr,
Sen bo`lu ahbobu davroni visol.

So`rma holimning sabodin gah-gahi,
Ko`nglunga o`lturmasun gardi malol

Gar buzuq ko`nglumni mardud aylading,
Bok emastur o`zgalarning ko`nglin ol.

Sig`mayin ko`yungda gar qovdung meni,
Asru keng sahrodurur dashti xayol.

Olam ahlida vafo mavjud emas,
Har nekim yo`qtur, erur topmaq muhol.

Ey Navoiy, xushturur ozodaliq,
Qayd aro hushluqqa yo`qtur ehtimol.

381

Beling solur dimog`img`a taxayyul,
Berur zulfung hadisimg`a tasalsul.

Buyursa garchi ishqing tarkini aql,
Ul ishni men qila olmon taaqqul.

Yuzung hajrida ko`nglum muztaribdur,
Ne nav` etkay balig` susiz tahammul.

Ne tong sensiz yutub qon, g`am yesamkim
Kerak ul bodag`a mundog` tanaqqul.

Qading titratti xokiy paykarimni,
Qiyomat yerga solg`andek tazalzul.

Emas moni` fano yo`lig`a foqa,
Kerak rahravg`a zodi rah tavakkul.

Navoiy bulbulu yori gul o`lg`ay,
Agar yuz poya qilg`aylar tanazzul.

382


La`li jonbaxshingda bir gavhar agar topmish xalal,
Javhari jonim qabul etsang anga aylay badal.

Qayda bo`lg`oy javhari jon ham badal ul durg`akim,
Obi hayvondin chiqarmish ani g`avvosi azal.

Ul ne gavhardurki, jon mulki xiroji topqasen,
Aql sarrofi agar qilsa bahosin filmasal.

Bo`ldi gar bir gavhar o`rni xoliy, ammo ko`rki bor,
Nuktadin yuz durg`a har soat musharraf ul mahal.

Lafzi durboring soliptur raxna gavhar silkiga,
Gar inonmaslar desang bir lafz o`lur bu nukta hal.

Charh sarrofi qoshinda birdurur dur birla tosh,
Toshdek so`z kelsa, durdek lafz ila qilma badal.

Ey Navoiy, silkidin tushkan yiroq dur bobida,
Durri ma`ni buyla nazm etmak emastur muhtamal.

383

Qasdi jon aylar damodamkim anga yuz jon tufayl,
Tifl uchun go`yo qilur har dam chuchuklik sari mayl.

Gul yuzungdin kelsa ashking lolagun yo`qtur ajab
Kim, bahor ayyomida rangin kelur, albatta, sayl.

Tushta ko`z surtar edim yuzunga go`yo xat emas,
Bo`ldi mujgondin tikan birla to`la husnungga zayl.

Barqdin bir lam`au xoshoku xasdin ko`h-ko`h,
Ishq yolg`uz zuhdu taqvo chirikidin xayl-xayl.

Ul saodat axtarin ko`rgach sirishkim qon bo`lur,
Chun aqiqekim ani rangin qilur tobi Suhayl.

Mazrai ishq ichra sochmoq qobiliyat donasin,
Ayladi ko`k tosidin go`yo qazo dehqoni kayl.

Zulfu yuzi furqati  ayyomidin so`rmang hisob
Kim, Navoiy ko`ziga birdek bo`lubtur yovmu layl.

384

Gar yetar ag`yordin yuz ming jarohat, ey, ko`ngul,
Chunki bordur yor uchun bor ayshu rohat, ey ko`ngul.

Ka`ba istarsen mug`ilon cheksa tnl qayg`urmag`il,
Bemalomat topmadi kimsa salomat, ey ko`ngul.

Menmenu ul oy g`ami sen ham agar mardonasen,
Dardu g`am chek, istama komu farog`at, ey ko`ngul.

Kimga yetkay vasl iqboli agar hijron aro,
Senda bo`lsa g`am chekarga sabru toqat, ey ko`ngul.

Xurdai rozingni asra g`uncha yanglig` qon yutub,
Har necha qilsa jafo ul sarvqomat, ey ko`ngul.

Dema ishqi so`zi kam bo`lg`ay boshnmg`a ursa tig`
Kim, bu sudin sokin o`lmas ul harorat, ey ko`ngul.

O`rtading oxir Navoiyni sharori oh ila,
Aiga nevchun muncha ko`rguzdung sharorat, ey ko`ngul.

385

Anglading yo yo`qmukim aylar safar yor, ey ko`ngul,
Vahki, bo`lduq yona hajri ilgida zor, ey ko`ngul.

