Топ рейтинг www.uz
QIT`ALAR

1

HAQ TAOLO XONI IN`OMIYU KARAMI OMI BORIDA O`ZGADIN NIMA TILAGONNING TAMA`I XOMIYU ZOTI NOFARJOMI

Tengri xonin ochuq aqida qilib,
Xalqdin ro`ziy istagan gumroh.

Uyladurkim tengiz qirog`inda,
Ro`za ochmoqqa kimsa qozg`oy choh.

2

MUHAMMADNI TENGRI TAOLO AYNI MUHABBATDIN YARATQONG`A DALOYIL TUZMAK VA SHAVOHID KURGUZMAK

Muhammadni yaratti, chunki haq ayni muhabbatdin,
Kishi vaznin muvofiq, chunki da`vo etsa sodiqdur,


Burung`i ikki harfi har birining dog`i bir keldi,
Talaffuz holatida ulki sobiq, yo`qsa lohiqdur.


Uchinchi ikki harfi birla to`rtinchi iki harfi,
Taammul aylagan maxraj ham anglarkim muvofiqdur.


3

HUKAMO QAVLI TARJIMASI SHOHNING DARYOG`A MUSHOBAHATIDA VA NAF`U ZARARIDA

Hikmat ahli shohni daryog`a tashbih ettilar
Kim, ham andin ko`p ziyonlar elga, ham ko`p sud erur.

Gah topar g`avvos bir soatda yuz durri samin,
Gah nahang og`zida yuz hasrat bila nobud erur.

4

FAHMSIZ  MULOZIMLAR G`AFLATIDA VA ALAR BILA MAOSH O`TKARMAK MEHNATIDA

Yo`ldin ozdi har mulozimdinki, g`aflat aylading,
Budur oyin gar gadolig`dur ishing, gar shohlig`.


Urkudar eldekki chiqti kecha yo`ldin markabi,
Ko`z yumub ochquncha chunkim qilmadi ogohlig`.

Olam ahlida mulozimlar erur hayvon kebi,
Qaysi g`aflat anglag`och zohir qilur berohlig`.

5

MUTAKABBIR MANZURNING HUSNI CHOG`IDAKIM ISTIG`NOSI DARDNOK QILUR  VA HUSNI KETKANDA MULOYIMATI HALOK

Xo`b ekan chog`daki mustag`niy eding, kelmas eding,
O`tti chun xo`blug`ung javr manga yetkurma,

Ko`p kelur vaqtda oz kelmaking emgatti meni,
Oz kelur vaqtda ko`p kelmak ila o`lturma.

6

MAJOZIY MAHBUB ISHQI TARQIDAKIM XO`BLUG`I MUJIBI YIG`LAMOKDUR VA SAQOL CHIQARMOG`I MUJIBI KULMAK

Chu husni vaqtida ul oyg`a zor oshiq edim,
Ko`rub jahon eli yig`larlar erdi holimg`a,

Saqol chiqarg`onida tark qilmasam ishqin,
Ulus kular ham aning, ham menin saqolimg`a.

7

OLTUN, KUMUSHGA HIRS MAN`IKIM TUTMOG`I ILIKNI QORA QILUR VA MUHABBATI KO`NGULNI

Ko`p oltun, kumush sari qo`l so`nmog`il
Ki, tutsang kafingni qora zang etar,

Ko`ngulda dog`i maylini asrama
Ki, ko`nglungni dog`i hamul rang etar.

8

MA`NI AHLIDIN GADOLIG` BASHORATI VA SUVRAT AHLIDIN SHOHLIG` ISHORATI

Ahli ma`ni guruhida zinhor,
Hech or aylama gadolig`din

Kim, bularg`a gadolig` ortug`dur,
Ahli suvratqa podsholig`din.

