www.uz
501

Yuzinda may gulidur yo yuzin ko`rguzdi ko`zgudin,
Vayo jannat guli aksini zohir ayladi sudin.

Yuzungga chun tavajjuh ayladim, qoldi qora qayg`u,
Keyin tushkan kebi soya ko`rung`ach mehr o`trudin.

Tushumda dedikim ko`ksungga bir o`q ursam ilgim o`p,
Ko`rung toli`kim ul o`q yetkach-o`q seskandim uyqudin.


Dema hijron tuni muhlik g`amimdin subh sarg`ardi,
Hamono bul-ajab holim ko`rub za`f etti kulgudin.


Bor erdi husnung afzun g`am tuni chun chehra ko`rguzdung,
Ko`runur sham` ravshanroq zuhur etkach qorong`udin.


Dema mensiz nechukdurkim seni o`lturmadi qayg`u,
Sanga yo`qtur xabar men xud o`lubmen ushbu qayg`udin.

Qadah nazzorasi hushumni zoyil qilsa ayb ermas
Ki, shohid aksi har dam jilva aylar ushbu ko`zgudin.

Bu gulshandinki bulbul zog` ila tengdur, firoq avlo,
Netay ul yerdakim yo`qtur arabg`a farq hindudin.


Navoiy Ka`ba qasdin aylasun, ey shayx, dey olsang
Ki, imkon yo`qturur topmoq kishi dayr ichra maqsudi.

502

Choklik ko`ksum eshikdur, jism uyi baytul-hazan,
Ul eshikning halqasidur na`lu gulmexi tugan.    

Gul yuzung shavqida tig`i ishq ila bo`lsam shahid,
Bo`lg`usidur hurlar gulgunasi qonlig` kafan.


Arg`adol ichra qaroqchi mahfiy o`lgondekdurur,
Fitna xaylig`a panah zulfung dog`i chinu shikan.

Chug`z tashbihin manga, ey husn ganji qilmakim,
Men vatan buzmishmen, ul qilmish buzug` ichra vatan.

Sudramang ul ko`yidin yuz zaxm ila men xastani
Kim, yopishmish ostoni farshig`a qonlig` badan.

Uyla, ey bulbul, bahor o`lmish xazon birla qarin
Kim, degaysen bir guli ra`no bo`lubtur bu chaman.

Yuz hiyal qilding Navoiy qatlig`a, faryodkim,
Aylading bir tirguzur uchun yuz o`lturmakni fan.

503

Xayoling kelsa  ko`nglumga  bo`lur  ozurda mujgondin,
Haramg`a azm qilg`an uylakim xori mug`ilondin.


O`qung ko`nglumga tegmasdin g`ubore erdi ko`nglumda,
G`ubori o`lturishmish to su septing anda paykondin.


Ko`zum xunobi la`ling shavqidin bahr o`ldi tong ermas,
Chiqib gulgun bu daryoning sahobi yog`sa qon andin.



Xating naqshi buzug` ko`nglumda aylar qasdi jon, vahkim,
Bo`lur neshi balo har sabzakim butkay bu vayrondin.

Chaman tufrog`in, ey ahbob, aritmang zor jismimdin,
Libosin so`ymangiz hazl aylabon majnuni uryondin.


Labing vasfida jonbaxsh o`lsa anfosim tong ermaskim,
Damim ul dam nasimidurki eskay obi hayvondin.


Soching sarrishtasidin bir girih ko`nglumda jam o`ldi,
Bu jam`iyat erur ko`nglumga ul zulfi parishondin.

Ne gulgun sog`are mumkin, ne gulrux soqie mavjud,
Jihat budur: Navoiy gar tilar ketmak Xurosondin.

Buyurdi shayx paymon maydinu mug` tutti paymona
Rizo yo`lida ne paymonadin qochtim, ne paymondin

504

Agar ishqing havosida yog`ar har jola tosh o`lsun,
Nishona har biriga dermen ushbu xasta bosh o`lsun.

Yuzungnung mehridin bir zarra sotmon, gar falak javfi,
To`la bo`lsun filuriy, har filuriy bir quyosh o`lsun.

Sitam zangin temurdek ko`nglidin, vahkim, qira olmas,
Nechakim nolai zorimda suhondek xarosh o`lsun.


Quyoshni bo`lmas, ey gardun, ul oyg`a aylamak tashbih,
Og`iz gar zarra, Cho`lpon ko`z, yangi oy anga qosh o`lsun.

Agar paykonlaring ko`z istabon topti ko`ngul, g`am yo`q,
Kelib yig`lar mahal ul qatra sular ko`zga yosh o`lsun.


Sipohi husnunga bir mahchasi raxshon alam bo`lg`ay,
Quyosh ko`zgusiga ohim sutuni gar tutosh o`lsun.

Ko`ngulda sirri ishqin asray-asray o`ldum, ey soqiy,
Qadah tutkim, xarobot ahlig`a fosh o`lsa fosh o`lsun.


Ko`ngulga jon bila bir dog`ing ozdur, qo`y yana bir ham.
Necha ikki gadog`a bir diram uzra talosh o`lsun.


Ularda tengdurur shoh aylasun gulshan gulin mafrash,
Vagar gulxan kuli uzra gado sohibfirosh o`lsun.


Navoiy ashk durridek tilarkim ko`zda yer bergay,
Agar ishqing havosida yog`ar har jola tosh o`lsun.

505

Huqqai la`lingda ko`ptur xurdai ma`ich nihon,
Ushbu ma`nidin ani go`yoki derlar xurdadon.

Hush ila sabrim sipohi uylarin kuydurdi ishq,
Har yangi dog`im ul uylar o`rnidin qolmish nishon.

Ko`zda ashkim qonidin har sori ko`rgil qatralar,
Nuqtalar yanglig`ki qo`yg`aylar qachon yozilsa qon.


Tig` chun boshimg`a yetkurdung tavaqquf qilmakim,
Su maqom etmas biyik yerdin quyi bo`lmay ravon.

Bir momuq tiqqan quloqdur har yaram marham bila,
Xasta ko`nglum baski o`qi zaxmidin tortar fig`on.

Jomi durd birla yiq, ey soqiyi davron, meni
Kim, o`larmen ishq ko`yida sog`alsam har zamon.

Ey Navoiy, emin erman zuhd aro mundin nari,
Dayrni ma`man qilay, gar umrdin topsam amon.

VOV HARFINING VILOHATAFZOYLARINING VAQOE`I NAVODIRDIN

506

Falakdin gar manga har lahza yuz qayg`u kelur o`tru,
Agar har qayg`udin so`ng bir sevinmak bor, emas qayg`u.

Va gar har tiyralikka bir yorug`luqni inonmassen,
Yig`i ko`r charxdin har shom dog`i subhdin kulgu.

Kamol istar esang sidq ahlidin qilma ko`ngul tiyra
Mukaddar aylamas xurshid subh anfosidin ko`zgu.


Safo  ahlig`a  gulruxlar  xayolidin tag`ayyur  yo`q,
Qachon gul aksi tushmaklik bila gulrang bo`lg`ay su.

Tilarsen g`aflatingni raf` etib ogohlar naqlin
Ki, g`ofil elga ul afsonalardin kam bo`lur uyqu.

Baqo naqdi hayotingg`a chu ermas bir zamon ma`lum,
Diram naqdig`a umrung har zamon sarf etmagil asru.

Junun zanjirida oshiq yonida hiylagar zohid,
Kishi ko`rsa tasavvur aylagay sher ollida tulku.

Ko`ngul mir`oti ichra jilvagardur yoru sen g`ofil,
Toriqma hajridin ko`pkim emassen yordin ayru.


Fanoning ham fanosin istagil vasl ersa  komingkim,
Bu yo`lda vosil o`lmakning tariqi ushbudur ushbu.

Ketur bir boda, ey soqiyki, ichsam qolmag`ay boqiy,
Fanodin bal, baqodin ham zamirim lavhida belgu.


Navoiy dayr aro mast o`lsa, shohdin panoh andin
O`tarda tutqusi, albatta, bir sog`ar chiqib o`tru.

507

Qayon qilsa havo ul turfa qush uyqum olur qayg`u,
Vagar kulbamda bir tun qo`nsa xud ko`zdin uchar uyqu.

Firoqing shomida subhi visoling yodima kirgach,
Kelur har lahza tinmay yig`lamoq ichra manga kulgu.

Quyoshim sarvdek qad birla har yonkim qilur jilva,
Ayog`i ostida, vah soyadur yo sunbuli gesu.

Yangi jon topqamen bo`lsa labing obi hayotidin,
Ularda og`zima chun tomizurlar paxta birlan su.

Labingning xolidin jon istadim, ul oldi jonimni,
Gunah mendindur, andin yo`q chu ishni aks etar hindu.


Qul o`ldum xolu zulfu qaddinga gar javrdin qochsam,
Erur ko`ksumda har yon dog` ila na`lu alif belgu.


Qadah mir`oti ruh, ey soqiyu maxmurluq ranji,
Meni o`lturdi, bovar qilmasang qo`y og`zima ko`zgu.

Chu davron bevafodur necha sohib joh esang, ey shah,
Gadolar xotirin asrayu mag`rur o`lmag`il asru.


Ichar ermish ul oy ushshoq yodi birla sog`arlar,
Seni ul el tufayli, ey Navoiy, yod qilg`aymu.

508

Ohu ashkimdin shikoyat aylamish ul tund xo`,
Ne dey olg`aymenki bir og`zida o`tdur, birda su.

Jon fizo vaslin qilurmen kom muhlik hajr aro,
Jon berur el aylagandek umri jovid orzu.

Muddailarning hujumi bul-ajab holimg`adur,
Nogahon qilg`an kebi ko`rgach g`arib itlar g`ulu.

Menu kunlar yuz balo sen kom ila yuz aysh so`r.
Menu tunlar uyqusizliq, noz ila sen xush uyu.

Soqiyo, chiniy idish birla takalluf qilmakim,
Betakalluflarg`a hushroqdur  surohidin  sabu,


Huru jannatdin murodim davlati diydor erur,
Yorsiz bog`u kanizi besh emastur ulu bu.

Ishq dashtig`a fanodin nori ermish yuz xatar,
Ey Navoiy, yor ishqida berib jon bo`ldimu.

509

Ko`nglumu bag`rimni g`amzang tig`i aylar kov-kov,
Yo`q ajab gar qon oqar ikki ko`zumdin nov-nov.

Xayli xatting chergasi yuz davri uzra go`yiyo
Kim, iki mushkin g`azoling sayd etarga bo`ldi ov.

Ishqing o`ti shu`lasin mufrit tilar majnun ko`ngul,
Uylakim devonalar doim tilar qilmoq olov.


Ishq boshimdin chiqorib o`zlukumni urdi tig`,
Ani boshtin sov etib, boshni tanimdin qildi sov.

Zohido, ishqingni yoshur dersen, andin so`ngrakim,
Holima tashni` ila solding bari olamg`a chov.


Qayda mumkindur alifdek chiqmoq eldin xossakim,
Kun aro olti jihatdin qolmisham andoqki vov.

Ey Navoiy, tig` tortib, chobukum javlon qilib,
Boshima yetkach, dedim: tark et urushni, dedi: yov.

510

Sipehri oyinagun gar damimdin o`ldi qorong`u,
Asar yo`q emdi damimdin qo`yulsa og`zima ko`zgu.

Firoq bazmida ermas surohiy og`zida qul-qul
Ki, qildi qah-qaha birla g`arib holima kulgu.

Sipehr bahrig`a boqsang yuzungga aks durur mehr,
Ko`runur ikki quyosh chun bo`lur quyoshqa su o`tru.


Yuzungda qatrai xo`y xol nuqtasinmu yoshurdi,
Vayo cho`mub nafas asrar hayot suyida hindu.

Netib habib visolin tama` qilay meni  shaydo
Ki, telba beadabu tund xo`y erur pari asru.

Yoruq gar o`lmadi sham`i muroding, aytma ko`p so`z,
Kishi qazo bila bo`lmas urushmoq aylama yorg`u.

Navoiy, istar esang yor la`li komini, jon ber,
O`zung de elga tirilmaklik o`lmaguncha bo`lurmu.

511

Qad ermaski, sarvi xiromon erur bu,
Lab ermaski, gulbargi xandon erur bu.

Ko`ngul ichra ul oy mengining xayoli,
Gumon qilmakim dog`i pinhon erur bu.

Bag`irdinki ko`ksumga paykon tiralmish,
G`aming o`qidin no`gn paykon erur bu.

Ko`zum bahrida qatradin dur topilsa,
Ajab bo`lmag`ay bahri Ummon erur bu,

Buzulg`an ko`ngul mulkiga qilma hayrat
Ki, to sayli g`am yetti vayron erur bu.

Halok aylasa g`am tuni jonni har dam,
Ne tong, ey ko`ngul, shomi hijron erur bu.

G`amim haddin o`tti ketur, soqiyo, may
Kim, ul muhliku obi hayvon erur bu.

Salomat havaslandi shayhu sog`indi
Ki, zuhdi riyo yanglig` oson erur bu.

Zamon ahlida yo`q vafo, ey Navoiy,
Tilab yo`qni topmoq ne imkon erur bu.

512

Kofurgun libos aro ul sarvinaz ekinmu?
Yo sham`i hajr daf`ig`a sham`i tiroz ekinmu?

Qatl aylarida dahr eli bosh qo`ydilarmu erkin?
Yo qiblai jamolig`a el sajdasoz ekinmu?

Elmu nihollarni chamanda xam etti yoxud
Ul sarvinoz ollida ahli niyoz ekinmu?

Ko`z bahru koni bo`ldi nisor anga naqdi jon ham,
Bukim tarahhum etmadi, bilman bu oz ekinmu?

Yag`mo solurg`a har taraf otlandi ul sitamgar,
Ko`nglum viloyati sari bu turktoz ekinmu?

Ushshoq ishq bodiyasin qat` etarda oyo,
Ma`shuq ko`i qasdlari yo hijoz ekinmu?

Ko`nglung, Navoiyo, sochidin kech, yetar yuziga
Aqshom qorang`u, yo`lda nishibu faroz ekinmu?

513

Labingg`a to yetibtur barmog`im hayratdin erkinmu?
Ki, tishlarmen ani har lahza yo lazzatdin erkinmu?

Chaqilg`ach barqi husnungkim, xaloyiqning ko`zi yorur,
Mening o`rtanmagim ul shu`la yo g`ayratdin erkinmu?


Soching rangu isidinkim, dimog`im bo`ldi oshufta,
Bu savdodinmu erkin, yo`qsa ul nakhatdin erkinmu?

Nasime yettikim ruhumni qildi toza, vah, bilmon
Ki, aning ko`yidin yo ravzai jannatdin erkinmu?

Tanimda toshlar zarbi, ichimda neshlar zaxmi,
Junun bedodidin yo ishq aro shiddatdin erkinmu?

Tamug` o`ti bu yanglig` tez ekinmu, ey ko`ngul, yoxud
Anga muncha harorat shu`lai furqatdin erkinmu?

Bukim olam aro ishqim so`zidin o`zga so`z yo`qtur,
O`tum ta`siridin erkinmu yo shuhratdin erkinmu?

Ichimda za`fedur, soqiy, qadah ber, garchi bilmonkim,
Xumor osebidin yo davr aro mehnatdin erkinmu?


Fano lofin urub o`zni ulusqa aylamak muhtoj,
Bu da`vo ichra kizbi mahz yo himmatdin erkinmu?

Menu mug` dayrikim, har soyil anda shah sari boqmas,
Degin, ey shayx, himmatdinmu yo shavqatdin erkinmu?


Navoiy ko`ngli yonib ishqidin kuymakni bas qilmas,
Nadomatdin anga yo ertagi odatdin erkinmu?


514

Oldi chun ilgiga ul huri sumanbar ko`zgu,
Aksidin qildi ayon ruhi musavvar ko`zgu.

Javhari husnin agar ko`nglida qilmaydur naqsh,
Ne uchun topti javohir bila zevar ko`zgu.

Uylakim oy quyosh ollig`a kelib bo`ldi munir,
Ro`baro`yungda qilur o`zni munavvar ko`zgu.


Orazing oyinasi  hajrida ko`ksum bo`lmish,
Har taraf eski tugon birla sarosar ko`zgu.

Oy sari boqmayu xurshidni mir`ot etkim,
Ko`rguzur egri emas bo`lsa mudavvar ko`zgu.

Tilasang fayz ko`ngul ayla xavotirdin pok,
Aylamas aks qabul o`lsa mukaddar ko`zgu.

Mayda soqiy yuzi, soqiy yuzida may ko`rdum,
Ey Navoiy, bu safo qayda topar har ko`zgu.

515

Yuzung bayozida ul xoli mushkso hindu,
G`arib tushti Xo`tan kishvari aro hindu.

Ne xol erurki ko`ngulni rabuda aylab olur,
Kishi bu nav` qachon ko`rdi dilrabo hindu.

Qora ko`zungki vafo aynidin manga boqmas,
Ajab emastur, agar bo`lsa bevafo hindu.

Tutub quyosh uza maskan solur jahong`a balo,
Yuz uzra xoling erur voqeai balo hindu.

Ko`ngulni olsa malohat bila tafovuti yo`q,
Xitoiy o`lsinu yo armani va yo hindu.

Teng o`ldi bulbulu zog` ushbu bog` aro, ya`ni
Fasohat ichra kachau yuzi qora hindu.

Navoiy etti o`zin uyla turk hindusi
Ki, ahli Chinu Xito bo`ldilar anga hindu.

516

Agar oshiq etsa visol orzu,
Ayon etmish o`lg`ay mahol orzu.

Anga baski qilg`ay agar bersa dast,
Yiroqtin ko`rarga jamol orzu.

Qurub og`zim, istarmen ul chehrani,
Susiz aylagandek zulol orzu.

Sug`a, yo`qsa ko`zguga solg`il nazar,
Gar etsang o`zungga misol orzu.

Ham oshufta, ham tiyradur bo`lg`ali
Zamirimg`a ul zulfu xol orzu.

Quyoshdek manozil tay etmak kerak,
Ne rahravki qilg`ay kamol orzu.

Navoiy tilar edi shomi qoshing,
Ulus aylagandek hilol orzu.

517

Ko`zumdin uchti yana yorsiz bu shom uyqu,
Yana tong otqucha bo`ldi manga harom uyqu.

Men uyqudin to`ngulubmenki yor ketsa uchar,
Chu keldi xasta ko`nguldin chiqar tamom uyqu.

El uyqusin agar ul sho`x etmadi toroj,
Iki ko`zinda nedur nozdin mudom uyqu.

Ne qushdururki uchib ishq hoyu-ho`yidin,
Ko`z oshyonida qilmas yana maqom uyqu.

Ko`zungga sudi uchun naqdi jon beray, gar ul
Ko`zumga ko`z yumub ochquncha bersa vom uyqu.

Tushungga kirgali ul sho`xi masti xobolud,
Tilarmen aylagamen tunu kun iltizom uyqu.

Birovga davlati bedor yor emas, ey shayx
Ki, sharhi voqea aylarga qildi kom uyqu.

Fasona boisnig`aflatdur elga voizdin,
Nedinki kelturur afsonavash kalom uyqu.

Navoiy aylasa ko`z to`tiyosi gardi fano,
Ziyoni yo`q anga bo`lsa alad-davom uyqu.