Ul xud aylar azmu men ham xastadurmen, ham g`arib,
`Goh-gohi bo`lg`asen mendin  xabardor, ey  ko`ngul.

Ne borurg`a quvvatim bor, ne turarg`a toqatim,
Bizni bu holatqa sen qilding giriftor, ey ko`ngul.

Bora xud olmon turub ham chun tirilgum no`qturur,
Bas vido`ing qildim andin qolma zinhor, ey ko`ngul.

Mahrami gar bo`lmasang hushtur bu hamkim, bo`lg`asen,
Itlariga hamnishinu sohib asror, ey ko`ngul.

Gar bo`lubon nogahon toli` musoid baxtiyor,
Topsang ul oy birla so`zlashguncha miqdor, ey ko`ngul

Iltimosim budururkim, barcha eldin yoshurun
Qilg`asen miskin Navoiy dardin izhor, ey ko`ngul.

Bo`lsa senlik vasl yo`qtur har necha qilsang talab,
Bo`lmasa matlub erur ul dam talabgor, ey ko`ngul.

386

Ey latofat kasbida husnungg`a hojatmand gul,
Yuz guliston ichra yo`q husnungg`a bir monand gul.

Xil`ati xazro bila ul qomatu ruxsor erur,
Rost bir sarveki qilg`aylar anga payvand gul.

Yuzu g`amzangdin, mujamdin qon yosh ar zoyandadur,
Yo`q ajab chun bor tikanga doimo farzand gul.

Jolalar ermas guli sadbarg uzakim aylamish,
Jismini tishlar bila hajringda yuz parkand gul.

Qaysi vajh ila yuzunga da`vo etkay chun erur,
Ganji husnungdin muhaqqar vajh ila xursand gul.

Sarv sen, ey gul`uzor, ar bo`lsa xushraftor sarv,
Gul sen, ey sarvi ravon, gar qilsa shakkarxand gul.

Ey Navoiy, gar so`zungni yor eshitmas ayb emas,
Turg`oni birla quloqdur, lek eshitmas pand gul.

387

Ey manga  sensiz bahoru bog`u bo`stondin malol,
Qaysi bo`stonu bahoru bog`kim, jondin malol.

Sensizin ko`nglum tong ermas bo`lsa jannatdin malul,
Ne ajab bulbulg`a guldin ayru bo`stondin malol.

Bo`lmasa kofir ko`zung shaydosi majnun ko`ngluma,
Aqlu donishdin tanaffur dinu imondin malol.

Ishq tug`yonida yuz ko`rsatsa gulruxlar ne sud
Kim, topar muhriq isitqan mehri raxshondin malol

Kuydururlar dog`i daf` o`lsun maloli hajr deb,
Voy angaknm, voqi` o`lg`an dog`i hijrondin malol.

Kasrati paykonidin ko`nglum toriqmas, garchi bor,
E`tidolidinki o`tkach obi hayvondin malol.


Bazm aro har dam qadah ko`ngli to`la xunob erur,
Men kebi go`yo anga ham yetti davrondin malol.

Qiblai maqsad tilarsen dard o`qidin g`am yema,
Istagan tavfi haram ko`rmas mug`ilondin malol.

Charx anjumdin quloqqa paxtalar tiqti magar,
G`am tuni topmish Navoiy chekkan afg`ondin malol.

388

Kecha ul oy birla erdim, vah, bu tushdur yo hayol,
Tush emas, chun yo`qturur uyqu xayoledur muhol.

Ishq izhor aylabon vaslin tilar munglug` ko`ngul,
Bir gado yanglig`ki, aybin ko`rguzub aylar savol.

Oraz uzra ayn yanglig`dur uzoring uzra ko`z,
Nargis uzra nuqta yanglig`dur  ko`zung ustida xol.

Egma qaddim za`fi haddin oshti ul yuz qoshida,
Notavon bo`lg`an kebi xurshid vaslidin hilol.

Yig`labon ul sarvning yo`lig`a tushsam noz etar,
Su bila tufrog`din bosh tortqan yanglig` nihol.

Hajr tig`idin quruq jismim qalamdek bo`ldi shaq,
Lek bejon nolalar ko`nglumdadur andoqki nol.

Kom erur jonimg`a ul oludalig`din pok lab,
Ey Navoiy, o`lsam ichmon Xizr no`sh etkon zulol.

389

Demakim, mastlig`din, qaddi bo`lmish har qayon moyil
Ki, ohim yelidin har yondur ul sarvi ravon moyil.

Yuzi ollida bosh sojid, chuchuk nutqig`a til zokir,
Xati sabzig`a ko`z rog`ib, labi la`lig`a jon moyil.