9

POKRAV NISO TA`RIFIDAKIM INSON ONSIZ XOLIDUR VA OLUDAVASH  RIJOLKIM NURSIZLIQDIN  DAJJOLI  BEMISOLDUR

Yuz tuman nopok erdin yaxshiroq
Pok xotunlar ayog`ining izi,

Lut o`g`lin ko`rki soldi tiyralik
Ding`a nafs ilgida tab`i ojizi.

Dahr aro yoqti siyodat mash`alin,
Pokravliqtin rasululloh qizi.

10

BIZNING SHOH XONG`A LA`LGUN AYOG` BERGANDA AYTILIBDUR  VA XAVODIN SIYMISUDA YOG`ARDA RAQAM QILIBDUR

Falak sochti xon boshig`a siymi nob,
Bizing shoh ayog`ig`a la`li muzob.

Falak birla shah qadru johi aro,
Tafovut nisoridin etgil hisob.

11

BUYNIG`A YASHM OSILG`ONNI DEBDURKIM SHIFO  UCHUN   EMAS,  BALKI   FALAKDIN MUTAADDID JAFO UCHUNDUR

Bo`ynuma yashm osilg`ondin emas,
Buki za`fimg`a davo bo`lg`ay fosh,

Ip bila bog`ladi bo`ynumni falak,
Har qadam urmoq uchun ko`ksuma tosh.

12

RUM TUHFALARINING ULASHINGONNI DEBTURUR,   BALKI   SHOH   POYANDOZIDEK TALASHQONNI AYTIBDURUR


Tuhfalarkim yubordi qaysari  Rum,
Bursa jinsi farang debosi,

Turfa ko`rgilki zumrai islom,
Anga soldi farang yag`mosi.

13

O`Z NAZMIDIN KO`RGAN MALOLATLAR SHIKOYATI VA KO`NGUL O`TIDIN JONSO`Z HIKOYATI

Ne nazmiki o`tlug` ko`nguldin chiqardim,
Dedimkim, mening xotirimg`a yorang`ay,


Manga oncha o`t soldi har baytkim, tab`,
Gar obi hayot o`lsa andin o`song`ay.

Tilarmen ani men dog`i o`tqa solsam
Ki, qaydinki keldi hamul sari yong`ay.

14

HUSN AHLINING KO`NGLI NISYONI VA VAFO AHLI ANDA UNUTULURINING BAYONI

Jon base qildim fido ul husn mir`oti uchun,
Oh ko`p chektim vafosida aping shomu sahar.

Har nafaskim xizmatidan g`oyib o`ldum uyla bil
Kim, meni umrida ul badmehr ko`rmaydur magar.


O`z-o`zum birla der erdimkim nedin bu nav` ekin,
Aylabon ogah xirad dedi menga, ey bexabar,


Munda ramzedur daqiq, ammo qilay ravshan sanga
Kim, latofatda safo ko`zgusidur ul siymbar.


Anglakim to ko`zguning ollida sen, ko`nglida sen,
Chunki bording ollidin, yo`q ko`nglida sendin asar.


15

DEVONDA MUHR BOSQONDIN  NAFSIG`A SHIKAST YETMAGAN UCHUN MUHRG`A SHIKAST BERGANI

Chun manga lutf etti shah devonda muhr,
Bu edi eldin quyi muhr urmog`im

Kim, g`ururi nafsi sarkash man`ig`a,
Barchadin bo`lg`ay quyi o`lturmog`im,

Chun shikasti nafs hosil bo`lmadi,
Mundin o`ldi muhrni sindurmog`im.

16

XILVATDA FALAK JAFOSINING OZORI VA ANJUMANDA ULUS BEDODINING IZHORI

Baytul hazang`a kirsam ulustin qochib dame,
Atrofdin g`ubori malolat manga yog`ar,


Silkay deb ul g`uborni chiqtim chu kulbadin,
El javru zulmidin boshima yuz balo yog`ar.