518

Ey yo`lungda podsholarg`a gadolig` orzu,
Uylakim bo`lg`ay gadog`a podsholig` orzu.

O`qlar urdi zuhdu taqvo jonig`a usruk ko`zung
Kim, yana bo`lmas kishiga porsoliq orzu.

Topsam ul  begonavash  bedodidin maxlas yana,
Qilmag`aymen xo`blarg`a oshnoliq orzu.


La`lidin kom istadim, jonimg`a yetti yuz balo,
Lek jonimdin kam o`lmas bu balolig` orzu.

Evrulub ul tiflvash boshig`a oyu kun qilur,
Ul anolig` orzu, bu bir atolig` orzu.

Andoq oldi dilrabolar ko`nglini ul dilrabo
Kim, pariga emdi bo`lmas dilrabolig` orzu.

Ko`yida jonim fidosidur, bu ma`ni birlakim,
Ollida doim qilurmen jon fidolig` orzu.

Gar zamon ahli jafosig`a chidarsen ista yor,
Chun topilmas, istama ani vafolig` orzu.

Davr elida chun safo yo`q bazm davrinda magar,
Jom ichinda may ne qilg`ay sen safolig` orzu.

Qaysi gumrah komili rahbar ayog`i tufrog`in,
To`tiyo qildiki, qilmas rahnamolig` orzu.

Ey Navoiy, dahr bog`ida chu yo`q bargu navo,
Bargi faqr et, istama o`zni navolig` orzu.

519

Firoqing ichra ishim iztirobdur asru,
Tarahhum aylaki, holim xarobdur asru.

Ko`zumdin ashk tugandi, ko`nguldin o`t o`chti,
G`amingda bu iki beobutobdur asru.

Firoqing o`tida ranjimg`a yo`q hisob, o`lma
Bilurga ranjaki, ul behisobdur asru.

Jamol davrida ushshoq ko`nglini asra
Ki, husn xaylig`a oyin shitobdur asru.

Birorta shiftai jonu ko`ngulga rahm  ayla
Ki, bu xarobdur, ul bir yabobdur asru.

Angaki masjid aro yetmadi kushod, ne g`am,
Etishsa maykadag`a fathi bobdur asru.

Navoiy andin erur g`ussa tufrog`i orast
Ki, ko`nglin olg`ali olijanobdur asru.

520

Qad ermas ravza sarvi nozidur bu,
Kalom ermas, Masih e`jozidur bu.

Dedim: ishqingda o`lmak toptim anjom,
Kulub derkim, hanuz og`ozidur bu.

Berur qatlimg`a og`zi va`da pinhon,
Mening birla nihoni rozidur bu.

Qilur qadding havosi ko`nglum, ey sarv,
Biyik himmat qushi parvozidur bu.

G`amingda may berur ko`nglumga quvvat
Ki, furqat ahlining damsozidur bu.

Fano dashtig`a ko`nglum chekti tindim,
Ulustin, vah, ne dilkash yozidur bu.

Yuzung bog`ig`a bulbuldur Navoiy,
Navo qilsa, aning ovozidur bu.

HE HARFINING HUMOYUNVASHLARINING HALOQANGIZLIG`LARI NAVODIRDIN

521

Yusuf ermas chu malohatda jamolingg`a shabih,
Husnungga ani malih o`lmag`ay etsam tashbih.

Odam asrorining ijmolini qilding tafsil,
Mundin erkinki deding alvaladu sirru abih.

Chun berur bog` gulu sho`ra tikon, sen ochibon,
Lutfdin gul nechakim xori jafo ursa safih.

Vosil o`ldi nafasing ruhini anglab orif,
Shar` tuzdi, chu aning zohirini bildi faqih.

Andakim sen chekibon izzu nazohat etagin,
Yo`q janobingda maloyikka mahalli tanzih.

Ham qamar shaqqin ishorat bila aylab zohir,
Ham shajar mashshin irodat bila aylab tanbih.

Kimki sendin evurub chehra qora topib vajh
Kim, hadisingg`a qilib ta`n debon betavjih.

Oy tulu` etsa bo`lur mehri jamoling zohir
Kim, bo`lur fahm jamil ollig`akim keldi karih.

Gar Navoiy sari mahsharda nazar aylamasang,
Saqaru nordek o`lg`ay anga xuldu mofih.

522

Tikmagaymen tig`i zaxmin o`lsam ul ozor ila,
Bo`lsa Iso ignasi Maryam igirgan tor ila.

Dog`lar shaklin kishi ko`ksumda ko`rsa fahm etar
Kim, baloni  anda tikmishlar  magar mismor  ila,

Ko`k ravoqinda quyosh vasfini  qilmang, chunki men
Ko`yida xursand o`lubmen soyai devor ila.


Yuzu zulfi ishqida kofir, mo`min yo ahli din,
Buylakim muzhaf hamoyil qilmisham zunnor ila.

Sabzai xat yorutubtur orazing mir`otin, oh,
Ko`zguga bu nav`kim bermish jilo zangor ila.

Sog`inurlar qon ila  bo`lmish munaqqash kisvatim,
Har yon etsam azm bu uryon tani afgor ila.

Davr ayog`in, soqiyo, xush tut, damekim yo`qturur,
Xushlug`um davr ahli, balkim gunbadi davvor ila.


Boru yo`qning mehnatin chekmas bu davlat basdurud
Har kishi olamda qoni` bo`lsa yo`qu bor ila.

Ko`kka yetkay boshi qo`yg`an lahza shoh ollida bosh,
Gar Navoiy ichsa may shohi falak miqdor ila.

523

Ingali ko`ktin balolar zinadur qilsang nigoh,
Hajr o`tidin tortsam tobu shikanlik dudi oh.

Zulfining har halqasida bir shikandur uylakim,
Xafs zanjirida har tav` ichra bir ahli gunoh.

Buki ohim tiyr boroni borur gardun sari,
G`am sipohi ingali ko`nglumga uldur shohroh.

Tig` surmay netsun ul qotilki turmay ikki ko`z,
Qonima doril-qasosi ishq aro bo`ldi guvoh.

Buki urdung boshima har tuk hisobi tig`i javr,
Bo`lsa bo`lmas har sari mo` bo`lsa bir til uzrxoh.

Dayr aro jon ber Masihi dam bila, ey mug`bacha
Kim, xumor o`lturgudek holimni aylabtur taboh.

Qirpigingdin qochti yuz sari Navoiy tong emas,
Xordin gar qilsa gul qolqonini bulbul panoh.

524

Gulgun yeng ichra ilgin ul mushkbo` g`azola,
Yo rang qildi mushkin yo qo`lg`a tutti lola.

Oshufta sochin ul gul yig`diyu tishlab o`rdi
Garchi qilur parishon sunbulg`a yetsa jola.

Sanchilmamish gajakkim jonu ko`ngul chekarg`a,
Oyirdi ikki qullob ul anbarin kulola.

Yuz davrida qirondur yo anjum injusidin,
Gardun terib mudavvar qildi qamarg`a hola.

Yog`liq   ilikda tah-tahkim naqshi xat yozilmish,
Javru jafo fanida yozding magar risola.

Razzoq haqni angla har vaqtu har makonda,
Har kimga ro`zi o`lsa har xonda, har navola.

Faryodinga ul oy chun yetmaydur, ey Navoiy,
Nedur falakka har dam yetkurmak ohu nola.

525

Gar durdii xum bo`lsun agar sof piyola,
Ichkum chu azaldin, manga bu bo`ldi havola.

Tan shishasida umr mayi o`ksusa g`am yo`q,
Ey soqiyi gulchehra, to`la ayla piyola.

Sen may ichibu rost qilib soz ila ohang,
Men qon yutubu tortibon afg`on bila nola.

Yuz taqviyu zuhd ahlin etar mastu parishon,
Ul nargisi sarmastu ul oshufta kulola.

Gulgashti chaman xushtur agar soqiyu mutrib,
Bu kelsa tuta-tutavu ul bir chola-chola.

La`ling mayidin bizga jigarxorliq o`lmish,
Yo`q chora nasib o`lsa kishiga bu navola.

Ul zulfmudur ikki ko`zung avjida yoxud
Gulzor ichida mushk sochar ikki g`azola.

Holoki muyassar bo`lur ul may bila xushhol,
Nevchunki raqam qilmadilar umrg`a hola.

Dayr ichra Navoiyg`a qilur mug`bachalar zulm,
Gar piri xarobot tutar jomi adola.

526

Men netib ishqida oqil bo`layu farzona
Kim, parivashlar erur hasratidin devona.

Choklik ko`ksum aro telba  ko`ngul turmas hech,
Garchi Majnung`a vatan loyiq erur vayrona.

Sham` girdida magar soyasi rashkidin erur,
Aylanib buki qanotin evurur parvona.

Oshno aylamak ul oyni ne mumkinki, sipehr
Mehr oyiindin aylabtur ani begona.

Dostonimni demang yorg`a, nevchunki gahe
Yig`latur, garchi gohe kuldurur ul afsona.

G`arqi may bo`lsam aningdek bu fano dayri aro
Ki, xubob uyidin-o`q bo`lsa manga mayxona.

Bir qadah birla Navoiyni bu dam tnrguzsang,
Netti, ey mug`bacha, to`lg`uncha anga paymona.

527

Zihi gul ichra kular chog` etib ayon g`uncha,
Chu yopilib qila olmay kishi gumon g`uncha.

Kularga xo`blar og`zidin og`zing o`ldi qarib
Ki, qilmpsham ochilurg`a yaqin nishon g`uncha.

Agarchi g`uncha aro gul nihon erur doim,
Vale yuzung guli ichra erur nihon g`uncha.

Ko`p o`ldn huqqai la`lingda xurdai ma`ni,
Qayu chamanda bo`lur muncha xurdadon g`uncha.

Bo`lurmu og`zing ila tengki rishtai duri bor,
Nechaki jolag`a qilsun o`zin makon g`uncha.

Varaq-varaq emas og`zida bargikim, og`zing
Chu nukta surdi yutar laxt-laxt qon g`uncha.

May ich bahor, xususanki la`lgun mayliq,
Surohi o`rtag`a kelturdi har qayon g`uncha.

Zamona bog`ida ko`nglum ajab tutulmish, lek
Ajab emasturur ochilsa nogahon g`uncha.

Navoiy o`lmaki mumkin emas, agar ichsa
Hayotbaxsh labing bodasini qong`uncha.

528

Sipehr saqfig`a oltun sutun bo`lur, ey moh,
Dameki charxqa cheksam g`amingda shu`lai oh.

Dedimki: o`lturasen ishq aro nedur gunahim,
Dediki: ishqdin ortuq yana bo`lurmu gunoh.

Demaki toza tugonlar guvohi ishqing erur,
Yuzi qoralig`i yolg`on bo`lurdin o`ldi guvoh.

Ko`zumga kirdi xayoling sirishk kasratidin,
Qachon yog`inda qilibtur kishi bulutni panoh.

Chu kuydi g`ayr xayoli ko`ngulga tushti xating
Ki, sabza xush ko`karur dasht aro, chu kuysa giyoh.

Fano yo`lidin agar yonsa rohrav ne ajab
Ki, yo`l maxufdurur anda yo`qturur hamroh.

Navoiy ar dedi, juz haq vujudi yo`q, ey shayx,
Ne yozg`urursen ani loiloha illalloh.

529

Qilmag`il borg`ali shitob yana,
Solma ko`nglumga iztirob yana.

Keldingu kulbam o`ldi qasri bihisht,
Qilma ani chiqib xarob yana.

Har dam ohim yeli chu eltur ani,
Solma ruxsor uza niqob yana.

Labi la`lingg`a o`xshamas yoqut,
Yana dur toshu la`linob yana.

Soqiyo, tut qadahki, ranji xumor
Qiladur jonima azob yana.

Maykada bog`liq erdi to`ktum ashk,
Onchakim bo`ldi fathi bob yana.

Ich Navoiy, qadahki tuzdi navo,
Bazm aro ud ila rubob yana.

530

Yorab, ul yuzni dame ko`zumga  pinhon aylama,
Yo ko`zumni andin o`zga yuzga hayron aylama.

Chehrasiga mizbon o`lsun ko`zum, ul chehrani
Ko`zlarim uyidin o`zga uyga mehmon aylama.

Ochmayin zulfi  parishon ko`ngluma chekturma  oh,
Etmayin ohim yeli zulfin parishon aylama.


Jonima la`lidin o`zga  la`ldin berma  hayot,
La`lig`a jonimdin o`zga jonni qurbon  aylama.

Boshima ko`yidin o`zga ko`yni qilma vatan,
Ko`yida  boshimdin o`zga boshni g`alton aylama.

Ey ko`ngul, davr ahlidin ming yilchilik yo`l go`sha tut,
Yo alardin yetsa yuz ming g`ussa afg`on aylama.

Istasang, ey gul, Navoiydek hush ilhon bulbule,
G`unchadek ko`nglun malomat xoridin qon aylama.


531

Ochib ko`ksum shigofin ayladim ko`nglumni nazzora,
Erur yuz poravu g`am tig`idin ming yora har pora.

Ne tosh uryon tanimg`a urdi ko`ksum chokiga soldim,
Meni bedil ko`ngul kasb ettim, aning ko`nglidek xora

Tanim chun ishq asiri aylading, man` etma ohimni,
Chu qil o`t uzra tushti, dud qilmoqtin emas chora.

O`tarsen o`ynay-o`ynay, men gadoyi xasta yo`l uzra,
Qolurmen bir qiyo boqmoq uchun yolbora-yolbora.


Ulumdin hajr dushvor o`lmasa dard ahlig`a nevchun,
Ajal Majnunni asrab aylagay Laylini ovora?

Kishi may yutsa, ko`nglum ani qon yutqon gumon aylar,
Su ichkanni may ichkan sog`inurkim, bo`lsa mayxora.

Qo`ngul sargashtalikdin bo`ldi yo`q og`zing kebi, go`yo
Ani charx aylagandur g`uncha yo`nmoqliqqa inkora.

Malak taslimi shayton kibridekdur buki, aql o`zin
Qilib ma`muri amr istar amorat nafsi ammora.


Navoiy ko`ksini chok etti hajr andoqki fahm etkay,
Taxayyul hay`atin ko`ngul aro kim qilsa nazzora.


532

Yana zulfung buzug`luq soldi ko`nglum xonumoninda,
Yilon andoqki solg`ay qo`zg`olon qush oshyoninda.


Ne qotildur ko`zungkim, to`ksa qon Bahrom shaklidur,
Taammul qilsalar maqtulning har qatra qoninda.


Bihamdillah, ko`zu ko`nglumda sen yo`q ersa topilmas,
Seningdek gavhari pokiza olam bahru koninda.


Jahon ahlig`a jon har nechakim topmas omon sendin,
Sen, ey jonu jahon, yo rabki, bo`lg`il haq omoninda.

Yuzungkim bo`ldi maydin la`lgun, o`lmish iki zulfung
Ul iki lomdekkim la`ling bor ikki yoninda.


Nachuk sirrin dey og`zingningki tanda g`unchadek ko`nglum
Erur pinhon ul pinhon aning sirri nihoninda.

Yozilg`on jon aningdekkim alifsiz, nuqtasiz bo`lmas,
Erur xolu qading naqshi bu zoru xasta joninda.


Zamoni husng`a chun bo`lmadi rasmi vafo hargiz,
Vafo rasmin g`animat anglag`il husnung zamoninda.

Ne husnung nisficha Shirinu Layli husnida  mumkin,
Ne ishqim juzvicha Farhodu Majnun dostoninda.

Muruvat rangiyu insof isi ko`z tutmag`il eldin,
Bu rangu bo`yluq gul yo`q chu olam gulsitoninda.

Qilur ko`yida it qatli Navoiy telmurur mahrum,
Nedinkim ermas ul yor ollida bu hayl soninda.


533

Manga may o`lmadi ro`ziy tarab ayog`inda,
Tarabdurur icha olsam iting yalog`inda.

Ko`p og`zin ochqilu may tobidin mulohaza qil,
Hayot suyi nachukkim Xizr bulog`inda.

Firoq kunjida topsam qadah, bo`lay bexud,
Nedinki ko`nglum ochilmas farog` bog`inda.

Tag`orliq may erur havzi kavsar, ey zohid,
Chibinlar o`ldi maloyik aning qirog`inda.

Buyurdi tavba yigitlikda ishqu maydin shayx,
Kishi chekarmu riyozat nishot chog`inda.

Vafo nasimi tama` qilma guldin, ey bulbul
Ki, yo`q Masih dami eski dahr bog`inda.

Navoiy o`lmag`usi xonaqah sari moyil,
Nedinki maykada atri durur dimog`inda.

534

Hudhud eltur dardlig` payg`omim ul oy qoshig`a,
Sanchibon xudrang ruq`am payk yanglig` boshig`a.

Bas munosibdur sen o`rganmak uchun, ey navhagar,
Baytlarkim yozdilar dard ahli qabrim toshig`a.


Holini chekkan munajjim hukmin aylar qon aro,
Kimki ko`rgay aksini boqsa ko`zumning yoshig`a.

Yuz  ajab suvrat ko`rar  ko`rgan yuzungning suvratin,
Chehra ochmoq xatm  bo`lmish  suvrating naqqoshig`a.


Har tun aqshom pardai jondin qilay dermen qanot,
Boshig`a evrulmak uchun  ko`yining xaffoshig`a.


Shayxqa tasbihining har donasi bir qayd erur,
Xatmdur ozodalig` guyi  fano qalloshig`a.

Mehmon bo`lsang Navoiyg`a nisor aylar uchun,
Obro` bo`lg`ay ko`zining mardumi durposhig`a.

535

Fig`onki, umrum o`tar tunu kun xayol bila,
Xayol orasida yuz muvahhish ehtimol bila.

Ul oy xayoli bila telba bo`lmisham kechalar,
Javob birga eshitmon tuman savol bila.

Chu topmon ul gul isin subhu shom bo`lmishmen,
Gahi sabo bila vahshatda, goh shamol bila.

Misoli  mumkin  emas tortmoq musavviri  aql,
Yo`q ersa qoni` o`lur erdim ul misol bila.

Xayol ila dog`i gustoxliqqa zahram yo`q,
Menu firoq, manga, vah, ne ish visol bila.

May ichki, umri abad topsang arzimas angakim,
Dame zamona aro bo`lg`asen malol bila.

Chu ishqu may meni holimg`a qo`ymas, ey nosih,
Netib salo tariqin tutay bu hol bila.

Chu bo`ldi dayri fanoning gadoyi ayb etmang,
Agar may ichsa Navoiy sinuq safol bila.

536

Nomai shavqum kishi arz aylay olmas yorg`a,
Bas g`alat bo`lg`ay javob etmak tama` men zorg`a.

Rashkdin dermenki, panjamni solib toshlay chekib,
Ko`yida har necha shakli cheksalar devorg`a.


Istaram har halqasi bo`lg`ay mening bo`ynumg`a tavq,
Gar tushar yuz halqa bandi zulfidin har torg`a.

Zarnishon tig`i kerak bo`ynumg`a osmang zinhor,
Za`faron birla qilich shakli chekib tumorg`a.

Orazu zulfung g`amidin kofiri ishq o`lg`ali,
Butqa bosh indurmanu sunmon bo`yun zunnorg`a.

G`am xumoridin base badhol o`lubmen, ey rafiq,
Chek meni har hol birla kulbai xammorg`a.

