Топ рейтинг www.uz
MUAMMOLAR

1

ODAM

Qon to`qar yuzdin damodam ashku vahkim, har zamon
Bog`lanib ohimdin aylar ko`kka mayl ul qatra qon.


2

AHMAD

Mayda ikki yuz agar ko`rguzmasa ul mahjabin,
Durd dardin istabon jon bermagay ahli yaqin,

3

BOQIY VA BOQIR

Jannat guliyu nasrinig`a bo`lsang mushtoq,
Gah yor yuziga, gah kafi poyig`a boq.

4

BAHO

Dayr aro kir, pandni go`sh aylagil,
Boda beshak sof erur no`sh aylagil.

5

TAQIY

Mustaqim erdi ko`ngul ishqingda, ey oromi jon,
O`rtanur ul mustaqimim emdi g`amdin har zamon,

6

TOJ

Yuz ko`ngul saydin ajal domidin ozod ayladi,
To jamoling toblig` zulfini barbod ayladi.

7

SAMUD

Tanimda dog`lar uzra g`amingki o`rtadi dog`,
Ko`rindi o`zgacha ul dog`din tanimda farog`.

5

JUNAYD

Oh o`qin jondinki cheksam ul parivash yodidin,
Qolmas ul yodimda ham faryod aning bedodidin.

9

JA`FAR

Jonondin ayru topti ko`ngul, umrdin malol,
O`zdin kechibtur emdiyu aylar vafo xayol.

10

HASAN

Qoshing go`shasi chekkali g`amza dosin,
Yangi oyning ustida ko`rguzdi yosin.

11

HAMZA

Yoshun, ey gulki, ul gulrux jamoli
Erur ham sodavu ham toza xoli.

12

XOLID

Nuqtai mushkinki ul yuz uzra bo`lmish jilvagar,
To hisobin anglasun el yuz yoshur, ey siymbar.

13

XUSRAV

Ul niholekim qadingg`a yo`q shabih, andoq nihol
 Boshida ko`rguzsa yuz xurshid o`lur sendin misol.

14

DOVUD

O`t tushti vahm dudi aro furqatidin,
To kuydiyu o`rtandi ko`ngul hirqatidin.

15

DARVESh

Har ne topsang davr aro, soqiy, ayoqqa sol ani,
Yuz ko`rardin o`tti ish tut emdi molomol ani.

16

ZUNNUN

Vasl sa`yidin emish ishq ahli ichra mojaro,
Zavqdin ko`rkim yuzum oltundek o`lmish ishq aro.

17

RUSTAM

Nechakim yor sitam etkan ila uzdi vafo,
Yodin etkancha oti virdi zabon bo`ldi mango.

18

RAJAB

Oyu quyosh ayladi yuzung bila da`vo,
Bizga alardin ajab ko`rindi bu ma`no.

19

ZAYNI VA ZAYD

Ko`z uchi qoshi yosidur sohir,
Ani yod ol alardin, ey somir.

20

ZOHID

Oy yuzinda xolini ko`rgach, ul oy topti jamol,
Oxir ul yuzdinki yopti, vahki, pinhon bo`ldi xol.

21

SA`D

Bu gulshan ichraki yo`qtur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshiliq bila ot.

22

SALMON

Qilur esang manga somon ayo rafiq havas,
Aning ayog`ig`a yetkur mening boshimniyu bas.

23

SHOH

Jon qushi chu bo`ldi donai xolig`a zor,
Shod o`ldiyu halqa ayladi zulfini yor.

24

SHUKRILLOH

Qora erdi ko`zum hajringdin, ey moh,
Yana ko`rdum yuzungni shukrilloh.

25

SIDDIQ

Yuzung bila yuzuma kosh bo`lsa uyla visol
Ki, bo`lmasa oralarinda g`ayri ul xatu xol.

26

SAFI VA SAFO

Qasdi jonimg`a chu mujgoning ikki saf tuzdi.
Biri qosh yosi, biri g`amzang o`qin ko`rguzdi.