17

XUBLAR HUSNI SHARHIDAKIM MASHSHOTA SA`YI BILA AFZUN BO`LUR VA OROYISH BILA SAFOSI GUNOGUN

Ne tong o`lsa fuzun jamolu safo,
Xo`blar qirqon zamon boshlar,

Sham` nuri yorug`roq o`lg`ondek,
Uchni kimsa chun ola boshlar.

Sartarosh aniyu muni farrosh
Bir-biridek olib-olib toshlar.

18

BIROVGA VOBASTA EMAS KISHI MADXIDAKIM UL BEPAYVANDLIG` MUJIBI SAODATMANDLIG`DUR

Dahr aro ani degil davlatmand
Kim, birov sari emas dilbasta.

Xasta bo`lmas chiroyin ko`rsa chituq,
Joni chiqmas ani ko`rgach xasta.

Ming balodin desa vorasta bo`lay,
Kimsa qildik o`zini vorasta.

19

XAYROBOD BANDI XAYOLIDIN XALOS BO`LG`ONI VA O`ZLUK BANDI MALOLIDIN XALOSLIG` TILAGONI

Chu Xayrobod bandin o`zlugum birla yasab erdim,
Meni andin xalos etti inoyat aylabon shohe,

Ne bo`lg`ay o`zlukumning bandidin dog`i xalos etsa,
Haqiqat kishvari sari hidoyat aylab ogohe.


20

ORIF KO`NGLIN DARYOG`A NISBAT BERURKI, ANDA HAR NE TUSHSA SINGURUR BALKI ITIRUR

Erur orifqa ganji fayz yetsa,
Ishi dam urmayin ani yoshurmoq,

Quyosh aksi tushub daryo ichinda,
Ne mumkindur aning suyin toshurmoq.

21

SHOHNI AJDAHOG`A NISBAT QILIBTURURKIM GANJ UMIDI HAM ANDIN BORU RANJ BIYMI HAM

Jahon ganjig`a shoh erur ajdaho
Ki, o`tlar sochar qahri hangomida.

Aning komi birla tirilmak erur,
Maosh aylamak ajdaho komida.

22

FAQR TA`RIFIDAKIM RIFQ BILA MUVOFIQDURUR VA FAQIR HURUFI RAFIQ BILA MUTOBIQ

Ayni rifq ayla gumon, faqrni aning birdur,
Harf ham ikkisig`a yaxshi gar etsang tahqiq,

Jam`i ham birdurur inak fuqarovu rufaqo,
Siyg`ai mufradi ham ayni faqir o`ldi rafiq.

Bor ishorat angakim rifqu mavosodur ishi
Har muxolif el ila faqrg`a topqon tavfiq.

Poya mundin biyik o`lmaski risolat xatmi,
Faqrning nisbatida faxrg`a qildi tasdiq.

23

UY KITOBASIG`A SO`Z BITMAK VA IZORASIG`A  NIMA BOG`LAMOQ

Uy ichra ham kitoba ham izora
Zaruratdur tugangan chog`da qilmog`.

Yo`q ersa ul uy o`xshar bir kishiga
Ki, anda bo`lmag`ay ishtonu belbog`.

24

VAFO BOZORINING QOSIDLIG`IDA VA VAFOJO`YLAR XAYOLINING FOSIDLIG`IDA

Kimgakim qildim vafo, vahkim, jafo podosh edi,
Olam ahlida vafo mavjud emas beishtiboh.

Orzu qildim vafo ahlin ko`ray deb, topmadim,
Xoh zohid, xoh fosiq, xoh soyil, xoh shoh.

Topmog`idin noumid o`lg`onda aqli xurdabin,
Istabon xudbin meni ko`zguga qildi ro`baroh.

Bevafolar orazi yanglig` topib ko`zgu anga,
Har nechakim ehtiyotu sa`y ila qildim nigoh.

Ko`rmadim nevchunki tiyra erdi ko`zgu, negakim
Ham vafosizlar g`amidin baski tortib erdim oh.