Muncha xorij nag`makim davri muxolif  ko`rguzur,
Ey Navoiy, topmadim birin boqib advorg`a.

537

La`li serobingdin ul yanglig` kelur jon og`zima
Kim, agar xud tomizurlar su totir qon og`zima.

Novakingdin ko`nglum andoq to`ldikim chekkanda oh,
 Zor ko`nglumdin kelur har lahza paykon og`zima.

Bodai hajr andoq achchig`durki, ani ichkali
Zahr o`lur gar xud yetishsa obi hayvon og`zima.

Vasl no`shin chunki totmay men mazoqim tonimas,
Lek anglarmen yetishkach zahr hijron og`zima.

Garchi ko`p qon yutmisham aylar talofi barcha umr,
Umr o`tub bir yetsa ul gulbargi xandon og`zima.

Jon berib ul za`fni topmanki jonbaxsh ernidin,
Kasbi quvvat sharbate yetkursa jonon og`zima.

Davr ayog`in, soqiyo, tutg`onda la`ling qil gazak
Kim, mayi yetkurmamish juz zahri davron og`zima

Bag`rimu ko`nglum   aro  mundoqki soldi  la`ling o`t
Dam yeriga g`ayri o`t kelmak ne imkon og`zima.

Ey Navoiy, ishq dardi ko`rgan el jonin olur,
O`z o`lar dardim demakta kelsa afg`on og`zima.

538

Chiqti paykoning ko`nguldin ohi dard olud ila,
Shu`la o`ttin ayrilib andoqki chiqqay dud ila.

Yuz qo`yub tufroqqa gard olud etar yuz ahli din,
Har qayon yuz qo`ysang ul ruxsori gard olud ila.

Zulfi savdosi meni sudu ziyondin qildi fard,
Menu ul savdo, ishim yo`qtur ziyonu sud ila.

Aysh ravshan subhi vasl ahlig`a bo`lsun, chunki men
Mehnat ichra o`rganibmen shomi qiyrandud ila.


G`ussa gardidin yetar el jonig`a farsudalig`,
Har qayon mayl aylasam bu jismi g`amfarsud ila.

Bud ila nobud chun huznu tarabqa arzimas,
Shod bo`lma bud ila, g`am ham yema nobud ila.

Mayg`a ohang et, Navoiykim, mug`anniy har zamon
Aysh tahrisin ayon aylar lisoni ud ila.

539

Mushkin xating ul yuz kebi gulgun varaq ichra,
Tun anbari go`yoki sochildi shafaq ichra.

Jon sabzai xattingg`a fidokim ko`runur xush,
Zangor ila xat hay`ati gulgun varaq ichra.

Bog` ichra kelursen deb erur muntazir iynak,
Gullar solibon naqdini har yon tabaq ichra.

Hijlatda ne terlarki kavokibdin oqizdi,
Oy ko`rdi chu xurshidi jamoling araq ichra.

Oldi sabaqi ishq yuzung lavhida ko`nglum,
Har kun o`qug`on nuktasi yo`q mosabaq ichra.

Ummidiki haq etkay aning sa`yini botil,
Har kimki nihon ayladi botilni haq ichra.

Ishq o`tida gar aqlni xas dedi Navoiy,
Yo`q kimsaga so`z mas`alai muttafaq ichra.

540

Istaram yetsam quyundek gul uzorim qoshig`a,
Ollida tufrog` o`lub evrulsam aning boshig`a.

Xora uzra lola butkondek erur har yerda qon,
Boqsalar jismimga otqan har malomat toshig`a.

Ko`zlaridin yosh oqizg`an, balki qon beixtiyor,
Har kishikim solsa ko`z giryon ko`zum qon yoshig`a.

Ishq dashti zog`ining minqoridur yoqutrang
Go`yiyo tushkan durur la`ling haloki loshig`a.

Ko`zlarim  qilsun hadaf, kirpiklarim etsun qalam,
Bo`lsa dur boisti zebo suvrating naqqoshig`a.


Ko`p tajammul sotmag`il, ey charxkim, har kavkabing
Bir diramcha yo`qturu dayri fano qalloshig`a.

Har guharkim  vasfida sochti  Navoiy nazmidin,
Ul pari devona deb bir tosh otar podoshig`a.

541

Firoq soldi bir o`t jismi notavonimg`a
Ki, o`rtanur kishi so`rmoqqa kelsa yonimg`a.

Ne ayb zor tanim kuysa dog`i xas yanglig`,
Bu shu`lalarki aning hajri soldi jonimg`a.

Tahayyul ayladi Farhodu Vomiqu Majnun,
Chu boqtilar alamangez dostonimg`a.

Aning tufayli sanamlar yuzun ko`rarmen, lek
Muni kim ayta olur sho`xi badgumonimg`a.

Ko`ngul shikoyatidin yuz risola yozmishmen
Kim, aylagay bu risolatni dilsitonimg`a.

Ichurdi mug`bacha dayr ichra obi otashrang
Ki, shu`lasi aning o`t soldi xonumonimg`a.

Ne sud elni kar etsa Navoiy afg`oni,
Chu yor solmadi hargiz quloq fig`onimg`a.

542

Hargiz ermas husn ul mehri jahon oroycha,
Mehr aning ollinda, mehr ollinda bo`lg`ay oycha.

Bir-biri uzra necha yo ko`rguzur qavsi quzah,
Boshqa-boshqa ermas ul ikki muanbar yoycha.

Og`zig`a yetkach shakar su bo`ldi ne nav`, ey ko`ngul,
Bas bo`la olg`ay shakar ul la`li shakkarxoycha.

Gar mufarrih o`lsa yoquti labing jonbaxsh erur,
Ul bo`la olg`aymu yoquti mufarrihzoycha.

Layliyu Shirin sitam aylarda o`z ushshoqig`a
Hargiz ermas erdilar ul sho`xi beparvoycha.

Gar farog`at mulki istarsen may ichkim, bo`lmadi
G`amsiz o`lmoqliqda shah rindi qadahpaymoycha.

O`kma bulbulniki, ul gul hajrida har kechalik
Nolasi ermas Navoiy tortqan bir voycha.

543

Ko`nglumda dog` sham`i jamoling xayolida,
Andoqki hol har sori parvona bolida.

Yilda besh-o`n kun o`ldi nihol uzra gul, valek
Gul keldi to`rt faslida qadding niholida.

Sharbatdurur labingki chuchuk jon ezildn ko`p,
Serob o`lurda chashmai no`shung zilolida.

Hijron marizidur ko`ngul, ey rahmsiz ajal,
Bir dog`i yetmading boshig`a, bu malolida.

O`t uzra tushti nuqtai anbarki chiqti dud,
Tuk kim zuhur qildi yuzi uzra xolida.

Davron falakka cheksa seni emin o`lmag`il
Kim, yetkurur zavol quyoshning kamolida.

Taqvoyi zohirig`a, Navoiy, ne e`tibor,
Hayrondurur chu aqli, kul aning maolida.

544

Ey sabo, holimni arz et gul ruxi tannozima,
Egma qaddimning salomin ayt sarvinozima.

Ayt: ko`ptin ko`pu ozdin oz ashkim sharhini,
Dardu sabrim naqdi sadqang boqma ko`pu ozima.

Chunki o`lgum yoshurun ishqim bayon qil shammae,
Voqif etma lek ishq ahlin bu maxfiy rozima.

Novakandozimki elni yiqti ko`p andozadin,
Vahki, emdi tortmish novak mening andozima.

Ul kabutarg`a fido jonimki, shavqum nomasin
Qilsa taslim eltibon sho`xi kabutarbozima.

Changdek g`am bazmida qaddim xam o`ldi, ey rafiq,
Ashk har toridin ortar nolae bu sozima.

Ey Navoiy, ishq aro qochma balodan zinhor,
Chunki oshiqqa balokashlik kelibtur lozima.

545

Ko`zlarida ishqdin su erdi uyqu o`rnida
Turfa ko`rkim hajrdin qon bo`ldi ul su o`rnida.

Kimgakim kirpik o`qin yog`dursa ul gul rashkdin,
Jismim ichra bir tikondur har sari mo` o`rnida.

G`ayr naqshidin qilibmen pok ko`nglum safhasin,
Tut ul oy ollida, ey mashshota, ko`zgu o`rnida.

Shahsuvorimning ayog`in o`pkali rozidurur,
Oy bila kun har birisi bir tepingu o`rnida.

Iztirob etsa qoshing ko`rgach ne tong shaydo ko`ngul,
Telbakim ko`rdi yangi oy o`ltururmu o`rnida.


Dahr bo`stoni aro barqu bulutdin angladim,
Yig`lamoq yuz qatladur bir qatla kulgu o`rnida,

Ey Navoiy, dersen: ul qomatni ko`nglungdin chiqar,
Ne nihol o`lturtayin ul sarvi diljo` o`rnida.

546

Yordin yaxshi emas aylamagi yor gila,
Yo`qsa ul yordin erdi manga bisyor gila.

Buki ag`yorg`a mendin gila izhor etti,
Har necha aylasam izhor yana bor gila.

Ko`rubon g`ayrig`a lutfungni agar dam urmon,
Dema, yo`qtur gilalik, aylamon izhor gila.

Ko`p jafosidin agar o`lsam erur turfa bukim,
Yana mendin qilur ul sho`xi jafokor gila.

Xirqa  ko`ydurdi xumor o`tig`a  qilma, ey shayx,
Ani qilsam garavi kulbai xammor gila.

Chun azal qismatidin hech nima xorij emas,
Aylamas foqasidin voqifi asror gila.

Ey Navoiy, desang oyini rizo hosil etay,
Yordin har ne kelur aylama zinhor gila.

547

Iltifot etti bukun men qulg`a ul shoh o`zgacha,
O`zgacha  anglabmen o`z holimni billah o`zgacha.

Goh o`zumdamen, gahi beholmenkim, ul pari
Goh yaxshidur meni majnun bila, gah o`zgacha.

Holim o`lsa o`zgacha Farhodu Majnundin ne tong
Kim, erur Shirinu Laylodin bu dilxoh o`zgacha.

Gar damnmdin chiqsa o`t demangki, tortar har dam oh,
Kuygay ohimdin falak, dam o`zgadur, oh o`zgacha.


Ne ajab gar o`zgacha sayr etsa hayratdin sipehr,
Yuzni may ta`siridin qilg`onda ul moh o`zgacha.

Vasli holimg`a  berur tag``yir  andoqkim  bo`lur,
Bu zamonda ulki topqay davlatu joh o`zgacha.

Mehr zohir aylasa, aylar Navoiy vahmkim,
Charx davri qilmag`ay ul oyni nogoh o`zgacha.

548

Vahki, umrum barcha zoyi` bo`ldi el komi bila,
Bodai nob o`rnida xunoba oshomi bila.

Kimsa yuz   yil komronliq qilsa bilkim arzimas,
Dahr aro bir lahza bo`lmog`liq birov komi bila.

Zahrni o`z komi birla ichsa andin yaxshikim,
Ichsa hayvon sharbatin nokomlig` jomi bila.

Yuz dilorom aylagandin ravza habsi, yaxshiroq
Bo`lmoq o`z vayroni ichra ko`ngli oromi bila.

Ey ko`ngul, el subhi ayshi sari boqma, xo`y qil
Fardliq vayronida mehnat qora shomi bila.

Qushqa yung maskan aro xushroq durur ozodlig`,
Bo`lg`anidan band aro sayyodi ipak domi bila.


Bo`lmoq itlar mun`imi tan tu`ma aylab yaxshiroq,
Tanni qilg`uncha samin nokaslar in`omi bila.

Johu markab birla, ey kim, bormading maqsad yo`lin,
Qat` o`lur beto`shalig` zodi fano komi bila.


Ey Navoiy, huzn ila o`tkar qarilig` mehnatin,
Chun yigitlik bordi ayshu ishrat ayyomi bila.

549

Mehrida men xastaning har lahza holi o`zgacha,
Lek ul badmehrning har dam xayoli o`zgacha.

Gulbun o`ldi past vard asru biyik, billahki, bor,
Sarvi gul ro`yim qadining e`tidoli o`zgacha.

Bog`  naxlining  qadingdek  boshida  gul  butmamish,
Husn bog`ining bo`lur ermish niholi o`zgacha.

Har zamon la`ling mayi yodi ko`ngulni mast etar,
Ani har dam aylar ul fikri muholi o`zgacha.

Ey musavvir, aylasang taqlid jonon suvratin,
Chekmagil jonkim erur aning misoli o`zgacha.

Gar guli ra`no qizil, sarig` ko`runur vajhi bor,
Har dam aylar ani chehrang infioli o`zgacha.

Taqvi ahlidek borib mug` dayrida yo`l topmaduq,
Soqiyo, may tutki bu qatla borali o`zgacha,

Xonaqah ahlig`a, ey zohid, meni o`xshatmakim,
Zuhd eli bor o`zgacha, rind louboli o`zgacha.

Ikki dunyodin kechib yor istagan topmish visol,
Ey Navoiy, kelki yo`qtur ehtimoli o`zgacha.

550

Solib qon oncha qo`ydung dog` bu jismi figor ichra
Ki, oncha dog` ila qon bo`lmag`ay bir lolazor ichra.

Qushekim tushsa, ohim girdbodidin chiqa olmas,
Birov yanglig`ki qolg`ay eshiki bog`liq manor ichra.

Iki ruxsori ikki zulf yopqondin nihon ermas,
Nachukkim shu`la dud ichra quyosh yoxud g`ubor ichra.

Yuzung shavqida ashkim ko`zlar ichra jola bog`lanmish,
Yog`in ul nav`kimdur bog`lag`ay abri bahor ichra.


Qolibtur anbarin zulfung ichinda bog`lanib ko`nglum,
Kiyikdin qatra qon qolg`on kebi mushki totor ichra.


Qiziq ko`nglumdagi paykonlari dardin ne fahm etkay,
Angakim qatralar xaydindurur o`tluq uzor ichra.


Chu o`ldum hasratidin shoyad o`lgan chog`da ko`rgaymen,
Meni sudrang gadolar ko`yida bir rahguzor ichra.

Gar ul shah bazmida bir jur`a may topmon ajab ermas
Ki, may sho`xi kiriptur shiradin muhkam hisor ichra.


Menikim aylamish ul mug`bacha ishqi mayi maxmur,
Magar ham dayr piri chora qnlg`ay bu xumor ichra,

Vafo aylarda elga ro`zgoring aylama zoe`
Ki, ulkim sen tilarsen yo`qtur ahli ro`zgor ichra.

Navoiy, gar falak davri sanga yetkurmas ul oyni,
Ne chora chun sipehr ermas kishiga ixtiyor ichra.

551

Va`da aylab vasl jismi notavonim o`rtama,
Kelmagungdur, intizor o`tig`a jonim o`rtama.


Ishq o`ting o`rtadi basdur yana jonim aro,
Dog`i hijron har dam, ey nomehribonim, o`rtama.

Jonni olding, solma oxir notavon jismimg`a o`t,
Nakdi jon yag`mog`a bordi, xonumonim o`rtama.

Novakingning kasratidinkim, nayistondur ko`ngul,
O`t olib kirma qamishqa, naysitonim o`rtama.

Jonima o`t soldi ishqing, bal jahonim o`rtadi,
Rahm etib mundin nari jonu jahonim o`rtama.

Har nafas kundurma bir o`t birla, ey gardun, meni
Kuydururga har dam aylab imtihonim o`rtama.


Qilma nisbat xo`blar birla Navoiy deb meni,
Tuhmat aylab har zamon, ey badgumonim, o`rtama.

552

Vahki, kelturdung firoqingdin balolar boshima,
Ul balolardinki qochtim, keldi alar boshima.

Zaxm agar bo`lsa boshimning har tuki soyi ne tong,
Muncha toshkim yog`dururlar dilrabolar  boshima.


Sarv qadlarning tamannosi boshimdin chiqmag`ay,
Qahr etib, ey shayx, sindursang asolar boshima.

Ko`rmayin ko`zlar qachon keldi boshimg`a yuz balo,
Ko`r, nelar kelturdi bu yuzi qorolar boshima.

Ishq aro gah-gahki el pandig`a bosh indurmadim,
Keldi turluk-turluk andin mojarolar boshima.

Muddaolar boshima tushkuncha har dam aqldin,
Kelsa xushroq ishq tig`idin yarolar boshima.

Ko`yida o`ldi Navoiy, qochti andin itlari,
Yo`q edi o`lganda yoru oshnolar boshima.

553

Men o`lsam aylamang ul tiflg`a xabar nogah
Ki, vahm o`luktin anga qilmag`ay asar nogah.

Tutay firoq tuni g`ayridin nihon o`zni,
Netay chiqar esa oh o`tidin sharar nogah.

Netayki, bag`rim erur pora-pora, vah, naylay,
Yugursa ashk ila pargolai jigar nogah.

Dediki, shom kelay ko`nglum ichra o`tdurkim,
Bahona qilmag`ay ul sham`i siymbar nogah.

Jahonni kuydurur ohim o`ti balo bo`lg`ay,
Bu o`tdin etmasa majnunvashim hazar nogah.

Zamona bog`ida ekting niholi mehr valek,
Netarsen o`lsa nadomat sanga samar nogah.

Navoiy, ulcha kerak aylading ne qilg`aysen,
Ishingni adl bila so`rsa yor agar nogah.

554

Dayr aro to aylading ko`nglumni zor, ey mug`bacha,
Kufr ila zunnor qildim ixtiyor, ey mug`bacha.

Demakim, gar istasang ko`nglumni, butg`a sajda qil,
Sen borinda butqa xud, ne e`tibor, ey mug`bacha,

Dayr pirining muridimen, sening ham oshiqing,
Yo`qsa din ahlig`a dayr ichra ne bor, ey mug`bacha.

Ahli islom ichra nogah chiqma sarxush dayrdin,
Yuz xalal din ichra qilma oshkor, ey mug`bacha.

Kecha sham`u may bila  qoshingg`a kelgumdur deding,
Subh bo`ldi necha tortay intizor, ey mug`bacha.

Turrani oshufta etma ochibon marg`ulasin,
Qilma ko`nglumni parishon ro`zg`or, ey mug`bacha.

Hashr subhigacha mast o`lg`um gar etsam bir sahar,
Bodai la`ling bila daf`i xumor, ey mug`bacha.

Dayr piri savlati man` etmasa har dam qo`pub,
Boshingga evrulgamen devonavor, ey mug`bacha.

Mast agar o`lsam asog`a  bog`labon zunnorni,
Qil alam ko`ying aro aylab mazor, ey mug`bacha.

Buzma ko`nglum kishvarin bedod birlakim, emas
Husn mulkining binosi poydor, ey mug`bacha.

Asru g`amgindur Navoiy may tila, ey piri dayr,
Bo`l anga soqiyliq aylab g`amgusor, ey mug`bacha.

555

Qoshining yoyi chekilmish zulfi chavgonig`acha,
Zulfi chavgoni dog`i go`yi zanaxdonig`acha.

Demangiz mushkin bulutkim bo`ldi ko`k toqi qora,
Baski ohim dudi bordi charx ayvonig`acha.

Ichkali so`zon ko`ngul qonin o`qung ochti og`iz,
O`t tushub suforidin kul bo`ldi paykonig`acha.

Ko`p yoshurdim holim, oxir chok etib ko`ksumni ishq,
Oshkor etti ko`ngulning dog`i pinhonig`acha.