Quyundek po`ya birla ko`yin istarmen ajab ermas,
Vatang`a bo`lsa bir sargashtai bexonumon moyil.

Isitsam hajridin muhriq ul o`tluq yuzni istarmen,
Nekim za`fin fuzun aylar, angadur notavon moyil.

Qiliching mayli tong yo`q bo`lsa joni xoksorimg`a,
Ne yerkim pastroq, su ul yon o`lg`ay begumon moyil.

Maxol umid ila kulbamda doim muntazirdurmen
Ki, shoyad ul pari bu jonib o`lg`ay nogahon moyil.

Agar masjidda kirdim halqai zikring aro, ey shayx,
Vale mayxonayu mutrib sari men har zamon moyil.

Necha gumrahg`a isyon bo`lsa, lekin ko`ptur ummidi,
Agar tuz yo`lg`a ko`ngli goh-goh o`lsa nihon moyil,

Navoiyning buzug` ko`nglini  manzil qildi g`am xayli,
Nechukkim tushkali vayrong`a bo`lg`ay korvon moyil.


390

Ancha bo`ldi tan o`qungdin ichkari, tashqari yo`l
Kim, ajal kirmakka, jon chiqmoqqadur har sari yo`l.

Doira atrofidin markazga chekkandek xutut,
Tiyr boroni falak ko`nglumga topmish bori yo`l.

O`qlaring zaxm aylagandin tanda xayli g`am kirib,
Uyla yerga yettilarkim, yo`qtur  andin nori yo`l.

Ko`ksuma hajr ichra tirnog`larki chekti shohroh,
Bu taraf solg`ay dedim ul shahsuvor ilg`ori yo`l.

Rishtai la`ling xayoli ko`z sari kelmakkadur,
Buki har yon chekti ashkim qatrai qonlari yo`l.

Qani mug` ko`yiki, piri dayr birla mug`bacha,
Uyladurlarkim topar ul yon yigitu qori yo`l.

Gar Navoiy ko`ksi chokin tikti budur qasdikim,
Topmag`ay darding ichidin chiqqali toshqori yo`l.

391

Ayladi ko`nglum qushi ul shom gisu sari mayl,
Shapparak yanglig`kim ul qilg`ay qorong`u sari mayl.

La`li hijronida ruxsorin tilarmen uylakim,
Bodadin maxmur bo`lg`on, aylagay su sari mayl.

Ishqima ushshoq shirkat qilmag`aylar deb erur,
Ko`ngluma bir qotili bebok badxo` sari mayl.

G`ayrdin ko`nglumni sof ettim yuzung aksi uchun,
Garchi xudbinsen sanga bo`lmas bu ko`zgu sari mayl.

Eshitib aqshom ko`ngul afsonasin ushshoqdin,
Qildi men bedilg`a navbat yetkach uyqu sari mayl.

Bu chamanda ne vafo bo`lg`ayki, har yon g`unchasi
Zohir etmish bulbul ahvolig`a kulgu sari mayl.

Har taraf moyildur ul sho`xu Navoiy muntazir,
Kulbasi ichraki shoyad aylagay bu sari mayl.

392

Ne ajab mayl aylasam yo`qluqqa har dam, ey ko`ngul
Kim, yo`q o`lsam yo`qturur yo`qlar kishim ham, ey ko`ngul.

Fikr etib bilman ne nav` erkin ko`ngul xurramlig`i,
Ko`rmadim hargiz seni bir dam chu xurram, ey ko`ngul.


Olam ahlig`a vafo ko`p qildimu ko`rdum jafo,
Ulfating bu xayldin sen bori qil kam, ey ko`ngul.

Gar takalluf qilmasang sendin edi har nechakim,
Jonima yuzlandi dardu mehnatu g`am, ey ko`ngul.

Qaydakim husn ahlidin olamg`a tushti ofate,
Ishqidin qilding meni rasvoi olam, zy ko`ngul.

Ko`zlarim sho`robasin, vahkim, oqizding yuz sari,
Bir  malohat ahli to`kkach gulga shabnam, ey ko`ngul.

Har parikim ochti bir devonaning qasdig`a zulf,
Aylading zanjirini bo`ynumg`a mahkam, ey ko`ngul.

O`tkan o`tti bori, emdi ayla bu pandim qabul
Kim, yana qilma havoi jinsi odam, ey ko`ngul.

Chun yana sevsang birovni chun qorib tark etti ishq,
Bas, Navoiy uzrini tutqil musallam, ey ko`ngul.

