Топ рейтинг www.uz
MUSTAZOD

Din ofati bir mug`bachai mohyuliqodur,
mayxoravu bebok
Kim ishqidin aning vatanim dayri fanodur,
sarmastu yoqom chok.
Ham turrasining dudi vara` beliga zunnor
men kofiri ishqi.
Ham yuzi majus o`ti kebi shu`lafizodur,
men o`rtanibon pok.
Ul chehra furug`i tushubon zor tanimg`a
bir nav` kuyarkim.
Har kimsa ani ko`rdi sog`indiki yonodur
o`t ichida xoshok.
Hayvon suyi jonimni olur la`lidin ayru
ul jur`ai maykim,
Tegmish anga maygun labi jonimg`a davodur
ne zahru, ne taryok.
Bu nav`ki aylar, mayi vasli havasidin
maxmur bo`lubmen.
Mushkilki yozilg`ay bu xumoriki mangadur
sog`ar bo`lub aflok.
Soyilmenu maqsudum erur naqdi visoling
buxl aylama, jono,
Kim barcha mazohibdaki ishq ahli arodur,
mazmum erur imsok.
Hajringda yuzi sarg`oribon dam ura olmas,
bechora Navoiy.
Go`yoki xazon faslida bebargu navodur
ul bulbuli g`amnok.