25

UL MAZMUNDAKIM ANDOQKI QOZIY RIYOZIY KERAKMAS, RIYOZIY HAM QOZI KERAKMAS

Riyoziy bo`lsa qoziy, bas, ajabdur,
Kerakkim fiqh ilmin bilsa qoziy.

Anga chun fiqhdin aslo xabar yo`q,
Ne yanglig` bas bo`lur qozi Riyoziy.

26

IMORAT TOQI KITOBASIDAKIM KOSHIKORLIG` KITOBG`A SARLAVH  BO`LG`ONDEK MUNOSABATI BOR

Har imoratkim tugandi garchi sho`xedur jamil,
Bo`lsa  koshikorlig` aylar jamolin  birga o`n.

Bu yaqindurkim jamol ahli yolongliqdin base,
Yaxshiroqdur bo`lsa koshi naqshliq egnida to`n.


27
IKKI MANORNING MUSHOBAHATIDAKIM SHAR` BO`STONIDA  IKKI  SARVEDURURLAR  HAMQAD VA IKKI ALIFDURURLAR HAM ADAD

Bizning imorat ichinda tuzolgan ikki manor
Ki, qubbalardin erurlar sipehr sonida.

Iki ag`o-inidur tav`amon gumon qilg`il
Ki, farq yo`q orada bo`lsalar namoyanda.

Zamona zolini ko`rkim ne nav` bikr o`lg`ay
Ki, mundoq, ikki o`g`il andin o`ldi zoyanda.

28

BASHARIYAT  MUQTAZOSIDAKIM QILG`ONI MARG`UBDUR VA QILG`UCHINING O`Z OLLIDA MAHBUB

Bashar xayli anga majbul erurlar
Ki, bo`lg`ay har bir o`z ollinda mahbub,

Ajab yo`q necha qilsa nomuloyim
Kishiga kelsa o`z mahbubidin xo`b.

Va lekin lozim ermas buki bo`lg`ay,
Aning marg`ubi dog`i elga marg`ub.

Ham andoqkim kishi farzandi bo`lg`ay,
Necha mankub esa ollinda matlub.

Kishiga ayta olg`aymuki, bo`lsun
Sanga ham yoru matlub ushbu mankub.

Hunar ahli ani degilki bo`lg`ay,
O`zini qilsa o`z ollida ma`yub.

Chu o`z aybig`a voqif bo`ldi aybin,
Nachuk qilg`ay hunar o`rnig`a mahsub.

29

FUZUL EL BOBIDAKIM BOR ISHGA DAXL QILURLAR VA HAR XORIJ ISHGA DOXIL DURURLAR

Falong`a ajab hol erurkim xaloyiq
Ne qilsa alar birladur mojarosi,

Sola olmas el oshig`a bir nuxud, gar
Tuzulmas aning birla ul el arosi.

Qazon yo`qki ul anda kafliz emastur
Ki, bo`lsun yuziga qazonlar qorasi.

30

XUSHKSOL TA`RIFIDAKIM CHASHMALAR AYNI QURUB SHAMMAE SU QOLMADI

Xushksol o`ldi bu yil ul nav`kim gard ichra el,
Bir-birin ko`rmas agarchi, o`ltururlar ro`baro`.

Dalug`a kirmak quyoshning chashmasi ne sudkim,
Tommadi ul dalu ila ul chashmadin bir qatra su.

31
ISSIG` YEL VASFIDAKIM BAXR SUYI ANDIN QURUR ERDI VA SU TUBINING GARDIN SOVURUR ERDI

Bu yoz o`rduda yel andoq esarkim,
Samum andin bo`la olg`ay nishona.

Isig`din xishti xona elni o`rtar,
Bo`lubtur xishtxona doshxona.

32

JAVSHAN BOBIDAKIM DILOVARLAR JISMINING HISORIDUR  VA JONSIPORLAR JONININGHISNI POYDORI

Razm maydonidakim ikki tarafdin ahli harb,
Bosh ila jon tarkin aylarlar ajab hangomadur.