MIM HARFINING MAHBUBLARINING MALOHATI NAVODIRDIN

393

Zihi mulkungnung o`n sekkiz mingdin biri kelib olam.
Bir uyluk qul sanga olam aro Havvo bila Odam.

Berib chun ofarinish mahvashig`a hikmating jilva,
Bo`lub ruxsori niliy bu mudavvar nilgun toram.

Gul ahmar, savsan azraq bu chaman ichra bo`lub andin
Ki, yeldin tarbiyat kojin alarg`a yetkurub muhkam.

Nuhud folin ko`rub anjumdin avvalg`i uchi mezon,
Chu amring charx zolin aylabon makkorai qadxam.

Chamang`a otashin guldin chu qo`ydung toza qonlig` dog`,
Momuq oq guldin etting dog`i uzra qo`yg`ali marham.

Chu yozding subhig`a yorliq bosarg`a ol tamg`asin,
Shafaqdin hal qilib shingarf qilding, mehrdin xotam.

Kusuf ichra quyoshni tobiqun na`l etting oy birla,
Xirad vahm ettikim, ham jins ikki harf erur mudg`am.

Chu bog`lab bir-biriga hikmating bu korgah vasfin,
Xiradparvar muhandislarg`a sirrin aylabon mubham.


Itingdur  shohlar, yo`qtur  Navoiy itcha ollingda,
Alar ittin ko`pu bu it ayog`i tufrog`idan kam.

394

Men gado maxmuru piri dayr elinda jomi Jam,
Aylasam ibrom, mendin kamligu andin karam.

Ey xusho, mug` dayrikim bordur aning atrofida,
Har sinuq soyil Jamu sing`an safoli jomi Jam.

Yaxshiroq Jamshid bo`lmoqin gadolig` dayr aro,
O`zga qilmoq yaxshiroqkim, o`zgaga qilmoq sitam.

Qayg`u gar jon qasdi aylar jomi may daf`in qilur,
G`am nechakim muhlik o`lsun bor esa dofi` ne g`am.

Ey xarobot ahli, dunlardin muruvvat istamang,
Dog`i hirmon jonda xushroqkim, arozildin diram.

Shayx g`aflatdin samad zikrin qilurdin yaxshiroq,
Mug`ki dayr ichra degay ogohlik birla sanam.

Bir qadam nafs uzra qo`yg`il birni maqsadg`a dedim,
Yo`l uzun deb yema g`amkim, asl erur avval qadam.

Da`vii faqr etsang, ey zohid, gum o`l mayxonadin
Kim, bu yo`lda kimsaga bo`lmas vujud o`lmay adam.

Buki yor istar emish ishqu junun ahlig`a qatl,
Ey Navoiy, shukrkim oshiq menu devona ham.

395

Ham subhi orazingdur vardiyatun-nasoyim,
Ham shomi sunbulingdur miskiyatush-shamoyim.

Vah, ul ne xo`bluqturkim, qahr chog`i sursa,
Yuz harfi nomuloyim, andin kelur muloyim.

Bir kecha tushta ko`rdum ul zulf birla yuzni,
Baxtim kebi tilarmen, bo`lsam hamisha noyim.

Dar kun xayolu doim budur murod hamkim,
Bo`lsam qoshida har kun, boqsam yuziga doim.

Ko`nglumdin oldi ul ko`z oromu sabr naqdin,
Bir turkdekki olg`ay toroj ila g`anoyim.

Sufiy ko`zu ko`ngulni pok etmasa ne osig`,
O`tkarsa tunni qoyim yo bo`lsa kunda soyim.

Yuz oh, ey Navoiy, kim ul quyoshqa yetmas,
Garchi yetar g`amidin gardung`a ohu voyim.

396

Ne itni ul buti begonavash itiki sog`indim,
It oshnog`a yoling`on kebi ul itka yolindim.

Yuzi nazorasi daf` ayladi sovug` nafasimni,
Yolang gadoy kebi oftobro`da isindim.

Junun yo`lida bu rasvog`a yopma pardai ismat
Ki, yo`l qolur agar andog` og`ir libos yopindim.

Chu tig` chekti manga bo`ldi qatl davlati ro`zi
Ki, el qochib, anga-o`q men za`fu xasta sig`indim.

O`churdi shu`lai ohimni tig`i shukrki bori
Gudozu so`zdin andoqki sham` g`am tuni tindim.

Burung`i kom ajab yo`q gar o`lsa Ka`bai maqsad,
Talab yo`linda bu damkim fano samandig`a mindim.

Sochi ko`chgul qushining har birig`a bog`ladi tore,
Navoiy, emdi sen o`tkilki men bu nav` ilindim.