Bo`lmasun darde itinggakim bag`irni tashlag`ach,
Edi har yondin uzub yerdin yalab qonig`acha.

Tushti go`yo bulbul afg`oni muassir gulgakim,
Chok-chok etti giribonini domonig`acha.

Bo`lg`aningda mehmon o`lsa Navoiy, ne ajab,
Chekti chunki ollinga boru yo`qin jonig`acha.

556

Guli ruxsoring aro bo`lg`ali pinhon g`uncha,
Rashkdin bog`da pinhon yutadur qon g`uncha.

G`uncha serob bo`lur, lek og`izu la`lingdin,
Oshkor ayladi sarchashma hayvon g`uncha.

Topmay og`zingni ovunmoq tilasam gulshan aro,
Sanchilur ko`ngluma ul nav`ki paykon g`uncha.

Ko`z yoshimdin agar og`zingda erur kulgu ne tong,
Chun bo`lur necha bulut yig`lasa xandon g`uncha.

Gul yuzi vasli ila ko`nglum ochilmas, garchi
Dard bog`ida ani ayladi hijron g`uncha.

Ochmadi juz guli dard onchaki bedil bulbul,
Qildi ko`ksida ko`ngul o`rnida pinhon g`uncha.

Do`stlar vasl o`tin istarga Navoiy bormish,
Fosh qilmang bu hadisini aning yong`uncha.

557

Topib hayoti zuloli xating qorasinda,
Yozildi oyati rahmat yuzung safosinda.

Iki labing yopishurlar, gar obi hayvondin
Rutubat o`lmasa ul ikkining orasinda.

Ne nutq ila ne ado topti ruhbaxsh labing
Ki, ruhi notiqa ojizdurur adosinda.

Firoq biymi durur choklik ko`ngulda ne tong,
Gar o`lsa ulki qilich zaxmidur yarosinda.

Ko`zung otib manga novak xato qilur amdo,
Tirikligimga xatodur aning xatosinda.

Dedimki, umr vafo qilsa dahr ham qilg`ay,
Valek bahsdur ul ikkining vafosinda.

Navo ming aylasa bulbul Navoiy ortuq emish
Ki, munglar o`ldi adadsiz munung navosinda.

558

Gar necha chavgong`a birdur go`y el maydonida,
Necha go`y o`lmish tugundin har soching chavgonida.

Uyla ablaq tund surdikim, kira olmas quyosh,
Tun bila kundin qilib markab aning maydonida.

Har taraf boqsangki ko`nglum  qoni qaynar g`ussadin,
Bu harorat rashk o`tidin tushti ko`nglum qonida.

Sarsaru bahr ohu ashkimdin taajjub aylamang
Kim, yo`luqmaysiz hanuz ul ikkining tug`yonida.

Hajr aro g`amgin esam tong yo`qki, vaslida aning
Necha toptim shodlig`kim, topqamen hijronida.

Ko`zu ko`nglumdin o`qin chekkan qora topsang bashoq,
Ko`z savodiyu ko`ngul dudidurur paykonida.

Eyki, dersenkim falakdin ko`rmayin sargashtalik,
Davr ayog`in solma ilgingdin aning davronida.

Bevafolig` tong emas eldinki dehqoni azal,
Ekmadi aslo vafo naxli jahon bo`stonida.

Ey Navoiy, tut butun bu ahd aro paymonani,
Chun butunluk yo`qturur el ahd ila paymonida.

559

Bo`lsam ul qotil shahidi hasratu hirmon bila,
Bir qilich torting mazorim lavhi uzra qon bila.

Bir fatila anglag`il marham bila ul sho`xdin,
Jong`a har momuqki chirmang`on kelur paykon bila.   

Cheksalar tandin o`qin chun ul chiqar, jon ham chiqar,
Uydin el chiqqan kebi ta`zim uchun mehmon bila.

Qoshi gar ko`nglumda kuymak boisidur, ayb emas,
Yoy agar bo`lsa bo`lur o`t bargi ham qurbon bila.

Ishq dashtining sumumidin degay bo`lmish quyun,
Hajr o`tin boshtin ayoq ko`rgan bu sargardon bila.

Do`zax ahli g`am yemangkim, do`st rahmi kelgudek,
Qelgum ul yon ohu ashkimdin ajab to`fon bila.

Ey Navoiy, itlariga tu`madur bois o`lub,
Yor agar istar ko`ngul taslim qilg`il jon bila.

560

Ey niholi qomating sarsabz jon bo`stonida,
Jilvasidin vola o`lmoq sarvu to`bi shonida.

Qoshlaringdur  go`yi  ikki  hinduiy  otashparast,
Mayl qilg`on sajdag`a o`tluq uzoring yonida.

O`lsam olmang ul parivash toshlarinkim tutti yer
Kim, erur jonlar bu majnunning tani uryonida.

Qolqig`ay har sari gardun bir mujavvaf go`ydek,
Hajr shomi tushsa ashkim saylining tug`yonida.

La`li hajrinda bag`ir pargolasidur istasang,
Ko`z yoshimning la`lgun har qatra tomg`an qonida.

Chun falak davronig`a yo`q e`timode, ey quyosh,
Mehr ko`rguzmakni xo`y et ho`bliq davronida.

Bazl ilgin yuqori soyil qo`lin ko`rgil quyi,
Teng bo`lurmu termaku sochmak xirad mezonida.

Shomi hajr ermas hamonokim, chu zolimdur sipehr,
Tushti mazlum ohi aning kulbai ehzonida.


Ul Masih anfosqa yoqmas Navoiy, ne osig`,
Nag`mai Dovud agar zohir qilur afg`onida.

561

Dog`i qonin ko`rguzur Majnun mazallat sholida,
Holidin humrat kebi parvonaning har bolida.

Za`f ko`rgilkim qalamda nollar siqqan kebi
Necha mendek ham sig`oolur aning har nolida.

Suvratin kog`azda ko`rgach, bordim o`zdin, vah, o`zin
Ko`rgach o`lgum, chunki bexudmen aning timsolida.

Har dam o`zga shakl birla jilva aylar, vah, ne tong,
Bor esa ko`nglum gahi beholu gah o`z holida.

Va`dai qatl ettiyu ehmol etar o`lturdi fikr
Kim, tarahhum  yoxud istig`nomudur ehmolida.

Subhidam kirdim xarobot ichra chiqti piri dayr,
Bor edi yuz fayz aning ruxsori farrux folida.

Ey Navoiy, ul yigit oyu quyoshtin tug`dimu,
Kim anga loyiq bu voliddur dag`i ul volida.

562

Savodi xoli aning xatti mushkbor ichra,
Magarki zog` yoshunmish binafshazor ichra.

Degayki, gulshani jannatda ochilibdur gul,
Kishiki may gulini ko`rsa ul uzor ichra.

Jamoli ko`zgusi ichra sarig` yuzum aksi
Ajab xazone ayon aylamish bahor ichra.

Qoshing xayolini xoki tanimda anglamas el,
Hilol ru`yati mushkuldurur g`ubor ichra.

Labingda jismi zaifim so`zi erur ul nav`,
Kirishta o`tkarilur la`li obdor ichra.

Fidosi mug`bachaning naqdi dinu imonim,
Mayi mug`ona manga tutsa bu xumor ichra.

Demak ne sud Navoiyg`a o`rtagum dog`i,
Chu kuydi joni aning dog`i intizor ichra.

563

Ro`zgorim chun qorordi shomi hijroni bila,
El ko`zin yorutsa naylay mehri raxshoni bila.

Ne labidin kom erur mumkin, ne andin kechmakim,
Kimsa mendek bo`lmasun darmonda o`z joni bila.

Yuzga solsa ko`nglum ahvolin manga yo`qtur gunoh,
Ko`z yoshimkim bulg`oshib chiqsa bag`ir qoni bila.

Rahm ko`rguzgay azob aylar malak, gar oshiqing
Kirsa do`zaxqa yarolig` jismi uryoni bila.

Olti oyliq Nuh to`fonicha buzg`ay dahrni,
Olti kun qolsa ko`zum yoshi bu tug`yoni bila,

Husn bog`inda ko`rub zulfu qadingni bog`bon,
Chekti xijlat sunbulu sarvi xiromoni bila.

Ey Navoiy, umri boqiy istasang haq birla bo`l,
Boqiy o`lkim vola o`lma olami foniy bila.

564

Ul uchug` ermas qabarg`an la`li ruhafzosig`a,
Shishada hayvon yeuyi solmish ulus ehyosig`a.

Ne uchun sham` ollida sargashtadur parvona, gar
Sadqa qilmas o`zni aning qomati ra`nosig`a.

Oncha ul oy ko`z qarortibtur mening qonimg`akim,.
Surma chekmak hojat ermas nargisi shahlosig`a.

Boqmas istig`nodin elga, vah, ne erkim ishqidin,
Yuz tuman xayli balo har dam ko`ngul yag`mosig`a.

Topmasa la`li  mayig`a bodapaymolig` ko`ngul,
Xushturur nazzora ham la`li qadahpaymosig`a.

Husn aro mag`lub anga Shirinu Laylo uylakim,
Ishq aro Farhodu Majnun ham aning shaydosig`a

Ohu vovaylodin o`ldum, ohu vovaylo agar
Boqmasa ul sho`x ko`nglum ohu vovaylosig`a.

So`fi ibn-ul vaqtdur gar istasang osudalig`,
Ey ko`ngul, ko`p iltifot etma zamon abnosig`a.

Bog`ladim zunnor, ammo qilmadim ma`lumkim,
Iso aylar iqtido bu dayrning tarsosig`a.

Gar Navoiy o`ldi ishqi tig`idin zinhorkim,
Qo`yg`asiz tufroqqa yuz holin debon mirzosig`a.

Ulki to`qqiz charx ayvoni o`zun ko`p ko`rdi past,
Chun nazar soldi biyik dargohining kiryosig`a.

565

Nildin  behol xoling la`li serob ustina,
Tuxmi rayhon tushti go`yo sharbati nob ustina.

Soch ila qoshing aro jabhangni ko`rgan sog`inur
Kim, to`kulmish qadr shomi nuri mehrob ustina.

Ul quyosh hajrinda za`fim uyladurkim o`lgamen
Soya tushsa nogahon bu jismi betob ustina.

Qon yutar erdim g`amingdin, hajr anga qilding fuzun,
Naylay o`lmay zahri chun qo`ydung bu xunob ustina.


Ko`nglum ichra yoralar chun butti qo`ydi dog`i ishq,
Xozin ul yanglig`ki bosqay muhr abvob ustina.

Xattu xolingdin yuzung mohiyati ravshan bo`lur,
Safhadekkim, nuqta birla bo`lg`ay e`rob ustina.


Itlaring g`avg`osi tong yo`q, chun Navoiy berdi jon,
Kimki o`ldi jam`, o`lurlar xayli ahbob ustina.


566

Yuz balo toshi agar yog`dursa dilbar boshima,
Shod o`lurmen barchasi gar teksa yaksar boshima.

Mazrai jonimda tuxmi shavq ila mehr ekmisham,
Yo`q ajab gar qo`nsalar xayli kabutar boshima.

Hajr tig`i qildi gar yuz pora bu majnung`a bosh,
Turfa ko`rkim ul pari savdosidur bir boshima.

Har tuki soyi boshimning bir o`qi paykonidur,
G`am tuni monand bo`ldi charxu axtar boshima.

Ikki boshim bo`lmasa ikki ko`ngulluk yorni,
Sevmagaymenkim balo ursun mukarrar boshima.


Chun o`zum sevdim seni dardu g`amingdin shodmen,
Gar ko`zu ko`nglumgadur, gar jonima, gar boshima.

Sabzai xattingg`a bo`ldum sadqa ushbu vajhdin,
Go`yiyokim evrulur bu charxi axzar boshima.

May tag`orin sipqarib daf`ig`a qolqon aylayin,
Fitnalarkim yog`durur charxi sitamgar boshima.


G`am quyoshidin kuyub erdim Navoiy, solmasa
Zilli ra`fat shahriyori dodgustar boshima.

567

Xolin o`psam ne uchun man` qilur jonona,
Kim ko`rubtur kishi mo`r og`zidin olmoq dona.

Tiyr boroni g`aming yiqti buzug` ko`nglumni,
Yorga mayl etti yog`in kasratidin vayrona.

Qaddi hajrindaki ko`ksumda aliflar kestim,
Bo`ldi anduhu balo kulbasig`a dandona.

Jannatu hurni zuhd ahlig`a kechmay netayin,
Basdurur chunki manga mug`bachavu mayxona.

Ey pari, telbamen andoqkim o`zumni toniman,
O`z-o`zidin chu meni qildi g`aming begona.

Keldi zeb ahlig`a ra`nolig`u ushshoqqa so`z,
Ul biri chun ko`palakdur, bu biri parvona.

Zulfi savdosi Navoiyni chiqardi eldin,
Telba ettiyu ayog`ida aning zavlona.

568

Buki men mahrumu el mahramdurur jononima,
Mungranib bekasligimdin o`t tutoshur jonima.


Garchi vayron etti aqlu hush ila sabrim uyin,
Kosh bir qatla yetishsa kulbai vayronima.

Ey baliyat novaki, ul fitna ko`zdin ayrilib
Kim, havoiysen kelib, sen dog`i o`ltur yonima.

Qatlim istab qonlig` ashkim saylidin o`tti raqib,
Ne uchun, yo rab, kirar erkin gunahsiz qonima.

Qolg`ali hayron sanga, yopilmadi hayron ko`zum,
Uyqudur bir xayli hayronlardin ul hayronima.

Ko`ngluma kirgach g`aming to`ksam bag`ir xunobini,
Ne ajab, gulrang may matlub erur mehmonima.

Kufr ila bo`ldi badal dinim magar, ey mug`bacha,
Rishtai zunnor payvand aylading imonima.

Ishq dashtida balo gardi manga chun parda bas,
Atlasi gardunni yopmasmen tani uryonima.

Ey Navoiy, to seni tanibmen afg`ondur ishim,
Jonima rahm et, meni sen bori emdi tonima.

569

Yoqar o`lsang iting ilgiga hino qonim ila,
Qo`yki avval supuray gardini mujgonim ila.

Ashk o`lturdi meni hashr eliga, voy, agar
Cheksalar arsai mahsharg`a bu to`fonim ila.

Baytul-ahzon bila Ya`qubni Yusuf g`amida
Ko`rmagan hajrida ko`rdeg meni vayronim ila.

Dasht aro gar yovumas ko`ngluma gardun, ne ajab,
Bo`la olmas bu aloxonu alomonim ila.

Panahim g`ayri quyun bo`lmag`ayu tog` etagi,
Meni sargashtani ko`rgan tani uryonim ila.

Sarv oyog`iki botibdur sug`a naylab qilg`ay,
Jilvainoz mening sarvi xiromonim ila.

Jonda pinhon durur ul oyu eshitmas netayin,
Necha yolborsa ko`ngul nolai pinhonim ila.

Tiyramen dudi gunah birla magarkim o`lsam,
Do`zax o`ti yorug`ay shu`lai isyonim ila.

Ey Navoiy, meni jon olg`ali jonon tilamish,
Aylaram azm aning ko`yi sari jonim ila.

570

Yana ishq ilgidin holim ulandi zorlig`larg`a,
Firoq oshubidin qoldi ishim dushvorlig`larg`a.

Ko`zidin juz balo paykoni yetmas garchi qolmishmen,
Og`izg`a qatra su tomuzg`udek bemorlig`larg`a.


Hurar it kecha tong boshi, uyur mendek qachon tushmish,
Kecha tong otqucha faryod ila bedorlig`larg`a.


Jafoni chunki nohamvor etar ul qotili bebok,
Tanimda zaxmlar dol o`ldi nohamvorlig`larg`a.

Aningdek zuhdu taqvo yo`lini urdung chiqib usruk
Ki, tushti yuz meningdek porso xammorlig`larg`a.

Ko`zu zulfungdin andoq kufr shoyi`durki yer hasrat,
Belin taqvig`a qilg`on mahkam el zunnorlig`larg`a.


Birov o`zni falak ozoridin ozod qildikim,
Fano tufrog`i ichra tushti  beozorlig`larg`a.

Desangkim, har zamon bir yorning dushmanlig`in ko`rmay,
Zamon ahli bila yuz mayl ko`rguz yorlig`larg`a.


Navoiy ashk durru la`lidin ne vasl topqaykim
Bu davlat yetmadi Qorun masallik borlig`larg`a.

571

Mast otlandi ul oy qilmay xabar ahbobqa,
G`arqa maylik shisha yanglig`dur ko`ngul xunobqa.

Bir taraf go`yo o`zin solmoq xayoli bor edi,
Yo`qsa nevchun soldi yuz fosid xayol ahbobqa.

Ne erishmoqlikka haddim, ne turarg`a toqatim,
Yo`q manga yolg`uz bu shiddatkim bori ashobqa.

Har biri badhol bir yon tarqashib tushti va lek,
Notavon jismim qorong`u uyda pechu tobqa.

Ul kecha to subh ne deykim ne o`tti hajridin,
Paykari beholg`a yo didai bexobqa.

Soqiyo, g`am shomida o`ldum sabuhiy boda tut,
To dame mashg`ul etay o`zni rahiqi nobqa.

Ey Navoiy, andin o`lsa maxlasim bermay ko`ngul,
Hech bandi zulfi dilkash turrasi qullobqa.

572

Ey ko`ngul, hajrim balosin arz qildim shohima,
Va`da qildikim, meni qo`shqay parivash mohima.

To payopay bo`lg`ay, ul aftodalarg`a dastgir,
Umru davlat, yo rab, afzun qil damodam shohima.

Dema hijron biymi chun ketti nedur o`tluq daming,
Vasl umididin yorug`lug`lar yetibdur ohima.

Zulmati hijronda itmish ko`nglum, ey barqi visol,
Lam`a solib gah-gahi yo`l ko`rguz ul gumrohima.


Ko`nglum istar erdi ul oyni, beray yuz mujdakim,
Etkurur yanglig`durur gardun meni dilxohima.


Istaram ishqin nihon bo`lg`ay el ichra kirgali,
E`timodim yo`q netay bu nolai nogohima.


Vasli yuzidin manga jomi jahonbindur ko`ngul,
Davri jomi yetsa tong yo`q xotiri ogohima.

Buki vasl iqbolida mumkindur osebi firoq,
Vasl yetmay ko`ngluma solur taraddud vohima.

Ey Navoiy, aytqil ul shahg`a shayallohkim,
Vasl mulkin ayladi in`om shayallohima.

LOM ALIFNING LOLARUXLARINING LOBASI NAVODIRDIN

573

Labing fikri bag`rimni qon qildilo,
Chu qon qildn, ko`zdin ravon qildilo.

Yuzumni demaykim, bari yer yuzin,
Hamul qon nchinda nihon qildilo.

Dedi ko`nglung ettim nishon vasl uchun,
Firoqi o`qig`a nishon qildilo.

Ko`ngulkim buzuldi tilab ganji vasl,
Ani chug`zi hajr oshyon qildilo.

Ko`ngul birla ko`z sirrini, ey rafiq,
Yana ohu ashkim ayon qildilo.

Vafo ahlini charx bekom etib,
Jafo xaylini komron qildilo.

Navoiyg`a gar tavba yaxshi edi,
Yana tarkini ul yomon qildilo.

574

Oshno yorim yana begonalig` fan qildilo,
O`zni o`z yorig`a har fan birla dushman qildilo.