27

ZIYO

Gul avroqin sabo qildi parishon,
Qabul etti nechakim topti imkon.

28

TOHIR

Girihni turradin to ochti mohim,
Parishon qildi filhol ani ohim!

29

TOLIB

Og`iz labig`a chu qo`ydum yana talab qilayin
Ki, g`ayri naqshi kam o`lg`oy yana tarab qilayin.

30

ZAHIR

Xalq ichra zuhuri husn ul siyminbar,
Ko`rguzdi vayo bo`ldi qiyomat yaksar.

Kim jilvagar erdi gar kichik, yoxud ulug`,
Bir-bir harakatin ayladi zeru zabar.

31

OMIR

Jumlai ashyog`a bo`ldum oshiqu oshufta hol,
Olamu odam yuzin chun qildi mir`ot ul jamol.

32

ODIL

Ham qoshi birla orazi xush erur,
Ham ko`zi birla qaddi dilkash erur.

33

G`ARIB

Chok bag`rim tarfin aylading ikki parkand,
Birini tashlabon oxir birin etting payvand.

34

G`AYBIY

So`zg`a evurdi ikki labingni takallumung,
Yo bargi gulni iki ayirdi tabassumung.

35

FARHOD

Har kecha ko`nglum g`aming tog`ida faryod aylagay,
Uylakim faryod-faryodini Farhod aylagay.

36

FARRUX

Gar yuzungdin husn eln yuzinda bir xol etsa fosh,
Ul aroda besarupo zarradek kirgay quyosh.

37

QUBOD

Soching g`ubori gahi yuz yopar, gahi yuz ochar,
Ne zulfdurki yopar oyni, chunki mushk sochar.

38

QOSIM

Ruxsorasi uzra, ey ko`ngul, xol nedur,
Zulfi ayog`i ostida pomol nedur.

Qani ani ko`rgan seni ko`rsa meni ham,
Kim oyidin ayru elga ahvol nedur.

39

KAMOL

Yuzinkim qatra xay serob qilmish,
Guledurkim su ichkandin ochilmish.

40

KOKO

Jon qilg`ay ikki yuzung guli sori shitob,
Gar bo`lmasa ikki sunbulungdin qullob.

41

LOLO

Sabodin ko`rdi chun mashshota ikki zulfini darhamu
Aningdek uchlarin kestiki qat` o`ldi girihlar ham.


42

LATIF

Saf chekti har taraf yuzidin kirpik, ey ko`ngul,
Ul shaklni ko`rub xiradu sabrdin to`ngul.

43

MUHSIN

Majlisda shayx bu kecha ko`p shayn boshladi,
Sindurdi sham`u nuqlni havz ichra tashladi.

44

MUROD

Lutfung yeli chun esti bu mardudqa filhol,
Idbor nihoyatqa yetib keldi yuz iqbol.

45

NEKIPAY

O`qungg`a tan, va`dangg`a jon xush qilmish erdi xotirin
Kesti chu paykoning birin, kuydurdi payg`oming birin.


46

NOSIR

Ko`runsa ko`zga nogah-nogah ul oy,
Ko`zum hayron qolur yuziga, ey voy.

47

VALI

Chu ul oyg`a qul o`ldi bu g`amkash,
Qulidin yuz yoshurdi ul mahvash.

48

VARQA

Javr ila qahringki haddin oshti bag`oyat,.
Vahki, ne bor ibtido anga ne nihoyat.


49

HUMOM

Ul sho`x oncha javrda ko`rguzdi ehtimom,
Kim ot chiqardi, balki anga ushbu erdi kom.

50

HILOL

Ko`nglum halok bo`ldi, chu ishqingni boshladi,
Oxir boshinda har neki bor erdi, tashladi.


51

YUSUF

Sayr ichra qachonkim yuzungga yetti quyosh,
Ter oqib, aning chehrasidin bordi yosh.

52

YUNUS

Zulf ochmaki yuzungdur manga sham`i majlis,
Mahv qil tun raqamin kun yuzidin, ey munis.