397

O`rtanur el furqatingdin navha bunyod aylasam,
Qo`zg`alur olam o`kurmak birla faryod aylasam.

Emrulur boshimg`a go`yokim falak g`amxonasi,
Ul quyosh hamxonam erkanni  qachon  yod  aylasam.

Hajr biymi chun yetar g`amgin qilur beixtiyor,
Vasl umidi birla ko`nglumni necha shod aylasam.

Charxu anjumdin kuyubmen ayb emas gar oh ila,
Bu necha ahgar bila ul kulni barbod aylasam.

Daf` etay dermen jahondin ashk ila g`am tufrog`in,
Bu buzug`ni sayl ila istarmen obod aylasam.

Saltanatdin boda ortuqdur manga yuz qatlakim,
Xushroq el bedodidin o`zumga bedod aylasam.

Ey Navoiy, hajr aro yetti ajal qilg`aymu sabr,
Ul Masiho va`dai vaslini miod aylasam.

398

Bu kun ahli jahondin xasta xotirmen jahondin ham
Demon ahli jahon birla jahon, billahki, jondin ham.

Meni jonu jahondin hajr vaqtikim malul etkay,
Vatan yo mulkdin xudkim desun, bal xonumondin ham.

Ko`nguldin jong`a yettim, ey ajal, netkay xalos etsang,
Meni ul telbadin, ul telbani men notavondin ham.

Ne ayrilmoq dururkim, yor to ayrildi, ayrilmish
Ko`ngul mendin, fig`on ko`nglumdinu o`tlar fig`ondin ham.

Manga jononsiz o`lmoq yaxshiroq, ey Xizr, yuz qatla,
Ketursang mujda o`lmoq birla umri jovidondin ham.

Nafas qat` o`ldi ul yuz furqatidin, ko`zgu kelturmang
Ki, men emdi qutuldim ibtilosiz imtihondin ham.

Yomon yaxshig`a ko`p zulm etmagilkim, gar budur davron,
Qutulg`ung, kimki andin yaxshiroq yo`q, men yomondin ham.


Itiga tu`ma, darbonig`a  bo`lsun  muttako o`lsam,
Tanim ul ko`ydin olmang, boshim ul ostondin ham.

FaqihuKa`ba, rindu maykada, xushdur Navoiykim,
Sening yoding bila mundin erur ozodu andin ham.


399

Loladek yuzung xayolidin to`la qondur ko`zum,
Balki lola jomidek qon ichra pinhondur ko`zum.

Ichida su tegrasida yosh qobarg`an shakl ila,
Sensizin bir toza qo`yg`an dog`i hijrondur ko`zum.

El xam etkan sham` o`ti andomi birla o`rtanur,
Yo`q ajab gar kecha tong otquncha giryondur ko`zum.

Shoxi marjondur qizil raglar, duri  g`alton sirishk,
Bu zarofatdin biaynih bahri Ummondur ko`zum.

Har yoram jismimda bir hayron ko`z o`lmish holima,
Turfa ko`rkim, muncha hayron ko`zga hayrondur  ko`zum.

To to`kar jonbaxsh la`lingning xayolidin sirishk,
Bahri ashk ermaski, ayni obi hayvondur ko`zum.

Ko`z nazar yo`lin tilar tutqay vido` ashkin to`kub,
Ko`z yumub ochquncha yuz ko`rguzki, mehmondur ko`zum.

400

Qadingg`a to`bi o`lubtur mutiyu chokar ham,
Bu ishga adl tonuq sarv erur sano`bar ham.

Bir uchig`aki momuq chirmalibdurur boshog`ing,
Ko`ngul yarosig`a bo`lmish fatilaliq marham.

Ko`ngulki, ohi tig`idin qorardi paykoning,
Meni ul etti siyah ro`zu tiyra axtar ham.

Yopishti qonima hajring palosi, uylaki bor
Shahidliqda kafan, xastaliqda  bistar ham.

Ishimni mug`bachalar ishqi ichra so`rsa faqih,
Dengizki, bog`ladi zunnoru chekti sog`ar ham.

Ko`ngulga sham`i jamoling solibdurur bir o`t
Ki, to`zmagay anga parvona, bal samandar ham.

Xumor za`fida may bahri ichra gar tushsam,
G`ariq mumkin erur bo`lmog`im shinovar ham.

Gadoyi vasling erur bulbul, ayla rahm, ey gul
Ki, bir qaror ila qolmas gado tavongar ham.

Navoiy aytsa gah yova, goh lol o`lsa,
Ne tongki, muztarib aylabsen ani muztar ham.