Kiynavarlar anda javshan kiysalar tan hifzig`a,
Jism sanduqi uchun go`yoki ohanjomadur.


33

JUKI SHOHNING QASRIDA SHOH JUKI MASKAN TUTQON BOBDA

Dahr jo`kiliklaridin turfa ish,
Chehra ko`rguzdi bizing shah asrida.

Kim fusunu la`b birla tutti yer,
Shoh Jo`ki shohi Jo`ki qasrida.

34

SARKASH MANZURNING XATTI HAM O`ZIDEK BOSH TORTQONIDA VAFOG`A TARG`IB QILMOQ

Xatting yo`q erkanida qochting oncha mendinkim,
Xatting bosh urdi yuzung gulshanida sabza misol,


Muloyimat qilako`r, yo`qsa men dog`i qochqum,
O`tub chu bir necha kun ushbu sabza bo`lsa saqol.

35

UL XAYSIYATDINKI MOL VA JON DEBTURLAR. SIYMFISHONLIQ   JONFISHONLIQCHA DUSHVORLIG`I

Siymni sochquchi mingdin birdur,
O`zgalarning ishi keldi termak.

Ul jihatdin budurur odatkim,
Yulmoq osonduru mushkil bermak.

36

SAFIH ZOLIMNING MAHRAMLIQQA VA ABLAHI NODONNING HAMDAMLIQQA YARAMASLIG`IDA

Safih zolim ila bo`lma xon uza hamdast,
Munosib o`lmadi it chunki hamtabaqliqqa.

O`zunga ablahi nodonni aylama hamroz
Ki, yaxshi ermas eshak dog`i hamsabaqliqqa.

37

MUXTASIBNING TUQKAN MAYIKIM YER QONI BO`LUBTUR VA XUNXORA RINDLAR ICHIB MASTLIG` QILG`ANI

Muhtasib har sari may to`kmakka borsa shahr aro,
Rindlar ham aylabon payravlig`u hamdastlig`,


Mayi ko`l o`lg`och, tortibon barcha qirog`inda cho`kub
Kaf sochib har sari buxtidek qilurlar mastlig`.


38

PAHLAVON MOTAMINING SARGUZASHTI VA MANZUR  SABZXAT FIROQINING SARNAVISHTI

Pahlavon erdi mening yorimu bir sho`x anisim
Biri o`ldiyu biri itti, ishim bo`ldi taassuf.

Roviyo hajrlaridip manga yo`qtur kecha uyqu,
Qiseai Hamza degil  gohsho gah qissai Yusuf.

39

UL BOBDAKIM JAHON AXLI BEVAFODUR VA ALARDIN VAFO KO`Z TUTMOQ XATODUR

Agar  oqil  esang, uzgil jahon  ahlidin ulfatkim,
Alardin juz jafo kelmas, agar yuz yil vafo qilsang.


Biriga yuz Xito mulki xirojin aylasang isor,
Xatosiz qasdi joning qilg`usidur, gar xato qilsang.


40

YOMG`UR DUOSI QILG`ANLAR AXVOLIKIM KO`Z TUTKAN YOG`INDIN ASHKLARDIN O`ZGA QATRAE TOMMADI

Bordilar yomg`ur duosin qilg`ali ahli riyo,
Men niyoz  ahli edim, da`vi kamitin so`rmadim,

Yomg`ur ikkidur: biri ma`hudu ul bir ko`z yoshim,
Ko`z yoshim yo`q erdi, to ul oyg`a ko`z oldurmadim.

Tengri yomg`ur bermadikim, so`zsiz erdi talab,
Manga  kulgu keldi, ashkim yomg`urin yog`durmadim.

41
YuQORI  O`LTURMOQ TALASHQUCHILARKIM HINDUI DIDBON ALARDIN YuQORIROQ DURUR UCHAR QO`NG`UZ ILGARIROQ

Yuqori o`ltururni kim tilasa,
Kishilikdin ani yiroq bilgil.