Va`dai hamxonalig` aylar edi ul, bo`lmadi,
Xonavayronlar sari ko`yini maskan qildilo.


Dedi, la`limdin qilay joning iloji, qilmadi
G`amzasin jonimg`a, oxir novakafkan qildilo.


Gulshani vaslin manga zindoni hijron aylabon,
Muddaig`a hajr zindonini gulshan qildilo.


Ishq o`ti o`rtab menu parvonani hijron tuni,
Bulbul ul motam aro to subh shevan qildilo.

Ey ko`ngul, ul turfa qush moyil bizing sori bo`lub,
G`ayri bog`u gulshanin oxir nishiman qildilo.


Kuyganin aytib Navoiy, bovar etmas erdi xalq,
Yorutub hajr o`tin ul da`voni ravshan qildilo.

Yo HARFINING YAG`MOYLARINING YUZ  KO`RGUZMAKLARI NAVODIRDIN

575

Zihi tajalliy husnung kelib jahonoroy,
Jamillar sanga oyinai jamolnamoy.

Jamol birla jaloliyatingdin o`ldi bu nav`,
Sahar uzori uza shomy zulfi anbarsoy.

Bu tiyra dahrni gar oshiq etmasang bo`lmas,
Arusi mehri falak mazharida jilvanamoy.

Basati olamoro gar sen o`lmasang bosit,
Ko`ngulga qayda bo`lur Zuhra lahni bastfizoy.

Chaman aroyisi zebig`a bo`ldi husnungdin,
Zulol oyinadoru nasim nofakushoy.

Sening xayoling ila xonaqahda hoy ila xo`y,
Sennng visoling uchun dayr ichinda nolayu voy.

Navoiy o`ldi guli hamdu shukrunga bulbul,
Ani bu bog` aro lutf aylab ayla nag`masaroy.

576

Topmadim ahli zamon ichra bir andoq hamdame
Kim, zamon osibidin bir-birga aytishsoq g`ame.

Kimki davron sog`aridin dam-badam xunob ichar,
G`am yo`q ar har dam g`amin ayturg`a topsa hamdame.

Charx uzukning xalqasidur, lek har kavkab anga,
Qatl uchun ostida qilg`on zahr pinhon xotame.

Yo`q farog`at dahr arokim, shomdin sochin yoyib,
Yog`durub ashkin tutar holingg`a har tun motame.

Gar budur olam, kishiga mumkin ermas anda kom,
Haq magarkim kom uchun boshtin yorotqoy olame.

Yo`q vafo jinsi bani odamda, bo`l novmidkim,
Sen vafo ko`rmak uchun xalq o`lg`usi yo`q odame.

Nukta nozuk bo`ldi asru bo`lg`ay erdi koshki,
Shammae bu ramzdin zohir qilurg`a mahrame.

Dardi zaxm o`lmish ichu toshim, qadah quy og`zima,
Soqiyo, ko`ksuma loyidin dog`i yoq marhame.

Davr aro suhbat bu yanglig`dur Navoiy tong emas,
Nolayu faryodi birla gar tuzar zeru bame.

577

Ne bir subh ul quyoshning ilgidin ichtim to`la jome,
Ne yottim mast ruxsorim ayog`ig`a qo`yub shome.

Ne bir qush hargiz ul gulshan sari yetkurdi payg`omim.
Ne bir yel hargiz ul guldin manga yetkurdi payg`ome.

O`qungdin ming to`shukluk ko`nglak ichra tolpinur ko`nglum,
Hamul qush mislikim ani muqayyad aylagay dome.

Nachukkim tutmading, ey umr, vayronim aro orom,
G`amingdin tutmadi jon ham buzug` jismimda orome,


Hamul kundin sarig` chehramda gulgun ashkdur, ey shayx
Ki, bir zarbafti gulfomiy kiyib chiqti gulandome.

Yugurdung Ka`bai maqsad tilab ko`p, lek tinmaysen,
Chiqarsang o`zlukungning dayridin o`zni erur kome.


Navoiy, tongla huru sofiy kavsardin ortug`dur,
Bukun ul mug`bacha ishqida bo`lsang durdi oshome.

578

Chehra ko`rsatgilki jon bermoq tariqin ko`rsatay,
Ishq atvorini da`vo qilg`an elga o`rgatay.    

Ko`rsatib yuzkim, deding: qilma ko`ngulni muztarib,
Garjavob istarsen oncha turki, ani to`xtatay.


Baxtim uyg`onmas bu nafxi surdek faryod ila,
Menki marg uyqusi bosqonlarni dermen uyg`atay.

Mehr ila vasling kuni bir subhdek kuldur meni,
Necha hajring tunlari ko`zni falakdek yig`latay.  

Rishtai ashkim kerishdur egma qaddim yosig`a,
Oh o`qin g`am shomi baxtim kavkabi chiqqach otay.

Ko`ngluma xoling xayoli kirsa mardumluq qilib,
Ko`z uyida ani mardumlar ichinda asratay.

Kelki g`amzang ignasig`a toqibon jon rishtasin,
Ko`nglakim choki kebi ko`nglum shikofin tevratay.


Bir qadah may birla tirguzgil meni, ey mug`bacha,
Dayr eshikinda necha maxmur, o`luk yanglig` yotay.

Ey Navoiy, sharbati la`li erur jonbaxsh, lek
Za`fdin o`lsam, ne hadkim degamen ani totay.

579

Yor tandin jonnm ayrilg`uncha zulmin qilmog`i,
Ermas oncha sa`bkim,  mendin o`zi ayrilmog`i.

Gar tutulmoq istamas ko`nglum qushin, bas negadur,
Donai xol uzra zulfi domining ochilmog`i.


Bog`layin dermen ko`ngul toatqa qo`ymas, naylayin,
Har nafas ko`nglumg`a ul but g`amzasi sonchilmog`i.

Kirpiki yonmish ko`ngullar ilg`ali qullobdek,
Buyladur ul sho`xning ko`nglumni ko`zga ilmog`i.

Vaslidin, vah, ne so`z aytaykim, emas mumkin, valek,
Xoli az ayshe ham ermas har zamon aytilmog`i.


Har kishikim dayr ichinda g`oyib etti naqdi din,
Ey musulmonlar, aning mumkin emas topilmog`i.

Chok etib ko`ksin Navoiyning, ko`rub ko`nglida o`t,
Dedi: bevajh ermas ermish muncha afg`on qilmog`i.

580

Vahki, dinim kishvarin toroj qildi kofire,
Kufr eliga homie din ahlig`a yag`mogare.

Chobuke, no`shin labe, ra`no qade, xoro dile,
Mahvashe, Shirin uzore, gulruxe, siyminbare.

Jon berurda la`lidin Iso sifat jononae,
Ko`ngul olurda yuzidin Yusuf oyin dilbare.

Zulfi ko`zlarni qora  qilmoqqa shomi furqati,
Shom furqat daf`ig`a ruxsori mehri anvare.

Ham guliston sayrn ichra sarv qomatlig` gule,
Ham shabiston bazmi ehyosida sham`i anvare.

Olloh-olloh,  buyla ofatning giriftori  bo`lub,
Naylagay bir men kebi zori zaifi abtare.


Ne qaroru sabru ne tobu tavon, ne toqate,
Ne ko`ngul, ne jonu ne ruhu ravon, ne paykare.

Soqiyo, dildorim ul yanglig` meni bedil bu nav`,
Rahm etib tutqil manga aylab labolab sog`are.

To bo`lub bexud Navoiydek qilay devonalig`
Kim, tarahhum qilmasa, qilg`ay tamosho ul pari.

581

Ne ajab giryon ko`zum gar bo`lmas uyqu manzili
Kim, yetshimas bahrning bir yerga ikki sohili.

Eyki ko`rdung jonima furqat kuni yuz ming balo,
Bilki ermastur bular hajrim tunining doxili.

Demang ul orazda burqa`dur va yoxud yo`qturur,
Yo emastur g`oyati ravshanlig`idin hoyili.

Dafn etar chog`da ichimdin chekmangiz paykonlarin
Kim,  bu javharlardurur naqdi hayotim hosili.

Har taraf chun tig` chekti rashkdin bo`ldum halok,
Elga jon berdi va lekin bo`ldi jonim qotili.

Ishq mayli chunki hijron sari ermish, xush ul
Kim, burundin bo`lmadi ko`ngli biravning moyili.

Gar junun ahli aro aytur Navoiy darsi ishq,
Ne ajabkim uldurur devonalarning oqili.

582

Bas ajabdur, ikki la`lin ko`rsangu og`zin dog`i,
G`uncha bo`lmoq bir-biri uzra iki gul yafrog`i.

Mil agar bo`lsa o`qungdin yo`q ajab, ey qoshi yo,
Chun ko`zumni surmadon etmish ayog`ing tufrog`i.

G`arqi ashk o`ldum ko`ngulda gavhari ishq uylakim,
Bahr aro dur maskani bo`lg`ay bolig`ning qursog`i.

Yo`qki tig`ing to`kti qonim, balki chekti dam bila,
Ul iki ajdarki ko`rsatmish qiliching bolchog`i.

Chiqti qon to`kmakka ul kofir shafoat qilmangiz,
Ey musulmonlarki, mumkin yo`q tarahhum qilmog`i.

Bodayu ishqu shabob ayyomiyu, fasli bahor,
Pand netsunkim erur oshuftalig`larning chog`i.

Voiz aylar vasfi jannat ichra kavsar bodasin,
Bo`l Navoiy mast, xohi mundog`i, xoh andog`i.

583

Jismi ul gulning qizil to`ndinmudur gul xirmani,
Yo solib ruxsori bir xirmang`a o`t o`rtar mani.

Otashin gul jismida andoqki su muzmardurur,
O`yladur gulgun to`n ichra obi hayvondek tani.

Go`yiyo gul ichra savsan bargi aylabtur nihon,
Yo`qsa gulgun to`n ichinda ko`nglakidur savsani.

Qatl uchun ol ayladi to`n, yo`qsa ul qattolvash,
G`arqa bo`lmish qong`a, baskim bo`ldi qon to`kmak fani.

Otashin gulmu ekin, gulbunda har yon yo magar,
Ishq so`zidin tushub o`t, kuydi bulbul maskani.

Gul sochib yuz yil agar gulrang may no`sh aylasang,
Arzimas bir kun tikon neshig`a davron gulshani.


Gul erur yuz xurdasi birla gadoyi jandapo`sh,
Ey Navoiy, muflisi qoni`ni bil shohi g`ani.

584

Ko`ngulning chokidin gar bo`lsa jonning vahmiyu boki,
Ne tong, ey gulki, ko`nglak choki ermastur ko`ngul choki.

O`luk ushshoq bahri ishq atrofida tong ermas,
Erur xaslarki surmish har taraf bu bahr ko`loki.

Balo sahrosida, ey oy, tanim o`rtarga sa`y etma
Ki, bahr ichra choqin tushsa kuyar bu dasht xoshoki.

Boshim avval iti ollig`a sol, ey charxkim, to`ysun
Ki, qonim birla rangin bo`lmasun ul sho`x fitroki.

Bukim ul sho`x elni o`lturur bu rashkdin oyo,
Bilur erkinmukim ermas tirik bu zori g`amnoki.

Bo`lur husn ichra bir aniki ahli ishq dark aylar,
Yo`q ersa zohidi beishqning yo`q muncha idroki.    

Nachuk har zarra bu doir falakdin mehr ko`z tutqay
Kim, aning davridin sargashta bo`lmish mehr afloki.

Tirildim bodadin qayg`um ketib, ey bog`bon, go`yo
Ki, hayvon suyidin shodob bo`lg`ondur aning toki.

Navoiy nazm aro tig`i zabonin uyla surdikim
Pichoq topmas uyatdin o`zni o`lturmakka Sakkokiy.

585

Kosh sanchilsa iki ko`zuma ko`yung tikani,
Kirpiking ignasi birla chiqarur bo`lsa ani.

Chiqmag`ay tufrog`i bo`lg`uncha gadolarg`a vatan,
Har gadokim eshiking tufrog`i bo`lmish vatani.

Zaxmdur lola kebi dog`larning dudidin,
Xanjari ishq shahidi uza qonlig` kafani.

Purshikan zulfung aro tushtikim, ey ahdshikan,
Yuz shikan soldi ko`ngullarga aning har shikani.

Tunu kun zulfu yuzung shavqidadurmen, negakim,
Gulshani husnning ul sunbulidur, bu sumani.


Boda qon, nag`ma fig`on, suri azo, aysh balo,
Ko`rgasen jilva agar aylasa ishq anjumani.

Husnidin bo`lsa Navoiyg`a gadolig`, ne ajab
Ki, budur asru faqir, ul dog`i bor asru g`ani.

586

Orazing hajrida zor erdim quyosh botqon chog`i
Kim, sabo payki manga yetkurdi bir gul yafrog`i.

To`ldi shavqing gavharidin bahri ishq ichra ko`ngul,
Go`yiyo bo`lmish mening ko`nglum sadafning qursog`i.


Erga tomg`och ashki hayvon chashmasi bo`lmoq ne tong,
Qaysi ko`z ichraki yer tutsa ayog`ing tufrog`i.


Surtsam mujgon kafi poyingg`a ko`p vahm etmakim,
Qilmadi afgor gul bargini bulbul tirnog`i.


Netib asray o`znikim holimnn ul chiqqon zamon,
Anglatur yonimg`a o`lturg`ang`a ko`nglum solmog`i.


Yoshim ellik bo`ldi yuz hasrat yesamkim sudi yo`q,
O`zni maydin hush tutay chun o`tti umrum xushrog`i.

Ey Navoiy, Vomiqu Farhodu Majnun bordilar,
Bo`lma g`ofil, dam-badam qilg`ung azimat sen dog`i.

587

Necha  yilda  qilmadi ko`nglumga ishqi shiddati,
Ulcha qildi xasta jong`a necha kunluk furqati.

Hajr bedodi aro har kun yaqindur o`lgamen,
Do`stlar behad qotiq ermish yirog`liq mehnati.

Bog`ni qo`ykim ko`ngulning ul qadu yuz hajrida,
Sarv ila ham unsi yo`q gul birla dog`i ulfati.

Sen bilu jismim necha dog` o`rtar ersang, ey sipehr
Kim, ko`ngulga basdur ul badmehr dog`i furqati.

Ey ko`ngul, davron eliga chunki yo`q husni vafo,
Qayda bas husn ahlig`a bo`lg`ay vafoning nisbati,

Istasam jomi mug`ona tutsa gohi mug`bacha,
To tirikmen aylagumdur dayr piri xidmati.

Ey Navoiy, charx zolining firibin yemagum,
Yor agar bo`lsa  mening birla eranlar himmati.

588

Uyla hijron tiyradurkim, zulm ekoch ul oy fani,
Yoqibon kunduz charog` istab topa olmon ani.


La`ling ummidida munglug` jonim o`lmish bir gado
Kim, munung yirtuq to`nidekdur aning zaxmin tani.


Ul ko`z ollida mukahhal ko`zlari husn ahlining,
Kulga bulg`ong`on suruk devonalardur gulxani.

Og`zi jon qasdi qilur, jong`a tavahhum yo`q ajab,
Xavfi ko`proqdur aningkim, maxfiy o`lsa dushmani.

Kelsa tong yo`q goh piri dayru gahi mug`bacha,
Rindkim kunji xarobot o`lg`oy aning maskani.

Yaxshiroqdur ko`rmagan olamda husn ahli yuzin
Kim, sanamlar ishqining bu keldi vajhi ahsani.

Ey Navoiy, kom topmay gar men o`ldum ishq aro,
Kimki topsa kom anga gohi sog`indurg`il mani.

589

Chun so`z aytursen labing titrar g`azab qilg`on chog`i,
Rost andoqkim sabo tahrikidin gul yafrog`i.

Kimki ko`rdi suvrating kog`azdag`i suvrat kebi,
To qiyomat og`zi ichra qoldi hayrat barmog`i.

Baski ko`z oqu qarosin surtmishmen, shavqdin,
Ham qora, ham oq o`lubtur bodpoying tuynog`i.

Ne ajab qon to`ksa tig`ing kim, aning oshomig`a,
Og`zin ochqon ikki ajdar zohir etmish bolchog`i.

Boshima tufrog` sovurg`ondinmu chehram gard ekin,
Yo falak yog`durmish ustimga mazallat tufrog`i.

Dedi, la`limni so`rarsenmuki, topqaysen hayot,
Bir hayoti toza xud yetkurdi aning so`rmog`i.

Dayr piri xidmatig`a ulki der, bel bog`ladim,
Chin degay ul vaqtkim, zunnor bo`lg`oy belbog`i.

Menki ellik yil chekib g`am, topmadim xushvaqtliq,
Topqamenmu umrning emdiki o`tmish xushrog`i.


Ey Navoiy, olam ahlidin vafo qilding tama`,
Men edim sening kebi, men yanglig` o`lg`ung sen dog`i.

590

Kim ekin ul ko`y aro deb, kelsa andin it uni,
It uni vazni bila ko`nglum solur hijron tuni.

Demangizkim, shomi hajringning nechuk poyoni yo`q,
Subhi sham`in tiyra anlar g`am tunining shudruni.


Shomi hajrimni qora qilmoq ne hojat, ey sipehr,
Ro`zgorimdin qoraraqdur chu hajrimning tuni.


Ishq iqbolidin andoq kimiyoedur yuzum,
Kim qilur kasbi iyor andin quyoshning oltuni.

Dard ko`rgim istasa kelmak g`amim so`rmoqqa yor,
Rozi ermonkim, sirishkim saylining bor o`z kuni.

Dahr bo`stonig`a ziyrak qush, ne qilsun maylkim,
G`uncha juz qonlig` ko`ngul ochmas bu gulshan gulbuni.

G`am Navoiyning ko`zin qilmish bulutkim za`fdin,
Istar og`zig`a tomizg`aylar momug` birla suni.


591

Yuzi davrinda qironmu zohir etmish ul pari,
Yo quyosh birla qiron aylabturur yuz Mushtari.

Yo`qsa anjum halqa urdilar tamosho qilg`ali,
Jilvai husn aylaganda oftobi xovari.

Bu bahona birla ruxsorig`a yetkaymenmu deb,
Rishtan jonim aro tortildi ashkim gavhari.

Gul uza shabnam emas ul yuzda dur monandikim,
Infiolidin botibtur terga gul bargi tari.


Jolalarning lolazor ichra yo`q oncha zebikim,
Lolagun ruxsoring atrofida durlar zevari.

Dur bila faxr etmakim, ul besh emas bir qatra su,
Pand durrig`a quloq sol, ey sanamlar sarvari.


Yuzi vasfida Navoiy dog`i aylabtur qiron,
Nazm silkigaki chekmish durri ma`ni har sari.

592

Nasli odam bo`lmadi hargiz muhabbat mazhari,
Ul nimakim bilmagay odam, qachon bilsun pari.

Xo`blar husnin qazo mashshotasi ko`p qildi zeb,
Anda yuz ming hayfkim, yo`qtur vafoning zevari.

Men kebi aylab vafo, ko`rgan jafo topilmag`ay,
Axtarilsa sarbasar ahli muhabbat daftari.


Ey ko`ngul, jinsi bashardin sen vafo ko`z tutmakim,
Yo`qturur bu xayl zotida muhabbat javhari.


Eyki dersen, mehr sham`i birla kulbangni yorut,
Ham magar ani yorutqay sham`i mehri xovari.

G`ussadinkim jon olib parvoyim etmas mug`bacha,
Bexud o`lmoq istab o`ldum dayr piri chokari.

Ey Navoiy, gar desang ko`rmay jafo bo`lmoq kerak
Xo`blardin, balki mutlaq nasli odamdin bari.


593

Qon aylading ko`nglumni nihoni,
Ko`rgil iki ko`zumda nishoni.

Tushti fig`ong`a ko`nglum ul oydin,
Tong yo`q yetishsa ko`kka fig`oni.

Hajring tuniga tushkali ko`nglum,
Bo`lmish ko`ziga tiyra jahoni.

Hasrat guli hamul dam ochilg`oy
Bag`rimning tomsa ko`yida qoni.

Har kimsaga ne tuhmat etaykim,
Itkan ko`ngulni oldi faloni.

Aylarda ishqing sharhini tahrir,
Sig`mas qalam tiliga bayoni.

Xusrav, Navoiyyo, seni ko`rsa,
Shahni degay, Malikshahi soniy.

594

Ko`ngulga itkali andin topilmadi xabare,
Topilsa ham anga mendin topilmag`ay asare.

Qadingki naxli balodur sitam yog`ar andin,
Ne bo`lg`usi samari, bo`lsa ul sifat shajare.

Ne shomi furqat ekin, vahki, umr o`tub andog`,
Tulu` qilmadi xurshidi vaslidin sahare.

Guzarda ko`rmak uchun za`fdin yiqilmishmen,
Gadoiy xastadek ul ko`y aro tutub guzare.

Itingki bor anga ushshoq bag`ridin to``ma,
Qilay deganga ani mehmon kerak jigare.

Oqar qadahg`a, tomar yerga bodang, ey soqiy,
Xumor ahlig`a tegmasmu hech oqar-tomari.

Firoq o`tida Navoiyni, eyki, kuydurasen,
Chu ishqing ayladi xascha anga ne bas sharare.

595

It kebi necha samanding so`ngicha po`ya uray,
Nogah o`tsam boqibon sen yana o`tkuncha turay.

Chunki yetting ko`rub ul chehrani behol bo`lub,
O`zga kelgach yana ul raxsh so`ngincha yuguray.

To`rt ayog`lanib iting xayli aro men majnun,
Gar kesak otsang o`pay, gar so`ngak otsang ko`muray.

O`yqunga moni` agar bo`lmasa ul ko`y ichra,
Yugurub itlar ila kecha tong otquncha huray.

Subhidamkim uyur itlar manga chun yo`q uyqu,
Posini mehr ila olam yorug`uncha yeturay.

Ishq ko`yida agar sheri jayondur itdur,
Tong yo`q ar faxru mubohot ila bu nukta suray.

Netti itlikka Navoiy kebi qoyil bo`lsam,
Elga ko`z yo`qmudurur garchi ani men yoshuray.

596

Xunfishon ko`zni yubon oq etti ashkim kasrati,
Garchi ketmas lolaning sudan savodu humrati.

Shusha oltunlar erur durri visolingg`a baho,
Kohi a`zom uzra eskirgan aliflar hay`ati.

Tushta vaslin ko`rgali, vahkim, ajal uyqusig`a,
Bordimu ko`nglum aro qoldi ul uyqu hasrati.


Garchi ollimdin o`tarsen har zamon maydonda, voy
Kim, erur moni` yuzung ko`rmakka raxshing sur`ati.

Tig`i zulmingdin emastur zaxmlar ko`nglumdakim,
Choklar qildi bu uyning hajr o`tining shiddati.


Buki hokim johilu mahkum erur olam anga,
To hakimi sun`ining ne erdi erkin hikmati.

Ey Navoiy, ko`zga ko`nglumdin aduvroqmenki, bor
Manga ko`nglum mehnati, ko`nglumga ko`zning ofati.


597

Gul yopishturdingmu yuzga sho`xliqtin har sari.
Yoxud ochilmish uzoring bog`ida may gullari.

Kelgach ul yuz ollima, qolur qora qayg`u keyin,
Soch tushkandek keyin xurshid bo`lg`och ilgari.

Bo`lmish ul oy hajrida ranjim falak javfi to`la,
O`zga ranj o`lsa, magar bo`lg`ay falakdin tashqari.


Dema mendin bo`l yiroqkim, tushmisham andoq yiroq
Kim, emas mumkin yana bo`lmog`lig`im mundin nari.


Tong emas payvasta qoshlar orazing ustidakim,
Yoyni payvasta mushaftin qo`yarlar yuqari.

Zulm ila bedodidin maxlas ne mumkin, ey ko`ngul,
Chunki quvvatlig` yigitdur yoru men ojiz qari.


Ey Navoiy, hajr aro bilmon sening holing nedur,
Yordin ayru hayotimdin to`yubon men bari.


598

So`z vafodin demakim, ul ermas ahli husn ishi,
Javr kam qilkim, vafo sendin tama` tutmas kishi.

Ishq aro taskin tavaqqu` tutma ko`nglum so`zig`a
Kim, harorat daf`ini qilmoq emastur o`t ishi.

Chekti saf kirpiklaring ko`nglum sipohi ollig`a,
Sindurur yuz qalbni lekin alarning sonchishi.


Sovug` oh o`tlug` ko`nguldinkim chekarmen turfa ko`r
Kim, havoiy ishning mamzuj emish yozu qishi.


Termagaysen jolani gulbargi ichra, ey bahor,
Zohir o`lsa yor la`li durjidin durdek tishi.

Nuri botin ichra, ey solik, tilar bo`lsang kamol,
Qil quyosh yanglig` manozil qat`i qilmoq varzishi.

Chekti ollingg`a Navoiy aql ila hushu xirad,
Turk cheksun jism aro gar xasta jondur qolmishi.

599

Tog` aro Farhodu har yon surma qilg`an toshni,
Ko`zga chekkan ne ajab yuz mil oqizmaq yoshni.

Ahli ishq ul ko`y aro sargashtadur jodularing,
Sehr ila go`yo bu nav` aylandururlar boshni.

Ko`kta har oy bir hilol, ul mashqdurkim kilki sun`,
Aylamish sizg`onda ul ikki muqavvas qoshni.


Ey sabo, ushshoq naqdi jonlarin yetkur yig`ib,
Qayda topsang ul  muqomir shevai qalloshni.

Keldi Chin naqqoshi ul yuz naqshini qilmoqqa tarh,
Chehra ochib naqshi devor aylading naqqoshni.


Kimni mendek xonaqahdin surdilar ahli saloh,
Mug`tanam tutdik fano dayri aro avboshni.


La`lini kavsar mayig`a garchi tashbih aylading,
Ey Navoiy, bordurur bu mayda o`zga choshni.

600

Xayol o`lg`on kishi ishq ichra fahm aylar xayolimni,
Bilur  hijron  aro  behol  bo`lg`an sa`b holimni.


Ko`ngul  bog`i  arodur  naxli qaddi, lek qo`rqarmen
Kim, ul issig` havo so`ldurmag`ay navras niholimni.


Erur hijron tuni bas tiyra, ey gardun, duraxshon qil,
Saodat matlaidin axtari farxunda folimni.

Ne za`f o`lg`ayki bir qil gar qalamdin ustiga tushkay,
Nihon qilg`ay musavvir tortg`on qildek misolimni.


Ko`rub xandon labin og`zim ochildi buki o`lmaymen,
Qilurmen daf` kulmak birla go`yo infiolimni.


Haqorat birla boqma shayxu mug` dayri sari yuz qo`y,
Boq ul ko`y itlari silki aro johu jalolimni.


Navoiydek agar nafs itligidin qilmag`aymen ram,
Qachon gardun manga rom aylagay ra`no g`azolimni.


601

Necha tig` urdung ko`ngulga tiyra ohi itmadi,
Kimsa o`ttin dud chirkin su bila oritmadi.

Bosh qo`yarmen shukrdinkim qilmayin boshimni go`y,
Chobukum  maydong`a  hargiz raxshini sekritmadi.


Xohi tig`i javr yo tig`i zabon birla raqib,
Iltifote qilmadi ko`nglumgakim og`ritmadi.

Ayladi yuz qatla su, bir qatla qon ko`nglumnikim,
Urmadi bir tig` ani yuz qatla to injitmadi.


Qilmadi mahbus ko`nglum kulbasida g`amni ishq,
Raxnalarni to malomat toshidin berkitmadi.


Ey xush, ul qushkim tegib jismig`a har bir tikan,
El qulog`in noladin bulbul kebi yolqitmadi.

Bahri ashk ichra Navoiy sobit erdi tog`dek
Kim, esib bir yel tanining taxtasin qolqitmadi.

602

Sarsari ohimdin ul oy furqatida g`am tuni,
O`yqug`a qo`ymas xaloyiqni eshiklarning uni.

Ishq o`tin Farhodu Majnun ruhi bilgay charx uza,
Har biriga yetsa ohim o`tining bir uchquni.

Buki derlar kimiyodur ishq, bovar qilmasang,
Qilg`usi yuz vajh ila sobit uzorim oltuni.

Orazi gulgul bo`lub maydin oqizdi qon yoshim,
Ko`r, ne gullar ochti ul bo`stoni ofat gulbuni.

Eyki, do`zax o`tinu mahshar kunin sharh aylading,
Uchramaydur joningga ishq o`tiyu hijron tuni.


Shohidi maqsud husni jilvagohing jom emish,
Istasang maqsud ilikdin qo`ymag`il ul ko`zguni.


Chun Navoiyg`a iki la`li mayidin tutsa qo`sh,
Qorivor jon istasakim, jon berib topti muni.

603

Menmudurmenkim, ko`nguldin ayrumen jondin dog`i,
Olloh-olloh ne ko`ngul, ne jonki jonondin dog`i.


Ul pari zunnori zulfin bog`lamay devonamen,
Bo`lmisham begona, ya`ni aqlu imondin dog`i.


Xonumondin ham tushubturmen meni bedil yiroq,
Ko`ngul otlig` ham aloxonu alomondin dog`i.


Har zamon kirsa buzug` ko`nglum aro yoru diyor,
Olam ahli siqtaturmen ohu afg`ondin dog`i.

Ey ajal, jon birla minnatdormen qilsang xalos,
Intizori vaslidin ham dardi hijrondin dog`i.


Ko`zlarim bog`i socharda ashk gulgun oshtilar,
Bu biri aynul hayot, ul bir gulafshondin dog`i.

Kimki istar jonig`a davron jafosi yetmagay,
Ko`nglini davrondin uzsin, ahli davrondin dog`i.


Dahr chun buzdi meni men ham mukofot ayladim,
O`tkarib ohimni barq, ashkimni to`fondin dog`i.


Ey Navoiy, ko`nglung ar itti ani yozg`urma ko`p,
Bu emish taqdir, emas sendin dog`i, andin dog`i.

604

Dasht uza sargashta majnunnung taku po`y urmag`i,
Yo`q ajab, chun mumkin ermastur quyunning turmag`i.

Yozg`urur har dam meni ul qotil o`lturgum debon,
Ulturur har dam meni balkim aning yozg`urmag`i.


Ko`kni ohim o`qlari gar qilmamish yuz ming teshuk,
Nedur aning shu`lasin bas charxdin oshurmag`i.


Ul pari lutf aylabon devonalar ko`nglin olur,
Ne ajab ushshoqi bedilning ko`ngul oldurmag`i.

Soqiyi davroig`a mayli qatl agar yo`qtur, nedur,
Har zamon ahbobning paymonasin to`ldurmag`i.

Bog`boni dahr har naxlki payvand ayladi,
Xo`b edi gar bo`lmasa erdi yana sindurmag`i.

Demangiz ishqin  Navoiy xalqdin tutsun nihon,
Olam ahli bildi emdi ne osig` yoshurmag`i.

605

Necha nihoni ishorat raqiblar sari,
Ko`z uchidin nazare ham g`ariblar sari.

Tikanlar ichra bo`lur gul ne tong, gar ul gulrux
Ham etsa mayl hamisha raqiblar sari.

Bu vajhdinki davo dardmanlarga yetar,
Nasibi vasl kerak benasiblar sari.

Yuzum sening sari bo`lg`usidur, bihamdillah,
Muhabbat ahli borurda habiblar sari.


Ne ayb telba ko`ngulni qochursa nosihlar,
Bo`lurmu tiflg`a rag`bat adiblar sari.

Chu husn davri vafosizdur, ey guli ra`no,
Qil iltifot gahi andaliblar sari.

Navony, chu erur hajr dardidin alaming,
Tazallum etma, gar o`lsang tabiblar sari.

606

Sahar xovar shahi charx uzrakim, xaylu xasham chekti,
Shioi xat bila ko`hsor uza oltun alam chekti.


Qazo farroshi chekti subhning siymin supurgusin,
Muzahhab parlarin andoqki, tovusi haram chekti.


Kitoba sun`i kilki surai vash-shams tafsirin,
Falak toqi havoshisida zarhaldin raqam chekti.

Muazzin Ka`ba toqi uzra gulbongi samad urdi,
Barahman dayr ayvonida ohangi sanam chekti.


Yoqa chok etti gohi subh ul motamg`akim oshiq,
Bu muhlik shomi hijron ichra yuz xunobi g`am chekti.

Zamone kuldi ul g`ofilg`akim davron sitam tig`in,
Anga urmog`ni anglab o`zgaga tig`i sitam chekti.

Xusho, ulkim munungdek chog` vafosiz umrni anglab,
Sabuhi jomini ahbob birla dambadam chekti.


Maoniy ahli gohi nukta uzra qilu qol etti,
Tag`anniy xayli nag`ma ichra gohi zeru bam chekti.

Agar ko`nglida bir gul hajridin xori firoq o`lsa,
Bahona yig`lamoqqa bir necha jomi alam chekti.


Vagar xud vasli iqboli muyassar bo`lsa bir soat,
Faridun taxti uzra bazm tuzdi, jomi Jam chekti.


Bo`lub matlub ruxsorig`a mahvu jomdin sarxush
Yuzin tufroqqa qo`ydi boshini ollig`a xam chekti.

Ne davlatdurki, bu holatda andoq bordi o`zdinkim,
Baqo iqlimidin raxtini to mulki Adan chekti.


Navoiy shoyad ul rahravg`a bu maqsad nasib o`lg`ay
Kim, ul dashti fano qat` etkali yillar qadam chekti.

607

Charx agar solsa yiroq yuz yil visolingdin meni,
Oyira olg`aymu bir soat xayolingdin meni.


Belu og`zing zikru fikri birla bo`lsam ne ajab,
Shavq bir dam g`ofil etmas qilu qolingdin meni.

Yangi oydur mujibi savdoyu men devonamen,
To falak soldi judo mushkin hilolingdin meni.

Elga yuz ochib qorong`u qilma olamni manga,
Tiyra qilmag`lig` nedur sham`i jamolingdin meni.

Jon bag`ishlab elga la`lingdin, men o`ldum tashna lab,
Vahki, qilding qatl jonparvar zulolingdin meni.


Bastai zunnor qil bir rishtag`a, ey piri dayr,
Har sari tori chubulg`on eski sholingdin meni.

Ey Navoiy, yona ishq aylab taxayyul zinhor,
Qilma har dam ranja bu fosid xayolingdin meni.

608

Yo`q vafo ahlida bir zori parishon men kebi,
Bevafovashlarni sevmakdin pushaymon men kebi.


Jon berib bu xayl uchun birdin vafoe ko`rmagan,
Barchadin navmid o`z holig`a hayron men kebi.


Xonumonidin kechib Majnunki tutmish erdi dasht,
Qayda bor erdi aloxonu olomon men kebi.


Tuttilar ahli junun vayronalik ul jam`din
Kim, parishonlig`lar ichra bo`ldi vayron men kebi.

Hazlu zavq aylarga tuttung dasht, bir so`z qot manga
Kim, tilab topmas kishi g`uli biyobon meni kebi.


Bilmayin husn ahlidin qildim tama` rasmi vafo,
Yo`q alardek bevafo, andoqki nodon men kebi.


Ey Navoiy, sen dog`i qilsang tama` sayri Hijoz
Qil Iroq ohangi, tark aylab Xuroson men kebi.

609

Kishi ketursa manga sarvi guluzorimni,
Anga fido qilayin joni xoksorimni.

Yoshurg`ay ahli baqo oraziki gardi fano,
Chu yel sovursa adam ko`yida g`uborimni.

Yo`l uzra onsiz emaskim buzulmag`ay ko`nglung,
Nazzora qilsang o`tarda buzuq mazorimni.

Chu zulfung erdi ko`ngul ro`zgori, vahki, sipehr
Qorartib ayladi oshufta  ro`zgorimni.


Raqiblar toshi yo itlaring tishidin erur,
O`luk yo`l ustida ko`rsang tani figorimni.

Meni chu maykadadin va`z jashnig`a tilading,
Tahammul ayla damekim yozay xumorimni.


Dema Navoiyg`akim berma ixtiyor eldin,
Muni dekim manga kim berdi ixtiyorimni.

610

Gulshan ichra maxfiy ichsang bodai gulfomni,
Chirma nargis g`unchasidek pardalarg`a jomni.

Yor zulfida nihon aysh aylagan yanglig` ko`ngul,
Sen dog`i ishrat uchun tutqil g`animat shomni.

Qil shabiston tunlarin maydin yorug`, andoqki charx,
Mehrdin maxmurluq birla o`tar ayyomni.


Gar tariqi e`tidol oson emastur, xushturur,
Dayr aro tark aylamak oyini nangu nomni.

Mast chok aylab yaqo, yig`lab zamon bedodidin,
Bir qadah mayg`a sotib davroni nofarjomni.

Chun xarobot ichra kirding mast bo`lkim, mug`bacha,
Mahrami bazm aylamas juz rindi durdoshomni.


Zuhdunga mag`rur o`lub ko`p qilma is`yonimni ta`n.
Ne uchun, ey shayxkim, bilmas kishi anjomni.

Men menu dayri fano, so`fiyu kunji xonaqah
Kim, tilar ul kavsaru men bodai gulfomni.

Ey Navoiy, dahrdin ko`z tutma juz nokomliq,
Kom kim topmishki, sen topqaysen andin komni.

611

Chun ayon qildi labing aksini jom, ey soqiy,
Bodadin jon isi kasb etti mashom, ey soqiy.

Mastliqdur manga ham maydinu ham aksingdin,
Nelar aylar qaydahi oyinafom, ey soqiy.

Kayfiyatdin emas el boshi quyikim, qiladur
Husninga bazm elining ishqi salom, ey soqiy.

Garchi biz qon yutadurmiz labinga yetsa qadah,
Sanga bo`lsun tarabu aysh mudom, ey soqiy.

Qo`yma uy azmig`akim, endi bo`libsen sarxush,
Qilma bazm ahlig`a ishratni harom, ey soqiy.

Labing o`pmakka ne haddim, gazak etkan qanding
Og`zima yetsa bu basdur manga kom, ey soqiy.


Va`da qilding chu sabuhig`avu mast o`lmishsen,
Uyusang netti bizing birla, bu shom ey soqiy.

Bilgali kufrdurur niyating aylabdurmen,
Xonaqahdin chiqibon dayr maqom, ey soqiy.

Gar Navoiy desa ichmanki, qilibmen tavba,
Yiqibon bo`g`zig`a qo`y bir to`la jom, ey soqiy.