O`lturur safda yuqoriliqdin,
O`lturur safda yaxshiroq bilgil.

42

BADOVOZ  MUKRI  UNIDAKIM JAMOATQA PARISHONLIG`DUR VA JAMOATQA KELGANLARGA MU`JIBI PUSHAYMONLIG`

Shayxi muqri salovati vaqtida el
Masjidi jum`ani solib chiqadur.

Elni jam` etkali emas bu salovat,
Go`yokim salovati tafriqadur.

43

NOKAS KISHI  BO`LMASLIKDA VA NOJINS KISHI JINSI BO`LMASLIQDA

Nokasu nojins avlodin kishi bo`lsun debon,
Chekma mehnatkim, latif o`lmas kasofat olami

Kim, kuchuk birla xo`dukka necha qilsang tarbiyat,
It bo`lur, dog`i eshak, bo`lmaslar aslo odami.

44

O`ZINING KUFRI NIHONIYSIN OSHKORO VA FISQI PINHONIYSIN PAYDO QILG`ANI

Fosiq menu kofiri nih oni,
Ka`ba safari erur manga hayf.

O`zni buki yaxshi ko`rguzurmen,
Billahki, menga kaliso hayf.

45

BU YIL XUROSON ROKIBLARINING JAHONPAYMO MARKABLARI BIR PO`Ya BILA JAHONDIN  KETKANI  BALKI YANA JAHONG`A YETKANI

Bu yil qazodin ajal dashtig`a xirom etti,
Nekim ulus aro bor erdi hang sayli xirom,

Sipohi el aro chun yaxshi ot qolmadi hech,
Erur bu kun alar andoqki zumrai badnom.

46

SHARBATIYNING QULOG`I OG`IRLIG`IG`A QIT`A DEMAK AGARCHI BU HAM ANGA OG`IR KELUR

Sharbatiy gar bo`ldi ersa oqibat,
Zotida lekin karam bordur amin,

Ushbu ikki vajh ila ermas ajab,
Gar aning otin xitob etsam karim.

47

ZIYORATGOHNING ORIG` TUFROG`I IBODAT BOISI DEMAK BU HAYSIYATDINKI  NAMOZ FAROIZIDIN BIRI ORIG` YERDUR

Qubur tavfi namozu niyoz boisidur,
Bu vajhdinki mazorot o`lur ibodatgoh

Ajab yo`q ersa ziyoratgoh ahli obidkim,
Ibodat etkali xush yerdurur ziyoratgoh.

48

MAHMUD SAYYODNING SAN`AT DOMI VA FIRIB DONASI BILA VAHSHIY QUSHLARNI SAYD QILG`ANI

Ishida fard erur Mahmud Sayyod
Ki, ko`p shahbozlarg`a domidur qayd,

Dengiz sayyodlarning shohi ani
Ki, shah ko`ngli qushini aylamish sayd.

49

HUKAMO QAVLINING TARJIMASI INSONIYAT BOBIDA

Tavozo`` yaxshi, ammo yaxshiroqdur
Agar da`b etsa ani ahli davlat.

Erur ham afv xo`bu xo`broq ul
Ki, zohir bo`lg`ay el topqanda qudrat.

Ato ham turfa ishdur turfaroq bil,
Agar yo`qtur aning yonida minnat.

Hakim insoni komil debtur ani
Ki, bo`lg`ay zotida bu necha xislat.

50

O`ZINING E`TIBORIDIN KECHKANIGA E`TIBOR
QO`YMAY IXTIYOR TARKINI  BEIXTIYORLIQQA HAML QILG`ANI

Qo`yub amoratu beboklik bihamdillah,
Ki, faqr ko`yi nasib etti kirdikor manga,

Eshikda tark etibon ixtiyoru mulkda ham
Bu nav` martaba lutf etti shahriyor manga.

Gar ixtiyor ila qo`ydum o`z ixtiyorimni
Valek yo`q edi ham munda ixtiyor manga.