612

Lahza-lahza chunki ortar ul pari zebolig`i,
Dam-badam afzun bo`lur majnun ko`ngul shaydolig`i.

Xalq ko`p parvosidin jon topqoninmu aytayin,
Yo anikim ne qilur jonimg`a beparvolig`i.

Itti shahlar ko`nglini og`zi o`g`urlab oqibat,
Ayladi paydo bu shahkorini nopaydolig`i.

Garchi rasvo erdi Majnun, chun mening rasvolig`im
Bo`ldi afzun, emdi ko`runmas aning rasvolig`i.


Mayda soqiy zulfu yuzi gar ko`runmas, bas nedur,
Dayr pirining kecha-kunduz qadahpaymolig`i.

Jannatu do`zaxga chekmas, lutfu qahring bo`lmasa,
Gar munung mo`minlig`idur, gar aning tarsolig`i.

Layli mayni to mayi la`lig`a tashbih aylading,
Ey Navoiy, andin o`ldi bu nishotafzolig`i.

613

Og`iz ichra tilingdek g`unchada gul bargi tar bo`lg`ay,
Vale bu shart ilakim, bargi gul ichra shakar bo`lg`ay.


Qadingg`a sarvi ra`no o`xshag`ay, lek ul zamonkim sarv
Xiromon bo`lg`ayu gul bergay, ul guldin samar bo`lg`ay.


Yuzung davrig`a oy davrini tashbih etkamen, vaqte
Ki, anda xol ila xat fitnai davri qamar bo`lg`ay.

Ko`zunga o`xshag`ay nargis, agar qiymoch o`lub oqi,
Mudavvar asfari ichra, qoralig`din asar bo`lg`ay.


Xatingg`a qadr shomi o`xshag`ay bu shart birlankim,
Tajalli nuridin ul shom arosinda sahar bo`lg`ay.


Chu minsang ashhabing ul dam, quyosh bo`lg`ay sanga monand
Ki, bersa ko`kbo`zin javlon jahon zeru zabar bo`lg`ay.


Manga ishqingda Majnun birla Farhod o`xshag`ay ul chog`
Ki, bu bo`lg`ay jahon rasvosi, ul mundin batar bo`lg`ay.


Xabardor ani bilgil, ey ko`ngul, bu davr javridin
Kim, ul tun-kun xarobot ichra  mastu bexabar  bo`lg`ay.

Dedim, nazm ahlining sarxayli kim bo`lg`ay, dedi hotif,
Navoiy bo`lgay, ulkim sen tilaydursan agar bo`lg`ay.


614

Ko`ngul o`t berki, bir gul hajridin ko`ksumga dog` o`rtay,
Fatila chirmab, oy davricha solib, anda yog` o`rtay.


Emas mumkin g`azolim multafit men uylakim lola,
Necha bag`rimni qon aylay, necha ko`nglumga dog` o`rtay.

Aningdek tiyradur shomi g`amimkim bo`lmag`ay ravshan,
Agar xurshid sham`i yanglig` anda yuz charog` o`rtay.


Chiqing Farhodu Majnun, ishq o`ti lofidin urmay dam
Ki, hijron so`zidin bir oh tortib, dashtu tog` o`rtay.


Emas kulbamni hargiz ul quyosh yorutqudek, ey charx,
O`zumni sham`dek har tun necha boshdin ayog` o`rtay.


Meni do`zax sari boshlangki, tashlab sarnigun o`zni,
Bu yanglig` hajr o`ti bedodidin istab farog` o`rtay.

Necha ul sho`x elga no`shxandu loba qilmoqdin,
Yog`imni hoy-hoy  aylay, ichimni log`-log` o`rtay.

Bu gulshan gullarida chunki yo`q bo`yi vafo, nevchun
Tilab ani tamanno o`tidin har dam dimog` o`rtay.

Zamon ahlin vafosiz debki, qildim dostonlar sabt,
Navoiy bir kishida gar vafo topsang so`rog` o`rtay.


615

Necha kilki taxayyul birla bir suvrat nigor aylay,
Anga oshiq yasab, ko`nglumni umdo beqaror aylay.

Necha chirmashturub bir zulf savdosin dimog`img`a,
Uzumni ahli savdodek parishonro`zgor aylay.

Necha bir sarvdek qomat havosi birla har soat,
Jahonda ohu afg`ondin qiyomat oshkor aylay.

Necha bir lolarux dog`i g`amin istab tanim uzra,
Quyub yuz dog` ani qonlig` yoshimdin lolazor aylay.

Erur bas tiyra shomi ishq, yo rab, husn sham`in yoq
Ki, jon  birla  ko`ngul o`rtanmagin parvonavor  aylay.

Necha g`am dashti ichra bir pari mehrida soyamni,
Junundin bir zamon qovub, gahi andin firor aylay.


Necha anjum bila charx ofatidin charxu anjumdek,
Havoni ohim o`tidin to`la dudi sharor aylay.


Chu hech ish ixtiyori kimsada yo`qtur, qo`y ey zohid
Ki, tarki ixtiyor etmakni men ham ixtiyor aylay.

Navoiy, boda bahri begaronig`a meni solg`il
Ki,  gardun bahrining mavji balosidin  kanor aylay.

616

Necha ko`rguzsam niyoz, ul sho`x noz aylar, netay?
Javr ko`ptin-ko`p, tarahhum ozdin-oz aylar, netay?

Men niyoz aylarda istig`nodin etmas noz ham,
Noz ham hayf elga izhori niyoz aylar, netay?

El bilakim la`lidin jon istar, aylar ixtilot,
Jon berib la`lig`a mendin ehtiroz aylar, netay?

Vasli shomi boda yanglig` mast etib ahbobin,
Sham`dek to subh ishim so`zu gudoz aylar, netay?

Javrini chekmakta   men  mumtozmen  ahbobdin,
Lutf vaqti ul tarafni imtiyoz aylar, netay?

To haqiqiy ishq mastimen ko`ngulni qovmusham,
Anikim andishai husni majoz aylar, netay?

Men husayniy mazhab ar hamroh emasmen, yo`q ajab
Chun Navoiy har dam ohangi Hijoz aylar, netay?

617

Ro`za bo`ldiyu manga ichmak-emak kam bo`lmadi,
Ichmakim juz qon, yemak juz g`ussavu g`am bo`lmadi.

Elni serob ayladi ishrat zuloli shomi aysh,
G`ayri ko`z selobidin ernim mening nam bo`lmadi

El yangi oy ko`rdiyu men ko`rmadim qoshing xamin,
Elga bayram bo`ldi, ammo bizga bayram bo`lmadi.

Olam oshubi uchun maydong`a kirding sekretib,
Ul zamon kim qoldikim rasvoi olam bo`lmadi.

Yangi oy bo`lg`ach ayon tutqil hiloli jomkim,
Juz bu ish imosig`a qaddi aning xam bo`lmadi.

Hajr zindonidin ozod et menikim, yo`q bukun
Hech zindoniyki maxlas birla xurram bo`lmadi.

Ey Navoiy, iyd o`lub el ichtilar may dam-badam,
Bizga juz xuni jigar jomi damo-dam bo`lmadi.

618

Ko`z yoshim g`alton borur ul orazi diljo` sari,
Tifldekkim ag`nabon mayl aylagay ko`zgu sari.


Ul buti zebo gar istar ashkim oqsa aybi yo`q,
Zinnat ahli mayl etarlar doimo inju sari.

Xol shirinlig`ni la`lingdin magar kasb aylamish
Kim, erur ko`nglum bag`oyat moyil ul hindu sari.

Hajr dashtida ko`zi sori borur shaydo ko`ngul,
Telba sahro sayrida borg`an kebi ohu sari.

Har sari mayl etkaningdindur hasaddin o`lmakim,
Yolg`uz andin yo`qki ko`nglum moyil o`lg`ay bu sari.

Obi hayvondek chuchuk la`ling muyassar chun emas,
Hajridin har lahza ko`nglum tortar achchig` su sari


Ul mahi hirgahnishinning ostonin mendin o`p,
Ey Navoiy, har qachon mayl aylasang o`rdu sari.

619

Notavon nargisidek ayladi bemor meni,
Sunbuli domi aro qildi giriftor meni.

Yor ko`yida gar o`lsam g`am emas o`lturadur,
Ko`yidin buki qovar har nafas ag`yor meni.

Dard tog`iyu balo dashtida ko`rkim, qilmish
Ishq Farhod ila Majnung`a namudor meni.

Tongdin oqshomg`acha noz uyqusi ichra ul ko`z
Vahki, qilmish kecha tong otqucha bedor meni.

Kuydurub har sari dudumni parishon qildi,
Duddek zulf ila ul o`t kebi ruxsor meni.

Kufr zulfi rasaninkim belima bog`ladi rust,
Tortti dayrg`a ul halqai zunnor meni.

Xonaqah ahlidin asru mutanaffirdur tab`,
Piri dayr aylagali voqifi asror meni.

Chun fano dayrida o`zluktin og`irroq yuk yo`q,
Shukrkim ishq o`ti qildi sabukbor meni.

Dema, ey shayx, Navoiyg`aki, chiq maykadadin,
Chiqayin qo`ysa gar ul dilbari xammor meni.

620

Ey quyosh, nevchun qoshingdin soyadek surdung meni,
Ravshan  aylab jumlai olamni,  kuydurdung meni.


Kuydurub, ey ishq o`ti, gardung`a sovurdung kulum,
Poyada oxir bu yanglig` ko`kka yetkurdung meni.

Hajr o`ti tobi yana behol qildi nechakim,
Ey nasimi vasl, o`z holimg`a kelturdung meni.

Ishq man`ida so`zung chun hashv edi bo`ldum xamush,
Qilma, ey voiz, gumonkim yo`ldin ozg`urdung meni.


Nayladim, ey ishqim, bo`ldum o`lum mustavjibi,
Kim, bu yanglig` hajr jallodig`a topshurdung meni.

Vasling etting va`da, ammo hajringa qilding asir,
Ko`kka chekting, lek yerga oqibat urdung meni.


Ey Navoiy, vasl agar ro`zi emastur chora yo`q,
Qilmading deb sa`yi bas, ne ishga yozg`urdung meni.

621

Bor edi ul hamki bir chog` bizga yore bor edi,
Kulliy ar yor o`lmasa filjumla bore yor edi.

Vasldin butqormasa taskin berur erdi so`rub,
Xasta  ko`nglum dardinikim hajrdin  afgor edi.

Men agar mahrum edim, mahram ham ermas erdi ul,
Ko`nglum ar ozurda erdi, lek minnatdor edi.


Sham` agar yorutmasa kuydurmasa ham yaxshidur,
Ne ulusqa ulfat andin, ne manga ozor edi.

Go`yiyo shukr etmadimkim, onsiz o`lmishmen bu dam,
Ul quyoshimni yoshurg`an charxi kajraftor edi.

Charx bilmonkim manga bu uzrni tutti ravo,
Yo`qsa mehr ahlig`a ul to bor edi, g`addor edi.

Yorsiz demang Navoiy mast emish, ey ahli hush
Kim, anga to hajr bor erdi, qachon hush yor edi.

622

Yana la`ling g`ami ashkimni jigargun qildi,
Ham jigargun ani, ham bizni jigarxun qildi.

Mazhari husnu jamol o`ldi yuzung andoqkim,
Shod etib olam elin, tek meni mahzun qildi.

Soching af`ilaridin yo`q ko`zunga hech gazand,
Sehr ila to bu yilonlarg`a ne afsun qildi.

Husni  Shirin bila Laylidin agar ortug` emas,
Nega yuz xastani Farhod ila Majnun qildi.

Sayli ashkim g`amida sarsari ohim birla,
Dashtni bahr etibon, tog`ni homun qildi.

Quli bo`ldim negakim, mug`bachai bodafurush
Meni maxmurni bir jom ila mamnun qildi.

Ey Navoiy, demakim qilmasun ul oy oshiq,
Hozir ul emdi netay, hozir o`lub chun qildi.

623

Yo`qtur anduhu malolat o`tig`a xas men kebi,
Bedilu bechoravu bemoru bekas men kebi.

Eyki Majnun vasfin etting, o`lmadi yor ollida,
Men qilib yuz jon fido ul bo`lmag`ay, bas, men kebi.

Dema parvona kuyar mendekki so`z sham` uzradur,
Ne uchunkim ul dog`i g`am shomi kuymas men kebi.

Turki anjumg`a dedim husn ichra sen, yo ul fuzun,
Dedi, kim bo`lg`ay anga yuz banda charkas men kebi?

Qoshlaring yoyig`a qurbon qilg`ali yillar tilab,
Topmag`ay bir bu ko`han toqi muqavvas men kebi.


Eyki dahr ahli, vafosi yo`q debon ozurdasen,
Oshnolig`ni alardin sen ham et bas men kebi.

Ey Navoiy, ishqni har kim yorutmoq istasa,
Er yuzinda topmag`ay tutruq uchun xas men kebi.

624

Chok bulg`och ko`nglum oldi sho`xlar filhol ani,
G`unchadekkim avval ochilg`ach uzar atfol ani.


Hajr aro og`riq ko`ngul qolmish iki zulfung aro,
Darddekkim qopsamish har saridin bir dol ani.


Bog`i ruxsoringdadur ko`nglum qushikim qildi sayd,
Dom birla dona yanglig` zulf birla xol ani.

Tushkali ko`yungga ko`nglum aylading tufroqqa past,
Tushsa o`t bir yerga, el qilg`an kebi pomol ani.


Suvratingdin aql majnun bo`lg`ali bir tifl erur
Kim, qilibdur muztarib kog`azda bir timsol ani.

Dahri dunni ayla rad nevchunki qilmaydur qabul,
Ulki dahr ahlig`a muqbil aylamish iqbol ani.

Gar Navoiy davr aro behol erur soqiy, ne g`am,
Kelturur o`z holig`a bir jomi molomol ani.

625

Ochmag`ay erding jamoli olam oro koshki,
Solmag`ay erding bori olamda g`avg`o koshki.

Chun jamoling jilvasi olamg`a soldi rustahez,
Qilmag`ay erdi ko`zum ani tamosho koshki.

Bo`lmag`ay erdi ko`zum o`tlug` yuzung ko`rgan zamon
Ishqing o`ti shu`lasi ko`nglumda paydo koshki.

Aylagach ishqing balosi zor ko`nglumni hazin,
Qilmag`ay erding meni maxzung`a parvo koshki

Tushmagay erdi firibomez lutfung bilmayin,
Notavon ko`nglumga vaslingdin tamanno koshki.

Lutf ila ko`nglumni vaslingdin talabgor aylabon,
Qilmag`ay erding yana zulm oshkoro koshki.


Bevafolig` anglag`ach ishqingni ko`nglum tark etib,
Qilmag`ay erdi o`zin olamda rasvo koshki.


Emdikim devonayu rasvoi olam bo`lmisham,
Vasl uchun mumkin yo`q o`lturgay bu savdo koshki.

Ey Navoiy, bevafodur yor, bas ne foyda,
Nechakim desang agar yoxud magar yo koshki.

626

Yordin ayrilsa qotilmag`lig`in bilmas kishi,
Bilsakim, chun ayrilur, qotilmas, ayrilmas kishi.

Kimsa o`lsa yoridin ayrilmag`ay, yuz voykim,
Ayrilurda buyla hijron shiddatin bilmas kishi.

Vasl qadrin bilmayin o`ldum g`ami hajrida, voy
Kim, visol ayyomi hajr andishasin qilmas kishi.

Hajr biymidin o`lubmen, soqiyo, tut jomkim,
Ko`zga mast o`lg`an zamon Jamshidni ilmas kishi.

Mendin ermas, hajrdindur har taraf bag`rimda chok,
Yo`qsa tig`i qatl ila o`z bag`rini tilmas kishi.


Yoshurun dardimni qilmay oshkor o`lgumdurur,
Ohkim, olamda ahli dard topilmas kishi.

To`ydi jonidin Navoiy hajr aro tut, ey ajal,
Uyla maykim chun ichar to hashr oyilmas kishi.

627

Baski ko`nglumni falak majruhu vayron istagay,
Istaram o`lmakni andoqkim, o`luk jon istagay.


Furqating oshubidin istar ko`ngul qo`ymoq tugan,
Kimsa andoqkim yara man`ig`a qolqon istagay.

Hajrkim jonim tilar har dam azob aylab erur,
Zolimekim qiynab eldin naqdi pinhon istagay.


Bo`lmasun oshiq meningdekkim, ko`rub dildorini,
O`zgalarga multafit har lahfa hijron istagay,


Vah, necha mehnat toshi atfoldin yog`durg`ali,
Ishq shahru ko`y aro jismimni uryon istagay.

Ul pari ushshoqig`a rahm etsa etsun ushbu bas
Kim, meni devonavu rasvoi davron istagay.

O`qlaringdin o`lganimdin so`ngra topqay qatl uchun,
Tufrog`imdin charx agar yuz qari paykon istagay.


Qilsun oson o`zlukidin bo`lsa bir dushvorlig`,
Har kishi davron g`ami dushvorin oson istagay.

Ey Navoiy, sen kebi mahrum qolg`ay, kimki ul
Olam ahlidin vafoyi ahdu paymon istagay.

628

Firoq ashkidin, ey ko`z, dame ochil bore,
Boshimg`akim qadam urmish nazora qil bore.

Kelibdur ul pari, ey be shuur telba ko`ngul,
Kelib o`zungga ne deydurmen anglag`il bore.

Jahon xaloyiqi javrungdin o`ldi, ey badmast,
Bular tafarrujig`a bir nafas oyil bore.

Iyodatimg`a mening, ey Masih, chun kelding,
Dam urmay o`lma ravon nuktae degil bore.

Bukim jahon aro rasvomen aylamon tahsin,
Sening g`amingdin o`lubmen bu nav` bil bore.

Necha ulusqa mayu bizga zahr soqiydur,
Dedingki mastmen, ar chin deding, yongil bore.

Navoiy o`lg`usidur iltifoting ozlig`idin
Chu ko`rmagung yana bir qatla ko`zga il bore.

629

Gul emas har yon yuzung davrida oro qilgali,
Halqa urmishlar jamolingg`a tamosho qilg`ali.

Orazing Chin naqshi zulfung mushku haryon xol erur,
Hind elikim Ching`a kelmish mushk savdo qilg`ali.


Yuz uza og`zing o`g`urlab naqdi din bo`ldi nihon,
Chekti xatting xayli saf o`g`rini paydo qilg`ali.

Qilg`ali ishqingni pinhon aylading ko`ksumni chok,
Dema pinhon qilg`alikim oshkoro qilg`ali.

Eyki,  so`rdungkim qachondin sen junun oshubida,
Ul pari xayli g`ami ko`nglumda g`avg`o qilg`ali.

Bodag`a rahm aylaganda ofiyat dastorini,
Yirttim bir go`shasidin bodapolo qilg`ali.

Yo`l chiqarmon tiyra shomimdin Navoiydek, vale
Muntazirdurmen hidoyat barqi bir choqilg`ali.


630

Ey ko`ngul, vaslidin ul oy bizni navmid etmagay,
Jonimizg`a furqat anduhini jovid etmagay.


Qasdi jon aylarda la`lig`a tatabbu` qilmag`ay,
Kungul o`rtar  chog`da  ruxsorig`a taqlid etmagay.

Vasl ummidi bila ushshoqini qilg`anda shod,
G`ussalig` ko`nglumni hajri birla tahdid etmagay.

Tushta ko`rdum orazin ko`nglumni barqi ishq ila,
Ul qadar garm ettikim, tush vaqti xurshid etmagay.

Itlaring sing`an safoli tushkach ilgimga, ko`ngul
Oncha faxr ettiki, jomi birla Jamshid etmagay.

Durri vahdat topmag`ay hargiz fano girdobidin,
Solikekim o`zni g`arqi bahri tajrid etmagay.


Oncha faryod etti mutriblar Navoiy nazmidin
Kim, Utorid she`ridin charx uzra Nohid etmagay.

631

So`rmangiz  ashkim  suyinkim muttasilmu kelgusi,
To ko`ngul ishq o`tidin kuygusi ul su kelgusi.

Zulfunga yetkach ko`ngul bexud yiqildi atridin,
Bilmadim ul shomg`a kirganga uyqu kelgusi.


Tiyra bo`ldi lam`ai paykoning o`tkandin ko`ngul,
Chun quyosh borg`usi, olamg`a qorong`u kelgusi.

Haddin o`tti orazim, ko`rgach labing xandonlig`i,
Bilmadim bu za`farondin muncha kulgu kelgusi.


Chiqti ko`nglumdin havosu aql ishqing ollig`a,
Qo`ysa yuz mulkiga shohi xalq o`tru kelgusi.

Soqiyo, tut mayki o`zluk naqshidin bo`lg`um xalos,
Har qachon ilgimga ul raxshanda ko`zgu kelgusi.

Ey Navoiy, o`lma har dam ul musofir oy uchun,
G`am yema shah yong`usidur tongla urdu kelgusi.

632

Ahli dil ollida dildor iltifoti kamlig`i,
Oncha sa`b ermaski, har noahl ila hamdamlig`i.

Gar o`g`urluq istamas la`ling dog`i jon naqdidin,
Bas nedur o`g`ri kebi payvasta qoshing xamlig`i.

Zulfi torin torta olmas kimsa ko`nglumdinki bor,
Berkroq jon rishtasidin ham aning mahkamlig`i.


Uylakim tun dudini ohim parishon ayladi,
Tong yelidindur muanbar sunbulung darhamlig`i.

Har ne el ko`ngluga xurramlig`, mening ko`nglumg`a g`am
Kim, g`amingdin bo`lmish ul devonaning xurramlig`i.


Soqiyo, may berki, dardim zohir aylay mast o`lub
Kim, ichim qon ayladi ish sirrining mubhamlig`i.

Gar Navoiy ayladi badmastlig`, ey piri dayr,
Sen karam kam qilmag`ilkim, ko`ptur aning kamlig`i.

633

Bormag`il qahr bila bag`rim etib qon emdi,
Yo bu bedil sari, yo lutf sari yon emdi.

O`qlaringdin ko`z aro ko`p tikon erdi qochting,
Kelki, qon yoshim ani qildi guliston emdi.

Dedi, hijron aro faryodinga yetkum bir kun,
Za`fdin, ohki, mumknn emas afg`on emdi.


Qatldin ko`p meni qo`rqutmag`il, ey muhlik ishq
Kim, ani hajr qilibtur menga oson emdi.

Bildi maxmurlug`um tutti qadah soqiyi davr,
Shah meni dengki, erur komima davron emdi.

Bodadin kom, labing bodasidin jon toptim,
Soqiyo, yo`qturur o`lsam dog`i armon emdi.

Ey Navoiy, dema tark aylaki ko`ptur g`ami ishq,
Menki chektim g`amini, tark ne imkon emdi.

634

Necha men mehnat chekib, ul oy tana`um aylagay,
Oshkoro yig`lasam, pinhon tabassum aylagay.

Javridin ul nav` xushmenkim o`lum holi  bo`lub,
Vahm etarmenkim, ko`rub nogah tarahhum aylagay.

Nukta surgach la`li o`lgonlar topar umri abad,
Umrida  Iso  qachon  mundog` takallum  aylagay.

Tig`i zulmi tegmag`idin aylasa el ko`ngli bim,
Tegmasun g`ayrig`a deb, ko`nglum tavahhum aylagay.

Dema zulmum ko`p yetib ko`nglung tazallum aylamish
Kim, agar oz yetsa shoyadkim tazallum aylagay.

Ey ko`ngul, bir lahza hijron shiddatig`a arzimas,
Gar visol ichra kishi yuz yil tana`um aylagay.

Yor bazmig`a chu yo`l topmas Navoiy ne osig`,
Dilxarosh afg`onu gar dilkash tarannum aylagay.

635

Istadim yoreki ko`nglum dam-badam shod aylagay,
Bilmadim jonimg`a bedod uzra bedod aylagay.


La`li anfosidin ochilg`ay hayotim g`unchasi,
Yo`qki umrim xirmanin bir damda barbod aylagay.

Vasl ila yiqqay ko`nguldin dardu g`am bunyodini,
Yo`qki, har dam o`zga hijron tarhi bunyod aylagay.

Sham`i ruxsori yorutqay tiyra ko`nglum kulbasin,
Yo`qki, zulfi dudi ani mehnatobod aylagay.

Rishtai jonimdin ochqay  no`gi  mujgoni  girih,
Har birin qatlimg`a yo`qkim neshi po`lod aylagay.

Hech gulga bo`lmasun moyil birovkim sarvdek,
Desakim o`zni xazon davridin ozod aylagay.

Ko`p Navoiy nolasin man` aylamangkim, toki ul
Yorini yod aylagan, albatta, faryod aylagay.

636

Gulshani ko`yungdin ayru bog`i rizvonni netay,
Boshima gar gul sochar, sensiz gulafshonni netay.

Naxli qadding chun emas giryon ko`zumda jilvagar,
Jo`ybor atrofida sarvi xiromonni netay.


Ul itingga bo`lmasa tu`ma, bu ollingda fido,
Za`fliq paykarni naylay, notavon jonni netay.

La`lgun  ashkim labi hijronida  ayb etmangiz,
Ko`z yo`lidin to`kmayin bag`rimdag`i qonni netay.

Zulmati hajrida chashming vasfin etma, ey Xizr,
Menki umrimdin to`yubmen, obi hayvonni netay.

Dog`ima marhamni ko`p taklif qilmay, ey rafiq,
Tuttum ul dog`im o`ngardi, dog`i hijronni netay.

Yordin ayru buzug` ko`nglumga qildim xayrbod,
Ey Navoiy, uyla ganj o`lmay bu vayronni netay.

637

Chu qo`ydum ishq, uyat har bedilu devonadin dog`i,
Demay Farhodu Majnun bulbulu parvonadin dog`i.

Chu men  begona bo`ldum ishq birla oshnolig`din,
Bu ishga oshnolardin uyat begonadin dog`i.

Bu ishnikim men aylabmen, meni qilmoq bo`lur ixroj,
Vatan ma`murasidin ham, buzug` koshonadin dog`i.


Chu zuhd ettim havas, yo`q ayb piri dayr agar derkim,
Qovung ani fano dayridinu mayxonadin dog`i.


Mening jonimg`a o`tkanlarni sharh etsam ulus o`lgay
Ki, jon qotillaridin kechtimu jononadin dog`i.

Manga zulm oncha o`tti ishqdinkim, tarkini tuttum,
Og`iz muhr ayladim ul bobda afsonadin dog`i.

Tazarv oyinlar etsa jilva gulshan ichra yo`q ulkim,
Nazar solmayki, chiqmay chug`zdek vayronadin dog`i.


Falak jomidin oncha zahr no`sh aylabmen, ey hamdam
Ki, maydin elni yubmen, sog`aru paymonadin dog`i.

Navoiy, tarki ishq ettim desa butmangki butmaslar,
Kishi har so`z eshitsa usrugu devonadin dog`i.


638

Charxkim oyu quyoshi boru yuz ming anjumi,
Poymolu tiyra tufrog` emgagidin ne g`ami.

Bog`bon gulshanda yuz ming gul bilakim aysh etar,
Ne g`ami gul hajridin bulbulning o`lsa motami.

Shahg`a shavkat olamiyu bandadur yuz mohchehr,
Hajr aro bilmas gadoning bor ne muhlik olami.

Ey rafiq, olg`il yaram momuqlarin, bo`lg`il bihil,
O`lgudekmenkim, tikondur zaxmlarg`a marhami.


Men bashar jinsig`a jon o`ynab vafoe ko`rmadim,
Qochmay odam xaylidin har kimki bo`lsa odami.

Men chu zohir qilmadim ne nav` ulusqa bo`ldi fosh,
Ishq aro oshufta ko`nglumning bu sirri mubhami.

Ey Navoiy, ishq sirrin hech mahramg`a dema
Kim, buning ham mahrami bo`lg`ay, aning ham mahrami.

639

Agar ishq ayladi bechora bizni
Va lekin qildi hajr ovora bizni.

Ne ishqu hajr balkim rashk tig`i,
Damodam qildi pora-pora bizni.

Bu ishdur turfakim har kimga bir tig`
Ki, urdi ayladi yuz yora bizni.

Menu Farhoddin Majnun uzulmas,
Nedinkim topti ul hamkora bizni.

Vafo qil bag`ri toshimkim, haq etmish,
Jafo tortarda sangi xora bizni.

Jahon sho`xin taloq etsang ne tongkim,
Chiqardi eldin ul makkora bizni.

Navoiydek yuzung bir ko`rduk, itti
Jahon rasvosi bir nazzora bizni.

640

Gulbun uzra subhidam har sari gul bargi tari,
Har shajar uzra magar qo`ng`an durur xayli pari.

Su aro tushmish quyosh aksi yo`q ersa g`aybdin
Kirdi gulshanning tamoshosig`a mehri xovari.

Maktab atfoli kebi bulbullar o`lmish na`razan,
To nasimi subh elidin ochilur gul daftari.

Gul arusi husn mulkida erur sohibqiron,
To yuzi davrig`a ziynat berdi shabnam gavhari.

Jola birla nilufar bir nav` tutmish zebkim,
Sobitu sayyora birla gunbadi nilufari.

Ul kishi umri bahoridin terar gulbargi aysh
Kim, kafida lolagun may birla bo`lg`ay sog`ari.

Do`stlar birla tutub ishrat bahorin mug`tanam,
Bir nafas ssuda bo`lg`ay joni mehnatparvari.

Kimgakim bir dam bu kom o`lsa muyassar yaxshiroq,
Bo`lg`ucha yuz kari aning hukmida olam kishvari.


Ey Navoiy, faqr mulkin tut g`anim zinhor
Kim, g`inovu saltanatning ko`pturur dardi sari.

641

Chehra yopib meni kuydurma, axi,
Vajhsiz jonima o`t urma, axi.

Dame o`lturmas esang yonimda,
Bore el yonida o`lturma, axi.

Shishadek ko`nglum aro gar mayi vasl,
Solmas ersang ani sindurma, axi.

O`zgalar sari boqib tishlama lab,
Zaxmlar jonima yetkurma, axi.

Zulfi savdosina chirmashma ko`ngul,
Yuz balo boshima kelturma, axi.

Ey ko`z, ul sho`xqa chun xush kelmas,
Ko`p aning jonibi telmurma, axi.

Yozug`um bor esa qatl ayla o`zung,
Hajr jallodig`a topshurma, axi.

Soqiyo, tinmog`im istar bo`lsang,
May ichardin meni tindurma, axi.

Yuz jafo toshi Navoiyg`a urub,
It deb ollingdan ani surma, axi.

642

Ko`ngulning hajr aro jondin maloli
Ki, yo`q sensiz tiriklik ehtimoli.

Qadidin sarvig`a yetti xijolat
Ki, tuzlukda yo`q erdi e`tidoli

Xayoli bas chu yo`q vaslig`a haddim,
Visoli bo`lmasa bori xayoli.

Niholedur qadi to`bidin ortuq,
Agarchi yo`qturur to`bi niholi.

Yangi oy shomg`a mayl aylagandek,
Ulanmish zulfig`a mushkin hiloli.

Labi jonbaxsh so`z ayturda qolmas
Masihoning dam urmoqqa majoli.

Ne g`am, soqiy, agar xud jomi Jam yo`q,
Etar mayxonaning sing`on safoli.

Meni behol qil bir may bilankim,
Ko`ngulning o`zgadur har lahza holi.

Navoiy, sen chu hijron loyiqisen,
Pishurma vasl savdoi muholi.

643

Soqiyo, yo`q g`amu dardima hadde,
Vaqt erur may bila qilsang madade.

Mehnatim tog`icha yo`qtur Uhudi,
Ani tortarg`a meningdek ahade.

Tut manga bodai jomi azali
Ki, berur qatrasi umri abadi.

Buyla dardimni magar andoq may,
Daf` qilg`ayki anga umr fadi.

Bodakim ani chun no`sh etsam.
Har zamon Xizrg`a bo`lg`ay hasadi

Ki qiyomat kuni kavsar mayini
Ichkali ham bu may o`lg`ay sanadi.

Ajab ish qildi Navoiyki, bu nav`
May, ichib bizga salo aylamadi.

644

Ko`nglum olg`on dilbarim dildorlig` bilmas, netay,
Bilsa g`amgin aylamak g`amxorliq bilmas, netay?


Husnig`a boqtim ko`zumning mardumig`a urdi nesh,
Mahvashim oyini mardumdorlig` bilmas, netay?


Dema usrukdur ko`zum, qilma tazallum ollida,
Ko`z yumub ochquncha ul hushyorlig` bilmas, netay?

Ul pari paykarg`a yoqmas zorlig` birla fig`on,
Telba ko`nglum yuz fig`onu zorlig` bilmas, netay?

Odamivashliq pari ruxsorlardin xo`b erur,
Chun bu ishni ul pari ruxsorlig` bilmas, netay?

Eyki dersen dayr pirig`a nedin bo`ldung murid,
Shayxi hiylat pesha juz makkorlig` bilmas, netay?

Mastu behush o`lmog`im tun-kun, Navoiy, so`rmag`il,
Charxi javrandisha juz g`addorlig` bilmas, netay?


645

Yona nihon qilasen bizga qasdu kin bore,
Raqib ila bo`lasen yoru hamnishin bore.

Dedingki, ishqim ichinda tariqi taqvo tut,
Bu so`zni deb olasen yona naqdi din bore.

Bu va`da birlaki ishq ahli huznin o`ksutayin,
Alar orasida qilding meni hazin bore.

Dedingki, kel sanga ehson qilay, chu men keldim,
Qoshingdadur girihu manglayingda chin  bore.


Jamol gulshanida elga sen guli xandon,
Bu xasni o`rtagali bo`ldung otashin bore.

Shior aylamasang naqshband oyinin,
Riyovu zuhd bila bo`lma naqshbin bore.

Fano yo`lig`a chu kirding, Navoiy, urma nafas,
Bu dasht tufrog`ig`a surtmay jabin bore.

646

Ishq aro holimg`a bir hamdam tarahhum qilmadi
Yor holim bilmadi, gar bildi, ko`zga ilmadi.

To ul oy ag`yor ila no`sh ayladi jomi visol,
Qaysi hijron neshikim bag`rim aro sanchilmadi.

Ne ajab gar bilmasam holimni bu g`amdinki, yor
O`lgali yettim g`ami ishqida holim bilmadi.

Qon yoshimning sarguzashtin kim yoshursun emdikim,
Qolmadi yerkim, bu rangin mojaro aytilmadi.


Husn bog`idin vafo vardi tavaqqu` qilmangiz
Kim, bu gulshan gulbunida buyla gul ochilmadi.

Ishqim ixfosini, vahkim, qilmadim hargiz xayol,
To ul oyning husnidek olam aro yoyilmadi.

Ey Navoiy, sendin o`tu su arodur xalqkim,
Yog`madi ashking suyi to oh o`ti choqilmadi.

647

Sen zuloli vasl ichib, men zaxri hijron ichkuchi,
Og`u ichkondin ne voqif obi hayvon ichkuchi.

Ul yuzin gulrang etib men ashk xunobin to`kub,
Kim erur ul bodai gulgunu men qon ichkuchi.

Ichsa gulgun boda olamdur guliston yuzidin,
Buyla yo`q olam gulistonida imkon ichkuchi.

Davr ayog`in ichmayin davrong`a solding rustaxez,
Ko`rmadi davr ichra sendek ahli davron ichkuchi.


Oshiq o`lmay sizki dersiz tavba qil, ey ahli zuhd,
Netsun ichmay joni mahjur o`lsa jonon ichkuchi.


Boda sho`xidin agar nolon bo`lubmen ayb emas
Kim, erur ko`nglumni olg`on sho`xi nodon ichkuchi.

Ey Navoiy, yor mehmon bo`lsa, may tutqach, sumur,
Mizbon zohid xush ermas, bo`lsa mehmon ichkuchi.


648

Yo`q manga had vasl alfozin tilima surgali,
Tengri xalq etmish meni hijron g`ami o`lturgali.

Ishq o`tig`a istasang tutruq yetar xasdek tanim,
Shu`la yoqmoq istasang ushshoqni kuydurgali.

Tun qorong`u mast otlandi, ko`ngulning shu`lasin
Aylabon mash`al borurmen uyiga yetkurgali.


Telba ko`nglumni so`ro keldiyu ul itkan emish,
Ani men xud bormog`im, billah, topib kelturgali.

Yoshurun erdi g`amim, vahkim, balo toshi yog`ar,
Boshima ishqi nihonin el aro bilgurgali.

Begunah qonimni to`kti ishq emdi ne osig`,
Qelsalar Farhod ila Majnun anga bildurgali.

Gar Navoiy tutsa tog` avjin junundin, ey sipehr,
Sang boron hojat ermastur ani indurgali.

649

Necha hajringda chekib un yig`lay,
Har kecha yig`layu har kun yig`lay.

Kecha faryodima yetkay deb ul oy,
Osmondin oshirib un yig`lay.

Har taraf zohir etib kavkabi ashk,
Kun tulu` etkucha har tun yig`lay.

Ashkdin kirpik uza ul xat uchun
Yog`durub sabzag`a shudrun yig`lay.

Charxu anjum sari ohim o`tidin,
Yuborib dud ila uchqun, yig`lay.

Charx bedodidin ul mushfiq yor,
Bir zamone meni qo`ysun, yig`lay.

Dema vaslimda Navoiy yig`lar,
Vasl mumkin esa nevchun yig`lay.

650

Labing Masihu aning nutqi nuktapardozi
Ki, ruhi qudsiy erur bu Masih e`jozi.

Xatingni Xizr demonkim, bu sabza har giyahi
Xizrdurur labing obi hayot damsozi.


Havoi ishqida ko`nglumda hush qolmadikim,
Bu telba qushning erur ul havoda parvozi.

Qadah bu dayrda andozasiz tutungkim, bor
Boshimda mug`bachalar sho`ri ishqi andozi.

Ne sog` o`layki, chu borg`umdur o`lmayin ma`lum
Bu korxonaning anjomi birla og`ozi.

Navoiy istadi behush o`zinki ahli xirad,
Falakning o`lmadi bu ishda mahrami rozi.

Anga bu baski jahon mulkin oldi so`z birla,
Chekib sipohi maoniy dami fusunsozi.

Bu vajh birlaki Sohibqiron debon laqabin,
Atadi xusravi Sohibqiron Abulg`oziy.

Yanaki nutq ilayu ruh ila yeturdi anga
Fuyuz orifi Jomiyu rindi Sheroziy.